Authors

  • Munira Shodmonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.30006

Keywords:

professional training development competence skill need order didactic communication.

Abstract

In this article, comments on the development of professional training of native language and literature teachers are presented, and the basic concepts in it are analyzed from a scientific point of view.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

277

KASBIY TAYYORGARLIK VA UNI RIVOJLANTIRISH TUSHUNCHALARI TALQINI

Shodmonova Munira Burxonovna

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Ona tili ta’limi

kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

munira100@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.10809223

Annotatsiya.

Mazkur maqolada ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining kasbiy

tayyorgarliklarini rivojlantirish borasida mulohazalar bayon etilib, undagi tayanch tushunchalar
ilmiy jihadan tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar:

kasbiy tayyorgarlik, rivojlantirish, malaka, ko‘nikma, ehtiyoj, buyurtma,

didaktik, kommunikatsiya.

INTERPRETATION OF CONCEPTS OF PROFESSIONAL TRAINING AND ITS

DEVELOPMENT

Abstract.

In this article, comments on the development of professional training of native

language and literature teachers are presented, and the basic concepts in it are analyzed from a
scientific point of view.

Key words:

professional training, development, competence, skill, need, order, didactic,

communication.

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ КОНЦЕПЦИЙ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ

И ЕЕ РАЗВИТИЯ

Аннотация.

В данной статье представлены комментарии к развитию

профессиональной подготовки учителей родного языка и литературы, а также
анализируются основные понятия в ней с научной точки зрения.

Ключевые слова:

профессиональная подготовка, развитие, компетентность,

умение, потребность, порядок, дидактика, общение.

Ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida malaka oshirish institutlarida

o‘quv-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikma va malakalarini
takomillashtirish hamda kasbiy tayyorgarliklarini rivojlantirish borasida malaka oshirish
jarayonida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qancha vazifalar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Ijtimoiy hayotning turli sohalarida, xususan, xalq ta'limi tizimida faoliyat yuritayotgan ona

tili va adabiyot mutaxassislari kasbiy bilimlarini mudom oshirib borishlari, sohadagi o‘zgarishlarni
tez ilg‘ashlari, ular bilan yaqindan tanishish asosida bilimlarini boyitib borishlari shular
jumlasidandir. Prezident I.A.Karimov ta'kidlaganidek, «Toki hayot davom etar ekan, ta'lim ham,
tarbiya ham zamon o‘rtaga qo‘yayotgan yangi-yangi talablarga ko‘ra mustaqil ravishda o‘zgarib-
yangilanib boraveradi»

1

[2, 45].

Mutaxassislar bilan ishlashda ular joylashgan makon ham ahamiyat kasb etadi. Hududiy

xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlaridagi kurslar
tinglovchilarga ona tili va adabiyot darslarini o‘tishda qo‘l keladigan bilimlarni beribgina qolmay,
mustaqil izlanishga yo‘naltirilgan metodik yordam ko‘rsatishi joizdir.

1

Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. –Тошкент: Шарқ, 1999. – 184 б.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

278

Zamonaviy sharoitda malaka oshirish sohaga doir yutuqlar va innovatsion texnologiyalarni

o‘zlashtirish, shu asosda kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni takomillashtirib, yangilashnigina
nazarda tutmaydi. Ijtimoiy taraqqiyot, ta'lim islohoti o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta
tayyorlashni yangi metodologik asosda tashkil etish, eng avvalo,

ichki ehtiyoj

, kasbiy va ma'naviy

qiziqishni

tashqi ta'sir

imkoniyatlari bilan o‘zaro uyg‘unlashtirish, insonning o‘z-o‘zini anglashi

asosida tashkil etishni lozim, deb biladi

2

[16, 5].

Uzluksiz ta'lim tizimida yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash kabi serqirra vazifani faqat

malakali o‘qituvchi muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkin. Pedagog qiyofasida barkamol shaxs
va malakali mutaxassisga xos bo‘lgan barcha sifatlar o‘z aksini topa olishi zarur. Mazkur sifatning
namoyon bo‘lishi o‘qituvchining kasbiy tayyorgarlik darajasini tavsiflaydi

3

[13, 26] .

Soha mutaxassislari fikriga ko‘ra, o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanishi shaxsiy

imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish demakdir. Jumladan, N.Muslimov

4

[15, 40-45] ijodkorlik

kasbiy faoliyatni loyihalashga bo‘lgan ob'ektiv ehtiyojdir, deb hisoblaydi. Olimning ta'kidlashicha,
o‘qituvchi kasbiy tayyorgarlik jarayonini individual loyihalash kasbiy-pedagogik ta'limning
yetakchi mezoni bo‘lib qolgan. O‘qituvchi kasbiy shakllanishi natijasini anglatuvchi yangi
tushuncha – «kasbiy-pedagogik o‘ziga xoslik»ning yuzaga kelishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida
so‘z yuritib, «rivojlanish» va «shakllanish» tushunchalari ma'no jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lsa-
da, e'tibor jarayonga emas, balki natijaga qaratilishini e'tirof etadi.

Bizningcha esa, rivojlanish va shakllanish tushunchalari o‘z mohiyati, ma'nosi jihatidan

yaqin so‘zlar emas, balki biri ikkinchisini taqozo etuvchi jarayonlardir.

O‘qituvchi shaxsi unda mavjud qobiliyatga bog‘liq tarzda rivojlanadi. M.G.Davletshin

«Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi» nomli qo‘llanmasida

5

[8] o‘qituvchining

didaktik (

fanga qiziqtirish, aniq va oson anglatish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish);

akademik

(matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va shu kabi fanlarga xos);

perseptiv

(o‘quvchi ichki dunyosi, ruhiy holati kabi nozik jihatlarni tushunish);

nutq

(kechinmalarni nutq,

yuz ifodasi (mimika) va pantomimika yordamida aniq ifodalash);

tashkilotchilik

(o‘z ishini to‘g‘ri

tashkil qilish va o‘quvchilarni jipslashtirish);

avtoritar

(o‘quvchilarga hissiy-irodaviy ta'sir

o‘tkazib, ular orasida obro‘ orttira bilish);

kommunikativ

(bolalarga to‘g‘ri yondashish, ular bilan

pedagogik maqsadga mos muloqotga kirishish, me'yorni unutmaslik);

pedagogik mulohaza

(o‘quvchini ta'limiy va tarbiyaviy shakllantirish borasidagi urinishlari natijasini bashorat qila
olish);

diqqatni taqsimlay olish

(bir vaqtning o‘zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olish)

kabi 8 xil

qobiliyatini sanab o‘tgan.

Tadqiqotchi N.V.Kuzmina

6

[12] fikricha esa, pedagogik qobiliyat to‘rt qismdan tarkib

topgan:

prognostik

(bilimlarni o‘zlashtirish);

prektivlik

(faoliyatni rejalashtira olish);

tashkilotchilik

va

kommunikativlik

.

2

Ражабова С.Ф. Касб-ҳунар коллежи ўқитувчисининг касбий маҳоратини оширишнинг ташкилий-педагогик асослари (Малака ошириш

жараёнида): Пед. фан. ном. ... дис. – Тошкент: ЎМКҲТТКМО ва УҚТИ, 2004. – 191 б.

3

Мардонов Ш.Қ. Педагог кадрларни таълимий қадриятлар асосида тайёрлаш ва малакасини оширишнинг педагогик асослари: Пед.

фан. док. ... дис. – Тошкент: ЎзПФИТИ, 2006. – 257 б.

4

Муслимов Н.А. Касб таълими ўқитувчисини касбий шаклланишининг назарий-методик асослари: Пед.фан.док. ... дис. – Тошкент:

ЎМКҲТТКМО ва УҚТИ, 2006. – 349 б.

5

Давлетшин М. Замонавий мактаб ўқитувчисининг психологияси. – Тошкент: Ўзбекистон, 1999.– 30 б.

6

Кузьмина Н.В. Формирование педагогических диагностических умений в процессе профессиональной подготовки будущего учителя.

Автореф. ... канд. пед. наук. – Нижный Новгород: 1994. – 16 с.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

279

O‘qituvchi kasbiy rivojlanishining pedagogik salohiyatdan tashqari yana qator omillari

mavjud. L.M.Mitina va O.V.Kuzmenkova

7

[14, 31] mulohazasiga ko‘ra bunda shaxsning ish

faoliyatida o‘z imkoniyatlarini ijodiy namoyon qilishi bosh o‘rin tutadi. Namoyon qilish uchun esa
yashash tarzi hamda ichki dunyosini faol o‘zgartira olish xususiyati asosiy omil sanaladi.

Mualliflar kasbiy o‘zlikni anglash darajasining o‘sishi kasbiy shakllanishga qulay sharoit

yaratadi, deb hisoblashadi. O‘qituvchining o‘z imkoniyatlarini ijodiy tatbiq qila olishi shakllanish
va rivojlanish natijasi tarzida qabul qilinadi. O‘qituvchi faoliyatida muhim o‘rin tutuvchi o‘zini
anglash tuyg‘usi quyidagi bosqichlarda shakllanadi:

o‘z shaxsiga nisbatan qiziqish

;

o‘ziga

(yoki

o‘z kuchiga)

ishonch

;

o‘zgalarga bo‘lgan munosabat

;

o‘zini ayblash

va

o‘zini tutish

. Shu tarzda

bino bo‘lgan shaxsiy komillik kasbiy kamolot, malaka sari yetaklaydi.

Kasbiy malaka tushunchasi xususida soha mutaxassislari orasida tafovutli qarashlar

mavjud. X.Abdukarimov

8

[4, 46] kasbiy malaka kasbiy-axloqiy; tashkilotchilik; tahlil va

ijodkorlik malakasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi desa, G.Boymurodova

9

[7] buning xatoligini,

«malaka» tushunchasi ish-faoliyat yoki hatti-harakat mohiyatini bildirishini, bevosita shaxs hatti-
harakatining ifodalanish darajasini ko‘rsatishini, pedagogik atamalar tizimida «kasbiy-axloqiy
malaka» o‘rniga kasbiy axloqning yuqori darajasi bo‘lgan «kasbiy madaniyat» yoki «kasbiy
yetuklik» tushunchalari qo‘llanishini ta'kidlagan.

Biz bunday talqinlar bir yoqlama, degan fikrdamiz. Zotan, X.Abdukarimovning qarashlari

kasbiy layoqatni to‘laqonli aks ettirishga oiddir.

Biror faoliyatni muntazam tashkil etish shaxsda

muayyan ko‘nikmalarni hosil qiladi. Ko‘nikmalar faoliyatni izchil davom ettirish jarayonida
malakalarga aylanadi. Shakllangan malaka esa shaxs faoliyatining tezkor, sifatli hamda samarali
bo‘lishini ta'minlaydi. Ishda samaradorlikka erishish kishini qanchalik qiziqtirsa, kasbiy
faoliyatida shunchalik yuqori malakali bo‘ladi. Shu bois kasbiy malakaga ega bo‘lish, nafaqat,
ijtimoiy, balki shaxsiy ahamiyatga ham egadir. Kadrlar kasbiy malakasini oshirish ta'lim tizimida
muhim yo‘nalish hisoblanishi bejiz emas. Avvalo, maxsus bilim, so‘ng uzoq vaqt uzluksiz
takrorlanadigan mashqlar orqali egallanadigan tajriba va ko‘nikmalarni aql-idrok chig‘irig‘idan
o‘tkazib, jamlashtirish

malaka

hisoblanadi.

Ma'lumki, ta'lim olish, shu jumladan, malaka oshirish, o‘z ustida ishlash ham me'yorida

(sog‘lom) rivojlanayotgan har bir inson uchun tabiiy va ijtimoiy ehtiyojdir. Ehtiyojning paydo
bo‘lishi uchun inson boshqalardan orqada qolayotganini his etishi, ularga yetib olishga o‘zida kuch
va imkoniyat topa bilishi zarur. Metodist olim Q.Yo‘ldoshev bundan oldin «o‘qituvchilarning
kasbiy tayyorgarlik darajasini ... aniqlash yuzasidan diagnostik maqsadlarda so‘rov o‘tkazish
hamda ularni tahlil etish»

10

[11, 13] zarur, deb hisoblaydi.

Pedagogik atamalar lug‘ati

11

[9, 58] da «Kasbiy tayyorgarlik – ta'lim oluvchilarning

muayyan ish yoki ishlar majmuini bajarish uchun zarur malakalarni jadal egallash maqsadini

7

Митина Л.М., Кузьменкова О.В. Психологические особенности внутриличностных противоречий учителя

//

Вопросы психологии. –

Москва, 1998. – № 3. – С.31-29.

8

Абдукаримов Х. Касб тарбияси ва унинг ижтимоий педагогик мохияти. // Халқ таълими. – Тошкент, 2006. – № 4 – Б. 18-20.

9

Боймуродова Г.Т. Бошланғич синф ўқитувчилари касбий-шахсий тайёргарлигининг технологик тизими: Пед. фан. номз. ... дис. –

Тошкент: ТДПУ, 2009. – 155 б.

10

Йўлдошев Қ. Янгича педагогик тафаккур ва умумтаълим мактабларида адабиёт ўқитишнинг илмий-методик асослари. Пед. фан. док.

... дис. –Тошкент: ЎзПФИТИ, 1997. – 302 б.

11

Джураев Р.Х., Толипов Ў.Қ., Сафарова Р.Ғ., Тўрақулов Х.О., Иноятова М.Э., Диванова М.С. Педагогик атамалар луғати /

Р.Х.Джураев таҳрири остида. – Т.: Фан, 2008., – 196 б.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

280

nazarda tutadigan pedagogik jarayon» deya ta'riflanadi. Bizningcha, kasbiy tayyorgarlik – ta'lim
beruvchining muayyan pedagogik maqsadni amalga oshirishgacha bo‘lgan mavjud malakalari
majmui.

Biz bu o‘rinda «malaka oshirish» va «rivojlantirish» tushunchalari mohiyatiga to‘xtalib

o‘tishni joiz topdik. «Malaka – biror bir kasbni, ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasijada orttirilgan
tajriba, mahorat»

12

[6, 533]. Malaka oshirish – uzluksiz ta'li tizimi turlaridan biri bo‘lib, barcha

sohada ishlovchi mutaxassislar va rahbar xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yangilash
hamda chuqurlashtirishni nazarda tutadi.

«Rivojlantirish» ko‘proq miqdoriy xarakterga ega tushuncha bo‘lib, individning shaxsga

xos yangi xususiyatlarni umri mobaynida muntazam egallab borish jarayonini aks ettiradi. Nutq
boyishi, bilim ko‘payishi, axloqiy normalarni o‘zlashtira borish, o‘zgalar munosabatlari bilan
hisoblashishga odatlanish

rivojlanish belgilaridir. Lekin, fikrimizcha, ta'lim-tarbiya jarayonida

miqdoriy jihatlarga qaraganda sifat ko‘rsatkichlari ahamiyatliroqdir. Rivojlanish natijasida
erishilgan ma'naviy sifatlarning qat'iylashib, shaxs xarakteriga aylanishi va uning ma'naviy
qiyofasini belgilashi

shakllanish

tushunchasining mohiyatini aks ettiradi.

Inson tabiatida mavjud takomillashish,

rivojlanish

ga bo‘lgan mayl oqar suv xususiyatiga

ega. Suvga oqishni o‘rgatish shart emas, uni boshqarish, oldi to‘sib qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaslik
kerak

13

[11, 68]. Zotan, insonga xos

rivojlanish

darajasi hamisha muhit bilan mutanosib tarzda

kechadi. Shu bois ona tili va adabiyot o‘qituvchisi ta'lim oluvchilar fikrlashining tashqi muhit bilan
aloqasini aniqlashi va muvofiqlashtirishi, uning yo‘nalishlarini boshqara bilishi kerak.

Bunday tutum malaka oshirish tizimida ham samarali natija beradi.
«Rivojlanish» hamda «shakllanish» tushunchalariga qaytib¸ masalaning quyidagi

qirralariga e'tiboringizni tortmoqchimiz. Avvalo, lug‘aviy ma'nosiga ko‘ra, «

rivojlanish

» arab

tilida bir holatdan ikkinchi yuqori holatga o‘tish, o‘sish, yuksalish, taraqqiyot, ravnaq

14

15

[5, 584;

6, 382]ni; «

shakllanmoq

» aniq bir mazmun, yo‘nalish kasb etmoq [6, 392]ni, «

shakllantirish

»

insonda nasliy omil, muhit, yo‘naltirilgan ta'lim-tarbiya va shaxsiy faollik yordamida bilim,
ko‘nikma, malaka va fazilatlarni tarkib toptirish jarayoni

16

[9, 142]ni anglatadi. Demak,

rivojlanish

inson tavalludidan faoliyatining so‘ngigacha davom etadigan uzluksiz jarayon,

shakllanish

esa tashqi va ichki omillar ta'sirida ma'lum faoliyatga yo‘naltirilgan maqsadli jarayon

ekan. Bundan kelib chiqqan holda, ona tili va adabiyot o‘qituvchisi kasbiy tayyorgarligini ham
shaxs umumiy rivojlanishining tarkibiy qismi va jarayoni doirasida ko‘rib chiqishni lozim topdik.

O‘rta maktab o‘qituvchilarining shaxs umumiy rivojlanishi psixolog olim A.M.Jobborov

17

[10, 167] tomonidan tekshirilganda, ijtimoiy fan o‘qituvchilarida kirishimlilik va o‘zini nazorat

12

Бегматов Э., Мадвалиев А., Маҳкамов Н., Мирзаев Т, Тўхлиев Н, Умаров Э, Худойберганова Д., Ҳожиев А. Ўзбек тилининг изоҳли

луғати / А.Мадвалиев таҳрири остида. Т.2 – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – 382 б.

13

Йўлдошев Қ. Янгича педагогик тафаккур ва умумтаълим мактабларида адабиёт ўқитишнинг илмий-методик асослари. Пед. фан. док.

... дис. –Тошкент: ЎзПФИТИ, 1997. – 302 б.

14

Акобиров С.Ф., Алиқулов Т.А., Зуфаров С.З., Иброҳимов С.И., Икромова Н.И., Маматов Н.М.,.Маъруфов З.М., Миртожиев М.М.,

Михайлов Г.Н., Нуъмонова Ш., Хўжахонов А.Т., Ҳабибуллаев Н. Ўзбек тилининг изоҳли луғати / З.М.Маъруфов таҳрири остида. Т.2 –
М.: Рустили, 1981. – 392 б.

15

Бегматов Э., Мадвалиев А., Маҳкамов Н., Мирзаев Т, Тўхлиев Н, Умаров Э, Худойберганова Д., Ҳожиев А. Ўзбек тилининг изоҳли

луғати / А.Мадвалиев таҳрири остида. Т.2 – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – 382 б.

16

Джураев Р.Х., Толипов Ў.Қ., Сафарова Р.Ғ., Тўрақулов Х.О., Иноятова М.Э., Диванова М.С. Педагогик атамалар луғати /

Р.Х.Джураев таҳрири остида. – Т.: Фан, 2008., – 196 б.

17

Жобборов А.М. Ўзбек мактаби ўқитувчисининг психологик ва этник хусусиятлари: Псих. фан. док. ... дис. – Т.: ЎзМУ, 1999. – 317 б.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

281

qilish o‘qitiladigan predmet taqozosiga ko‘ra yuqoriroq darajada bo‘lishi, kasbiy tayyorgarlik
pedagogik masalalar yechimigagina emas, balki o‘qituvchi shaxsining shakllanishiga ham ta'sir
ko‘rsatishi aniqlangan. Bunga binoan rasman 26,8 % o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati
no‘noq, samarasiz, 37,1% va 31,2%da axborot, kommunikativ va tashkiliy-konstruktiv sifatlari
quyi darajada; 50,3 %i yetarlicha mahoratli, ammo noijodiy pedagogik faoliyat olib borar ekan.
Mazkur 50,3% ichidagi konservativ qarashli o‘qituvchilar, odatda, vijdonan ishlab, barcha
ko‘rsatma, qoida va me'yorlarga qat'iy rioya qiladilar. Ular tajribaga moyil bo‘lishmasa-da, milliy
ta'lim tamoyillari yordamida ijodiy imkoniyatlari ochilishi mumkin. Hamkasblari tajribasiga
suyanib ishlaydigan o‘qituvchilar 15,44%ni, ilg‘or tajriba va fan yutuqlaridan foydalanadiganlari
atigi 7,46 %ni tashkil etar ekan. Qiziq fakt shundaki, aynan axborot-kommunikativ va tashkiliy-
konstruktiv salohiyati quyi bo‘lgan (31,2%) hamda yetarlicha mahoratli, ammo noijodiy
pedagogik faoliyat yuritadigan (50,3 %) o‘qituvchilar respublika miqyosida 22,9%ni tashkil etadi
hamda yurtimizda yangi milliy maktab qurishning tayanchi hisoblanadi.

Takomillashishga intilmaydigan 26,8% o‘qituvchi u qadar baland ko‘rsatkich sanalmasa-

da, faoliyatda fidoyi o‘qituvchilarimiz soni salmoqli bo‘lsa-da, soha mutaxassislarini ushbu
raqamlar ham tashvishga solishi tayin. Zotan, kasbiy faoliyat va maktabdagi ta'lim-tarbiya ishining
yuqori saviyada olib borilishi faqat o‘qituvchi mahoratiga, uning quyidagi fazilatlarga egaligiga
bog‘liq:

kuchli tafakkur, teran ong, serqirra intellektual salohiyat egasi bo‘lish, o‘z mutaxassisligini

sevish;

e'tiqod, iymon va oilasiga mehri bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lish;

tashviqotchi va targ‘ibotchi ekani uchun sohasini yaxshi ko‘rishi, iste'dodi, tuyg‘ularini

boshqara olishi, bolajon bo‘lishi lozim;

tashqi ko‘rinish, kiyinish, so‘zlashuvda pedagogik odob va madaniyatdan og‘ishmaslik;

auditoriyani to‘la nazorat qilish, bir xil mehr ko‘rsatish va kuchli pedagogik mahorat;

nutqi boy, kinoya va kibr-havosiz so‘zlashi;

obro‘ orttira olish, ilmiy-ma'rifiy ishlar va pedagogik mahorati bilan shogirdlariga o‘rnak

bo‘lishi zarur.

Uzluksiz ta'limning malaka oshirish tizimiga doir mavjud adabiyotlarda asosiy urg‘u

malaka oshirishning umumiy holatiga, ona tili va adabiyot o‘qitish jarayonida esa fanni
o‘qitishning metodik jihatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda o‘qituvchilarning kasbiy
tayyorgarligini rivojlantirish masalalari hamda bu jarayonning mohiyati yetarlicha ochib
berilmagan.

Aslida esa, xalq ta'limi sohasida yuz bergan tub islohotlar ta'lim muassasalari oldidagi

vazifalarni o‘zgartirganligini hisobga olib, o‘qituvchi faoliyatini yangilash, uning kasbiy
mahoratini oshirishga e'tiborni qaratish – kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish muammosi dolzarb
metodik muammo sifatida tadqiq etishga muhtojdir. Chunki «O‘z fikrini mutlaqo mustaqil, ona
tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisiga
o‘tirganlarni bugun tushunish ham oqlash ham qiyin»

18

[3].

18

Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида: Т., 6-Т.:

Ўзбекитон, 1998 йил.331-б.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

282

Shuningdek, «... badiiy adabiyot vakillarining xalqimiz qalbini, uning oliy maqsadlari,

bugungi hayoti, taqdiri va kelajagini yaqindan biladigan insonlar sifatida jamiyatimizdagi o‘rni va
ta'siri beqiyosdir»

19

[1, 7].

Milliy ta'lim tizimining maqsadi barkamol avlod, komil shaxsni tarbiyalashdir. Bu maqsad

pedagogning o‘zi ham takomilga yetgan bo‘lishini talab etadi. Komil pedagogda aks etishi zarur
bo‘lgan sifatlar ilmiy bilim, mutaxassislik fanlari asoslarini puxta o‘zlashtirish, zamonaviy texnika
va texnologiyalar, ularning xizmatidan foydalana olish va shu kabilardan iborat. Mazkur sifatlarni
shakllantirish kasbiy bilimlarni o‘rganish, shaxsiy ko‘nikma va malakani rivojlantirib borish
natijasida yuzaga keladi.

Kasbiy malakaga ega bo‘lmagan pedagoglar yosh avlodga sifatli ta'lim berish, ularda

yuksak ma'naviy-axloqiy xislatlarni shakllantirish imkoniga ega bo‘lishmaydi. O‘qituvchilar, shu
jumladan, ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining malakasini oshirishni zamonaviy bilimlar bilan
qurollantirish, mavjud ko‘nikma hamda malakalarini takomillashtirish, ma'naviy-axloqiy
sifatlarini boyitish tarzida tushunish maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy
sohalarda ro‘y berayotgan tezkor o‘zgarishlar mavjud bilimlarni muntazam boyitib turish,
ko‘nikma va malakalarni takomillashtirishni taqozo etadi. Shu sababli har bir mutaxassis o‘z ustida
tinimsiz ishlashi, bilim va malakalarini uzluksiz oshirib borishi lozim. Ushbu jarayon esa kadrlar
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalarida yuz beradi.

Jamiyatda butun kuch va e'tibor barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilayotgan sharoitda

o‘rta maktab o‘quvchilarining ona tili adabiyot fani asoslarini puxta o‘zlashtirishlariga erishish
ularda mustaqil fikrlash va estetik his-tuyg‘ularni shakllantiradi. Ona tili va adabiy ta'limning
bunday samaradorligiga erishish uchun jahon standartlari talablariga muvofiq tarzda o‘qituvchilar
malakasini oshirish hamda kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish lozim. Ayni vaqtda esa o‘quv
jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish ta'limni samarali tashkil etishning eng maqbul
yo‘li sifatida ta'kidlanmoqda.

Yuqorida bildirilgan fikrlar, ish jarayonida foydalanilgan adabiyotlar va shu mavzuda

tadqiqot olib borgan olimlarning nazariy qarashlarini o‘rgangan va umumlashtirgan holda
quyidagi xulosalarni bayon etish mumkin:

nafaqat bo‘lajak mutaxassis, balki ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchi ham kasbiy

tayyorgarlik darajasini uzluksiz rivojlantirib borishi zarur;

kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmagan pedagoglarda yosh avlodni barkamol shaxs etib

tarbiyalash imkonlari quyi darajada bo‘ladi;

o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi shaxs umumiy rivojlanishining tarkibiy qismi

hisoblanadi;

shu tufayli kasbiy tayyorgarlik va uni rivojlantirishda pedagogning insoniy fazilatlari

muhim ahamiyat kasb etadi;

pedagog xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi o‘zbek milliy ta'limining

mustaqil turi deb belgilandi.

19

Каримов И.А. Адабиётга эътибор – маънавиятга, келажакка эътибор. – Тошкент: Ўзбекистон, 2009. – 40 б.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

283

REFERENCES

1.

Каримов И.А. Адабиётга эътибор – маънавиятга, келажакка эътибор. – Тошкент:
Ўзбекистон, 2009. – 40 б.

2.

Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. –Тошкент: Шарқ, 1999. – 184 б.

3.

Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида: Т., 6-Т.: Ўзбекитон,
1998 йил.331-б.

4.

Абдукаримов Х. Касб тарбияси ва унинг ижтимоий педагогик мохияти. // Халқ
таълими. – Тошкент, 2006. – № 4 – Б. 18-20.

5.

Акобиров С.Ф., Алиқулов Т.А., Зуфаров С.З., Иброҳимов С.И., Икромова Н.И.,
Маматов Н.М.,.Маъруфов З.М., Миртожиев М.М., Михайлов Г.Н., Нуъмонова Ш.,
Хўжахонов А.Т., Ҳабибуллаев Н. Ўзбек тилининг изоҳли луғати / З.М.Маъруфов
таҳрири остида. Т.2 – М.: Рустили, 1981. – 392 б.

6.

Бегматов Э., Мадвалиев А., Маҳкамов Н., Мирзаев Т, Тўхлиев Н, Умаров Э,
Худойберганова Д., Ҳожиев А. Ўзбек тилининг изоҳли луғати / А.Мадвалиев
таҳрири остида. Т.2 – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – 382 б.

7.

Боймуродова Г.Т. Бошланғич синф ўқитувчилари касбий-шахсий тайёргарлигининг
технологик тизими: Пед. фан. номз. ... дис. – Тошкент: ТДПУ, 2009. – 155 б.

8.

Давлетшин М. Замонавий мактаб ўқитувчисининг психологияси. – Тошкент:
Ўзбекистон, 1999.– 30 б.

9.

Джураев Р.Х., Толипов Ў.Қ., Сафарова Р.Ғ., Тўрақулов Х.О., Иноятова М.Э.,
Диванова М.С. Педагогик атамалар луғати / Р.Х.Джураев таҳрири остида. – Т.: Фан,
2008., – 196 б.

10.

Жобборов А.М. Ўзбек мактаби ўқитувчисининг психологик ва этник хусусиятлари:
Псих. фан. док. ... дис. – Т.: ЎзМУ, 1999. – 317 б.4. Ражабова С.Ф. Касб-ҳунар
коллежи ўқитувчисининг касбий маҳоратини оширишнинг ташкилий-педагогик
асослари (Малака ошириш жараёнида): Пед. фан. ном. ... дис. – Тошкент:
ЎМКҲТТКМО ва УҚТИ, 2004. – 191 б.

11.

Йўлдошев Қ. Янгича педагогик тафаккур ва умумтаълим мактабларида адабиёт
ўқитишнинг илмий-методик асослари. Пед. фан. док. ... дис. –Тошкент: ЎзПФИТИ,
1997. – 302 б.

12.

Кузьмина Н.В. Формирование педагогических диагностических умений в процессе
профессиональной подготовки будущего учителя. Автореф. ... канд. пед. наук. –
Нижный Новгород: 1994. – 16 с.

13.

Мардонов Ш.Қ. Педагог кадрларни таълимий қадриятлар асосида тайёрлаш ва
малакасини оширишнинг педагогик асослари: Пед. фан. док. ... дис. – Тошкент:
ЎзПФИТИ, 2006. – 257 б.

14.

Митина Л.М., Кузьменкова О.В. Психологические особенности внутриличностных
противоречий учителя

//

Вопросы психологии. – Москва, 1998. – № 3. – С.31-29.

15.

Муслимов Н.А. Касб таълими ўқитувчисини касбий шаклланишининг назарий-
методик асослари: Пед.фан.док. ... дис. – Тошкент: ЎМКҲТТКМО ва УҚТИ, 2006. –
349 б.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

284

16.

Ражабова С.Ф. Касб-ҳунар коллежи ўқитувчисининг касбий маҳоратини
оширишнинг ташкилий-педагогик асослари (Малака ошириш жараёнида): Пед. фан.
ном. ... дис. – Тошкент: ЎМКҲТТКМО ва УҚТИ, 2004. – 191 б.

References

Каримов И.А. Адабиётга эътибор – маънавиятга, келажакка эътибор. – Тошкент: Ўзбекистон, 2009. – 40 б.

Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. –Тошкент: Шарқ, 1999. – 184 б.

Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида: Т., 6-Т.: Ўзбекитон, 1998 йил.331-б.

Абдукаримов Х. Касб тарбияси ва унинг ижтимоий педагогик мохияти. // Халқ таълими. – Тошкент, 2006. – № 4 – Б. 18-20.

Акобиров С.Ф., Алиқулов Т.А., Зуфаров С.З., Иброҳимов С.И., Икромова Н.И., Маматов Н.М.,.Маъруфов З.М., Миртожиев М.М., Михайлов Г.Н., Нуъмонова Ш., Хўжахонов А.Т., Ҳабибуллаев Н. Ўзбек тилининг изоҳли луғати / З.М.Маъруфов таҳрири остида. Т.2 – М.: Рустили, 1981. – 392 б.

Бегматов Э., Мадвалиев А., Маҳкамов Н., Мирзаев Т, Тўхлиев Н, Умаров Э, Худойберганова Д., Ҳожиев А. Ўзбек тилининг изоҳли луғати / А.Мадвалиев таҳрири остида. Т.2 – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – 382 б.

Боймуродова Г.Т. Бошланғич синф ўқитувчилари касбий-шахсий тайёргарлигининг технологик тизими: Пед. фан. номз. ... дис. – Тошкент: ТДПУ, 2009. – 155 б.

Давлетшин М. Замонавий мактаб ўқитувчисининг психологияси. – Тошкент: Ўзбекистон, 1999.– 30 б.

Джураев Р.Х., Толипов Ў.Қ., Сафарова Р.Ғ., Тўрақулов Х.О., Иноятова М.Э., Диванова М.С. Педагогик атамалар луғати / Р.Х.Джураев таҳрири остида. – Т.: Фан, 2008., – 196 б.

Жобборов А.М. Ўзбек мактаби ўқитувчисининг психологик ва этник хусусиятлари: Псих. фан. док. ... дис. – Т.: ЎзМУ, 1999. – 317 б.4. Ражабова С.Ф. Касб-ҳунар коллежи ўқитувчисининг касбий маҳоратини оширишнинг ташкилий-педагогик асослари (Малака ошириш жараёнида): Пед. фан. ном. ... дис. – Тошкент: ЎМКҲТТКМО ва УҚТИ, 2004. – 191 б.

Йўлдошев Қ. Янгича педагогик тафаккур ва умумтаълим мактабларида адабиёт ўқитишнинг илмий-методик асослари. Пед. фан. док. ... дис. –Тошкент: ЎзПФИТИ, 1997. – 302 б.

Кузьмина Н.В. Формирование педагогических диагностических умений в процессе профессиональной подготовки будущего учителя. Автореф. ... канд. пед. наук. – Нижный Новгород: 1994. – 16 с.

Мардонов Ш.Қ. Педагог кадрларни таълимий қадриятлар асосида тайёрлаш ва малакасини оширишнинг педагогик асослари: Пед. фан. док. ... дис. – Тошкент: ЎзПФИТИ, 2006. – 257 б.

Митина Л.М., Кузьменкова О.В. Психологические особенности внутриличностных противоречий учителя // Вопросы психологии. – Москва, 1998. – № 3. – С.31-29.

Муслимов Н.А. Касб таълими ўқитувчисини касбий шаклланишининг назарий-методик асослари: Пед.фан.док. ... дис. – Тошкент: ЎМКҲТТКМО ва УҚТИ, 2006. – 349 б.

Ражабова С.Ф. Касб-ҳунар коллежи ўқитувчисининг касбий маҳоратини оширишнинг ташкилий-педагогик асослари (Малака ошириш жараёнида): Пед. фан. ном. ... дис. – Тошкент: ЎМКҲТТКМО ва УҚТИ, 2004. – 191 б.