ISSUES OF INCREASING SOIL FERTILITY IN SYRDARYA REGION

HAC
Google Scholar
To share
Hamdamova, X., & Anarkulova, S. (2024). ISSUES OF INCREASING SOIL FERTILITY IN SYRDARYA REGION. Modern Science and Research, 3(2), 94–98. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29797
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

It is very important to consistently accelerate agricultural production, to develop ways to solve problems related to the rational use of land, the productivity of each hectare of irrigated land, and its economic efficiency. In this regard, maintaining, restoring and regularly increasing soil fertility is one of the important tasks of agricultural specialists. This article discusses the issues of increasing soil fertility in the Syrdarya region.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

94

SIRDARYO VILOYATIDA TUPROQLAR UNUMDORLIGINI OSHIRISH

MASALALARI

Hamdamova Xurshida Nazarqulovna.

Guliston agrotexnologiyalar texnikumi maxsus fan o'qituvchisi.

Anarkulova Sadinaxon G'ulom qizi.

Guliston agrotexnologiyalar texnikumi maxsus fan o'qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10779095

Annotatsiya.

Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini izchillik bilan

jadallashtirish yer fondidan oqilona foydalanish, sug‘oriladigan har bir gektar
yerning hosildorligini, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish bilan bog‘liq
muammolar yechimini ishlab chiqish g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada
tuproq unumdorligini saqlash, tiklash va uni yil sayin muntazam oshirib borish
qishloq xo‘jalik mutaxassislari zimmasidagi muhim vazifalardan hisoblanadi.
Ushbu maqolada Sirdaryo viloyati tuproqlarini unumdorligini oshirish masalalari
muhokama etiladi.

Kalit so’zlar:

Tuproq unumdorligi, yer hosildorligi, tuproqning fizik

xossalari, tuproq sho’rlanishi.

ISSUES OF INCREASING SOIL FERTILITY IN SYRDARYA REGION

Abstract.

It is very important to consistently accelerate agricultural

production, to develop ways to solve problems related to the rational use of land,
the productivity of each hectare of irrigated land, and its economic efficiency. In this
regard, maintaining, restoring and regularly increasing soil fertility is one of the
important tasks of agricultural specialists. This article discusses the issues of
increasing soil fertility in the Syrdarya region.

Key words:

Soil fertility, soil fertility, physical properties of soils, soil salinity.

ВОПРОСЫ ПОВЫШЕНИЯ ПЛОДОРОДИЯ ПОЧВ

СЫРДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ

Аннотация.

Очень

важно

последовательно

ускорять

сельскохозяйственное производство, разрабатывать пути решения проблем,
связанных с рациональным использованием земли, продуктивностью каждого
гектара орошаемых земель, ее экономической эффективностью. В связи с
этим поддержание, восстановление и регулярное повышение плодородия почв
является одной из важных задач специалистов сельского хозяйства. В данной
статье

рассматриваются

вопросы

повышения

плодородия

почв

Сырдарьинской области.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

95

Ключевые слова:

Плодородие почв, плодородие почв, физические

свойства почв, засоление почв.


Bugungi kunda mamlakatimiz xalq xo'jaligining turli sohalari, jumladan,

tuproqshunoslik sohasi rivojini yangi innovatsion yo'nalishlar, ishlanmalarsiz
tasavvur qilib bo'lmaydi.

Tuproqshunoslik sohasida innovatsion yechimlarning qo'llanilishi,

birinchi

navbatda, qishloq xo'jaligi tarmog'ining asosiy bo'g'ini bo'lgan tuproqlardan samarali
foydalanish, unumdorligini saqlash va oshirish, ularni sog'lomlashtirish, qishloq
xo'jaligi yer egalariga tezkor va sifatli xizmat ko'rsatishga qaratilgan. Prezidentimizning
1-aprel kuni qabul qilgan “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo'yicha davlat
boshqaruvi tizimini takomillashtirish to'g'risida”gi farmonida ham ushbu yo'nalishga
alohida e'tibor qaratildi.

Unda Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-2022-yillardagi ustuvor faoliyat

yo'nalishlaridan biri etib tuproq unumdorligini oshirish sohasida tuproqlarning
agrokimyoviy, kimyoviy, fizik-kimyoviy hamda ekologik-meliorativ holatini kompleks
monitoring

qilish

tizimi,

resurstejamkor

sug'orish

va

o'g'itlantirish

agrotexnologiyalarini yaratish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berishning belgilanishi
sohada hal etilishi lozim bo'lgan masalalar borligini ko'rsatadi. Bunda hududlarda mobil
laboratoriyalar tarmog'ini tashkil etib, tuproqlarning holatini diagnostika qilish hamda
unumdorligini oshirish ayniqsa, bajarilishi zarur bo'lgan vazifalardan hisoblanadi.

Tuproq unumdorligi - tuproqning suv, oziq moddalar va boshqa bilan

taʼminlash xususiyati. Tuproq togʻ jinslaridan unumdorligi bilan farq qiladi.

Unumdor tuproqlarda insonga asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini beruvchi

qishloq xoʻjaligi. oʻsimliklari oʻstiriladi. Yer faqat unumdorlik xususiyati tufayli
qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish. vositasiga aylangan. Tuproq unumdorligi
tuproq hosil qiluvchi omillar: iqlim, relyef, tuprok hosil qiluvchi jinslar, tabiiy va
madaniy oʻsimliklar bilan uzviy boglik, ammo unumdorlik darajasida, ayniqsa,
yerdan foydalanish xarakteri katta ahamiyatga ega. Tuproq unumdorligining eng
muhim omillar: oʻsimlik rivojlanishi uchun zarur oziq moddalar va ular turining
yetarli miqdorda boʻlishi; oʻsimlik oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan namning
mavjudligi; yaxshi tuprok, aeratsiyasi; tuproqning granulometrik tarkibi, struktura
holati va tuzilishi; zaharli moddalar (kislota, ishqor, tuz va boshqalar) miqdori;
tuproq reaksiyasi va boshqalardan iborat. Bu xususiyatlar yigindisi tuproqning
madaniylashganlik holati darajasini belgilaydi. Unumdorlikning barcha elementlari
bir-biri bilan chambarchas bogʻliq. Bu elementlardan birortasining oʻzgarishi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

96

boshqalariga ham taʼsir koʻrsatadi. Har xil oʻsimliklarning Tuproq unumdorligiga
talabi turlicha boʻlganligi sababli va oʻsimlik biologiyasiga bogʻliq holda bir tur
oʻsimlik uchun unumdor hisoblangan tuproq boshqa tur uchun unumdor boʻlmasligi
mumkin.

Sirdaryo viloyati hududida, asosan, sug‘oriladigan o‘tloqi, bo‘zo‘tloqi,

o‘tloqi-bo‘z tuproqlar keng tarqalgan. Viloyat sug‘oriladigan tuproqdari
mexaniktarkibi bo‘yicha quyidagicha: loyli - 1,9%, og‘ir qumoqli -11,7%, o‘rta
qumoqli - 49,6%, yengil qumoqli -30,0%, qumloqli tuproqlar esa-6,2% va qumli
tuproqlar 0,6% ni tashkil etadi. Sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik yerlarining 12,4 %i
sho‘rlanmagan (yuvilgan), 41,2 %i kuchsiz sho‘rlangan, 39,2 %i o‘rtacha
sho‘rlangan, 5,3 % kuchli sho‘rlangan va 1,9 % juda kuchli sho‘rlangan tuproqlar
hisoblanadi.

Sirdaryo viloyati sug’oriladigan o‘tloqi tuproqlarining mexanik tarkibi

1-jadval

Sirdaryo tuproqlarining unumdorligi, asosan, tabiiy va samarali turlarga

boʻlinadi. Tabiiy unumdorlik tuproqdagi oziq moddalar umumiy zaxirasi bilan
xarakterlanadi; uning shakllanishi esa tuproq hosil boʻlish sharoitlari va omillari
hamda genezisiga bogʻliq. Samarali (sunʼiy) unumdorlikning inson mehnat faoliyati
bilan, yaʼni yerga ishlov berish, sugʻorish, oʻgʻitlash, shoʻrini yuvish kabi
agrokompleks tadbirlar bilan boshqaradi. Sunʼiy yoʻl bilan qumlik, toshloq,
botqoqlik kabi unumsiz yerlarda unumdor tuproqlar paydo qilish mumkin. Tabiiy
unumdor tuproqlar baʼzan kam samaraga ega boʻlishi mumkin va aksincha yuqori
agrotexnika tadbirlarini qoʻllash natijasida unumsiz tuproqlarda yuqori
unumdorlikka erishish mumkin. Tuproqdagi oziq moddalar miqdori (azot, fosfor,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

97

kaliy, kaltsiy, magniy, oltingugurt, temir, bor, marganets va boshqa
mikroelementlar) tuprok, hosil qiluvchi jinslar va uning tagidagi yotqizikdar
(tagzamini) tarkibiga hamda tuproq hosil qiluvchi jarayonlarga bogʻliq.

Oʻsimliklarning mikroelementlarni oʻzlashtirishiga tuproq reaksiyasi katta

taʼsir koʻrsatadi. Tuproqdagi oziq moddalar zaxirasi mineral va organik oʻgʻitlar
solish bilan boshqarib turiladi. Tuproqda suvda oson eruvchi tuzlar, asosan, natriy,
shuningdek, magniy, kaltsiy va boshqa kationlarining ortiqcha miqdorda boʻlmasligi
unumdorlikning muhim shartidir.

Tuproqda tuzlar miqdorining meʼyordan oshib ketishi — tuproqning

shoʻrlanishi, asosan, notoʻgʻri sugʻorishdan vujudga keladi, natijada unumdorlik
keskin pasayib ketadi. Tuproq qatlamidagi zararli tuzlarni yoʻqotish uchun shoʻr
yerlar yuviladi. Shoʻrlanishning oldini olish uchun esa tuproq xususiyati va tarkibiga
qarab sug’orish rejimi belgilanadi. Qurgʻoqchilik kunlarida, jumladan, sugʻorma
dehqonchilik zonalarida sug’orish Tuproq unumdorligini tubdan oshiradi.

Tuproq unumdorligining past boʻlishi, koʻpincha patogen organizmlar

mavjudligiga ham boglik. Ularni kimyoviy (xasharotlarni bepusht kilish,
fungitsidlar sepish va boshqalar) va agrotexnik tadbirlar (almashlab ekish, tuproqqa
ishlov berish) yordamida yoʻq qilish tuproqning samarali unumdorligini keskin
oshiradi. Tuproq unumdorligini saqlash uchun tuproqqa eroziyaga yoʻl
qoʻymaydigan usullarda ishlov beriladi, dala ihota oʻrmonzorlari barpo qilinadi,
daryo va kanallar qirgogʻi mustahkamlanadi.

REFERENCES

1.

Abdulayev S., Namozov X. Tuproq melioratsiyasi. O‘ZME. T. 2011.

2.

Boboxo’jayev I.P., UzoqovP.U. Tuproqshunoslik. T., Mehnat nashriyoti.
1995.

3.

Juliev, M., Ng, W., Mondal, I., Begimkulov, D., Gafurova, L., Hakimova, M.,
... & Saidova, M. (2023). Surface displacement detection using object-based
image analysis, Tashkent region, Uzbekistan. In E3S Web of Conferences
(Vol. 386). EDP Sciences.

4.

Khakimova, M. X., & Bo’riyeva, S. Z. (2022). The Amount of Different
Forms of Iron Contained in Soils Formed in Tertiary Reddish Deposits. Texas
Journal of Multidisciplinary Studies, 6, 157-162.

5.

Rakhimov, D., Juliev, M., Agzamova, I., Normatova, N., Ermatova, Y.,
Begimkulov, D., ... & Ergasheva, O. (2023). Application of hyperspectral and


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

98

multispectral datasets for mineral mapping. In E3S Web of Conferences (Vol.
386). EDP Sciences.

6.

Kiyamov, A., Khakimova, M., Ochilova, M., Razzakov, T., & Begimkulov,
F. (2023). Roller-combing machine for preparation of combs. In E3S Web of
Conferences (Vol. 390). EDP Sciences.

References

Abdulayev S., Namozov X. Tuproq melioratsiyasi. O‘ZME. T. 2011.

Boboxo’jayev I.P., UzoqovP.U. Tuproqshunoslik. T., Mehnat nashriyoti. 1995.

Juliev, M., Ng, W., Mondal, I., Begimkulov, D., Gafurova, L., Hakimova, M., ... & Saidova, M. (2023). Surface displacement detection using object-based image analysis, Tashkent region, Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

Khakimova, M. X., & Bo’riyeva, S. Z. (2022). The Amount of Different Forms of Iron Contained in Soils Formed in Tertiary Reddish Deposits. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 6, 157-162.

Rakhimov, D., Juliev, M., Agzamova, I., Normatova, N., Ermatova, Y., Begimkulov, D., ... & Ergasheva, O. (2023). Application of hyperspectral and multispectral datasets for mineral mapping. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

Kiyamov, A., Khakimova, M., Ochilova, M., Razzakov, T., & Begimkulov, F. (2023). Roller-combing machine for preparation of combs. In E3S Web of Conferences (Vol. 390). EDP Sciences.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов