MEDICINAL PROPERTIES OF KAVRAK PLANT

HAC
Google Scholar
To share
Ochilov , B., Tadjiyev, J. ., & Maxmudov , U. (2024). MEDICINAL PROPERTIES OF KAVRAK PLANT. Modern Science and Research, 3(2), 174–176. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31169
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Horsetail (Ferula asafetida) has a strong sulfur smell, is rich in medicinal substances and has been used as a spice and a medicinal plant in folk medicine for centuries in many eastern countries. As a result of recent studies, a number of promising active properties of kavrak have been revealed. Examples of this are its antioxidant, digestive enzymes, memory improvement, neuroprotective, antispasmodic, hypotensive, antifungal, antibacterial, anticarcinogenic, antitoxic, and antidiabetic properties. These phytochemical properties of kavrak can effectively solve various problems of pharmacological and clinical research.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

702

KAVRAK O’SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI

Ochilov Behzod Salimovich

Tadjiyev Jamshid Jonuzokovich

Maxmudov Umidjon Maxmud o’g’li

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Akademik litsey biologiya o’qituvchilari

https://doi.org/10.5281/zenodo.10998111

Annotatsiya.

Kavrak (Ferula asafetida) kuchli oltingugurt hidli, dorivor moddalarga boy

bo’lgan va ko’pgina sharq davlatlarida bir necha asrlardan buyon ziravor, shu bilan birga xalq
tabobatida shifobaxsh o’simlik sifatida iste’mol qilinadi. So’ngi tadqiqotlar natijasida kavrakning
bir qator istiqbolli faol xususiyatlari aniqlandi. Uning antioksidantlik, ovqat hazm qilish
fermentlariga ta’siri, xotirani yaxshilash, neyrohimoyaviy, antispazmolitik, gipotenziv, antifungal,
antibakterial, antikanserogenlik, antitoksiklik, va antidiabetiklik xossalari bunga misol bo’ladi.
Kavrakning ushbu fitokimyoviy xossalari farmakologik va klinik tadqiqotlarning turli xil
muammolarini samarali hal qila oladi.

Kalit so’zlar:

Kavrak (Ferula asafetida), antioksidantlik, hazm fermentlariga ta’sir,

xotirani yaxshilash, neyrohimoyaviy, antispazmolitik, gipotenziv, antifungal, antibakterial,
antikanserogenlik, antitoksiklik, antidiabetiklik.

MEDICINAL PROPERTIES OF KAVRAK PLANT

Abstract.

Horsetail (Ferula asafetida) has a strong sulfur smell, is rich in medicinal

substances and has been used as a spice and a medicinal plant in folk medicine for centuries in
many eastern countries. As a result of recent studies, a number of promising active properties of
kavrak have been revealed. Examples of this are its antioxidant, digestive enzymes, memory
improvement,

neuroprotective,

antispasmodic,

hypotensive,

antifungal,

antibacterial,

anticarcinogenic, antitoxic, and antidiabetic properties. These phytochemical properties of kavrak
can effectively solve various problems of pharmacological and clinical research.

Key words

: Kavrak (Ferula asafetida), antioxidant, effect on digestive enzymes, memory

improvement,

neuroprotective,

antispasmodic,

hypotensive,

antifungal,

antibacterial,

anticarcinogenicity, antitoxicity, antidiabetic.

ЛЕЧЕБНЫЕ СВОЙСТВА РАСТЕНИЯ КАВРАК

Аннотация.

Хвощ полевой (Ferula asafetida) имеет сильный запах серы, богат

лекарственными веществами и на протяжении веков использовался как пряность и
лекарственное растение в народной медицине во многих восточных странах. В результате
последних исследований выявлен ряд перспективных активных свойств каврака.
Примерами этого являются его антиоксидантные, пищеварительные ферменты,
улучшение

памяти,

нейропротекторные,

спазмолитические,

гипотензивные,

противогрибковые, антибактериальные, антиканцерогенные, антитоксические и
противодиабетические свойства. Эти фитохимические свойства каврака позволяют
эффективно решать различные задачи фармакологических и клинических исследований.

Ключевые слова:

Каврак (Ferula asafetida), антиоксидант, действие на

пищеварительные ферменты, улучшение памяти, нейропротекторное, спазмолитическое,
гипотензивное,

противогрибковое,

антибактериальное,

антиканцерогенное,

антитоксичное, противодиабетическое.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

703

Kirish.

Bir necha asrlar davomida turli xalq vakillari ziravorlardan taomga xushbo’y hid

va ta’m berish maqsadida foydalanib kelmoqdalar. Ziravorlar taomga xushbo’ylik berishi bilan bir
qatorda oshqozon shirasini stimulyatsiya qilish xususiyatiga ham ega. Ular me’da shirasi ishlab
chiqarishni ko'paytiradi va ovqat hazm bo'lishiga yaxshi yordam beradi. Ular orasida kavrak
o’simligi alohida ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi.

Kavrak

- (Ferula asafetida) turkumi selderdoshlar (soyabonguldoshlar) - Apiaceae

(Umbelliferae) oilasiga mansub ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Kavrak kuchli oltingugurt hidli, shu bilan
birga ushbu o'simlik ildizidan sizib chiqadigan ekssudativ shiradan olinadigan qatronlar manbai
bo’lib, u xushbo'y ziravor sifatida ham har xil taomlar uchun butun dunyo bo’ylab keng iste’mol
qilinadi. Xalq tabobatida, astma, epilepsiya, oshqozon kasalliklari, meteorizm, ichak parazitlari,
hazm buzilishi, gripp kabi virusli kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi (Kalpana Platel, 2004).
Uning tibbiy ahamiyatga ega bo’lgan yana boshqa birikmalari ham klinik tadqiqotlar natijasida
o’rganildi. Kavrak o’z tarkibiga efir moylarini ham ba’zi turlarini qamrab oladi va bunday kuchli
hidli birikmalarning asosini oltingugurt tashkil qiladi. Undagi yog’lar tarkibida fitokimyoviy
moddalar asosan pinen, kadenin va vanillin mavjud bo’lib, qatroni esa umbelliferon,
asaresinotannol, foetidin, kamolonol va ferul kislotasi kabi fitobirikmalarni o'z ichiga oladi (Gopi,
2017). Bundan tashqari kavrak, uglevodlarni o'z ichiga olgan ba'zi ovqatlarni hazm qilishga
yordam beradi, shuningdek qondagi shakar miqdorini me’yorda saqlaydi, nafas olishda kuchli
stimulyator sanalib, balg'am ko’chiruvchi vosita sifatida, nafas siqishini bartaraf etadi. Kavrak
tarkibidagi uchuvchan yog’lar o'pka orqali tashqariga chiqariladi, shuning uchun xalq tabobatida
astma, ko'k yo'tal, bronxit va o'pka bilan bog'liq boshqa muammolarni davolash uchun qo’llaniladi.
Hatto sanoatda atir -upaning xushbo'y tarkibiy qismi sifatida ham ishlatiladi. Bu o’simlikdan
foydalanishdan oldin uning ba'zi qismlarini mayda holga keltirish talab etiladi shu bilan bir qatorda
o’simlik mahsulotlari juda oz miqdorda ishlatish tavsiya etiladi. U ko'plab yasmiqli taomlarda,
vegetarian oshxonalarida, turli suyuq sho'rvalarga qo’shishda ishlatiladi va baliq mahsulotlariga
ham o’zgacha ta’m bag’ishlaydi. Ziravor sifatida ishlatilganda uni yorug'lik, issiqlik va havodan
himoyalangan idishda saqlash kerak. Yuqorida aytib o'tilganidek, u o’tkir oltingugurt hidiga ega
lekin u odatda taomga qo’shilganda bartaraf bo’ladi.

O’simlikning organizmdagi ahamiyati.

Dori -darmon sifatida kavrak bir necha shaklda,

shu jumladan damlamasi va kapsulasini ham o'z ichiga oladi. Kavrak qatronlari uchun esa
me’yorni belgilash bo'yicha tavsiyalarni tasdiqlovchi hech qanday klinik dalillar yo'q, biroq,
an'anaviy ravishda tibbiy maqsadlarda sutkalik me’yor 200 dan 500 milligrammgacha bo'lgan
holda ishlatiladi. Bu shakli ba'zan bug'doy uni bilan birga suyultiriladi. Kavrak qon bosimini
pasaytirishga yordam beradigan tabiiy qonni suyultiruvchi vosita hisoblanadi. U kumarin moddasi
bilan to'yintirilganda, qonni suyultiradi va qon aylanishini yaxshilaydi, shu bilan birga qon
quyqalarini tozalab, uning hosil bo’lishini oldini oladi. Ba'zi tadqiqotchilar kavrakning ko’pgina
turlarida foydali yurak -qon tomir ta'siriga ega bo'lgan ba'zi fitokimyoviy moddalarni ajratib
olishdi. Biz to’rt hafta mobaynida “Vistar” zotli oq kalamushlar ustida olib borgan tadqiqot
natijalariga ko’ra, kavrakning gidro-alkogolli ekstrakti nazorat guruhlarga nisbatan tajribadagi
hayvonlarda vaznning birmuncha oshishiga olib keldi. Bu esa o’z o’zidan ma’lumki, kavrak
ekstrakti oshqozonichakda hazm fermentlari ishlab chiqarishning ham sezilarli faollashuviga olib
keladi. Hayvonlarga oid boshqa tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, saqich ekstrakti asal bilan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

704

qo’llanilganda o'rtacha arterial bosimni sezilarli darajada pasaytiradi. Saqich ekstrakti ham qon
bosimi va umumiy yurak-qon tomir salomatligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan fitobirikmalardan
iborat Biroq, haddan tashqari ko’p iste'mol qilish ko'ngil aynishi, qusish, diareya va siydik
chiqarish paytida noqulaylik kabi salbiy ta'sirga olib kelishi mumkin. Ba'zan ushbu o’simlik
preparatlarini qabul qilish xavfsiz ko’rinsada, ularni homilador va emizikli onalar va bolalar qabul
qilmasligi tavsiya etiladi. Bolalar tomonidan qabul qilinganida, aks ta’sir ko’rsatib, hayot uchun
xavfli qon kasalliklariga olib kelishi mumkin. Preparatlarni yuqori miqdorda qabul qilganda, yoki
ziravor sifatida me’yordan ortiq iste’mol qilganda labning shishishi, yuzdagi shish ajinlari,
meteorizm, diareya, bosh og'rig'i, konvulsiyalar va qonning buzilishiga olib kelishi mumkin. Agar
menopauzadan oldin ayollarda uzoq vaqt qo’llanilsa, u hayz davrining buzilishiga olib kelishi
mumkin Qon ketishining buzilishi, epilepsiya yoki (past yoki yuqori) qon bosimi uchun tavsiya
etilmaydi. Shu bilan bir qatorda, oshqozon -ichak shirasini ko’paytirishi hisobiga, uni ovqat hazm
jarayoni buzilishi paytida ehtiyotkorlik bilan iste'mol qilish tavsiya etiladi. Kavrak fitobirikmalari
qon ivishini sekinlashtirishi mumkin, shuning uchun uni qoni nisbatan suyuq yoki yuqori qon
bosimi ta'sirida bo’lgan bemorlarning jarrohlik amaliyotidan kamida ikki hafta oldin iste’mol
qilishni to’xtatish tavsiya etiladi.

Kavrak o’simligi

preparatlarining, antikoagulyantlar, antitrombotsitlar va antigipertenziv

dorilar bilan o'zaro ta'siri ham o’rganilgan, shundan kelib chiqib, ayollarda ham tug'ruqdan keyin
qo’llash foydali hisoblanadi. An'anaviy ko'rsatmalar va so'nggi tadqiqotlar kavrakni asab
tizimining ishiga, ayniqsa, neyrohimoyaviy va nevrologik stimulyatorlik ta'sirga ega ekanligini
ham yaqqol ifodalaydi. Kavrak parhezidan foydalanishda antioksidantlik xususiyati hisobidan
demensiya terapiyasiga qo'shimcha sifatida ishlatilishi mumkin. Uning gidro-alkogolli
ekstraktlarining antioksidant xossalari oksidlovchi stressni ta'sirini kamaytiradi, umuman,
ziravorlar sifatida me'da shirasining sekretsiyasini kuchaytira olishi sababli, hazmda oshqozonga
yordam beradi. Uning qo’zg’atuvchanlik faoliyati, oshqozon osti bezi hazm qilish fermentlariga
ham ijobiy ta'siridan kelib chiqadi, chunki iste'mol qilinadigan ko'plab ziravorlar oshqozon
fermentlarning faolligini oshiradi (Kalpana Platel, 2004). Fermentlar faoliyatiga ijobiy ta'siri,
oshqozon osti bezi to'qimasida ovqat hazm qilish fermentlari titrining oshishiga olib kelishi
mumkin. Kavrakning organizmga ko’pgina ijobiy ta’sirlari sirasiga har xil zamburug'lar va
bakteriyalarni davolashda ishlatiladigan xossalari ham kiradi. Uning xom ekstraktlari turli
qo'ziqorin va bakteria shtammlarga qarshi faol deb baholanadi (Gopi, 2017). Jumladan, Bacillus
subtilis, Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa va Aspergillus niger
bakterialariga qarshi qo’llashda diffuziya usuli ularni kavrakning spirtli va suvli ekstraktlariga
sezilarli ta'siri borligini ko'rsatdi (Razieh Niazmand 1, 2021). Shu bilan bir qatorda, kavrakni oziq-
ovqat sanoatida tabiiy antioksidant sifatida xavfsiz va samarali ishlatish mumkin. Kavrak
ekstraktining minimal me’yori (10 mg / 100 mg) sezilarli ta'sir ko'rsatadi, jumladan, yo'g'on ichak
kanserogeneziga qarshi kimyohimoyaviy vositachi sifatida ham xizmat qiladi.

Xulosa

o’rnida shuni ta’kidlash joizki, Kavrak dorivor o’simliklar qatoriga kiritilgan

bo’lib, undan tibbiyotda ko’plab irsiy bo’lmagan kasalliklarni, qon tomir, nafas olish, ovqat hazm
qilish tizimidagi muammolarni oldini oluvchi va davolovchi fitopreparat sifatida foydalaniladi.
Ushbu jihatlarni hisobga olgan holda, uni kundalik ovqatlanish ratsionida yetarli miqdorda va


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

705

belgilangan me’yordan ortiq bo’lmagan holda ist’emol tavsiya etiladi. Bundan tashqari,
ovqatlanish rejimiga to’g’ri rioya qilish va me’yorida ovqatlanish maqsadga muvofiq bo'ladi.


REFERENCES

1.

Asafoetida (2021). Получено из emedecinehealth:
https://www.emedicinehealth.com/asafoetida/vitamins-supplements.htm

2.

Bisht P.M. (2012). Ferula asafoetida: Traditional uses and pharmacological activity.
Pharmacogn Rev., 6(12): 141–146.

3.

Bisht P.M. (2012). Ferula asafoetida: Traditional uses and pharmacological activity.
Pharmacogn Rev., 6(12): 141–146.

4.

Gopi A.A. (2017). Biological activities and medicinal properties of Asafoetida: A review.
J Tradit Complement Med, 7(3): 347–359.

5.

Kalpana Platel, K. (2004). Digestive stimulant action of spices A myth or reality. INDIAN
j MED, 167-179.

6.

Mohammad Fatehi 1, F. F.-H. (2004). Antispasmodic and hypotensive effects of Ferula
asafoetida gum extract. J Ethnopharmacol, 91(2-3):321-4. doi:
10.1016/j.jep.2004.01.002.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов