THE PRODUCTION OF THE COCOON IN THE MULBERRY SILKWORM AND THE DEVELOPMENT OF SILK INDUSTRY IN UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
To share
Ochilov, B., Tadjiyev , J. ., & Maxmudov, U. (2024). THE PRODUCTION OF THE COCOON IN THE MULBERRY SILKWORM AND THE DEVELOPMENT OF SILK INDUSTRY IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 3(2), 767–772. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31196
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

By the end of the fifth instar, the development process of the silkworm is completed. The caterpillar stops eating leaves and crawls around looking for a place to make a cocoon, while at the same time expelling the remains of liquid substances in its intestine. Most of the caterpillars move quickly to cocoon by crawling up the stalks or higher up the side of the stilts, but some Chinese caterpillars have no such movement and simply cocoon.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

767

TUT IPAK QURTIDA PILLANING HOSIL BO’LISHI HAMDA O`ZBEKISTONDA

IPAKCHILIKNI RIVOJLANISHI

Ochilov Behzod Salimovich

Tadjiyev Jamshid Jonuzokovich

Maxmudov Umidjon Maxmud o’g’li

Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti

Akademik Litsey Biologiya o’qituvchilari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11002149

Annotatsiya. Beshinchi yosh oxiriga kelib, ipak qurtining rivojlanish jarayoni tugallanadi.
Qurt barg yemay qo‘yadi va pilla o‘rash uchun joy qidirib o‘rmalab yuradi, shu bilan bir

vaqtda ichagidagi suyuq moddalarning qoldiqlarini chiqarib tashlaydi. Ko‘pchilik zot qurtlar
pilla o‘rash uchun jadal harakat bilan dastaning ustiga yoki so‘kchaklarning yon yog‘ochlari
tomon balandroq joylarga o‘rmalab ketadi, ammo ba’zi xitoy zot qurtlarda bunday harakat yo‘q,
ular bemalol pilla o‘rayveradi.

Kalit so’zlar: Qurt, pilla, novda, g’umbak, Xorazm, Farg’ona, Xiva.

THE PRODUCTION OF THE COCOON IN THE MULBERRY SILKWORM

AND THE DEVELOPMENT OF SILK INDUSTRY IN UZBEKISTAN

Abstract. By the end of the fifth instar, the development process of the silkworm is

completed. The caterpillar stops eating leaves and crawls around looking for a place to make a
cocoon, while at the same time expelling the remains of liquid substances in its intestine. Most of
the caterpillars move quickly to cocoon by crawling up the stalks or higher up the side of the stilts,
but some Chinese caterpillars have no such movement and simply cocoon.

Key words: Worm, cocoon, branch, mushroom, Khorezm, Fergana, Khiva.

ПРОИЗВОДСТВО КОКОНА ШЕЛКОВОГО ШЕЛКОВНИКА И РАЗВИТИЕ

ШЕЛКОВОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. К концу пятого возраста процесс развития тутового шелкопряда

завершается. Гусеница перестает питаться листьями и ползает в поисках места для
создания кокона, одновременно изгоняя остатки жидких веществ в своем кишечнике.

Большинство гусениц быстро перемещаются в кокон, ползая по стеблям или выше

по ходулям, но некоторые китайские гусеницы не имеют такого движения и просто
скрываются в коконе.

Ключевые слова: Червь, кокон, ветка, гриб, Хорезм, Фергана, Хива.

Tut ipak qurtida pillaning hosil bo’lishi:

Besh yoshga kirgan qurt dasta bo‘ylab yuqoriga

ko‘tarilib, dastaning pilla o‘rash bo‘shlig‘i hosil qiladigan va shu yerga joylashib olib, pilla o‘rash
mumkin bo‘lgan tarzda o‘rnashgan novdachalarini qidiradi. Shunday joyni topib, qurt avval
bo‘shliq hosil qiladigan novdachalarni ipak tolalari bilan bir-biriga biriktiradi. Biriktirilgan bu
novdachalar va ularni bog‘lab turuvchi ipak tolalari bo‘shliqning tashqi devorini hosil qiladi.

Shundan keyin qurt bo‘shliqning ichiga ipak tolalarini torta boshlaydi, ya’ni chulg‘amlar

hosil qiladi, ular bo‘shliqning ichki tomonini to‘ldiradi, ammo bu bo‘shliqning o‘rta qismi ochiq
qoladi. Pilla o‘rashning birinchi bosqichini tugatib, qurt bo‘shliqning o‘rta qismiga joylashib oladi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

768

va pilla qavatini o‘ray boshlaydi: u ipak tolalarini oldindan tortib qo‘ygan hovonlarga tutashtirib,
bo‘lajak pillaning konturini yasaydi.

Pilla o‘rashning bu ikkinchi bosqichda ipak tolalari yanada g‘ovakroq o‘raladi; bo‘shliq

orasidagi ochiq joy pilla sig‘adigan hajmgacha juda kichrayib boradi. Bu bo‘shliqqa joylashish
uchun ipak qurti «S» harfi shaklida bukilib oladi va soxta oyoqlari yordamida yasalgan yuza
bo‘ylab surilib, tanasining oldingi qismini yoysimon harakatlantirish yo‘li bilan bu qavatga ipak
tolalarini to‘playdi.

Bo‘lajak pillaning konturi yasalib bo‘lgandan keyin pilla o‘rashning uchinchi bosqichi -

pilla qobig‘ining asosiy qavatini o‘rash jarayoni boshlanadi. Ipak qurti harakatlana olishi mumkin
bo‘lgan bo‘shliq tobora kichrayib boradi va qurt faqat boshi hamda bir-ikki ko‘krak bo‘g‘imlari
bilan harakatlanadigan bo‘lib qoladi. Ipak qurti oldindan o‘rab qo‘ygan ipak qavatiga soxta
oyoqlari yordamida tayanib boshi bilan tebranma harakat qiladi, bir vaqtda ko‘krak qismi
bo‘g‘imlarini qisqartiradi, bunda go‘yo boshini ichiga tortadi. Bunday qo‘sh harakat natijasida qurt
ipak tolalarini sakkizliklar yoki sinusoidal egri chiziqlar shaklida taxlaydi. Bunday seriya «paket»
deb ataladi: paketning kengligi qurt boshining tebranma harakatlari kengligiga (amplitudasiga)
bog‘liq, uzunligi esa ko‘krak qismi bo‘g‘imlarining qisqarish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ipak qurti
bitta paketni yasab bo‘lgandan keyin boshini bir oz ko‘tarib qo‘yadi, so‘ngra boshini yana pastga
tushirib, yangi paket yasay boshlaydi. Ipak qurti boshini ko‘targan vaqtda ham ipak chiqarishni
to‘xtatmaydi, shuning uchun ham bir paketdan ikkinchi paketga cho‘ziq to‘g‘ri yoki egri-bugri
shaklli ipak tolalari ketadi.

Ba’zan bunday yo‘llar halqa shaklida bo‘ladi. Ipak qurti pillaning birinchi yarim sharini

o‘rash protsessida ikkinchi yarim shardagi soxta oyoqlarini asta-sekin harakatlantiradi, bunda u
birinchi yarim shar sirtining hamma joyiga ipak tolalarini qavat qilib taxlash imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Ipak qurti pillaning bitta yarim sharida paketlar to‘plamlari yasab bo‘lgandan so‘ng
ikkinchi yarim shar tomon harakatlana boshlaydi, yo‘lda ham paketlar yasashni davom
ettiraveradi. Ipak qurti pillaning bitta yarim sharidan ikkinchi yarim shariga o‘tish vaqtida yo‘lda
yasalgan paketlar yarim shardagi paketlardan farq qiladi: ular anchagina cho‘ziq sakkizliklar va
sinusoidal egri chiziqlar shaklidadir, ular birmuncha katta bo‘ladi. Ipak qurti pillaning bitta yarim
sharidan ikkinchisiga o‘tib bo‘lgandan keyin ikkinchi yarim sharda paketlar o‘ray boshlaydi, bu
vaqtda ipak qurti tolasining tayanch qismi - qorin bo‘g‘imlari va soxta oyoqlari qarama-qarshi
tomondagi yarim sharda bo‘ladi.

Ipak qurtining bitta yarim shardan ikkinchisiga bunday o‘tib yurishi o‘rnini o‘zgartirish,

deb ataladi. Ipak qurti pilla o‘rash vaqtida 250 dan 500 martagacha vaziyatini o‘zgartiradi.

Qurtning bir vaziyatda turish muddati har xil va bu muddat pilla o‘rash jarayonining

boshidan oxirigacha juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan harorat sharoitiga ham, pillaning qavatiga
ham bog‘liq bo‘ladi. Pilla o‘rash jarayonida uning qobig‘i qalinlashib borgan sari qurtlar vaziyatini
kamroq o‘zgartiradi. Pilla o‘rash davrining boshlarida qurtlar har bir vaziyatda 140 sekund, pilla
o‘rash davrining o‘rtalarida esa 258 sekund «ishlaydi». Pilla o‘rash davrining boshlarida qurtlar
bir vaziyatda chiqargan ipak tolasining uzunligi 94 sm, bu davrning o‘rtalarida 170 sm, oxirida esa
333 sm. bo‘ladi (kuzatishlar eski barg‘dod zot qurtlar pillasi ustida olib borilgan). Shuningdek,
sakkizliklar va sinusoidal egri chiziqlarning kattaliklari ham o‘zgaradi: pilla o‘rash davri
boshlangandan to pilla o‘ralib bo‘lguncha ular asta-sekin kattalashib boradi. Pilla qobig‘ining


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

769

tashqi qavatida sakkizliklarning bo‘yi (uzunligi) 3,1 mm ga (temperatura 25°C bo‘lganda),o‘rta
qavatida 3,7 mm ga va ichki qavatida 5,1 mm ga teng bo‘ladi. Agar pilla qobig‘ining tashqi
qavatini o‘rashda ipak qurti har bir sakkizlik uchun 1,55 sekund sarflagan bo‘lsa, o‘rta qavatni
o‘rashda har bir sakkizlik uchun 2,12 sekund, ichki qavatni o‘rashda esa 2,35 sekund vaqt sarf
qilgan. Ipak tolasining yo‘g‘on-ingichkaligi ham o‘zgaradi: pilla o‘rash davrining boshlaridagi
23,28 mikrondan bu davr oxirlarida 22,28 mikrongacha ingichkalashib boradi.

Hamma ipakning 25-30% i pillaning ikki qutbiga, qolgan ipak esa ikki qutbining yonlariga

va pillaning o‘rta qismiga o‘raladi. Pilla qutblaridan baravar uzoqlikda pillani o‘rab oluvchi
geometrik ekvator yo‘li o‘tadi. Beli ingichka pillalarda bu yo‘l ingichka joyining o‘rtasiga to‘g‘ri
keladi. Pillani qutb tomonlaridan baravar uzoqlikda o‘rab oluvchi o‘rta qismining sirti dinamik
ekvator deb ataladi. Pillaning ekvatorida ipak o‘ralayotganda bitta yarim sharda boshlangan
paketlar ikkinchi yarim sharda tamomlanadi, bunda bir paket ketidan ikkinchi paket navbat bilan
yasalib turadi, ular «qulf» shaklida birining ustiga ikkinchisi taxlanadi, natijada pilla qobig‘ining
shu qismi belbog‘i qalinlashadi va bu bilan pilla qutblari orasida mustahkam bog‘lanish
ta’minlanadi. Ipak qurti kamdan-kam hollarda dinamik ekvatorda paketlar yasamaydi, bunda
pillaning beli ingichka joyi yaxshi o‘ralmaydi; bunday pillalarning yarim sharlari ipak qurti bir
vaziyatdan ikkinchi vaziyatga o‘tish vaqtida chiqargan ozroq ipak bilan birlashgan bo‘ladi.
Pillaning dinamik ekvatorida paketlarning «qulf» shaklida taxlanishi ipak tortish vaqtida, ayniqsa,
beli ingichka (juda ingichka) pillalar ipagini tortishda qiyinchilik tug‘diradi. Bir-biriga kirib
turadigan paketlar ipak tortish vaqtida paketlar oralig‘ida ishqalanish hosil bo‘lishi, ipak
tolalarining chuvalanib ketishi va uzilishiga sabab bo‘ladi. Oval shaklli pillalar ipagi beli ingichka
pillalar ipagiga qaraganda yaxshiroq tortilishi aniqlangan.

Pilla qobig‘ining asosiy qavatini o‘rash uchun ipak qurti ipak chiqaruvchi bez ishlab

chiqaradigan hamma ipak massasining 70 - 80% ini sarflaydi. Ipak qurti pilla qobig‘ining asosiy
qavatini o‘rab bo‘lgandan keyin pilla o‘rash jarayonining so‘nggi - to‘rtinchi bosqichiga o‘tadi.

Bu vaqtga kelib, uning tanasi birmuncha qisqaradi, boshining bir me’yordagi harakati

buziladi, anchagina ingichkava seritsinga kam bo‘lgan ipak tolalari cho‘ziq, noto‘g‘ri shaklli
halqalar ko‘rinishida o‘raladi. Ipagini tortib bo‘lmaydigan g‘ovak parda hosil bo‘ladi.

G‘umbakning boshi turgan joyda bu parda yana ham g‘ovakroq tuzilgan bo‘lib, asosiy

qobiqdan bir oz qochibroq turadi.

O`zbekistonda ipakchilikni rivojlanishi:

O‘zbekiston pillachiligi tarixi ya’ni yurtimizga

pillani kirib kelishi va ipakchilikni rivojlanishi tarixiy manbalarda qo‘yidagicha bayon etilgan.
Ipakchilik O‘rta Osiyo davlatlariga IV-asrda kirib kelish sabablaridan biri Xitoydan ipakchilik
O‘zbekistonga yashirincha yo‘l bilan olib o‘tilgan, ya’ni Xitoy malikalaridan biri Xitoyning
G‘arbiy chegarasidagi Xotan davlati shahzodasiga turmushga chiqib, o‘z jonini xavf ostida
qoldirib, turmush o‘rtog‘iga sadoqati sifatida sochining turmagi ichida ipak qurti tuxumini
yashirib, Xotan davlatiga olib kelgan (Xotan shahri Xitoyning uyg‘ur avtonom rayonida
joylashgan. U ba’zi tarixiy manbalarda Serinda deb atalgan. Yunoncha «Serin» so‘zi «ipak» degan
ma’noni bildiradi.)

Malika ipak qurtini boqishni juda yaxshi ko‘rib, u bilan shug‘ullanish uchun ipak qurt

urug‘ini o‘z bilan birga olib o‘tganligi rivoyat qilinadi. Yana bir manbada Art Stalkerni
“Shelkovodstvo” kitobida yozishicha Buxoroning kichik Amiriga kelin bo‘lib kelgan Xitoy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

770

Imperatorini qizi o‘z yoriga sovg‘a sifatida soch turmagiga pillani yashirib olib kelganligi bayon
qilingan. Shu bilan ipakchilik yangi bir mamlakatda rivojlanishiga sababchi bo‘lgan, ipakchilik
O‘rta Osiyo va undan Eron davlatiga tarqalgan .

Ipakchilik qaysi mamlakat bo‘lmasin, bu mavjudotni o‘z chegarasidan tashqariga olib

chiqib ketishlariga qarshilik qilingan, shunga qaramay, pillachilik turli yo‘llar bilan sekin-asta
boshqa davlatlarga ham tarqaldi. Pilladan ipak ajratib olish tasodifan kashf etilgan, deyiladi. Xitoy
Imperatorini rafiqasi Xitoy malikasi bog‘da choy ichib o‘tirganda uning piyolasiga tut daraxtidan
pilla tushgan. Pilla piyolada ma’lum vaqt qolib ketgandan keyin, tasodifan qo‘lga olinganda undan
ipak tola ajrala boshlagan.

Tarixiy manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Xorazm vohasi o‘tmishda pillachilik

markazlaridan biri bo‘lgan. Geograf olim Maqsudiy (940-985) u erda X asrlardayoq rivojlangan
pillachilik hunarmandchiligining mavjud bo‘lganligini yozadi. Geografiya lug‘atini tuzgan
mashhur sayyoh Yoqut Hamaviy Xorazmda ko‘plab tut daraxtlari o‘stirilganligi va pillachilik-
ipakchilik ishlari rivojlanganligi haqida yozadi. Pillachilik O‘rta Osiyoda tarqalishi bilan
N.Petrovskiyning (1874) ma’lumotlariga ko‘ra, ipakchilik Chorjo‘ydan Amudaryo bo‘ylab shimol
tomonga, to G‘ijduvongacha, undan Xiva xonligigacha tarqalgan. Buxorodan Zarafshon daryosi
bo‘ylab Kattaqo‘rg‘on va Samarqandgacha, undan Shahrisabzgacha borib yetgan. Namangan,
Marg‘ilon, Andijon okruglari va undan shimol tomonga - Toshkent, CHimkent va Turkistonga
qadar tarqalgan. Pillachilik yetib borgan joy borki, o‘sha yerli halq ipak qurti boqish bilan
mashg‘ul bo‘lgan. Demak, Marg‘ilon, Namangan, Andijon, Qo‘qon. Xo‘jand, Xiva, Buxoro,
Samarqand, Toshkent, Chimkent shaharlari va uning atrofidagi viloyatlar juda qadim
zamonlardayoq pillachilik va har xil ipakli matolar tayyorlash bilan mashhur bo‘lgan.

O‘rta Osiyo pillachiligi tarixiga oid boshqa bir manbada (Ibrohimov, 1964)

ko‘rsatilishicha, bu yerda ipakchilik boshqa davlatlarga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil
ravishda yuzaga kelgan, deyiladi. Ilmiy kuzatishlar O‘rta Osiyoda Yer tarixining uchlamchi
davrida ham tut daraxtlari va yovvoyi pilla qurtlari bo‘lganligi

haqida dalolat beradi. Bunday qurtlar asta-sekin xonakilashtirilgan, deyishga asos bo‘ladi.
Bu haqida muallif bir qancha tarixiy, lingvistik, folklor va etnografik faktlar ham

mavjudligini yozadi. Ipakdan shoyi matolar to‘qish dastlab Markaziy Osiyoda bundan 4 ming yil
ilgari vujudga kelgan va mustaqil ravishda Farg‘ona vodiysi, Zarafshon daryosining bosh qismi
va O‘zbekistonning janubida rivojlana boshlagan. Bunga miloddan avvalgi ikkinchi ming
yillikdan shu paytgacha saqlangan tabiiy ipakdan to‘qilgan mato namunalari dalildir. Yuqorida
keltirilgan ikkita manbaning o‘zi pillachilik va ipakchilik xitoyliklarga bog‘liq bo‘lmagan holda
ulardan bir asr oldin yurtimizda ma’lum va mashhurligini isbotlaydi.

O‘rta Osiyoning pillachilik markazi o‘tmishda Farg‘ona vodiysi hisoblangan. Buning

isboti sifatida u joylarning tabiiy sharoiti ipak qurti uchun qulayligi, tutzorlar barpo qilish uchun
sug‘oriladigan yerlarning mavjudligi, xalqning o‘troq holda yashashi kabi dalillarni keltirish
kifoyadir. 1917 Osiyoda asosiy pillachilik rayoni Farg‘ona viloyati bo‘lib, u yerda O‘rta Osiyoda
tayyorlanadigan umumiy pillaning 80 foizdan ko‘prog‘i tayyorlanar edi. Pillachilik hatto
viloyatning gerbida ham o‘z aksini topgandi (ipak qurti kapalagi tasviri tushirilgan edi).

Bu viloyatda pillachilik bilan Qo‘qon, Namangan, Andijon, O‘sh uezdlari shug‘ullanardi.

Farg‘ona viloyatida 1900 yilda 101,4 ming 1910 yilda qariyib, 164 ming va 1914 yilda–161 ming


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

771

put pilla tayyorlangan. Turkiston o‘lkasida birorta ham pillakashlik fabrikasi bo‘lmaganligi tufayli
har yili ko‘p miqdorda pilla tashqi mamlakatlarga chiqarilar edi. Masalan, 1907 yilda Chor
Rossiyasida 4570 tonna pilla tashqariga chiqarilgan bo‘lsa, uning 4170 tonnasi O‘rta Osiyoniki
edi. «Шелководство и шелковая промышленность» jurnalida yozilishicha, Rossiya pillalari
Marselga (Fransiya) jo‘natilar, u yerdan esa ipak holida yana Rossiyaga qaytar edi. Bu degan so‘z
katta mehnat evaziga tayyorlangan pillalar katta mablag‘lar sarflanib, boshqa yurtlarga yuborilib,
ipak xoliga keltirilar edi. Birinchi pillakashlik fabrikasi 1921 yil Farg‘onada, 1927 yil
Samarqandda, 1928 yilda Buxoroda sungra Marg‘ilon shahrida qurilib, ishga tushrildi. 1959 yilda
Toshkent pillakashlik fabrikasi, keyinchalik 1980-85 yillarda Urganch, Shaxrisabz, Namangan,
Buloqboshi, Urganch, G‘ijduvon, Sho‘rchi, pillakashlik korxonalari ishga tushdi.

1924 yilda Farg‘onada ipakchilik ilmiy stansiyasi ochildi. Ikki yillik kursdan tashqari, 1925

yilda Toshkent va Farg‘onada pillachilik bo‘yicha instruktorlar tayyorlaydigan 3 oylik kurslar ham
ochildi. Mazkur kursning bitiruvchilari joylarda ishbilarmon tashkilotchi va mutaxassis sifatida
o‘sha paytlarda sohaning rivoji uchun o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Hukumat
tomonidan pillachilikka e’tibor berilishi va uni ilmiy asosda rivojlantirish masalasi qo‘yilar ekan,
endi bu sohaning o‘z ilmiy muassasasi bo‘lishini hayotning o‘zi ko‘rsatdi.

O‘rta Osiyo Davlat universiteti agronomiya fakultetida 1927 yilda tashkil qilingan

ipakchilik kursi ochildi. Bo‘limda ikki oylik (qishloq instruktorlari), bir yillik (rayon
instruktorlari), ikki yillik (ipar qurti urug`chilik korxonalari uchun mutaxassislar) kurslar faoliyat
ko‘rsatgan. Ikki yillik kursga asosan O‘rta Osiyo davlat universitetining agronomiya va biologiya
fakultetining bitiruvchilari qabul qilingan. O‘rta Osiyoga pillachilik hunarining markazi Farg‘ona
vodiysi bo‘lganligi qayd etilgan. Farg‘ona viloyatida 1946-52 yillarda ipak qurtining boqish va
hosildorligini oshirish ishlari olib borilishi ya’ni O.Sultonovaning jadal qurt boqish

usulini ishlab chiqishi sababli pilla hosili 21,6 % dan 37 % gacha ya’ni 1 qutidan o‘rtacha

56,6 kg dan olganligini jadal qurt boqish usulida yozilganidan bilish mumkin. (

Xulosa:

Pilla o‘rash jarayonida ipak qurti harakatlarining xarakteri va ularning izchilligi

“pilla o‘rash biodinamikasi” deb ataladi. Pilla o‘rash jarayoni tamom bo‘lgandan keyin qurtlar
beshinchi marta pust tashlaydi, ammo bu safar ular eski po‘stini tashlab, g‘umbakka aylanadi.

Asrlar davomida insoniyatga xizmat qilgan Buyuk Ipak yo‘li endilikda TRASEKA deb

qayta tiklanayotgan ekan, bu yo‘l ham mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, madaniyat, iqtisodiy
ravnaq yo‘li yangi ahamiyat kasb etmoqda.



REFERENCES

1.

Muxamedov M.M. – «Buyuk ipak yo‘li», - madaniyatlarini birlashtiruvchi yo‘l. Ipak
jurnali, 1996, 3-son,.

2.

N.G.Bagovutdinov, va boshqalar. “Pillachilar uchun qo‘llanma” “O‘qituvchi ”

3.

nashriyoti ruschadan tarjima. Toshkent -1984 y.

4.

Pillachilikning oziqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari etishtirish
hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarori. Toshkent 2000 yil 15 mart, Xalq so‘zi ro‘znomasi 16 mart 2000
yil.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

772

5.

Respublikada pillachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. Toshkent, 1998, 30 mart, “Xalq so‘zi”
ro‘znomasi, 1998 yil 1 aprel № 67 (1848), 1-bet.

6.

www.sheki-ipek.com.az

7.

www. Ziyonet. Uz

8.

O‘zbek internet resurslarining katalogi:

www.uz

9.

O‘zbekiston ensklopediyasi 553 bet.


References

Muxamedov M.M. – «Buyuk ipak yo‘li», - madaniyatlarini birlashtiruvchi yo‘l. Ipak jurnali, 1996, 3-son,.

N.G.Bagovutdinov, va boshqalar. “Pillachilar uchun qo‘llanma” “O‘qituvchi ”

nashriyoti ruschadan tarjima. Toshkent -1984 y.

Pillachilikning oziqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari etishtirish hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Toshkent 2000 yil 15 mart, Xalq so‘zi ro‘znomasi 16 mart 2000 yil.

Respublikada pillachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. Toshkent, 1998, 30 mart, “Xalq so‘zi” ro‘znomasi, 1998 yil 1 aprel № 67 (1848), 1-bet.

www.sheki-ipek.com.az

www. Ziyonet. Uz

O‘zbek internet resurslarining katalogi: www.uz

O‘zbekiston ensklopediyasi 553 bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов