ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1304
SPORTSHI TALABALARGA INGLIZ TILINI O‘QITISHNING MUAMMO VA
YECHIMLARI
Абдумаликова Гузал Хaмзаевна
O‘zDJTSU O‘zbek va chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11096011
Annotatsiya.
Maqolada jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarga
ingliz tilini o‘rgatish va o‘qitishdagi mavjud qiyinchiliklar, muammo va yechimlar, til
o‘qitishning zamonaviy uslub va metodlari xususida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
xorijiy til, ingliz tili, jismoniy tarbiya va sport, faoliyat, til o‘rganish
muammolari, zamonaviy uslub, muammolarga yechim.
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF TEACHING ENGLISH LANGUAGE TO SPORTS
STUDENTS
Abstract.
The article discusses existing difficulties, problems and solutions in teaching and
learning English to students studying physical education and sports, as well as modern style and
methods of language teaching.
Key words:
foreign language, English, physical education and sports, activity, problems
of language learning, modern style, problem solving.
ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ ОБУЧЕНИЯ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ СТУДЕНТОВ-
СПОРТИВНИКОВ
Аннотация.
В статье рассматриваются существующие трудности, проблемы и
пути решения в преподавании и обучении английскому языку студентов, изучающих
физическое воспитание и спорт, а также современные стиль и методы обучения языку.
Ключевые слова:
иностранный язык, английский язык, физическое воспитание и
спорт, деятельность, проблемы изучения языка, современный стиль, решение проблем.
Tilda har bir millatning ruhiyati, o‘tmishi, buguni va kelajagi aks etadi. Shu ma’noda har
bir millatning ona tilisida uning bebaho xazinasi, minglab so‘zlar saqlanadi.Bu so‘zlarni asrlar
davomida xalq yaratadi, unga sayqal beradi va asrab avaylaydi.Har bir davrda yashagan xalq
vakillari bu so‘zlarni e’zozlab, so‘zlarni boyitib,o‘zidan keyingi avlodlarga yetkazishga
mas’uldirlar.
Insonlar o‘z fikrlarini til vositasida ifodalaydilar va bir-birlarini tushunadilar. Shuning
uchun ham, til - insonlar orasidagi eng muhim aloqa vositasidir. Til – inson faoliyatida borliqni
bilish, fikr almashish, jamg‘arilgan bilimlarni fanlarga bog‘lagan holda avloddan-avlodga
yetkazish vositasidir.Tilda millatning bor-yo‘g‘i, o‘y-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari,Vatani,
his-tuyg‘ulari aks etadi. Tildagi har bir so‘z inson tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir.
Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ijtimoiy hodisalardir. Inson nutqi, til
vositalari bo‘lmasa, fikrlash ham bo‘lishi gumon.Tafakkur va til aynan bir xil hodisa
emas.Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifodalanadigan in’ikosi
hisoblansa, til fikrni ifodalash usuli, uni boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasidir.
Boshqacha aytganda, til-tafakkurning borliq shaklidir.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1305
Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurning mevalari va ma’naviy boyliklarini
zamon va makonda abadiylashtiradi. Ular doimo bir-birini taqozo qiladi, bir-birini yashashi va
rivoljlanishiga yordam beradi.
Bugungi kunda dunyoda 6000 ga yaqin til bo‘lsada, muloqotdagi tillar soni 600ga
yaqindir. Bu tillar bir-biriga bog‘liq rivojlanish tamoyillariga ega bo‘lib, o‘ziga xos oilaviy
turkumlikni tashkil qila oladi. Hozirgi kunda ta’lim berish jarayonidagi eng dolzarb masalalaridan
biri bu xorijiy tillarni ikkinchi til sifatida o‘rgatish va shu orqali talabalarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash: ona Vatanga muhabbat, sadoqat, yuksak iftixor, milliy g‘urur kabi umuminsoniy
qadriyatlarga sodiq qilib tarbiyalashdir.
Til insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha madaniy va ilmiy
boyliklarini ifodalaydigan va avloddan avlodga meros qoladigan asosiy vositadir. Tilning ijtimoiy
tabiati ayrim shaxsga emas, balki jamiyat uchun xizmat qilishda namoyon bо‘ladi. Tilning paydo
bо‘lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam bog‘liq. Til insoniyat tarixi qadar
qadimiydir.
Tilsiz jamiyat, ma’naviyat bo‘lishi mumkin emas, til jamiyat, ma’naviyat, insonlar uchun
xizmat qiladi. Shuning uchun u ijtimoiy hodisa hisoblanadi.
Shunigdek, yurtimizda so‘nggi yillarda yosh avlodni ingliz tilini o‘rganishga jalb qilish va
ingliz tilining turli darajadagi sertifikat va diplomlarini qo‘lga kiritishlari talab qilinmoqda.
Maqsad yoshlarning chet tillarini o‘z ona tilimizdek ravon bilishlari, hech qanday to‘siqlarsiz
zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishdir.
XXI asr axborot kommunikatsiya rivojlanayotgan bir davrda bir tildan ikkinchi tilga yangi
so‘z, atamaning va iboralarning kirib kelishi tabiiy holatga aylanib qoldi. Bu holat tilni boyitish va
ravnaq toptirish bilan birgalikda, kirib kelayotgan yangi so‘zlarni o‘zbek tilidagi shu birlik yoki
so‘zga to‘g‘ri keladigan so‘z bilan almashtira olish yoki muqobil ma’nosini topa olish kabi
xususiyatlarni yoritib bermoqda. Hozirgi paytda ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish juda qiyin
vazifa.Ayniqsa, ingliz tilini ma’lum bir soha mutaxassisliklariga yo‘naltirgan holda, juda
cheklangan maqsadda xizmat qildirishdir.
Xo‘sh, ingliz tilini jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi talabalariga o‘qitishning qanday
qiyinchilik va muammolari bor? Asosiy qiyinchiliklar: talabalarning so‘z boyligining kamligi,
qiziqishlarining sustligi, nutq muammosi, konsentratsiyaning yetishmasligi, jumladan, ingliz tiliga
yetarlicha ta’sir o‘tkazmaslik, sinf xonalarining yetarli darajada jiozlanmaganligi va malakali
o‘qituvchilarning yetishmasligidir. Ingliz tili o‘qituvchilarining vazifasi faqatgina o‘qitish yoki
talabalarning ingliz tilidagi malakalarini ya’ni o‘qish, yozish, eshitish va gapirish kabi
ko‘nikmalarini shakllantirishgina emas, balki ularda ingliz tiliga bo‘lgan ishtiyoq, qiziqish va
yuqori motivatsiya berish orqali til o‘rganishga yo‘naltirishdan iboratdir.
Bugungi kunda sportchilarga ingliz tilini o‘rgatishda bir qancha qiyinchilik va to‘siqlarga
duch kelinmoqda. Bular quyidagilar:
1. Talabalar guruhida buzilgan muhit. Ingliz tilini o‘qitish va o‘rganishda atrof-muhitning
o‘rni juda muhim hisoblanadi. Guruhdagi muhit talabalarni chlag‘itadi va til o‘rganishlariga salbiy
ta’sir qiladi. Muvofiq va qulay muhit ingliz tilini o‘rgatish uchunasosiy ehtiyojdir. Agar muhit
o‘quvchilar uchun mos va qulay bo‘lmasa, u ingliz tilini o‘qitish jarayonini buzadi. Ingliz tilini
o‘qitishda asosan o‘qituvchilar shunday noqulay muhitga duch kelmoqdalar.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1306
2. O‘qitish resurslarining yetishmasligi. Til o‘qitishning qiyinchiliklaridan asosiysi - o‘quv
resurslarining yetishmasligidir. Bu o‘qituvchilar uchun muammolar keltirib chiqarib, ingliz tilini
samarali o‘rgatish uchun to‘siq bo‘ladi. O‘quv resurslariga: turli xil zarur o‘quv adabiyotlari,
proyektor, mikrofon, kompyuter tizimlari va boshqa turdagi raqamli qurilmalar kiradi.
3. Guruh talabalarining ko‘pligi. Guruhda talabalrning ko‘p sonliligi o‘qituvchilar uchun
juda ko‘p ruhiy stresslar, talabalarni darsga jalb qilish va boshqaruvning qiyinlashishi, o‘quv
resurslari va belgilangan vaqtning barcha talabalar uchun yetarli bo‘lmasligi kabi salbiy
oqibatlarni keltirib chiqaradi.
4. Ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning yo‘qligi.Ingliz tilini o‘rganishga qiziqishi
yo‘qligi o‘qituvchilar oldida turgan asosiy muammodir.
Xo‘sh, yuqoridagi muammo va qiyinchiliklar uchun yechimlar bormi? Bizningcha, bunga
quyidagilar yechim bo‘la oladi:
1.Asosiy vazifalaridan biri - bu zamonaviy o‘qitish va ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirish
orqali o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishdir. Har qanday yangi texnologiyani qo‘llash
bilan o‘qituvchining yangi pedagogik g‘oyalari boshlanadi: tizimli, metodologik tilning
ravshanligi, o‘quv uslubiyatida aniq taktika paydo bo‘lishi.
2.O‘quv jarayonining eng muhim vazifasi- talabalarning shaxsiy qiziqishi. Kutilgan
natijalarni olish uchun ta’lim jarayonida qaysi texnologiyalardan foydalanish kerakligini bilish
kerak. Har qanday aniq ta'lim texnologiyasidan foydalanish qanchalik mukammal
bo‘lmasin,talabalarning malakalarini aniqlash va rivojlantirish uchun eng samarali shart-
sharoitlarni yaratmaydi.
3. Pedagogik (ta’lim) texnologiyasi — o‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish va
o‘tkazish uchun o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun qulay muhit bilan birgalikda o‘quv-pedagogik
faoliyatning yaxshi o‘ylangan modeliga yaratadi.Pedagogik texnologiya ta’lim jarayonining to‘liq
nazorat qilinadigan g‘oyasini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalariga quyidagilar kiradi:
− muntazam rivojlanish;
− dizayn va interfaol o‘qitish usullari;
− muammolarni o‘rganish;
− ko‘p bosqichli ta'lim;
− o‘qitishda tadqiqot usullari;
− til o‘qitishda o‘yin uslublaridan foydalanish texnologiyasi;
− hamkorlikda ta'lim (jamoa, guruh ishi);
− ijod vazifalari;
− kichik guruhlarda ishlash;
− tarbiyaviy o‘yinlar (rol ijro etish, taqlid qilish va ta'limiy o‘yinlar);
− davlat resurslaridan foydalanish (mutaxassislarni taklif qilish, ekskursiyalar);
− multimediya vositalaridan foydalanish;
− ijtimoiy loyihalar (ijtimoiy loyihalar, tanlovlar, radio va gazetalar, filmlar, namoyishlar,
ko‘rgazmalar, ijrolar, qo‘shiqlar va ertaklar);
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1307
− yangi materiallarni o‘rganish va mustahkamlash (interfaol ma'ruza, ko‘rgazmali
qo‘llanmalar, video va audio materiallar bilan ishlash, «o‘qituvchi sifatida talaba», «barchani
hamma o‘rgatadi»;
− murakkab va munozarali savollar va muammolar muhokamasi.
Shuningdek, ingliz tilini o‘qitish jarayonida integrativ yondashuv- eng samarali va unumli
vositalardan biridir.
Xulosa qilib aytganda, sportchi talabalarga ingliz tilini o‘qitish jarayoni butunlay yangi
nuqtayi nazardan qaralishi va shaxsni shakllantirishning yangi mexanizmlarini o‘zlashtirish, qulay
sharoitda sifatli natijalarga erishish imkonini beradi. Shuningdek, hozirgi yosh avlodni yuksak
barkamollik topishi faqatgina o‘qituvchining zimmasidagi burch bo‘libgina qolmay, oila muhiti,
mahalla e’tibori bilan ham bog‘liqdir.
REFERENCES
1.
Project-Based Learning Using Information Technology By David Moursund
International Society for Technology in Education, 2003
2.
Middle School Students as Multimedia Designers: A Project-Based Learning Approach
By Liu, Min; Hsiao, Yu-PingJournal of Interactive Learning Research, Vol. 13, No. 4,
Winter 2002
3.
British Council (http://learnenglish.britishcouncil.org/en/)
4.
Cambridge University Press (www.cambridgemobileapps.com)
5.
Tadjibayevna B. I. ADABIY VORISIYLIK HODISASINING O‘ZBEKISTONDA
O‘RGANILISHI //Educational Research in Universal Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 6. –
С. 41-44.
6.
Boltayeva I. et al. XALQ DOSTONLARI UMUMIY-TIPIK O ‘RINLARI SYUJET
TIZIMIGA XOS XUSUSIYATLAR //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B3.
– С. 909-912.
7.
Tadjibayevna B. I. Fundamentals of formation of epic thinking //ACADEMICIA: An
International Multidisciplinary Research Journal. – 2022. – Т. 12. – №. 4. – С. 534-537.
8.
Baltayeva I. T. Drip the role and importance of tradition in literary succession (on the
example of the work of abdullaqahhor) //ACADEMICIA: An International
Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 11. – №. 3. – С. 1155-1161.
9.
Shomurotov H. et al. KICHIK YOSHDAGI BOLALARNI FUTBOL BO ‘YICHA
BOSHLANG’ICH TAYYORGARLIK GURUHLARIGA SARALAB OLISH
//Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры. – 2022. – Т. 2. –
№. 7. – С. 27-30.
10.
Boltayeva I. T. TEACHING HOMONYMOUS WORDS IN UZBEK LANGUAGE
LESSONS //Моя профессиональная карьера. – 2021. – Т. 1. – №. 23. – С. 152-156.
11.
Tadjibayevna B. I. A tradition and artistic-aesthetic renewal-As a factor for the
development of literature //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research
Journal. – 2021. – Т. 11. – №. 9. – С. 635-640.
12.
Балтаева И. Т. Применение эпитетов при изображении воинов-всадников в
узбекских народных дастанах //Молодой ученый. – 2019. – №. 10. – С. 141-142.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1308
13.
Балтаева И. Т. Анализ архисемантических лексем" кураш"(на примере повести
Тогая Мурода" Звёзды светят вечно") //Молодой ученый.
– 2019. – №. 7. – С. 255-257.
14.
Болтаева И. Т. Роль технических средств в обучении родному языку //Наука и
образование сегодня. – 2018. – №. 10 (33). – С. 33-34.
15.
Болтаева И. Т. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ТЕКСТОВ ДЛЯ
РАЗВИТИЯ РЕЧИ СТУДЕНТОВ НА ЗАНЯТИЯХ ПО УЗБЕКСКОМУ ЯЗЫКУ
//Preparing a competitive specialist as a purpose of modern education.
– 2017. – С. 17-19.
16.
Балтаева, И. Т., Балтаева, А. Т., Ахмедова, М. А., Ахмедова, М. М., & Казоқов, Р.
Т. (2024). USE OF VIRTUAL LABORATORIES TO CONDUCT FOOTBALL
TRAINING. MODERN SCIENCE AND RESEARCH, 3(2), 709–718.
17.
Балтаева, И. Т., Фозилов, Х. Қ., Тулаганов, Ш. Ф., Казоқов, Р. Т., & Джўрабаев, А.
М. (2024). CREATING AN INFORMATION-EDUCATIONAL ENVIRONMENT
USING MODERN INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES.
MODERN SCIENCE AND RESEARCH, 3(2), 700–708
18.
Tadjibayevna B. I. METHODS OF FORMING STUDENTS'CRITICAL THINKING
SKILLS THROUGH LITERARY EDUCATION //International Journal of Advance
Scientific Research. – 2024. – Т. 4. – №. 02. – С. 47-50.
19.
Tadjibayevna B. I. THE GENERAL-TYPICAL PLACES OF FOLK EPICS IN THE
PLOT SYSTEM SPECIFIC FEATURES //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF
PHILOLOGICAL SCIENCES. – 2022. – Т. 3. – №. 04. – С. 70-73.
20.
Tadjibayevna B. I. On the peculiarities of succession in Uzbek literature //International
Journal on Orange Technologies. – 2021. – Т. 3. – №. 4. – С. 310-314.
21.
Tadjibayevna B. I. ADABIY VORISLIK AN’ANALARIDA IJODIY TAJDID
(NOVATORLIK)-ADABIY
JARAYONNING
HARAKATLANTIRUVCHISI
(GENERATORI) //INNOVATIVE ACHIEVEMENTS IN SCIENCE 2022. – 2023. – Т.
2. – №. 23. – С. 128-132.
22.
Baltayeva I. T. O ‘ZBEK ADABIY-BADIIY PROGRESSI-ADABIY VORISLIK
QONUNIYATINING YETAKCHI XUSUSIYATI //ILM FAN TARAQQIYOTIDA
ZAMONAVIY METODLARNING QO'LLANILISHI.
– 2023. – Т. 3. – №. 10. – С. 103-106.
23.
Казоқов Р. Т., Мирзабдиллаева А. И., Мирзабдиллаева Х. И. МАКТАБГАЧА
ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИДА ТАРБИЯВИЙ ТАДБИРЛАРДА МИЛЛИЙ-
МАЪНАВИЙ
ҚАДРИЯТЛАРДАН
ФОЙДАЛАНИШ
//Академические
исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 8. – С. 29-34.
24.
Казоқов Р. Т. и др. ПЕДАГОГИКА ОЛИЙ ТАЪЛИМДА КЕЙС-СТАДИ ТАЪЛИМ
ТЕХНОЛОГИЯСИ
АСОСИДА
ПЕДАГОГИК
МАҲОРАТИНИ
ШАКЛЛАНТИРИШ
ЮЗАСИДАН
ТАЖРИБА-СИНОВ
ИШЛАРИНИНГ
НАТИЖАЛАРИ //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т.
2. – №. 6. – С. 111-115.
25.
Kazoqov R. T., Djurabaev A. M. Kredit modul tizimi nima //Ta’limni raqamlashtirish
sharoitida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish. – 2021. – Т. 4. –
№. 4. – С. 198-206.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1309
26.
Давурбаева М. Ж., Казоқов Р. Т., Мадаминов М. П. ТАЛАБА ЁШЛАРНИНГ
МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМ ОЛИШДАГИ БИЛИМ ВА КЎНИКМАЛАРИНИНГ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА
ИНТЕРНЕТ
РЕСУРСЛАРИДАН
ФОЙДАЛАНИШНИНГ
АХАМИЯТИ
//Академические
исследования
в
современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 26-31.
27.
Казоқов Р.Т., Бўриев Б.Ў., Абдиев Б.Ш., Джўрабаев А.М., Туропов А.Р.КУРАШ
МИЛЛИЙ
СПОРТ
ТУРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ
АСОСИЙ
ЙЎНАЛИШЛАРИ // МИЛЛИЙ КУРАШ ТУРЛАРИ ВА УЛАРНИНГ НАЗАРИЙ-
АМАЛИЙ МУАММОЛАРИ. - 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 161-163.
28.
Джўрабаев А. М., Казоқов Р. Т. Биомеханик таҳлиллар асосида енгил
атлетикачиларнинг функционал тайѐргарлигидаги корреляция алоқаларининг
таҳлили //Yoshlarni qo ‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” ga
bag ‘ishlangan. – 2021. – Т. 4. – №. 4. – С. 198-208.
29.
Kazoqov R. T., Umaraliyeva F. T. DRAW A KINESICYCLOGRAM OF SHORT-
DISTANCE RUNNING AND BUILD A TIMELINE //Modern Science and Research. –
2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 1201-1208.
30.
Kazoqov R. T. et al. IMPROVEMENT OF TECHNICAL TRAINING OF SHORT-
DISTANCE ATHLETES //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С.
1077-1084.
31.
Kazoqov R. T. et al. STARTING TECHNIQUE IN SHORT DISTANCE RUNNING
//Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 1070-1076.
32.
Xalmuxamedov R. et al. ANALYSIS OF THE DEPENDENCE OF THE CONDITIONS
OF THE MIDDLE MOUNTAIN OF INDICATORS OF THE INTENSITY ZONES OF
TRAINING TRAINING LOADS OF QUALIFIED BOXER WOMEN //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 473-483.
33.
Shoyimardanov S. A., Bobomurodov A. E., Kazaqov R. T. FORMATION OF
PEDAGOGICAL SKILLS AND SKILLS IN STUDENTS //Modern Science and
Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 425-434.
34.
Jumayev U. X. et al. ANALYSIS OF THE FINANCIAL POLICY OF THE RUSSIAN
EMPIRE IN OFFICIAL DOCUMENTS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2.
– №. 12. – С. 1202-1209.
35.
Ziyamuxamedova S. A., Kazaqov R. T., Shukurova S. S. SOME BIOCHEMICAL
BLOOD RESEARCHES OF ROWERS DURING PREPRATION PERIOD AND
CONTESTS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 982-989.
36.
Raxmatov B. S. et al. SHORT DISTANCE RUNNING TECHNIQUE //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 990-1000.
37.
Yugay L. P. et al. RECOVERY OF THE BODY OF SHORT-DISTANCE RUNNING
ATHLETES DURING SPORTS TRAINING //Modern Science and Research. – 2024. –
Т. 3. – №. 1. – С. 365-371.
38.
Akbarov A. et al. ANTHROPOMETRIC-PHYSIOLOGICAL INDICATORS OF
MIDDLE-DISTANCE RUNNERS AND RECOVERY OF THEIR BODY DURING
TRAINING //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 358-364.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1310
39.
Kim D. et al. PEDAGOGICAL ANALYSIS OF THE PARTICIPATION OF STUDENT
ATHLETES IN THE SWEDISH TEAM AND THE SWEDISH TEAM IN THE
UZBEKISTAN CHAMPIONSHIP IN HEIGHT ATHLETICS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 346-353.
40.
Nurullayeva D. S. et al. ETHICAL PROBLEMS AND THEM IN THE FIELD OF
NATURE SOLUTIONS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С.
480-486.
41.
Kazaqov R. T., Djo'rabayev A. M. MEANS OF RECOVERY OF WORKING
CAPACITY OF SHORT-DISTANCE RUNNERS //Modern Science and Research. –
2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 902-911.
42.
Kazoqov R. T., Djo’rabayev A. M. DEVELOPMENT OF CYBER SPORTS IN
UZBEKISTAN //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 893-901.
43.
Yaqubov F. M. et al. METHODOLOGY OF SELECTION OF 10-12-YEAR-OLD
PLAYERS AND ORGANIZATION OF TRAINING //Modern Science and Research. –
2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 1271-1279.
44.
Казоқов Р. Т. ҚИСҚА МАСОФАГА ЮГУРУВЧИЛАРНИНГ ЖИСМОНИЙ ВА
МАХСУС
ЖИСМОНИЙ
ТАЙЁРГАРЛИК
КЎРСАТКИЧЛАРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ //Fan-Sportga. – 2022. – №. 7. – С. 53-55.
45.
Baltayeva I. T. et al. USE OF VIRTUAL LABORATORIES TO CONDUCT
FOOTBALL TRAINING //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С.
709-718.
46.
Baltayeva I. T. et al. CREATING AN INFORMATION-EDUCATIONAL
ENVIRONMENT USING MODERN INFORMATION AND COMMUNICATION
TECHNOLOGIES //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 700-708.
47.
Akmuradov M., Kazokov R., Parviyeva M. DEVELOPMENT OF SPEED ABILITIES
IN YOUNG RAPIERS, DEPENDING ON INDIVIDUAL PSYCHOLOGICAL
FEATURES //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 988-996.
48.
Melziddinov R. A., Akramov B. N., Kazoqov R. T. THE RELATIONSHIP OF THE
EFFICIENCY OF TECHNICAL-TACTICAL ACTIONS OF FOOTBALL PLAYERS
WITH THE LEVEL OF PHYSICAL PREPARATION //Modern Science and Research.
– 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 1153-165.
49.
Melziddinov R. A., Akramov B. N., Kazoqov R. T. THE STYLE OF ORGANIZING
TECHNICAL-TACTICAL TRAINING OF YOUNG PLAYERS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 1166-1176.
50.
Kazoqov R. T. et al. Pedagogical tools, sports training, div recovery of short-distance
runners //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 1332-1341.
51.
Jo'rayev N. B. et al. ALLERGY AND EXERCISE AND SPORTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 1322-1331.
52.
Umarov D. X. et al. USE OF MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES IN
IMPROVING PHYSICAL FITNESS OF FOOTBALL PLAYERS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 1313-1321.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1311
53.
Казоқов, Р., & Kazoqov, R. (2023). JISMONIY TARBIYA DARSLARINI KEYS-
STADI
TEXNOLOGIYASI
ASOSIDA
PEDAGOGIK
MAHORATINI
SHAKLLANTIRISH YUZASIDAN TAJRIBA-SINOV ISHLARINING NATIJALARI.
54.
53.Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER"
MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.
55.
Yuldasheva K. A. et al. EFFECTIVENESS OF USE OF MODERN TECHNOLOGIES
AND CHARACTERISTICS OF SELF-DEVELOPMENT IN PREPARING FUTURE
SPECIALISTS FOR INNOVATIVE ACTIVITY IN THE EDUCATIONAL PROCESS
//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 147-156.
56.
Xodjiyev R. M. et al. CLASSIFICATION AND INTERPRETATION OF WRESTLING
TERMS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 157-165.
57.
Djalilova S., Kazoqov R. ENHANCING ENGLISH LANGUAGE LEARNING
THROUGH PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES //Modern Science and Research. –
2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 130-140.
58.
Bektorov O. Y. et al. INTRODUCING NEW INFORMATION TECHNOLOGIES IN
THE EDUCATIONAL PROCESS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №.
2. – С. 353-362.
59.
Karimov B. Z., Kazoqov R. T., Buriyev B. U. CHARACTERISTICS OF FOREIGN
APPROACHES TO TRAINING IN THE SYSTEM OF PROFESSIONAL
DEVELOPMENT //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 303-315.
60.
Bektorov O. Y. et al. MONITORING THE KNOWLEDGE, SKILLS AND SKILLS OF
STUDENTS DURING THE TRAINING PROCESS //Modern Science and Research. –
2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 342-352.
61.
Djurayeva Х. Х., Xodjiyev R. M., Kazoqov R. T. DIFFICULTIES IN TEACHING
RUSSIAN AS A FOREIGN LANGUAGE //Modern Science and Research. – 2024. – Т.
3. – №. 2. – С. 316-326.
