Authors

  • Aziza Husenova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31383

Keywords:

Mediation mediator principles of mediation mediation agreement civil legal dispute arbitration court integration.

Abstract

This article provides detailed information on the role of the institution of mediation in civil and economic proceedings, the concept of mediation, the main purpose of mediation and the history of its development, as well as procedural features of the use of mediation in civil legal disputes.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1064

FUQAROLIK SUDLOV FAOLIYATIDA MEDIATSIYA INSTITUTINING O‘RNI VA

UNI QO‘LLASHNING PROTSESSUAL XUSUSIYATLARI

Husenova Aziza Abubakirovna

Buxoro viloyati yuridik texnikumi o’qituvchisi.

Telefon: +998(99) 926 11 25.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11075976

Annotatsiya.

Mazkur maqolada fuqarolik va iqtisodiy protsessda mediatsiya institutining

o‘rni, mediatsiya tushunchasi, mediatsiyaning asosiy maqsadi va rivojlanish tarixi shuningdek,
fuqarolik huquqiy nizolarda mediatsiyani qo‘llashning

protsessual xususiyatlari to‘g‘risida

batafsil ma’lumot bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

Mediatsiya, mediator, mediatsiyaning prinsiplari, mediatsiya shartnomasi,

fuqarolik huquqiy nizo, hakamlik sudi, integratsiya.

THE ROLE OF THE MEDIATION INSTITUTION IN THE ACTIVITY OF CIVIL

JUSTICE AND THE PROCEDURAL FEATURES OF ITS APPLICATION

Abstract.

This article provides detailed information on the role of the institution of

mediation in civil and economic proceedings, the concept of mediation, the main purpose of
mediation and the history of its development, as well as procedural features of the use of mediation
in civil legal disputes.

Key words:

Mediation, mediator, principles of mediation, mediation agreement, civil legal

dispute, arbitration court, integration.

РОЛЬ ИНСТИТУТА МЕДИАЦИИ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ГРАЖДАНСКОГО

ПРАВОСУДИЯ И ПРОЦЕССУАЛЬНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ЕГО ПРИМЕНЕНИЯ

Аннотация.

В данной статье представлена подробная информация о роли

института медиации в гражданском и экономическом судопроизводстве, понятии
медиации, основной цели медиации и истории ее развития, а также процессуальных
особенностях использования медиации в гражданско-правовых спорах.

Ключевые слова:

Медиация, медиатор, принципы медиации, медиативное

соглашение, гражданско-правовой спор, арбитражный суд, интеграция.

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlar rivojlanib borar ekan,

bozor munosabatlarining subyektlari o‘rtasida turli nizolar vujudga kelishi tabiiy holat
sanaladi. Amaliyot ham oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqayotgan nizoli holatlar kam
emasligini ko‘rsatmoqda. Bu kabi nizolashayotgan taraflar masalaning yechimini topish
maqsadida an’anaviy yo‘lni tanlashga, ya’ni sudga murojaat qilishlariga to‘g‘ri keladi. Hozirgi
kunda rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgacha olib bormasdan, muqobil
yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan mediatsiya yarashtiruv protsedurasi alohida ahamiyat kasb
etmoqda. O‘zbekistonda ham chinakam bozor mexanizmlarining joriy qilinishi va amalga
oshirilishi bozor munosabatlarining har bir sohasini tartibga soluvchi zarur huquqiy zamin
yaratilishini talab qiladi. Avvalo

mediatsiya tushunchasiga alohida to‘xtaladigan bo‘lsak,

ko‘pchilikka tanish bo‘lib

ulgurgan bu so‘z lotin tilidagi “mediare” so‘zidan olingan

bo‘lib,“vositachilik qilish,

kelishtirish

maqsadida aralashish” degan ma’nolarni bildiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1065

Mediatsiya – bu bir birini tushunish va nizoli holatni bartaraf etuvchi bitim tuzishga

erishish maqsadida xolis shaxs – mediator (vositachi) ishtirokida taraflarning erkin
muzokaraga kirish yo‘li bilan nizoni muqobil hal qilish usulidir. Dastlab ilk marotaba Vavilon,
Qadimiy Gresiya va Qadimiy Rimda mediatsiyani qo‘llash qayd etilgan. Rim huquqida
Yustinian kodeksidan boshlab (miloddan avvalgi VI-asr) bahs- munozaralarni hal qilish
uchun vositachilik tan olingan. Vositachilarga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lishgan.

Ularni ruhoniylar bilan bir qatorda qo‘yishgan. Mediatsiya texnologiyasi asosan savdoda

qo‘llanilgan.

BMT ustavining 33-moddasida mediatsiya (vositachilik) nizolarni hal etish vositasi

sifatida tan olingan

1

. Shuningdek, Yevropa parlamenti va kengashining 2008-yilgi

52-

direktivasida fuqarolik va tijorat nizolarida mediatsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif
beriladi: “taraflar boshlab bergan yoki sud tomonidan tayinlangan yoxud milliy qonunchilik
bilan belgilanganidan qat’i nazar, ikki yoki undan ortiq nizolashuvchi taraflarning nizoni hal
etish to‘g‘risida kelishuvga erishish maqsadida uchinchi shaxsga murojaat etish jarayonidir”.

Mediatsiyaning

maqsadi – nizolashuvchi

taraflarning

nizolarini

mustaqil, o‘zaro

foydali shartlar asosida hal etish imkoniyatini topishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lib, uning
asosiy tamoyillariga ixtiyoriylik, taraflarning tengligi, betaraflik, mediatorning xolisligi,
maxfiylik kabilar kiradi. Mediatsiya jarayoni muzokaralardan iborat bo‘lib, uning muvaffaqiyati
nafaqat taraflarning kelishmovchiliklarini hal etishga bo‘lgan irodasi va intilishi, balki
mediatorning tajribasi va mahoratiga ham bog‘liqdir.

Mediatsiya suddan tashqari tartibida, bahs-munozarani sud tartibida ko‘rib chiqish

jarayonida,

sudning qaror chiqarish uchun zalni tark etishidan oldin. Agar gap Hakamlik sudi

haqida ketayotgan bo‘lsa, shakl xuddi shunday bo‘ladi. Mediatsiyada ishtirok etish fakti aybga
iqror bo‘lishning isboti hisoblanmaydi.

Mediatsiyaga nisbatan jamiyatda vujudga kelgan ehtiyoj o‘tgan asrda yangi kasb –

mediatorlarning shakllanishiga olib kelgan. Mediatorlar dalillarni tekshirmaydi va taraflarning
talablari qonuniyligiga baho bermaydi, aksincha, ularning asosiy vazifasi – taraflar o‘rtasida bir-
birlarini tushunishga, taraflar uchun

maqbul

shartlarda muammoni hal etishimkoniyatlarini

izlash va hal etishga ko‘maklashishdan iboratdir. Mediatsiya – majburiy kuchga ega bo‘lmagan,
taraflarning ixtiyoriyligiga asoslangan konfidensial jarayon. U nizolashayotgan taraflarning
ixtiyoriga ko‘ra tanlab olingan betaraf uchinchi shaxsning vositachiligida shartnomaviy
huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizoni o‘zaro murosa – yarashuv yo‘li bilan huquqiy
asosda hal etish jarayonidir. Betaraf uchinchi shaxs – mediator.

Ko‘plab davlatlarda mediatsiya instituti huquqiy voqeligining ajralmas qismi hisoblanadi.
Zamonaviy tushunchalarda mediatsiya XX-asrning ikkinchi yarmida AQSh, Avstraliya

va Buyuk Britaniyada rivojlana boshlagan. Mediatsiyaning yanada rivojlanishi va dunyo
bo‘ylab keng yoyilishiga hozirgi Amerika modeli ulkan ta’sir ko‘rsatdi. Jahonning aksariyat
davlatlarida nizolarni hal qilishning muqobil usullaridan biri mediatsiya qonun bilan tartibga
solingan bo‘lib, nizolarning asosiy qismi sudga murojaat etilmasdan muzokaralar yo‘li bilan hal
qilib kelinmoqda. Nizolashuvchi shaxslar mediatorni o‘zlari tanlaydilar va mediatsiya

1

Qarang. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1066

jarayoniga ixtiyoriy kirishadilar. Sudda taraflar sudyani tanlay olmaydi, sudga esa faqat yashash
joylari bo‘yicha murojaat qilishga majburlar; agar sudning vazifasi taraflarning qaysi biri haq
yoki aybdorligini aniqlashdan iborat bo‘lsa, mediatsiya taraflarning kelishuviga erishishga
hamda mediatorning yordami bilan nizoni hal qilishning turli xil yechimlarini muhokama qilishga
qaratilgan; sudda nizolashayotgan taraflar sud qaroridan norozi bo‘lgan taqdirlarida ham uni
bajarishga majburlar. Mediatsiyada barcha qarorlar faqat taraflarning o‘zaro kelishuvi asosida
qabul qilinadi va ular ixtiyoriy ravishda uni bajarish majburiyatini oladilar, mediatsiya
sud jarayoniga nisbatan maxfiy tarzda o‘tkaziladi va har bir taraf istagan vaqtida uni davom
ettirishdan bosh tortishi mumkin, sudda esa aksincha, muzokaralarni istalgan vaqtda
tugatib bo‘lmaydi, jarayon ham oshkora bo‘ladi; sudlarning ish hajmi shu darajada yuqoriki,
ishlarni ko‘rib chiqish bir necha oy va undan ortiq vaqtga cho‘zilib ketadi, mediatsiya jarayoni
esa juda qisqa muddatda ham yakunlanishi mumkin; mediatsiya sud jarayoniga qaraganda har
tomonlama tejamli bo‘ladi. Mediatsiya sud jarayonining muqobil usuli bo‘lib, sudga nisbatan
qator farqlarga ega: mediatsiyada taraflar istaganlaricha barcha masalalarni bemalol
muhokama qiladilar; sud jarayoni protsessual qonunlar doirasida o‘tkaziladi, qaror faqat
qonunga asoslanib qabul qilinadi, mediatsiyada esa qarorni taraflarning o‘zlari qabul qiladilar.

Mediatsiya nazariy jihatdan nizolarni hal qilishning arzon va tezkor shakli hamda sud

jarayoniga norasmiy alternativ hisoblanadi. Mediatsiya nizolarni hal qilishning boshqa usullari,
xususan nizolarni sud tartibida hal qilishdan o‘zining bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi.

Jumladan, nizolarni hal qilishning muqobil protsedurasi

sifatida,

mojaro

ishtirokchilariga nizolarni hal qilish variantlarini mustaqil ravishda belgilash huquqini berish
kabi afzalliklarga ega. Shu bilan birga, nizo tomonlari moliyaviy mezonlari, raqobatbardoshligi,
bozor narxlari va ishbilarmonlik obro‘sini hisobga olgan holda ularning tijorat ehtiyojlaridan
kelib chiqib manfaatli yechim to‘g‘risida kelisha olishlari mumkin. Mediator va sudyalar
o‘rtasidagi farq tomonlarning da’volarini va ularning huquqlarini belgilovchi omillarni
tahlil qilish uchun qo‘llanilishi kerak bo‘lgan muayyan standartlar yoki qoidalarning
yo‘qligidadir. Mediatsiyaning yana bir afzalligi uning maxfiyligi, shuningdek vositachining
tomonlarga o‘zlariga mos keladigan har qanday yechimni ishlab chiqishda yordam berish
huquqidir. Mediatsiya shartnomasi nizoli tomonlarning o‘zaro roziligi bilan tuziladi. Nizoni shu
tarzda hal qilish to‘g‘risidagi band nizoni muzokaralar jarayonida hal qilishning eng qulay va
sodda variantidir. Mediatsiyadan foydalangan holda muzokaralar nizo yuzaga kelgan
bosqichda, shuningdek nizoli tomonlar nizolarni hal qilishning boshqa jarayonlariga, shu
jumladan

sud

protseduralariga

kirganda

ham

foydalanishlari

mumkin.

Faoliyat

ko‘rsatkichlariga ko‘ra, nizolarni mediatsiya usuli bilan hal qilish nizoning barcha
bosqichlarida muvaffaqiyatli bo‘ladi.

Bugungi kunda yurtimizda, asosan, mediatsiya, hakamlik sudlari va apellatsiya kengashi

sudgacha nizolarni hal qilish vositasi bo‘lib bormoqda.

O‘zbekistonda davlat organlarining aholi bilan muloqotini takomillashtirish, fuqarolar

huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda ularning muammolarini hal
etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek,

ushbu

sohada

islohotlarning

hozirgi bosqichi davlat organlarida

nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yagona tizimini yaratish, mediatsiya, hakamlik sudlari


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1067

hamda xalqaro arbitrajlarni fuqarolar hamda tadbirkorlarning ishonchiga sazovor bo‘ladigan
nizolarni hal etuvchi samarali muqobil institutlarga aylantirish lozimligini taqozo etmoqda.

Ko‘p asrlar davomida mediatsiya davlatlararo aloqalarda, oilalar, qo‘shnilar, siyosiy

partiyalar, professional, diniy va boshqa jamoatchilik guruhlari o‘rtasida hamda parlamentda
yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etishda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan. Bizning davrimizda
mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish usullarning ahamiyati nihoyatda kattadir. U
nafaqat oila va mehnat nizolarida, balki har qanday darajadagi mulkiy munosabatlarda, jumladan,
kompaniyalar, korporatsiya menejmenti va uning aksiyadorlari o‘rtasidagi, shuningdek, xalqaro
huquq sub’ektlari orasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishda qo‘llanilmoqda.

O‘zbekistonda 2018- yili fuqarolik-huquqiy nizolarni sudga qadar hal etishning muqobil

usullaridan biri bo‘lgan mediatsiya institutini joriy etish ko‘zda tutilgan “Mediatsiya
to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mediatsiyaning asosiy maqsadi nizolashuvchi taraflarning
nizolarini mustaqil, o‘zaro foydali shartlar asosida hal etish imkoniyatini topishga
ko‘maklashishdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli “2022-

2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
Farmonida nizolarni hal etishning muqobil usullaridan keng foydalanish uchun zarur tashkiliy-
huquqiy

shart-sharoitlarni

yaratish,

yarashuv institutini qo‘llash doirasini yanada

kengaytirishga e’tibor qaratilgan

2

.

Mediatsiya har qanday faoliyat turi kabi nizolarni mediator yordamida hal etishni

tashkil etish va hal etish tartibi to‘g‘risidagi jamoatchilik fikri va g‘oyalarini ifodalovchi
muayyan prinsiplar asosida amalga oshiriladi.

Shubhasiz, mediatsiya prinsiplari katta ahamiyatga ega. Birinchidan, prinsiplar

mediatsiya faoliyatini tartibga solish uchun asos bo‘ladi va mediatsiyani yanada
rivojlantirishni oldindan belgilab beradi.

Ikkinchidan,

prinsiplarni

belgilash

mediatsiyani

yurisdiksiyadan

tashqari

faoliyatining mustaqil turi sifatida ajratish, mediatsiyani tashkil etish, yuritish qoidalarining
sifat jihatidan o‘ziga xosligini va huquqiy tartibga solish xususiyatlarini huquqiy nizolarni hal
etishning yurisdiksiya usullari bilan solishtirganda aniqlash imkonini beradi.

Mediatsiya prinsiplari dastlab faoliyat prinsiplari sifatida shakllanganligini inobatga

olsak, ularni shu nuqtai nazardan ko‘rib chiqish mumkin. Demak, mediatsiya prinsiplari
deganda huquqiy nizolarni hal etishning yurisdiksiyadan tashqari usuli sifatida mediatsiyani
tashkil etish va o‘tkazishning asosiy qoidalarini tushunish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining 2018- yil 3-iyuldagi O‘RQ-482-sonli “Mediatsiya

to‘g‘risida”gi Qonunida mediatsiyaning maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng
huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshirilishi
belgilangan

3

.

Shubhasiz,

mediatsiya

prinsiplari

katta

ahamiyatga

ega.

Ushbu

prinsiplar,

birinchidan, mediatsiya faoliyatini o‘z-o‘zini tartibga solishning asosi bo‘lgan mediatsiyani

2

Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.

3

Qarang. O‘zbekiston Respublikasining 2018- yil 3-iyuldagi “Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-482-son Qonuni.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1068

yanada rivojlantirishni oldindan belgilab beradi, shuningdek mediator ishtirokida tomonlarni
yarashtirish institutini takomillashtirishda ko‘rsatma bo‘lib xizmat

qiladi.

Ikkinchidan,

prinsiplarni

aniqlash

mediatsiyani

yurisdiksiyadan tashqari faoliyatning mustaqil turi

sifatida individuallashtirish, uni tashkil etish, yuritish qoidalarining sifat jihatdan o‘ziga
xosligini va huquqiy tartibga solish xususiyatlarini

huquqiy

nizolarni

hal

ejtishning

yurisdiksiya usullari bilan solishtirganda aniqlash imkonini beradi. Nihoyat, mediatorning
taraflar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy faoliyati negizida
mediatsiya prinsiplari yotadi. Bularning barchasi mediatsiya prinsiplarini belgilash, tizimlashtirish
va o‘rganishni taqozo etadi.

Fuqarolik

protsessida

mediatsiya

institutining

istiqbollarini

tahlil

qilib,

I.V.Reshetnikovaning ta’kidlashicha, mediatsiyani rivojlantirish quyidagi tamoyillarga

mos

kelishi

kerak,

xususan

ixtiyoriylik,

maxfiylik,

tomonlarning tengligi, mediatorning

betarafligi, beg‘arazlik (mediatorga murojaat qilish uchun tomonlarning kelishuvi asos bo‘lib
xizmat qiladi, tegishli ravishda xizmatlar uchun to‘lov shartnoma asosida ham amalga
oshiriladi).

Bundan

tashqari,

muallif mediatsiyaning boshlang‘ich nuqtasi sifatida uning

muqobil (nizoni hal etishning sud tartibiga) xususiyatini ta’kidlab, mediatsiya suddan tashqarida
amalga oshirilishi va protsessual qonun hujjatlari bilan tartibga solinmasligini ta’kidlaydi

4

.

V.T.Konusovaning fikricha, fuqarolik protsessining prinsiplari fuqarolik nizolarini

hal etishning nodavlat tartib-qoidalariga to‘liq tatbiq etilmasa-da, bu huquqiy hodisalarga
ma’lum prinsiplar, masalan qonuniylik, ixtiyoriylik prinsiplari birdek xosdir. Shu bilan birga, bu
prinsiplarning nodavlat tartib-qoidalarga nisbatan ma’nosi o‘z aksini topib, turli mazmun bilan
to‘lib borishiga shubha yo‘q

5

.

S.I.Kalashnikovaning fikriga qo‘shilgan holda, mediatsiya prinsiplarining ikkita

guruhini ularning funksional maqsadlariga qarab ajratish to‘g‘ri ko‘rinadi: 1) mediatsiyani
tashkil etish xususiyatlarini va uning ishtirokchilari holatini tavsiflovchi prinsiplar

(tashkiliy

prinsiplar) va 2) mediatsiyani amalga oshirish tartibini tavsiflovchi prinsiplar (taomil
prinsiplari)

6

.

Birinchi guruhga mediatsiyaning ixtiyoriyligi va betarafligi kabi prinsiplar, ikkinchi

guruhga tomonlarning maxfiyligi, mustaqilligi, hamkorligi va teng huquqliligi kabi prinsiplar
kiradi.

Yuqoridagi

tasnif

mediatsiya

prinsiplarini

tizimlashtirish,

ularning

o‘zaro

aloqadorligi va o‘zaro bog‘liqligini aniqlash imkoni beradi. Prinsiplarning tizimli tahlili tashkil
etish va o‘tkazish xususiyatlarini, mediatsiya tartibini, uning nizolarni hal qilish va hal qilishning
boshqa usullaridan farqlarini chuqurroq tushunish, shuningdek mediatsiya tartibini yurisdiksiya
organlar faoliyatiga intergratsiyalashning istiqbollarini o‘rganish imkonini beradi.

O‘zining eng umumiy ko‘rinishida maxfiylik prinsipi, agar boshqacha qoida nazarda

tutilgan bo‘lmasa, mediatsiya protsedurasining fakti, shuningdek mediatsiya jarayonida

4

Решетникова

И.В. Перспективы развития посредничества в российском праве // Российский

юридический журнал – 2005. № 1. – С. 99.

5

Конусова В.Т. Негосударственные процедуры урегулирования гражданско- правовых споров. Дисс. …

на соискание ученой степени кандидата наук. Республика Казахстан. Астана. – 2010. – С.149.

6

Калашникова С.И. Медиация в сфере гражданской юрисдикции. Дисс. на соискание ученой степени

кандидата юридических наук. Екатеринбург. 2010. – С.32.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1069

foydalanilgan ma’lumotlar, shu jumladan og‘zaki ma’lumotlar va hujjatlar oshkor etilishi mumkin
bo‘lmagan qoidadir.

Xulosa o‘rnida aytganda, har qanday yangilik singari mediatsiya instituti ham amalda

sinab ko‘rilganidan keyingina uning ijobiy jihati, afzalliklari aniq namoyon bo‘ladi.

O‘ylaymizki, mediatsiya to‘g‘risidagi qonun jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida

yuzaga keladigan fuqarolik, mehnatga oid va iqtisodiy nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish hamda
taraflarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashda muhim o‘rin egallaydi. Aynan
fuqarolik ishlarida mediatsiyani qo‘llash keng imkoniyatlarni keltirib chiqaradi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2018- yil 3-iyuldagi “Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-482-
son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son.

2.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2022

yil

28

yanvardagi

“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022 y.,
06/22/113/0330-son;

3.

Решетникова И.В. Перспективы развития посредничества в российском праве
// Российский юридический журнал – 2005. № 1. – С. 99

4.

Конусова В.Т. Негосударственные процедуры урегулирования гражданско-
правовых споров. Дисс. … на соискание ученой степени кандидата наук.
Республика Казахстан. Астана. – 2010. – С.149

5.

Калашникова С.И. Медиация в сфере гражданской юрисдикции. Дисс. на
соискание ученой степени кандидата юридических наук. Екатеринбург. 2010. – С.32

Internet saytlari

6.

www.lex.uz

7.

www.norma.uz

8.

www.huquqiyportal.uz

References

O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-iyuldagi “Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-482-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi

“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022 y., 06/22/113/0330-son;

Решетникова И.В. Перспективы развития посредничества в российском праве // Российский юридический журнал – 2005. № 1. – С. 99

Конусова В.Т. Негосударственные процедуры урегулирования гражданско- правовых споров. Дисс. … на соискание ученой степени кандидата наук. Республика Казахстан. Астана. – 2010. – С.149

Калашникова С.И. Медиация в сфере гражданской юрисдикции. Дисс. на соискание ученой степени кандидата юридических наук. Екатеринбург. 2010. – С.32

Internet saytlari

www.lex.uz

www.norma.uz

www.huquqiyportal.uz