471
BOLA TARAQQIYOTINI TA`MINLOVCHI OMILLAR
Xakimova Nasiba Barakayevna
Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11091758
Annotatsiya.
Mazkur maqolada bola shaxsiyatining taraqqiyotini ta’minlovchi omillar
ketma-ketligi, mazmuni va ahamiyat darajasi hususida keng ma’lumotlar, psixologik izlanishlar
natijaviy xulosalari, xorijiy hamda Sharq allomalarning ushbu mavzu yuzasidan keltirgan,
asoslangan fikr-mulohazalar kiritilgan.
Kalit so’zlar:
bola, muhit, oila, jamiyat, tarbiya, qadriyat, omil, din, ijobiy, salbiy.
FACTORS ENSURING CHILD DEVELOPMENT
Abstract.
This article includes extensive information on the sequence, content, and
importance of factors that ensure the development of a child's personality, the results of
psychological research, and well-founded opinions of foreign and Eastern scholars on this topic.
Key words:
child, environment, family, society, education, value, factor, religion, positive,
negative.
ФАКТОРЫ, ОБЕСПЕЧИВАЮЩИЕ РАЗВИТИЕ РЕБЕНКА
Аннотация.
Данная статья включает обширные сведения о последовательности,
содержании и значении факторов, обеспечивающих развитие личности ребенка,
результаты психологических исследований, а также обоснованные мнения зарубежных и
восточных ученых по этой теме.
Ключевые слова:
ребенок, среда, семья, общество, образование, ценность, фактор,
религия, позитив, негатив.
Bolaning shaxsiyatining rivojlanishi turli xil faoliyatlarda tengdoshlari va kattalar bilan
muloqot qilishda eng samarali hisoblanadi.
Tarbiya, irsiyat (nasl) va muhit bolaning rivojlanishida asosiy o'rin tutadi. Agar ana shu
uchta omil bolaga ijobiy ta'sir qilsa, u kelajakda barkamol inson bo'lishi va salbiy tomondan ta'sir
qilsa, badaxloq kimsaga aylanishi mumkin.
Bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida Islom dini va ulamolarning asarlarida
yetarlicha fikr va mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga bolaning rivojlanishi haqida G'arb
faylasuflari ham o'zlarining qarashlarini bayon qilishgan. Quyida biz G'arb va Islom dunyosining
bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqidagi fikrlarini keltirib o'tamiz.
Bolaning shakllanishi haqida G'arb faylasuflarining fikrlari.
472
Biologik yo'nalish – bu yo'nalish tarafdorlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy
– biologik (irsiy) omillar hal qiluvchi rol o'ynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona
qornidalik vaqtida avlod-ajdodlardan o'tgan tug'ma xususiyatlargina rivojlanadi. Ular tarbiya va
muhitning rolini cheklab qo'yishadi. Yo'nalishning tarafdorlari Aristotel, Platon hisoblanadi.
Preformizm yo'nalishi – XVI asr falsafasida vujudga kelgan bu oqim namoyandalarining fikricha,
bo'lajak shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga bola ona qornidaligidayoq ega bo'ladi. Ular tarbiya
va muhitning rolini butunlay inkor etishidi.
Insonning shakllanishida Islom dini va mutafakkirlarning fikrlari Islom dini va
mutafakkirlarning asarlarida bolaning shakllanishi uchun tarbiya, irsiyat va muhit ta'siri alohida
ta'kidlangan. Shu uch omilning ichida tarbiyaning roli, ayniqsa, ahamiyatli hisoblanadi. Ammo
tarbiya ta'sirining kuchi va natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi.
Chunki nasl va muhitda kamchilik bo'lsa, tarbiyaning ta'siri sezilmasligi mumkin. Quyida biz
uchta omil haqida Islom dini va ulamolarning qarashlarini keltiramiz.
Tarbiya – inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi va eng muhim omil hisoblanadi. “Tarbiya”
arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma'nolarni bildiradi.
Islom ulamolaridan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi: “Tarbiya bir
narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning
ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg'unlik va muvozanat ila
o'stirishdir”. Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning o'rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu
alayhi va sallam) ta'kidlaydilar. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Nabiy
(sollallohu alayhi va sallam): “Har bir tug'ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug'iladi. Bas,
ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”. Bu hadisi sharifdan irsiyat, ya'ni
biologik omil insonni shakllanishida asosiy o'rin tutadi degan fikrni ilgari suruvchi G'arb faylasuf
va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning muhimligini bilib olamiz.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishida yetakchi o'rinni o'z xalqining axloqiy qadriyatlarini
o'zlashtirish va keyinchalik umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni bilish va egallash yotadi. Ijtimoiy
taraqqiyot bilan chambarchas bog'liq maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasi
hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy xatti-harakatlari tajribasi kattalar bilan
muloqot jarayonida shakllanadi va tengdoshlari bilan turli xil qo'shma tadbirlar va munosabatlarda
mustahkamlanadi. Bolalarda ilm olish, ijod, ijtimoiy yo‘nalish kabi tushunchalar rivojlanadi,
sog‘lom hayot tarzi tarbiyalanadi va ular ijtimoiy muhitda o‘zlarini qanday tutish kerakligini
tushuna boshlashadi.
473
O'rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson tarbiyasiga ta'sir
etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor berganlar. Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning
muhimligini ta'kidlab: Munosib inson bo'lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta'lim va tarbiya
olish imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan
muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo'ldir...” deydi.
Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o'rniga alohida to'xtalib: “Bola tug'ilgach, avvalo,
ota unga yaxshi nom qo'yishi, so'ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada tarbiyaning
yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo'ladi” degan fikrni ilgari suradi.
Bolaning shakllanishida irsiyat (nasl)ning ahamiyati
Bola shaxsining rivojlanishida naslning ta'siri deganda ota-onadan bolaga meros bo'lib
o'tadigan jismoniy xususiyatlari (tananing tuzilishi, sochining, ko'zining, terining rangi, bo'y-basti)
shuningdek, tananing vertikal holdagi harakati, tafakkur va nutq rivojlanishi, mehnat qilish
qobiliyati, tug'ma holatda o'tadigan qobiliyatlar va xususiyatlar tushuniladi. Islom dinida naslga
alohida e'tibor qaratiladi. Chunki nasl pokiza va ota-ona ma'rifatli, axloqli bo'lsa, bu xususiyatlar
tug'ma holatda bolaga o'tadi va kelajakda komil insonga aylanadi. Agar ota-ona ma'rifatdan yiroq
va axloqsiz bo'lsa, ulardan tug'iladigan farzand jamiyatga zarar keltirishi mumkin. Lekin ota-
onadan tug'ma holatda o'tadigan qobiliyat va xususiyatlar o'z holicha rivojlana olmaydi, go'yo u
“mudroq” holda bo'lib, uning uyg'onishi – rivojlanishi uchun qulay muhit va muttasil tarbiya
kerak. Bola kamolotiga ta'sir etadigan omillardan biri tashqi muhit hisoblanadi. Muhit deganda
kishiga tabiiy ta'sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, oila muhiti
va ijtimoiy muhit kiradi. Tabiiy (geografik) muhit – insonning hayot tarziga, xarakteri va mehnat
faoliyatiga ta'sir etadi.
Masalan, shimolda istiqomat qilayotgan inson, janubda yashayotgan insondan nafaqat
jismoniy ko'rinishi, shu bilan birga ruhiyati, dunyoqarashi va xususiyatlari bilan ham ajralib turadi.
Oila muhiti – insonning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Chunki bola ko'z ochib ota-
onasini, qarindosh-urug'ini ko'radi. Uning jismoniy va ruhiy rivojlanish davri oila ta'sirida
shakllanadi. Agar oilada islomiy muhit mavjud bo'lsa, bolaning axloqi go'zal va fazilatli bo'lib
ulg'ayadi. Ijtimoiy muhit – ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan
ijtimoiy qonun-qoidalar insonga alohida ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy aloqa, ya'ni insonlararo o'zaro
munosabatlar natijasida odam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, kerakli tajriba va
bilimlarni egallaydi. Jamiyatda ma'naviy muhit yaxshi, adolat ustuvor bo'lsa, inson faoliyatiga
ijobiy ta'sir qilishi va aksincha bo'lsa, salbiy ta'sir ko'rsatadi.
474
Oila bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim bo‘g‘inidir. Uning bola shaxsi
shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri benihoya kattadir. Bolaning mustaqilligi nisbiy bo‘lib, u
ko‘pjihatdan kattalar qaramog‘i va yordamiga muhtoj bo‘ladi. Ota-orianing fikri va munosabati
bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega bo‘ladiki, u xulq-atvoming regulyatori va psixik
rivojlanishning stimulyatori bo‘lib xizmat qiladi. Psixiatrlaming ta’kidlashicha, bolani haddan
tashqari qattiqqo‘llik bilan tarbiyalash unda nevrozlarni va psixosteniyani keltirib chiqaruvchi
omillardan biridir. Albatta, har bir oiladagi munosabatlar o ‘ziga xos hamda takrorlanmasdir. Biroq
ota-ona va bola munosabatlarining umumiy jihatlari ham mavjuddir. Ota-onalar bolalar xulq-
atvorini boshqarishda qanday usullardan foydalanishlariga ko‘ra o‘rtadagi munosabatlar
ko‘pincha “demokratik” va “avtoritar” kabilarga ajratiladi.
Bolalarga oilaviy ta’sir etishning “demokratik” shakli uchun quyidagilar xos: bolaga ko‘p
narsaga ruxsat beriladi, bola bilan ko‘p muloqot qilinadi, unga ishonch va hurmat bilan
munosabatda bo‘linadi, ota-onalar bo‘lar-bo‘lmas ta’qiqlar qo‘ymaslikka harakat qiladilar, buning
o‘miga ular bolalarga oiladagi tartib qoidalami tushuntirishga intiladilar, iloji boricha bolalaming
savollariga javob berishga, ulamig qiziquvchanliklarini qondirishga harakat qiladilar. Oilladagi
“avtoritar” muhit bolalarga nisbatan haddan tashqari ta’qiqlaming ko‘pligi bilan xarakterlanadi.
“Hukmron” ota-onalar boladan to‘liq bo‘ysunishini talab qiladilar. Bunday oilalaida bolalarga
xulq-atvor qoidalarini tushuntirishga qaratilgan muloqot kamdankam o‘tkaziladi. Shu narsa
aniqlanganki, “avtoritar” va “demokratik” oilalarda tarbiyalanuvchi bolalaming shaxsiy
xususiyatlarida muayyan farq mavjud bo‘ladi. “Demokratik” oilalaming farzandlari ijodkorlikka
moyil, tashabbuskor, liderlikka intiluvchan, konformizmni (guruh fikrgia tobe bo‘lishni) inkor
etuvchi, ijtimoiy munosabatlarida ko‘proq emotsiyalami his etuvchi bo‘ladilar.
Sotsiometrik tajribalardan ma’lum bo‘lishicha oiladagi muhit iliq, ota-ona va bola o'rtasidagi
munosabatlar demokratik asosga qurilgan bo‘lsa, bola o‘z tengdoshlarining orasida jamoada
yuqori mavqega, aksincha, nosog‘lom oilada tarbiyalanayotgan bolalar ancha past mavqega ega
bo‘ladilar. Shu narsa aniqlanganki, bola qanchalik ko‘p erkalitilsa, shaxs sifatida shuncha sekin
etiladi, u passivlik va apatiyaga moyil bo‘ladi, ehtimol, keyinchalik uning xarakteri kuchsiz bo‘lib
shakllanadi. Oiladagi psixologik iqlim, ya’ni bolalar bilan bo‘lgan muloqot xarakteri, ulaiga mehr-
muhabbat, diqqat-e’tiborbilan munosabatda bo‘lishi o‘sib kelayotgan inson ahloqiy qiyofasining
shakllanishida o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham barkamol inson tarbiyasi avvalo
oiladagi muhitning sog‘lom bo‘lishini taqozo qiladi.
Demak, insonning kamolotga yetishiga ta'lim-tarbiya, muhit va irsiyat muhim
hisoblanadi. Nega bugungi kunda o'tmishda yashab o'tgan Imom Buxoriy, Forobiy, Beruniy va
475
G'azzoliy kabi olimlarga o'xshagan insonlarni uchratmaymiz? Chunki ularning irsiyati toza, ota-
onalari solih va soliha bo'lishgan, ular yashagan davrda ilm, ma'rifat va taraqqiyot o'zining
cho'qqisiga chiqdi, ya'ni muhit yaxshi bo'lgan va eng asosiysi, ajdodlarimizning tarbiyasiga mas'ul
bo'lgan ota-onalari va ustozlari o'z vazifalarini a'lo darajada bajarishgan, tarbiyalarida nuqson
bo'lmagan. Agar farzandlarimizning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi bu omillardagi nuqsonlarni
bartaraf etsak, albatta kelajak avloddan Imom Buxoriy,
G'azzoliyga o'xshagan zabardast olimlar yetishib chiqadi.
REFERENCES
1.
Z.T. Nishanova "Rivojlanish psihologiyasi. Pedagokik psihologiya".
2.
Xasanova.O U "Maktabgacha taʼlim pedagogikasi "
3.
Nasriddinova N. A. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’qish savodxonligini shakllantirish
mazmuni. J / Ta’lim, fan va innovatsiyalar. 2023. № 5. 68-71-betlar.
4.
Nasriddinova N. A. Methods for the development of reading literacy of primary school
students through independent thinking. J / International Journal of Health Sciences. –
Hindiston, 2022. –1690-1695-betlar.
https://doi.org/10.53730/ijhs.v6nS5.8968
5.
Turanova Iroda Egamberdi qizi. Oliy ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalardan
foydalanish. Sovremennыe innovatsionnыe issledovaniya aktualnыe problemы i razvitie
tendensii:
resheniya
i
perspektivы,
1(1),
217–219.
izvlecheno
ot
https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5169
6.
Abduraxmonova N.N. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini
takomillashtirish muammosining pedagogik zaruriyati // Science and innovation international
scientific journal volume 1 Issue 8 UIF-2022: 8.2\ISSN:2181-3337.2114-2121 betlar.
7.
http://scientists.uz/view.php?id=3348http://scientists.uz/uploads/202208/B-432.pdf
8.
Abdurakhmanova N.N. Structural and substantive features of improving the methodological
preparation of future elementary school teachers for the intellectual development of students
https://interonconf.org/index.php/pol/article/download/646/607/595
