Authors

  • Yulduz Zarova
  • K.R. Hotamov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31396

Keywords:

In recent years the problems of economic security have attracted the attention of political figures scientists and researchers.

Abstract

At the present stage of development, the economic security of countries is very important. The economic security situation is also important when making various socio-economic decisions. Any changes in the economic system are accompanied by the manifestation of various risks and threats. Therefore, the question arises of ensuring the economic security of the country and preventing various threats to it. The priority of one direction without analysis and assessment of its consequences from a security point of view when determining the directions of development of the country's economy and the implementation of socio-economic reforms can lead to disorganization of the systems that support the life of the state and society.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1105

IQTISODIY XAVFSIZLIK

Zarova Yulduz Komil qizi

Buxgalteriya va audit kafedrasi, 02-23 guruhi magistranti.

yulduz.zarova@mail.ru

50-220-96-01

K. R. Hotamov

Iqtisod fanlari doktori, professor, Buxgalteriya va audit kafedrasi.

Soliq Qo‘mitasi huzuridagi FISKAL institut.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11076597

Annotatsiya.

Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligi

juda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Iqtisodiyotning xavfsizligi holati turli ijtimoiy iqtisodiy
qarorlar qabul qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy tizimdagi har qanday o‘zgarishlar
turli xavf-xatar va tahdidlarning namoyon bo‘lishi bilan birga namoyon bo‘ladi. Shuning uchun
ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, unga bo‘ladigan turli tahdidlarning oldini olish
masalasi yuzaga keladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish yo’nalishlarini belgilashda,
ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ularning oqibatlarini xavfsizlik nuqtai nazaridan
tahlil qilmasdan va baholamasdan turib biror bir yo‘nalishga ustuvorlik berish davlat va
jamiyatning hayot faoliyatini ta’minlovchi tizimlarning parokandaligiga olib kelishi mumkin.

Kalit so‘zlar:

Keyingi yillarda iqtisodiy xavfsizlik muammolari siyosiy arboblar, olimlar

va tadqiqotchilarning e’tiborini jalb qilib kelmoqda.

ECONOMIC SECURITY

Abstract

. At the present stage of development, the economic security of countries is very

important. The economic security situation is also important when making various socio-economic
decisions. Any changes in the economic system are accompanied by the manifestation of various
risks and threats. Therefore, the question arises of ensuring the economic security of the country
and preventing various threats to it. The priority of one direction without analysis and assessment
of its consequences from a security point of view when determining the directions of development
of the country's economy and the implementation of socio-economic reforms can lead to
disorganization of the systems that support the life of the state and society.

Keywords:

In recent years, the problems of economic security have attracted the attention

of political figures, scientists and researchers.

ЭКОНОМИЧЕСКАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ

Аннотация.

На современном этапе развития очень важна экономическая

безопасность стран. Ситуация с безопасностью экономики также важна при принятии
различных социально-экономических решений. Любые изменения в экономической системе
сопровождаются проявлением различных рисков и угроз. Поэтому встает вопрос
обеспечения экономической безопасности страны и предотвращения различных угроз ей.

Приоритетность одного направления без анализа и оценки его последствий с точки

зрения безопасности при определении направлений развития экономики страны и
реализации социально-экономических реформ может привести к дезорганизации систем,
поддерживающих жизнь государства и общества.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1106

Ключевые слова:

В последние годы проблемы экономической безопасности

привлекли внимание политических деятелей, ученых и исследователей.


Xavfsizlik

masalalari qadimdan faylasuflar, iqtisodchi va siyosatchilar, jumladan,

Demokrit, Aristotel, Platon kabi allomalarni ham o’ylantirib kelgan.

XX asrda jamiyat xavfsizligiga bo’lgan zamonaviy qarashlarga V.Paretto va rossiyalik

yirik olim A.Bogdanovlarning asarlarida asos solingan deb talqin qilinadi. «Xavfsizlik»
tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib, turlicha ma’noda talqin etiladi. Shunga qaramasdan ularda umumiy
g‘oya ham mavjud bo‘libgina qolmay, bunga asosan xavfsizlik insoniyat hayotining turli
sohalarida vujudga keladigan xavf- xatarlardan himoyalanish, kafolatlanish ma’nosini ham
anglatib kelgan. Xavf-xatar esa davlat va jamiyat rivojlanishiga, normal amal qilishiga tahdid
soluvchi potensial yoki real kuch, omil hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning
muhim tarkibiy qismi, uning moddiy asosi bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiy
kategoriya sifatida davlatchilik shakllangan hamda jamiyat o‘z manfaatlarini anglab yetgan
davrlardan paydo bo‘la boshladi. Iqtisodiy xavfsizlik o’zining ob’ekt va sub’ektlariga ega bo‘ladi.

Iqtisodiy xavfsizlik obektlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

- tabiiy boyliklar, inson resurslari, mehnatga layoqatli aholi, ishlab chiqarish fondlari,

ko’chmas mulk, moliyaviy resurslar, xo’jalik tizimlari, mintaqalar, oila, inson.

Iqtisodiy xavfsizlik subektlari quyidagilardan iborat

: funksional va tarmoq vazirliklari

hamda idoralari, soliq xizmatlari, bojxona xizmatlari, banklar, birjalar, sug‘urta kompaniyalari,
qonun chiqaruvchi organlarning tegishli qo‘mita va komissiyalari, mahsulot ishlab chiqaruvchilar
va sotuvchilar, ish va xizmatlar ko‘rsatuvchilar, iste’molchilar jamiyatlari.

Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi turlari mavjud

:

ishlab – chiqarish –texnologik

sohalardagi xavfsizlik, sanoat sohasidagi xavfsizlik, oziq-ovqat xavfsizligi, demografik
xavfsizlik, moliyaviy xavfsizlik, axborot xavfsizligi, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi
xavfsizlik va h.k.

Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi indikatorlari ajratib ko‘rsatiladi

:

yalpi ichki mahsulot hajmining o’sishi; - aholining turmush darajasi va sifati; - inflyatsiya

darajasi; - ishsizlik darajasi; - iqtisodiyot tarkibi; - davlat qarzi; - jamiyatning mulkiy tabaqalanishi;
- iqtisodiyot va jamiyatning kriminallashuvi; - ishlab chiqarishning texnik va texnologik holati; -
raqobatbardoshlik; - importga bog’langanlik; - xufiyona iqtisodiy faoliyat miqyosi; - oltin valyuta
zahiralari. Iqtisodiy xavfsizlikni mezonlarga asoslangan holda o’rganish mumkin.

Hozirgi paytda iqtisodiy xavfsizlik bu – mamlakat iqtisodiyotini doimiy barqaror

rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning umummilliy majmuasi bo‘lib,
u albatta davlatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi va mustaqilligini hamda tashqi va ichki
tahdidlarga qarshi turish mexanizmini ko’zda tutadi. “Iqtisodiy xavfsizlik” deganda
iqtisodiyotning mamlakat ijtimoiy, siyosiy va mudofaa qobiliyatining yetarli darajasini ta’minlash
imkonini beradigan holati tushuniladi. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu xalqning (davlat orqali) mustaqil
ravishda, tashqaridan bo‘ladigan aralashish va tazyiqlarsiz o‘z iqtisodiy taraqqiyot yo‘li hamda
shakllarini belgilashidir. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu nafaqat milliy manfaatlarni himoyalanganligi,
balki hokimiyat institutlarining mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish borasidagi milliy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1107

manfaatlarni amalga oshirish va himoyalash mexanizmlarini yaratishga bo‘lgan tayyorligi va
qobiliyati hamdir.

Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi darajalari mavjud

:

xalqaro (global va mintaqa

darajasida); milliy, lokal (mamlakat ichidagi mintaqa yoki tarmoq darajasida); xususiy (firma va
shaxs darajasida).

Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik

– bu har bir davlat, ya’ni dunyo hamjamiyati a’zosining o’z

ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti strategiyasini erkin tanlash va amalga oshirish imkoniyatlarining
ta’minlangandagi holatidir.

REFERENCES

1.

Abdusamedov N. Iqtisodiy xavfsizlik. Toshkent, 2008.

2.

Абалкин Л. экономическая безопасност России: угрозы и их отражение.// Вопросы
экономики. 1994, №12, с. 45, 44-48с.

3.

Isaxodjaev A., Rasulev A. Xufiyona iqtisodiyot va iqtisodiy xavfsizlik. –T.: O’zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2004.

4.

Экономическая безопасност: учеб. пособие для студентов экономических вузов,
обучающихся по спетсиалностям экономики и управления.

5.

V.A.Bogomolov i dr. / Pod red. V.A.Bogomolova. M. YUNITI DANA, 2009.

6.

Экономическая и натсионалная безопасност. Учебник / под ред. д.э.н., проф.
Л.П.Гончаренко. М.: ЗАО «Издателство «Экономика», 2008.

7.

Вечканов Г.С. экономическая безопасност: Учебник для вузов. – СПб. Питер, 2007.

8.

Экономическая безопасност России. Учебник. / Под общ. ред. акад. Сенчагова В.К.
М.: ДЕЛО, 2005.

9.

Экономическая

безопасност. Производтсво, финансы, банки. М.: ЗАО

«Финтсатинформ», 1998.


References

Abdusamedov N. Iqtisodiy xavfsizlik. Toshkent, 2008.

Абалкин Л. экономическая безопасност России: угрозы и их отражение.// Вопросы экономики. 1994, №12, с. 45, 44-48с.

Isaxodjaev A., Rasulev A. Xufiyona iqtisodiyot va iqtisodiy xavfsizlik. –T.: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2004.

Экономическая безопасност: учеб. пособие для студентов экономических вузов, обучающихся по спетсиалностям экономики и управления.

V.A.Bogomolov i dr. / Pod red. V.A.Bogomolova. M. YUNITI DANA, 2009.

Экономическая и натсионалная безопасност. Учебник / под ред. д.э.н., проф. Л.П.Гончаренко. М.: ЗАО «Издателство «Экономика», 2008.

Вечканов Г.С. экономическая безопасност: Учебник для вузов. – СПб. Питер, 2007.

Экономическая безопасност России. Учебник. / Под общ. ред. акад. Сенчагова В.К. М.: ДЕЛО, 2005.

Экономическая безопасност. Производтсво, финансы, банки. М.: ЗАО «Финтсатинформ», 1998.