Authors

  • Odina Qayumova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31582

Keywords:

mother tongue speech competence literacy phonetics science outlook knowledge skill paronym antonym linguistics method grammar lexicology.

Abstract

This article provides opinions on the theoretical foundations, brief history, level of study, and important components of the formation of linguistic competences in the native language among elementary school students.

background image


495

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA ONA TILIGA OID LINGVISTIK

KOMPETENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Qayumova Odina

GulDU tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11092005

Annotatsiya.

Mazkur maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ona tilaga oid lingvistik

kompetensiyalarni shakllantirishning nazariy asoslari, qisqacha tarixi, oʻrganilganlik darajasi,

va muhim tarkibiy qismlari haqida fikr-mulohazalar berilgan.

Kalit soʻzlar:

ona tili, nutq, kompetensiya, kompetentlik, savod, savodxonlik, fonetika, ilm-

fan, dunyoqarash, bilim, koʻnikma, paronim, antonim, lingvistika, metod, grammatika,

leksikologiya.

THEORETICAL FOUNDATIONS OF IMPROVING LINGUISTIC COMPETENCE OF

PRIMARY SCHOOL STUDENTS IN THEIR NATIVE LANGUAGE

Abstract.

This article provides opinions on the theoretical foundations, brief history, level

of study, and important components of the formation of linguistic competences in the native

language among elementary school students.

Key words:

mother tongue, speech, competence, competence, literacy, literacy, phonetics,

science, outlook, knowledge, skill, paronym, antonym, linguistics, method, grammar, lexicology.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОВЫШЕНИЯ ЯЗЫКОВОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ

УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ НА РОДНОМ ЯЗЫКЕ

Аннотация.

В данной статье даны отзывы о теоретических основах, краткой

истории, уровне изученности и важных компонентах формирования языковых

компетенций, связанных с родным языком, у учащихся младших классов.

Ключевые слова:

родной язык, речь, компетентность, компетентность,

грамотность, грамотность, фонетика, наука, мировоззрение, знание, умение, пароним,

антоним, лингвистика, метод, грамматика, лексикология.

Bugun kunda taʻlim sohasida kompetensiya, kompetentlilik kabi tushunchalar muomalada

juda keng foydalanilmoqda. Kompetensiya – (“competence”, “to compete” soʻzidan kelib chiqib)

soʻzi oʻzida “musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq” maʻnolarini ifodalaydi.

“Kompetensiya” tushunchasi ilk bor XX asrning 50–60-yillarida ilmiy adabiyotlarda tilga olingan.

Amerikalik olim N.Xomsky “Sintaktik strukturalar”, “Sintaksis nazariyasining aspektlari” nomli

asarlarida kompetensiyani insonning biror faoliyatni amalga oshirish layoqati sifatida talqin etgan.


background image


496

Kompetensiya tushunchasining qisqacha tarixi quyidagi bosqichlardan iborat:

Birinchi bosqich – 1960–1970-yillar. Tilni oʻrganishga doir dastlabki kompetensiyalar kiritila

boshlandi. Bunda D. Xayms tomonidan “kommunikativ kompetensiya”tushunchasi kiritiladi.

Ikkinchi bosqich – 1970–1990-yillar. Kompetensiya-kompetentlik kategoriyalarini tilni

ayniqsa ikkinchi (ona tilidan tashqari) tilni oʻrganish nazariyasi va amaliyotida, boshqarishda,

rahbarlikda, menejmentda professionallik va muloqotni oʻrganishda foydalanila boshlandi. Bu

paytda “ijtimoiy kompetensiya kompetentlik” tushunchasining mazmuni ishlab chiqiladi.

Uchinchi bosqich – 1990 va keyingi yillarda kompetensiyaviy yondoshuv, kasbiy taʻlimga,

umumtaʻlim fanlariga va boshqa yoʻnalishlarda qoʻllanila boshlandi. Oʻzbekistonda dastlab

Birinchi Prezidentimiz farmoniga muvofiq, chet tillarni oʻqitishni takomillashtirishga qaratilgan

2012-yil 12-dekabr farmoniga muvofiq ilk bor kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan DTS

ishlab chiqilib 2013-2014 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish boshlandi.

Shu bilan bir qatorda mamlakatimizda xalq taʻlimini isloh qilish boʻyicha koʻplab chora-

tadbirlar amalga oshirilmoqda. Uchinchi tiklanish beshigi sifatida Prezidentimiz gʻoyasiga koʻra,

taʻlimga eʻtibor qaratib, uni tubdan isloh qilish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Zero, taʻlimni

rivojlantirish uchun islohotni uning eng quyi boʻginidan boshlash aqlga sigʻmaydigan

oʻzgarishlarga olib keladi.

Respublikamiz umumtaʻlim maktablarida ona tilini oʻqitishda oʻqituvchilarning nutqini

oʻstirish, lugʻat ustida ishlash, taʻlim oluvchilarda ijodkor fikrlashlariga oʻrgatish, darslarni

integrativ yondoshuvlar asosida tashkil etish muammolari mamlakatimizning bir qator olimlari

tomonidan tadqiq etilgan. Jumladan, Sh. Yusupov, G. Axmedova, M. Haydarov, B. Toʻxliyev, O.

Oxunjonovalarning tadqiqot ishlari taxsinga loyiqdir. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining metodik

tayyorgarligini takomillashtirish masalalari K.Qosimova, Sh.Yoʻldosheva, X.Gʻulomova,

A.Nisanbayevalar tomonidan; umumtaʻlim maktablarining yuqori sinf ona tili darslarida

oʻquvchilarni ijodiy fikrlashga oʻrgatish masalalari R.G.Safarova, Sh.J.Yusupova, N.X.Sattorova,

N.A.Qosimova,

N.G.Alovuddinova,

O.Oxunjonova,

T.U.Ziyodova,

M.Saidov,

X.Q.

Shoymardonov kabilarning ilmiy tadqiqotlarida oʻz aksini topgan.

Ona tili oʻqitish metodikasida oʻquvchilarga nazariy bilimlarni amalda qoʻllashni oʻrgatish

zaruriyat ekanligi, mazkur ish turi bilan bogʻliq ayrim muammolar xususida K. Qosimova,

R.Mavlyanova, R. Ibragimov, M.Maxmudov, T.Ashrapova, T.Gʻafforova, Sh.Yoʻldosheva, N.

Bekniyazova, A. Xamroyev va boshqa didaktika va metodika sohasiga oid mutaxasisslarning

tadqiqot ishlari, metodik qoʻllanma hamda monografiyalarida fikr yuritilgan, muayyan tavsiyalar

berilgan. Uymumiy jihtdan olganda oʻquvchilarni oʻrganilayotgan nazariy bilimlarni amalda


background image


497

qoʻllashga oʻrgatish zarurligi va ahamiyati, bunda ularning mustaqilligini oshira borish haqida

gapirmagan olimlarni topish qiyin.

Lingvistik kompetensiya – bu, nutqiy faoliyatni tartibga soluvchi grammatik qoidalarni

amaliyotda uygʻunlikda – oʻrganayotgan tilda soʻz va jumlalarni toʻgʻri qoʻllay olish, nutqda

fikrning gapdagi ifodasining toʻgʻri-notoʻgʻriligini ajrata olish layoqatidir, yaʼni boʻlajak

pedagogning oʻzbek tilidan “lingvistik kompetensiyasi” tushunchasi deganda bu uning oʻzbek tili

birliklari, nutqiy xususiyatlarni anglay olishi, til hodisalarini tahlil qila olishi, qismlarni bir

butunga birlashtira olishi, namunalar asosida jumla qura olishga tayyorligidir.

Shunga koʻra lingvistik kompetensiyani quyidagicha tasniflash mumkin.

1.1-rasm. Lingvistik kompetensiyaning muhim tarkibiy qismlari

Lingvistik kompetensiyalarning hajmi har bir daraja boʻyicha muayyan mavzular,

vaziyatlar bilan bogʻlanadi. Tilni oʻrganuvchi tilning ifoda vositalarini toʻgʻri tushunib alohida

jumlalarda yoki nutqiy faoliyatda qoʻllay olishi zarur.

Fonografik, orfografik, orfoepik kompetensiyani belgilashda oʻrganuvchi nutqida qanday

fonetik, orfoepik muammolar borligini, qaysi tovushlarni talaffuz qilishda, qaysi imlo qoidalarini

toʻgʻri yozishda qiyinchilikka duch kelinayotganligini, yaʼni boʻshliqlarni aniqlash muhimdir.

Fonetika – bu tilshunoslikning tovush va harflarni oʻrganuvchi boʻlimi boʻlib, kichik

maktab yoshidagi bolalarda ogʻzaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan

bilimlarining ahamiyati nihoyatda kattadir. Ular quyidagilardan iborat:

Fonofrafik, orfografik,

orfoepik

kompetensiya

•tilning mavjud

tovushlar tizimini va
o'ziga xos
xususiyatlarrini
o'rganadi

•o'rganilayotgan tilning

talaffuz xususiyatlari,
so'zlarning imlosi
og'zaki va yozma
nutqda qo'llay olishni
anglatadi.

Leksik kompetensiya

•o'rganilayotgan tilning

lug'at tarkibini bilishni
va undan muloqot
jarayonida foydalana
olishni nazarda tutadi

Grammatik

kompetensiya

•og'zaki va yozma

nutqni grammatik
jihatdan to'g'ri
tuzishni hamda nutqda
to'g'ri foydalana
olishni bildiradi.

Semantik

kompetensiya

•tilning ifoda vositalari

va qoidalaridan
foydalanish
qobilyatini ifodalaydi

Lingvistik kompetensiya


background image


498

a) fonetik bilimga asoslangan holda boshlangʻich sinf oʻquvchilari savod oʻrganish davrida

oʻqishni va yozishni bilib oladilar;

b) fonetik bilim soʻzni toʻgʻri talaffuz qilish {tovushlarni toʻgʻri talaffuz qilish, urgʻuli

boʻgʻinni ajratish, orfoepik meʼyorga rioya qilish) asosini tashkil etadi;

v) fonetik bilim morfologik va soʻz yasalishiga oid bilimlar bilan birga oʻquvchilarda qator

orfografik malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin

boʻladi;

g) fonetik bilim gapning ohangiga koʻra toʻgʻri aytish, logik urgʻu va gap qurilishidagi

pauzalarga rioya qilish uchun zarur;

d) soʻzning tovush tomonini bilish uning maʼnosini tushunish va nutqda ongli qoʻllash

uchun muhimdir;

Maktab dasturiga muvofiq, boshlangʻich sinf oʻquvchilari fonetik-grafik koʻnikmalar hosil

qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar,

jufti yoʻq jarangli va jufti yoʻq jarangsiz undoshlar; soʻzni boʻgʻinlarga boʻlish, urgʻuli boʻgʻinni

ajratish koʻnikmalariga ega boʻladilar.

Boshlangʻich sinf oʻquvchilari fonetika boʻlimida quyidagi bilimlarni egallashlari lozim:

-fonetika va grafika;

-nutq tovushlari va harflar;

-unli tovushlar;

-undosh tovushlar;

-jarangli va jarangsiz undosh tovushlar;

-nutq a’zolari;

-nutq tovushlarining talaffuzi va imlosi;

-nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasi.

Bunga qoʻshimcha tarzda

Orfoepiya (grekcha orthos – toʻg‘ri , epos – nutq) tildagi soʻz va uning qismlarini adabiy,

toʻgʻri va ravon talaffuz etish qoidalari toʻplami hisoblanadi.

Oʻzbek tilida avvalgi adabiy talaffuz meʼyorlari eski oʻzbek adabiy tili negizida yuzaga

kelgan boʻlsa, hozirda foydalanilayotgan adabiy talaffuz normalari fan texnikaning yuksalishi,

xalq madaniy saviyasining tobora oʻsib borishi, umumiy savodxonlik, oʻrta va oliy maktablarning

rivojlanishi kabi qator omillarni hisobga olgan holda belgilangan. Quyida orfoepiyaning baʼzi

meʼyorlari bilan tanishib oʻtamiz:


background image


499

Yonma-yon kelgan

ia, io, ai, oi, ea

– unlilari orasiga qisqa y tovushini qoʻshib talaffuz

etish orfoepik meʼyordir: tabiat – tabiyat, shariat – shariyat, radio – radiyo, stadion – stadiyon, said

– sayid, ukrain – ukrayin, doim – doyim, oila – oiyla, teatr – teyatr, laureat – laureyat kabi.

Tutuq belgisi

(’)

ishtirok etgan soʻzlarda

tutuq belgisi unli tovushdan keyin kelsa, shu unli

tovush choʻzib talaffuz qilinadi. Masalan: ma’no, e’lon, sa’va, Ra’no, A’lo kabi.

Agar tutuq belgisi

(’)

undosh tovushdan keyin kelsa, talaffuz vaqtida shu undosh tovushdan

keyin biroz toʻxtash kerak boʻladi. Masalan: Jur’at, sur’at, Tal’at, san’at.

Soʻzlar tarkibida kelga

h

va

x

tovushlari talaffuz vaqtida

x

tovushi qattiq,

h

esa boʻgʻizda

yumshoq aytiladi. Masalan: daraxt, taxta, paxta kabi soʻzlarda

x

tovushi qattiq, mehmon, halol,

havo soʻzlarida

h

tovushi yumshoq talaffuz qilinadi.

Soʻzlar oxiridagi

d, t

undoshlarini tushirib talaffuz etish, orfoepik meʼyordir.Masalan:

Samarqand, Toshkent, xursand, qand, baland, goʻsht, past kabi.

Matbaa, metall, kilogramm, kilovatt, kongres singari oʻzlashma soʻzlarning talaffuzida

qoʻsh unli (undosh)larning faqat bittasi talaffuz etiladi.

Oftob, kitob, adab, maktab, Tolib, hisob singari soʻzlar oxiridagi

b

undoshi jarangsiz jufti

bilan almashtirilib,

p

tarzida talaffuz etilishi deyarli barcha sheva vakillari nutqiga xosdir va bu

hol orfoepiya uchun meʼyoriy hodisa hisoblanadi.

Orfografiya grekcha soʻz boʻlib, orthos – toʻg‘ri va grafo – yozaman, “toʻg‘ri yozuv”

degan maʼnoni ifodalaydi. Orfografiya tovush va harflar, soʻz va uning maʼnoli qismlari, qoʻshma,

juft, takroriy, qisqartma (jumladan, shartli qisqartmalarning ham) soʻzlarning qoʻshib, ajratib va

chiziqcha orqali yozilishi, boʻg‘in koʻchirish, bosh hamda kichik harflardan foydalanish oʻrinlari

haqidagi yagona qoidalar tizimidan iboratdir. Quyida orfografiyaning baʼzi meʼyorlari bilan

tanishib oʻtamiz:

Soʻz ichida yonma-yon keladigan unlilar imlosi:

1) unlilar orasiga baʼzan y undoshi qоʼshib aytilsa ham, yozilmaydi:

a) ia: material, milliard, radiator; tabiat, shariat kabi;

b) io: biologiya, million, stadion, radio kabi;

d) ai: mozaika, ukrain, said, maishat kabi;

e) oi: alkoloid, ellipsoid, doim, shoir, oila kabi;

f) ea: teatr, okean, laureat kabi;

2) ae, oe unlilar sо‘z ichida kelganda ikkinchi unli y aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi:

aerostat, poema kabi.


background image


500

Soʻz ichida yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi:

1) baland, Samarqand, poyezd; dоʼst, artist, gʻisht kabi sо‘z larda d, t tovushi baʼzan

aytilmasa ham, yoziladi;

2) metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi оʼzlashma sо‘z lar oxirida bir undosh aytilsa

ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday sо‘z larga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism

qоʼshilsa, sо‘z oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall+lar=metallar, kilogramm+mi=kilogrammi

kabi.

Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi sо‘z

lar yordamida yasalgan qоʼshma ot va qоʼshma sifatlar qоʼshib yoziladi: qabulxona, tabriknoma,

taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquvvat, bug ʼdoyrang,

umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi.

Kishining ismi, ota ismi, familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi:

Dilbar, Оʼrinova Muhabbat Majidovna, Azamat Shuhrat оʼgʻli, Hamza Hakimzoda,

Muhammadsharif Sоʼfizoda, Mannon Otaboy, Navoiy, Furqat; Yelpigʻichxon, Salomjon Alikov

kabi.

Davlat, shahar, qishloq, koʻcha, togʻ va daryo nomlari bosh harf bilan boshlanadi:

Toshkent, Yangiyоʼl (shaharlar), Naymancha, Buloqboshi (qishloqlar), Bodomzor, Chigʻatoy

(koʻchalar), Qoratogʻ, Pomir (togʻlar), Zarafshon, Sirdaryo (daryolar), Yoyilma (kanal); Turkiya,

Hindiston (mamlakatlar) kabi.

Hayvonlarga atab qoʻyilgan nomlar bosh harf bilan yoziladi. Masalan: Mosh,

Momiq(mushuklarga), Olapar, Qoplon, Tarlon(itlarga), Boychibor, Gʻirkoʻk, Qashqa(otlarga),

Govmish, Qashqa(sigirlarga)

Kо‘p bо‘gʻinli sо‘zning oldingi satrga sigʻmay qolgan qismi keyingi satrga bо‘gʻinlab

kо‘chiriladi: tоʼq-son, si-fatli, sifat-li, pax-ta-kor, paxta-kor kabi. Tutuq belgisi oldingi bо‘gʻinda

qoldiriladi: vaʼ-da, maʼ-rifat, mashʼal, inʼ-om kabi.

Bir tovushni kоʼrsatuvchi harflar birikmasi

(sh, ch, ng)

birgalikda kо‘chiriladi: pe-

shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiq-chi, si-ngil, de-ngiz kabi.

Leksik kompetensiyani soʻzning oʻz va koʻchma maʼnolarini anglab, uni ona tili bilan

taqqoslash, soʻzdan oʻrganilayotgan til egasi boʻlgan xalq madaniyatini aks ettiruvchi milliy

xususiyatni topa olish layoqati, deb tushunish toʻgʻri boʻladi.

Til oʻrganishda boshqa tillar singari oʻzbek tilida ham grammatika, fonetika, soʻz yasalishi

bilan bir qatorda leksikologiya ham muhim ahamiyatga ega. Leksik kompetensiyani belgilashda

quyidagilarga e’tibor qaratish zarur.


background image


501

- paronimlar boshlangʻich sinf darsligida bir soʻz farqi bilan faqrlanadidan soʻzlar deb

yuritiladi va tushuntiriladi. Masalan:gul-kul, bosh-qosh-mosh kabi

- soʻzning bir yoki koʻp maʼnoli boʻlishi, soʻzning koʻchma maʼnolari: tez, kitob, dasturxon

kabi soʻzlarning maʼnolari; atamalarning bir maʼnoda qoʻllanilishi, biroq bir atamaning turli

oʼrinlarda turlicha qoʻllanilishi, masalan, quloq soʼzi( mushukning qulogʼi-ariqning qulogʼi-

radioning qulogʼi) kabilar;

- sinonimlar boshlangʼich sinflarda maʼnodosh yoki maʼnosi bir-biriga yaqin soʼzlar deb

tushintiriladi. Masalan: osmon, koʼk, samo, fazo kabi;

- sinonim soʻzlarning mazmunan ijobiy yoki salbiy boʻlishi: aft-bashara-turq-salbiy ma’no,

chiroyli-goʻzal-ijobiy ma’no ifodalab keladi;

- antonimlar boshlangʻich sinflarda zid yoki qarama-qarshi maʼnoli soʻzlar deb

tushuntiriladi; antonimlar juftlashganda yangi soʻzlar yasashi yoki maʼnoni kengaytiradi: achchiq-

chuchuk, yer-osmon.

Xulosa qilib aytganda, lingvistik kompetensiyasi deganda, til sistemasi haqidagi bilimga,

lingvistik tafakkurga, yangi til vaziyatlarida bilim va koʻnikmalarini mustaqil qoʻllash tajribasiga

ega boʻlgan oʻquvchining integral shaxsiy sifatlari tushuniladi. Boshqacha aytganda, lingvistik

kompetensiya ijtimoiy hodisa sifatidagi va belgilar sistemasi sifatidagi til haqida, tilning qurilishi

va funksiyalashishi haqidagi oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikmasi hamda bu bilim, malaka

va koʻnikmalardan turli vaziyatlarda foydalanish mahorati tushuniladi.

Lingvistik kompetensiya oʻquvchining tilshunoslik fani haqidagi bilimi va bu bilimdan

amaliyotda foydalanish malaka va koʻnikmasi boʻlib, bu malaka va koʻnikma maxsus dastur

asosida taʻlim muassasalarida oʻqitish orqali amalga oshiriladi.

REFERENCES

1.

To‘xliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent.

2010. – 314-b.

2.

Yusupova G. Bo‘lajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishda aralash

ta’limdan foydalanish metodikasi: ped.fan.dok (PhD).diss. – Urganch. 2020.

3.

Raxmatullaeva L. I. Metodika prepodavaniya rodnogo yazыka. –T. : Uchebnoe posobie.

Moliya Iktisod, 2007.

4.

Qosimova Q. “2-sinflarda ona tili darslari”, T. “O‘qituvchi”, 1998 yil

5.

Xomsky, N. 1957. Syntactic structures. The Hague, Mouton and Company.


background image


502

6.

Franҫoise Delamare Le Deist., Winterton Jonathan. What is Sompetence? – Human resource

development international, – Taylor & Francis Ltd. Vol. 8, No.1, March 2005. – P. 27–46.

7.

Bermus A.G. Problemы i perspektivы realizatsii kompetentnostnogo podxoda v obrazovanii.

www.eidoc.ru. 2005, 09, 10

8.

Xudoyberdiyevich, R. B., & Abdurazzoqovna, S. A. (2023). BO ‘LAJAK BOSHLANG

‘ICH SINF O ‘QITUVCHILARDA PEDAGOGIK MAXORATINI VIRTUAL

TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI.

Ustozlar uchun, 25(1), 191-198.

9.

Nurqulova, G., & Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHOLOGICAL METHODS OF

EDUCATION

AND

DEVELOPMENT

ACCORDING

TO

THE

CHILD'S

TEMPERAMENT. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 92-95.

10.

Nurkulova, G. (2022). THE PSYCHOLOGY OF SUBORDINATE BEHAVIOR. Emergent:

Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(12), 204-207.

References

To‘xliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent. 2010. – 314-b.

Yusupova G. Bo‘lajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishda aralash ta’limdan foydalanish metodikasi: ped.fan.dok (PhD).diss. – Urganch. 2020.

Raxmatullaeva L. I. Metodika prepodavaniya rodnogo yazыka. –T. : Uchebnoe posobie. Moliya Iktisod, 2007.

Qosimova Q. “2-sinflarda ona tili darslari”, T. “O‘qituvchi”, 1998 yil

Xomsky, N. 1957. Syntactic structures. The Hague, Mouton and Company.

Franҫoise Delamare Le Deist., Winterton Jonathan. What is Sompetence? – Human resource development international, – Taylor & Francis Ltd. Vol. 8, No.1, March 2005. – P. 27–46.

Bermus A.G. Problemы i perspektivы realizatsii kompetentnostnogo podxoda v obrazovanii. www.eidoc.ru. 2005, 09, 10

Xudoyberdiyevich, R. B., & Abdurazzoqovna, S. A. (2023). BO ‘LAJAK BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QITUVCHILARDA PEDAGOGIK MAXORATINI VIRTUAL TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI. Ustozlar uchun, 25(1), 191-198.

Nurqulova, G., & Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHOLOGICAL METHODS OF EDUCATION AND DEVELOPMENT ACCORDING TO THE CHILD'S TEMPERAMENT. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 92-95.

Nurkulova, G. (2022). THE PSYCHOLOGY OF SUBORDINATE BEHAVIOR. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(12), 204-207.