UZBEK MUSICAL DRAMA DEVELOPMENT STAGES AND MASTERPIECES

HAC
Google Scholar
To share
Azatov , S. . (2024). UZBEK MUSICAL DRAMA DEVELOPMENT STAGES AND MASTERPIECES. Modern Science and Research, 3(2), 564–567. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31131
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the importance of musical drama art in the world of art, its development, the formation processes of the musical drama genre in the territory of Uzbekistan, and the importance of the created works in the life of society. The teacher tried to explain this topic based on his opinion as a result of his research.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

564

ÓZBEK MUSIQALI DRAMASI RIVOJLANISH BOSQICHLARI HAMDA DURDONA

ASARLARI

Azatov Sardorbek Elbrusovich

ÓzDSMI, “Vokal” kafedrasi óqituvchisi

Ózbekiston Davlat Sańat va Madaniyat Instituti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10995362

Annotatsiya.

Ushbu maqolada musiqali drama sańatining sańat olamidagi ahamiyati,

rivojlanishi hamda Ózbekiston hududida musiqali drama janrining shakllanish jarayonlari hamda
yaratilgan asarlarning jamiyat hayotidahi ahamiyati haqida sóz boradi. Óqituvchi ózining
izlanishlari natijasidagi fikri asosida ushbu mavzuni yoritib berishga harakat qilgan.

Kalit sózlar:

Musiqa, drama, asar, janr, sóz, kompozitor, xonanda, teatr.

ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ УЗБЕКСКОЙ МУЗЫКАЛЬНОЙ ДРАМАТЫ И ШЕДЕВРЫ

Аннотация.

В данной статье говорится о значении музыкально – драматического

исскуства в мире исскуства, эго развитии, процессах формирования жанра музыкальной
драмы на территории Узбекистана, значении созданных произведений в жизни общества.
Учитель попытался обьяснить эту тему, основываясь на своем мнении в результате
своего исследования.

Ключевые слова:

Музыка, драма, произведение, жанр, слово, композитор, певец,

театр.

UZBEK MUSICAL DRAMA DEVELOPMENT STAGES AND MASTERPIECES

Abstract.

This article talks about the importance of musical drama art in the world of art,

its development, the formation processes of the musical drama genre in the territory of Uzbekistan,
and the importance of the created works in the life of society. The teacher tried to explain this topic
based on his opinion as a result of his research.

Keywords:

music, drama, work, genre, word, composer, singer, theatr.


Sańat shunday bir ilohiy kuchki, unda insonning ichki kechinma va holatlari aks etadi. Har

bir sańat turi ózining muhim ahamiyatli tomoni bilan ajralib turadi. Ózining gózalligi, muhimligi
bilan ajralib turuvchi musiqali drama sańati esa butun dunyo sańatida yuksaklik chóqqisiga yetgan
deb bemalol aytishimiz mumkin.

Musiqali drama – musiqa hamda sóz sańatiga asoslangan sahna asari bólib, u ózidan

musiqali teatr janrining paydo bólishiga zamin yaratdi. Uning ilk namunalari V - asr Hindistonda
shakllangan bólsa, XII - asrda Xitoyda, XX - asr boshida Ozarbayjonda, Órta Osiyo va
Qozog‘istonda 1920-yillarda vujudga kelgan bólsa, Ózbekiston hududida musiqali drama
janrining vujudga kelish davri1910-1920-yillarda shakllana boshlagan deyishimiz mumkin.

Musiqali drama sańati sahna voqealarini qahramonlarning ichki kechinma va holatlari,

munosabatlari sóz, musiqa, turli dramatik harakatlar, shuningdek, raqs orqali ifodalaydi. Sóz va
musiqa bir birini tóldirib, asar mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi.

Ózbekistonda teatr sańatining rivojlanishiga Farg‘ona vodiysida faoliyat olib borgan

havaskorlik va professional teatrlar ózining katta hissasini qóshgan. Ushbu ijodkorlarning mehnati
samarasi ólaroq musiqali teatrlarning bunyodga kelishiga zamin yaralgan. Negaki, ushbu


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

565

ijodkorlar iste‘dodli sozanda, diapazoni keng xushovoz xonandalarni yetishtirib berishda beqiyos
hissalarini qóshishgan.

Ózbekistonda musiqali teatr sańatining shakllanishida shoir, bastakor, dramaturg,

ma‘rifatchi, teatr tashkilotchisi Hamza Hakimzoda Niyoziyning órni bólakdir. U avvaldan
boshlagan teatrchilik sańatini yólga qóyib, ózi rejissyorlik va tashkilotchi bólib faoliyat
yurg‘izgan. Óz faoliyati davomida turli mavzularda sahna asarlari yozdi va spektakllarda rol
óynab, xilma-xil obrazlar yaratdi va shu orqali Ózbekiston hududida musiqali teatr sańatining
shakllanishiga tamal toshini qóydi.

XX asrning 50 – 90 yillarida ózbek professional kompozitorlarining yozuvchi –

dramaturglar bilan hamkorlikda yaratgan musiqiy sahna asarlariga murojaat qilishdan avval shuni
aytib ótish joizki, respublikamizda urushdan avval va keyingi yillarda musiqiy teatrlarga ózbek
xalq cholg‘ulari ansamblining órniga simfonik orkestr kiritilganidan buyon tengsiz ijodiy
hamkorligi bunyodga kelgan edi. Ya‘ni ózbek bastakori klassik maqom, mumtoz ashula, yalla,
qóshiq va ózlari bastalagan kuylarni yozilayotgan sahna asariga tanlab berar edi. Professional
kompozitor esa ularni garmoniyalashtirib, simfonik orkestrga moslashtirar edi. Bunday tengsiz
ijodiy metod orqali musiqiy sahna asarlari yaratish uzoq yillardan buyon davom etdi va etib
kelmoqda. Quyida biz tilga oladigan barcha sahna asarlar va urushdan keyingi yillarda shu metod
asosida viloyat teatrlaridan tashqari faqat Muqimiy nomidagi davlat musiqiy teatr jamoasi sahnada
qóygan asarlarga va professional ózbek kompozitorlarining mustaqil ravishda yaratgan musiqiy
drama va komediyalarga murojaat qilinmoqda.

Ózbek musiqiy teatr tarixida, ózbek professional kompozitorlarining orasida birinchi

marotaba mustaqil ravishda kompozitor Manas Leviev shoir – dramaturg O.Uyg‘un bilan
hamkorlikda «Oltin kól» nomli musiqiy drama – komediya partiturasini yaratdi. Mazkur asarning
premyerasi 1949 yili 6 noyabrda «Muqimiy nomidagi davlat musiqiy teatr» jamoasining ijrosida
tomoshabinlarga havola qilindi. Spektaklning premyerasi respublika jamoatchiligida juda katta
taassurot qoldirdi. Matbuotda ham asarga, ayniqsa kompozitor ózbek halq musiqasidan «Sitata»
kiritmay milliy ruhda orginal musiqa yaratgani mutahassislar tomonidan yuqori baholandi. Ózbek
professional kompozitorlarga órnak bólishini bashorat qilishdi. Haqiqatdan ham bashorat zoe
ketmadi.

Kompozitor Manas Leviev (1912 – 1990), «Oltin kól»ga musiqa bastalashdan avval,

Leningrad Konservatoriyasini bitirgach, yillar davomida musiqaning turli janrlarida asarlar
yaratishda kóp ovozli musiqiy uslubda, milliy musiqiy asarlar yaratishda ijodiy izlandi.
Mutahassislik mahoratini oshirishga harakat qildi va ayrim ijodiy yutuqlarga muyassar bóldi.

Kompozitor M.Levievning «Oltin kól» musiqiy drama – komediya asari ózbek

professional kompozitorlariga órnak bóldi deb ikkilanmay aytishimiz mumkin. Uning taassurotida
50 – 90 yillarda musiqali teatrga konservatoriyani bitirgan professional kompozitorlardan: Sobir
Boboev, Hamid Rahimov, Doni Zokirov, Dadaali Soatqulov, Ibrohim Hamroev, Fattoh Nazarov,
Olimjon Halimov, Ikrom Akbarov, Abdurahim Muhammedov, Matniyoz Yusupov, Sulton
Hayitboev, Sayfi Jalil, Rashidqul Toshmatov, Shohida Shoymardonova, Mustafo Bafoev, Nadim
Norxójaev, Avaz Mansurov, Farhod Alimov, Habibulla Rahimov, Bahrullo Lutfullaev, Anvar
Ergashev, Botir Umidjonov, Muhammadjon Otajonov va Oydin Abdullaevalar birin – ketin kirib


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

566

keldilar. Ularning har biri óz iste‘dodi va tajriba – mahoratiga loyiq holda spektakllarga mustaqil
ravishda musiqa yaratdilar.

Yana bir jamiyat hayotini ózida mujassam etgan musiqiy komedik asar “Jon qizlar” asari

hisoblanadi. Zamonaviy qishloq-xójalik mavzuiga bag’ishlangan musiqiy komediyalar orasida
kompozitor Abdurahim Muhammedov (1923-1980)ning «Jon qizlar» asari alohida órin egallaydi.

Pyesa mualliflari qirg‘iz dramaturglari: K.Shangitboev va K.Bayseitovlar, ózbek tiliga

shoir Pólat Mómin tarjima qilgan. Spektaklning premyerasi 1963-yili Muqimiy nomidagi musiqali
teatrda ótgan. Mazkur asar tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi va tez orada «Jon qizlar»
respublikamizdagi barcha musiqali drama va komediya teatrlarida ham tomoshabinlarga havola
qilindi. Asar sahnalarda uzoq umr kórdi.

Ushbu asar XX asrning 60-70-yillariga tóg‘ri keladi. Zero, ayni mazkur ónyilliklarda

mahalliy kompozitorlar milliy mavzular doirasidan – Yevropa va ózga Sharq adiblari asarlariga
izchil murojaat etish bilan tubdan kengaytirildi.

«Jon qizlar»ning mazmuni kolxoz hayotida uchrab turadigan oddiy va qiziqarli voqealar,

yosh mutahassislarni kolxozga jalb qilish muammolari bilan bog’langan.

Kompozitor A.Muhammedov komediya janrining xususiyati asosida spektaklga yaratgan

original musiqa, ishtirok etuvchi personajlarni quvnoq hatti-harakatlari, ruhiy holatlari hajviy
vaziyat voqealar bilan chambarchas bog‘langan.

Ya‘ni asrni asosiy qahramonlarining sevgi-muhabbatlarida sodir bólgan turli hajviy

voqealarning ózgarishlari tufayli ularning psixologik ruhiy ózgarish kechinmalari, rashk tufayli
ruhiy azob chekishlari, xursandchilik davronlari musiqada yaqqol aks etilgan. Shular bilan birga
spektaklda ishtirok etuvchi boshqa personaj-kolxozchilarning hatti-harakatlari, ularning mazkur
yoshlarga turli vaziyatlarda kórsatgan amaliy va ruhiy munosabatlarini aks etuvchi vokal-
ansambllar, yakka qóshiqlar,ommaviy xor raqslar ham mavjud.

Umuman «Jon qizlar» musiqali komediyasi mazkur janrning tipik xususiyatlariga tóla-

tókis javob beradi va respublikamizda musiqiy komediya janrining rivojlanish jarayonida muhim
iz qoldirdi.

Tarixiy mavzuda yaratilgan musiqali sahna asrlari orasida kompozitor S.Boboevning 1958-

yili yaratgan «Vatan ishqi» nomli musiqali dramasi muhim rol óynaydi. Ushbu musiqali dramani
Muqimiy nomidagi musiqali teatr, keyin barcha viloyat musiqali drama va komediya teatr
jamoalari sahnalashtirishdi. Teatrlarning premyeralari katta madaniy voqeaga aylanib ketgan edi.
Spektakl uzoq yillar davomida hamma teatrlarda qayta-qayta sahnalashtirildi. Tomoshabinlarning
turli avlodlari kórishga, eshitishga muyassar bóldilar. Ya‘ni mazkur asar sahnada uzoq qoldi.

«Vatan ishqi» dramasining bunday yutuqqa sazovor bólishining sababi nimada deb

óylaysiz? Eng avval shuni aytish joizki, spektaklning adabiy mazmuni va musiqiy
dramaturgiyasining yaxlitligidadir. Ya‘ni musiqa bilan dramatik voqealarning ajralmas uzviy
ravishda bog‘lanishi, ishtirok etuvchi qahramonlarning yorqin musiqiy tasvirlari mazkur janrning
asosiy xususiyat, qoida talablariga mukammal ravishda javob bera olishi, bundan tashqari spektakl
zaminidagi hayotiy voqealar shaxsiy masala bólib qolmasdan ijtimoiy umumdavlat darajasiga
kótarilishi muqaddas ona Vatan tuyg‘usi bilan yashash va Vatanga jonini qurbon qilish g‘oyasi
ustuvor turishi bilan ajralib turadi. Shu bilan tomoshabinlarning diqqat e‘tiborini beixtiyor óziga
tortadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

567

Ózbek musiqasida, teatr hayotida ózining ahamiyatliligi bilan ajralib turadigan “Nurxon”

nomli musiqali drama sahnada uzoq yashadi hamda ózining ahamiyatini saqlab qoldi.

Atoqli bastakor T.Jalilov dramaturg K.Yashin bilan hamkorlikda ózbek ayollarining orasida

teatr sanhasiga birinchilardan bólib qadam qóygan yosh aktrisa Nurxon Yóldoshxójaeva (milliy
istiqlol dushmanlari tomonidan qatl qilingan) hayotiga bag’ishlangan (ushbu voqea 20-yillarda
sodir bólgan) tarixiy fojea asosida «Nurxon» nomli musiqali dramasini bunyodga keltirdilar.

Spektaklning premyerasi 1942-yil 23-dekabrda Muqimiy nomidagi musiqiy teatrda ótgan.

Asar tomoshabinlar tomonidan qizg’in olqishlar bilan kutib olingan va respublikaning madaniy
hayotida katta voqeaga aylanib ketgan. 1942-yildan 1952-yilga qadar asarni musiqasi ózbek xalq
cholg‘u ansambli jórligida ijro etilgan. 1952-yildan buyon ikkinchi tahrir asosida kompozitor
G.Sobitovning simfonik orkestrga yozgan partiturasi tufayli simfonik orkestr tomonidan ijro
etilmoqda.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ózbek musiqali dramalari va ularni boyitadigan

ijodkor mualliflar, xalqning ma‘naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish, estetik didini yanada
oshirish yólida ijobiy ijod qilib, ózbek musiqasini dunyo miqyosida yuksaklarga kótarishadi deb
qolamiz.


REFERENCES

1.

Ibrohimov O.A; Xudoyev G‘.M; Musiqa tarixi. “Barkamol fayz media” nashriyoti”,
Toshkent – 2018.

2.

Jabborov A. Musiqiy drama va komediya janrlari Ózbekiston kompozitorlarining
ijodiyotida. “G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sańat nashriyoti”, Toshkent - 2000.

3.

G ‘ofurbekov T. Ózbekiston musiqa madaniyati. Toshkent – 2018.

References

Ibrohimov O.A; Xudoyev G‘.M; Musiqa tarixi. “Barkamol fayz media” nashriyoti”, Toshkent – 2018.

Jabborov A. Musiqiy drama va komediya janrlari Ózbekiston kompozitorlarining ijodiyotida. “G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sańat nashriyoti”, Toshkent - 2000.

G ‘ofurbekov T. Ózbekiston musiqa madaniyati. Toshkent – 2018.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов