Authors

  • Xushnida Samigova
  • Dilnoza Yaqubova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31531

Keywords:

periphrase paraphrase linguistics stylistic concept term proper nouns function comparison classification.

Abstract

For the first time, the topic studies the expression of proper nouns in English and Uzbek languages using the stylistic device of periphrasis. The article presents the original meaning of periphrasis, the conclusions of scientific research by linguists on periphrasis and the functions of periphrasis in the language, the classification of proper nouns in the Uzbek and English languages, as well as the expression of these classifications through examples of periphrases in two languages.

background image


485

ATOQLI OTLARNING O’ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA PERIFRAZA VOSITASIDA

IFODA ETILISHI

Samigova Xushnida

Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti professori, PhD

Yaqubova Dilnoza

Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11090226

Annotatsiya.

Maqolada ingliz va o‘zbek tillarida atoqli otlarning perifraza (parafraza)

stilistik vositasida ifoda etilishi tadqiq etilgan. Xususan, perifrazaning tavsifi, tilshunos

olimlarning perifraza yuzasidan ilmiy izlanishlaridan kelib chiqan xulosalari va perifrazaning

tildagi vazifalari, o‘zbek va ingliz tillarida atoqli otlarning tasniflanishi hamda bu tasniflarga

ikkita tilda perifrazik misollar berilgan.

Kalit so‘zlar:

perifraza, parafraza, tilshunoslik, stilistik, tushuncha, atoqli otlar, tasnif

.

EXPRESSION OF FAMOUS NOUNS IN UZBEK AND ENGLISH BY MEANS OF

PERIPHRASIS

Abstract.

For the first time, the topic studies the expression of proper nouns in English and

Uzbek languages using the stylistic device of periphrasis. The article presents the original meaning

of periphrasis, the conclusions of scientific research by linguists on periphrasis and the functions

of periphrasis in the language, the classification of proper nouns in the Uzbek and English

languages, as well as the expression of these classifications through examples of periphrases in

two languages.

Keywords:

periphrase, paraphrase, linguistics, stylistic, concept, term, proper nouns,

function, comparison, classification.

ВЫРАЖЕНИЕ ИЗВЕСТНЫХ СУЩЕСТВИТЕЛЬНЫХ В УЗБЕКСКОМ И

АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКАХ СРЕДСТВАМИ ПЕРИФРАЗА

Аннотация.

В статье рассматривается выражение существительных в

английском и узбекском языках с помощью стилистического средства перифраза

(парафраза). В частности, для этих данных даны описание перифраза, выводы научных

исследований лингвистов по перифразу и задачам перифраза в языке, классификация имен

собственных в узбекском и английском языках, а также примеры перифраза в двух языках.

классификации.

Ключевые слова:

перифраз, парафраз, лингвистика, стилистика, концепт,

существительные, классификация.


background image


486

Asosiy qism

Perifraza termini har qanday tilda asosiy tushunchasi bir tilning boyligi va xilma-xiligini

ifodalash uchun qo‘lanadi. Perifrazaning kelib chiqishi va lug‘aviy ma’nolariga, tildagi o‘rni va

qo‘llanishi haqida biroz yoritib o‘tamiz. Darvoqe, maqolaga ma’lumotlar izlanish jarayonida

perifaza atamasining invariantlari parafraz va perifraz mavjudligi va ma’no jihatidan bir hil

tushunchaga ega ekanligi aniqlandi. Ko‘pgina to‘plangan horijiy ilmiy ishlar va maqolalarda

“perifraza” atamasi boshqa sinonim atamalariga nisbatan ko‘proq qo‘lanilgan, shulardan kelib

chiqib ushbu maqolada ham “perifraza” atamasi qo‘llanilishi lozim topdik. Asli “Perifraziya” so‘zi

yunon tilidan kelib chiqqan bo‘lib, yunoncha “periphrasis” so‘zidan olingan bo‘lib, “peri”

“atrofda” yoki “haqida” va “phrazein” “ifoda qilish” yoki “aytish” degan ma’noni anglatadi.

Ushbu elementlarning kombinatsiyasi “perifraza” ga biror narsani aylanma yoki aylanma tarzda

ifodalash ma’nosini bildiradi. Bu atama tilshunoslikda tillarni ixchamroq ifodalanishi mumkin

bo‘lgan ma’noni yetkazish uchun ortiqcha so‘zlarni yoki uzunroq iboralarni ishlatishni tasvirlash

uchun qabul qilingan [1].

“Perifraza” atamasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinadi. Shunga ko‘ra, bir nechta

lug‘atlarning ta’rifi va talqini bilan tanishamiz “Ojegovning izohli lug‘ati” lug‘atida perifrazaga

boshqa ibora yoki so‘zning ma’nosini tavsiflovchi ibora berilgan [2]. D.E. Rosenthal va

M.A.Telenkovlarga lug‘atida bu atama “parafraza va parafraz” sifatida keltiriladi va quyidagicha

izohlanadi: 1. Ifoda tavsiflovchidir. Boshqa ibora yoki so‘zning ma’nosini yetkazish. Ushbu

satrlarning muallifi (muallif nutqidagi “men” o‘rniga) 2. E’tiroz bildiruvchi nomini

almashtirishdan iborat bo‘lgan trophodisalarning harakterli xususiyatlarini tavsiflash bilan.

Hayvonlar shohi (“sher” o‘rniga) [3]. Professor A.Xodjiyevning “Til atamalarining izohli

lug‘ati”da bu atama perifraza shakliga ega bo‘lib, “narsa” o‘z nomi bilan emas, balki o‘ziga xos

kontekst orqali ifodalanadigan uslubiy vosita, so‘zning o‘ziga xos xususiyati. Dala malikasiga

(makkajo‘xori), Revolyutsiya beshigi (Leningrad) [4]. Tilshunos olim Galperin perifraza

atamasiga shunday ta’rif beradi, ya’ni "lingvistik tabiati nuqtai nazaridan qaraganda, perifraza

ob’ektning nomini o‘zgartirishni anglatadi va shuning uchun ularning denotatalarining to‘g‘ridan-

to‘g‘ri nomlari o‘rnini bosuvchi so‘z belgilarining umumiy guruhi bilan birga ko‘rib chiqilishi

mumkin”. Ba’zi bir so‘z yoki iboralarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytish o‘rniga, ba’zida yozuvchi yoki

so‘zlovchi uning ma’nosini muqobil yoki sinonimik so‘zlar bilan amalga oshiradi. Misol uchun,

“o‘rmon shohi” (sher)ning ajoyib shousi haqida e’lon [5]. L.V. Grehneva perifraza

tushunchasining ma’nosini shunday tushuntiradiki, perifraz nominativ harakterning tavsifiy

ifodasidir. Ob’ektni ifodalovchi perifraz birikmasi uning harakterli belgilarini nomlaydi [6].


background image


487

Perifraza - bu hodisa bo‘lib, tilshunoslik fanida bir ma’noli tushunchaga ega emas. Uni tavsiflovchi

ifoda sifatida va ko‘pincha boshqa til birliklari - frazeologizmlar va iboralar bilan bog‘laydigan

trope sifatida aniqlash mumkin. Professor Ashurovaning taʼkidlashicha, “perifraziya – hodisaning

yangi xususiyatini koʻrsatish maqsadida mumkin boʻlgan qisqaroq gap oʻrniga uzunroq va aylana

soʻz birikmasini qoʻllashdir”[7]. Olim Q. Musayev tushunchani shu tarzda targʻib qiladi. ibora

bilan ob’ektning bunday nomini o‘zgartirish kontekstda o‘quvchi tomonidan oson tushuniladi.

Olimning ta’kidlashicha, perifrazlar bilan ba’zi bir so‘zlar, ifoda va to‘plamlar o‘quvchi yoki

tinglovchiga tushunarli bo‘lgan boshqa so‘zlar bilan almashtirilishi mumkin. Bundan tashqari,

Musayevning fikricha, perifrazali so‘z misollari kontekstsiz ham tushuniladi, chunki ular

so‘zlarning sinonimik ko‘rinishlaridi[8]. Xulosa qilib perifrazaning lug‘aviy talqin va olimlar

izlohlaridan kelib chiqib umumlashtirib aytganda perfraza gap tarkibini o‘zgartirish yoki so‘zlarni

oldingi ma’noni saqlab qolgan holda sinonimik versiyalari bilan almashtirish mumkin bo‘lga

sintaktik vosita. Undan tashqari bu atama so‘zlari yoki iboralari kontekst ichida ham, kontekstsiz

ham tushunilishi mumkin. Nutq, rivoyatlar, matnlar takrorlashdan qochib, ularni rang-barang va

xilma xiligini saqlab qolishga ko‘mak beradigan stilistik vosita.

Perifaza funksiyalari

Perifraza matn ichida ko‘p funksiyalarga ega bo‘lib, ular takrorlanish va tushunchaning

sinonimik versiyasini ochib beradi. Mashxur tilshunos olim I.P.Galperin perifrazaning vazifalarini

ob’ektlar nominatsiyasi, uning predmeti va boshqa nutqiy iboralar o‘rtasidagi bog‘lanishlariga

ko‘ra ajratadi. Galperin ta’kidlaydiki, perifraz quyidagi funktsiyalarga ega 1. Nominativ

“Nominatsiya – til birliklarining ifodalovchi va predmetlar bilan o‘zaro bog‘lanishini nomlash

jarayoni va natijasidir” Nominativ perifraza obyektni uchta usulda nomlaydi 1) indikativ tavsif,

trafaret frazeologik nomlash 3) sinonimik tushuntirish. Nominativ funktsiya ob’ekt va harakat

hodisasini aniqlash uchun xizmat qiladi. Boshqa funktsiyalar singari, nominativ funktsiya ham

ma’lum tarkibiy qismlarga ega, masalan, adabiy matnlarda. Semantik nuqtai nazardan leksik

ma’no o‘z-o‘zidan murakkab semantik belgilarni ifodalaydi. Leksik maʼno intensiv va

implikativga boʻlinadi. 2. Tasviriy. Bu funksiya perifrazning tavsiflovchi harakterini ochib beradi.

Bu shuni anglatadiki, ifodalangan iboralar yoki jumlalarda perifraz uni tavsiflovchi ob’ekt

xususiyatlarining ba’zi muhim jihatlarini namoyish etadi. L. V. Grehneva, perifraza ob’ektlar

to‘g‘risidagi, shuningdek, nominatsiya sub’ektlari haqidagi ma’lumotlarni o‘tkazishi mumkin deb

hisoblaydi. Nominativ perifraza ko‘pincha muallifning qiziqishlari haqida ma’lumot beradi. 3.

Boyitish. Bu vazifa ob’ektni ham leksik, ham perifraza tomondan ko‘rsatishning turli usullari

yordamida nutqni boyitish va rang-baranglashtirishni ta’minlaydi.


background image


488

4. Ekspressiv. 5. Muqobil. 6. Hissiy-baholash. 7. Uslubni shakllantirish.

8. Ko‘tarish.

Yu.E. Cherednichenkoning tadqiqotlari orqali., rus va ingliz izohli perifrazi istehzoni

ifodalash kuchiga ega ekanini takidlagan [9]. I.A. Sidorov perifrazning funktsiyalarini o‘rganar

ekan, perifrazning nominativ, ekspressiv, cheklangan uchta funktsiyasini ajratishni taklif qiladi.

Biroq, bu funktsiyalarning turli xil gaplar va so‘zlarni tahlil qilib, ochib berish uchun yetarli emas

[10]. Albatta har bir ilm egasi izlanishlari orqali o‘z xulosasiga keladi va xulosalar har xiligi bilan

ko‘pincha ikkilanishlarga olib kelishi mumkin qaysidir jihatga to‘g‘ri kelgan ilmiy izlanish

xulosasi boshqa bir jihatga to‘g‘ri kelmasligi, yetarlicha uni ochib bermasligi mumkin biroq

albatta har bir izlanish natijasi o‘rinli bo‘lishi aniq chunki bu xulosalar chuqur izlanishlar va

tadqiqotlar va tajribalar orqali kelib chiqariladi. Xulosa qilib aytganda, “Perifraza” atamasi yana

ham chuqurroq o‘rganilsa yuqorida sanalgan funksiyalar soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi

shubhasiz chunki til hech qachon bir qolibda turmaydi. Texnika, ilm- fan, iqtisodiyat rivojlangani

sari albatta tilimizda ham islohatlar va rivojlanishlar bo‘ladi va bu tildagi har bir uslubga o‘z

tasirini o‘tqazadi va perifraza uslubi bundan mustasno emas albatta. Biroq, hozirgi tilimizda

perfrazani yuqorida sanalgan funksiyalarini muqobil uchragani sababli va hozircha shu funksiyalar

asosiylik darajasida.

Perifrazani otoqli otlar bilan qo‘llanilishini tasniflanishi

Perifraza uslubi faqat tilshunoslikda qo‘llaniladiga uslublardan bo‘lib qolmay boshqa

masalan ommaviy axborot vositalari, iqtisodiyot, ilm-fan, geografiya, tibbiyot, siyosat, arxetiktura

va yana bir qancha boshqa sohalarda ham qo‘llaniladi. Shundan kelib chiqib, perifrazani otoqli

otlar bilan qo‘llanilishini tasniflab va bu tasniflarga o‘zbek va ingliz tillarida misollar keltiramiz

va ikkita tilni perifrazik uslubini bir xillik yoki har xillik jihatlarini taqoslab ko‘ramiz.

Shaxs ismining atoqli otlari perifraza orqali ifodalash

Joy nomlaring atoqli otlari perifraza orqali ifodalanishi

Narsa- buyumlarning atoqli otlari perifraza orqali ifodalanishi

Aslida tasniflar qatoк lekin yuqoridagi uchta tasnif asosiy bo‘lgani uchun shu uchta asosiy

tasniflarga to‘xtalishga qaror qilindi. Perfrazaning shaxs ismning atoqli otlar orqali ifodalashga

tarixda buyuk yoki noo‘rin ishlari bilan tanilgan, o‘tkir hukumdorlar yoki siyosatchilar, tinchlik

va ozodlik uchun kurashgan elparvalar insonlar, ilm- fan ravnaqi yo‘lida ko‘plab kashfiyotlar

qilgan olimlar,o‘z noodatiy uslubi bilan tanilgan adib, qo‘shiqchi, raqossalar, sportda xayratlanari

natijaga erishgan sportchilar xalqi tomonidan qilgan ishlari uchun nomlariga tariflar berilgani. Bu

tariflar albatta perifraza uslubi orqali amalga oshirilgan.


background image


489

Shaxs ismining atoqli otlari perfraza orqali ifodalash

Masalan ingliz tilida

1.The Flower of Kings, The Once and Future King, Matter of Britain – King Arthur

2.Bloody Mary – Queen Mary I of England

3. The Father of His Country, The American Cincinnatus, The American Fabius, The Sage of

Mount Vernon – George Washington

4. The First Black President – Barack Obama

5. Ponyboy, Chip Off the Old Blockhead, Fredo Corleone – Donald Trump

6. The King of Pop – Michael Jackson

7. Father of Modern Surgery – Lister

8. The Little Fellow – Charlie Chaplin

9. Queen of All Media – Oprah Winfrey Show

10. The Man Behind The Machine – Bill Gates

O‘zbek tilida missollarga to‘xtalsak

1. Buyuk davlat arbobi, asoschisi,Buyuk Sarkarda, Sahibkiran – Amir Temur

2. Turonliklarning Jasoratli Onasi, Massagetlar Malikasi - To‘maris

3. Algebra fanining asoschisi – Muhammad Ibn Muso Al - Xorazmiy20

4. Buyuk hakim, Shayx ur-Rais, Tib ilmining Sarvari – Abu Ali Ibn Sino

5.O‘zbek adabiy tilining bayroqdori, Tafakku bog‘boni, Oltin qalam sohibi- Alisher Navoiy

6. O‘zbek futbol qiroli – Mirjalol Qosimov

7. Oq Tanli Tayson – Ruslan Chagayev

8. Qizlarning yoqimtoyi – Farruh Soipov

9. Maqom mulkining sultoni – Yunus Rajabiy

10. Sharq qo‘shiqlari qirolichasi, Musiqa qirolichasi – Yulduz Usmonova

Ba’zi ingliz tilida keltirilgan perifraza ta’riflarni aytmaganda ikkita tilda ham insonlarning

nomlari ularning jamiyatiga va butun dunyoga qo‘shgan hissasim uchun ularning nomi

ulug‘langan. Asosan bu perifrazik ta’rif nomlar ular haqida kitob yozilganda kitob sarlavhalariga

yoki tadbirlarda e’lon qilinganda ularga hurmat yuzasidan ishatiladi. Joy nomlarning atoqli otlari

perifraza orqali ifodalanishi. Joy nomlari atoqli otlar perifraza orqali ifodalanishiga to‘xtalsak,

joylarning, davlat, shahar, bino, qishloq, o‘rmonlar nomlanishi ularning rivojlanishi, iqtisodiyati,

joylashuvi, davlat ramzi, tarixiyligi, iqlimi, sharoiti, quyosh chiqish yoki botishi, hosildorligiga

kabi belgilarga qarab berilgan perifraza ta’riflar. Masalan ingliz va o‘zbek tillarida shahar

nomlarining perifraza atamalarini misollarini ko‘rib chiqsak.


background image


490

The big Apple- New York

The Old Smoke- London

The city of Love- Paris

The Land of Rising Sun –Japan

The red Dragon- China

O‘zbek tilida shaharlarga berilgan perifrazalar

Non Shahri –Toshkent

Dunyo sayqali- Samarqand

Islom quvvati- Buxoro

Ochiq osmon ostidagi tirik muzey- Xiva

Alpomishlar yurti- Qashqadaryo

Yuqorida keltirilganidek shahar nomlari ingliz va o‘zbek tillarida ham ularning o‘ziga xos

jihatidan yoki tarixda qoldirgan izidan kelib chiqib bu shaharlarni boshqa shaharlarda ajtratib

turadiga perifaza atamalari bilan nomlangan.

Narsa- buyumlarning atoqli otlari perifraza orqali ifodalanishi

Narsa buyumlar ishlangan buyum materilari, rangi, vazifasi, hajmi, orqali, avvaldan

mavjud bo‘lgan va bugunda takomilashgaligiga qarab perifrazalashtiriladi.

Ingliz tildagi narsa- buyumlarga berilgan perfrazalar bilan tanishamiz.

Small screen, telly – a TV

Bubble water, club soda- a coke

Horseless carriage, wheels- a car

Ice- chest, chiller- a fridge

Quyadagi misollarda o‘zbek tilda narsa- buyumlarning atoqli otlarning perifraza orqali

ifodalangani ko‘rsatilib o‘tilgan

Zangori ekran, o‘ynayi jahon- Televizor

Polat o‘t- mashina

Po‘lat qush- samolyot

Xulosa

Til –har bir ma’dinayatning g‘ururi va bu insonlar ortasidagi eng muhim aloqa vositasidir.

Tilimiz qanchalik bo‘y va rang barang bo‘lsa uning ma’daniy darajasi yuqori bo‘ladi.Perifraza esa

tilimizni rang-barangligini taminliydiga stilistik vositalardan biri. Maqolada keltirilgan perifraza

vazifalari esa inson nutqida bir xilikdan qochib, lug‘at boyligini o‘shirish va so‘zlovchi nutqini

yoki yozuvchi asarini qiziqali va ajralib turishiga ko‘mak bo‘ladigan stilistik vosita. Ingliz tilida


background image


491

ham o‘zbek tilida ham atoqli otlar tasniflanishi va tasniflangan atoqli otlar perifrazaning yuqorida

sanab o‘tilgan vazifalaridan foydalangan holda misollarda ikkita tilning rang-barangligi va

ularning lug‘aviy boyligini ko‘rish mumkin.

REFERENCES

1.https://www.merriam-webster.com/dictionary/periphrasis

.

2.https://slovarozhegova.ru/word.php?wordid=20718

3.Rozental’ D.E. Telenkova M.A, Dictionary=reference book of linguistic terms. M. 1976

4.Xojiev A. Annotated Dictionary of Linguistic Terms.-T 1985.

5.

Galperin I. R. Stylistics. – M.: Higher school, 1981.-p.169.

6.Ashurova D.U., Galiyeva M.R. Stylistics of literary text. - T.: Turon-Iqbol, 2016.- p.235

7.Grehneva L. V. On some aspects of periphrastic nomination. 2009.-p.207.

8.Grehneva. L. V. Objects of Periphrasis in A. Zabolotsky's Poetry. – M.: GIS, 2010.-p.504.

9.Musayev Q. English stylistics. - T.: Adolat, 2003.-p.119.

10.Chromeextension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/http://www.science.vsu.ru/dissertati

11.https://pendulumedu.com/general-awareness/nicknames-of-world-cities

12.https://www.samdu.uz/ru/news/34375

13https://uz.wikipedia.org/wiki/AQSh_prezidentlari_ro%CA%BByxati

14.https://scienceweb.uz/publication/11051

15.www.ziyonet.uz

16.https/mutafakkir.uz>olimlar-va-mutafakkirlar

17.www.xorazmiy.uz

References

Rozental’ D.E. Telenkova M.A, Dictionary=reference book of linguistic terms. M. 1976

Xojiev A. Annotated Dictionary of Linguistic Terms.-T 1985.

Galperin I. R. Stylistics. – M.: Higher school, 1981.-p.169.

Ashurova D.U., Galiyeva M.R. Stylistics of literary text. - T.: Turon-Iqbol, 2016.- p.235

Grehneva L. V. On some aspects of periphrastic nomination. 2009.-p.207.

Grehneva. L. V. Objects of Periphrasis in A. Zabolotsky's Poetry. – M.: GIS, 2010.-p.504.

Musayev Q. English stylistics. - T.: Adolat, 2003.-p.119.

Chromeextension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/http://www.science.vsu.ru/dissertati

www.ziyonet.uz

https/mutafakkir.uz>olimlar-va-mutafakkirlar

www.xorazmiy.uz