ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1212
NAVOIY VILOYATINING TURIZM SOHASIDAGI O’ZIGA XOS YO’NALISHLARI
Ramatov Murat Qalvayevich
Navoiy Davlat Pedagogika Instituti tarix fakulteti 3-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10719003
Annotasiya.
Maqolada turizmning mamlakat ijtimiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri va uni
baholashning dolzarb muammolari ko’rib chiqilgan, turizmning mamlakat iqtisodiyotiga bevosita
va bilvosita ta’siri o’rganilgan.
Kalit soʻzlar:
turizm, milliy iqtisodiyot, ijtmoiy-iqtisodiy rivojlanish, turizmning ta’siri,
bevosita ta’sir, bilvosita ta’sir.
THE SPECIFIC DIRECTIONS OF NAVOI REGION IN THE FIELD OF
TOURISM
Abstract.
The article examines the impact of tourism on the socio-economic development
of the country and the current problems of its evaluation, and the direct and indirect impact of
tourism on the country's economy is studied.
Key words:
tourism, national economy, socio-economic development, impact of tourism,
direct impact, indirect impact.
СПЕЦИАЛЬНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ НАВОИЙСКОЙ ОБЛАСТИ В СФЕРЕ
ТУРИЗМА
Аннотация.
В статье рассматривается влияние туризма на социально-
экономическое развитие страны и современные проблемы его оценки, а также изучается
прямое и косвенное влияние туризма на экономику страны.
Ключевые слова:
туризм, национальная экономика, социально-экономическое
развитие, влияние туризма, прямое влияние, косвенное влияние.
"Turizm — iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali
foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o'zi taqozo
etmoqda."
Shavkat Mirziyoyev
Hozirgi kunda iqtisodiyotni rivojlantirishni asosiy masalalaridan biri bu, turizmni
rivojlantirish masalasidir. Shunga ko’ra yurtimizda turizmni rivojlantirishda jadal ishlar olib
borilmoqda. Buning asosida Prezidentimizni bugungi kunda turizm sohasiga oid chiqarayotgan
qaror va farmonlarini ko’rishimiz mumkin.
Misol tariqasida, Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal
rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, O'zbekiston Prezidentining
«O'zbekiston Respublikasida o'rta istiqbolda turizmni rivojlantirish bo'yicha Kontseptsiyasini
hayotga tatbiq etish choralari to'g'risida»gi qarorini hamda Prezidentimizning 2017 yil 16
avgustdagi «2018–2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar to'g'risida»gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko'tardi.
Qarorga ko'ra, 2018–2019 yillarda soha oldida turgan muhim masalalar yechimiga
bag'ishlangan alohida dastur tasdiqlandi va uning to'liq ijrosini ta`minlash va sohada olib
borilayotgan ishlarni idoralararo muvofiqlashtirish maqsadida Turizmni rivojlantirish bo'yicha
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1213
muvofiqlashtirish kengashi tuzildi. Ushbu qarorlarga muvofiq boy o‘tmishimizdan dalolat
beradigan qadimiy yodgorliklarni asrab-avaylash, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva,
Shahrisabz, Marg‘ilon, Farg’ona,Urganch shaharlaridagi zamonaviy binolar, joylarda faoliyat
ko‘rsatayotgan milliy hunarmandchilik markazlari ushbu hududlarda nafaqat xalqaro, balki ichki
turizmni ham rivojlantirishga oid ishlar olib borilishiga sabab bo’lmoqda. Andijon Buxaro
Samarqand shaharlarini o’zaro turizmni yo’lga qo’yilishi ham turizm sohasini rivojlanishiga sabab
bo’ladi.
Sayyohlik (turizm) sohasi dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir.
Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa, ko‘plab mamlakatlar uchun katta daromad manbaiga
aylanib bormoqda.
BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti ma'lumotida 2015 yilda dunyo bo‘yicha 1 milliard
184 million sayyoh qayd etilgan bo‘lsa, 2016 yil yakuni bo‘yicha bu ko‘rsatkich 1 milliard 235
millionga ya'ni, 3.9 foizga oshgan. Sayohatchilarga ko‘rsatilgan eksport xizmatlari qiymati 2015
yilda qariyb 1,5 trillion AQSh dollarini tashkil qilgan. 2016–2017 yillarda ham bu raqamlarda
katta tafovutni ko‘rish mumkin.Bundan ko‘rinib turibdiki, sayyohlik sohasi bugungi kunning eng
muhim iqtisodiy sohalaridan biriga aylandi. Shu bois dunyoning ko‘plab davlatlari ushbu sohani
yanada rivojlantirish, bu borada tegishli infrastrukturani jahon standartlari darajasida yaratish va
sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Turizm jahonning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyoti tarkibida tez rivojlanayotgan va
salmoqli o‘rinni egallaydigan tarmoq bo‘lib, unda ekologik turizm innovasion yo‘nalish sifatida
jadal rivojlanayotgan yo‘nalishga aylandi.
Ekologik turizm tabiat bilan kishilarning uzviy bog‘liqligi va bevosita muloqotini
rivojlantirishga va tabiatda huzur-halovat, madad quvvat, bilim,tashkil etuvchilarga esa katta
daromad olishga, umuman ekologik iqtisodiy barqarorlik va muvozanatni saqlagan holda faol dam
olishga asoslanadi, an’anaviy ko‘ngil ochish, maishiy komfort (qulaylik) esa ikkinchi o‘ringa
tushadi. Unda yuqori darajada xizmat ko‘rsatadigan mehmonxonalar o‘rnini oddiy chodir, uy-
mehmonxona va kempinglar, tabiat qo‘ynida dam olish, sayoxat qilish egallaydi.
Ekoturizmni rivojlantirishning zarur shart-sharoiti ekoturistik salohiyatning mavjudligi
bo‘lib, ular noyobligi, ekologik jozibadorligi, davolash-sog‘lomlashtirish xususiyatlari, ekologik
turizmni rivojlantirish uchun qulayligi bilan ajralib turadigan tabiiy-ekologik komponentlar,
landshaftlar, xo‘jalik faoliyati ob’yektlaridan tarkib topadi. Ekoturistik salohiyatdan tegishli
moddiy-texnika bazasi – infratuzilma, asosiy fondlar yordamida foydalaniladi.
Turist — investitsiya degani.
Prezidentimiz dunyoning 33 ta mamlakatida O‘zbekiston elchixonalari faoliyat
ko‘rsatayotgan elchilarga qarata qilgan onlayn murojaatida O‘zbekistonga xorijiy ivestitsiya
hamda turistlarni jalb qilishni, ayniqsa, har bir elchiga har kuni 10 nafar sayyoh jo‘natishga e'tibor
berishni ta'kidladi. Ya'ni, turist ham investitsiya degani, degan g‘oyani ilgari surdi.
Davlat rahbarining yurtimizda barcha sohalar qatorida turizmga ham katta e'tibor qaratishi
bu sohada ko‘zga tashlanib kelinayotgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish choralarini
jadallik bilan amalga oshirilishida dasturulamal bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. O‘zbekiston yirik
turizm salohiyatiga ega mamlakatlar qatorida o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega ekan, demak biz
mavjud imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishimiz kerak.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1214
Hozirgacha xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston haqida ko‘proq ma'lumotlarni targ‘ibot
qilishda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilmoqda. Xususan, bugungi kunda yurtimizga tashrif buyurayotgan
aksariyat sayyohlar turizm firmalari tomonidan jalb etilmoqda. Yevropaning deyarli barcha
mamlakatlarida O‘zbekiston haqida aholida yetarlicha ma'lumot yo‘q. Ular aynan turfirmalar
orqali eshitib, qiziqish bildirib kelishmoqda.
Shu sohada xizmat qilayotganim bois, ko‘plab xorijiy sayyohlar bilan suhbatda bo‘laman.
Qolaversa, Yevropa mamlakatlarida ijodiy uchrashuvlarda ishtirok etib kelaman. Aynan
shunday uchrashuvlarda ko‘plab shu kabi ko‘plab fikrlar bildiriladi.
Joriy yilning 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
parlamentga Murojaatida barcha sohalar qatorida turizm sanoati borasida quyidagi fikrlarni
bildirdi:
«Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan
biri – bu turizmdir. O‘zbekiston turizm sohasida dunyo bo‘yicha ulkan salohiyatga ega bo‘lgan
davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7300 dan ortiq madaniy meros obektlari mavjud va ularning qariyb
200 tasi YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan.
Shu bilan birga, mamlakatimizning betakror tabiati, go‘zal dam olish maskanlari
imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo‘nalishlar ochish mumkin. Bu sohaga jahon
brendlarini faol jalb etgan holda, biz ziyorat turizmi, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik
turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishimiz zarur.
Bu borada davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini qo‘llash sohani taraqqiy ettirishda
keng imkoniyatlar ochishini hisobga olishimiz lozim. Samarqand, Buxoro, Toshkent
shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilish dasturini rivojlantirish va
jadallashtirish zarur. Ichki turizm sohasidagi katta imkoniyatlarni ham to‘liq ishga solish lozim».
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida
turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shibcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5611-sonli
Farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yildagi “Turizm tarmog‘ini jadal
rivojlantirishga oid chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4095-sonli Qarori.
3.
Pardayev M.Q. va boshqalar. Xizmat ko‘rsatish, servis va turizm sohalarini rivojlantirish:
muammolar va ularning yechimlari. O‘quv qo‘llanma. – T.:“Iqtisod-moliya”, 2008. –B.133.
4.
Safarov, B., Al-Smadi, H.M., Buzrukova, M., Janzakov, B., Ilieş, A., Grama, V., Ilieș, D.C.,
Csobán Vargáné, K., Dávid, L.D. (2022). Forecasting the Volume of Tourism Services in
Uzbekistan. Sustainability, 14, 7762.
5.
https://doi.org/10.3390/su14137762
6.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi.
7.
CBI Ministry of Foreign affairs. https://www.cbi.eu sayti.
8.
http://unwto.org sayt
