Authors

  • Samandar Mahmudov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31555

Keywords:

Europe starter coins of Central Asia coin collection China India Sogd Bukhara Somani false dirham.

Abstract

Information and comments are given on the origin of coins and its reasons, trade relations with coins and their role in public life.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1256

QADIMIY TANGALAR VA ULARNING IJTIMOIY HAYOTDAGI O`RNI

Mahmudov Samandar Salohiddin o’g’li

Buxoro davlat pedagogika instituti

Tarix yo`nalishi

1-TAR-23k guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11090464

Annotasiya.

Ushbu maqolada

t

angalarni kelib chiqishi va uning sabablari hamda tangalar

bilan qay tarzda savdo aloqalari olib borilishi, uning ijtimoiy hayotdagi roli haqida ma`lumot va
mulohazalar keltirilgan.

Kalit sòzlar:

Yevropa, starter, O`rta Osiyo, tanga, kolleksiya, Xitoy, Hindiston, So`g`d,

Buxoro, Somoniy, fals, dirxam.

ANCIENT COINS AND THEIR PLACE IN SOCIAL LIFE

Abstract.

Information and comments are given on the origin of coins and its reasons, trade

relations with coins and their role in public life.

Key words:

Europe, starter, coins of Central Asia, coin, collection, China, India, Sogd,

Bukhara, Somani, false, dirham.

ДРЕВНИЕ МОНЕТЫ И ИХ МЕСТО В ОБЩЕСТВЕННОЙ ЖИЗНИ

Аннотация.

В статье представлены сведения и мнения о происхождении монет и

его причинах, о том, как осуществляются торговые отношения с монетами, и о ее роли в
общественной жизни.

Ключевые слова:

Европа, стартер, Средняя Азия, монета, коллекция, Китай,

Индия, Согд, Бухара, сомони, фальшивый, дирхам.

Tangalarni kelib chiqishi,

tarixga kelsak tangalar oldin bòlmaganligini asosiy sababi toģ-

kon sanoati rivojlanmaganligida hisoblanadi asosiy sabab. Tangalar bòlmagan paytda ibtidoyi
jamiyatda ayirboshlash ya'ni natural savdo bòlgan. Ular savdoda masalan gòshtga va hokazo narsa
buyumlarni almashgan. Tangalarning kelib chiqishi metallning kashf etilishi va toģ-kon
sanoatining rivojlanib borishiga qarab rivojlanagan. Tangalar bòlmagan paytda ham pul
munosabatiga yaqin natura kòrinishdagi chiģanoq, itning tish qismi, chòchaqaning dumi va mòyna
kabi mahsulotlar pul hisobida bòlgan. Insonlar ehtiyojida metal bir xil segment bo`lib, undan pul
sifatda foydalanish osonroq va qulayligi bilan ajralib turgan. Shu sababli ham metallni tanlashadi
va maydalab har xil shakllarda foydalanishadi. Pul sifatda foydalanish metallning noyobliga qarab,
uning pul hisobidagi narxi balandroq bòlgan. Dunyodagi birinchi tangalar Lidiyada lidiyaliklar
tomonidan ishlangan. Ular Kichik Osiyoda yashagan boy va qudratli davlat bòlgan holda
iqtisodiyot va xo`jalikni rivojlantirish uchun bir xil narsa orqali sotib olish va sotish kerakligini
anglashgan. Shu boisdan ularda birinchi tangalar yaratilgan. Ushbu tangalar 75% oltin va 25%
kumushdan iborat qotishma elektrondan yasalgan. Ularning hajmi va shakli loviyaga òxshagan
bo`lib, unning nomi Staterlar deb atalgan. Bu tangalarni kòrgan yunonlar ularning afzalliklarini
yuqori baholab, òzlari ham ulardan kòchirma tangalar yasashgan. Tangalar tarixning eng yaxshi
ashyoviy dalidir chunki oldinda har bir hukmdor zarb etgan tangalar òsha davlatning kuch
qudratini va iqtisodiyotini qay darajada ekanligini bildirb turgan. Hukmdorlar òz nomiga atab mis,
kumush, oltin tangalar zarb etirgan. Tangalar uzoq òtmishdagi siyosiy, iqtisodiy munosabatlat,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1257

dunyoqarash tizimlari, ishonch va e`tiqodlar haqida, badiiy tasavvurlar tòģrisida bebaho
ma'lumotlarni òzida saqlaydi. Tangalarning yana bir yaralishiga sabab dehqonchilikdan
hunarmandchilik, chorvachilikning ajralib chiqishi tangalar yaralishiga olib keldi.

Yevropa tangalari mil. avv. VIII-VII asrlarda Lidiyada va undan keyin, Egina

(Yunonistonda) zarb etilib, ularning shakli yumaloqsimon tangalar bòlgan va qulay bòlgan. Oltin,
kumush, misdan yasalib ular orasiga har xil qotishma metallar quyilgan. Tangalarni zarb etilishi
Yevropa xalqlariga qòl kelgan va ular bozor iqtisodiyotini rivojlantirgan. Shaharlar paydo bòlib,
har bir shahar òz tangasini zarb ettirib, bu tangalar avval shahar ichida keyinchalik shahar
tashqarisada ham muomalada bòlgan. Shunday tangalar bòlsada, lekin rivojlanishdan orqada
qolgan ayrim davlatlar hali ham natura kòrinishi bor edi. Masalan, XII-XIII-asrlarda Rus davlatida
ko`p hollarda mòyna pul òrnida ishlatilgan. Qadimgi Italiyada Apollon chashmasi deb atalagan
muqaddas buloqdan 300 kg tangalar topilgan. Ular buloq uchun ehson sifatda tashlangan.

Qadimgi tarixchilar Gerodot va Ksenofont asarlarida ilk tangalarning oltin va kumushdan

bòlganligi haqida aytib òtigan. Yevropada (Konstantinopolda) Аnastasiy I Dikor (491-518 yy)
davrida uning nomi bilan qanotli ģalaba xudosi va (Konstatinopol) nomining harf yozilgan kumush
tangasi zarb qilinadi. Bu ham tangalar tarixi rivojlanishiga asos bòla oladi. Makedoniyalik
Aleksandr tetrodraxmasi miloddan avvalgi 323 yil Aversi-hukmdor boshi òng tomonga burilgan
shoh tasviri va reversi uzatilgan òng qòlida qadah tutib taxtda òtirgan Zevs tasviri aks ettirilgan.

Kumush tetrodraxma dimetri 28 mm, vazni 17,5 grammni tashkil etgan. Tangalar dizayni

òzgarib borishi davrlarga va hukdorlarga qarab òzgarib brogan. Odamlar tangalarni yòqotib
qòymaslik uchun òziga qulay qilib zarb qilishgan va dizayn jihatdan turli xil ma`budlar va hayvon
tasvirlari tushirilgan tangalar tarqalgan. Ayniqsa misdan zarb qilingan tangalar chunki, misni zarb
qilish oson bòlgan. Shu bilan birga soxta tangalar ham chiqqan buning ortidan kòpgina firibgarlar
boyib olishgan. Keyinchalik buni oldini olish uchun hukmdor muhri tushurilgan tamģa yordamida
zarb qilingan. Shunda ham muhrdan ham nusxa olib ishlab chiqarishgan. Buyuk geografik
kashfiyotlardan sòng Gollandlar, fransuzlar, ispanlar turli hududlarga ekspeditsIya uyushtirib, u
yerdagi hayotni òrganishdi. Bo`lajak mustamlakalarda tanga òrniga masalan Melaniziya xalqlari
pul o`rnida itning tishi va kauri deb atalgan chiģanoqlar orqali savdo qilishgani haqida tarixiy
kitoblarda yozilgan. Hozirgi kunda ham turli davlatlarda ham shu kòrinishdagi pul munosabati
bor. Yevropa tangalarning qadimiylari Buyuk Britaniya muzeylarida saqlandi. Bu tangalar ichida
O`rta Osiyo xonliklar tangalari ham bor.

Insoniyatning ijtimoiy hayotida pul munosabatida katta rol òynagan Osiyo va Afrika

xalqlariga it tishi, tosh, bolta, taqinchoqlar bòlgan bular esa pul munosabatiga tòģri kelmagan va
insonlar metani tanlashgan.

Òrta Osiyo tangalari tarixi ham juda boy hisoblanadi.

Òrta Osiyoda

ham tangalar tarixi uzoq tarixga borib taqaladi. So`ģd va Baqtrya, Kushon davlatlarining paydo
bòlishi òz pul munosabatlarini yòlga qòyish bilan tarixga muhrlanadi. Kushon davlati hukmdori
Kanishka tomonidan zarb etilgan tangalar bizning Buxoroda hududidan topilgan. Buxoroda zarb
etilgan tangalar davri Sosoniylar davridagi (III-IV asrlarda) tangalar Buxoro hududlarida keng
tarqalgan. Sosoniy podshohi Varaxram V ning tangasiga taqlidan mahalliy hukmdorlar tangalar
zarb ettiradi va bu tangalar Buxorxudotlar tangasi deb atalib, VII-VIII asrlargacha muomalada
bòlib, arablar bosqini tufayli tangalarni muomaladan chiqarilib, òrniga xuddi òsha tangalar faqat
arab hukmdorlari nomi yozilgan tangalar zarb etigan. IX-X asrlarda Buxoroda Somoniylar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1258

hukmdorligi paytida pul islohoti bòlib òtadi. Somoniy hukmdor Nasr pul islohotida kumush
dirham zarb ettiradi. Ularning ichki tangalari yani, mis tangalar fals deb yuritilgan. Kumish
tangalar tashqi savdoda ishlatigan ularning nomi dirham deyilgan. Kumush tangalar faqat hukmdor
buyruģi bilan zarb etilgan va ular Marv, Samarqand, Buxoro, Shoshda zarb etigan. Yana tilla tanga
Nuhning buyruģi bilan Samarqanda 961-962 yillarda zarb etigan. Abdulloh ibn Talxa davrida 15
dan ortiq zarbxonalar bòlgan. Buxoroning òzida esa 30 dan ortiq zarbxonalar bòlgan ular vaqt
vaqti bilan ishlab turgan, chunki hukmdor almashganda òzining tangalarini zarb etirgan.

Temuriylar davrida tangalar kòplab zarb etilib savdo aloqalarini yaxshi olib borgan. Amir

Temur davrida eng katta 40 ortiq taniqli zarbxonalar bòlib, tilladan kumish, misdan tangalar
chiqarib turishgan. Amir Temurning nabirasi Uluģbek Mirzo kumushdan tangalar zarb ettirib,
muomalaga qòygan. Xonliklar davrida esa yangi tangalar zarb etilgan. Manģitlar hukmronligiga
kelib, Amir Haydar davridan boshlab miriy tangalarni ishlab chiqarilgan. Manģitlar davlatining
uch turdagi tangalari bòlgan bular: 1. Ashrafiy ya'ni tilla tanga. 2. Kumush tangalar. 3. Fulusiy
tangalar, ya'ni mis tangalar zarb qilingan. Òrta Osiyo hududida tangalarga oid yodgorliklar topib
òrgangan olimlar Masson, Tolstov, G'ulomov va hokazo olimlar qidiruv ishlarini olib borib kòplab
numizmatikaga oid topilmalar topishgan. Yana Tojikiston, Turkmaniston hududida bòlgan
qidiruvlarda tangalari topilib òrganishgan. Xitoy va Hindistonda topilgan tangalar va oldinda pul
sifatda nimalardan foydalanishgani haqida ham fikr yuritishimiz kerakdir.

Xitoyda mil.avv 770-476 yillarda hukumronlik qigan sulolar davrida metal tangalar ishlab

chiqarilgan. Mil.avv 350 yillarga kelib òrtasi kvadrat shakldagi teshik tangalar kòpaydi. Bu
tangalarni òrtasini teshig bòlgan sababi ularning teshik qismidan ip òtkazib olib yurish oson va
xavfsiz bòlgan. Xitoyliklar yevropa kabi metalni kesib yoki maydalab tanga yasashmagan. Ular
qoliplardan foydalanib har xil metalldan foydalanishgan. Ular quyma metallar qalay, mis,
qòrģoshin, bronza, temir va boshqa metallardan foydalanishgan. Oltin va kumushdan kam
foydalangan shu sabab ham tangalarni chet savdoda qòl kelmagan ularninig tangalar ichki savdoda
yuritilgan. Xan sulolari davriga kelib tangalardan soliq, jarimalar moashlar tòlash uchun keng
qòlanilgan. Oldinda tangalar bòlmagan paytda ular turli xil narsalar bilan savdo qilishgan masalan
toshbaqaning kosasi, taqinchoqlar, kauri chiģanoqlaridan foydalangan. G'arbiy xan sulolari
davrida yiliga òrtacha zarbxonalarda 220 millionga yaqin tangalar zarb etirilgan. Sharqiy Vu
sulolasining (222-280 yy) Da quan Vu Qianning faqat 6 turdagi tangalari borligi aytib òtilgan.

Xitoy tangalari òz davlatining muhri yoki shoh tasviri tushirilgan tangalar bòlgan.

Hindiston tangalari mil.avv I ming yilik boshidan VI asrgacha bòlgan joylarda boshlangan

u tangalar mis, kumush tangalardan foydalanishgan. Mahenjadaro va Xarappa shaharilarda savdo
qaynagan ular tangalardan keng foydalanishgan u tangalar shtamplangan tangalar hisob istagan
vaqt òzgartirish mumkin bòlgan. Tangalarni yana òzgarishi Zahriddin Muhammad Bobur davrida
turli xildagi tangalarni zarb etilishi ham O`rta Osiyoga tangalar kirib borishiga sabab bòlgan.

Maurya imperiyasining ham pul islohotiga qòshgan hissalari kòp. Hindistonda oltin kòp

bòlgan kumush esa kam bòlgan. Shu sababli Eron forslari bilan oltinni kumushga ayirboshlash
natijasida kumush kòpaygan va kumush tangalar zarb etib hind rupiyasi ham ishlatilgan. Hindlarda
oldinda natura kòrinishi juda avj olgan chunki aholisi kòp millt bòlgan ular ham xitoyliklar kabi
kauri chiģanoqi va turli xil qimmatbaho toshlardan foydalanishgan. Hindlarning eng qadimgi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1259

tangalari hozirgi Buyuk Britaniya muzeyida turadi, uning boisi uzoq davr Buyuk Britaniya
mustamlakasi bòlgani hamda inglizlar tomonidan keng o`rganilishidir.

Tangalarni kolleksiyaga yiģish XIV asrdan boshlab asta-sekin odat tusiga kiradi. Qirollar

va imperatorlar qimmatbaho tangalarni davlat xazinasidan ajratib olib, maxsus tangalarni
saqlovchi xonalarga saqlashi hamda ularni òrganish, tartib berish uchun olimlarni jalb etganlar.

Hozirgi kunda Angliya, Fransiya, Sankt-Peterburg, Vena, Berlin kabi mamlakat

shaharlarida jahondagi yirik yiģma kolleksiyalar mavjud. Pyotr1 tominidan Peterburgda tashkil
topgan muzey kuneskomerada boshqa eksponatlar bilan birga tangalar kolleksiyasida 300 mingta
tangga pul bor. Hozirgi kunda ham tanga pullarni kolleksiyaga yiģish bor masalan hozida
Bekobodda yashovchi D. Jo`rayevaning kolleksiyasida XV asrga oid 343 ga yaqin tanga bor va u
tangalar Temuriylar tarixi davlat muzeyga topshirilgan. Bu tangalar 1491-1495 yillar zarb
qilingan. Bu tangallarni zarb qilingan sanasi va joyi tangani òzida yozilgan. Buxoroda 173 tasi,
Samarqandda 91 ta, Shoshda 3 ta, Hisor Shodmon 1 ta, Andijonda 1 ta zarb etigan bo`lib, qolgan
74 tasi yaroqsiz qayerda zarb etilganini aniqlab bòlmagan. Britaniya muzeyida O`rta Osiyo
xonliklari tangalari hozirda ham saqlanadi.

Xulosa qilib aytgan tangalarning inson hayotidagi òrni juda katta tangalarning paydo

bòlishi shaharlarning òzgarishi insonlarning pul bilan savdo qilishi ijtimoiy hayotida katta
ahamiyatga ega bòldi. Har bir inson tadbirkorlikka hamda doimiy rivojlanishga qarab intilishiga
ham muhim ahamiyat kasb etdi. Òsha davr ijtimoi iqtisodiy hayotini hozirda biz qadimiy
tangalardan bilib olmoqdamiz.


REFERENCES

1.

Rahmonqulova Z. Xronologiya, T. A. Navoiy nomidagi davlat nashriyoti, Toshkent. 2006.

2.

Rahmatullaeva O. Salomov. J. Numizmatika. Metodik qòllanma. 2012.

3.

Devid. Xartil (2005yil 22-sentyabr) Quyma Xitoy tangalari. Trofford nashiriyoti "YK
Kvan tomonidan" chinessechinese net, 2012 yil 3-may. Asl nusxadan arxivlangan. 2012
yil 3-may.

4.

Kulke, Herman a Rat hermand Dicfmar (2004) Hindiston tarixi. Routledge ISBN 0-415-
329j-19.1.

5.

Salimovich, Murodov H. "Tourism Development in Bukhara During the 1990s and Its
Problems."

International Journal on Integrated Education

, vol. 5, no. 6, 2022, pp. 298-

302.

6.

Salimovich,

M.

H.

(2023).

MARKAZIY

OSIYO

TURIZM

SANOATI

RIVOJLANISHIDAGI YUTUQ VA MUAMMOLAR.

SAMARALI TA’LIM VA

BARQAROR INNOVATSIYALAR

,

1

(4), 175-184.

7.

Мурадов, Х. (2023). ОБЗОР ИСТОРИИ РАЗВИТИЯ ТУРИЗМА.

Ижтимоий-

гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-
гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences.

,

3

(S/8).

https://doi.org/10.47390/SPR1342V3SI8Y2023N05

8.

Salimovich,

M.

H.

(2023).

BUXORO

TURIZMI

RIVOJIDA

MILLIY

HUNARMANDCHILIKNING

ORNI.

SAMARALI

TA’LIM

VA

BARQAROR

INNOVATSIYALAR

,

1

(5), 115-122.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1260

9.

Ashurova, G. S., & Murodov, H. S. (2023). ISSUES OF EDUCATION IN THE MIDDLE
AGES (IX-XII) CENTURIES AND DEVELOPMENT HISTORY.

Results of National

Scientific Research International Journal

,

2

(12), 238-240.

10.

Ismigul, I., & Halim, M. (2023). Mustaqillik arafasida Ozbekistonda turizm sohasining
holati.

SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR

,

1

(5), 256-266

11.

Salimovich,

M.

H.

(2024).

SANATORIYA–KURORT

MUASSASALARI

FAOLIYATINING BUXORO TURIZMI RIVOJIDA ORNI.

SAMARALI TA’LIM VA

BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI

,

1

(6), 199-204.

12.

13.

Salimovich , M. H. . (2024). The Role of the Cultural Sector in the Development of

Bukhara

Tourism.

Miasto

Przyszłości

,

45

,

729–735.

Retrieved

from

https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/2725

13.

14.

Murodov, H. (2024). VISA POLICY DURING THE ACTION STRATEGY PERIOD.

Modern

Science

and

Research,

3(2),

637–644.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30326

14.

15.

Халим, М. (2022). РАЗВИТИЕ МЕЖДУНАРОДНОГО ТУРИЗМА В

УЗБЕКИСТАНЕ В ПЕРВЫЕ ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ И ЕГО НОРМАТИВНО-
ПРАВОВАЯ БАЗА. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари /
Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities
and Social Sciences., 1(4), 13.

https://doi.org/10.47390/B 1342142022N1

15.

Murodov Halim Salimovich. (2023). BUXORO TURIZMI VA MILLIY
HUNARMANDCHILIK. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 2(12),
93–96. Retrieved from https://jets.innovascience.uz/index.php/jets/article/view/149

References

Rahmonqulova Z. Xronologiya, T. A. Navoiy nomidagi davlat nashriyoti, Toshkent. 2006.

Rahmatullaeva O. Salomov. J. Numizmatika. Metodik qòllanma. 2012.

Devid. Xartil (2005yil 22-sentyabr) Quyma Xitoy tangalari. Trofford nashiriyoti "YK Kvan tomonidan" chinessechinese net, 2012 yil 3-may. Asl nusxadan arxivlangan. 2012 yil 3-may.

Kulke, Herman a Rat hermand Dicfmar (2004) Hindiston tarixi. Routledge ISBN 0-415-329j-19.1.

Salimovich, Murodov H. "Tourism Development in Bukhara During the 1990s and Its Problems." International Journal on Integrated Education, vol. 5, no. 6, 2022, pp. 298-302.

Salimovich, M. H. (2023). MARKAZIY OSIYO TURIZM SANOATI RIVOJLANISHIDAGI YUTUQ VA MUAMMOLAR. SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR, 1(4), 175-184.

Мурадов, Х. (2023). ОБЗОР ИСТОРИИ РАЗВИТИЯ ТУРИЗМА. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(S/8). https://doi.org/10.47390/SPR1342V3SI8Y2023N05

Salimovich, M. H. (2023). BUXORO TURIZMI RIVOJIDA MILLIY HUNARMANDCHILIKNING ORNI. SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR, 1(5), 115-122.

Ashurova, G. S., & Murodov, H. S. (2023). ISSUES OF EDUCATION IN THE MIDDLE AGES (IX-XII) CENTURIES AND DEVELOPMENT HISTORY. Results of National Scientific Research International Journal, 2(12), 238-240.

Ismigul, I., & Halim, M. (2023). Mustaqillik arafasida Ozbekistonda turizm sohasining holati. SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR, 1(5), 256-266

Salimovich, M. H. (2024). SANATORIYA–KURORT MUASSASALARI FAOLIYATINING BUXORO TURIZMI RIVOJIDA ORNI. SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI, 1(6), 199-204.

13. Salimovich , M. H. . (2024). The Role of the Cultural Sector in the Development of Bukhara Tourism. Miasto Przyszłości, 45, 729–735. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/2725

14. Murodov, H. (2024). VISA POLICY DURING THE ACTION STRATEGY PERIOD. Modern Science and Research, 3(2), 637–644. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30326

15. Халим, М. (2022). РАЗВИТИЕ МЕЖДУНАРОДНОГО ТУРИЗМА В УЗБЕКИСТАНЕ В ПЕРВЫЕ ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ И ЕГО НОРМАТИВНО-ПРАВОВАЯ БАЗА. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 1(4), 13. https://doi.org/10.47390/B 1342142022N1

Murodov Halim Salimovich. (2023). BUXORO TURIZMI VA MILLIY HUNARMANDCHILIK. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 2(12), 93–96. Retrieved from https://jets.innovascience.uz/index.php/jets/article/view/149