530
AHMAD YASSAVIY QARASHLARIDA ODOB-AXLOQ G‘OYALARINING
PSIXOLOGIK TALQINI
Qarshiyeva Yanglish Abduvali qizi
Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti
Sirdaryo viloyati Guliston shahri 4-mavze
Tel: 95-108-01-93.
Email:
https://doi.org/10.5281/zenodo.11096346
Annotatsiya.
Ahmad Yassaviy hikmatlarini o‘rgangan va uni anglagan inson haqiqiy, chin
ma‘noda qanday inson bo‘lishlikni anglab yetadi va qalb xotirjamligi erishadi hamda ruhiy
barkamollik sari intila boshlaydi. Ushbu maqola Ahmad Yassaviy hikmatlarining inson
psixologiyasi ta’siri va uning ruhiy kamolotidagi o‘rni haqidagi ma’lumotlarga bag‘ishlanadi.
Kalit so‘zlar:
Ahmad Yassaviy hikmatlari, sharq mutafakkirlari qarashlari, “Devoni
hikmat”, psixologiya, inson, ruhiy xotirjamlik, ruhiy barkamollik.
PSYCHOLOGICAL INTERPRETATION OF THE IDEAS OF ETHICS IN THE
VIEWS OF AHMAD YASSAVII
Abstract.
A person who learns and understands the wisdom of Ahmed Yassavi understands
how to be a real person in the true sense of the word, attains peace of mind and begins to strive
for spiritual perfection. This article is devoted to information about the impact of Ahmad Yassavi's
wisdom on human psychology and its role in spiritual development.
Key words:
Ahmad Yassavi's wisdom, views of eastern thinkers, "Devoni hikmat",
psychology, human, mental peace, mental perfection.
ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ИДЕЙ ЭТИКИ В МНЕНИЯХ
АХМАДА ЯСАВИИ
Аннотация.
Человек, познавший и постигший мудрость Ахмада Яссави, поймет,
как быть настоящим человеком в истинном смысле этого слова, достигнет душевного
спокойствия и начнет стремиться к духовному совершенству. Данная статья посвящена
информации о влиянии мудрости Ахмада Яссави на психологию человека и ее роли в
духовном развитии.
Ключевые слова:
мудрость Ахмада Яссави, взгляды восточных мыслителей,
«Девони хикмат», психология, человек, душевный покой, душевное совершенство.
Inson ma‘naviy olamining yuksalishi bilan bog‘liq turli holatlar haqida ko‘p gapirish
mumkin.
531
Jamiyatimiz taraqqiyoti jarayonida Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlarming hozirgi
yoshlarda milliy ma‘naviy fazilatlarni shakllantirishdagi ahamiyatini o‘rganishga zaruriyat tobora
ortmoqda. Ma‘lum ki, ta‘lim-tarbiyani o‘quvchilarning umumiy rivojlanishi bilan uyg‘utilashtirib
amalga oshirish muhim pedagogik tamoyillardan biri hisoblanadi.
Ammo bugungi kunda ta‘lim jarayoni uchun mo‘ljallangan darslik va qo‘llanmalarda
Ahmad Yassaviyning hikmatlarini o‘rganishga doir materiallar zarur bo‘lganidan kam darajada
o‘rin olgan. Zero, Xoja Ahmad Yassaviyning hikmatlari orqali talabalarga milliy-ma‘naviy
fazilatlarni o‘zlashtirib, o‘zlaridagi salbiy sifatlarni bartaraf qilishi yo‘llarini o‘rgatish imkoniyati
mavjuddir.
Ma‘lumki, axloq ijtimoiy ong shakllari majmuasidan tashkil topgan bo‘lib, u insonlarning
o‘zi, oilasi, do‘st-u birodarlari, jamoa a‘zolari va tabiatga berilgan munosabatlarini tartibga
soluvchi xulq, odob qonun-qoidalaridan iboratdir. Axloqiy, ma‘naviy tarbiya esa ana shu
qoidalarning yoshlar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish uchun ko‘rsatiladigan ta‘sirlar
tizimini hosil qiladi. Demak. ma‘naviy tarbiya maqsadining negizi hisoblangan axloq kishining
oila, mehnat va jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘lib turadi.[
66; 98]
Bugungi kungacha asrlar davomida shakllanib va rivojlanlb kelayotgan musulmon
ma‘naviy ati va axloqi turmush tarzimizda mazmunan boy, rang-barang ko‘rinishlarda aks etib
kelmoqda. Markaziy Osiyo xalqlari axloq tarbiyasi borasida boy tajribaga egadirlar. Muqaddas
Qur‘oni Karim va Hadisi sharif kitoblarida axloqiy tarbiyaga oid ibratli maslahatlar, hikmatlar,
rivoyatlar hamda asrlar davomida ota-bobolarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlarimiz,
an‘analarimizning durdona asoslari hisoblangan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning
«Vasiyatlar kitobi», Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriynmg «Al-Jome‘ as-sahih»,
Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Tcrmiziyning «Sunan», «Kitob shamoil», Abu Nasr Muhammad
Forobiyning «Risola fi fusus al-hikma» («Hikmat gavharlari haqida risola»), «Risola fi tanbch alo
ashobi-s-saodat» («Baxt saodatga erishish yo‘llari haqida risola»), «Kitob mabodi-u orom ahli
madinat al-fazila» («Fozil shahar aholisining boshlang‘ich qarashlari), Abu Rayhon Beruniyning
«Mineralogiya» (Qimmatbaho toshlarni bilish), Ibn Sinoning «Hikmatlar»i, Abu Bakr Muhammad
ibn al-Abbos Xorazmiyning o‘gitlari va Ahmad Yassaviyning «Devoni hikmat», «Faqrnoma»
asarlari bugungi kun yoshlarida milliy-ma‘naviy fazilatlarni psixologik jihatdan tarkib toptirishda
juda muhim manba vazifasini o‘tamoqda.
Demak, ma‘naviy at va axloq me‘yorlari barkamol insonni tarbiyalashda, unda insoniy
sifatlarni shakllantiruvchi hamda uni mukammallikka erishtiruvchi vosita bo‘lib xizmal qiladi.
532
Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlarida ham aynan odob-axloq masalasiga alohida urg‘u
berilganligini ko‘rishimiz mumkin. Ahmad Yassaviy hikmatlarida bayon etilgan fikrlaridan shuni
anglashimiz mumkinki, agar kishi o‘zgalarni hurmat qilsa, yaqinlari va muhtojlar holidan xabar
olib tursa, bu uning insoniy sifatlaridan darak beradi.
«Qattig‘lanib qul Xoja Ahmad, yo‘lg‘a kirg‘il.
Qulni ко’rsang, quli bo‘lib ma‘no so‘rgil.
Yo ilohim, ro‘zi qilsa, ma ‘no olg‘il,
Ma‘no so‘rab, ma‘no olgan chin qul bo‘lur.» [
15; 151]
Ahmad Yassaviy bu satrdagi «qullik tushunchasi, aslida, «kamtarin»lik sifati o‘rnida
berilmoqda. Shu orqali, shoir odamlarni kamtarinlikka, bag‘rikenglikka da‘vat qilgan.
Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlarida oila va farzandlar to‘g‘risida, oiladagi o‘zaro
mehribonlik, g‘amxo‘rlik, halol yashash, mehnat qilish va to‘g‘ri turmush tarzi har bir farzandning
kelajakda jamiyatda tutadigan o‘rnini bclgilashida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidlagan.
Farzand o‘g‘il-qiz bo‘lishidan qat‘iy nazar bu ota-onaning umidi, orzusi, keksaygandagi
suyanchig‘i, naslining davomchisi hisoblanadi.
Shoirning fikricha, barcha insoniy fazilatiar katta davlat va baxt-saodat kalitidir, insonlar
hayoti davomida farzandlarini ular bilan ta‘minlash zarur, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham har
bir ota-ona farzandlarining kelajagi uchun ularda axloqiy sifatlar va insoniy fazilatlarni
shakllantirish ularning asosiy vazifalaridan biridir.
Xoja Ahmad Yassaviy yana bir fazilat, ya‘ni millatidan qat‘iy nazar, odamlarga
xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lish va o‘zaro уоrdam tuyg‘usini kishilar o‘rtasida ibrat bo‘lishi
mumkin bo‘lgan axloqiy me‘yor deb biladi. Bu bugungi global muammolar avj olgan dunyoda
ushbu muammolardan qutulishga imkon beruvchi yo‘lni ko‘rsatadigan tushunchadir.
«Sunnat ermish, kofir bo‘lsa, berma ozor,
Ko‘ngli qaltig‘, dilozordan xudo bezor.
Alloh haqi, andoq qulga sijjin tayyor,
Donolardin eshitib, bu so‘z aydim mano.»
[15; 47]
Mazkur satrlarda kuylanayotgan insoniy fazilatlarni hosil qilish - xalqlar o‘rtasida
mlllatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglikka (tolerantlik) erishish g‘oyalarini targ‘ib etishi
orqali biz Xoja Ahmad Yassaviyni o‘zga millat va o‘zga din vakillariga bo‘lgan munosabatlari
haqida tushuncha hosil qilamiz. Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlarida Vatanparvarlik, Vatanga
muhabbat tuyg‘usi, uning ravnaqi yo‘lida fidokorlik qilish, taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish
g‘oyalari muttasil jaranglab turganligini ko‘rishimiz mumkin.
533
Ahmad Yassaviy ilm o‘rganish, olamni bilish maqsadida yurtidan uzoqlarga safar qiladi,
musofirlikning ko‘p azob-uqubatlarini boshdan kechiradi. Bunday safarlar, o‘zga o‘lkalardagi
g‘ariblik hayoti uning qalbida Vatan qadri, yurt so- g‘inchi, xalq mehri kabi oliy tuyg‘ularni
tarbiyalaydi. Bugungi kunda yosh avlod tarbiyasida xuddi shunday Vatanparvarlik tuyg‘ularni
kamol toptirish pedagoglar oldida turgan vazifalardan biridir. Shunday vaziyatlarda Xoja Ahmad
Yassaviyning ulkan me‘rosi, hikmatlaridan unumli foydalanish, uning aytganlarini yoshlarga
namuna qilib ko‘rsatish va ijtimoiy hayotda foydalanish bu boradagi vazifalarni unumli amalga
oshirishga xizmat qiladi.
«Vo darig‘o, nechuk qilgum g‘ariblig‘da,
G‘ariblikda g‘urbat ichra qoldim mono
Xuroson-u Jom-u Iroq niyat qilib,
G‘ariblikni ко’p qadrini bildim mono.»
[15; 71]
Bu satrlar orqali muallif sharqning qanchadan qancha mashhur shaharlari va o‘lkalarini
kezmasin, baribir o‘zini g‘urbatda qolgandek his qilishi, o‘z ona-Vatanini qomsab, Turkistonga
qaytishni orzu qilganini ifodalaydi. Vatanparvarlik hissi, ayniqsa, inson Vatanidan tashqarida
yashaganda yaxshiroq bilinishini o‘z tajribasi orqali bayon qiladi,
«G‘ariblig‘da yuz yil tursa, erur mehmon,
Taxt-u baxl-u bo‘stonlari erur zindon.
G‘ariblikda qul bo‘ldi ul Mahmud Sulton.
Ey yoronlar, g‘urbat ichra kuydim manо.»
[15; 72]
Shoir she‘rini davom ettirib, Vataniga qaytishiga sababchi bo‘lgan ustozi Arslon Bobni
ulug‘laydi. Shuningdek, u do‘stlariga g‘ariblikdan voz kechishni pand-nasihat qiladi va har bir
insonning mozori, ulug‘ligi o‘z Vatanidir, deb Turkistonni madh etadi:
«G‘ariblikda Arslon bobom izlab tobti,
Har sir ко‘rib, parda birla bo‘kub, yopti,
Bihamdulloh, ко‘rdim dedi, yuzim о‘pti,
Ushbu sirni ко‘rib, hayron qoldim mono.»
[15; 72]
Shoirning Vatan bilan bog‘liq tuyg‘ulari yanada tiniqlashadi. O‘уlarining tub-tublarida,
butim borlig‘ining har go‘shasida Vatan qiyofasi ilohiy bir kuch sifatida gavdalanadi. Sog‘inch
tuyg‘usi shoirni chuqur iztiroblar girdobiga uloqtirib, uni azoblaydi, qiynaydi. Shoir g‘urbatda
tuproqqa aylanadi. Tuproq, xok bo‘lish ko‘p mashhur so‘fiylar orzu qilgan buyuk maqomdir.
Hikmatlarda shoir shu maqomga yetishganini ko‘ramiz:
«Qul Xoja Ahmad so‘zlagani Haqni yodi,
534
Eshitmagan do‘stlriga qolsun pandi,
G‘urbatlanib, о’z shahriga qaytib yondi,
Turkistonda mozor bo‘lib qoldim mano.»
[15; 73]
Bugunga qadar Xoja Ahmad Yassaviy qabri muqaddas sajdagoh timsoli bo‘lib kelmoqda.
Minglab odamlar har yili uning ziyoratiga shoshiladilar, poklanishni o‘rganadi... Balki
Vatanni tanish shu tariqa boshlanar. Uning avlodlari, Hakim Ota (Sulayrnon Boqirg‘oniy), Zangi
Ota, Sayyid Ota, Atoiy, Shayx Xudoydod Vali, Qosim shayx, Oshiq Ota, Mavlono Sharif
Husayniy singari ko‘plab izdoshlari biz «Vatan» deb biladigan tushunchaning mustahkam va
ilohiy ustunlari hisoblanadi. Ular o‘zligimizni muhofaza qilishimiz uchun juda zarur bo‘lib turgan
milliy immunitet sohiblaridir.
Bundan tashqari, Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlarida halol mehnat bilan kun kechirish
masalasi ham bosh o‘rinlardan birida turadi. U barcha donishmandlar kabi axloq tarbiyasida
insonlardagi mehnatsevarlik, rizqni halol mehnat orqali topish, mehnatni ulug‘lash kabi fazilatlarni
ulug‘laydi.
«Sizni, bizni Haq yaratti toat uchun.
Ey bul ajab, ichmak, yemak rohat uchun,
Qo-lu balo ruhim bori mehnat uchun,
Alam bo‘lib, yer ostiga kirdim memo.»
[15; 77]
Bu misralarda Haq insonni taot-ibodat, yemak-ichmak, mehnatdan rohat topmoq uchun
yaratgan bo‘lib, bunga faqat halol mehnat orqali erisha olish mumkinligi uqtiriladi. Xoja Ahmad
Yassaviy hikmatlaridagi xuddi shunday g‘oyalar bilan Bahouddin Muhammad Naqshbandiyning
mashhur «dil ba yoru, dost ba kor» shiori aynan muvofiq keladi. Muallif mehnat qilgan kishi doimo
Alloh nazarida ekanligi, unday odam baqo olamida do‘zax azoblariga giriftor qilinmasligi va
jannatda va’da qilingan g‘amxo‘rliklarga sazovor bo‘lishini shunday ifodalaydi:
«Jondin kechib, mehnat torttim, bandam dedi,
Qonlar yutib, Alloh dedim, rahm ayladi,
Do‘zax ichra qolmasin, deb g‘amim yedi,
Xurram bo‘lib, yer ostiga kirdim mano.»
[15]
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, shoir hikmatlarida donishmanddan olijanoblik,
saxovatpeshalik, javonmardlik fazilatlari; nodondan nokaslik, nomardlik, kaltafahmlik, jaholat
kabi salbiy odatlar ko‘rinishi mumkinligini aks ettiradi:
«Qul Xoja Ahmad, nosih bo‘lsang о‘zinga bo‘l,
Oshiq bo‘lsang, jondin kechib, bir yo‘li оl,
535
Nodonlarga aytsang, so‘zing qilmas qabul,
Mahkam bo‘lib, yer ostiga kirdim mono.»
[15; 79]
Ushbu to‘rto‘rtlikning birinchi satrida aqlli kishi qanday bo‘lishi lozimligiga urg‘u berilsa,
ikkinchi satrda Muhammad alayhissalom kabi ko‘ngli ochiq bo‘lishga chaqiriq, ya‘ni elni kezish,
hamisha xalq ahvolidan xabardor bo‘lib turishga da‘vat qilinadi. Uchichi satrda nojins, axloqi
buzuq kishilardan ehtiyot bo‘lishga ogohlantiriladi va to‘rtinchi satrda ulardan yiroqroq yurgan
kishining ko‘ngli pok, daryo kabi jo‘shqin bo‘lishi bilan xulosalanadi. Ayniqsa, uning quyidagi
satrlarida bu fikrlar tugal yakunlanadi va o‘quvchining axloq haqidagi tasavvurlarini yanada
tiniqlashtiradi.
«Dunyo uchun g‘am yema.
Haqdin о ‘zgani dema.
Kishi molini yema,
Sirot uzra tutaro.»
[15; 221-bet.]
Shuningdek, shoir nafs insonni xor qilishini, ozgina hushyorligini yo‘qotgan kimsani u
yengishini va o‘ziga tobe qilishini ta‘kidlagan.
«Nafsim meni yo‘ldin urib, xor ayladi,
Termultirib xaloyiqqa zor ayladi,
Zikr ayturmay, shayton bilan yor ayladi,
Hozirsen, deb nafs boshini yanchdim mono.»
[15; 47]
Ahmad Yassaviyning fikricha, yaxshi fazilatli inson bo‘lish uchun nafsni jilovlash, ya‘ni
odam o‘zini-o‘zi boshqara olishi lozim. Demak, biz ham o‘quvchi yoshlar va talabalarni o‘z
nafsini jilovlashga, uni boshqarishga o‘rgatib borishimiz zarur. Hikmatlarda ham o‘z nafsini
jilovlay oladigan inson o‘zidagi salbiy odatlarini yo‘qotish imkoniyatiga ega bo‘ladi deya
ta‘kidlangan.
Xoja Ahmad Yassaviy hatto, tariqatning qariyb barcha sir-asrorlarini o‘rganib bo‘lgan, o‘zi
yuzlab tariqat yo‘liga kirgan toliblarga murshidlik qilayotgan chog‘larida ham nafs balosidan
qutilishda qiynaladi. Uning ta‘zyiqlaridan o‘zini omon saqlash maqsadida Haq dargohiga munojot
qilib, yolvoradi, undan panoh so‘raydi:
«Elligimda yerman, dedim, fe‘lim zaif,
Qon to‘kmadim, kо‘zlarimdan bag‘rim ezib.
Nafsim uchun yurar erdim itdek kezib,
Zoti ulug‘ Xojam, sig‘inib keldim sango.»
[15; 67]
536
Xoja Ahmad Yassaviy odamlarning ba‘zi lari yomon xulq-atvorli, o‘ziga haddan ziyod оrо
beradigan, o‘zgalarni mensimaydigan kibrli bo‘lishini ta‘kidlab, zolim va yomon xulq egalaridan
yiroqroq bo‘lish, hayotda sodiq do‘st tanlay bilish hamda do‘stlikning qadriga yetishga chaqiradi:
«Ey meni yoronlarim, himmat tuting imonima,
Dushmanim imonima zahmat beradur, do‘stlarim.»
[14; 18]
U hikmatlari orqali dono kishilarning davrasida bo‘lib, suhbatlaridan bahra olish va ularga
izzat-hurmat bilan xizmat qilish nihoyatda sharafli ekanligini qayta-qayta eslatadi. Ammo nokas,
nodon va nomardlarning fisqu fujur gunohlari ko‘pligidan ular bilan do‘st bo‘lishdan ko‘ra,
yolg‘izlikni afzal ko‘rib, g‘orga kirganligini o‘zining quyidagi satrlar orqali ifodalaydi:
«Ayo, farzand, ummatlarni dardi o‘rtar,
Fisq-u fujur gunohlari tog‘din ortar,
Dinni qo‘yib, dunyo molin о‘zga tortar,
Ul sababdan Haqdin qo‘rqib, g‘orga kirdim.»
[14; 153]
Yassaviy ushbu fikrini yanada qo‘llab-quvvatlagan holda, do‘stlari nafs va manmanlik
sababdan rasvo bo‘lganidan qayg‘urib, shunday deydi:
«Do‘stlarimni rasvo qilg‘an nafs-u havo,
Aning uchun shayton la’in qilur g‘avg‘o,
Lutf aylasang, manmanlikni qilay ado,
Riyozatda jonim qiynab, ishlasam men.»
[14; 154]
Xoja Ahmad Yassaviy insonning baxt-saodatini bilim va ma‘rifatga erishuvida deb
hisobiaydi:
«Ma‘rifatni manbayiga minmaguncha,
Shariatni ishlarini bilsa bo‘lmas,
Shariatni ishlarini ado qilmay,
Tariqatni maydoniga kirsa bo‘lmas.»
[14; 108]
Uning fikriga ko‘ra, kishining axloq-odobi va bilimi o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Bilimli kishi
odobli hisoblanadi. Bilim tasavvuf qarashlarining ildizi hisoblanadi. Ma‘rifatni egallab, so‘ng
shariatni o‘zlashtirish, shariatni o‘rganib bo‘lgach, u orqali tariqatga kirish mumkinligini
ta‘kidlagan. Yuqoridagi satr orqali u, bilim bosqichlari o‘zaro jipslashgan ketma-ketlikka egaligini
sodda usulda tushuntiradi.
Xoja Ahmad Yassaviy ilmiy tafakkurning qudratiga ishonganini yuqoridagi hikmatida
ko‘rsatib o‘tadi. Insonda fikrni bayon qila olish qobiliyati ham unga kuch-quvvat baxshida etishini
ta‘kidlaydi.
537
«Zikrni aygil, qonlar oqsin kо‘zlaringdin,
Hikmat aygil, durlar tomsin so‘zlaringdin,
Gullar unsin har bir bosgan izlaringdin,
Gulga boqsang, gul ochilib, xanda bo‘lur.»
[15; 154]
Xoja Ahmad Yassaviy rostgo‘ylik va to‘g‘riso‘zlikni ham insonning muhim axloqiy
fazilatiaridan biri hisoblaydi. Uning fikricha, rostgo‘ylik faqat kishilarning gap-so‘zlarida
ifbdalanib qolmasligi lozim. Bu fazilat ularning xatti-harakati, yurish-turishi, odamlar va
jamiyatga bo‘lgan munosabatida, yomon va yaxshi odamlar bilan munosabatida ham aks etmog‘i
lozim deya uqtiradi.
«Al-kazzab-u la ummati, dedi biling, Muhammad,
Yolg‘onchilar qavmini ummat demas Muhammad,
To‘g‘ri yurgan qulini, haqni izlab yo‘lini,
Rost yurgan qulini ummat degay Muhammad.»
[14; 50]
Xoja Ahmad Yassaviy insonni bilim olishga chorlovchi, nodonlikdan qutulishda ta‘lim
beruvchi ustozlarga tasannolar aytish lozimligini ham uqtiradi. Hikmatlarida Hazrati Xizr va G‘avs
ul-G‘iyosni o‘ziga ustoz deb biladi va ular haqida shundav xabar beradi:
«Qayda borsam, Xizr bobom hozir bo‘ladi,
G‘avs ul-g‘iyos may ichirdi, to‘ydim mano.
Yoki:
Xizr bobom soldi meni ushbu yo‘lg‘a,
Ondin so‘ngra daryo bo‘lib toshtim, do‘stlar.»
[14; 78]
Xoja Ahmad Yassaviy butun umri davomida insoniyatning baxt-saodati ma‘naviy pokligi
uchun kurashadi. O‘zining hikmatlari orqali insondagi noto‘g‘ri xatti-harakallar jamiyat
notinchligini yuzaga keltirishi mumkinligini, jamiyatda zolim kishilar, yovuz ishlarning paydo
bo‘lishidan haq ishlar nohaqlikka aylanayotgani, ularni tartibga solish uchun esa Haqni tushunib
yetish, odob-axloqni o‘z o‘rniga qo‘yish lozim, deb hisoblaydi:
«Ulug‘-kichik уoronlardan odob ketti,
Qiz-u zaif juvonlardin hayо ketti,
«Al-hayo-u min al-imon» deb Rasul aytti,
Hayosiz qavm ajoyiblar bo‘ldi do‘stlar.»
[14; 62]
Yassaviy tomonidan bitilgan ushbu misralar odob-axloq bobida ogohlikka chorlovchi
satrlardir. Ularning zamirida insonlar o‘zlarining odob-axloqlari bilan o‘zlaridan tashqari, qavmu
qarindosblarini ham ulug‘lashlari mumkinligi haqida chaqiriq borligini ko‘ramiz.
538
Pokiza mahabbat ishq, oshiq va ma‘shuq, tafakkur, hayo, insonning ezgulikka intilishlari
to‘g‘risidagi ko‘pgina hikmatlar ham ma‘naviy at tarbiyasida odob-axloq tushunchalarining
ahamiyati va teran mazmunlarini ochib beradi. Bu borada Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlari
insonning ruhiy holati, tasavvufiy hol lazzatini ochib beradi. Ayni chog‘da u tasavvuf ilmidagi
tasavvurga ko‘ra, chin oshiq - chin so‘fiydir. Ya‘ni boshqacha qilib aytganda, ishq - ilohni sevish,
unga sig‘inib, nolayu munojotlar qilishgina bo‘lmasdan, balki kamolotga yetishishning eng afzal
yo‘lidir:
«Ishq bog‘ini mehnat tortib kо‘kartmasang,
Xorlik tortsa, shum nafsingni о‘ldurmasang,
Alloh, debon ichga nurni to‘ldirmasang,
Valloh, billoh, senda ishqni nishom yo‘q.»
[14; 129]
Chin oshiqlarni tanitadigan belgi - xokisorlik, kamtarlik, sidqu sadoqat hisoblanadi. Bu
sifatlar ma‘naviy - axloqiy tarbiyaning muhim mezonlari hisoblanadi. Chunki oshiq bo‘lgan odam
o‘zi duch kelgan turli tasodifiy kutilmagan holatlarga, boshiga tushgan tashvishlarga chidashi,
manmanlik, g‘urur va kibr, hasad, hirs kabi salbiy illatlarni tark etishi aniq.
Ammo, Ahmad Yassaviyning ruhiy kechinmalarida oshiq bo‘lgan odam ta’ma va
manfaatdan ham voz kechishi kerakligi aks etadi. Chunki inson dunyo qutqusi va uning o‘ziga
tinchlik bermas xayollarini tark etmasa, nafsidan xalos bo‘la olmaydi. Inson ilohiy ishq orqali
Alloh oshig‘iga aylanadi. Oshiq esa tariqat talablarini so‘zsiz bajarib, faqr martabasidan fano sari
intiladi. Ilohiyot olamning cheksiz go‘zalliklari hisoblanib, kishi abadiyat qudratidan hayratga
tushadi. Bunda uning ruhi tiniqlashib, musaffo bo‘la boshlaydi. Demak, ishq orqali ham dunyoviy,
ham diniy tarbiyaga e‘tibor qaratilar ekan.
Xoja Ahmad Yassaviy ishq dardiga mubtalo bo‘lgan kimsani «Oshiq kuyar, jondin to‘yar,
haqni suyar», deya ta‘riflaydi. U «chin oshiqlarning ko‘zi giryon, dili biryondir», deb yozadi.
«Chin oshiq», deb haqiqatning mag‘zini jonidan qila olgan, muhabbat shavqidan «uch yuz
oltmish tomiri» tebrangan, ya‘ni hamma a‘zolariga ishqning ta‘siri o‘tgan kishini ko‘rsatadi.
Hikmatlarda dunyo rohatini afzal bilgan, mol-u mulk, dunyoga berilgan kishi oshiqman
desa, unga ishonmaslik kerak, u riyokor, «yolg‘on oshiq»dir, deyiladi.
«Ishq davosin menga qilma, yolg‘on oshiq,
Oshiq bo‘lsang, bag‘ring ichra kоz qoni уo‘q,
Muhabbatni shavqi birlan jom bermas,
Zoye kechar umri ani, yolg‘oni yo‘q.»
[14; 129]
539
Xoja Ahmad Yassaviy o‘zining hikmatlari orqali chin oshiqlik namunasida Muhammad
payg
;
ambar alayhissalom va Boyazid Bistomiyni tasvirlaydi. Rasululloh butun vujudi bilan Alloh
oshig‘i edilar. Ul zotning ko‘kka ko‘tarilishi - Me‘roj tunida Parvardigor bilan muloqoti, faqirning
nurli haykalini ko‘rishi,
yerga tushib, faqir va g‘ariblarning boshini silashi kabi holatlarni
keltirishimiz mumkin.
[67; 109-110]
Umuman, Yassaviy hikmatlarida tasavvuf olamining mashhur vakillari haqida ham
ko‘plab qiziqarli rivoyatlar uchraydi. «Shoir ularni ishq-muhabbat, poklik, javonmardlik,
saxovatpeshalik, donolik kabi fazilatlarning timsoli sifatida asarlariga kiritadi. Ulardan biri «anal
haq» iborasi bilan tarixda juda mashhur bo‘lgan va bu so‘zni aytgani uchun qatl etilgan shayx
Mansur Hallojdir. Shoir uning tariqatda erishgan maqomini yuksak baholaydi. Bu satrlar bizga
sohibining bir mutaassib dindor emas, buyuk mushohada egasi bo‘lganini ko‘rsatib turadi.»
[67;
109-110]
«Aytmagil, «Anal haq» deb, kafir bo‘lding Mansur deb,
Qur‘on ichra buldur deb, o‘ldirdilar tosh otib.
Rivoyatlar bildirdi, holin ani bilmadi.
Mansurdek avliyoni qo‘ydilar dorga osib.
Kulni ко ‘kka sovurdi, eltib daryoga soldi,
Zavq daryosi avj urdi, oqdi daryo qiynoshib.
O‘shal kuni ul daryo qildi afg‘on, vovaylo,
Oshiqlarga Xudoyo, qilgil diydoring nasib
.
»
[56; 6]
Xoja Ahmad Yassaviy tariqatning uzoq va mashaqqatli yo‘llarini bosib o‘tgan va bunday
maqomni anglash va ushbu satrlarni yoza olish darajasiga yetgan edi. Uning ishq haqidagi
qarashlari ham aytib o‘tganimizdek, Yusuf Hamadoniy rahbarlik qilgan tasavvuf maktabi
ta‘limidan kelib chiqqan edi. Tasavvuf ta‘limi unga Muhammad payg‘ambarni tanitdi, Mansur
Xalloj, Junayd Bag‘dodiy, Shibliy, So‘fiyon Savriy, Boyazid Bistomiy kabi buyuklarga
yaqinlashtirdi. Ular Xoja Ahmad Yassaviy uchun go‘zal axloq va yuksak odob, hikmat, e‘tiqod,
sadoqat va muhabbatni o‘zlarida jamuljam eta olgan mukarram zotlardir. Yassaviy olgan ilm
ohanrabodek, keyinchalik, uning huzuriga yuzlab ilm-u toliblarini torta boshladi. Uning o‘zini ham
ulug‘lar maqomiga olib chiqdi.
Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlarida qariyb uzluksiz tilga olinadigan go‘zal axloqiy sifatlar
Hazrati Payg‘ambarning ummatlariga shafoati, mehribonlik g‘arib-u yetimlarga g‘amxo‘rligi
orqali ibrat qilib ko‘rsatiladi. Uning o‘zi ham har bir ishida, xatti-harakatida Rasulullohga mehr-
muhabbat va g‘aroyib bir sadoqat bilan ergashishga urinadi.
540
«G‘arib, faqir, yetimlarni Rasul so‘rdi,
О‘shal tuni me‘roj chiqib diydor ко‘rdi,
Qaytib tushib, g‘arib, faqir holin so‘rdi,
G‘ariblarni izin izlab tushtim mono.»
[14; 20]
Muallif ushbu satrlarida ustozlarni ulug‘lash, ularning izlaridan borib, ilm-ma‘ritatga
intilish lozim, deb hisoblaydi. Xoja Ahmad Yassaviy garchi Arslon Bob va Xoja Yusuf
Hamadoniydan ta‘lim olgan bo‘lsa-da, haqiqiy pir sifatida ko‘proq Muhammad alayhissalomni
tilga oladi va u payg‘ambar g‘oyalari va haqiqatni - «mast etuvchi sharob» va Payg‘ambarni - «Piri
mug‘on» deb ataydi:
«Sakkizimda sakkiz yondin yo‘l ochildi,
«Hikmat ayt!» - deb, boshlarimga nur sochildi.
Bihamdilloh, piri mug‘on may ichurdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.
Piri mug‘on -- Haq Mustafo, beshak biling,
Qayda borsang, vasfin aytib ta‘zim qiling.
Ey bexabar, dunyo ishin orqa soling,
Ul sababdin oltmish uchda yerga kirdim.»
[15; 154]
Ushbu satrlarda Rasululloh poklik timsolida ibrat va namuna qilib ko‘rsatiladi, shoir uni
«Haq Mustafo» unvoni bilan tilga oladi.
Axloq tarbiyasining asosi hisoblangan haqiqat timsoli ham payg‘ambar hayoti va uning
harakatlari orqali chiziladi, yaratiladi. Payg‘ambar oshiqlar sardoridir. Uning ishqi tufayli hayot
maydonida haqiqat egasi Alloh paydo bo‘ladi. Bosh oshiqqa ergashgan minglab oshiqlar, ishq
mayidan mast bo‘lib aql hushidan ayrilgan sonsiz devona darveshlar dunyoga keladi. Ular borliq
va hayot mazmunini qisqagina «Yo hu», qo‘shiqga joylab qo‘yadi... Hikmatlarda haq vasliga
yetish, Alloh amrini ado etish – payg‘ambar yo‘lini tutishdir, deya ta‘riflanadi. Tasav- vufiy
hikmatlar orasida Mansur Xalloj ham Iloh oshig‘i, Haq visoliga yetishgan ulug‘ inson sifatida
kuylanadi.
Mashoyix va avliyo kishilarnitig jamiyat hayotida tutgan o‘rni ularga berilgan laqabida
ham o‘z aksini topgan.
«Shayx» so‘zi so‘fiylar istilohida - sardor, yo‘l ko‘rsatuvchi, rahnamo, degan ma‘nolarni
anglatadi. Tasavvuf talqinida ular Allohga yaqinlashishga muyassar bo‘lgan insonlardir.
Odatda, manbalar va ilmiy adabiyotlarda ko‘p qo‘llanadigan «valiy» so‘zi ham arabiy
bo‘lib, o‘zbek tilida «yaqin» manosini bildiradi. Xalqimiz hozir ham valiy Allohga yaqin, ко‘р
541
jihatlari va sifatlari bilan boshqalardan ajralib turadigan xos odam, deb biladi. Shu sababdan ularga
Habibullob - «Allohning do‘stlari», «Allohning yaqinlari,» deb ham nisbat beriladi. Ayni paytda
bunday kishlar oddiy (avom) xalqning qo‘lidan kelmaydigan, aql bovar qilmaydigan g‘ayritabiiy
ishlar va harakatlarni amalga oshira oladilar. Ularning bunday ishlari manbaa va ilmiy
adabiyotlarda «karomat», «xavoriq odat» kabi iboralar orqali ifodalanadi.
Xoja Ahmad Yassaviy shunday xos odamlar orasida eng yuqori maqomlarni egallagan
oshiqlar jumlasidan edi. Uning hayoti bilan bog‘liq karomatga oid voqealar yoshlik davridayoq
sodir bo‘ladi. Bu borada birgina Rasululloh, me‘roj, xurmo, Arslonbob voqealarini eslashning o‘zi
yetarlidir. Mazkur mavzuda bundan boshqa yana turli rivoyatlar ham mavjud. Tasavvuf ahli,
ayniqsa, oddiy xalq Xoja Ahmad Yassaviy karomatlari uzluksiz va cheksiz bir tabarruk inson
qiyofasida taniydi. Bu to‘g
;
rida hazrat Alisher Navoiy qisqa va lo‘ndagina qilib: «Turkiston
mulkining shayx ul-mashoyixidur. Moqomoti oliy va mashhur, karomoti mutavoli va nomahsur
ermish. Muridu ashobi g‘oyatsiz va shoh-u gadoning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish.
Imom Yusuf Hamadoniy q.s.ning ashobidindur. Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy bila q.s. suhbat
tutubdur va Xoja Abdullob Barraqiy va Xoja Hasan Andoqiy q.r. bilaki, ham Imom Yusuf
Hamadoniy r.t. muridlaridurlar. Imom qaysi biyik marotibg‘a yetibdurlar, musohib bo‘lubdur va
ro‘zgor mashoyixidin ko‘p buzrugvorlar aning tarbiyatin topibdurlar va Shayx Raziyuddin Ali
Lolo q.s. shayxi buzrugvor Shayx Najmuddin Kubro r, Xizmatig‘a уetardin burun Xoja Ahmad
Yassaviy q.r. xizmatida bo‘lub erdi va aning xonaqohida aning irshodi bila suluk qilibdur va aning
mozori Turkistonda», deva ma‘lum ot beradi
.[9]
Xoja Ahmad Yassaviy karomatlari bilan bog‘liq rivoyatlardan birida naql qilinishicha,
Макка va Madina ziyoratini niyat qilib yo‘lga tushgan Xoja Abduxoliq musofirlikning azoblarini
oldindan bilib, ashoblariga (suhbatdoshlari): «Ovvora bo‘lmay, uning o‘zini bu yerga chaqirib ola
qolmaysizlarmi? - deydi. Mehmonlar: «Agar siz shul maqomga yetgan bo‘lsangiz chorlang»
deyishganidan so‘ng, Xoja Abduxoliq Tangriga hamdu sanolar o‘qiydi, iltijolar qiladi va bir payt
mehmonlar qarshisida Makkayi mukarrama Ka‘ba bilan birga paydo bo‘ladi. Ahmad Yassaviy
shunda muridlarining: «Vali deb buni aytsa bod add»
-
degan pichirlashlarini ilg‘ab qoladi. U xuddi
shu mahalda Turkiston sari yo‘lga otlanadi. Lekin shogirdlaridan birortasi ham shayxga
ergashmaydi. U shahardan chiqishda bir nuragan devorga chiqib o‘tirib, sal hordiq chiqargach,
qo‘lidagi chibig‘i bilan uni ohista urib, «Chu jonivor!» degani hamon devor yurib, Xo‘ja
Abduxoliq va o‘zining muridlari qolgan yerdagi masjid-u maydonni ham qo‘shib sudray
boshlaydi. O‘z pirlarining karomatidan larzaga tushgan muridlari gunohlaridan kechishni
o‘tinadilar».
[52; 49]
542
Insonning o‘zligini murosasizlik bilan tekshirishi, qusuri, nuqsonlari uchun hadsiz
iztiroblar chekishi esa vijdonning hamisha uyg‘oq turishini ta’minlaydi. Ichki botiniy kechinmalar
professor lbrohim Haqqul fikricha: «Kamolot yo‘liga tushgan insonni vijdoni ruhiy og‘riqlarga
giriflor etib, uni olamga yuzma-yuz qilib qo‘yadi, yurakni gunoh va qo‘rquv, shubha va ishonch
oralaridan olib o‘tadi. Uyg‘oq vijdon eng oxirgi chegaralarigacha odamni yolg‘izlantiradi.
Shundan boshlab o‘lim cheklanadi. Abadiyatga chindan ishonch shundan boshlab tug‘iladi.
U erkin ruhlar bilan yashash sirlarini ochadi, aqliy toliqishlarni yengib, mutelik zanjirlarini
sindiradi. Vijdon eng noiloj, eng kulfatli vaziyatlarda ham yo‘qsizlikdan xalos etadi.
Вuni shaxsning o‘z vijdoniga borish yo‘li deb atasa to‘g‘ri bo‘ladi. Shu yo‘lni topgan
odamgina Xudo tomonga talpinadi. Talpingan sayin esa o‘ziga nisbatan murosasizligi ortadi. Bu
jarayon Xoja Ahmad Yassaviyning butun hayoti mobaynida davom etdi. Darhaqiqat, Ahmad
Yassaviy o‘zi bilan kurashadigan so‘fiy, odamga o‘zini-o‘zi kechirmaslik, o‘ziga shafqat qilmaslik
sirlarini o‘rgatadigan murosasiz ijodkor edi. Shoir insonga o‘z qalbining eng chuqur joylariga
nazar tashlash, qalloblik va riyo pardalarini yirtib, yomon odatlarni yashirmaslikni targ‘ib etadi.
Shuning uchun ham uning axloqiy ta‘limotida shaxsning ma‘naviy ilohiy kamolotiga
to‘siq bo‘ladigan salbiy xususiyatlar tahlili oshkoralashib boradi. Ba‘zan undagi oshkoralik
talablariga dosh berishning o‘zi mushkul. Buni xudbinlik deb atash noto‘g‘ri. Yassaviy
«Hikmatlarida xudbinlik emas, g‘amginlik, ma‘rifatli ruhni suyadigan dard va insonga hissiyot
fojialarini erta anglashga yordarn qiladi».
[
15; 21]
Xoja Ahmad Yassaviyning ijtimoiy axloqiy fikrlarini biroz tahlil qiladigan bo‘lsak, ular
faqat gunoh va tavba, nafs va dunyo mavzularidan iborat emas. Faylasuf shoirni komil insonlikka
yetishishi bosqichlarida insonning intilishlariga halaqit beradigan barcha to‘siqlar - shayton
vasvasasi, nafs qutqusi, kibr g‘alayoni, jaholat tufayli yuzaga keladigan barcha illatlar
g‘azablantiradi. Ulardan yana biri adolatsizlikdir, shuning uchun shoir adolatsizlikning qurboni
bo‘layotgan insonni himoya etishga, da‘vat etadi. Bu o‘rinda Yassaviylik tariqati nimani
adolatsizlik, deb tushunishini ham anglab olmog‘imiz lozim.
Agar Xoja Ahmad Yassaviy tariqati vujudga kelgan XII asrdagi hunarmandlar, dehqonlar
va chorvadorlarni «jamiyat taraqqiyotini ta‘minlaydigan ijtimoiy toifa» deb ataydigan bo‘lsak,
shubhasiz, mazkur toifaning talablari va axloqiy qarashlari bilan to‘liq hisoblashilsa, ichki va
tashqi siyosiy jarayonlarda ularning ham manfaatlari e‘tibor ga olinsa, bizning fikrimizcha,
adolatning bir ko‘rinishiga duch kelgan bo‘lardik. Ahmad Yassaviy ta‘limotining axloqiy
mazmuni «bu dunyoning dog‘larini insonga yuqtirmaslik», uning «Alloh yaratgan chog‘idagi
musaffoligini saqlash» kabi qamrovi keng va muhim, azaldan buyon hamisha dolzarb bo‘lib
543
turadigan masalalarni qamrab oladi.
Umuman olganda, Ahmad Yassaviyning tasavvufga oid qarashlari diniy-axloqiy fikrlarga
boyligi bilan ajralib turadi. Uning ma‘naviy merosini tadqiq etish bilan shug‘ullangan olimlar u
tanlagan yo‘lning o‘ziga xosligini aytib, bu yo‘l insonlardagi salbiy illatlar, jamiyatda mavjud
bo‘lgan axloqsizlik va jaholatni yo‘qotish uchun kurashdan iborat ekanligini ta‘kidlaydilar.
Mutafakkir kishini dunyodan butunlay yuz o‘girishga da‘vat etmaydi. Chunki inson hayoti
uchun noz-ne‘matlar, kiyim-kechaklar, turar joy kabi turli moddiy ehtiyojlar ham borligi va
ulardan mutlaqo voz kechishning iloji yo‘qligini u bir lahza ham e‘tibor dan chetda qoldirmaydi.
Hikmatlarda, asosan, insondagi nodonlik, badnafslik, mol-u dunyoga hirs qo‘yish, jaholat
va ularni shakllantiradigan illatlar va omillar qoralanadi.
Ahmad Yassaviyning «Hikmatlari»ini tahlil qilish shundan dalolat beradiki, u o‘zining
axloqiy qarashlarida insonning go‘zal fazilatlariga diqqat qaratadi. She‘rlarida faqat tavba, gunoh,
faqirlik, boylikka va nafsga berilmaslik kabi diniy-axloqiy muammolarga to‘xtalish bilan
cheklanmaydi. O‘zining tasavvufiy qarashlarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqida so‘z
yuritadl dunyoviy muammolar haqida fikrini bayon etadi. Adolat, mardlik, saxiylik, beva-
bechoralar va muhtojlarga yordam berish, ilm fan va kasb-hunarni egallash, imon-e‘tiqod kabi
insoniy xislatlarni egallash zarurligini aytadi. Ahmad Yassaviy axloqiy qarashlarining yana bir
muhim xususiyati shundaki, u jamiyatda mavjud bo‘lgan yaramas illatlarni ayamay ochib tashladi.
Shoir o‘z hikmatlarida soxta shayxlar va so‘fiylarning axloqsizligi, hukmron tabaqalarning
adolatsizligi, mazlumlarga zulm o‘tkazayotganligi, ularning aldamchi va riyokorligini ochiqcha
fosh qiladi. Ularni adl-u insofga chaqiradi. Yassaviyning buyuk avliyo va sofdil inson bo‘lgani va
adolatsizlik bilan ayovsiz kurashgani haqida xalq orasida asrlar davomida ko‘plab rivoyatlar
og‘izdan og‘izga o‘tib kelmoqda.
REFERENCES
1.
Abdurahmon Go‘zal. Yassaviy «Faqrnoma»si. – T.: Navro‘z, 2014. –150 b.
2.
Adham Jabaji o‘g‘li. Ahmad Yassaviy va uning tasavvufiy qarashlari // Xoja Ahmad
Yassaviy: hayoti, ijodi va an‘analari. - Toshkent, 2001.
3.
Ahmad Yassaviy Devoni xikmat.-T., G‘.G‘ulom nomli nashriyot-matbaa birlashmasi,
1992.
4.
Ahmad Yassaviy. Hikmatlar (nashrga tayyorl. Ibrohim Haqqulov). T.:1991.
5.
Ahmad Yassaviy. Ibroxim Haqqul. – T.: Gafur Gulom nashriyoti, 2001 y.
544
6.
Al-Buxoriy. Hadis, Al-jome` as-sahih. -T.: «Qomuslar»bosh tahririyati, 1991-1992 yillar,
1- 4-kitoblar.
7.
Ahmad Yasaviy. Devoni hikmat (nashrga tayyorl. A.Abdushukurov). — T.:1992.
8.
Barkamol avlod orzusi. Tuzuvchilar: Sh.Qurbonov, H.Saidov, R.Ahliddinov.-T.: Sharq.
1999. 173.b.
9.
Nurqulova, G., & Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHOLOGICAL METHODS OF
EDUCATION
AND
DEVELOPMENT
ACCORDING
TO
THE
CHILD'S
TEMPERAMENT. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 92-95.
10.
Nurkulova, G. (2022). THE PSYCHOLOGY OF SUBORDINATE BEHAVIOR.
Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(12), 204-
207.
