IMPROVING THE ACCOUNTING OF DEBT OBLIGATIONS FOR BUSINESS ENTITIES

HAC
Google Scholar
f
1042-1051
0
0
To share
Raqibov, S. (2024). IMPROVING THE ACCOUNTING OF DEBT OBLIGATIONS FOR BUSINESS ENTITIES. Modern Science and Research, 3(2), 1042–1051. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30558
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

economic entities in the process of carrying out their activities use not only their own (private) capital, but also borrowed funds. On the other hand, the use of borrowed funds entails various additional costs corresponding to them, including: interest on short-term and long-term loans, depreciation of deductions on issued bonds, lease payments on finance leases, etc. This article shows how much of the debt costs are transferred to the value of qualifying assets, and how much is transferred to finance costs. Accounting entries based on calculations indicate the accounting of loan expenses on specific accounts.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1042

TADBIRKORLIK SUB’YEKTLARIDA QARZ MAJBURIYATLARI BO‘YICHA

XARAJATLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Raqibov Shuhrat Shavkatovich

Soliq qo‘mitasi huzuridagi

Fiskal institut magistratura talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10902873

Annotatsiya:

Tadbirkor sub’yektlar o‘z faoliyatlarini amalga oshirish davomida na faqat

o‘zlik (xususiy) kapitaldan, balki qarz mablag‘laridan ham foydalanadi. Qarz mablag‘laridan
foydalanish esa ularga mos keluvchi turli xil qo‘shimcha xarajatlarni yuzaga keltiradi, jumladan:
qisqa va uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizlar, chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha
chegirmalarni amortizatsiya qilish, moliyaviy ijara bo‘yicha ijara to‘lovlari va boshqalar. Ushbu
maqolada qarz xarajatlarini qaysi qismini kvalifikatsiyalanadigan aktivlar qiymatiga va qaysi
qismini moliyaviy xarajatlarga o‘tkazish ko‘rsatilgan. Qarz xarajatlarini hisob-kitoblar asosida
buxgalterlik yozuvlarda aniq hisobvaraqlarda qayd qilish ko‘rsatib berilgan.

Kalit so‘zlar

: qarz bo‘yicha xarajatlar; kvalifikatsiyalanadigan aktivlar; qarzlar bo‘yicha

xarajatlarning tan olinishi; qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishning boshlanishi;
qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishning to‘xtatilishi, qarz olish xarajatlarini
hisobga olish usullari.

IMPROVING THE ACCOUNTING OF DEBT OBLIGATIONS FOR BUSINESS

ENTITIES

Abstract.

economic entities in the process of carrying out their activities use not only their

own (private) capital, but also borrowed funds. On the other hand, the use of borrowed funds
entails various additional costs corresponding to them, including: interest on short-term and long-
term loans, depreciation of deductions on issued bonds, lease payments on finance leases, etc. This
article shows how much of the debt costs are transferred to the value of qualifying assets, and how
much is transferred to finance costs. Accounting entries based on calculations indicate the
accounting of loan expenses on specific accounts.

Keywords:

debt costs; qualifying assets; recognition of debt costs; beginning of

capitalization of debt costs; termination of capitalization of debt costs, methods of accounting for
borrowing costs.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ УЧЕТА ЗАТРАТ ПО ДОЛГОВЫМ ОБЯЗАТЕЛЬСТВАМ

У СУБЪЕКТОВ ХОЗЯЙСТВОВАНИЯ

Аннотация.

хозяйствующие субъекты в процессе осуществления своей

деятельности используют не только собственный (частный) капитал, но и заемные
средства. С другой стороны, использование заемных средств влечет за собой различные
дополнительные расходы, соответствующие им, в том числе: проценты по
краткосрочным и долгосрочным кредитам, амортизация вычетов по выпущенным
облигациям, арендные платежи по финансовой аренде и т. д. В этой статье показано,
какая часть расходов по долгу переносится на стоимость квалифицируемых активов, а
какая-на финансовые расходы. В бухгалтерских проводках на основе расчетов указывается
учет расходов по займу на конкретных счетах.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1043

Ключевые слова:

затраты по долгу; квалифицируемые активы; признание затрат

по долгу; начало капитализации затрат по долгу; прекращение капитализации затрат по
долгу, методы учета затрат по займам.

Kirish

. Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar o‘z faoliyatlarini amalga oshirish davomida

iqtisodiy resurslar bilan ta’minlashning 2 xil manbasidan foydalanadilar:

• O‘zlik yoki xususiy capital;
• Qarz mablag‘lari.
O‘zlik yoki xususiy kapital aktsiyalarni chiqarish va sotish, mulkdorlar ulushlari hamda

badallari hisobiga tashkil qilinsa, qarz mablag‘lari jumlasiga uzoq va qisqa muddatli bank
kreditlari, chiqarilgan obligatsiyalar, moliyalashtirilgan ijara, mol yetkazib beruvchilar yoki
xaridorlardan qarzlarni kiritish mumkin.

Qarz mablag‘laridan foydalanish qarz oluvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yekt uchun bozor

iqtisodiyoti sharoitida ularga mos keluvchi turli xil qo‘shimcha xarajatlarni yuzaga keltiradi.

Adabiyotlar sharhi

. Buxgalteriya hisobining milliy standarti – 24 “Qarzlar bo‘yicha

xarajatlar hisobi” va МСФО (IAS) 23 «Затраты по заимствованиям»da usbu masalaga tarif
berilgan, xarajatlarni qachon karitalizatsiya qilish va qachon to’xtatish haqida ma’lumot berilgan.
Ammo foizlarni o‘rtacha tortilgan qiymatini hisoblash va hisobvaraqlarda qanday yozuvlar
qilinishi ko‘rsatilmagan.

Xasanov B.A. va boshqalar asarida turli kreditorlar bilan hisob-kitoblar masalasi aniq

ko‘rsatilgan bo‘lsada, lekin qarslar bo‘yicha xarajatlar hisobi chetda qolib ketgan. Urazov K.B. va
boshqalar asarida ham bu mavzuga e’tibor berilmagan. Alisenov A.S/ va Babayev Yu.A.
kitoblarida ham xarajatlar kapitalizatsiyasi ko‘rib chiqmagan.

Tahlil qilgan adabiyotlar va me’yoriy hujjatlar shuni ko‘rsattiki ko‘rayotgan masala

bo‘yicha tatqiqotlar mavjud emas.

Qarz bo‘yicha xarajatlar

– bu qarz mablag‘lari bilan bog‘liq bo‘lgan foizlar va boshqa

xarajatlar, shu jumladan:

• qisqa va uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizlar, shu jumladan bank overdrafti bo‘yicha

foizlar (bank tomonidan joriy hisobvaraqdagi qoldiqdan ortiq to‘langan summa);

• chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha chegirmalarni amortizatsiya qilish;
• mablag‘larni qarzga olishda qo‘shimcha xarajatlar;
• moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha ijara to‘lovlari;
• chet el valyutasidagi qarzlar bo‘yicha yuzaga keladigan kurs farqlari, agar foiz

xarajatlariga tuzatish sifatida qaralsa.

Aniq bir vaziyatlarga bog‘liq ravishda, belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish

holatigacha keltirilishi salmoqli vaqtni talab etadigan quyidagi aktivlar kvalifikatsiyalanadigan
aktivlar bo‘lib hisoblanishi mumkin: binolar, inshootlar, ishlab chiqarish mashinalari va
uskunalari, nomoddiy aktivlar, elektr stantsiyalari, investitsiya ko‘chmas mulki va shu kabilar.
Boshqa turdagi investitsiyalar va har kuni katta miqdorlarda, qayta takrorlanadigan asosda ishlab
chiqariladigan tovar-moddiy zahiralari, garchand ularning ishlab chiqarilishi uzoq muddatni talab
etgan taqdirda ham (masalan, viski, vino, konyak va shu kabilarni ishlab chiqarish)


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1044

kvalifikatsiyalanadigan aktiv bo‘lib hisoblanmaydi.

Xarid qilish paytida belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yoki sotish uchun

tayyor bo‘lgan aktivlar kvalifikatsiyalangan aktiv bo‘lib hisoblanmaydi.

Yer maydoni kvalifikatsiyalangan aktiv bo‘lib hisoblanmaydi. Biroq, agarda yer

maydonida biror-bir yer tuzilish ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lsa, qarzlar bo‘yicha xarajatlarni
yer maydoni qiymatiga qo‘shish mumkin, chunki ushbu xarajatlar mazkur yer maydonini
foydalanishdan yoki uni sotishdan olingan daromadlar bilan solishtiriladi (qoplanadi).

Agar yer maydoni xarid qilib olingan va yer tuzilish ishlari bino yoki inshootlarni qurish

maqsadida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, bunday hollarda qarzlar bo‘yicha xarajatlar yer maydoni
qiymatiga emas, balki qurilayotgan ob’yektlar qiymatiga qo‘shilishi lozim.

Qarzlar bo‘yicha xarajatlarning tan olinishi

. Qarzlar bo‘yicha xarajatlar, kapitalizatsiya

qilinadigan qismidan tashqari qolgan qismi, ular amalga oshirilgan davrning xarajatlari (moliyaviy
faoliyat bo‘yicha xarajatlar) sifatida tan olinishi lozim.

Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish, qurish yoki ishlab chiqarish bilan bevosita

bog‘liq bo‘lgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar ushbu aktivning tannarxiga olib borish yo‘li orqali
kapitalizatsiya qilinishi lozim.

Qarzlar bo‘yicha xarajatlar kvalifikatsiyalangan aktivning qiymatiga qo‘shish yo‘li bilan

kapitalizatsiya qilinadi, agarda undan xo‘jalik yurituvchi sub’yekt kelgusida iqtisodiy manfaatlar
olishi mumkin bo‘lsa va agar bunda xarajatlarni ishonchli o‘lchash imkoniyati mavjud bo‘lsa.

Kapitalizatsiya qilish uchun ruxsat etilgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar.

Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish, qurish yoki ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq
bo‘lgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar – bu, agar tegishli aktiv uchun xarajatlar amalga oshirilmagan
taqdirda, vujudga kelmasligi mumkin bo‘lgan qarzlar bo‘yicha xarajatlardir. Aniq bir
kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’yekt mablag‘larni aynan
shu maqsadda chetdan jalb qilgan hollarda, ushbu aktiv bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qarzlar
bo‘yicha xarajatlar aniq ravishda belgilanishi (o‘rnatilishi) mumkin.

Qarzlar bo‘yicha xarajatlar

– mablag‘larni qarzga olish munosabati bilan yuzaga

keluvchi xarajatlar bo‘lib, ular tarkibiga quyidagilar kiradi:

• qisqa va uzoq muddatli qarzlar bo‘yicha foizlar (bank overdrafti bo‘yicha foizlarni

qo‘shgan holda);

• chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha chegirmalar amortizatsiyasi;
• mablag‘larni olishda paydo bo‘lgan qo‘shimcha sarflar;
• moliyalashtirilgan ijara bo‘yicha ijara to‘lovi;
• xorijiy valyutada qarz olinganda foizlarni to‘lash xarajatlariga tuzatish sifatida yuzaga

kelgan kurslardagi farqlar va boshqalar.

Ko‘rib turganimizdek, bu xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlari deb

tan olinishi haqida darhol bir fikr aytib bo‘lmaydi, chunki olingan qarzlar yoki ishlab chiqarishni
davom ettirish uchun yoki asosiy vositalarni xarid qilish, qurish yoki yana boshqa bir maqsadlar
uchun olingan bo‘lishi mumkin. Har qanday holda ham

buxgalterning asosiy vazifasi yuzaga

kelgan xarajatlarni moliyaviy hisobot moddasi sifatida o‘z vaqtida va maqsadga muvofiq tan olishi
kerak.

Aniq bir qarz va kvalifikatsiyalangan aktiv o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni aniqlash va


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1045

teskari holatda jalb qilmaslik mumkin bo‘lgan qarzlarni aniqlash qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi
mumkin. Mazkur turdagi qiyinchiliklar quyidagi hollarda:

- xo‘jalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy faoliyati markazlashtirilgan tartibda

muvofiqlashtirilgan bo‘lsa;

- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar guruhi turli foiz stavkalari bo‘yicha qarz mablag‘larini

olish uchun qator qarz majburiyatlaridan foydalansa va ushbu mablag‘larni guruhga kiruvchi
xo‘jalik jamiyatlariga turli asoslarda qarzga bersa, paydo bo‘lishi mumkin.

Mazkur holat valyuta kurslarining tebranishida, shuningdek yuqori inflyatsiya sharoitida

chet el valyutasida denominatsiya qilingan yoki unga bog‘langan qarzlar guruh tomonidan
foydalangan hollarda yanada mushkullashadi. Bular natijasida kvalifikatsiyalangan aktivni xarid
qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qarz mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha xarajatlar
miqdorini aniqlash qiyinlashadi va u xo‘jalik yurituvchi sub’yekt rahbariyatining professional
mulohazasiga asoslangan baholashni talab etadi.

Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun maxsus jalb qilingan qarz mablag‘lari

doirasida mazkur aktiv bo‘yicha kapitalizatsiya qilish uchun ruxsat etilgan qarzlar bo‘yicha
xarajatlar summasi, ushbu qarz bo‘yicha davr mobaynida qilingan haqiqiy xarajatlardan ushbu
qarz mablag‘larini vaqtinchalik investitsiya qilishdan olingan har qanday investitsiya daromadi
summasini chegirib tashlangandan so‘ng qolgan summa sifatida aniqlanishi lozim.

Kvalifikatsiyalangan aktivni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvlar xo‘jalik yurituvchi

sub’yekt tomonidan qarz mablag‘larini olishga va ushbu mablag‘larning bir qismi yoki hammasi
kvalifikatsiyalangan aktiv uchun qilingan xarajat sifatida ishlatilishidan oldin, ular bilan bog‘liq
bo‘lgan xarajatlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday sharoitlarda qarz mablag‘lari
ko‘p hollarda, ular kvalifikatsiyalangan aktiv uchun sarflangunga qadar vaqtincha investitsiya
qilinishi mumkin.

Davr mobaynida kapitalizatsiya qilish uchun ruxsat etilgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar

summasini aniqlashda bunday mablag‘lardan olingan har qanday investitsiya daromadi amalga
oshirilgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar summasidan chegirib tashlanadi.

Umumiy maqsadlarda jalb qilingan va kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun

foydalanilgan qarz mablag‘lari doirasida kapitalizatsiya qilish uchun ruxsat etilgan qarzlar
bo‘yicha xarajatlar summasi ushbu aktiv uchun amalga oshirilgan xarajatlarga nisbatan
kapitalizatsiya stavkasini qo‘llash orqali aniqlanishi lozim.

Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun maxsus olingan qarzlardan tashqari, davr

mobaynida xo‘jalik yurituvchi sub’yektning qoplanmay qolgan qarzlariga nisbatan hisoblangan
qarzlar bo‘yicha xarajatlarning o‘rtacha tortilgan miqdori kapitalizatsiya stavkasi bo‘lib
hisoblanadi.

Davr mobaynida kapitalizatsiya qilingan qarzlar bo‘yicha xarajatlar summasi ushbu davr

mobaynida amalga oshirilgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar summasidan oshib ketmasligi lozim.

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishda qarzlar bo‘yicha xarajatlarning

o‘rtacha tortilgan miqdorini hisoblash maqsadida bosh va sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlarining barcha
qarzlarini kiritish mumkin yoki boshqa sharoitlarda har bir sho‘’ba xo‘jalik jamiyati uchun mazkur
sho‘’ba xo‘jalik jamiyatining qarz mablag‘lariga nisbatan hisoblangan qarzlar bo‘yicha
xarajatlarning o‘rtacha tortilgan miqdorini qo‘llash mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1046

Kvalifikatsiyalangan aktiv balans qiymatining uning joriy qiymatidan oshib ketishi.

Kvalifikatsiyalangan aktivning balans qiymati yoki ko‘zlangan yakuniy tannarxi uning joriy
qiymatidan yoki sof sotish qiymatidan oshib ketsa, uning balans qiymati buxgalteriya hisobi
bo‘yicha qonun hujjatlari talablariga muvofiq qisman yoki to‘liq hisobdan chiqariladi. Bunda,
ayrim holatlarda kvalifikatsiyalangan aktiv qiymatining ilgari amalga oshirilgan qisman hisobdan
chiqarilgan miqdori buxgalteriya hisobi bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq qayta tiklanishi
mumkin.

Qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishning boshlanishi.

Xo‘jalik

yurituvchi sub’yekt qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishni kvalifikatsiyalangan aktiv
tannarxining bir qismi sifatida kapitalizatsiya qilishni boshlash sanasidan boshlab amalga oshirishi
lozim. Kapitalizatsiya qilishni boshlash sanasi bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi sub’yekt bir vaqtning
o‘zida birinchi marta quyida keltirilgan shartlarning barchasiga muvofiq kelish sanasi hisoblanadi:

- mazkur aktiv bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirganda;
- qarzlar bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirganda;
- aktivni belgilangan maqsadi bo‘yicha ishlatishga yoki sotishga tayyorlash uchun zarur

bo‘lgan faoliyatni amalga oshirganda.

Kvalifikatsiyalangan aktiv uchun qilingan xarajatlar faqatgina pul to‘lovlarida, boshqa

aktivlarni o‘tkazib berishda yoki foizli majburiyatlarni qabul qilishda ifodalangan xarajatlarni o‘z
ichiga oladi. Xarajatlar mazkur aktiv bilan bog‘liq oraliq to‘lovlar va O‘zbekiston Respublikasi
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (10-sonli BHMS) “Davlat subsidiyalari hisobi va davlat
yordamining ochib berilishi”da ko‘zda tutilgan tartibda olingan subsidiyalar miqdoriga
kamaytiriladi.

Ilgari kapitalizatsiya qilingan qarzlar bo‘yicha xarajatlarni o‘z ichiga olgan davr

davomidagi aktivning o‘rtacha balans qiymati odatda ushbu davrda kapitalizatsiya stavkasi
qo‘llaniladigan xarajatlarning asoslangan taxminiy qiymatiga teng bo‘ladi.

Aktivni belgilangan maqsadlarda ishlatishga yoki sotishga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan

faoliyat nafaqat aktivning o‘zini jismoniy yaratishini o‘z ichiga oladi. Unga aktivni jismoniy
yaratishni boshlashdan oldin amalga oshiriladigan texnik va ma’muriy ishlar ham kiradi, masalan,
qurilishni boshlash uchun zarur bo‘lgan ruxsatni olish bilan bog‘liq faoliyat. Biroq, bunday
faoliyatga aktivga egalik qilish taalluqli emas, agarda bunda uning holatini o‘zgartiruvchi ishlab
chiqarish yoki modifikatsiya bo‘lmasa. Masalan, qurilish uchun yerni tayyorlash ishlari amalga
oshirilgan davrda qarzlar bo‘yicha amalga oshirilgan xarajatlar ushbu ishlarni amalga oshirish
davri davomida kapitalizatsiya qilinadi. Biroq, kelgusida qurilish uchun sotib olingan yer, unda
hech qanday tayyorlash ishlari olib borilmasdan egalik qilib turilgan davrdagi qarzlar bo‘yicha
xarajatlar kapitalizatsiya qilinmaydi.

Qarz olish xarajatlarini hisobga olish usullari

23-IFRS, 7-band: “qarz olish xarajatlari ular yuzaga kelgan davr uchun xarajatlar sifatida

tan olinishi kerak”.

Ba’zi hollarda, UFRS qarzlar bo‘yicha xarajatlarni hisobga olishning muqobil tartibini

taqdim etadi: “Kvalifikatsiyalanadigan aktivni sotib olish, qurish yoki ishlab chiqarish bilan
bevosita bog‘liq bo‘lgan qarz xarajatlari ushbu aktivning qiymatining bir qismi sifatida
kapitallashtirilishi mumkin”.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1047

Karzlarni hisobga olishning asosiy usuli

“Dilafro‘z” kompaniyasi yiliga ikki marta – 30-iyun va 31-dekabrda foizlarni to‘lash sharti

bilan besh yil muddatga yillik 24 foizli 500 mln. so‘m miqdorida maqsadli bo‘lmagan kredit oldi.

30 iyun va 31 dekabr kunlari buxgalteriya yozuvlar beriladi:

D-t “Foiz xarajatlari”

60 000 000

K-t “Hisoblangan foizlar” (500 mln. x 0,24 x 1/2)

60 000 000

D-t “Hisoblangan foizlar”

60 000 000

K-t “Pul mablag‘lari”

60 000 000

Qarz olish xarajatlarini hisobga olishning maqbul (muqobil) usuli

Qarz bo‘yicha xarajatlar faqat quyidagi hollarda tannarxning bir qismi sifatida

kapitallashtiriladi:

a) ularning kelajakda iqtisodiy foyda keltirish ehtimoli;
b) xarajatlarni ishonchli o‘lchash qobiliyati.
Kapitalizatsiya qilinadigan qarzlar bo‘yicha xarajatlar:
• agar kreditlar ma’lum bir talabga javob beradigan aktivni sotib olish, qurish yoki ishlab

chiqarish uchun maxsus olingan bo‘lsa, kapitalizatsiya qilinadigan xarajatlar miqdori hisobot
davrida kreditni olish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar sifatida, ushbu kreditlar
kvalifikatsiyalanadigan aktivga kapital qo‘yish uchun foydalanilgunga qadar vaqtinchalik
investitsiyalardan olingan daromadlarni chegirib tashlagan holda aniqlanadi;

• agar shartli aktivni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qarzlar miqdorini aniqlash

qiyin bo‘lsa, kapitalizatsiya qilinadigan xarajatlar miqdori kapitalizatsiya stavkasiga muvofiq
belgilanadi. Kapitallashtirish stavkasi – hisobot davrida to‘lanmagan barcha boshqa kreditlar
bo‘yicha xarajatlarning o‘rtacha tortilgan qiymati, kvalifikatsiyalanadigan aktivni olish uchun
maxsus olingan kreditlar bundan mustasno.

Qarz olish xarajatlarini kapitallashtirish

Qarz olish xarajatlarini kapitallashtirish quyidagi hollarda boshlanadi:
• naqd pul to‘lovlari, aktivlarni o‘tkazish yoki majburiyatlarni o‘z zimmasiga olish tarzida

ifodalangan shaklda aktivga investitsiya kiritgan bo‘lsa, aktiv bilan bog‘liq olingan har qanday
subsidiyalar miqdoriga kamaytirilgan holda;

• qarzlar bo‘yicha amalga oshirilgan xarajatlar;
• aktivni maqsadli foydalanishga tayyorlash bo‘yicha zarur ishlar davom etmoqda.

Мисол:

“Oliya” kompaniyasi 2022-yil 1-yanvarda kichik bino qurilishini boshlagan.

Kompaniyaning birinchi chorakdagi yagona qarzi 2024 yil 31 dekabrda to‘lanishi kerak bo‘lgan
yillik 22% lik 700 mln. so‘mlik uzoq muddatli foizli veksel bo‘ldi.

2022-yil 1-mayda kompaniya 300 mln.ga 23 foizli kredit oldi. Hisob-kitob 2023 yil 30

aprelda to‘lanishi kerak.

Kompaniya qurilayotgan binolar bilan bog‘liq foiz xarajatlarini choraklik xarajatlarning

o‘rtacha tortilgan qiymat asosida kapitallashtiradi.

2022 yilning olti oyi davomida qurilayotgan binoga kapital qo‘yilmalar:


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1048

Sana 2022 y.

Xarajat (ming so‘m)

Sana 2022 y.

Xarajat (ming so‘m)

1 yanvar

40 000

30 aprel

230 000

31 yanvar

80 000

31 may

460 000

28 fevral

200 000

30 iyun

90 000

31 mart

440 000

Jami

760 000

780 000

“Oliya”ning hisobot yili 31 dekabrda tugaydi. Foizlar har chorakda to‘lanadi.

Topshiriq:

1. O‘rtacha tortilgan qiymat usulidan foydalanib, foiz xarajatlari miqdorini hisoblang:
a) kapitallashuv qismi;
b) har chorakda xarajat sifatida tan olinishi.
2. Qurilish va foiz xarajatlari bilan bog‘liq barcha jurnal yozuvlarini ko‘rsating.

1-qismga yechim:

2022 yilning birinchi choragi:
O‘rtacha tortilgan yig‘ilgan xarajatlar = 40 000 000 + (81 000 000 х 2/3) + (210 000 000 х

1/3) = 164 000 000

Qarz olish xarajatlarining o‘rtacha kapitallashuv stavkasini hisoblash:
Maqsadli bo‘lmagan veksel: (700 000 000 х 22% х 3/12 = 38 500 000) / 700 000 000 =

0,055%

Potentsial kapitallashtirilishi mumkin bo‘lgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar (buning oldini

olish mumkin edi):
164 000 000 х 0,055% = 9 020 000

Kapitallashtirilishi mumkin bo‘lgan qarzlar bo‘yicha xarajatlarning maksimal miqdori – 1-

chorak uchun ushbu veksel bo‘yicha hisoblangan foizlar yoki xarajatlar:
700 000 000 х 22% х 3/12 = 38 500 000

Eng kichik qiymat kapitallashtiriladi:

9 020 000

Xarajat sifatida tan olingan (38 500 000 – 9 020 000)

29 480 000

Biz faqat kapitalizatsiya stavkasiga muvofiq aniqlagan xarajatlar miqdorini

kapitallashtirishingiz mumkin, ya’ni. 9 020 000. Farqi davr xarajatlariga o‘tkazish kerak – 29 480
000.

2011 yilning ikkinchi choragi:
Binolarni qurish uchun o‘rtacha tortilgan yig‘ilgan xarajatlar:
771 000 000 + (225 000 000 x 2/3) + (450 000 000 x 1/3) = 1 071 000 000
Qarz olish xarajatlarining o‘rtacha tortilgan kapitallashuv stavkasini hisoblash:

Asosiy

Haqiqiy

сумма foiz

Maqsadli bo‘lmagan veksel (22%) 700 000 000 х 22% х 3/12 = 38 500 000
Qurilish vekseli (23%)

300 000 000 х 23% х 2/12 = 46 000 000


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1049

1 000 000 000

84 500

000

O‘rtacha stavka: 84 500 000 / 1 000 000 000 = 0,0845%
Potentsial kapitallashtirilgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar:

1 071 000 000 х 0,0845% = 90 499 500

Kapitallashtirilishi mumkin bo‘lgan qarz xarajatlarining maksimal miqdori = 84 500 000.

Eng kichik qiymat kapitallashtiriladi:

84 500

000

Xarajat sifatida tan olingan (90 499 500 – 84 500 000)

5 999 500

2-qismga yechim:

Qurilayotgan binoga kapital qo‘yilmalar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari:

1-chi chorak 2-chi chorak

D-t “Yer”

40 000 000

D-t “Bino”

720 000 000

780 000 000

K-t “Pul mablag’lari”

760 000 000

780 000 000

Qarz olish xarajatlarini kapitallashtirish uchun buxgalteriya yozuvlari:

1-chi chorak 2-chi chorak

D-t “Bino”

2 750

9 750

D-t ‘Foiz xarajatlari”

5 500

K-t “To’lanadigan foizlar”

8 250

9 750

Belgilangan aktivning qurilishi qismlarga bo‘linib tugallanganda va qolgan qismlarni

qurish davom etayotganda har bir qism mustaqil ravishda ishlatilishi mumkin bo‘lsa, agar qismni
maqsadli foydalanishga tayyorlash yoki sotish bo‘yicha ishlar sezilarli darajada yakunlangan
bo‘lsa, aktivning bir qismiga tegishli bo‘lgan qarz xarajatlarini kapitallashtirish to‘xtatilishi kerak.
Bunday hollarda umumiy xarajatlar aktivning har bir qismining taxminiy qiymatiga mutanosib
ravishda uning qismlari o‘rtasida taqsimlanishi kerak.

Qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishning to‘xtatilishi.

Xo‘jalik

yurituvchi sub’yekt kvalifikatsiyalangan aktivni tayyorlash bo‘yicha faol harakatni to‘xtatgan
davomiy davrlar mobaynida qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishni to‘xtatishi lozim.

Xo‘jalik yurituvchi sub’yekt aktivni belgilangan maqsadda ishlatishga yoki sotishga

tayyorlash uchun zarur bo‘lgan faoliyatni to‘xtatib turgan davomiy davrlarda ham qarzga olingan
mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar qilishi mumkin. Bunday xarajatlarga kapitalizatsiya qilish sifatida
turkumlanmaydigan tugallanmagan qurilishni saqlab turish xarajatlari kiradi. Biroq, odatda
xo‘jalik yurituvchi sub’yekt asosiy (zaruriy) texnik va ma’muriy ishlarni amalga oshirayotgan
davrda qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishni to‘xtatmaydi.

Vaqtinchalik to‘xtatib turish aktivni belgilangan maqsadda ishlatishga yoki sotishga

tayyorlash jarayonining bir qismi bo‘lib hisoblanganda ham qarzlar bo‘yicha xarajatlarni
kapitalizatsiya qilish to‘xtatilmaydi. Masalan, zahiralarni yetarli darajada yig‘ish davrida yoki
suvning yuqori darajada bo‘lishi ko‘prik qurilishini kechiktirganda, agar ushbu geografik hudud
uchun qurishning belgilangan davri davomida suvning bunday yuqori darajada bo‘lishi odatiy hol


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1050

bo‘lsa, qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilish davom ettiriladi.

Qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishni tugatish.

Xo‘jalik yurituvchi

sub’yekt aktivni belgilangan maqsadda ishlatishga yoki sotishga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan
barcha ishlar tugatilganda qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishni tugatishi lozim.

Agar kunlik ma’muriy ishlar hali ham davom etayotgan bo‘lishiga qaramay, uni jismoniy

yaratish tugatilgan bo‘lsa, odatda ob’yekt belgilangan maqsadda ishlatishga yoki sotishga tayyor
deb hisoblanadi.

Agarda kvalifikatsiyalanadigan aktivni qurish qismlar bo‘yicha tugatilganda va har bir

qismni boshqa qismlarni qurish davomida ishlatish mumkin bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi sub’yekt
aktivning ushbu qismini belgilangan maqsadda ishlatishga yoki sotishga tayyorlash uchun zarur
bo‘lgan barcha ishlarni tugatganda, qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilish tugatilishi
shart. Masalan, har biri alohida ishlatishga yaroqli bo‘lgan bir necha binolardan iborat bo‘lgan
biznes-markaz kvalifikatsiyalanadigan aktiv hisoblanadi va undagi har bir qism boshqa qismlarni
qurish hali davom etayotgan paytda ishlatilishi mumkin bo‘lsa. Tashkiliy qismlaridan har qaysisi
alohida ishlatilishi mumkin bo‘lishidan oldin to‘liq tugatilishi lozim bo‘lgan
kvalifikatsiyalanadigan aktivga bir maydonda joylashgan, korxonaning turli tsexlarida ketma-
ketlik bilan amalga oshiriladigan bir necha ishlab chiqarish jarayonlarini birlashtiradigan sanoat
korxonasi misol bo‘lishi mumkin.

Xulosa va takliflar

. Tadbirkorlik sub’yektlarida qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar

hisobini tashkil etishda kvalifikatsiyalangan aktiv uchun qachon xarajatlarni kapitalitzatsiya
qilishni boshlash va tugatishga e’tibor berish kerak. Kapitalizatsiya qilishni boshlash sanasi bo‘lib,
xo‘jalik yurituvchi sub’yekt bir vaqtning o‘zida birinchi marta quyida keltirilgan shartlarning
barchasiga muvofiq kelish sanasi hisoblanadi: a) mazkur aktiv bo‘yicha xarajatlarni amalga
oshirganda; b) qarzlar bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirganda; c) aktivni belgilangan maqsadi
bo‘yicha ishlatishga yoki sotishga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan faoliyatni amalga oshirganda.

Xo‘jalik yurituvchi sub’yekt kvalifikatsiyalangan aktivni tayyorlash bo‘yicha faol

harakatni to‘xtatgan davomiy davrlar mobaynida qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya
qilishni to‘xtatishi lozim. Xo‘jalik yurituvchi sub’yekt aktivni belgilangan maqsadda ishlatishga
yoki sotishga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan barcha ishlar tugatilganda qarzlar bo‘yicha
xarajatlarni kapitalizatsiya qilishni tugatishi lozim.

Tadqiqot natijasi asosida quyidagi takliflar qilmoqchimiz:
a) qarzlar bo‘yicha xarajatlar, kapitalizatsiya qilinadigan qismidan tashqari qolgan qismi,

ular amalga oshirilgan davrning xarajatlari (moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar) sifatida tan
olinishi lozim;

b) aniq bir kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’yekt

mablag‘larni aynan shu maqsadda chetdan jalb qilgan hollarda, ushbu aktiv bilan bevosita bog‘liq
bo‘lgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar aniq ravishda belgilanishi (o‘rnatilishi) mumkin;

c) davr mobaynida kapitalizatsiya qilish uchun ruxsat etilgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar

summasini aniqlashda bunday mablag‘lardan olingan har qanday investitsiya daromadi amalga
oshirilgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar summasidan chegirib tashlanishi kerak;

d) qarzlarni kapitalizatsiya qilish yoki moliyaviy xarajatlarga olib borish uchun

buxgalteriya yozuvlarini BHMS – 21 “Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy-xo’jalik


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1051

faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”dan foydalanish mumkin/

REFERENCES

1.

BHMS – 6 “Ijara hisobi”. O‘zR Adliya vazirligida 2009 yil 24 aprelda 1946-son bilan
ro‘yxatga olingan.

2.

BHMS – 10 “Davlat subsidiyalarining hisobi”. O‘zR Adliya vazirligida 1998 yil 03
dekabrda 562-son bilan ro‘yxatga olingan.

3.

BHMS – 24 “Qarzlar bo‘yicha xarajatlar hisobi”. O‘zR Adliya vazirligida 2009 yil 18
avgustda 1996-son bilan ro‘yxatga olingan.

4.

МСФО (IAS) 23 «Затраты по заимствованиям». (введен в действие на территории
Российской Федерации приказом Минфина России от 28.12.2015 № 217н).

5.

Buxgalteriya hisobi: oliy ta’limning 5230100 – “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar
bo‘yicha)” va 5230200 – “Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim
yo‘nalishlari uchun darslik / B.A.Xasanov, A.A.Xashimov, A.B.Muxametov,
A.A.Abduvohidov// prof. B.A.Xasanov tahriri ostida. – T.: 2021. – 720 b.

6.

Уразов К.Б., Пўлатов М.Э. Бухгалтерия ҳисоби. Дарслик. – Т.: “Инновацион
ривожланиш нашриёт – матбаа уйи, 2020, 558 бет.

7.

Алисенов А.С. Бухгалтерский финансовый учет: теория и практика. Учебное
пособие. – М.: 2013. – 414 с.

8.

Бухгалтерский учет: Учебник для студентов вузов/ Ю.А. Бабаев, И.П. Комиссарова,
В.А. Бородин; Под ред. проф. Ю.А.Бабаева проф. И.П. Комиссаровой. – 2-е изд.,
перераб. и доп. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2005. – 527 с.

9.

Муҳаметов А. и др. ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ХАРАЖАТЛАРИНИ ТУРКУМЛАШ ВА
УЛАРНИНГ ҲИСОБИ //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2021. – №. 5. – С. 351-358.

10.

Мухаметов, Абубакр Бобоевич, and Акмал Абдулазизович Абдувохидов. "УЧЕТ
ВОЗНАГРАЖДЕНИЯ РАБОТНИКАМ ПО МСФО."

Gospodarka i Innowacje.

(2022):

113-123.

11.

Мухаметов, Абубакр Бобоевич, and Акмал Абдулазизович Абдувохидов.
"ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ХАРАЖАТЛАРИ
ҲИСОБИ."

Gospodarka i Innowacje.

(2022): 88-96.

12.

Juliev, M., Ng, W., Mondal, I., Begimkulov, D., Gafurova, L., Hakimova, M., ... &
Saidova, M. (2023). Surface displacement detection using object-based image analysis,
Tashkent region, Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

13.

Rakhimov, D., Juliev, M., Agzamova, I., Normatova, N., Ermatova, Y., Begimkulov, D.,
... & Ergasheva, O. (2023). Application of hyperspectral and multispectral datasets for
mineral mapping. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

References

BHMS – 6 “Ijara hisobi”. O‘zR Adliya vazirligida 2009 yil 24 aprelda 1946-son bilan ro‘yxatga olingan.

BHMS – 10 “Davlat subsidiyalarining hisobi”. O‘zR Adliya vazirligida 1998 yil 03 dekabrda 562-son bilan ro‘yxatga olingan.

BHMS – 24 “Qarzlar bo‘yicha xarajatlar hisobi”. O‘zR Adliya vazirligida 2009 yil 18 avgustda 1996-son bilan ro‘yxatga olingan.

МСФО (IAS) 23 «Затраты по заимствованиям». (введен в действие на территории Российской Федерации приказом Минфина России от 28.12.2015 № 217н).

Buxgalteriya hisobi: oliy ta’limning 5230100 – “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” va 5230200 – “Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun darslik / B.A.Xasanov, A.A.Xashimov, A.B.Muxametov, A.A.Abduvohidov// prof. B.A.Xasanov tahriri ostida. – T.: 2021. – 720 b.

Уразов К.Б., Пўлатов М.Э. Бухгалтерия ҳисоби. Дарслик. – Т.: “Инновацион ривожланиш нашриёт – матбаа уйи, 2020, 558 бет.

Алисенов А.С. Бухгалтерский финансовый учет: теория и практика. Учебное пособие. – М.: 2013. – 414 с.

Бухгалтерский учет: Учебник для студентов вузов/ Ю.А. Бабаев, И.П. Комиссарова, В.А. Бородин; Под ред. проф. Ю.А.Бабаева проф. И.П. Комиссаровой. – 2-е изд., перераб. и доп. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2005. – 527 с.

Муҳаметов А. и др. ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ХАРАЖАТЛАРИНИ ТУРКУМЛАШ ВА УЛАРНИНГ ҲИСОБИ //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2021. – №. 5. – С. 351-358.

Мухаметов, Абубакр Бобоевич, and Акмал Абдулазизович Абдувохидов. "УЧЕТ ВОЗНАГРАЖДЕНИЯ РАБОТНИКАМ ПО МСФО." Gospodarka i Innowacje. (2022): 113-123.

Мухаметов, Абубакр Бобоевич, and Акмал Абдулазизович Абдувохидов. "ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ХАРАЖАТЛАРИ ҲИСОБИ." Gospodarka i Innowacje. (2022): 88-96.

Juliev, M., Ng, W., Mondal, I., Begimkulov, D., Gafurova, L., Hakimova, M., ... & Saidova, M. (2023). Surface displacement detection using object-based image analysis, Tashkent region, Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

Rakhimov, D., Juliev, M., Agzamova, I., Normatova, N., Ermatova, Y., Begimkulov, D., ... & Ergasheva, O. (2023). Application of hyperspectral and multispectral datasets for mineral mapping. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов