BUDGET SYSTEM OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND ISSUES OF EXPANDING THE ROLE OF LOCAL BUDGETS IN IT

HAC
Google Scholar
f
432-439
0
0
To share
Ashirov, J. (2024). BUDGET SYSTEM OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND ISSUES OF EXPANDING THE ROLE OF LOCAL BUDGETS IN IT. Modern Science and Research, 3(2), 432–439. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30165
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ensuring the stability of the state budget, reducing the differences in socio-economic development of regions is largely related to the expansion of the income base of local budgets. Based on this, this article discusses the issues of expanding the revenue base of local budgets.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

432

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BUDJET TIZIMI VA UNDA MAHALLIY

BUDJETLARNING O‘RNINI KENGAYTIRISH MASALALARI

Ashirov Jasur Dilshod o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi

Bank-moliya akademiyasi magistratura talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10828026

Annotatsiya.

Davlat budjeti barqarorligini ta’minlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy

jihatdan rivojlantirish borasidagi tafovutlarni qisqartirish ko‘p jihatdan mahalliy budjetlarning
daromad bazasini kengaytirish bilan bog‘liq. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqola
mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar:

budjet, davlat budjeti, budjet tizimi, mahalliy budjet, budjet daromadlari,

budjet xarajatlari, profitsit, defitsit, muvozantli budjet, budjet siyosati.

BUDGET SYSTEM OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND ISSUES OF

EXPANDING THE ROLE OF LOCAL BUDGETS IN IT

Abstract.

Ensuring the stability of the state budget, reducing the differences in socio-

economic development of regions is largely related to the expansion of the income base of local
budgets. Based on this, this article discusses the issues of expanding the revenue base of local
budgets.

Key words:

budget, state budget, budget system, local budget, budget revenues, budget

expenditures, surplus, deficit, balanced budget, budget policy.

БЮДЖЕТНАЯ СИСТЕМА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И ВОПРОСЫ

ПОВЫШЕНИЯ РОЛИ МЕСТНЫХ БЮДЖЕТОВ В НЕЙ

Аннотация.

Обеспечение стабильности государственного бюджета, сокращение

различий в социально-экономическом развитии регионов во многом связано с расширением
доходной базы местных бюджетов. Исходя из этого, в данной статье рассматриваются
вопросы расширения доходной базы местных бюджетов.

Ключевые слова:

бюджет, государственный бюджет, бюджетная система,

местный бюджет, доходы бюджета, расходы бюджета, профицит, дефицит,
сбалансированный бюджет, бюджетная политика.

Amalga oshiralayotgan iqtisodiy islohotlar O‘zbekistondagi budjet jarayonini, ya’ni budjet

loyihasini ishlab chiqish, muhokama qilish, qabul qilish, ijro etish va ijrosi yuzasidan
hisobottayyorlashgacha bo‘lgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish, budjet tomonidan bir
yildan ortiq davom etadigan davlat dasturlarini moliyalashtirilishini ta’minlashni yaxshilash,
davlat dasturlarini bajarish uchun kerak bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan bog‘lash va budjet
jarayonini oshkoralik darajasini oshirishni taqozo etmoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi
Budjet Kodeksiga asosan budjet buyurtmasida kelgusi uch yil uchun budjet mablag‘lari hisobidan
amalga oshiriladigan xarajatlar budjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladi [1].

Budjet tizimi muayyan mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, ijtimoiy-

iqtisodiy, huquqiy va boshqa xususiyatlarining butun majmui asosida shakllanadi. Budjet tizimi
bu turli darajadagi budjetlar va budjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, budjetlarni tashkil


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

433

etishni va tuzish tamoyillarini ifodalaydigan, budjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek budjetlar
hamda budjet mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlar majmuidir.

Ko‘pchilik hollarda, soddaroq tarzda, budjet tizimi deyilganda, mamlakatdagi mavjud

budjetlar to‘plami (majmui) tushuniladi [2]. Demak, budjet tizimi - bu iqtisodiy munosabatlarga,
davlat tuzilishiga va qonun normalariga asoslangan, davlat, ma’muriy- hududiy tuzilishlarning,
budjet munosabatlarida mustaqil bo‘lgan davlat tashkilotlari va fondlarining majmuidir.

O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining “Budjet tizimi tushunchasi va printsiplari”

deb nomlanuvchi 2-bobi 6-moddasida “Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli
jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari, budjet
tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish printsiplari, ular o‘rtasida budjet jarayoni mobaynida
yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar yig‘indisini o‘zida ifodalaydi”-deb, tushuntirish berilgan
[1].

Budjet tizimi mamlakat budjet tuzilishining tarkibiy qismi bo‘lib, uning ma’lum bir qismini

o‘zida ifoda etadi. Shu ma’noda, budjet tizimi mamlakat budjetining o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan
bo‘g‘inlarining o‘zaro yig‘indisidan iboratdir. Mamlakatning budjet tizimi jamiyatning siyosiy
tuzilishiga, davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-hududiy bo‘linishiga bevosita bog‘liq
bo‘ladi. Mamlakatning budjet tizimi ikki yoki uch bo‘g‘inli bo‘lishi mumkin.

Unitar davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda budjet tizimi ikki bo‘g‘indan (markaziy

va mahalliy budjetlar), federativ davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda esa uch bo‘g‘indan
(markaziy budjet, federatsiya a’zolari budjetlari va mahalliy budjetlar) iborat bo‘lishi mumkin [3].

Har bir mamlakatning budjet tizimi ma’lum bir printsip (tamoyil)larga tayanadi.

O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimiga xos bo‘lgan printsiplar esa quyidagilardan iborat:

Budjet tizimining yagonaligi printsipi

budjet hujjatlari va budjet hisobotlarining

shakllari, budjet tasnifi yagona bo‘lishi hamda budjet tizimi budjetlarining daromadlari va
xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, budjet hisobini yuritish va budjet hisobotini tuzishning
yagona tartibini ko‘zda tutadi.

Masalan, O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyat, tuman, shaharlarining budjetlari

bir xil, yagona belgilangan tartib asosida shakllantirilib, yagona me’yorlar asosida ulardan
xarajatlar

amalga

oshiriladi.

Qolaversa,

mamlakat

hududidagi

barcha

budjetdan

moliyalashtiriladigan tashkilot va muassasalar hududiy joylashuvidan qat’iy nazar bir xil budjet
qonunchiliga rioya etadi.

Budjet tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga

muvofiqligi printsipi

esa budjet tizimi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy

tuzilishiga muvofiq bo‘lishi lozimligini ifodalaydi. Ya’ni, 14 ta yirik ma’muriy hududlar
(Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahri) hamda mazkur hududlar
tarkibiga kiruvchi tuman va shaharlar soniga teng jami 220 ga yaqin mahalliy budjetlar mavjud.

Budjet tizimi budjetlarining balansliligi va o‘zaro bog‘liqligi printsipi

budjet tizimi

budjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash
manbalari yig‘indisining hajmiga muvofiq bo‘lishini, hamda budjet tizimi budjetlarini tuzish va
ijro etishda budjetlarning mablag‘lari mazkur budjetlarning balansliligini ta’minlash uchun ular
o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkinligini anglatadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

434

Misol uchun, biror viloyat budjetining, yoki tuman budjetining daromadlari miqdori

xarajatlari miqdoriga teng bo‘lishi lozim. Agar xarajatlarni qoplashga etarli daromadlar bo‘lmasa,
viloyat budjetiga respublika budjetidan, tuman budjetiga esa o‘zi bo‘ysunuvchi viloyatning
budjetidan turli xil moliyaviy yordamlar(budjet transfertlari) hisobiga daromadalar xarajatlarni
qoplashga etarli miqdorda shakllantiriladi, ya’ni balanslashtiriladi6. Budjet jarayonida tuman
budjetlari faqatgina o‘zlari bo‘ysunuvchi viloyat budjeti bilan, viloyatlar budjetlari esa faqat
respublika budjeti bilan o‘zaro bog‘liqda bo‘ladi.

Budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish printsipi

budjet tizimi budjetlarini tuzishda budjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari
bo‘yicha prognoz qilinishini, xarajatlar esa yo‘nalishlar bo‘yicha rejalashtirilishini bildiradi.

Misol uchun, biror viloyat budjetini tuzishda mazkur budjetga yil davomida tushishi ko‘zda

tutilgan daromadlar miqdori va ularning manbalari, ya’ni soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar,
shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlar miqdori oldindan belgilangan tartib va me’yorlar asosida
prognoz qilinadi. Ya’ni, viloyat budjetining daromadi yil davomida qancha miqdorda bo‘lishi, har
bir soliq turidan, aytaylik mol-mulk solig‘i yoki er solig‘idan yil davomida qancha miqdorda
daromad tushishi ma’lum normativ va metodlar asosida oldindan puxta hisob-kitob qilinib,
prognozlashtiriladi.

Budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi va

maqsadlilik xususiyati printsipi

esa budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari muayyan budjet

tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga ushbu mablag‘lardan belgilangan maqsadlarni
moliyalashtirishda foydalanish uchungina ajratilishini nazarda tutadi.

Misol uchun, biror maktab ish haqi uchun ajratilgan mablag‘lardan kapital ta’mirlash yoki

kommunal to‘lovlardan qarzlarni to‘lash uchun foydalanishi mumkin emas.

Budjet tizimi budjetlarining mustaqilligi printsipi

budjet tizimining turli darajadagi

budjetlari mustaqil ekanligini bildiradi.

Ya’ni, viloyatlar budjetlari yoki tuman budjetlari amaldagi qonunchilik doirasida o‘zidan

yuqori turuvchi budjet bo‘g‘iniga bog‘liq bo‘lmagan holda daromadlarni shakllantirish yoki
xarajatlarni amalga oshirishi mumkin.

Budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi printsipi budjet

jarayoni ishtirokchilari budjet tizimi budjetlarini tuzish va ijro etishda o‘zlariga berilgan vakolatlar
doirasida budjet tizimi budjetlarining belgilangan hajmdagi mablag‘laridan foydalangan holda
natijaga erishish zaruriyatini ifodalaydi.

Kassaning yagonaligi printsipi esa budjet tizimi budjetlarining barcha daromadlari Yagona

g‘azna hisobvarag‘iga kiritilishini va ularning xarajatlarini to‘lash ushbu hisobvaraqdan amalga
oshirilishini anglatadi.

Ma’lumki, 2007 yildan boshlab respublikamizning barcha hududlaridagi budjet

tashkilotlari va muassasalari to‘liq g‘aznachilik tizimiga o‘tkazildi. Viloyat, tuman budjeti va
ulardan moliyalashtiriladigan barcha budjet tashkilotlari va muassasalarining joylashgan joyidan
yoki hisob raqami qaysi bankda bo‘lishidan qat’iy nazar ularning daromadlari Yagona g‘azna
hisobvarag‘iga kiritiladi(jamlanadi) va o‘z navbatida xarajatlarni amalga oshirishda ham
g‘aznachilik tizimi orqali mablag‘dan foydalanish mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

435

Budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi printsipi

budjet jarayonining har bir

ishtirokchisi budjet jarayonining har bir bosqichida o‘z harakatlari uchun javobgar bo‘lishini
nazarda tutadi.

Ma’lumki, budjet jarayonida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat moliyaviy

nazorat organlari, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar ishtirok etadilar. Mazkur
sub’ektlarning har biri budjet jarayonidagi o‘z harakatlari uchun javobgar bo‘ladilar.

Ochiqlik printsipi

davlat budjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ko‘rib

chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun
ochiqligini bildiradi.

Qolaversa, tasdiqlangan davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari

daromadlari va xarajatlarining miqdori, tarkibi to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida
(gazeta, jurnal, byuleten, hamda maxsus internet saytlari) va O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinib boriladi. Shuningdek, davlat budjeti va davlat
maqsadli jamg‘armalari budjetlari choraklik, yarim yillik, 9 oylik va yillik ijrosining borishi
to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etiladi.

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daomadlari va xarajatlarining

prognozi va ularning choraklik va yillik ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya
vazirligining rasmiy veb-sayti (www. imv.uz)da doimiy joylashtirilmoqda va yangilab borilmoqda
(-diagramma, -jadval). Xususan, Io‘tisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Davlat
budjeti daromadlari 2022 yilda 202 trln so‘mni (YaIMga nisbatan 22,7 %) tashkil etib, 2021 yilga
nisbatan 37,2 trln so‘mga yoki 22,6%ga oshgan.

1-diagramma. 2020-2023 yillarda davlat budjeti daromadlari dinamikasi

Hisobot yilida Davlat budjeti daromadlarining YaIMdagi ulushi 22,7%ni tashkil etib, bu

ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan solishtirilganda 0,3%ga va 2020 yilga nisbatan 0,6%ga oshgan.
Hisobot yilida Davlat budjeti tarkibidagi Soliq qo‘mitasi ma’murchiligidagi tushumlar 148,4 trln
so‘mni (jami Davlat budjeti daromadlariga nisbatan 73,4%), Bojxona qo‘mitasi bo‘yicha

0

200

400

600

800

1000

1200

1400

2020 yil

2021 yil

2022 yil

2023 yil

1068

2,4

22,4

22,7

21,8

132,9

164,8

202

232,6

byudjet daromadlari,trln.so‘m

YaiMga nisbatan,%

YaIm, trln.so‘m


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

436

tushumlar 46,0 trln so‘mni (22,8%) hamda boshqa daromadlar va soliq bo‘lmagan tushumlar 7,6
trln so‘mni (3,8%) (qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha qaytarish (qoplab berish) (19,3 trln so‘m)
va fuqarolarga xarid summasidan 1% (“kesh-bek”) qaytarishni (0,8 trln so‘m) hisobga olgan holda
) tashkil qilgan. Budjet tuzilishi (tuzilmasi) - davlat budjetini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan
munosabatlar majmui (uning ichki bo‘linmalari tarkibi va tuzilmasi, ulardan foydalanish
sohalarining funktsional cheklanganligi, o‘zaro bo‘ysunuvchanligi, o‘zaro aloqadorligi va
ta’sirchanligi hamda huquqiy tomonlarini inobatga olgan holda)ni bildiradi. Har bir mamlakatning
budjet tuzilmasi uning milliy- davlat yoki ma’muriy-hududiy tuzilishi bilan belgilanadi [3].

1-jadval

O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining 2020-2022 yillardagi ijrosi[4]

2020 yil

2021 yil

2022 yil

Tushum

o‘sishi (2022-

2020 yil)

Tushum

o‘sishi (2022-

2021 yil)

Summ

a

jamig

a

nisbat

an

%da

summ

a

jamig

a

nisbat

an

%da

summ

a

jamig

a

nisbat

an

%da

summ

a

%da

summ

a

%da

Davlat

budjeti

daromadlari

132,93
8

164,79
9

202,043

69,105

152,0

37,243

122,6

Bevosita

soliqlar-

jami

45,207

34,0

58,930

35,8

64,447

31,9

19,240

142,6

5,517

109,4

Bilvosita

soliqlar-

jami

46,428

34,9

56,290

34,2

71,390

35,3

24,962

153,8

15,100

126,8

Resurs

to‘lovlari

va mol-

mulk solig‘i

21,257

16,0

23,036

14,0

23,913

11,8

2,656

112,5

876

103,8

Boshqa

daromadlar

va soliq

bo‘lmagan

tushumlar

20,046

15,1

26,542

16,1

42,293

20,9

22,247

211,0

15,751

159,3

Budjet tuzilishi davlat budjeti va mamlakat budjet tizimining tashkil etilishini, uning

alohida bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni, budjet tizimiga kiruvchi budjetlarning
faoliyat yuritishini, ularning huquqiy asoslarini, budjetlarning tarkibi va tuzilishini, budjet
mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartib-tamoyillarini belgilaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

437

Mamlakatlarning davlat tuzilishidagi, hokimiyat turli darajalarining budjet huquqlaridagi

farqlar turli shakldagi va modeldagi budjet tuzilishlari mavjudligini belgilaydi.

Jahon amaliyotida budjet tuzilishining markazlashtirilgan, markazlashtirishdan chikarilgan

va aralash modellari mavjud. Markazlashtirilgan model barcha budjetlar yagona davlat budjetida
markazlashtirilishi bilan tavsiflanadi, bunda har bir yuqori budjetga boshqaruvchilik roli
biriktirilgan bo‘ladi (Frantsiya, Italiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston). Markazlashtirishdan
chiqarilgan model budjet tizimi markaziy va mahalliy budjetlarining erkinligi bilan tavsiflanadi,
bunda ushbu budjetlarning har biri ularning xarajatlarini ta’minlovchi o‘z daromadlar manbalariga
ega bo‘ladi (AQSh, GFR).

Aralash model markaziy budjetga mahalliy budjetlarni tartibga solish roli biriktirilishi

bilan tavsiflanadi, bunda ushbu budjetlar-ning har biri ularning xarajatlarini ta’minlovchi o‘z
daromadlar manbalariga ega bo‘ladi (Rossiya Federatsiyasi)[3].

Amaldagi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi budjeti: davlat budjeti, davlat maqsadli

jamg‘armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalaridan tashkil topadi.

O‘zbekiston Respublikasi budjet tuzilmasining bo‘g‘inlari ham o‘z navbatida tarkibiy

tuzilishga ega.

Davlat budjeti quyidagi darajadagi budjetlardan iborat:
1) O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy

budjetlari.

1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining tarkibiy tuzilishi

Manba: muallif ishlanmasi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

438

Respublika budjeti - davlat budjetining umumdavlat ahamiyatiga molik tadbirlarni

moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan
tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan
mablag‘lar sarfining yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

Mahalliy budjet - davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari

jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda ma’lum ma’muriy birlikning daromadlar
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar
uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfining yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining budjeti – davlat budjetining Qoraqalpog‘iston

Respublikasi pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda mazkur
hududning daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili
mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfining yo‘nalishlari va miqdori aks
ettiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti Qoraqalpog‘iston Respubli-kasining respublika

budjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog‘istonga) bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar
budjetlarini o‘z ichiga oladi.

Viloyatlar mahalliy budjetlari tuzilmasiga viloyat budjeti, viloyat tarkibidagi tumanlar va

shaharlarning budjetlari kiradi. Tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning budjeti esa
tuman budjetini va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. Toshkent shahar
mahalliy budjeti tuzilmasi shahar budjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning budjetlaridan
iborat.

Mahalliy budjetlar - Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar budjetlari, Toshkent

shahar budjeti, hamda mazkur budjetlarga kiruvchi quyi (shahar, tuman) budjetlarni o‘z ichiga
oladi.

Ularning daromadlari va xarajatlari tarkibi, budjet jarayoni va budjet huquqi qonun bilan

belgilangan. Mahalliy budjetlar O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetida muhim tarkibiy qismni
tashkil etadi va mahalliy hukumat organlarining faoliyat ko‘rsatishlarida moliyaviy manba bo‘lib
hisoblanadi. Shuningdek, mahalliy budjet asosiy moliyaviy reja sifatida tegishli hududning
iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining barcha sohalari va yo‘nalishlarini to‘liq qamrab oladi.

Yuqoridagilar bilan birgalikda, mahalliy budjetlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy

vazifalarini amalga oshirishda, birinchi navbatda davlat mablag‘larini taqsimlash va ijtimoiy
infratuzilmani rivoj-lantirishda muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatda yaratilgan YaIMni taqsimlash va aholiga etkazish asosan budjet tizimi orqali

amalga oshiradi. Bunda xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, uy-joy kommunal xizmat
sohasi bilan bog‘liq asosiy xarajatlar mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshiriladi.

Davlat tomonidan ijtimoiy himoya bilan bog‘liq siyosatni amalga oshirish katta

miqdordagi moddiy va moliyaviy resurslarni talab qiladi va bu muhim vazifalar mahalliy
hokimiyat organlariga yuklatilgan. Aholini ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni
moliyalashtirish ham asosan mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshiriladi. Umumdavlat pul
mablag‘larini budjet bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanishining asosini hududiy budjetlar mustaqilligi,
ularni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvatlanishi, ular daromadlarini hududiy manbalar
hisobidan shakllanish tamoyillari tashkil etadi. Ushbu tamoyillardan kelib chiqqan holda, mahalliy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

439

budjetlarning daromadlari o‘z daromadlari va boshqariladigan manbalar hisobidagi
daromadlardan shakllanadi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi budjet kodeksi,

https://lex.uz/docs/2304138

2.

O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi: Darslik / Z.X.Srojiddinova. –Toshkent,

2010. – 500

b.

3.

Moliya va soliqlar: oliy ta’limning 60310100 - “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”,
60411200-“Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘na-lishlari
uchun darslik G’ B.A.Xasanov, A.A.Xashimov, A.B.Muxametov, A. A. Abduvoxidov,
J.M.O‘razmatov, G‘.B.Akramov, M.A.Narbayeva, D.B.Eshpulatov // prof. B.A.Xasanov
tahriri ostida. – T.: “Iqtisodiyot dunyosi”, 2022. – 774 b.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarining 2022 yildagi ijrosi bo‘yicha
dastlabki natijalar,

https://mf.uz/

5.

Abduvoxidov A., Matkuliyeva S. BUDJЕT SIYОSАTI SAMARADORLIGINI
OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH //Iqtisodiy
taraqqiyot va tahlil. – 2023. – Т. 1. – №. 8. – С. 5-19.

6.

Juliev, M., et al. "Surface displacement detection using object-based image analysis,
Tashkent region, Uzbekistan." E3S Web of Conferences. Vol. 386. EDP Sciences, 2023.

7.

Khakimova, Muabara Khalilovna. "USE OF THE BRAINSTORMING METHOD IN THE
TEACHING OF SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF
EFFECTIVENESS." Bulletin of Science and Education 6-3 (109) (2021): 56-61.

8.

Hakimova, M. K. (2024). THE EFFECT OF FACTORS ON THE NUMERICAL
INDICATIONS OF MICROORGANISMS IN IRRIGATED LIGHT COLORED GRAY
AND BARRIOUS SOILS.

References

O‘zbekiston Respublikasi budjet kodeksi, https://lex.uz/docs/2304138

O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi: Darslik / Z.X.Srojiddinova. –Toshkent, 2010. – 500 b.

Moliya va soliqlar: oliy ta’limning 60310100 - “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”, 60411200-“Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘na-lishlari uchun darslik G’ B.A.Xasanov, A.A.Xashimov, A.B.Muxametov, A. A. Abduvoxidov, J.M.O‘razmatov, G‘.B.Akramov, M.A.Narbayeva, D.B.Eshpulatov // prof. B.A.Xasanov tahriri ostida. – T.: “Iqtisodiyot dunyosi”, 2022. – 774 b.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarining 2022 yildagi ijrosi bo‘yicha dastlabki natijalar, https://mf.uz/

Abduvoxidov A., Matkuliyeva S. BUDJЕT SIYОSАTI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – 2023. – Т. 1. – №. 8. – С. 5-19.

Juliev, M., et al. "Surface displacement detection using object-based image analysis, Tashkent region, Uzbekistan." E3S Web of Conferences. Vol. 386. EDP Sciences, 2023.

Khakimova, Muabara Khalilovna. "USE OF THE BRAINSTORMING METHOD IN THE TEACHING OF SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF EFFECTIVENESS." Bulletin of Science and Education 6-3 (109) (2021): 56-61.

Hakimova, M. K. (2024). THE EFFECT OF FACTORS ON THE NUMERICAL INDICATIONS OF MICROORGANISMS IN IRRIGATED LIGHT COLORED GRAY AND BARRIOUS SOILS.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов