ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
615
EVFEMIZMLARNING LISONIY-MADANIY ASPEKTLARI XUSUSIDA
Amriddin Shoimov
SamDCHTI, assistent o’qituvchi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10996679
Annotatsiya.
Zamonaviy tilshunoslikda tillarning turli aspektlari lisoniy-madaniy jihatdat
tadqiq etilishi olimlar tomonidan eng ko‘p e‘tibor birilayotgan sohalardan hisoblanadi. Quyidagi
maqolada biz evfemizmlarning lisoniy-madaniy xususiyatlarning ifodalanish xususiyatlarini
nemis va o‘zbek tillari qiyosida ko‘rsatib o‘tishga harakat qilganmiz.
Kalit so‘zlar:
xalqlar madaniyati, evfemizmlar, lisoniy-madaniy talqin, madaniy
o‘xshashlik va farqlar, evfemizmning madaniy aspektlari.
ON LINGUISTIC AND CULTURAL ASPECTS OF EUPHEMISMS
Abstract.
In modern linguistics, the study of linguistic and cultural aspects of languages is
one of the areas that scientists pay the most attention to. In the following article, we have tried to
show the characteristics of the expression of linguistic and cultural features of euphemisms in
comparison with the German and Uzbek languages.
Key words:
people's culture, euphemisms, linguistic-cultural interpretation, cultural
similarities and differences, cultural aspects of euphemism.
О ЛИНГВОКУЛЬТУРНЫХ АСПЕКТАХ ЭВФЕМИЗМОВ
Аннотация.
В современном языкознании изучение лингвокультурологических
аспектов языков является одним из направлений, которому ученые уделяют наибольшее
внимание. В следующей статье мы постарались показать особенности выражения
лингвокультурных особенностей эвфемизмов в сравнении с немецким и узбекским языками.
Ключевые слова:
культура народа, эвфемизмы, лингвокультурологическая
интерпретация, культурные сходства и различия, культурные аспекты эвфемизмов.
Evfemizmlarning lisoniy-madaniy ahamiyati haqida gapirar ekanmiz, avvalo
evfemizmlarni faqat bir jamiyat, davlat yoki millatga tegishli so‘z yoki hodisa emasligini, balki
ularni turli jarayonlar, jamiyatlardagi holat va madaniylik belgisi sifatida o‘rganish kerakligini
ta’kidlash lozim [Reinfellner, 1971: 10]. Ushbu til unsuri o‘zida madaniy qadriyatlar, urf-odatlar,
diniy-dunyoviy turmush tarzini aks ettiriuvchi hodisa [Rustamova, 2018: 14] ekanligini ta‘kidlab
o‘tish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada aynan shu masala tadqiqi haqida gap boradi,
hamda hozirgi kunda shu jihatga e‘tibor qaratilgan ayrim tadqiqot ishlari bilan tanishtiriladi.
Etnomadaniyatlar hozirgi global dunyoda bir – birlariga izchil ravishda to‘qnash kelmoqda.
Shunday ekan siyosatchilar va tilshunoslar ham ushbu masalaning tadqiq etilishiga e‘tibor
qaratmoqdalar. Evfemizmlar ham madaniyatlararo muloqotda o‘ziga xos rol o‘ynashini inkor qilib
bo‘lmaydi.
Bir xalqning paydo bo‘lishi, yuksalishi, davrlar osha turli urf – odatlarning paydo bo‘lishi
uning madaniy hayotini tashkil etadi. Bundan tashqari bir xalq madaniyati uning erkinligi, muhim
voqea hodisalar, siyosiy va ijtimoiy jarayonlarning boshdan kechirilishi kabi unsurlardan iborat
[Rustamova, 2018: 9].
Nemis va o‘zbek tillarining qiyoslab o‘rganilishidan tashqari, ikkala tilning lingvamadaniy
xususiyatlarini qiyoslab, tadqiq etish borasiga ham murojaat qilingan bo‘lib, unda nemis va o‘zbek
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
616
tillaridagi harbiy frazeologizmlarning lingvomadaniy xususiyatlar chog‘ishtirilgan [Maripova,
2023]. Zamonaviy tilshunoslikda evfemizmlarning ham madaniyatlararo kasb etuvchi
xususiyatlarini ochib berishga urunishlar ko‘payib bormoqda [Romanov, 2021]. Evfemizmlarni
bunday xususiyatlari ekstralingvistika sathida o‘rganilishi ayni muddao bo‘lib [Glios: 2007], har
bir so‘zning eng avvalo lug‘aviy, keyinchalik siyosat, madaniyat, iqtisod va boshqa sohalardagi
ikkilamchi anglatadigan ma‘nolarini to‘g‘ri anglash muhim masaladir [Bolen, 1994: 25]. Shunday
ekan nemis va o‘zbek tilida mavjud evfemizmlarning lisoniy-madaniy xususiyatlarini qiyoslash
masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Evfemizm hodisasi nafaqat lingvistik yoki ijtimoiy, balki
ruhiy-madaniy hamda etnomadaniy jamiyatlarning o‘ziga xos til hodisasi hisoblanadi
[Muxamedyanova, 2005: 3].
Territorial bir – biridan uzoq masofada bo‘lgan nemis va o‘zbek xalqlari madaniyati
nafaqat diniy-axloqiy tomonlama, balki kundalik hayotda va urf – odatlarida ham anchagina
tafovudlarga ega. Ikkala xalqda ham qilish mumkin bo‘lmagan ish – harakat, aytish mumkin
bo‘lmagan so‘z va so‘z birikmalari mavjud bo‘lib, ularning o‘rnida evfemizmlarni qo‘llash
vaziyati esa bir xil, ya‘ni evfemizmlar ikkala xalq nutqida ham o‘xshash maqsadlarda qo‘llanadi.
Gap urf – odatlar haqida borganda, o‘zbek xalqining qiblaga oyoq uzatib o‘irmasligi yoki
yotmasligi, supurgini tikka qo‘ymasligi kabi tabu harakatlarini kuzatamiz [Usmonova, 2015: 124].
Bunday taqiqlanadigan hodisalar nemis xalqida ham talaygina kuzatish mumkin.
Madaniyatlararo munosabatlarda ham evfemizmni qo‘llashning asosiy vazifasi salbiy
bahoga ega bo‘lgan so‘zni almashtirishdir. Baholash asosida madaniy me‘yorlarni qayta
konstruksiyalash mumkin. Evfemizmlar ko‘p hollarda salbiy mazmun kasb etgan nomaqbul nomni
zararsizlantiradi [Romanov, 2021: 6].
Bir so‘z bilan aytganda evfemizmni turli jihatlarda ko'rib chiqish ushbu semantik va
pragmatik hodisaning murakkab ta‘rifini shakllantirishga imkon beradi: evfemizm nutqni
kodlashtirish, denotativ tarkibni madaniyat meyorlariga muvofiq talqin qilish maqsadlariga xizmat
qiladigan ikkinchi darajali nominativ birlikdir. Bunday so‘zlar odob normalari sharoitida yuzaga
keladigan elementlar hisoblanadi va bir fikrni lingvomadaniy aks ettirish natijasidir [Romanov,
2021: 8].
Paraevphemizm vositalariga murojaat qilish boshqa lingvomadaniy jamoalar vakillari
tomonidan paraevfemik hodisalarni noto‘g‘ri talqin qilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun milliy
madaniy xususiyatlar haqida ma‘lum bilimlarni talab qiladi [Muxamedyanova, 2005: 12]. Hissiy
komponent hissiyotlarning og‘zaki shaklini aks ettiradi, ularning semema tarkibidagi xilma-xilligi
“ma‘qullayman” yoki “rad etaman” semalari bilan ifodalanadi. Qoida tariqasida, bu semalar
tasvirni madaniy me‘yorlar bilan talqin qilish natijasidir [Romanov, 2021: 7].
Ekstralingvistika nuqtai nazardan evfemizmlarni quyidagi bir – biriga bog‘liq bo‘lgan
uchta psixologik, sotsial va lingvistik aspektlarga bo‘lib o‘rganish mumkin [Glios, 2007: 7].
Evfemizmning psixologik jihatining asosini ong masalasi yordamida kelib chiqqan
motivlar tashkil etadi hamda dunyo xalqlari madaniyatlarda tabularning tematik o‘zaro bog‘liqligi,
qo‘rquv va uyat tuyg‘ulari dastlab yetakchi bo‘lgan taqiqning hissiy asoslari bilan bog‘liq.
Evfemizatsiya jarayonining ijtimoiy tomoni axloqiy me‘yorlarning harakatini o‘z ichiga
oladi. Evfemizatsiya uchun mavjud shartlar orasida jamiyatda qabul qilingan me‘yorlar va
qadriyatlar tomonidan ta‘kidlangan motivlar yetakchi o‘rinni egallaydi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
617
Til ifodasining tanlanganlik darajasi jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishi (muloqot
ishtirokchilarining maqomi, jinsi, yoshi, millati) va nutq sharoitlari (nutq aloqasining madaniy va
lingvistik asoslari, so‘zlovchining niyatlari va boshqalar) bilan belgilanadi. Madaniyatlararo
muloqotda fikrni korrektligiga e‘tibor berish nutqda verbal agressiyani minimallashtira oladi.
Bunda evfemizmlar faol ishtirok etib, muayyan bir madaniyat va madaniy urf-odatlarni
ta‘qirlamaslik, siyosiy-iqtisodiy hamda madaniy aloqalarda manipulatsiyada yumshoqlikni
ifodalash maqsadida ishlatiladi [Glios, 2007: 12].
Axloqiy va estetik baholar evfemizmning aksiologik jihatining asosini tashkil qiladi.
Evfemizmning pragmatik mohiyati, bizningcha, o‘zaro to‘ldiruvchi harakatdagi hamkorlik
[Gries 1985], xushmuomalalik [Brown & Levinson 1987] va teng xavfsizlik [Pavlova 1988]]
tamoyillarida o‘z ifodasini topgan [Muxamedyanova, 2005: 14].
Milliy madaniy xususiyatlarni hisobga olgan holda evfemizatsiya mexanizmini har
tomonlama tavsiflash va tushuntirish shaxslararo va xalqaro munosabatlarda tushunmovchilik va
nizolarning oldini olishga yordam beradi, turli madaniyatlar vakillari bilan samarali muloqotga
erishish yo‘llarini aniqlash va rivojlantirishga imkon beradi. Bu holat ayniqsa ko‘p millatli
davlatlar miqyosida, yoki turli millatlarning bir – birlari bilan turli masalalarda muloqot
qilishlarida katta ahamiyat kasb etadi [Muxamedyanova, 2005: 26].
Haqiqatdan ham evfemizmlar yordamida madaniyat me‘yorlari va munosabatlariga rioya
qilish orqali adresatga hurmatni ifodalash mumkin. Evfemizmlardan foydalanish muloqotda yon
berishga harakat qilish, qulay kommunikativ masofani saqlash, qabul qiluvchining ijtimoiy
mavqeini, uning manfaatlarini hurmat qilish kabi xushmuomalalik niyatini amalga oshirishga
imkon beradi [Romanov, 2021: 14].
Globallashib borayotgan dunyoda muloqot izchilligi oshib borar ekan, siyosiy evfemizmlar
yanada ko‘payishi hamda ularning madaniyatlarga mos tarzda tanlab, qo‘llanilishi davr talabi
bo‘lib qolmoqda. Madaniy, xulq-atvor va lingvistik hodisa sifatida siyosiy korrektlikning to‘rtta
tamoyilini ta‘kidlab o‘tish lozim [Glios, 2007: 13]. “Irqlararo va etnik millatlararo bag‘rikenglik
tamoyili” irqiy yoki etnik kelib chiqishiga qarab kamsitish yuzaga kelmasligi uchun qo‘llanadigan
evfemizmlar qo‘llanilishini taqozo etadi. Siyosiy korrektlikning ikkinchi tamoyili - bu kasb
nomining jinsga aloqador emasligi, jinsga qarab kamsitishning oldini olish uchun jinsi
ko‘rsatilmagan kasblar nomlari uchun lingvistik iboralardan foydalanish, ya‘ni, jinsga qarab
belgilanmagan lug‘atning yangi qatlami jarayonida evfemizmlarning yuzaga kelishidan iboratdir.
Nemis va o‘zbek tillaridagi
der Lehrer-muallim, die Lehrerin-muallima
kabi kasbni
anglatuvchi otlarda mavjud bo‘lgan jinsiy farqlash mavjudligi ma‘lum. Ammo XXI asrda ushbu
xalqlar nutqida mavjud ayrim kasb nomlarida evfemiztik xususiyatlar mavjud. Ammo
Zimmerpflege-xina xizmati
evfemizmlari o‘z ichiga olgan jinisiy tengling ikki xalq madaniyatida
ham ijobiylikni ko‘rsata olmoqda.
Xulos sifatida muxtasar qilish mumkinki, nemis va o‘zbek tillaridagi evfemizmlar
o’rganilishi va ayniqsa lisoniy-madaniy jihatdan tadqiq etilishiga qo’l urgilgan. Evfemizmlarning
madaniy vaziyatlarda yuzaga kelishi va ifodalanishi ham ikki xalq nutqida uchrab turadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
618
REFERENCES
1.
Bohlen A. Die sanfte Offensive: Untersuchungen zur Verwendung politischer
Euphemismen in britischen und amerikanischen Printmedien bei der Berichterstattung über
den Golfkrieg im Spannungsfeld zwischen Verwendung und Missbrauch der Sprache.
Univ., Diss., Frankfurt am Main. Lang,1994.
2.
Глиос Е.С. Лингвокультурная специфика формирования и функционирования
эвфемизиов в современном английском языке (на материале англоязычных
Интернет-сайтов). Автореферат. – Белгород, 2007, 23 б.
3.
Maripova X.M. Harbiy frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari (Nemis va
o’zbek tillari misolida). Avtoreferat. Farg’ona - 2023
4.
Мухамедьянова Г.Н. Эвфемия в общественно-политической лексике (на материале
современного немецкого, русского и башкирского языков). Автореферат. – Уфа,
2005, 17 б.
5.
Leinfellner E. Der Euphemismus in der politischen Sprache. Berlin: Duncker & Humblot.
– 1971, 177 Seiten.
6.
Романов С.И. Лингвокультурогический аспект эвфемизмов. Автореферат. – Тула,
2021, 18 б.
7.
Rustamova D. A. Metaforik evfemizatsiyaning lingvokulturologik va sotsiopragmatik
aspektlari. filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. -
Farg‘ona: 2018, 50 b.
8.
Usmanova Sh. Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari. Darslik. –Toshkent: TDSHI, 2017.
– 256 b.
