ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
71
SURXON DAVLAT QO’RIQXONASI O’SIMLIKLARINING GEOGRAFIK
TARQALISHI
Sh.U. Mardonov
DTPI o‘qituvchisi
M.A. Mamadiyeva
Biologiya ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10933595
Annotatsiya. Oʻzbekiston qoʻriqxonalari koʻp yillik tarixga ega boʻlishiga qaramasdan,
yuksak oʻsimliklarning inventarizasiyasi Chotqol Biosfera qoʻriqxonasi va Nurota davlat
qoʻriqxonasida amalga oshirilgan xolos. Qolgan 7 ta qoʻriqxonalarning florasi haqidagi
ma'lumotlar juda ham kam. Jumladan, Surxon davlat qoʻriqxonasi ilmiy boʻlimining hisobotlarida
140 dan ortiq oʻsimlik turlarining roʻyxati keltirilgan. Ushbu maqolada Surxon davlat
qoʻriqxonasining geografik o‘rni va o‘simliklar qoplami haqida qisqacha ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar: Qoʻriqxona, Koʻhitang togʻ tizmasi, Orol-Paygʻambar, Qizilolma soyi.
GEOGRAPHICAL DISTRIBUTION OF PLANTS OF THE SURKHAN STATE
RESERVE
Abstract. Despite the fact that the reserves of Uzbekistan have a long history, the inventory
of tall plants was carried out only in the Chotkal Biosphere Reserve and the Nurota State Reserve.
There is very little information about the flora of the remaining 7 reserves. In particular,
the reports of the scientific department of the Surkhan State Reserve list more than 140 plant
species. This article provides brief information about the geographical location and vegetation
cover of the Surkhan State Reserve.
Key words: Reserve, Kohitang mountain range, Arol-Paygambar, Kyzylolma stream.
ГЕОГРАФИЧЕСКОЕ РАСПРОСТРАНЕНИЕ РАСТЕНИЙ СУРХАНСКОГО
ГОСУДАРСТВЕННОГО ЗАПОВЕДНИКА
Аннотация. Несмотря на многолетнюю историю заповедников Узбекистана,
инвентаризация высокорослых растений проводилась только в Чоткальском биосферном
заповеднике и Нуратинском государственном заповеднике. О флоре остальных семи
заповедников сведений очень мало. В частности, в отчетах научного отдела Сурханского
государственного заповедника перечислено более 140 видов растений. В статье приведены
краткие сведения о географическом положении и растительном покрове Сурханского
государственного заповедника.
Ключевые слова: заповедник, горный массив Кохитанг, Арол-Пайгамбар, ручей
Кызылолма.
Qoʻriqxonalar tabiiy ekosistemalarni muhofaza etishning eng takomil shakllaridan biri
boʻlib, turli yoʻnalishlardagi ilmiy tadqiqotlar va xilma-xil ekotizimlarning monitoringi olib
boriladigan poligon sifatida ajralib turishi lozim. Flora va oʻsimliklar qoplami har bir biotaning
muhim boʻlagi sifatida esa alohida e'tiborga olinishi talab etiladi. Muhofaza etiladigan
hududlardagi taksonomik birliklarning inventarizasiyasi jumladan, yuksak gulli oʻsimliklar tur
tarkibining aniqlanishi olib borilishi zarur boʻlgan barcha tadqiqotlarning zamini boʻladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
72
Surxon davlat qoʻriqxonasi 1986 yil 8 sentyabrda tashkil etilgan. U “Orol-Paygʻambar” va
“Koʻhitang” boʻlimlaridan iborat. Umumiy maydoni 27676 ga ni tashkil etadi.
“Orol-paygʻambar” boʻlimi 19 yilda mustaqil qoʻriqxona sifatida Oʻzbekiston va
Afgʻoniston davlat chegarasi hisoblangan Amudaryo boʻyida tashkil etilgan. Maydoni 3093 ga.
Bu erda asosan toʻqayzor oʻrmonlar va unda yashaydigan hayvonlar muhofaza qilinadi.
1986 yilda “Orol-paygʻambar” boʻlimi Surxon davlat qoʻriqxonasi tarkibiga kiritilgan. Keyingi
15-20 yil ichida bu erda murakkab va notinch chegaraviy sharoit tufayli “Orol-Paygʻambar”
boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan qoʻriqxona
tasarrufidan chiqarilgan hamda Davlat chegarasini qoʻriqlash Qoʻmitasiga berilgan.
Qoʻriqxonaning “Koʻhitang” boʻlimi Koʻhitang togʻ tizmasining sharqiy yonbagʻrida
tashkil etilgan. Bu erda asosan togʻ-oʻrmon ekotizimi hamda noyob oʻsimlik va hayvon turlari
muhofaza qilinadi. Umumiy maydoni 24554 ga.
Surxon qoʻriqxonasining florasi Janubi-Gʻarbiy Hisor okrugi florasining 40,3 % ni,
Koʻhitang tizmasining 74,7 % ni tashkil etadi. Bu qoʻriqxona florasini Janubi-Gʻarbiy Hisor
okrugining oʻziga xos maydonlaridan biri va Koʻhitang tizmasi umumiy florasiga nisbatan
reprezentativ xarakterga ega ekanligini namoyon etadi.
1982 yilda I.G. Levichev Koʻhitang tizmasining sharqiy yonbagʻrida joylashgan Qizilolma
soyining yuqori qismi, dengiz sathidan 2900 m balandlikdan, qorga yaqin boʻlgan joydan Gagea
turkumiga mansub yangi Gagea nabievii Levichev turini topadi va fanga kiritadi [1].
Eremurus robustus
Regel- Bogʻlidara boʻlimi
Tadqiq etilgan hududda olib borilgan geobotanik tadqiqotlardan eng salmoqlilaridan biri
sifatida F.O. Xasanovning izlanishlarini keltirish mumkin. Tadqiqotchi tomonidan 1982-1987
yillar davomida tizmaning daraxt va butazorlari oʻrganilgan. Bu ishlarida Koʻhitang tizmasining
florasi boʻyicha qisqacha ocherk [2], shiblyak tipining asosiy formasiyalari va ularning xalq
xoʻjaligidagi ahamiyati borasidagi qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Xususan, Koʻhitang tizmasi
doirasida shiblyak tipining floristik boyligi 55 oila, 269 turkumga mansub 578 tur oʻsimliklar bilan
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
73
baholanishini keltirgan [3]. Ushbu tadqiqot natijalari hozirgacha olib borilgan floristik va
geobotanik izlanishlar orasida salohiyatli oʻrin egallab kelmoqda.
Surxon davlat qoʻriqxonasi
hududida
Acantholimon majevianum Regel, Allium ecornutum, Maltzev, Allium kuhgitangi,
Astragalus plumbeus, Echinops multicaulis, Ferula nevskii, Jurinea tapetodes
kabi noyob turlar
uchraydi
.
REFERENCES
1.
Ботанические материалы гербария института Ботаники Академии наук Узбекской
ССР. – Ташкент: ФАН, 1982. Вып. 20. –С. 25-26.
2.
Хасанов Ф.О. Краткий очерк растительности Кугитанга // Тез. докл. юбил. науч.
конф. молодых ученых и спец-тов посев 60-летию ЛКСМ Узб-на, 1985. – С. 167-168.
3.
Хасанов Ф. О. Ксерофильная древесно-кустарниковая растительность Кугитанг-тау:
Автореф. дис... канд. биол. наук. – Ташкент, 1987.– 20 с.
4.
M.A.Xalmuratov.,D.G`.Sodiqova.,M.K.Hamroyeva.,A.A.Ergashev.,A.X.Mammadiyev
“Botanika tadqiqot usullari” fani bo’yicha o‘quv qo‘llanma// Toshkent, 2023.88-101b.
