ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1100
OILAVIY MUNOSABATLARNING O’SMIR RUHIYATIGA TA’SIRI
Xolmuminova Umida Ixtiyor qizi
Osiyo Xalqaro universiteti magistranti.
O.R.Avezov
Ilmiy rahbar.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11076408
Annotatsiya.
Maqolada oilaviy munosabatlarning o’smir ruhiyatiga ta’sirida agressiv
xulq atvor shakllanishi, shaxs taraqqiyotining ma’lum bir bosqichlarida agressiv (tajovuzkor)
xulq-atvorning shakllanishi va namoyon bo‘lishi tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
Agressiya va agressiv xulq-atvor, shaxs agressiv xulq-atvorining shakllanish
sharoitlari, oilaviy munosabatlar, agressiya va delinkvent xulq-atvor, o‘smir ruhiyati, ota-ona.
THE INFLUENCE OF FAMILY RELATIONS ON ADOLESCENT PSYCHOLOGY
Abstract.
The article analyzes the formation of aggressive behavior under the influence of
family relations on the adolescent psyche, the formation and manifestation of aggressive
(aggressive) behavior at certain stages of personality development.
Key words:
Aggression and aggressive behavior, conditions of formation of aggressive
behavior of a person, family relations, aggression and delinquent behavior, adolescent mentality,
parents.
ВЛИЯНИЕ СЕМЕЙНЫХ ОТНОШЕНИЙ НА ПОДРОСТКОВУЮ ПСИХОЛОГИЮ.
Аннотация.
В статье анализируется формирование агрессивного поведения под
влиянием семейных отношений на психику подростков, формирование и проявление
агрессивного (агрессивного) поведения на определенных этапах развития личности.
Ключевые слова:
Агрессия и агрессивное поведение, условия формирования
агрессивного поведения личности, семейные отношения, агрессия и делинквентное
поведение, подростковая психика, родители.
KIRISH
Qadimgi davrlardan boshlab sharq mutafakkirlari Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy,
Ibn Sino, Kaykovusning asarlaridayoq shaxs tarbiyasi va uning kamolotida oilaviy tarbiyaning
o’rni yuqori qo’yilgan. Ayniqsa oilada farzand tarbiyasida axloqiy va aqliy tarbiyaga jiddiy e’tibor
berilgan. Jumladan, Ibn Sino oilaviy tarbiyaning umumiy asoslarini bayon etishga harakat qilgan.
“Agar oila tarbiya usullaridan to’g’ri foydalansa, o’z hayotida baxtga erishadi” -deb yozgan edi
olim.
Bugungi kunda jamiyatimizda yoshlarga bo’layotgan e’tibor juda ham yuqori bo’lib
bormoqda lekin akasriyat yoshlarimiz xulq atvorida qo’pollik va jizzakilik agressiv harakatlar
namoyon bo’lmoqda. Bunday agressiv xulq atvor shakllanguncha bo’lgan davrga e’tibor berib
o’rganilsa oilaviy muhitga borib taqaladi.
Hozirgi kunda agressiya holatlarini namoyon bo‘lishiga bo‘lgan ilmiy qiziqishlar sezilarli
darajada ko‘paydi. Psixologlar agressiya holatining tadqiq qilishda uni keltirib chiqaradigan
omillarni aniqlashga, oilaviy munosabatlar o‘rganishga harakat qilmoqdalar. Chunki agressiya
holati psixologlar nuqtai nazardan juda chuqur holat bo‘lib, uni sabablari birdan yoki to‘satdan
yuzaga keladigan turtkilar bo‘lmay, balki uzoq vaqt davomida ta’sir etadigan omillar natijasida
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1101
yuzaga keladi. Ko’p xollarda ota-onalarning munosabatlari o’smirlik davridagi yoshlar ruhiyatiga
ta’siri ko’proq hisoblanadi.
Aynan oila bag’rida farzand boshlang’ich ijtimoiylashuvni oladi. Oilada a’zolarining
munosabatlari misolida u boshqalar bilan muloqot qilishga o’rganadi, xulq-atvori va munosabatlar
turlarini tushunib boradi, bu tushunvhalar uning o’smirlik va balog’at yillarida saqlanib qoladi.
Ota-onaning farzandining noto’g’ri xatti-harakatiga nisbatan reaksiyasi, ota-onalar
o’rtasidagi munosabatlar xususiyatiga, oiladagi uyg’unlik kelishmovchilik darajasi uning balog’at
yillarida atrofdagilarga nisbatan munosabatlariga ta’sir etuvchi omillardir.
Oilada sog’lom muhit turmush tarzini barqarorlashtirish, farzandlarini barkamol etib
tarbiyalash, oilaning tarbiyaviy va ijtimoiy rolinini bajarish o’smir ruhiyatida juda katta
ahamiyatga ega.
Sharqda oilaning e’zozlanishi, oilaviy munosabatlar, ayniqsa har bir oila a’zosining o’zaro
muloqotiga jiddiy e’tirof berilishi haqida juda ko’pgina manbalarda izoh berilgan. Oilada er-xotin
o’rtasida bir birini tushunmaslik yoki tan olmaslik oqibatida kelib chiqadigan nizolar, urush janjal
xattoki ajrim holatlari bugungi kunda ko’paymoqda. Bunday holatlar bilan ulg’aygan o’smir
yoshlarda ruhiyatida sezilarli bir qancha agressiv o’zgarishlar namoyon bo’lmoqda.
ASOSIY QISM
O’smirlik davri yosh davrlari orasida o’zining shiddatli kechishi bilan boshqa yosh
davrlaridan keskin farq qiladi. O’smirlik davri 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacga bo’lgan
davrlarni o’z ichiga oladi. Bu davrda boshqa yosh guruhlaridan shiddatli kechishiga sabab,
o’smirlik davri organizmida ham biologik, ham psixologik, hamda fiziologik jihatdan o’zgarishlar
bo’ladi. Bu o’zgarishlar o’smir yoshning xulq-atvorida, ruhiy holatida ham namoyon bo’ladi.
O’smirlik davrida ota-onalar va bolalar o’rtasida nizoli vaziyatlar yuzaga keladi. Ota-
onalarda o’smir farzandlarida yuzaga kelayotgan o’zgarishlar haqida ma’lumot yetishmasligi,
o’smirdagi o’zgarishlarini erkaliklaar sifatida e’tirof etish nizoli vaziyatlarni yanada
keskinlashishiga sabab bo’ladi. Ba’zi oilalarda ota-onalar 13-14 yoshdagi o’smir farzandlaridagi
muqarrar ravishdagi o’zgarishlarni sezmaydilar. Oiladagi oilaviy munosabatlarning turlichaligi,
ota- ona yaqinlari bilan kam muloqot qilish, o’zida kechayotgan hislari bilan bo’lishmasligi o’zaro
bir birini tushunmaslik natijasida ayrim o’smir yoshlarimizda agressiv holatlar namoyon bo’lishini
ko’rishimiz mumkin. Ayniqsa ota-onaning o’zaro kelishmovchiliklari, ota- onaning farzandining
noto’g’ri xatti-harakatiga nisbatan reaksiyasi, ota- onalar o’rtasidagi munosabatlar xususiyati
oilada va undan tashqarida o’smirning agressiv xulq-atvorini belgilab beruvchi, uning balog’at
yillarida atrofdagilarga nisbatan munosabatlariga ta’sir ko’rsatuvchi omillardir.
Afsuski, ayrim oilalarda o’z ota-onasining mehr oqibatidan bebahra o’sayotgan bolalar
ham yo’q emas. Bunday oilalarda ota-ona bilan fazrand o’rtasidagi munosabatlarning ijobiy
psixologik emasligi achinarli holdir. Aksariyat ota- onalar o’z farzandlari tarbiyasiga g’amxo’rlik,
mehribonlik, sabr-toqat, mehr kabi xislatlar bilan yondashish o’rniga kuch, ayniqsa, jismoniy jazo
usuli bilan ta’sir o’tkazadilar. O’z navbatida, bu kabi xatti- harakatlar bolalarda agressiv xulq-
atvorning shakllanishiga zamin bo’ladi.
O‘smirlardagi agressiya nafaqat pedagoglar va psixologlar, balki butun bir jamiyat uchun
birmuncha o‘tkir muammolardan biri hisoblanadi. Inson hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari,
hayotning yuqori ritmi, shaharlarning zichligi, ortib borayotgan axborot vositalari insonlar psixik
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1102
holatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. O‘smirlar jinoyatchiligining o‘sib borayotgan oqimi va
axloqning tajovuzkor shakliga moyil bolalar sonining ortishi bunday xavfli ko‘rinishlarni
uyg‘otuvchi psixologik sharoitni o‘rganishni birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan vazifa
sifatida ilgari surdi. Tajovuzning u yoki bu shakllari ko‘pchilik o‘smirlar uchun xarakterlidir, biroq
ma’lumki, muayyan kategoriyadagi bolalarda tajovuzkorlik axloqning turg‘un shakli sifatida
nafaqat saqlanadi, balki shaxsning turg‘un sifatiga transformatsiyalangancha rivojlanadi ham,
natijada bolaning mahsuldor potensiali pasayadi, to‘laqonli kommunikasiya imkoniyati torayadi,
uning shaxsiy rivojlanishi deformatsiyalanadi. Mana shunday holatlarnin oldini olish maqsadida
ota- oanlar farzandlari bilan ko’proq vat o’tkazishi birgalikda yechim topishlari kerak. Agressiv
o‘smir nafaqat atrofdagilarga, balki o‘ziga ham bir talay muammolar keltiradi.
Tajovuzkorlik shaxsning turg‘un shaxsiy chizig‘iga aylanmasligi uchun bola axloqining
xususiyatlari va hissiy holatini tushunmoq, o‘z vaqtida psixokorreksion ishni tashkil eta olmoq
darkor. O‘smirlarning tajovuzkor axloqini o‘z vaqtida aniqlash bola shaxsining rivojlanishidagi
noxush variantning oldini olish uchun juda zarur hisoblanadi. O‘smirlik 10-11 yoshlardan 14-15
yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil qiladi. O‘smirlik bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib,
fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O‘smirlik davrida
o‘smirning “men”i qaytadan shakllanadi . Uning atrofdagilarga, ayniqsa, o‘z-o‘ziga bo‘lgan
munosabati, qiziqishlari, qadriyati yo‘nalishi keskin o‘zgaradi. Ularda ilgarigi qiziqishlar so‘nadi
va yangi qiziqishlar paydo bo‘ladi. Bunda ish qobiliyatining, o‘zlashtirishning pasayishi,
o‘smirlarning qo‘polligi va yuqori qo‘zg‘aluvchanligi, o‘zidan qoniqmasligi, agressiya,
xavotirlanish kayfiyat beqarorligi, depressiv kechinmalar, tez ranjish, arzimas narsaga ham kuchli
reaksiya bildirish, o‘zini past baholash kabi salbiy xulq-atvor ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi.
O‘smirlik davrida bolalar hissiy jihatdan beqaror bo‘lib qoladilar. Psixologlar buni
gormonal o‘sish, tanani qayta qurish, balog‘atga yetish kabi biologik omillar bilan bog‘laydi.
Ammo ba’zi hollarda hissiy o‘zgarishlar radikal shakllarga ega bo‘lib, agressiyaga
aylanishi mumkin. Agar o‘smir o‘z agressiyasi bilan yolg‘iz qolsa, bu uni buzg‘unchi jamoalarga
olib kirishi va natijada huquqbuzarliklarga olib kelishi mumkin. Oddiy kundalik hayotda agressiya
- zo‘ravonlik yoki raqibni yengish uchun vosita sifatida qo‘llaniladi. Agressiya tushunchasining
o‘ziga izoh berish qator qiyinchiliklarni tug‘diradi, chunki bu termin ko‘plab xatti-harakat
shakllarini o‘zida qamrab olgan. Odamlar biron-bir kimsani agressiv shaxs sifatida
tavsiflaganlarida, uni boshqalarni haqorat qiluvchi, badfe’l, barcha narsani o‘zi istaganidek
qilishni istaydigan, o‘z g‘oyalarini qat’iy himoya qiladigan, yechimi yo‘q muammolar girdobiga
o‘zini giriftor qiladigan inson, deb ta’riflashlari mumkin. Agressiyaga nisbatan berilgan bunday
ta’rif to‘g‘ri yo noto‘g‘riligini bilish uchun bu tushunchaga oydinlik kiritish lozim.
Oilaviy muhitning nosog‘lomligi. Oilada ota-ona va farzand o‘rtasidagi nizolar, o‘zaro bir-
birini tushunmaslik holatlari, oiladagi rahbarlik uslubining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi va
noto‘liq bo‘lgan oilalarning mavjudligi o‘smirlarda agressiyaning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Agressiv xulq-atvor natijasi qotillikkacha olib borishi mumkin. Tadqiqotchilardan biri
bo‘lgan F.Getting qotillar ko‘p hollarda to‘liq bo‘lmagan oilalardan chiqqanini aniqlagan. Uning
“Oiladagi agressiv bolalarni o‘rganish” bo‘yicha olib borgan maxsus tadqiqotining natijalariga
ko‘ra, noto‘liq oilalarda o‘ta qahrli, qo‘pol, agressiv va shu bilan birga voyaga yetmagan
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1103
jinoyatchilar kelib chiqayotganligini alohida ko‘rsatib o‘tgan. Uning ta’kidlashicha to‘liq oilalarda
ham, noto‘liq oilalarda ham sog‘lom yoki nosog‘lom oilaviy muhit mavjud bo‘ladi.
Oiladagi doimiy janjallar, mojarolar oilada nosog‘lom muhitni vujudga keltiruvchi bosh
omillardir.
- O‘smir bilan ota-onasi, yaqinlari tez-tez ularning hayotdagi maqsadlari haqida
gaplashishi;
- Oilada ota-ona tajovuzkorlik darajasini iloji boricha pasaytirish;
- Ishonchli munosabatlar o‘rnatish;
- O‘smirning sevimli mashg‘ulotlari bo‘lsa, uning quvvatini shu tomonga yo‘naltirish, uni
yutuqlari va mehnatsevarligi uchun doim maqtab rag‘batlantirib turish lozim.
Demak, hozirgi kunda o‘smirlarda namoyon bo‘layotgan agressiv harakatlarlaning paydo
bo‘lish sabablarini aniqlash, destruktiv xulq-atvorning oldini olish muammolarini ilmiy o‘rganish
shuni ko‘rsatadiki, inson tabiatidagi bu ko‘rinishni chuqur o‘rganish psixologiya fanining bugungi
kun talabiga aylanib bormoqda.
XULOSA
Yuqorida ta'kidlanganidеk, hayotda ko’plab namunali va obro’li ota-onalarimiz ko’p. Agar
ota-ona halol mеhnat bilan mashg’ul bo’lsa, bola ularni hurmatlashga majburdir. Ba'zan esa ishda
juda yaxshi mutaxassis bo’lgan ota-onalar bolalariga namuna bo’la olmaydi.
Natijada ular bilmagan holda shunday oilalarda ishyoqmas ko’cha bеzori, erkatoylar еtishadi.
Nazarimizda bolalari bilan do’st, ularga diqqat-e'tibor bilan qaraydigan, qayg’ulariga hamdard,
xursandchiliklariga shеrik bo’luvchi bolalarga ma'naviy ko’maklashuvchi ota-onalargina haqiqiy
ma'noda namuna bo’la oladi.
Bizningcha, ota-onalar o’zlarida quyidagi sifatlar bilan oʻzaro farzandlariga namuna
bo’lishlari lozim:
1. Ota-onalarning axloqiy jihatdan shaxsan namuna bo’lishlari;
2. O’zlariga topshirgan ishni ma'suliyat bilan bajarishlari;
3.Bolalar tarbiyasidagi ma'suliyat va burchini his qilishlar;
4. Mеhnatda shaxsan namuna ko’rsatishlari;
5. Barcha farzandlarini tеng ko’rishi;
6. Farzandlarining xaraktеr xususiyatlarini yaxshi bilishi;
7. Bolalarga tarbiyaviy ta'sir ko’rsatishning turli, usul va vositalarni yaxshi bilishi hamda
ulardan oqilona foydalana olishi;
8. O’z obro’sini oilada doimo saqlashi;
9. Farzandlarini doimo foydali mashg’ulotlar bilan band qilishlar;
10. Oila xo’jaligini mohirlik bilan boshqara olishlari;
11. Oila tarbiyasini ijtimoiy-iqtisodiy tarbiya bilan bog’lab olib borishi;
12. Ota va ona talablarida birlikning bo’lishi;
Oila, tarbiyaning asosi, makoni va poydеvoridir. Bolaning kim bo’lib yеtishishi, asosan,
oiladagi muhitga – tarbiyaviy ta'sirga bog’liq. Oila tarbiyasining samarasi bеvosita oilada ota-
onalar obro’si va shaxsan namuna ko’rsatishlariga bog’liq. Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u-bilig”
asarida oilaviy tarbiya-bolalarning axloqiy qiyofasini shakllantirishda eng asosiy narsa ekanligini
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1104
alohida ta'kidlaydi. “Mabodo, bolalarning xulq-atvori yomon bo’lsa, bunda gap bolada emas ota
aybdor”, - dеydi.
Bu fikrdan har bir oilada ota-onalar o’z farzandlariga doimo barcha sohalarda namuna
bo’lishlari shart dеgan g’oyani uqish mumkin.
Haqiqatdan ham, oila tarbiyasida ota-onalar obro’si va namunasi bolalarni to’g’ri
tarbiyalashning manbai hisoblanadi.
Agressiv xulq-atvor hozirgi paytda o‘qituvchi va ota-onalarni o‘ylantirib kelayotgan
dolzarb muammo bo‘lib kelmoqda. Chunki bunday psixik buzilishlarga uchragan bolalarda:
maktab dasturini o‘zlashtira olmaslik, darslarda sust ishtirok etish, ba’zida umuman maktabga
kelmay qolish, o‘rtoqlari va tengdoshlari bilan tez-tez nizolarning kelib chiqishi, ba’zan ochiqdan-
ochiq janjallashish, qo‘liga tushgan narsalar bilan tajovuz qilish, parishonxotir va bee’tibor bo‘lib
qolish g‘azab va jahlning paydo bo‘lishi hollari ko‘rinadi. Bunday vaziyatda o‘qituvchi va ota-
onalarga psixologning xizmati va aralashuvi kerak bo‘ladi. Maktab psixologi ana shunday
bolalarni maxsus metodikalar yordamida aniqlab kerakli chora-tadbirlarni, diagnostik va
korreksion ishlarni olib borishi lozim. Qiyinchiliklar va to‘siqlar o‘quvchilar yenga oladigan
bo‘lishi kerak, o‘quvchi bu qiyinchiliklarni bartaraf etib, erishgan yutuqlaridan quvonsin.
Bolaning kuchi yetmaydigan, uning yosh xususiyatiga to‘g‘ri kelmaydigan to‘siqlar bola
oldiga berk ko‘cha paydo qiladi va bola irodasini chiniqtirish o‘rniga zaiflashtiradi.
Maktabda bola muntazam ravishda yangiliklar oladi. Bu o‘quvchining kundan-kunga
orttirib borayotgan xilma-xil mazmundagi bilimlarining manbaidir. Bolaning bilimlarini sistemali
ravishda o‘zlashtirilib borishi natijasida uning bilim doirasi ham kengaya boradi.
REFERENCES
1.
Nishonova Z.T., Kamilova N.G‘., Abdullayeva D.U., Xolinazarova M.X. «Rivojlanish
psixologiyasi. Pedagogik psixologiya» -Toshkent: 2017, 241-b
2.
N.Ismoilova, D.Abdullayeva “Ijtimoiy psixologiya” -TOSHKENT: 2013, 130-b
3.
Sh.Mustafayeva. «O‘smir psixologiyasi: biz bilmagan jihatlar». Farg‘ona-2015, 7-b
4.
Олимов Л. ва бошқ. Психодиагностика. – Т., 2014
5.
Avezov.O.R , Taʼlim- tarbiya jarayonida agressiv xulqli bolalar ota- onasi bilan
ishlashning oʻziga xos psixologik jihatlari. "Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati qurish
sharoitida shaxs maʼnaviy madaniyatini shakllantirishning falsafiy omillarri" //
Respublika ilmiy anjuman materiallari// Fargʻona 2017y.B.248-251
