423
KREDIT MODUL ASOSIDA MUSTAQIL TALIMNI TASHKIL ETISH
FUNKSIYALARI
Choriqulov Rustamjon Ibodullo o‘g‘li
Navoiy Davlat Pedagogika instituti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.10684990
Anotatsiya.
Ushbu tezisda Kredit modul asosida mustaqil ta’limni tashkil etish funksiyalari
haqida ma’lumotlar keltirib o’tildi.
Kalit so’zlar.
Kredit-modul, mustaqil ta’lim, talaba, kadr, kognitiv, muammoli masala.
FUNCTIONS OF ORGANIZING INDEPENDENT STUDY BASED ON CREDIT
MODULE
Abstract.
In this thesis, information about the functions of organizing independent
education based on the Credit module was presented.
Key words.
Credit module, independent education, student, personnel, cognitive,
problematic issue.
ФУНКЦИИ ОРГАНИЗАЦИИ САМОСТОЯТЕЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ НА ОСНОВЕ
КРЕДИТНОГО МОДУЛЯ
Аннотация.
В данной дипломной работе была представлена информация о
функциях организации самостоятельного образования на основе Кредитного модуля.
Ключевые слова.
Кредитный модуль, самостоятельное образование, студент,
кадры, познавательный, проблемный вопрос.
Hozirgi kunda O’zbekistonda ta’lim tizimiga juda katta e’tibor qaratilayotganligi sir
emas.O’zbekistondagi deyarli barcha universitet, institut oliy ta’lim muassasalariga o’quv tizimini
yanada takomillashtirish, dars jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida jahon standartlariga
mos ravishda kredit modul tizimi joriy qilindi. Ushbu tizim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahakamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “
Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonlarini tashkil
etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“gi qarori asosida “Oliy
taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida” nizom
tasdiqlangandir.
Mazkur tizimda talabaning reyting bali maxsus formula yordamida hisoblab
chiqiladi.Aynan kredit modul tizimining an’anaviy ta’lim tizimidan farqi shundaki, bunda talaba
ko’proq student centered learning (ya’ni dars jarayonining markazida talaba turadi va o’zi ko’proq
mustaqil izlanadi) mustaqil ta’limga asoslanganligidadir. An’anaviy ta’lim tizimini foizlarda
424
ifodalaydigan bo’lsak 60-70/30% nisbatda (70 o’qituvchi/30 talaba) bo’lsa, bu ko’rsatkich kredit
modul tizimida aksinchadir.(60% talaba, 40% o’qituvchi nisbatida). O’z –o’zidan bu ta’lim
tizimining joriy etilganligi talabaning o’quv jarayonini samarali rag’batlantirish va mustaqil
izlanishga undash uchun juda muhim omildir. Ta’lim jarayonida kredit uchun tanlangan fanlarning
uchdan ikki qismi ya’ni bir qator kerakli masalalari va muammolari mustaqil ta’lim orqali
o’zlashtiriladi. Kelajakda sifatli va yetuk kadrlar tayyorlashning asosiy yo’nalishlaridan biri bu:
talabalar o’zlari mustaqil bilimlarini toʻldirishi, ma’lumotlar oqimidan kerakli ma’lumotlarni
ajratishi, qayta ishlay olishi shu bilan birga tahlil qila olish qobiliyatlarini ham shakllantirishidir.
Talabalarning mustaqil ishlashi uchun o’qitishning interfaol usullaridan turli xillarini
qo’llash, aynan o’quv jarayonida pedagogik faoliyat elementlaridan keng foydalanishni nazarda
tutadi. Talabalar uchun mustaqil ta’lim faoliyatining to’rtta asosiy turi (funksiyalari) mavjud bo’lib
ular:
1) O’rganish (o’quv) jarayonida o’zi javob topishi kerak bo’lgan savollarni ajratib ko’rsata
olish qobilyatini shakllantirishga qaratilgan tur. Bu tur talabalarga ma’lum bir bilim sohasining
obyektini tanish uchun xizmat qiladi.
2) Ikkinchi turda esa mustaqil ta’lim olish uchun muammolarni hal qilish uchun bilimlarini
nusxalash, ya’ni ko’p ma’lumotlar ichidan keraklisini ajratib olish.
3) Uchinchi turda tahlil qilingan ko’nikmalarni shakllantirishadi. Shu bilan birga noodatiy
bo’lgan muammolarni (yangi muammolarni) ishlab chiqadi va vaziyatlarni o’rganadi.
4) Bu so’nggi tur bo’lib ijodiy-tarkibiy qismini rivojlantirish bosqichi desak ham
mubolag’a bo’lmaydi. Chunki bu turda o’rganilayotgan obyektlar chuqur tadqiq qilinadi va
o’rganilayotgan obyektning tamomila yangi aloqalari va munosabatlari o’rnatilinadi.
Mustaqil ta’limni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun kredit-modul tizimida obyektiv va
subyektiv sharoitlar talab qilinadi.
Sinf xonasidagi yetarli sharoitlar: kompyuter va uning internet aloqasi bilan
ta’minlanganligi, sinf xonasini so’nggi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanganligi va boshqalarni
obyektiv tomoni sifatida sanasak, subyektiv jihatiga esa asosan o’z-o’zini rivojlantirishni
kiritamiz. Yuqorida aytganimizdek kedit modul tizimida talaba faol va yuqori motivatsiya bilan
ishlasa, o’qituvchi uni faoliyatini tashkil qiladi va boshqaradi. Bu kelajakda talabaning innovatsion
faoliyati uchun ijodkorlik qobiliyatini shakllantiriradi.
Mustaqil ta’limning asosiy belgilari: kognitiv (amaliy vazifaning mavjudligi), muammoli
masala, topshiriqlarni bajarish vaqtida qo’yilgan vazifalarni vijdonan bajarishi, bilim va amaliy
faoliyatni boshqarishi, vaqtida topshirishi, talabaning mustaqilligi va faolligi, o’z navbatida ruhiy
425
stressing namoyon bo’lishi bilan ajratiladi. Mustaqil ta’limning asosiy qismi butun o’quv jarayoni
mobaynida belgilanadigan bilim va muammoli vazifa hisoblanadi. Kredit modul tizimida mustaqil
ta’limga alohida urg’u berilganining asosiy sababi bo’lajak mutaxasislarda o’qib-o’rganish
ko’nikmasining shakllanishiga xizmat qilishidir.
REFERENCES
1.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog’liq tizimni takomillashtirish chora
tadbirlari to’g’risida”gi 824-sonli qarori.
2.
Izimovna U.R. “Kreditno-modulnaya sistema organizatsii obucheniya kak faktor
formirovaniya umeniy samoobrazovatelnoy deyatelnosti studenta”. Avtoreferat -
Orenburg-2010.
3.
Усмонов Б. Ш., Хабибуллаев Р.А. Олий ўқув юртларида ўқув жараёнини кредит
модуль тизимида ташкил қилиш. Ўқув қўлланма.–Тошкент, ТКТИ, 2020-120 бет.
