MAIN PROBLEMS AND THEORETICAL ANALYSIS OF STUDYING CONFLICT SITUATIONS APPEARING IN ADOLESCENTS

HAC
Google Scholar
To share
Fayziyeva, D. . (2024). MAIN PROBLEMS AND THEORETICAL ANALYSIS OF STUDYING CONFLICT SITUATIONS APPEARING IN ADOLESCENTS. Modern Science and Research, 3(2), 8–14. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30636
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article examines analytical approaches to conflict conflicts that arise in adolescence, stable and historical variability in adolescent psychology, and the interpretation of scientific concepts related to its phenomena.


background image


8

O‘SMIRLARDA NAMOYON BO‘LADIGAN ZIDDIYATLI VAZIYATLARNI

O'RGANISHNING ASOSIY MUAMMOLARI VA NAZARIY TAHLILLARI

Dilfuza Fayziyeva

Osiyo Xalqaro Universiteti

Pedagogika psixologiya yo‘nalishi magistranti,

Sergeli tumani 55-son maktabi o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10911102

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o’smir yosh davrlarida yuzaga keladigan nizoli

to’qnashuvlarga oid tahliliy yondoshuvlar, o’smir psixologiyasidagi barqaror va tarixiy

o‘zgaruvchanlik, uning fenomenlariga oid ilmiy konsepsiyalarning interpretatsiyasi yoritilgan.

Tayanch so`zlar:

O`smirlik davri, qaltis davr, og`ir davr, psixik rivojlanish, biologik

rivojlanish, o`zaro bog`liqlik, inqiroz, psixofiziologik sabab, o`z-o`ziga baho berish, xarakter.

MAIN PROBLEMS AND THEORETICAL ANALYSIS OF STUDYING

CONFLICT SITUATIONS APPEARING IN ADOLESCENTS

Abstract.

This article examines analytical approaches to conflict conflicts that arise in

adolescence, stable and historical variability in adolescent psychology, and the interpretation of

scientific concepts related to its phenomena.

Keywords:

adolescence, difficult period, difficult period, mental development, biological

development, relationship, crisis, psychophysiological cause, self-esteem, character.

ОСНОВНЫЕ ПРОБЛЕМЫ И ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ИЗУЧЕНИЯ

КОНФЛИКТНЫХ СИТУАЦИЙ, ВОЗНИКАЮЩИХ У ПОДРОСТКОВ

Аннотация.

В этой статье рассматриваются аналитические подходы к

конфликтным конфликтам, возникающим в подростковом возрасте, устойчивая и

историческая изменчивость в подростковой психологии, интерпретация научных

концепций, касающихся ее явлений.

Ключевые слова

: подростковый возраст, тяжелый период, тяжелый период,

психическое развитие, биологическое развитие, взаимосвязь, кризис, психофизиологическая

причина, самооценка, характер.

O‘smirlik 10—11 yoshlardan 14—15 yoshlargacha bo’lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi

o’smirlar o’tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega.

Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sisholdinroq namoyon bo’lmoqda.


background image


9

Aksariyat o’quvchilarda o’smirlik yoshiga o’tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. “Endi

o’smir bola emas, biroq katta ham emas” ayni shu ta’rif osm’irlik davrining muhim xarakterini

bildiradi. O‘smirlik — bolalikdan kattalikka o’tish davri bolib, fiziologik va psixologik jihatdan

o’ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik

taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi,

xarakteri shakllanadi,ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga yetish

davri bolib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bolishi

bilan ham xarakterlanadi. Bu yoshda o’smir rivojida keskin o'zgarishlar ro'y bera boshlaydi. Bu

o'zgarishlar fiziologik hamda psixologik o'zgarishlardir. Bo’yga o'sish bir tekis bormaydi: qiz-

bolalar 5—7 sm o'ssalar, o’g‘il bolalar 5—10 sm o'sadilar. Bo’yiga qarab o’sish paysimon ilk

suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi hisobiga ro’y beradi.

O‘smirlik yoshining klassik tadqiqotiga nazar solsak, unda turli xil nazariyalar, farazlar va

fundamental izlanishlar borligining guvoxi bo’lamiz. O‘smirlik yoshiga xos yorqin Psixologik

konsepsiyalardan biri XX asrning boshlarida L.S.Vigotskiy (1930) tomonidan yaratilgan madaniy-

tarixiy nazariya bo’lib, unda mazkur yosh simptomatikasi, o’smir psixologiyasidagi barqaror va

tarixiy o’zgaruvchanlik, uning fenomenlariga oid ilmiy konsepsiyalarning interpretatsiyasi

berilgan. L.S.Vigotskiy ta’lim va taraqqiyotning o’zaro masalasini ko’rib chiqdi. Bunda u quyidagi

vaziyatni keltirib chiqardi.

Bolaga psixik hayotidagi qiyin shakllar muloqot jarayonida shakllanadi, demak muloqot

nisbatan tizimlashtirilgan shaklda – o’qitishda rivojlanishni shakllantiradi, yangi psixik

ma’lumotlarni vujudga keltiradi, oliy psixik funksiya takomillashtiriladi. Ta’lim psixikaning

shakllanishida muhim rol egallab, uning shakllari esa rivojlanish jarayonida o‘zgaradi.

O‘smirlik yoshini pubertat davr deb atagan Sh.Byuler o’z ishlarida ushbu davrning

biologik mohiyati ochib berilgan. Pubertat davr,-bu biologik o’sish davri bo’lib, jinsiy yetilish o’z

nihoyasiga yetadi ammo jismoniy rivojlanish davom etadi. U pubertat davrdan oldingi bosqichni

insonning bolalik, ushbu davrning tugashini o’smirlik deb ataydi.

Sh.Byuler pubertat davrni ikkiga: psixik va jismoniy davrlarga ajratadi. O‘smirning

yetilishiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki qo’zg‘atuvchilar undagi o’zidan o’zi qoniqishi va

xotirjamligini izdan chiqarib, uni o’zga jinsni qidirishga undaydi. Biologik yetilish uni

izlanuvchan qilib qo’yadi va uning «Men»ida «U» bilan uchrashish istagi tug‘iladi. Ya’ni

Sh.Byuler psixik pubertatlikni tanadan farqlashga harakat qiladi. Uning fikricha, jismoniy yetilish

o’g‘il bolalarda o’rtacha 14-16 yosh, qiz bolalarda 13-15 o’smirlik davridaga to’g‘ri keladi.


background image


10

Albatta, bunday farqlashlarda shaxar va qishloq, aloxida mamlakatlar va xatto iqlimning

ta’siri hisobga olinadi. Pubertatlikning quyi chegarasi 10-11 yosh, yuqori chegarasi 18 yosh

bo’lishi kerak. Ushbu davrning negativ xususiyatlari sifatida o’smirning urishqoqligi, injiqligini

ifodalovchi jismoniy va ruxiy toliqish, notinch, oson qo’zg‘aluvchi holat, yuqori sezuvchanlik

hamda qo’zg‘aluvchanlikni ko’rsatadi. O’smirlarning o’zlaridan qoniqmasliklari asta

atrofdagilaridan ham qoniqmasliklariga sabab bo’lib, boshqacha tus intilishlari bilan

uyg‘unlashadi va turli salbiy fikrlar shakllanishiga olib keladi. Ya’ni, o’smirlarda «sust

melanxoliya» va «tajovuzkor himoya» shakllanadi. Mazkur davrning ijobiy xususiyatlaridan biri

tarzida qandaydir go’zallikning anglangan kechinmalarini, muxabbat tuyg‘usini misol qilib

keltiradi.

Demak, Sh.Byulerning ilmiy urinishlari pubertat yoshni organik yetilish bilan psixik

rivojlanishning uyg‘unlikda kechishini ko’rsatishga qaratilgandir.Sh.Byulerning izlanishlariga

tayangan G.Getser pubertat davr salbiy bosqichining 13-16 o’smirlik davridai oralig‘ida o’y-

xayollarga berilish, yaqin do’stga ehtiyoj sezish va «do’stni ishlash»ga urinishda ijobiy bosqichga

o’sib o’tishini ta’kidlaydi.Fiziologik o'zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog’liq

ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o'sishi, hujayra va organizm

tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashida namoyon boladi. Organizmdagi o'zgarishlar

bevosita o'smir endokrin sistemasining o'zgarishlari bilan bog'liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya

bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to'qimalarining

o'sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar)

ishlashini kuchaytiradi. Natijada bo'y o'sishi tezlashadi, jinsiy balog'atga yetish (jinsiy

organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bolishi) amalga oshadi. Ko'krak

qafasi ham gavdaning bo'y o'sishiga nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim

o'smirlarning yelkasi, ko'kragi tor bolib qoladi, bu esa o'z navbatida kislorod yetishmasligiga, nafas

qisishiga olib keladi. Kislorod yetishmasligi natijasida ruhiy faoliyatga putur yetadi. Bu davrda

yurak kengayishi bilan qon tomirlari ham yo’g‘onlashadi.

Qon aylanish sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqarorlik qon

aylanishini buzadi va o’smirda ba’zi qon bosimining ortishi ro’y beradi.

Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. O’smirda ro’y beradigan biologik-

jismoniy o’zgarish natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. O’smirlik

yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo’lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning boshlanishi

bilan izohlab bolmaydi. Jinsiy yetilish o’smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir


background image


11

ko’rsatib bu ta’sir bevosita emas, balki ko’proq bilvositadir. O'smirlar o’zlarini kattalardek

tutishga harakat qiladilar.

O'smirlik yoshiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni o’rgana turib, o’smirlar shaxsining

shakllanib, rivojlanib kamolga yetish yo’llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy

omillarni bevosita ta’sirini hamda ahamiyatini tushunishimiz mumkin. Bu davrda o’smir baxtli

bolalik bilan xayrlashgan lekin, kattalar hayotida xali o’z o’rnini topa olmagan murakkab holatda

bo’ladi. Shuning uchun ham, o’smirlik davri “O’tish davri”, “Inqiroz davri” (krizis), “Qaltis davr”,

“Qiyin davr”, “Balog`at davri” kabi nomlarni olgan psixologik ko’rinishlar bilan xarakterlanadi.

O’smirlik darida kattalarga nisbatan agressiv munosabatning paydo bo’lishi, negativizm

singari noxush xulq-atvor alomatlari o’z–o’zidan kelib chiqadigan bevosita jinsiy yetishlish tufayli

paydo bo’ladigan belgilar bo’libgina qolmay, balki ularga bilvosita ta’sir ko’rsatadigan o’smir

yashaydigan ijtimoiy shart–sharoitlar vositasi orqali: uning tengdoshlari, jamoadagi mavqei,

kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi o’rni sababli yuzaga keladigan xarakter

belgilaridir.

O’smirlik davrida yetakchi faoliyat – bu o’qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir.

O’smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi bu do’stlik, o’rtoqlikdagi elementar

normalarni aniqlash va egallashdir. O’smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki u

to’la o’rtoqlik kodeksiga bo’ysunadi.

O’smirlik insonni balog‘atga yetish davri bo’lib, o’ziga xos xususiyati bilan kamolotning

boshqa pog‘onalaridan keskin farq qiladi. O’smirda ro’y beradigan biologik o’zgarishlar natijasida

uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi.

Balog‘at davriga 11-15 yoshli qizlar va o’g‘il bolalar kiradilar. E.Shprangerning

izdoshlaridan biri V.Shtern o’smirlik yoshini shaxs shakllanishining asosiy bosqichlaridan biri deb

qaraydi. V.Shtern «Do’stingni ko’rsatsang, kimligingni aytaman» degan naqlga «Hayotingdagi

eng qimmatli kechinmangni ayt, men sening kimligingni aytaman» degan ma’no berib, uni

izohlashga harakat qiladi. Chunki o’smir hayotining mazmunini tashkil etuvchi kechinmalar

ta’sirida uning shaxsi shakllanadi. qimmatga ega kechinmalar esa uning shaxsini tiplarga

ajratishga yordam beradi. Shu tariqa V.Shtern oltita tipni ajratadi:

1) nazariy tip-shaxsning barcha intilishlari borliqni anglashga qaratiladi;

2) estetik tip-bunday shaxs uchun ob’ektiv borliqni anglash yot bo’lib, u individual

tanlanganlikka ega;

3) iqtisodchi tip-bunday shaxsning sa’y-harakatlaridagi shoiri ko’proq foyda (natija)ga

qaratilgan bo’ladi;


background image


12

4) ijtimoiy tip-hayotining mazmunini muxabbat, muomila va o’zgalar uchun yashash

tashkil etadi;

5) siyosiy tip-bundaylar uchun mansabga intilish, ta’sir o’tkazish va buyruq berish xosdir;

6) diniy tip-har qanday voqeani ham hayotning va dunyoning mohiyati bilan

xaspo’shlashga urinadi.

V.Shternning fikricha, o’tish davri nafaqat ideal va intilishlar, hislar hamda fikrlarning

yo’nalganligi, balki harakatlarning o’ziga xos siymosi (obrazi) hamdir. U buni bolalikning

o’yinlari bilan kattalikning mas’uliyatli faoliyati oralig‘idagi holat deb atab, unga «jiddiy o’yinlar»

deb nom beradi. Jiddiy o’yinlar o’smirning maqsad qo’yishiga, turli qiziqishlarga o’z

munosabatini bildirishi va qiyosiy taxlil qilishidagi ikkilanishlarini bartaraf etishida hamda uni

irodasining mustahkamlanishiga imkon berishini ta’kidlaydi.

Shunday qilib, o’smirlik yoshining klassik tadqiqot davri XX asrning boshlarida bolalar

psixologiyasining mustaqil fan sifatida rivojlanish bosqichiga to’g‘ri kelib, eng qiyin psixologik

yosh deb tan olindi va o’smir shaxsi rivojlanishidagi har qanday o’zgarishlar tadqiqotchilar

tomonidan jinsiy yetilish jarayoni bilan bog‘lab tushuntiriladi.

Shaxsning axloqiy jihatdan intensiv tarkib topishi, xatti-harakatlarining axloqiy etnik

nomalarini o’zlashtirish o’smirlik yoshining muhim psixologik xarakteristikalaridandir.

O‘smirlik yoshida faqat jismoniy taraqqiyot yuzaga kelmay, balki bolaning shaxsi ham

sezilarli rivojlanadi. Bola shaxsining rivojlanishi tevarak-atrofdagi voqelikning ta’siri ortida

maktabdagi, ta’lim tarbiya protsessining ta’sirida, kolektiv va tarbiyachilarning g‘oyaviy

raxbarligi ostida amalga oshadi. O‘smirlik yoshi xatti-harakatlarida suyana boshlaydigan

dunyoqarashlarning, ma’naviy e’tiqod, prinsip qoida, idealarining, baholash mulohazalari

sistemasining tarkib topishi davridir. Agar kichik maktab yoshidalik davrida u yoki kattalarning,

ya’ni o’qituvchilar va ota-onalarning bevosita ko’rsatmalari bilan, yoki o’zining tasodifiy va

impulsiv istaklari ta’siri bilan harakat qilgan bo’lsa, endilikda uning uchun o’z xatti-

harakatlarining prinsipi, o’zining qarashlari va e’tiqodlari asosiy ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi

va tarbiyachi shuni nazarda tutishi lozimki, xuddi ana shu yoshda axloqiy ong taraqqiyotiga zamin

qo’yiladi. O‘smir turli narsalarni mutlaqo aniq differensiallaydi. Agar tanaffus paytida o’ynab

turib stulni sindirib qo’ysa va uni ustaxonada tuzatish lozim bo’lsa, bu jazo emas. Agar o’zining

iflos qilgan joyini supurishga majbur qilinsa bu ham jazo emas. Bularning mantiqi o’smir uchun

ravshan: bu jazolash emas, balki xati-harakatlarining natijalarini tuzatishdir.

Psixolglar o’z oldilariga o’smirlar ma’naviy ongining mazmunini, ularning axloqiy

tushunchalari va tasavvurlarini o’rganish vazifasini qo’yganlar. Tadqiqotlar umuman o’smirlar


background image


13

ma’naviy ongining yuksak darajada ekanligini ko’rsatadi. O’smirlarning ko’pchilik qismi

yoshlarga munosib ma’naviy tushunchalarni to’g‘ri tushunadilar. Bir necha misollar keltiramiz.

qat’iylik-»bu, odam eng qiyin ishlarni amalga oshirishga kirishganda, uning hech qanday

muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqmay ishni oxirigacha olib borishida ko’rinadigan xususiyatdir»

(12yosh) «Qat`iylik yaxshi odamda ham rivojlanadi, ammo yomon odamda yomon ishlarga,

yaxshi odamda esa yaxshi ishlarga xizmat qiladi.» (12yosh) o’smirlik yoshining oxiriga kelib

chuqur anglashlik darajasi, albatta, sezilarli o’sadi. «Kamtarlik-bu, o’ziga oqilona baho bera

bilish, o’z-o’ziga va xatti-harakatlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo’lishdir.» E’tiqod va

dunyoqarashning tarkib topishi bilan chambarchas bog‘langan holda o’smirlarning axloqiy

ideallari ham yuzaga kela boshlaydi. Bu ideallar etarli darajada chuqur, mazmundor, faoldir va bu

ideallar o’ziga xos axloqiy etalon bo’lib xizmat qiladi, o’smir esa o’z xatti-harakatlarini ana shu

etalon bilan tenglashtiradi. Kichik yoshdagi o’smirlar uchun odatda qandaydir konkret bir kishi

ideal bo’ladi bu odam o’smir yuksak darajada baholaydigan sifatlarni o’zida gavdalantirgan

bo’ladi.

Ko’pgina bunday ideal ota-onalar, o’qituvchilar yoki yaxshi ko’radigan kitobidagi va

kinofilmidagi qaxramonlardir. Katta yoshdagi o’smirlarda ideal sifatida majmui bo’lmish

umumlashgan obrazlar ideallar sifatida yuzaga chiqa boshlaydi. O‘smirlik davrida yetakchi

faoliyat shaxsiy intim muloqotdir.O’smirlik davrida yetakchi faoliyat — bu o’qish, muloqot

hamda mehnat faoliyatidir.O’smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi — bu do’stlik,

o’rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir.O’smirlar muloqotining asosiy

xususiyati shundan iboratki, u tola o’rtoqlik kodeksiga bo’ysunadi.O’smirlarni o’z tengdoshlari

bilan muloqotda bolishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir.O’smirlar do’stlik, o’rtoqlik va o’zaro

yordamlashuvni hamma narsadan yuqori qo’yadilar: ana shunday o’zaro munosabatlar, o’spirinlik

yillarida ham davom eta beradi. Bunda o’smirlar va ilk yoshdagi o’spirin o’quvchilarniig xulq-

atvorlariga do’stlari ota-onalar va pedagoglarga nisbatan bir necha marta kuchliroq ta’sir etadilar.

Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, o’smir bolaning yetilmaganligi va tajribasizligi uni

tevarak-atrofdagi kimsalardan madad axtarishga majbur qiladi. O’smir bolaga uning istaklarini

tushunadigan va ularni amalga oshirishga yordam beradigan do’st kerak. O’smirning do’stlari

bilan muloqoti ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Tengdosh bolalar bilan prinsipial tenglik

holatidagi munosabatlar muhitiga nisbatan o’smirdaalohida qiziqish boladi. Bu hol o’smirda

yuzaga keladigan shaxsiy kattalik hissining etik mazmuniga mos keladi.


background image


14

Kattalar bilan muloqotda bolish tengdoshlari bilan bolgan muloqotning o’rnini bosa

olmaydi. O‘smir uchun tengdoshlari bilan bolgan muloqot u mustaqil harakat qiladigan o’zining

shaxsiy munosabatlari muhitiga ajraladi.

REFERENCES

1.

Югай A.X., Mираширова Н.A. “Oбщaя психология” – Taшкент 2014 г.

2.

SafayevN.S., Mirashirova N.A. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“TDPU,

2013

y

3.

David G. Myers “Psychology” Hope College Holland, Michigan 2010 y.

References

Югай A.X., Mираширова Н.A. “Oбщaя психология” – Taшкент 2014 г.

SafayevN.S., Mirashirova N.A. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“TDPU, 2013 y

David G. Myers “Psychology” Hope College Holland, Michigan 2010 y.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов