HARMONY OF POETRY AND ART OF COLOR

HAC
Google Scholar
To share
Sultonqulova, S. (2024). HARMONY OF POETRY AND ART OF COLOR. Modern Science and Research, 3(2), 1090–1093. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29541
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Fiction is closely related to other types of art. Just as fiction has a strong influence on the development of other types of art, other types of art also have their influence on the development of fiction. That is, literature lives in contact with other types of art and improves under their influence. Colors have always served as a tool of thought, a means of analogy for the artist. The article analyzes the use of color-image language, which is a similar feature of painting and poetry, and the symbolic expression of colors.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1090

SHE'RIYAT VA RANG-TASVIR SAN'ATI UYG’UNLIGI

Sultonqulova Shaxnoza Bobonazarovna

Erkin tadqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10694578

Annotatsiya.

Badiiy adabiyot boshqa san’at turlari bilan chambarchas bog'liqdir. Badiiy

adabiyot san’atning boshqa turlari rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatgani kabi boshqa san’at turlari
ham badiiy adabiyot taraqqiyotiga o'z ta’sirini ko‘rsatadi. Ya’ni, adabiyot boshqa san’at turlari
bilan aloqada yashaydi va ular ta'sirida takomillashadi. Ranglar hamisha ijodkor uchun fikr
quroli, o'xshatish vositasi sifatida xizmat qilgan. Maqolada rassomchilik va she'riyatning bir-
biriga o'xshash xususiyati bo'lgan rang-tasvir tilidan foydalanishi va ranglarning ramziy ma'no
ifodalashi xususida tahlillar keltirilgan.

Kalit soʻzlar

: San'at, rassomchilik, badiiy san'at, rang-tasvir tili, adabiyot, she'riyat,

ramziylik, oq, qora, yashil, sariq, qizil, sog'inch rangi.

HARMONY OF POETRY AND ART OF COLOR

Abstract.

Fiction is closely related to other types of art. Just as fiction has a strong

influence on the development of other types of art, other types of art also have their influence on
the development of fiction. That is, literature lives in contact with other types of art and improves
under their influence. Colors have always served as a tool of thought, a means of analogy for the
artist. The article analyzes the use of color-image language, which is a similar feature of painting
and poetry, and the symbolic expression of colors.

Key words:

Art, painting, fine art, color language, literature, poetry, symbolism, white,

black, green, yellow, red, color of longing.

ГАРМОНИЯ ПОЭЗИИ И ИСКУССТВА ЦВЕТА

Аннотация.

Художественная литература тесно связана с другими видами

искусства. Подобно тому, как художественная литература оказывает сильное влияние на
развитие других видов искусства, так и другие виды искусства оказывают свое влияние на
развитие художественной литературы. То есть литература живет в контакте с другими
видами искусства и совершенствуется под их влиянием. Цвета всегда служили для
художника инструментом мысли, средством аналогии. В статье анализируется
использование цветообразного языка, являющегося родственной чертой живописи и
поэзии, а также символическое выражение цвета.

Ключевые слова:

Искусство, живопись, изобразительное искусство, язык цвета,

литература, поэзия, символика, белый, черный, зеленый, желтый, красный, цвет тоски.


San'at deganda insonning go'zallik qonuniyatlari asosida borliqni badiiy o'zlashtirish (va

o'zgartirish)ga qaratilgan yaratuvchilik faoliyati hamda uning natijasi o'laroq vujudga kelgan
narsalar jami tushuniladi. San'at so'zining ma'no qirralari nihoyatda rang-barang. Bu ma'no
qirralarini esa san'atning qaysi yo'nalishi bo'lmasin birlashtirib turuvchi bir jihat borki, u
ijodkorning yo'nalishidan qat'iy nazar, go'zalikkni yuksak mahorat va nozik did bilan badiiy ifoda
etishi bilan belgilanadi. Demakki, go'zallik mezonlari asosida mahorat va did bilan yaratilgan
yaratiqlarning hammasi san'at asari hisoblanadi. Badiiy adabiyotning boshqa san’at turlari bilan
chambarchas bog'liqdir. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlari rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatgani


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1091

kabi boshqa san’at turlari ham badiiy adabiyot taraqqiyotiga o'z ta’sirini ko‘rsatadi. Olim
D.Quronov bu haqida shunday ta’kidlaydi: “San’at turlari o‘zaro diaiektik aloqada, bir-birining
kamini toldirib, boyib-boyitib yashaydi. Jumladan, adabiyot ham boshqa san’at turlari bilan o'zaro
tig‘iz aloqada yashaydi va rivojianadi. Adabiyot san’atning boshqa turlari rivojiga, o‘z navbatida,
boshqa san’atlar uning taraqqiyotiga ta’sir ko'rsatadi. Masalan, o'zbek musavvirlarining Alisher
Navoiy, Bobur, Abdulla Qodiriy, Oybek kabi so‘z san’atkorlari yaratgan asarlarga ishlagan
illyustratsiyalari miiliy rangtasvirda alohida sahifani tashkil etadi. Yoki «O'tkan kunlar»,
«Maysaraning ishi», «Shum bola» kabi adabiyotimizning durdona asarlari asosida ishlangan
filmlar o'zbek kino san’atining olmas namunalariga aylangan”[1:80].

Milliy rang-tasvir san’atining, xususan, undagi portret va peyzaj janrlarining rivoji milliy

nasrimizdagi peyzaj, portret tasviridagi o‘zgarishlar, shu bilan birga peyzaj she’rlarning ham yangi
uslub va ko'lamda yaratilishiga sabab bo'ldi. Ayon bo'ladiki, badiiy adabiyotning tasvir va ifoda
imkoniyatlarining kengayishi va takomilida uning boshqa san’at turlari bilan aloqasi muhim
ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham hozirgi adabiyotda nafaqat adabiy turlar orasidagi sintezlashuv,
balki boshqa san’at turlari bilan sintezlashuv hollarini ham kuzatiladi[1:83].

Adabiyot va rassomchilik san'ati bir-biriga o'xshash jarayondir. Rassomchilik san'atida

rassom o'z kechinmalari yoki atrofdagi voqea-hodisalarni ranglar vositasida, shoir esa so'z
yordamida tasvirlaydi. Bu ikki san'atning bir-biriga bog'liq ikki xususiyati mavjud. Birinchidan,
badiiy adabiyot ham rang-tasvir san'ati ham san'atning badiiy san'at deb ataluvchi ya'nikim,
insonning ma'naviy dunyosiga ta'sir etib boyituvchi turiga mansubdir. Ikkinchidan, birida so'z,
birida tasvir orqali kechinmalar bayon qilinuvchi bu ikki san'atdagi ramzlar, ko'chimlar,
ifodaviylik bir xil. Faqat tasvirlash manbayi ikki xil xolos. Hozirgi o'zbek she'riyati ma'no va
ko'lam jihatidan yangi qiyofa aks etmoqda.

Shu jihatdan, ijodkorlarning rang-tasvir ramzlaridan foydalanishi ham yangicha shakl va

mazmun kasb etyapti. Ranglar vositasida kechinma va holatni bayon etish hamda bir nechtasini
misrada ketma-ket qo'llash, ham mazmunan ham shaklan yaxlitlikda g'oyani ifodalash uslubi
hozirgi davr ijodkorlarining yangi uslubini kashf qilishga sabab bo'lyapti. Shuning uchun rang
bilan bog‘liq ramziy obrazlar o‘zbek she’riyatida inson ruhiy iqlimlarida yuz berayotgan turfa
holatlarni, o‘zgarish evrilishlarni nisbatan to‘liq va ta’sirchan ifodalashga xizmat qiladi.

Bundan tashqari ranglarning shunday uslubiy xususiyatlari mavjudki, she’riyatda rang

bilan bo‘liq ramziy obrazlar yaratish, ularda hayotimizning barcha talotumlarini, zamondoshlar
qalbida, ongida charx urib yurgan nozik hamda ziddiyatli kechinmalarni, o‘ylarini aniq, obrazlar
sifatida shakllantirib, she’rxonga taqdim etish, deyarli, barcha shoirlarimizga xos
xususiyatdir[2:350]. Tasviriylik asosida obraz yaratishga intilish, albatta, lirikaning inson his-
kechinmalarini ifodalash maqsadiga xizmat qiladi. Hozirgi zamon she’riyati lirikaga ko‘rish orqali
idrok etiladigan, tasviriy san’atga xos usullarni ham olib kirdi [3:45].

Surxon vohasidan chiqqan iste’dodli shoirlarimizdan biri Shodmonqul Salom ijodidagi

rang-tasvir bilan bog'liq ifodalar va ularning she'rdagi ahamiyati haqida to'xtalib o'tishni lozim
ko'rdik:

Bizning dashtga bahor erta kelar edi,
Oq turnalar aziz qo'shni bo'lar edi.
Yonboshlagan yashil chopon bobo qirlar,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1092

Yelkasiga mindirardi aytib sirlar[4:65].
Shodmonqul Salom ijodidagi o'ziga xos rang-tasvir mahorati singdirilgan ushbu misrada

bahorning tashrifi bilan bog'liq ifoda rassomchilik san'atidagi kabi peyzaj uslubida yaratilgan.
She'rdagi "oq turna" o'z va ko'chma ma'nolarda qo'llanilgan bo'lib, ramziy ma'nosi beg'ubor
orzular, yangi umidlar timsolidir. "Yashil choponli qirlar" ham xuddi shu kabi "yangilanish",
"tabiatning bahorga quchoq ochishi" ma'nolarini ifodalab kelmoqda. Shoir bu o'rinda yashil
rangini qo‘llash orqali yil fasllarning boshlanishi –bahor fasliga, bahor faslining esa yoshlikka
belgisiga ega ekanligiga asoslangan bo‘lsa, ikkinchi tomondan shu leksemani qo‘llash bilan
takrordan qochishga intilgan.

Rassomchilik san'atida erkinlik, beg'uborlik, poklik ramzi bo'lgan oq va uning ziddi sifatida

talqin etiluvchi qora rang shoirlar ijodida so'z vositasida quyidagicha ifodalangan:

Qora sahar oq niyatlar elar edi,
Maktabxaltam orzu bilan to'lar edi[4:35].

Shunindek, qora rang she’riyatda rang bilan qarshilantirilgani holda, keng uslubiy ma’nolarda

qo‘llaniladi. Shoirning quyidagi misralariga e'tibor qilsak, inson ruhiyatidagi qarama-qarshilikni
ranglar vositasida ifodalanganiga guvoh bo'lamiz:

Egnimda kayfiyat – qop-qora palto,
Bo'g'zimda oppoq sharf – bir tola umid[3:74].
Oq rang hamisha ezgulik, pokiza tuyg'ular, orzu, yoshlik kabi ijobiy sifatlarga ega holda

talqin qilingan. Shoir Shodmonqul Salom ijodida ham oq rang yoshlik, hayotdan quvonch topish
kabi tushunchalarni ifodalab kelmoqda:

Oppoq sutning qaymog'iday oq tonglarda,
Gul ko'nglimni cho'miltirgan ul onlarda[3;77].
Barcha ranglar qatori qizil rang ham shoirlar ijodida turli kechinma va holatlarni ifodalash

maqsadida keltiriladi. Ayniqsa, bu rang istiqlol davri ijodkorlari she'rlarida mustamlakachilik
zulmi, sobiq tuzum adolatsizliklarini ifodalaganiga guvoh bo'lishimiz mumkin. Ta’sirchanlikni
kuchaytirishda, emotsionaleksperessivlikni berishda ham ushbu rangga murojaat qilingan. Shoir
Shodmonqul Salom ijodida esa bu rang "muhabbat", "jo'shqin his-tuyg'ular" va shu barobarda
"ishq dardidan iztirob chekish" ma'nolarini ifodalash uchun qo'llanilgan:

Qizning qo'lida qizil
Olma dilday qizardi[4: 24].

Sariq

so‘zi kamalak nurining asosiy ranglaridan biri bo‘lib, badiiy uslubda uning o‘rnida

ba’zan qahrabo, zar kabi ma’nodosh variantlar qo‘llanadi. Mumtoz adabiyotda sariq ma’nosini
ifodalovchi za’faron, somon, oltin, oltin rang, tilla rang, ko‘hiy so‘zlari ham qo‘llanadi. Shu bilan
birga quyosh, hayot, muqaddaslik kabi ramziy ma’nolarga ega. Shoir Shodmonqul Salom esa bu
rangdan orzularning armonga aylanishi, umuman olganda, kuz fasli misol hazonga yuz tutgan
umidlarni ifodalash maqsadida foydalangan:

Bahorlarim bahorini sarg'aytirgan
Tashriflarim ko'zlarini qabartirgan[24].
Yana bir o'rinda shoirning sariq rang so'zini ishlatmay turib, bu rangga ishora qiluvchi

so'zdan foydalanganiga guvoh bo'lamiz. Bunda shoir ifoda etgan "sog'inch rangi" – sariq
ma'nosini ifodalab, qisman bo'lsa-da ayriliq tushunchasiga ramziy ishora qilib o'tgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1093

Ranglar hamisha ijodkorlar uchun fikr quroli, asosiy o‘xshtish vositasi sifatida xizmat

qiladi. She’riyatni rangsiz tasavvur etib bo‘lmaydi, bu ayni haqiqat. Chunonchi, she’r rang majoz
va badiiy ko‘chimlar bilan jozibali, ular bilan tirik hamda navqirondir. Ular she’riyatga yangicha
ma’no va mohiyat bag‘ishlash bilan bir qatorda so‘zning ham yasharishi, jilo topishi, yangi-yangi
ma’nolar kasb etishi uchun imkon yaratadilar shu ma’noda o‘zbek she’riyatiga nazar tashlasak,
har bir ijodkor poeziya maydoniga yangi ranglarni ramz sifatida ishlatishiga guvoh bo‘lasiz.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, san'at turlari bir-biriga chambarchas bog'liq. Xususan,

rassomchilik va she'riyatda rang bilan bog‘liq ramziy obrazlar yaratsih, ularda hayotimizning
barcha talotumlarini, zamondoshlar qalbida, ongida charx urub yurgan nozik hamda ziddiyatli
kechinmalarni, o‘ylarni aniq, obrazlar sifatida shakllantirib muxlislarga taqdim etish, deyarli,
barcha shoirlar va rassomlarimizga xos xususiyatdir. Muallif ongidagi tasavvurlar badiiy asarda
ranglar orqali yoritilsa, san'at ixlosmandi bilan o‘zaro tajriba almashinadi.

Boshqacha aytganda, shoir va rassomlar ranglardan foydalanish orqali o‘z kitobxoni va

muxlisi bilan samarali muloqot olib boradi. Ranglar his-tuyg‘ularni mamoyon etish tufayli
she’rlarning hissiy ta’sirini oshirishi mumkin. She’riyatda shoir tomonidan inson kechinmalari,
ta’sirlanishlari, hayotiy tajribalarining ranglar bilan tasvirlanishi she’rning o‘qimishliligini
orttiradi.


REFERENCES

1.

Quronov D. Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari. – Toshkent: “Navoiy universiteti”
nashriyoti. – 2018. 80-83-betlar.

2.

Sultonqulova, F. (2021). Metaphors of colors in Usman Azim poetry.

ISJ Theoretical &

Applied Science, 02 (94),

350-353.

Soi

:

http://s-o-i.org/1.1/TAS

.

3.

Қуронов С. Ифода ва ифодавийлик. Илмий мақолалар тўплами. – Тошкент:
Aкадемнашр, 2013

. – Б.64.

4.

SHodmonqul Salom. She’r sayyorasi. – Toshkent: Adabiyot nashriyoti. 2020.

5.

@shodmonqul_salom_ijodi

References

Quronov D. Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari. – Toshkent: “Navoiy universiteti” nashriyoti. – 2018. 80-83-betlar.

Sultonqulova, F. (2021). Metaphors of colors in Usman Azim poetry. ISJ Theoretical & Applied Science, 02 (94), 350-353. Soi: http://s-o-i.org/1.1/TAS.

Қуронов С. Ифода ва ифодавийлик. Илмий мақолалар тўплами. – Тошкент: Aкадемнашр, 2013. – Б.64.

SHodmonqul Salom. She’r sayyorasi. – Toshkent: Adabiyot nashriyoti. 2020.

@shodmonqul_salom_ijodi

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов