Authors

  • I. X. Аyubova
  • Iqbol Yõldosheva
  • Abdumajidova Guljaxon

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31242

Keywords:

environment pollution chemicals natural pollution.

Abstract

This article discusses the main causes of environmental pollution and types of pollution. Reasonable opinions and comments are used throughout the article. Conclusions and suggestions are given at the end of the article.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

941

ATROF-MUHITNING TABIIY VA ANTROPOGEN YO’LLAR BILAN IFLOSLANISHI

Аyubova I. X.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika unversiteti

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi kafedrasi dotsenti, p.f.f. d., (PhD)

Yõldosheva Iqbol Xõjamurodovna

Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika unversiteti talabasi

Abdumajidova Guljaxon

Islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika Unversiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11029699

Annotatsiya.

Mazkur maqolada atrof-muhit ifloslanishining asosiy sabablari hamda

Ifloslanish turlari haqida fikr yuritilgan. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalardan
foydalanilgan. Maqola so’nggida xulosa va takliflar keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

atrof-muhit, ifloslanish, kimyoviy moddalar, tabiiy ifloslanish.

ENVIRONMENTAL POLLUTION BY NATURAL AND ANTHROPOGENIC

WAYS

Abstract.

This article discusses the main causes of environmental pollution and types of

pollution. Reasonable opinions and comments are used throughout the article. Conclusions and
suggestions are given at the end of the article.

Key words:

environment, pollution, chemicals, natural pollution.

ЗАГРЯЗНЕНИЕ ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЫ ЕСТЕСТВЕННЫМИ И

ТЕХНОГЕННЫМИ ПУТЯМИ

Аннотация.

В данной статье рассмотрены основные причины загрязнения

окружающей среды и виды загрязнений. На протяжении всей статьи используются
обоснованные мнения и комментарии. Выводы и предложения приведены в конце статьи.

Ключевые слова:

окружающая среда, загрязнение, химические вещества, природное

загрязнение.


KIRISH

Sayyoramizdagi hayotiy muhitlar: havo, suv, tuprog'-u zamin va o'simlig-u hayvonlar olami

hamda boshqa ko'plab muhim omillarning tabiiy sifat va miqdor ko'rsatkichlari hozirgi davrda keskin
o'zgargan. Bunga insonlarning o'zlari sababchi, albatta. Aniqroq fikr bildiradigan bo'lsak, shu paytgacha
insonlar barcha tur tabiiy manbalarga, ya'ni organik va noorganik borliqdan foydalanishda atrof —
muhitga katta ziyon etkazgan desak, aslo xato bo'lmaydi. Ta'kidlash joizki, hozirgacha yer yuzida 80
mlrd. kishidan ortiq odamlar yashab o'tgan (Fransiyalik olimlarning hisob - kitobi) va so'zsiz, tabiatga
turli davrlarda turlicha ta'sir ko'rsatishgan.

Yer yuzida odam zoti paydo bo'libdiki, o'zining barcha hayoti va faoliyati ehtiyojlarini to'la

qondirish maqsadida atrof - muhitdagi hayotiy omillarga nisbatan doim tejamsizlik (nooqilona)
munosabatida bo'lgan. Albatta, dastlabki davrlarda, ya'ni odamlar son jihatdan unchalik ko'p bo'lmagan
ibtidoiy zamonlarda, tabiiy hududlar Yer yuzida yetarli darajada mo'l bo'lgan va atrof — muhit o'z tabiiy
ko'rsatkichlarini tiklab turishga muvaffaq ham bo'lgan. O'zini o'zi tiklay olish xislati tabiatga xos ekanligi
ilmiy manbalarda yetarli darajada asoslab berilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

942

Yuqoridagilardan tashqari, qayd etish joizki, o'tgan bir necha ming yilliklarda mehnat qurollari

va turli sohalarda ishlatiladigan asbob-uskuna, boshqa vositalar ham hozirgidek, texnik jihatdan
murakkab, ayniqsa, unchalik ko'p ham bo'lmagan. Demak, tabiiy muhit va hayotiy manbalarga kuchli
ta'sir o'tkazilmagan, desa bo'ladi. Atrof-muhit va tabiatga ta'sir so'nggi yuz yillik - XX asrda nihoyatda
kuchayganligi, asosan, fan-texnika misli ko'rilmagan yuqori darajada bo'lganligidir.

Yer yuzida odamlar sonining jadallik bilan ortishi, shu bilan birga, ayniqsa, texnik taraqqiyot

natijasida atrof-muhit va Yer tabiatida chuqur ekologik o'zgarishlar amalga oshdi. Ma'lumotlarga
qaraganda, 1000 yil oldin jami odamzod Yer yuzida atigi bir necha yuz million kishinigina tashkil etgan,
XX asr boshiga kelib, 1,5 mlrd dan sal ortiqroq bo'lgan. So'ngra demografik o'sish nihoyatda kuchaygan
(Demografiya - aholishunoslik fan sohasi). Fikrimiz isboti uchun ta'kidlash mumkin: 1940 yilda butun
dunyoda odamlar soni 2,3 mlrd, 1980 yili - 4,4 mlrd va 2000 yilga kelib esa, 6 mlrd kishidan ortib ketgan.

O'tgan asrda ilrn-fan va texnik kashfiyot va ixtirolar turli soha ishlab chiqarishlarida amalda keng

qo'llanila boshlandi ham. Buning negizida, so'zsiz - cheksiz ko'payib borgan insoniyat talab-ehtiyojlarini
to'laroq qondirish zaruriyati yotadi, albatta. Kerakli barcha modda, mahsulot va materiallar faqat tabiiy
manbalardan beayov foydalanish hisobigagina olina boshlandi: o'rmonlar qirqildi, bo'sh yotgan quraq
Yerlar qishloq xo'jaligi maqsadlari uchun o'zlashtirildi, ko'plab suv omborlari tashkil qilindi, turli-tuman
yer usti va yer osti qazilma boyliklari qazib olinib, qayta ishlana boshlandi va hokazo. Xullas, dunyo
miqyosida har xil sanoat korxonalari, texnika — transport vositalari, energetika inshootlari faoliyat
ko'rsata boshladi.

Ko'pchilikka yaxshi ayonki, deyarli hamma texnik va texnologik qurilmalardan atrof-muhitga

tarkib-tuzilmalari bo'yicha o'ta zararli yot unsurlar, chiqindi moddalar sifatida, chiqarib tashlanmoqda.

Ular gaz, suyuq va qattiq holatdagi kimyoviy modda - mahsulotlardir. Aslida, ularni qayta

ishlash ham mumkin. Lekin, ko'p hollarda, nafaqat qayta ishlash, hatto, ular yetarli daraj'ada tozalanmay
va zararsizlantirilmasdan tashlab yuboriladi. Hozir ham, ko'pincha, shunday. Natijada, hayotiy muhitlar
o'z tabiiy ko'rsatkichlarini yo'qotib, o'zgarib, pirovard natijada turli xil muammolar yuzaga keldi. Quyida
Yerdagi 4 asosiy hayotiy muhitlar misolida, shu haqda ma'lumot beriladi.

Havo muhitining Ifloslanishi.

Ma'lumki, barcha tabiiy omillar uchun eng zarur havo muhitidir.

Boshqacha aytganda, havo Yerdagi jami tirik organizmlar (o'simliklar va hayvonlar) hamda jonsiz tabiat
— mineral jinslar o'rtasidagi uzluksiz modda — energiya almashinish jarayonlarini amalga oshishini
ta'minlaydi. Havo muhiti bo'lmaganda hayot ham bo'lmas edi.

Nihoyat, havo asosiy hayotiy muhit bo'lishi bilan birga, Yer ob-havosi, uning iqlim sharoitini,

davriy ravishda, takror shakllanib turishi uchun muhim omildir ham. Fikrimizni tasdiqlash uchun olim
va mutaxassislar amalga oshirgan ayrim ilmiy kuzatuv hamda tadqiqot ishlari natijalarini bayon etamiz.

Aniqlanishicha, havo muhiti bo'lmasa, Yer yuzida kecha va kunduz haroratlari 200 °S gacha bir-

biridan farq qilishi mumkin ekan. Tabiiyki, bunday sharoitda hech bir jonzot, yashamasligi aniq,
umuman, bunga chidashi ham mumkin emas.

Havo, nafas olish manbailigidan tashqari, yuqorida ta'kidlangandek, ko'plab Yerdagi tabiiy

jarayonlarni talab darajasida amalga oshishi uchun asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Birgina misol, har
yili qayta-qayta takrorlanib turadigan yil fasllari, ularning o'ziga xos ob-havo, yog'in-sochini va boshqa
iqlimiy ko'rsatkichlarning namoyon bo'lishi aynan atmosfera vositasi tufaylidir.

Dunyo miqyosida, evolyutsion tarzda, kishilik jamiyatining rivojlanishi amalga oshib, davrlar

o'tish bilan asta-sekin turli-tuman sanoat korxonalari, energetik inshoot va shunga o'xshash texnogen


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

943

omillar vujudga kelib, ularning faoliyati sabab, atrof tabiiy muhitga salbiy ta'sir kuchaya bordi.
Jumladan, havoga juda ko'plab har xil gaz, iflos gazsimon va zararli moddalar chiqarib yuborila
boshlandi.

Havo muhitida kimyoviy birikmalar, kislorod gazi va suv bug'lari bilan ta'sirlashib, quyosh

nurlari vositasida, har xil kimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlarni sodir etub, yanada xavfli kimyoviy
birikmalarni hosil qilishi olib borilgan tadqiqot va kuzatuvlar natijasida isbotlangan. Masalan, kislotali
yomg'irlar, turli rangda va sifatdagi yog'ilgan qorlar, «Ozon yorig'i» va "Atmosfera dimiqishi" kabi
muammolar aynan shunday o'zgarishlarning oqibat natijasidir. Xususan, sanoati va texnik vositalari
nihoyatda ko'p bo'lgan Ovro'pa shaharlari havo muhitida kuzatiladigan achchiq (ko'zni yoshlantiruvchi)
qora-qurum tutun (smog) lar ham havoga chiqarib yuborilayotgan zaharli gaz moddalari va ulardan hosil
bo'lgan birikmalar mahsullari hisoblanadi.

Hozirgi davrga kelib, shuni alohida qayd etmoq kerakki, havoni ifloslaydigan texnik-texnologik

omillar juda ko'paygan. Misol uchun, metallurgiya sanoatida faoliyat ko'rsatuvchi birgina d о m n a
qurilmasi faoliyatini olib ko'raylik.

Ularda tabiiy ma'danli mineral jinslar qayta ishlanadi. Bunda, muayyan metall ajratib olinishi

bilan birga, havoga yuqori haroratda tonnalab is gazi, hamda karbon. azot va oltingugurt oksidlari, metan
va boshqa karbonvodorod birikmalari kabilar tashlab yuboriladi. Shunga o'xshash chiqindi gazlar
qozonxona, issiqlik stansiyalari. turli texnik-transport vositaiaridan ham chiqarib yuboriladi.

O'tkazilgan hisob - kitoblarga ko'ra, shu narsa ham aniqlanganki, 1 ta yengil avtomashina 1 yil

davomida, o'rtacha harakar faoliyati bilan, 2 t miqdorda benzin sarf etadi. Buning uchun havo muhitidan
30 t kislorodni olib ishlatib, uning o'rniga har xil qizigan holdagi gaz moddalarni. ya'ni 60 kg is gazi, 50
kg metan va boshqa karbonvodorodlar, 30 kg azot oksidlari, 5 kg turli aralashma (aerozol) lar, 3 kg gacha
oltingugurt oksidi, 5 kg benzopirin, 700 kg yuqori haroratli karbonat angidridi va boshqalarni chiqaradi.

Hozirgi davrda, dunyo miqyosida olib qaralsa, har xil rusumdagi bir necha yuz millionlab

avtomobillar, yuk mashinalari, samolyot va paraxodlar, shuningdek, ichki yonish dvigatellariga
asoslangan turli texnik vositalardan ham foydalaniladi. Bular uchun, xomashyo sifatida, xilma xil tarkib
tuzilma va sifatdagi yonilg'ilar - neft va ko'mir mahsulotlari, yonuvchi tabiiy gaz va hokazolar ishlatiladi.
Pirovard natijada esa, havoga, yuqorida qayd etilgandek. turli xil zaharli chiqindi moddalar tashlab
yuborilmoqda.

Yana bir misol, XX asrning 80-yillarida olib borilgan kuzatuvlar va bajarilgan hisob-kitoblarga

ko'ra, 1 yil davomida butun dunyo bo'yicha havo (atmosfera) muhitiga 260 mln t atrofida karbon
oksidlari, xuddi shuncha oltingugurt oksidi, 50-60 mln t miqdorida azot oksidlari, karbonvodorodlar va
boshqa xil gazsimon organik birikmalar chiqarib yuborilgan. Hozirgi kecha-kunda atrof - muhitga
chiqarilayotgan gaz va gazsimon chiqindilar bundan ham ko'p bo'lib, ular, ayniqsa, havo muhitini
dahshatli sur'atda ifloslab buzmoqda. Ana shunday chiqit gazlarni hosil qilib chiqarib tashlaydigan
texnik-transport vositalari ham, energetik qurilma va inshootlar ham, sanoat korxonalari va boshqa
manbalar ham dunyo miqyosida hozirgi paytda nihoyatda ko'payib ketgani hammamizga yaxshi ayon.

Yuqoridagilardan tashqari, yangi yaratilgan texnik vositalar, mehnat va urush qurollari, hatto,

fazoni tadqiq qilishga mo'ljallangan uchish vosita (raketa) lar sinovi, hamda u yoki bu muayyan Yer
hududlarida olib boriladigan turli darajadagi urushlar natijasida ham, ko'plab gaz chiqindilari havoni
ifloslantirmoqda. Shu kabi ifloslanishlar sabab ham, Yer atmosferasida turli toifadagi ekologik
muammolar yuzaga keldi. «Ozon yorig'i», «Havo dimiqishi» («Parnik effekti»), iqlim va ob-havo


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

944

ko'rsatkichlarining qator yer hududlarida o'zgargani, ayniqsa, suv toshqinlari, kutilmagan paytda haddan
tashqari yog'in-sochinlarning bo'lishi, kislotali yomg'irlar va hokazolar shular jumlasiga kiradi.

Havo muhiti bilan bog'liq turli ekologik muammolarni bartaraf qilish bo'yicha zarur chora-

tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirilmas ekan, yerda kelgusida hayot umuman katta xavf ostida
qolishi mumkin. Shuning uchun ham dunyo hamjamiyati yakdillik bilan, birlashgan holda, havo muhiti
(atmosfera) ni muhofazasiga doir bir qator zarur chora-tadbirlarni ishlab ham chiqqan. Shu bilan
birgalikda, har bir davlat o'z hududida aniq ishlarni bajarishi zarurligi ham belgilangan. Shu bilan bog'liq
holda, bizning fikrimizcha, havo muhitni ifloslantiradigan turli manbalarni qat'iy nazorat ostiga olib,
kerak bo'lganda, hatto, ular faoliyatini taqiqlab qo'yish maqsadga muvofiq. Xususan, sovutish
vositalarida freon (xlor-ftorli karbonvodorod birikma) larni qo'llashni ta'qiqlangani ayni muddao, albatta.

Atrof-muhitning ifloslanishi ham tirik mavjudot, ham sayyora va ham odamlarning

sog'lig'iga bevosita ta'sir ko'rsatadigan asosiy muammolardan biridir. Ushbu ifloslanish har kuni
ijtimoiy va sanoat rivojlanishi tufayli ortib boradi. Turli xil

Ifloslanish turlari

kelib chiqishi va

holatiga qarab. Har qanday ifloslanishning sabablari va oqibatlari bor

.

Atrof muhitning ifloslanishi nima?
Birinchidan, atrof-muhitning ifloslanishi nima ekanligini bilish va u erdan qolgan

ifloslanish turlarini yoki turlarini aniqlash. Atrof-muhit ifloslanishi haqida gapirganda, biz har
qanday turini kiritish haqida gapiramiz atrof muhitga turli xil zararli o'zgarishlarni keltirib
chiqaradigan kimyoviy, fizik yoki biologik

vosita.

Ushbu o'zgarishlar umuman biologik xilma-

xillikning salomatligi, farovonligi va hayotiga ta'sir qilishi mumkin yoki ta'sir qilmasligi ham
mumkin.

Ifloslantiruvchi moddalar, masalan, pestitsidlar, gerbitsidlar, ifloslantiruvchi gazlar va neft,

radiatsiya va shahar chiqindilari kabi boshqa kimyoviy moddalar bo'lishi mumkin. Odamlar turli
xil ifloslantiruvchi elementlarning shakllanishini shart qiladigan turli xil iqtisodiy faoliyatga ega.
Sanoat, savdo yoki tog'-kon sanoati kabi inson faoliyati yuqorida aytib o'tilgan ushbu
ifloslantiruvchi moddalarning ko'pini ishlab chiqarishda.

Atrof muhitning ifloslanishi bevosita mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi bilan

bog'liq. Agar mamlakat rivojlangan bo'lsa, uning ifloslanishi ko'proq bo'lishi odatiy holdir. Shu
sababli barcha mamlakatlarda barqaror rivojlanish kontseptsiyasini joriy etish zarur.

REFERENCES

1.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Т., "O'zbekiston", 1999

2.

S.Gulomov M, Jo rayev Y. Ekologiya : jinoyat va jazo. Т., "O'zbekiston".

3.

Roziqov K. Atrof-muhit va inson ekologiyasi muammolari, Т.,TITLP,

4.

S.Roziqov K, To'xtayev S, Nigmatov A, Sultonov R . Ekologiya va atrof- muhit haqida
yetti saboq . Т., "Bioekosan", 2004

5.

RafiqovA. Geoekologik muammolar. -Т., "O'qituvchi", 1998

6.

T.Ergashev A. "Umumiy ekologiya" Т., "O'qituvchi" 2002

References

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Т., "O'zbekiston", 1999

S.Gulomov M, Jo rayev Y. Ekologiya : jinoyat va jazo. Т., "O'zbekiston".

Roziqov K. Atrof-muhit va inson ekologiyasi muammolari, Т.,TITLP,

S.Roziqov K, To'xtayev S, Nigmatov A, Sultonov R . Ekologiya va atrof- muhit haqida yetti saboq . Т., "Bioekosan", 2004

RafiqovA. Geoekologik muammolar. -Т., "O'qituvchi", 1998

T.Ergashev A. "Umumiy ekologiya" Т., "O'qituvchi" 2002