IMPROVEMENT OF EXCISE TAX ADMINISTRATION

HAC
Google Scholar
To share
O’ʻtayev, S. (2024). IMPROVEMENT OF EXCISE TAX ADMINISTRATION. Modern Science and Research, 3(2), 991–994. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30526
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article examines issues related to the improvement of excise tax administration, the calculation of excise tax and its importance in the formation of the country's budget. Also, changes in excise tax rates and directions for improvement of excise tax administration will be covered.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

991

AKSIZ SOLIGʻI MA’MURCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Oʻtayev Suyun Doʻsqobil oʻgʻli

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi sirtqi ta’lim

Iqtisodiyot kafedrasi 1-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10899949

Annotatsiya. Ushbu maqolada aksiz solig'i ma'murchiligini takomillashtirish, aksiz

soligining hisobi va uning mamlakat byudjetini shakllantirishdagi ahamiyatiga oid masalalar
ko'rib chiqiladi. Shuningdek, aksiz soligi stavkalarining o'zgarishi va aktsiz solig'i
ma'murchiligini takomillashtirish yo'nalishlari yoritiladi.

Kalit sozlar: aksiz soligi, davlat budjeti daromadlari, soliq stavkalari, soliq kodeksi, aksiz

soligi tolovchilari.

IMPROVEMENT OF EXCISE TAX ADMINISTRATION

Abstract. This article examines issues related to the improvement of excise tax

administration, the calculation of excise tax and its importance in the formation of the country's
budget. Also, changes in excise tax rates and directions for improvement of excise tax
administration will be covered.

Key words: excise tax, state budget revenues, tax rates, tax code, excise tax payers.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ АДМИНИСТРИРОВАНИЯ АКЦИЗНОГО

НАЛОГА

Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы, связанные с

совершенствованием администрирования акцизного налога, расчетом акцизного налога и
его значением в формировании бюджета страны. Также будут освещены изменения
ставок акцизного налога и направления совершенствования администрирования акцизного
налога.

Ключевые слова: акцизный налог, доходы государственного бюджета, налоговые

ставки, Налоговый кодекс, плательщики акцизного налога.


Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar bevosita va bilvosita soliqlarga boʻlinadi.
Bilvosita

soliqlarni

huquqiy

toʻlovchilari mahsulot (ish, xizmat)ni yuklab

yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin soliq ogʻirligini haqiqatan ham budjetga toʻlovchilari
tovar ish, xizmatni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni egri soliqlarning barchasi bevosita
iste’molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar qiymati ustiga qoʻshimcha ravishda
qoʻyiladi.

Bilvosita soliqlar, xususan Aksiz soligʻi soliq tizimining muhim tarkibiy qismi

hisoblanadi. Dastlab soliq tizimi vujudga kelishida toʻgʻri, ya’ni bevosita soliqlar shakllanib,
keyinchalik davlatning vazifalari kengayib borgandan soʻng bilvosita soliqlar, xususan aksiz
soligʻi paydo boʻldi va amaliyotga kiritildi.

Aksiz – lotincha

“accidere”

soʻzidan olingan boʻlib kesish degan ma’noni anglatadi.

Adabiyotlarda ushbu soliq turi asosan hashamat tovarlari shuningdek inson salomatligi

hamda atrof muhit uchun zararli boʻlgan tovarlarga nisbatan qoʻllanilishi belgilangan.

Aksiz soligʻi tovar narxiga qoʻshiladi va davlatga uning qiymatidan bir qismini olishga

yoki kesib olishga imkon beradi. Ustiga qoʻyilgan qoʻshimcha narx mahsulot ishlab


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

992

chiqarishning unumdorligini yoki biron bir alohida xususiyatlarini bildirmaydi, balki aksiz
tvarlarini ishlab chiqarish va realizasiya qilishning alohida sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi.

Bilvosita soliqlar xususan, aksiz soligʻi davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda

asosiy soliqlardan hisoblanadi. Davlat budjeti daromadlari tarkibida eng yuqori soliq
tushumlari ushbu soliqlardan tashkil topadi.

Aksizni keng va tor ma’noda talqin qilish mumkin. Tor ma’noda bu tushuncha

ostida, alohida tovarlarga Aksiz soligʻi yoki individual Aksiz soligʻi tushuniladi. Keng ma’noda
esa aksiz tushunchasi individual Aksiz soligʻini ham, universal Aksiz soligʻini ham qamrab
oladi. Ular oʻrtasidagi farqi, uni undirish usuli hisoblanishi va amal qilish sohasiga bogʻliq.

Bizga ma’lumki, tarixda dastlab individual Aksiz soligʻi paydo boʻlgan.
Ular kiritish va undirish tartibi iqtisodiyotning rivojlanish darajasiga bogʻliq boʻlib,

soliqning bu turi alohida tovarlardan qat’iy belgilangan stavkalar asosida undirilgan. Universal

Aksiz soligʻi esa keng qamrovga ega boʻlib, barcha holatlarda tovarlar, xizmatlar, ishlar

realizasiyasi aylanmasi uni undirish obyekti boʻlib hisoblanadi. Universal Aksiz soligʻiga
oborotdan soliqlar, sotishdan olingan soliqlar, qoʻshilgan qiymat soliqlari kiritilgan.

Individual Aksiz soligʻi chegaralangan ma’lum tovarlarga belgilangan va narxga

kiritilib iste’molchi tomonidan toʻlanadi.

Hozirgi vaqtda soliq tizimida aksiz soligʻi davlat moliyaviy resurslarining shakllanib

borishi uchun muhim rol oʻynaydi. Alohida tovarlardan aksiz soligʻini undirish zarurligi ulardan
budjetni toʻldirishning qoʻshimcha manbai sifatida foydalanishdan tashqari, alohida iqtisodiy
va ijtimoiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish zarurligi bilan ham bogʻliqdir. Ular
jumlasiga:

1. Atrof muhit holatiga va inson salomatligiga zarar keltiradigan tovarlar iste’molini

cheklash ya’ni alkogol va tamaki mahsulotlari, avtomobil benzini.

2. Yuqori daromad olinadigan aholi iste’moli daromadlarini qayta taqsimlashga boʻlgan

ehtiyoj.

3. Davlat monopoliyasida boʻlgan mahsulot ishlab chiqarish va realizasiyadan kelgan

yuqori daromadni qayta taqsimlashga boʻlgan ehtiyoj kabilarni kiritish mumkin.

Soliq

islohotlarini

oʻtkazishda

soliqqa

tortishning

an’anaviy

tamoyillari

oʻzgarmaydi. Lekin amaldagi soliq tizimining iqtisodiy-huquqiy tamoyillarini takomillashtirib
boriladi. Bunda soliq munosabatlarining tamoyillari oʻtkazilgan har bir islohotlar natijasida
sayqallanadi va mohiyati, mazmuni maqsadlari borgan sari nazariy tamoyillar darajasiga
yaqinlashib boradi. Zero har bir davrning oʻziga xos soliq tizimining adolatlilik, samaradorlik
va soddalashtirilgan namunasi mavjud. Ana shu koʻrsatkichlar muayyan davrga moslashtirilgan
soliq islohotlari oʻtkazilishi natijasida an’anaviy mezonlarga yaqinlashib boradi.

Aksiz soligʻi bilvosita soliqqa tortishning eng qadimgi shaklidir; ular haqida birinchi

eslatma Qadimgi Rim davriga tegishli. Oʻsha paytda ham tuz va boshqa ba’zi iste’mol
tovarlariga aksiz soligʻi mavjud edi. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan soliqqa
tortishning aksiz shakli ustunlik qiladi, garchi keyinchalik toʻgʻridan-toʻgʻri daromad va
mulk soligʻi rivojlanishi bilan aksizlar oʻz mavqeini biroz yoʻqotdi. Biroq, hozirgi kunga qadar
aksiz soligʻi deyarli barcha mamlakatlarning soliq tizimlarida qoʻllaniladi va davlatning
moliyaviy resurslarini shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Tarixan aksiz soligʻi ob’ektlari


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

993

birinchi navbatda ommaviy talab ob’ektlari boʻlib, bu soliqlarning yuqori fiskal ahamiyatini
oldindan belgilab beradi.

Egri soliqlar sirasiga mansubligi jihatidan, aksiz soligʻining davlat budjetidagi ulushi

qoʻshilgan qiymat soligidan ikki baravar kamni tashkil qiladi. Buning oʻziga yarasha obyektiv
sabablari mavjud, eng muhim sabablaridan biri sifatida, aksariyat yuridik shaxslar aksiz soligʻi
toʻlovchilari hisoblanmasligini ta’kidlab oʻtishimiz zarur. Shunga qaramasdan, mamlakatimiz
budjetining daromad manbayi sifatida aksiz soligʻi bugungi kunga qadar oʻzining muhim
oʻrnini va amaliy ahamiyatini saqlab kelmoqda. Aksiz soligʻi davlat budjeti daromadlarini
shakllantirishda salmoqli oʻrin egallaydi, jumladan, davlat budjetining soliqli daromadlari
tarkibida uning salmogʻini quyidagi diagrammadan koʻrishimiz mumkin.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

26.12.2018

yildagi

“Oʻzbekiston

respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti
parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida” gi PQ-4086-sonli qaroriga
asoan aksiz osti tovar va xizmatlar tarkibi kengaytirildi.

2019-yil 1-yanvardan boshlab
mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari)

tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov haqini oyiga 2000 so‘mga pasaytirish
orqali ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy qiymatidan 15 foiz stavkada mobil aloqa xizmati uchun
aksiz solig‘i;

polietilen granula bo‘yicha qo‘shimcha foyda solig‘ini bekor qilgan holda 25 foiz

miqdoridagi polietilen granulalarga aksiz solig‘i joriy qilindi.

Bundan tashqari 2019-yil 1-martdan qat’iy belgilangan soliq bilan bir qatorda advalor

stavkaning kiritilishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan
sigaretalarga aksiz solig‘ining aralash stavkasi kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.10.2021 yildagi “Aholi va iqtisodiyot

tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-5267-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqaruvchi korxonalar
tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz solig‘i solinmasligi belgilab qoʻyildi.

Aksiz soligʻini budjet daromadlaridagi ulushi

Tushumlar

2020-yil

mlrd.soʻm

2021-yil

mlrd.soʻm

2022-yil

mlrd.soʻm

2023-yil

mlrd.soʻm

Budjet daromadlari

98 186,1

120 231,7

162 587

183 442,8

Shundan askiz
solig’i

6 461,2

9 439,3

11 687,8

13 988,1

Aksiz soligʻini
budjet
daromadlaridagi
ulushi foizda

6,5

7,8

7,2

7,6

Aksiz soligʻining asosiy vazifasi mablagʻ yigʻishdan iborat, ya’ni u fiskal

funksiyani toʻliq bajaradi. Bozor iqtisodiyoti jarayonlari rivojlanib borgan sari aksiz soligʻi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

994

fiskal funksiya bilan bir qatorda boshqa vazifalarni ham bajara boshlaydi. Davlat iqtisodiyotni
tartibga solish va ichki milliy bozorni rivojlantirishda hamda himoyalashda asosan aksiz
soligʻiga tayanadi. Davlat aksiz soligʻi orqali mamlakat hududiga ayrim tovarlarni koʻproq olib
kirish yoki olib chiqish va buning aksini ifodalovchi vazifalarni bajarishi mumkin.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak aksiz solig‘i davlat daromadlarini shakllantirishda va ayrim

tarmoqlarni tartibga solishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Biroq, aksiz solig‘i bo‘yicha samarali
ma’muriyatchilikni ta’minlash turli qiyinchiliklar va samarasizlik tufayli murakkab vazifa
hisoblanadi. Aksiz solig‘i ma’muriyati tartibga solinadigan tarmoqlarga ta’sirini hisobga olgan
holda rioya etilishini nazorat qilish, adolatli yig‘ishni ta’minlash va daromadlarni
optimallashtirishni o‘z ichiga oladi. Aksiz solig‘i ma’muriyatchiligida duch keladigan
muammolarni o‘rganish va takomillashtirish strategiyalarini taklif qilishga qaratilgan. Ushbu
muammolarni hal qilish orqali hukumatlar soliq yig‘ish mexanizmlarini yaxshilashlari va maqsadli
tarmoqlar uchun yaxshi tartibga solish natijalariga erishishdan iborat.

Aksiz solig‘i ma’muriyatchiligini takomillashtirish bilan bog‘liq masalalarni tahlil qilish

asosida bir nechta xulosalar chiqarish mumkin: Aksiz solig‘ini ma’muriyatchiligidagi asosiy
muammolardan biri ham soliq to‘lovchilar, ham soliq organlari uchun tartiblarning murakkabligi
hisoblanadi. Jarayonlar va talablarni soddalashtirish muvofiqlikni oshirishga va ma’muriy yukni
kamaytirishga olib keladi. Monitoring va ijro mexanizmlarini kuchaytirish soliq to‘lashdan bo‘yin
tovlash va aksiz to‘lanadigan tovarlarning noqonuniy savdosini cheklashga yordam beradi. Ilg‘or
texnologiyalar va ma’lumotlar tahlilidan foydalanish soliq ma’muriyatchiligini yaxshilash va
daromadlarni yig‘ishni oshirish imkonini beradi. Soliq qonunlari va qoidalaridagi noaniqliklar
soliq to‘lovchilar uchun chalkashliklarni keltirib chiqarishi va nizolarga olib keladi.


REFERENCES

1.

Malikov T.S., Jalilov P.T. Budjet soliq siyosati: Oʻquv qoʻllanma. T.: Akademnashr,
2011.

2.

Joʻrayev A, Safarov G., Meyliyev O. Soliq nazariyasi: Oʻquv qoʻllanma. T.: Iqtisod-
Moliya. 2019.

3.

Vahobov A, Joʻrayev A. Soliqlar va soliqqa tortish: Darslik. T.: Iqtisod-Moliya. 2019.

4.

Urazov K.B., Poʻlatov M.E. Buxgalteriya hisobi. Darslik. T.: Innovatsion rivojlanish
nashriyot – matbaa uyi. 2020.

References

Malikov T.S., Jalilov P.T. Budjet soliq siyosati: Oʻquv qoʻllanma. T.: Akademnashr, 2011.

Joʻrayev A, Safarov G., Meyliyev O. Soliq nazariyasi: Oʻquv qoʻllanma. T.: Iqtisod-Moliya. 2019.

Vahobov A, Joʻrayev A. Soliqlar va soliqqa tortish: Darslik. T.: Iqtisod-Moliya. 2019.

Urazov K.B., Poʻlatov M.E. Buxgalteriya hisobi. Darslik. T.: Innovatsion rivojlanish nashriyot – matbaa uyi. 2020.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов