ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1291
JINOYATDA ISHTIROKCHILIK UCHUN JAVOBGARLIKNI
TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Fatullayev Shodmonbek Madatovich
https://orcid.org/0009-0000-5784-5723
https://doi.org/10.5281/zenodo.11095954
Annotatsiya.
Ushbu
maqolada
Jinoyatda
ishtirokchilik
uchun
javobgarlikni
takomillashtirish masalalari va bugungi kunda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar
to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
Jinoyat, ishtirokchilik, javobgarlik, Sud-tergov harakatlari, ijtimoiy xavflilik,
jazo, jinoyat qonunchiligi.
ISSUES OF IMPROVING RESPONSIBILITY FOR PARTICIPATION IN CRIME
Abstract.
This article provides information on the issues of improving responsibility for
participation in crime and the work being done in this regard today.
Key words:
Crime, participation, responsibility, Judicial-investigative actions, social
danger, punishment, criminal law.
ВОПРОСЫ ПОВЫШЕНИЯ ОТВЕТСТВЕННОСТИ ЗА УЧАСТИЕ В
ПРЕСТУПЛЕНИИ
Аннотация.
В статье представлена информация по вопросам совершенствования
ответственности за участие в преступлении и работе, проводимой в этом направлении
на сегодняшний день.
Ключевые слова:
Преступление, участие, ответственность, Судебно-
следственные действия, общественная опасность, наказание, уголовный закон.
Sud-tergov harakatlarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, aksariyat jinoyatlar bir guruh shaxslar
tomonidan sodir etiladi. Shu o'rinda, ijtimoiy xavfi yuqori bo'lgan jinoyatlar ko'p hollarda bir necha
kishilarning birlashishi orqali sodir etilishini alohida ta'kidlab o'tish lozim.
Shubhasiz, bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik
darajasi yuqoridir, chunki bir kishi tomonidan sodir etilgan qilmishdan ko'ra, bir guruh shaxslar
tomonidan amalga oshirilgan jinoyat tufayli ijtimoiy munosabatlarga ko'proq zarar yetkaziladi.
Jinoyat kodeksining 27-moddasiga ko'ra: «Ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat
sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik, deb topiladi».
Jinoyat sodir qilishda ikki yoki undan ortiq shaxsning qatnashishi ishtirokchihkning son
belgisidir. Bu belgining asosiy sharti shundan iboratki, jinoyat ishtirokchilikda sodir etilganda,
ishtirokchilarning barchasi aqli raso va shu jinoyat uchun qonunda belgilangan yoshga yetgan
bo'lishi talab qilinadi.
Amaldagi jinoyat kodeksi talbiga ko‘ra, jinoyatda ishtirokchilik deganda - ikki yoki undan
ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi tushuniladi.
Jinoyatda ishtirokchilikning bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi kabi turlari
bor:
jinoyatni bevosita sodir etgan shaxs - bajaruvchi;
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs -
tashkilotchi;
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1292
jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs - dalolatchi,
jinoyat sodir etilishiga ko‘maklashgan, shuningdek, jinoyatchini jinoyat sodir etish quroli,
izlari va vositalarini yoxud jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek,
bunday narsalarni olish va o‘tkazish to‘g‘risida oldindan va’da bergan shaxs - yordamchi
hisoblanadi.
Jinoyatda ishtirokchilik oddiy ishtirokchilik, murakkab ishtirokchilik, uyushgan guruh,
jinoiy uyushma shaklida bo‘ladi, 2 yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat
sodir etishda qatnashishi - oddiy ishtirokchilik, oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida
ishtirok etishi - murakkab ishtirokchilik deb topiladi.
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat har doim qasddan sodir etilib, subyektiv tomondan
ishtirokchilarning ijtimoiy xavfli xususiyatdagi oldindan ogohlantirilganligi, ularning birgalikdagi
faoliyati, ruhiy tomoni esa, kuchlarni birlashtirish asosida jinoiy natijaga erishish yoki unga ongli
ravishda yo'l qo'yilishida ifodalanadi.
Har bir jinoyat ishtirokchisi sodir etilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi. Unga
nisbatan jazo tayinlashda sud jinoiy javobgarlikni jinoyatning og'irligi, ayb darajasi va jinoyat
sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavfliligiga mos kelishini hisobga olishi lozim bo'ladi. Bu sud jazo
tayinlashda sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavfliligini, ish holatlari va aybdor shaxsini, jazoni
yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi.
Ishtirokchilik institutini tahlil qilishda, birgalashib jinoyat sodir etgan barcha shaxslarning
harakatini o'rganish lozim. Bunda har bir ishtirokchi tomonidan sodir etiladigan harakatning
xususiyati, jinoiy kuchlarning muvofiqlashganligi, ular o'rtasidagi aloqadorlikning qat'iyligi asosiy
element hisoblanadi. Aynan shu element majmuyi ishtirokchilikda sodir etilgan qilmish darajasini
belgilashga asos bo'lib, shu orqali jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyat-huquqiy kurash
chorasini belgilashga imkon beradi. Bugungi kunda nafaqat ishtirokchilikda jinoyat sodir etish
bilan bog’liq balki barcha turdagi sodit etilayotgan oldini olish uchun O‘zbekiston
Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi
tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan
"Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida"gi qarorda shunday deyiladi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual
qonunchiligini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari etib quyidagilar belgilandi.
- jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish;
- jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirish;
- fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining ta'sirchan va ishonchli
muhofaza qilinishini ta'minlash;
- jinoyat-protsessual qonunchiligi normalarini tizimlashtirish va uyg‘unlashtirish;
- jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlarini ishonchli ta'minlash
mexanizmlarini takomillashtirish;
- jinoyat protsessining yangi shakl va tartib-taomillarini kiritish.
Bundan tashqari, jinoyatni ishtirokchilikda sodir etilgan deb topish uchun unda qatnashgan
ikki yoki undan ortiq shaxslarning barchasi jinoyat subyekti bo‘lishi kerakmi yoki yo‘qmi degan
savol munozarali bo‘lib, ko‘pgina olimlar bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tganlar.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1293
Jumladan, M.Usmonaliyevning fikricha, agar jinoyatda faqat ikki kishi bajaruvchi sifatida
qatnashib, ulardan biri o‘sha jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetmagan yoki aqli
noraso bo‘lsa, jinoyat ishtirokchilikda sodir etilgan deb hisoblanmaydi
1
.
M.H.Rustambayevning fikricha, bir nechta shaxs ishtirok etgan ijtimoiy xavfli qilmish
faqat unda qatnashgan kamida ikki nafar shaxsning qonunga ko‘ra jinoyat subyekti belgilariga ega
bo‘lganidagina jinoyatda ishtirokchilik deb topilishi mumkin. Shu bois Jinoyat kodeksiga muvofiq
javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan yoki aqli naroso shaxslardan foydalanib jinoyat sodir
etish jinoyatda ishtirokchilikni tashkil etmaydi
2
.
Demak, yuqoridagi fikrlarga ko‘ra, ishtirokchilik uchun jinoiy javobgarlik, jinoyat sodir
etishda ikki va undan ortiq, aqli raso, JK 17-moddasida belgilangan yoshga to‘lgan shaxslarning
birgalashib harakat qilishi natijasida vujudga keladi. Jinoyat sodir qilishda qatnashgan ikki
shaxsning biri javobgarlik yoshiga yetmagan yoki aqli noraso bo‘lsa, bu jinoyat ishtirokchilikda
sodir qilingan deb topilmaydi degan xulosaga kelish mumkin.
Aqli raso shaxs deganda, jinoyat sodir etish vaqtida o‘z harakatlarining (harakatsizligining)
ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxs tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 28-moddasining 2-qismida bajaruvchi
tushunchasi berilgan bo‘lib, unga quyidagicha ta’rif berilgan: «Jinoyatni bevosita to‘la yoki
qisman sodir etgan yoxud ushbu Kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan
shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi deb
topiladi». Ushbu qismning mazmuniga ko‘ra, jinoyatni bevosita bajargan shaxsning o‘zigina emas,
balki javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan (jinoyat subyekti yoshiga yetmagan yoki aqli
noraso shaxslardan) foydalanib jinoyatni amalga oshirish ham bajaruvchi deb topiladi.
Shuningdek, jismoniy shaxs hisoblanmaydigan vositalardan (hayvonlardan, boshqa texnika
vositalaridan) foydalanib jinoyatni amalga oshirgan shaxs ham bajaruvchi deb topiladi.
Bajaruvchilarni jinoyat ishtirokchisi deb topish uchun ikki yoki undan ortiq shaxslarning barchasi
jinoyat qonunida nazarda tutilgan yoshga yetgan, aqli raso bo‘lgan bo‘lishi, ya’ni jinoyat
subyektining barcha belgilariga ega bo‘lishi kerak.
Lekin, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ―Nomusga tegish va jinsiy
ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida‖gi 2010 yil
29 oktyabrdagi 13-sonli qarori 12-bandidagi ―jinoyat ishtirokchilaridan biri qonunga ko‘ra
jinoyat subyekti bo‘lmagan hollarda ham ikkinchi ishtirokchining harakatlari guruh tarkibida sodir
etilgan jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim deb ko‘rsatilgan.
Zamonaviy xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, shuningdek,
mamlakatimizni 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha
sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot
natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida
1
https://library-tsul.uz/zhinoyat-tarkibi-usmonaliev-m-2006-2/
2
https://openlibrary.org/authors/OL1439575A/M._Kh_Rustambaev
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1294
xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va
tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol
fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash
maqsadida “Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab
chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ishlab chiqilishi so‘nggi besh yillik islohotlarning
natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratilganidan dalolat beradi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, jinoyat qonunchiligida ishtirokchilik tushunchasi bo‘yicha ikki xil
yondashuv vujudga kelmoqda. Birinchi yondashuvda, jinoyat sodir etishda ishtirok etadigan
shaxslar jinoyat subyektlari bo‘lishligi, agar jinoyat sodir etishda ikki nafar shaxs ishtirok etib,
ularning biri jinoyat subyekti bo‘lmasa ishtirokchilik kelib chiqmaydi degan qarash. Ikkinchi
yondashuvda, jinoyat sodir etishda ikki shaxs ishtirok etib, undan biri jinoyat subyekti bo‘lmasa
ham jinoyat subyekti hisoblangan shaxsning harakatlarini ishtirokchilik deb baholash lozimligi
haqidagi qarash.
Jinoyat qonunchiligi bo‘yicha ishtirokchilik deganda, ikki yoki undan ortiq shaxsning
qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi tushuniladi. Ushbu tushuncha bo‘yicha
jinoyat sodir etgan shaxslarning jinoyat subyekti bo‘lishi kerakligi yoki kerak emasligi
ko‘rsatilmagan.
Shunday ekan qilmishni ishtirokchilikda sodir etilgan deb topish uchun jinoyat sodir etgan
shaxslar jinoyat subyekti bo‘lishi talab etilmaydi.
Agar jinoyat sodir etgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortishni istisno qiladigan ruxiy kasal
shaxsdan foydalanib sodir etsa, uning harakatlarini ham ishtirokchilik deb baholash lozim bo‘ladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib, jinoyat qonunchiligini takomillashtirish ishtirokchilik lozim
bo‘ladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 27-moddasini qo‘yidagicha taxrir
etish lozim, ―Ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib
qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi.
Shuningdek, shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilmaydigan shaxslardan foydalanib,
birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok etishi ishtirokchilik hisoblanadi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son
2022 —
2026-YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT
STRATEGIYASI
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3723 sonli
qarori//https://lex.uz/docs/-3735818#-3736684
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1295
3.
2018-yil 28-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga
murojaatnomasi. // O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik bazasi //lex.uz.
4.
https://library-tsul.uz/zhinoyat-tarkibi-usmonaliev-m-2006-2/
5.
https://openlibrary.org/authors/OL1439575A/M._Kh_Rustambaev
