THE ROLE OF FINANCIAL MANAGEMENT

HAC
Google Scholar
f
120-124
0
0
To share
Ashirov, J. (2024). THE ROLE OF FINANCIAL MANAGEMENT. Modern Science and Research, 3(2), 120–124. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30198
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This thesis presents information about the role of financial management and scientific research.


background image


120

MOLIYAVIY BOSHQARUVNING O‘RNI

Ashirov Jasur Dilshod o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi

Bank-moliya akademiyasi magistratura talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10829297

Annotatsiya.

Ushbu tezisda

Moliyaviy boshqaruvning o‘rni haqidagi fikr-mulohazalar va

olib borilgan ilmiy tadqiqotlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Moliya tizimi,

jahon xo‘jaligi, raqobat, bozor iqtisodiyoti, moliyaviy

munosabatlar, moliyaviy resurslar, moliyaviy boshqaruv.

THE ROLE OF FINANCIAL MANAGEMENT

Abstract.

This thesis presents information about the role of financial management and

scientific research.

Key words:

Financial system, world economy, competition, market economy, financial

relations, financial resources, financial management.

РОЛЬ ФИНАНСОВОГО МЕНЕДЖМЕНТА

Аннотация.

В данной диссертации представлены сведения о роли финансового

менеджмента и научных исследований.

Ключевые слова:

Финансовая система, мировая экономика, конкуренция, рыночная

экономика, финансовые отношения, финансовые ресурсы, финансовый менеджмент.

Dunyo

iqtisodchi

olimlari

tomonidan

jahon

xo‘jaligida

mamlakatlarning

raqobatbardoshligi bo‘yicha olib borilgan so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiyotning

yuqori natijalarga erishishida boshqaruv sifati favqulodda muhim o‘rin tutadi. “Boshqaruv”

atamasi umumiy tarzda obyektni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda

ta’sir ko‘rsatishni anglatadi. Moliya tizimi doirasida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash har

doim muayyan bir maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Mamlakatni iqtisodiy jihatdan

taraqqiyotini ta’minlashda savodli moliyaviy boshqaruvning o‘rnini baholash nihoyatda mushkul.

Shiddatli raqobat va voqealar rivojini oldindan bashorat qilish juda qiyin bo‘lgan bozor

iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy boshqaruv sohasida amaliy tadbirlarni ishlab chiqish va amalga

oshirish uchun ilmiy asos yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, moliyaviy

boshqaruvga

ilmiy

yonda-shuv

iqtisodiyot

tarmoqlari

va

tashkilotlarini

barqaror

moliyalashtirishga, aholining moddiy farovonligini oshirishga, korxonalarning moliyaviy-


background image


121

iqtisodiy faoliyati jarayonida noqulay holatlarning oldini olish va oqibatlarini yumshatish,

pirovardida esa mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashadi.

Moliyaviy sohada boshqaruv obyektlari turli xil moliyaviy munosabatlar bo‘lganligi

sababli, moliyaviy boshqaruv-davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlar-ning zimmalariga

yuklangan vazifalarni amalga oshirishlari borasida turli xil ta’sir ko‘rsatish chora va tadbirlari

ko‘magida moliyaviy munosabatlar, ularga tegishli bo‘lgan moliyaviy resurslarga ta’sir ko‘rsatish

jarayonini ifoda etadi.

Davlat moliyasini boshqarish:

a) davlatning iqtisodiy institutlari, yuridik va jismoniy shaxslarning o‘zaro muzonati;

b) kamomadsiz davlat byudjetini;

v) moliyaviy munosabatlarning asosiy unsuri sifatida milliy valyutaning barqarorligini

ta’min-lashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.

Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bo‘lib, boshqariladigan (obyektlar) va

boshqaruvchi (subyektlar) tizimlarning yaxlitligini tashkil qiladi. Boshqaruvchi tizim, bu yerda

moliyaviy institutlarning (tashkilotlarning) majmuidan iborat bo‘lgan moliya tizimini nazarda

tutsa, boshqariladigan tizim esa pul munosabatlari majmuidan iborat bo‘lgan moliya tizimini o‘z

ichiga oladi. Bunda moliyaviy boshqaruv jarayoni bir xil tarzda bo‘lmasdan, u bir tomondan, faqat

obyektlarni boshqarishni emas, balki ikkinchi tomondan, boshqaruv subyektlarini tashkil qilishni

va ular faoliyatini takomillashtirishni ham o‘z ichiga oladi.

Moliyaviy boshqaruv haqida so‘z borar ekan, boshqaruv obyekti va subyektlarini

aniqlashtirish talab qilinadi. Ta’kidlab o‘tganimizdek, moliya obyektiv iqtisodiy kategoriya bo‘lib,

uni faqat shu kategoriyaning o‘ziga xos xususiyatlari,imkoniyatlarini o‘rganish va bilish orqaligina

boshqarish mumkin. Faqat moliyaviy munosabatlarni, moliya kategoriyasining namoyon

bo‘lishining o‘ziga xos shakllarini boshqarish orqali iqtisodiyotning samarali rivojlanishiga ijobiy

ta’sir ko‘rsatish mumkin. Ushbu holatda moliya boshqaruv obyekti sifatida maydonga chiqadi.

Boshqaruv obyektlari turli xil moliyaviy munosabatlardir. Moliyaviy munosabatlarni

sohalar bo‘yicha tasniflaydigan bo‘lsak, odatda boshqaruv obyekti sifatida qabul qilinadigan uchta

asosiy guruh mavjud: korxona, muassasa va tashkilotlar moliyasi, sug‘urta munosabatlari va davlat

moliyasi farqlanadi.

Moliyaviy boshqaruv subyektlari haqida so‘z borar ekan, an’anaviy tarzda moliya fanida

moliyani bevosita boshqarishda ishitrok qiladigan tashkiliy tuzilmalar to‘plami tushuniladi:

a) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning moliyaviy xizmatlari,

b) sug‘urta organlari,


background image


122

v) moliya organlari va soliq inspektsiyasi.

Ushbu xizmatlar odatda moliyaviy apparat ham deb yuritiladi.

Davlatning xo‘jalik yurituvchi subyektlar va uy xo‘jaliklari bilan moliyaviy munosabatlar

sohasidagi o‘zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini tartibga solish, moliya

bozorini tartibga solish, davlatning qo‘llab-quvvatlash tizimi, pensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi

aholining daromadlarini tartibga solish mexanizmi va shu kabilar orqali amalga oshiriladi.

Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanat, byudjet profitsiti, davlat

qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va nihoyat, davlat va jamiyat barcha

a’zolari iqtisodiy manfaatlarining mushtarakligida namoyon bo‘ladigan moliyaviy barqarorlik va

moliyaviy mustaqillikni ta’minlash-dir.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, moliyaviy boshqaruv uchun quyidagi uslubiy

tamoyillar tegishli degan xulosaga kelamiz:

• yakuniy maqsadga bog‘liqlik;

• milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy muvozanatga erishish;

• jamiyat a’zolarining manfaatlarini to‘laqonli aks ettirish;

• iqtisodiy qonunlardan foydalanish;

• real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.

Moliyaviy boshqaruvning aniq usullari va shakllari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

• moliyaviy rejalashtirish;

• bashoratlash (prognozlashtirish);

• dasturlash;

• moliyaviy tartibga solish;

• moliyaviy nazorat;

• moliyaviy qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish;

• moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari tizimi.

Moliyaviy rejalashtirish

moliyaviy boshqaruv tizimida muhim o‘rin tutadi. Bu moliyaviy

resurslar holatini, ularni ko‘paytirish imkoniyatini, shuningdek ulardan foydalanishning eng

samarali usullarini baholashga imkon beradi. Moliyaviy rejalashtirish moliyaviy axborotni tahlil

qilishga asoslangan bo‘lib, u o‘z navbatida buxgalteriya, statistik va operativ hisobot

ma’lumotlariga asoslanadi. U iqtisodiyot, uning alohida tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarining

joriy va istiqbolli rivojlanishini ilmiy asoslash uchun ishlatiladi.

Moliyaviy rejalashtirish alohida olingan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan bir qatorda

mamlakat iqtisodiyotining mutanosib va muvozanatli tarzda faoliyat ko‘rsatishiga xizmat qiladi.


background image


123

Moliyaviy prognozlash

jarayonida prognoz davridagi mumkin bo‘lgan moliyaviy holat

o‘rganiladi, tegishli moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlari asos-lanadi, moliyaviy resurslarni

safarbar qilishning mumkin bo‘lgan miqdori, ularni shakllantirish manbalari va foydalanish

yo‘nalishlari aniqlanadi. Moliyaviy prognozlar tizimi mamlakat yoki tadbirkorlik subyektini

rivojlantirish borasida moliyaviy kontseptsiyani ishlab chiqishga yordam beradi. Prognozlar

moliyaviy boshqaruv organlariga moliya tizimini rivojlantirishning turli variantlarini belgilash,

moliyaviy siyosatni amalga oshirish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi.

Operativ boshqaruv-

bu joriy moliyaviy vaziyatni tahlil qilish va moliyaviy resurslarni

tegishli ravishda qayta taqsimlash asosida minimal xarajatlar bilan maksimal samaraga erishishga

qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish jarayonini ifoda etadi.

Moliyaviy dasturlash

–bu aniq belgilangan maqsadlar va ularga erishish vositalariga

asoslangan dasturga yo‘naltirilgan yondashuvni o‘z ichiga olgan moliyaviy rejalashtirish usuli.

Dasturlash joylarda davlat xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, davlat

mablag‘larini sarflash samaradorligini oshirish va muqobil imkoniyatlardan foydalangan holda

moliyalashtirishni to‘xtatish yoki davom ettirishni o‘z ichiga oladi.

Moliyaviy tartibga solish

-bu moliya institutlarini moliya tizimining barqarorligi va

yaxlitligini saqlashga qaratilgan muayyan talablar, cheklovlar va ko‘rsatmalarga bo‘ysundiradigan

tartibga solish yoki nazorat qilish shakli. Moliyaviy tartibga solishda hukumat ham, nodavlat

tashkilotlar ham ishtirok qiladilar. Moliyaviy tartibga solish mavjud moliyaviy mahsulotlarning

xilma-xilligini oshirish orqali bank sektori tarkibiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Moliyaviy nazorat -

bu boshqariladigan obyektning haqiqiy moliyaviy holati va

boshqaruv qarorlarining samaradorligi to‘g‘risida ma’lumot to‘plash va tahlil qilish uchun davlat

hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari va moliyaviy xizmatlar

tashkilotlarining maxsus faoliyat yo‘nalishidir. Ushbu nazorat operativ moliyaviy boshqaruv

bosqichida amalga oshiriladi. Bu moliyaviy resurslardan foydalanishning haqiqiy natijalarini

rejalashtirilgan natijalar bilan taqqoslashga, shuningdek moliyaviy resurslarning o‘sishi

zahiralarini aniqlashga va ulardan samarali foydalanish usullarini aniqlashga yordam beradi.

Shuni ta’kidlash kerakki, mamlakatning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan moliyaviy

nazoratning maqsadi tubdan o‘zgardi. Bugungi kunda rejaning markazlashgan rejali iqtisodiyotda

bajarilishini nazorat qilishdan qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish tizimiga o‘tildi.


background image


124

REFERENCES

1.

Moliya va soliqlar: oliy ta’limning 60310100 - “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar

bo‘yicha)”, 60411200-“Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim

yo‘na-lishlari uchun darslik G’ B.A.Xasanov, A.A.Xashimov, A.B.Muxametov, A. A.

Abduvoxidov, J.M.O‘razmatov, G‘.B.Akramov, M.A.Narbayeva, D.B.Eshpulatov // prof.

B.A.Xasanov tahriri ostida. – T.: “Iqtisodiyot dunyosi”, 2022. – 774 b.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarining 2022 yildagi ijrosi bo‘yicha

dastlabki natijalar, https://mf.uz/

3.

Abduvoxidov A., Matkuliyeva S. BUDJЕT SIYОSАTI SAMARADORLIGINI

OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH //Iqtisodiy

taraqqiyot va tahlil. – 2023. – Т. 1. – №. 8. – С. 5-19.

4.

Juliev, M., et al. "Surface displacement detection using object-based image analysis,

Tashkent region, Uzbekistan." E3S Web of Conferences. Vol. 386. EDP Sciences, 2023.

5.

Khakimova, Muabara Khalilovna. "USE OF THE BRAINSTORMING METHOD IN THE

TEACHING OF SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF

EFFECTIVENESS." Bulletin of Science and Education 6-3 (109) (2021): 56-61.

6.

Hakimova, M. K. (2024). THE EFFECT OF FACTORS ON THE NUMERICAL

INDICATIONS OF MICROORGANISMS IN IRRIGATED LIGHT COLORED GRAY

AND BARRIOUS SOILS.

References

Moliya va soliqlar: oliy ta’limning 60310100 - “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”, 60411200-“Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘na-lishlari uchun darslik G’ B.A.Xasanov, A.A.Xashimov, A.B.Muxametov, A. A. Abduvoxidov, J.M.O‘razmatov, G‘.B.Akramov, M.A.Narbayeva, D.B.Eshpulatov // prof. B.A.Xasanov tahriri ostida. – T.: “Iqtisodiyot dunyosi”, 2022. – 774 b.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarining 2022 yildagi ijrosi bo‘yicha dastlabki natijalar, https://mf.uz/

Abduvoxidov A., Matkuliyeva S. BUDJЕT SIYОSАTI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – 2023. – Т. 1. – №. 8. – С. 5-19.

Juliev, M., et al. "Surface displacement detection using object-based image analysis, Tashkent region, Uzbekistan." E3S Web of Conferences. Vol. 386. EDP Sciences, 2023.

Khakimova, Muabara Khalilovna. "USE OF THE BRAINSTORMING METHOD IN THE TEACHING OF SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF EFFECTIVENESS." Bulletin of Science and Education 6-3 (109) (2021): 56-61.

Hakimova, M. K. (2024). THE EFFECT OF FACTORS ON THE NUMERICAL INDICATIONS OF MICROORGANISMS IN IRRIGATED LIGHT COLORED GRAY AND BARRIOUS SOILS.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов