SOCIAL-PSYCHOLOGICAL FACTORS ENSURING LABOR EFFICIENCY

HAC
Google Scholar
f
1305-1308
0
0
To share
Djamilova, L. (2024). SOCIAL-PSYCHOLOGICAL FACTORS ENSURING LABOR EFFICIENCY. Modern Science and Research, 3(2), 1305–1308. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30515
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the article, labor efficiency is an important qualitative indicator of the economy, the level of material production efficiency, labor productivity, social production efficiency, labor efficiency, study and teaching efficiency, adopted laws and regulations, and the effectiveness of solutions to maintain one's vital activity. and opinions were expressed about the ability to use material and spiritual blessings for the further development of intellectual abilities.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1305

MEHNAT SAMARADORLIGINI TA’MINLOVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK

OMILLAR

Djamilova Latofat Amonovna

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Hayot faoliyati xavfsizligini o‘qitish markazi o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10897374

Annotatsiya.

Maqolada mehnat samaradorligi - iqtisodning muhim sifatiy ko‘rsatkichi,

moddiy ishlab chiqarishni samaradorlik darajasi, mehnatning unimdorligi ijtimoiy ishlab
chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, o‘qish va o‘qitish samaradorligi, qabul qilingan
qonun va qoidalar hamda yechimlarning samaradorligi o‘z hayotiy faoliyatini saqlash va
intellektual layoqatlarini yanada rivojlantirish uchun moddiy va ma’naviy ne’matlardan
foydalana olish borasida fikrlar bildirilgan.

Kalit so‘zlar:

samaradorlik, ishlab chiqarish, intelektual layoqat, daromad, rentabellik,

ijtimoiy sharoitlar, psixologik omillar.

SOCIAL-PSYCHOLOGICAL FACTORS ENSURING LABOR EFFICIENCY

Abstract.

In the article, labor efficiency is an important qualitative indicator of the

economy, the level of material production efficiency, labor productivity, social production
efficiency, labor efficiency, study and teaching efficiency, adopted laws and regulations, and the
effectiveness of solutions to maintain one's vital activity. and opinions were expressed about the
ability to use material and spiritual blessings for the further development of intellectual abilities.

Key words:

efficiency, production, intellectual ability, income, profitability, social

conditions, psychological factors.

СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ

ЭФФЕКТИВНОСТИ ТРУДА

Аннотация.

В статье эффективность труда является важным качественным

показателем экономики, уровня эффективности материального производства,
производительности

труда,

эффективности

общественного

производства,

эффективности труда, эффективности учебы и преподавания, принятых нормативных
актов, эффективности принимаемых решений. Высказывались мнения о возможности
использования материальных и духовных благ для поддержания активности и дальнейшего
развития интеллектуальных способностей.

Ключевые слова:

эффективность, производство, интеллектуальные способности,

доход, рентабельность, социальные условия, психологические факторы.

Kirish.

Mehnat samaradorligi, unumdorligi muammosi har doim har qanday davlatni, tashkilotni

va har bir insonni ijtimoiy muhim, zaruriy masalalaridan biri bo‘lib qoladi. Mehnat samaradorligi
– iqtisodning muhim sifatiy ko‘rsatkichi, ya’ni uning texnika bilan ta’minlanganligi va mehnat
kvalifikatsiyasidir. Moddiy ishlab chiqarishning samaradorlik darajasi bu mehnatning
unimdorligi, daromat, rentabillik, sarf qilingan mablag’ni qoplay olish va boshqa ko‘rsatkichlar
bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi – bu ishlab chiqilayotgan mahsulotlarning soni,
bitta ishchiga yuklatilgan normani bajarish yoki ma’lum bir mahsulotga sarf qilingan vaqt


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1306

hisoblanadi. Mehnat samaradorligini hal qilishning murakkabligi bir qancha obyektiv sharoitlar
bilan bog’lanadi. Bular jamiyatda sodir bo‘layotgan dinamik jarayonlar, ijtimoiy sharoitlar,
iqtisodiy imkoniyatlar, ijtimoiy texnik holatlar, demografik, siyosiy va ijtimoiy-psixologik
o‘zgarishlar bilan bog’liqdir.

Ma’lumki, Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan, Senat

tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to‘g’risida”gi Qonuni Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 23-sentyabr kuni
tasdiqlandi. Ushbu qonunda shaxs kamoloti eng asosiy masala qilib olingan. Respublikamizda
ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida oila, tarbiya, muassasalari, ishlab chiqarish

korxonasi va jamoat tashkilotlarida pedagogik psixologiyadan foydalanish ta’lim va tarbiyaning
shaxslararo ijobiy munosabatlar o‘rnatishning, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning
garovidir.

Asosiy qism.

Mehnatga layoqatli kishilarning umumiy ta’lim va kasbiy tayyorgarligi, fan

sohasidagi bilim darajasi, sihat-salomatlik, turmush darajasi mehnat salohiyati sifat jihatlarini
ifodalaydi. Mehnatga layoqatlilik insonning ma’lum bir ishni bajarishi uchun zarur bo‘lgan
mehnatga bo‘lgan qobiliyatidir. O‘z navbatida, mehnatga layoqatlilik quyidagi turlarga bo‘linadi:

1. Umumiy mehnatga layoqatlilik – bu, kishida maxsus tayyorgarlik va malaka talab

qilmaydigan mehnatga bo‘lgan qobiliyatni ifodalaydi, u jismoniy, psixo-fiziologik va boshqa
belgilar bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi.

2. Kasbiy mehnatga layoqatlilik – bu, maxsus bilimni, alohida malakani talab qiluvchi aniq

mehnat turiga bo‘lgan qobiliyatlarini ma’lum ishlab chiqarish va tabiiy sharoitlarda maxsus
bajariladigan mehnatga bo‘lgan qobiliyatidir. Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitlarida jamiyat
mehnat salohiyati sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirishda professional (kasb-korlik) mehnatga
layoqatlilik alohida ahamiyat kasb etadi. Mehnatga layoqatlilik ishchi kuchining imkoniy
unumdorligidan iborat bo‘lib, uning sifatiga, ya’ni xodimning bilimi, malakasi, kasb-korligiga
bog’liqdir hamda mehnatning unumdorligida ro‘yobga chiqadi.

Samaradorlik so‘zi – bu eng ko‘p uchraydigan umumiy tushunchalardan biri bo‘lib,

iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xil sohalarida juda keng ishlatiladi. Masalan, ijtimoiy
ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, o‘qish va o‘qitish samaradorligi, davolash
va davolanish samaradorligi, qabul qilingan qonun va qoidalar hamda yechimlarning
samaradorligi va hokazolar.

Ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi - korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy

dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan
qiymatga ega bo‘lgan resurslarni qo‘llagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga
sabab bo‘lgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi.

Mehnat samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini ko‘rsatadi. Miqdoriy

jihatdan mehnat samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori
bilan o‘lchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq o‘lchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab
chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish
vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1307

Korxonalarda mehnat samaradorligining umumlashgan ko‘rsatkichi tovar ishlab chiqarish

sur’atlarining o‘sishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga to‘g’ri keladigan
mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, to‘la tannarx
ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining o‘sishi sur’atlari, mehnatni tejash
va mahsulot hajmi o‘sishida mehnat unumdorligi hissasi kabi ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi.
Mehnat samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik
(mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik
(moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi.

Ishchi kuchi, deganda insonning mehnat qilish layoqati, ya’ni uning hayotiy ne’matlarni

ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan jismoniy va intellektual sifatlari tushuniladi, u asosiy
ishlab chiqaruvchi kuch, jamiyat boyligining birlamchi omili hisoblanadi. Ishchi kuchi ishlab
chiqaruvchi va iste’molchi sifatida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi sifatida u ishlab chiqarish
jarayonida qatnashadi hamda inson hayotiy faoliyati uchun zarur moddiy va ma’naviy ne’matlarni
yaratadi.

Iste’molchi sifatida o‘z hayotiy faoliyatini saqlash va intellektual layoqatlarini yanada

rivojlantirish uchun moddiy va ma’naviy ne’matlardan foydalanadi.

Mehnat resurslari – bu mamlakat aholisining mehnatga layoqat yoshiga yetgan va zaruriy

jismoniy rivojlanishga hamda xalq xo‘jaligida mehnat qilish imkonini beradigan aqliy layoqatlarga
ega bo‘lgan bir qismidir. Mehnat resurslarining soni jamiyat ayni vaqtda ega bo‘lgan jonli mehnat
potensial miqdorini tavsiflaydi.

Muhokamalar va natijalar.

Ishlab chiqarishda mehnat samaradorligini hisoblashdan

maqsad samaradorlikka nimalar hisobiga erishilganini aniqlash va yana qanday omillar evaziga
uni oshirish mumkinligini belgilashdan iborat. Y.A.Rodionova o‘zining “Zamonaviy korxona
xodimlarini psixologik omillari” deb ataluvchi ilmiy ishida “xodimning samaradorligi”
tushunchasi ilmiy ishlarda kam ishlatilishini, lekin bu tushuncha amaliyotda keng yoyilganligini
ko‘rsatib o‘tadi. Adabiyotlarda “samaradorlik” tushunchasi asosan iqtisod nuqtayi nazaridan
qaraladi. Uni psixologik omillar asosida o‘rganish esa bu muhim va zaruriy jarayondir. Bu haqida
D.Parmenter o‘zining “Ключвие показатели эффективности” asarida ko‘rsatib o‘tadi.

Mehnat samaradorligi ko‘p hollarda faoliyatni ratsional tashkil qilishda, har xil texnik

qurilmalar, ishlab chiqarishni mexanizasiyalash, avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish va
boshqarish jarayonlarini unumli tashkil qilish kabilar bilan bog’liqdir. Shu bilan birga, mehnat
samaradorligi bu inson bilan, uning ruhiy-psixologik holatlari bilan bog’liqdir.

Mehnat samaradorligini o‘stirish muammosi mehnat psixologiyasining asosiy

vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun mehnat psixologiyasida olib borilayotgan ko‘plab
ilmiy tadqiqot ishlari aynan mehnat samaradorligini oshirishga qaratilgandir. Kasblarga xos
samaradorlikni o‘rganishga qaratilgan iqtisodiy adabiyotlar ko‘pdir. Lekin O‘zbekiston sharoitida
mehnat samaradorligini ijtimoiy-psixologik jihatdan o‘rganish birinchi marotaba amalga
oshirilmoqda.

Samaradorlik – bu jamiyatni, insonning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mehnat

natijasidir. Inson o‘z mehnati tufayli yangi bir mahsulotlarni yaratadi. Bu mahsulotlar o‘zi va
jamiyat uchun foydali hisoblanadi. Lekin inson mehnatni o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda
amalga oshiradi. Uning mehnat qilishi natijasida charchab qolishi, malakalarini o‘stirib borishi,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1308

uning dunyoqarashidan kelib chiqqan ma’naviy darajasi, mehnat jamoasidagi o‘zaro muloqat
imkoniyatlari va shu kabi ko‘plab omillar mavjudki, ular mehnat samaradorligiga o‘z ta’sirini
o‘tkazib boradi. Bular insonni mehnati natijasi bo‘lgan mahsulotlarni yaratishga o‘z ta’sirini
o‘tkazadi.

Samaradorlikni o‘z navbatida, ichki va tashqi samaradorlikka ajratish mumkin. Ichki

samaradorlik – bu tejamkorlik (iqtisod qilish), ya’ni mavjud resurslarni eng yaxshi (optimal)
ravishda taqsimlash va foydalanish imkoniyatidir. Tashqi samaradorlik – tashkilotning
maqsadlariga erishish darajasini belgilaydigan menejment natijaviyligini bildiradi.

Boshqa so‘z bilan aytganda samaradorlik (eng keng ma’noda) bu ishning pirovard natijasi

(harakat, faoliyat, hukm surish), u jamoat amaliyotining o‘lchoviga aylanadi, ayniqsa ishlab
chiqarishning. Ishlab chiqarish samaradorligi - bu jarayon mahsuli, masalan fan va texnikani oxirgi
yutuqlarini joriy qilish faqat iqtisodnigina emas, balki ijtimoiy, siyosiy va jamiyat hayotining
boshqa tomonlarini, mehnat jamoasini, hamda uning alohida a’zolarini o‘z ichiga oladi.

Mehnat unumdorligi – ishlab chiqarish jarayonida kishilar mehnatining foydaliligi,

samaradorligi va mahsuldorligi. Mehnat unumdorligi ishlovchining ma’lum vaqt birligi (soat,
smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot hajmi bilan o‘lchanadi. Mehnat unumdorligi
tarmoqlari va korxonalarda mehnat unumdorligi yalpi yoki sof mahsulot asosida hisoblanadi.

Yillik mahsulot hajmini o‘rtacha ishlovchilar soniga bo‘lish orqali bir ishlovchi hisobiga

yaratilgan mahsulot aniqlanadi.

Xulosa.

Mehnat unumdorligining o‘sishi mahsulot birligini ishlab chiqarishda mehnat

sarfining kamayishi demakdir. Mehnat unumdorligi yuqori bo‘lsa, jamiyat har bir xodim hisobiga
ko‘proq mahsulot tayyorlash, binobarin, o‘zining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mehnatning asosiy kapital bilan ta’minlanishini yaxshilash, fan-texnika
taraqqiyoti yutuqlari va yangi texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini
avtomatlashtirish, xodimlarning malakasi va texnik tayyorgarlik darajasi, madaniyati, ma’lumoti
oshirish mehnat unumdorligi o‘sishining eng muhim omillaridandir. Mehnat samaradorligining
oshib borishi jamiyat uchun zaruriy jarayondir. Demak jamiyat har doim mehnat mahsulotlariga
ehtiyoj sezib turadi.

REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. - Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. –B.32.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. 2018-yil 28-dekabr. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2019. –B, 64.

3.

Abdurahmonov Q. Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi. / Oliy o‘quv yurtlarining
iqtisodiyot sohasi bo‘yicha talabalari uchun darslik. – T.: “O‘qituvchi”, 2001. – B. 280. (-
480 b.)

4.

Aliyev I.T. Psixologiya va pedagogika. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Fan va texnologiyalar”.

5.

G’oziyev E., Meliqulova N. Ijtimoiy psixologiya.-T., 2009 – 146 b.

6.

Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. – Toshkent, 2012. – 148 b.

References

Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. –B.32.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2018-yil 28-dekabr. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2019. –B, 64.

Abdurahmonov Q. Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi. / Oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiyot sohasi bo‘yicha talabalari uchun darslik. – T.: “O‘qituvchi”, 2001. – B. 280. (- 480 b.)

Aliyev I.T. Psixologiya va pedagogika. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Fan va texnologiyalar”.

G’oziyev E., Meliqulova N. Ijtimoiy psixologiya.-T., 2009 – 146 b.

Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. – Toshkent, 2012. – 148 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов