ORGANIZING INNOVATIVE ACTIVITY AND FOREIGN EXPERIENCES IN PRIVATE UNIVERSITY EDUCATIONAL INSTITUTIONS

HAC
Google Scholar
To share
Azamadjonova, D. (2024). ORGANIZING INNOVATIVE ACTIVITY AND FOREIGN EXPERIENCES IN PRIVATE UNIVERSITY EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Modern Science and Research, 3(2), 561–563. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31129
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the necessity of organizing innovative activities in private general education institutions, its prospects and the use of foreign experiences in this process.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

561

XUSUSIY UMUMTA’LIM MUASSASALARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI

TASHKIL QILISH VA XORIJIY TAJRIBALAR

Azamadjonova Dilafruz

Oriental universiteti ta’lim menejmenti yo‘nalishi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10995350

Annotatsiya.

Ushbu maqolada xususiy umumta’lim muassasalarida innovatsion faoliyatni

tashkil qilishning zaruriyati, uning istiqbollari va ushbu jarayonda xorijiy tajribalardan
foydalanish xususida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

Xususiy umumta’lim muassasalari, innovatsion faoliyat, xorijiy tajriba,

nodavlat ta’lim, ta’limni tashkil etish.

ORGANIZING INNOVATIVE ACTIVITY AND FOREIGN EXPERIENCES IN

PRIVATE UNIVERSITY EDUCATIONAL INSTITUTIONS

Abstract.

This article talks about the necessity of organizing innovative activities in private

general education institutions, its prospects and the use of foreign experiences in this process.

Key words:

Private educational institutions, innovative activity, foreign experience, non-

state education, organization of education.

ОРГАНИЗАЦИЯ ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ И ЗАРУБЕЖНОГО

ОПЫТА В ЧАСТНЫХ УНИВЕРСИТЕТСКИХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ

ЗАВЕДЕНИЯХ

Аннотация.

В данной статье говорится о необходимости организации

инновационной деятельности в частных общеобразовательных учреждениях, ее
перспективах и использовании зарубежного опыта в этом процессе.

Ключевые слова:

Частные образовательные учреждения, инновационная

деятельность, зарубежный опыт, негосударственное образование, организация
образования.

Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining

mazmuni, shakl mohiyatiga bog‘liqdir.

Ta'lim islohoti uzoq yillar davom etadigan jarayondir. Ya'ni, bugun amalga oshirilgan

o‘zgarishlarning natijasini, uning qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lganini bir necha o‘n yil
o‘tibgina ko‘rish mumkin.

Demak, bu tizimda biror-bir qaror qabul qilish uzoqni ko‘ra bilish qobiliyati va juda katta

mas'uliyatni talab qiladi. Birgina noto‘g‘ri tashlangan qadam, yillar o‘tib qimmatga tushishi
mumkin.

Xususiy ta'lim muassasalari ochish bizda avval ham tajribadan o‘tgan. Ilgari bolalarga

boshlang‘ich ta'lim beradigan xususiy bog‘cha-maktablar bo‘lardi. Tabiiyki, ularda ta'lim sifati
ancha yuqori bo‘lgan. Chunki bunday maktablardagi sinflarda o‘quvchilar soni nisbatan kamroq
bo‘lar va bu har bir o‘quvchini qamrab olish imkonini berardi.

Bu turdagi maktablar o‘z kunini o‘zi ko‘rgani uchun ham, o‘zaro raqobatga kirishishar,

sifatli ta'lim berish, yaxshiroq natija ko‘rsatish uchun kurashishardi. Ammo ularning soni nisbatan
kam bo‘lgani tufayli u qadar ommalashib keta olmadi. Buning ustiga moliyaviy qiyinchiliklar
oqibatida birin-ketin yopila boshladi. Davlat ularni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlamadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

562

Endi sekin-asta ana shu tajribani qayta ishga solish vaqti keldi. Xususiy ta'lim hamisha

o‘zini oqlagan. Buni boshqa davlatlar tarixidan ham bilib olish mumkin. Dunyoda dovrug‘
qozongan universitet yoki maktablarning aksariyati xususiy sektorga tegishli. Misol uchun,
Harvard universitetining o‘zi dunyoga 75 nafar Nobel mukofoti sovrindorlarini yetishtirib bergan.

Mamlakat bo‘yicha eng ko‘p muvaffaqiyatga erishgan kishilar ham aynan shu universitet

bitiruvchilaridir. Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin.

Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda davlat-xususiy sherikligi asosida maktablar

tashkil etishdan asosiy maqsad ham muvaffaqiyatli bitiruvchilarni yetishtirib berishdan iborat.

Bunga zarur sharoit yaratib berilsa bo‘lgani.
Hukumat ham buning ahamiyatini to‘g‘ri anglab ularni qo‘llab-quvvatlashda davom

etyapti. Hatto karantin davrida ham boshqa sohalar qatorida moliyaviy muammolarga duch
kelayotgan nodavlat ta'lim tashkilotlari ahvoli o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

Aslida, davlat ta'limni to‘liq boshqarishdan ko‘ra, uni chetdan turib nazoratga olishi,

faoliyatini tartibga solib turishining o‘zi yetarli. Ana shundagina ularda yuqori sifatli ta'limga,
yaxshi natijaga bo‘lgan intilish kuchayadi, «yashab qolish» uchun kurashadi. Ta'limdagi
korrupsiya ham o‘z-o‘zidan barham topadi. Chunki nodavlat ta'lim muassasalari o‘z obro‘si uchun
kurashar ekan, bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka urinadi

Buni o‘z vaqtida anglab, tegishli islohotlar amalga oshirilayotgani kishiga ancha taskin

beradi. Davlat xususiy maktablarni ko‘paytirish siyosatini boshlagan ekan, mamlakat kelajagi
uchun eng to‘g‘ri investitsiya kiritildi, deb ayta olamiz.

Shu boisdan ham Respublikamizda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan ta’lim

tizimini pedagogik tahlil qilish, bu jarayonni samarali kechishini ta’minlash zarurati yuzaga
keladi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ta’lim tizimida kadrlar
salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o‘qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini
oshirish vazifalari belgilab berilgan.

Bu vazifalarni to‘laqonli hal etishda o‘qituvchi-pedagogning intellektual salohiyati va

kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.

Nodavlat umumiy o`rta ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini Ozbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi va qonunlariga, Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasining 2004 yil 1-martdagi 100-son qarori bilan tasdiqlangan “U ijtimoiy pedagogika va
maxsus metodikalar bilan umumiy ilmiy-nazariy asoslarga ega.

Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etish ishlari muammolari ijtimoiy-

siyosiy ahamiyatga egadir. Shu bois, pedagogika nazariyasi va amaliyotida bu yo‘nalishda bir
qancha tadqiqot ishlari olib borilgan. Nodavlat umumiy o`rta ta’lim muassasalarida ta’lim ishlarni
tashkil etishi muammosi har doim dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ushbu muammolar yuzasidan-
P.Yusupova, C.C.Mirjalilova, M.N,Azamova, R.Tulaganova, F.Vaxabova, M.Rustamova,
Sh.Nabixanova, G.Yuldasheva, M.Abdurasulova, Bikbaeva.N.U, K.M.Maxkamjonov, chet el
olimlaridan Ye.T.Nedopekina, A.V.Nikolskaya, X.Klinton, D.B.Elkonin, L.A.Venger,
T.V.Tixomirovlarning tadqiqotlarida tatqiq etilgan. Tadqiqotlar tahlilidan malum bo‘ldiki,
nodavlat umumiy o`rta ta’lim muassasalarida ta’lim ishlarini tashkil etishi muammolari bo‘yicha
tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

563

Olimlardan M.Jumaev, G.Djampeisovalar elementar matematik tushunchalarni

shakllantirish ahamiyatini tadqiq etganlar. M.Usmonboeva, N.Saidaxmedov, M.Ochilov,
Sh.Sodikovalarlar nodavlat umumiy o`rta ta’limni tashkil qilishni to‘g‘ri amalga oshirishning
texnologiyasini asoslab berdilar.

Shuningdek xorijiy pedagoglar, Yan Amos Komenskiy, K.D Ushinskiy, A.S.Makarenko,

P.F.Lesgaft ta’lim tashkilotlarida ta’lim- tarbiyaviy ishlarni tashkil etish nazariyasini ishlab
chiqqanlar.

Undan tashqari davlatga tegishli va nodavlat umumiy o`rta ta’lim muassasalarida ta’lim

ishlarini tashkil etishda zamonaviy texnologiyalar orqali amalga oshirishi muammolari bo‘yicha
qator tadqiqot ishlarini amalga oshirgan olimlardan: Sh.Akbarov, I.Valixo‘jaeva, B.Kamolovalar
tadqiqotlarida o‘yinni ayrim yo‘nalishlari ko‘rsatilgan.

Xulosa qilib aytganda, nodavlat umumiy o`rta ta’lim muassasalarida ta’lim ishlarini tashkil

etishning bugungi kun uchun dolzarb tamoyillarning belgilanganligi mazkur tushunchani nazariy-
ilmiy chegaralash va anglash imkoniyatlarini kengaytiradi. Nodavlat umumiy o`rta ta’lim
muassasalarida ta’lim ishlarini tashkil etishda bilimlar majmuasi boyitilib, mazkur bilimlarni
nodavlat umumiy o`rta ta’lim muassasalarida ta’lim ishlarini tashkil etishning pedagogik asoslari
aniqlanadi. nodavlat umumiy o`rta ta’lim muassasalarida ta’lim ishlarini tashkil etish
mazmunining pedagogik nuqtai nazardan ilmiy ta’rif etish, uning o‘ziga xos xususiyatlarini
belgilash, nodavlat umumiy o`rta ta’lim muassasalarida ta’lim ishlarini tashkil etishning yaxlit
pedagogik modelning yaratish, ilg‘or shakl va metodlarning aniqlash va uni mamlakatimiz
nodavlat umumiy o‘rta ta’limda qo‘llash bugungi ta’lim tizimining dolzarb masalasidir.

REFERENCES

1.

“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori. Toshkent sh. 2002 yil 6 iyun.

2.

O‘zbekiston Respublikasi ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ //Barkamol avlod –
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. – 31-
61-b.

3.

Nurqulova, G. (2023). PSYCHOLOGICAL CONDITIONS FOR STIMULATING
COGNITIVE ACTIVITY IN SCHOOLCHILDREN OF YOUNGER AGE. Modern Science
and Research, 2(12), 1262-1265.

4.

Ergashevna, N. G. (2023). Improving Educational Mastery Opportunities in Primary School.

5.

Nurqulova, G. (2023). ACCENTUATION FOR TEENAGERS. Modern Science and
Research, 2(6), 274-276.

6.

Haydarova, S., & Nurqulova, G. (2023). EMERGENCE OF AGGRESSION AND
NEGATIVISM IN PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF ADOLESCENT
PERIOD. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 62-64.

7.

Nurqulova, G., & Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHOLOGICAL METHODS OF
EDUCATION

AND

DEVELOPMENT

ACCORDING

TO

THE

CHILD'S

TEMPERAMENT. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 92-95.

References

“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Toshkent sh. 2002 yil 6 iyun.

O‘zbekiston Respublikasi ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ //Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. – 31-61-b.

Nurqulova, G. (2023). PSYCHOLOGICAL CONDITIONS FOR STIMULATING COGNITIVE ACTIVITY IN SCHOOLCHILDREN OF YOUNGER AGE. Modern Science and Research, 2(12), 1262-1265.

Ergashevna, N. G. (2023). Improving Educational Mastery Opportunities in Primary School.

Nurqulova, G. (2023). ACCENTUATION FOR TEENAGERS. Modern Science and Research, 2(6), 274-276.

Haydarova, S., & Nurqulova, G. (2023). EMERGENCE OF AGGRESSION AND NEGATIVISM IN PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF ADOLESCENT PERIOD. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 62-64.

Nurqulova, G., & Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHOLOGICAL METHODS OF EDUCATION AND DEVELOPMENT ACCORDING TO THE CHILD'S TEMPERAMENT. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 92-95.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов