550
IQTISODIYOT YO‘NALISHIDA TA’LIM OLAYOTGAN O’QUVCHILARNING
BILIM VA KO’NIKMALARI HAQIDA
Bahramova Durdona Ahror qizi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik lisey talabasi (o'quvchisi)
https://doi.org/10.5281/zenodo.11096390
Annotatsiya.
Ushbu
maqolada
iqtisod
yo’nalishida
ta’lim
olayotgan
o’quvchilarning axborot texnologiyalaridan foydalana olish darajasini ko’tarish masalasi
talqin qilinadi.
Odamlar asrlar davomida o'z hayotini ta'minlash uchun zarur bo'lgan ko'plab
mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan shug'ullanadilar. Asta-sekin turli xil tovarlar
almashinuvi uchun pul paydo bo'ldi va "Iqtisodiyot" g'oyasi paydo bo'ldi, hatto "Iqtisodiyot"
fani ham shakllandi. Bu eng qadimiy fanlardan biri ekanligi hammaga ma’lum.
Kalit so’zlar:
Globallashuv,
axborotlashgan jamiyat,
iqtisodiyotda
axborot
texnologiyalari, taqdimot, reklama.
ABOUT THE KNOWLEDGE AND SKILLS OF STUDENTS STUDYING IN
THE FIELD OF ECONOMICS
Abstract.
In this article, the question of raising the level of the ability of students
studying economics to use information technologies is explained. For centuries, people have
been engaged in the production of many products that are necessary to sustain their lives.
Gradually, money appeared for the exchange of various goods, and the idea of
"Economy" appeared, and even the science of "Economics" was formed. Everyone knows that
this is one of the oldest sciences.
Key words:
Globalization, information society, information technologies in the
economy, presentation, advertising.
О ЗНАНИЯХ И НАВЫКАХ СТУДЕНТОВ, ОБУЧАЮЩИХСЯ В
ОБЛАСТИ ЭКОНОМИКИ
Аннотация.
В данной статье раскрывается вопрос повышения уровня умения
студентов, изучающих экономику, использовать информационные технологии. На
протяжении веков люди занимались производством многих продуктов, необходимых
для поддержания их жизни. Постепенно появились деньги для обмена различных
товаров, появилась идея «Экономики» и даже сформировалась наука «Экономика».
Всем известно, что это одна из древнейших наук.
551
Ключевые слова:
Глобализация, информационное общество, информационные
технологии в экономике, презентация, реклама.
Hozirgi axborotlashgan jamiyatda zamon bilan hamnafas qadam tashlash talab etiladi,
aks holda inson jamiyatda o’z o’rnini topa olmasligi, jamiyat rivojiga o’z xissasini qo’sha
olmasligi, hayot sinovlariga bardosh bera olmasligi, faollik darajasini yo’qotib turli
qiyinchiliklarga duch kelish ehtimoli juda yuqori bo’ladi. Bu ehtimoliy vaziyatlarga
tushmasligi uchun inson axborotlar bilan ishlash jarayonlari: axborotlarni qabul qilish, qayta
ishlash, undan foydalanish, talab etilgan holatda uni uzatish va shu kabi bilimlarni
o’zlashtirishi talab etiladi.
Jamiyatning barcha sohalarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vositalarini
qo’llash shu soha rivojining asosiy ustuvor yo’nalishi bo’lib qoldi. Jumladan jamiyat qaddini
tik tutib turadigan tanasi, asosi xisoblangan iqtisodiyot sohasida axborot texnologiyalarining
qo’llanishi soha rivojida asosiy o’ringa chiqdi.
“Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda fidoiy ba vatanparvar
yoshlarimiz faol ishtirok etib, munosib xissa qo’shadilar”. “Dunyoda globallashuv va raqobat
tobora kuchayib borayotgan bugungi vaziyatda barcha sohalarda yuksak bilimli kadrlarni
tayyorlamasak, taraqiyyotdan ortda qolib ketishimiz mumkin”
Zamonaviy iqtisodchi, bankir, buxgalter, auditor deganda, zamon bilan hamnafas
ya’ni axborot texnologiyalari vositalaridan samarali foydalangan holda boshqaruvni
tashkil etadigan boshqaruvchi tushuniladi. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana
bilmagan mutaxasis sohada o’z o’rnini topa olishi so’roq ostida qoladi.
Ilg’or g’oyalarni, loyihalarni, statistik ma’lumotlarni taqdim etishda axborot
texnologiyalaridan va vositalardan samarali foydalanish maqsad sari eltuvchi katta kuch
bo’lib xizmat qiladi.
Buxgalteriya xujjatlarini tayyorlash, xisobotlar tayyorlash, ularni chop etish,
so’ralgan manzilga yetkazish xodimdan kompyuter bilimlari, ko’nikmalari va tajribani talab
qiladi.
Axborot texnologiyalar iqtisodiyot va moliya tizimida quyidagi maqsadlarda
foydalanilmoqda:
1. Pul o’tkazmalari; davlat tashkilotlari, xususiy korxonalar, jismoniy shaxslar, xalqaro
pul o’tkazmalari jarayonida to’liq kompyuter texnologiyalaridan foydalanilmoqda.
552
2. To’lov tizimlari; komunal to’lovlar, ijtimoy to’lovlar, electron savdo uchun to’lovlar,
aloqa tizimlari, internet xizmatlari uchun to’lovlar, ta’lim shartnomalarini to’lash, soliq
to’lovlarini to’lash, ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlar va boshqa to’lov tizimlari
to’liq axborot texnologiyalari xizmatlaridan foydalanmoqda.
3. Bank, solik, buxgalteriya, bojxona va boshqa iqtisodiyot bo’g’inlarida xujjatlar
almashinish tizimini tashkil qilish. Bunda xujjatlar aylanmasi electron shaklda amalga
oshiriladi. Bunda inson omili quyi pog’onalarga tushadi. Bu esa xujjatlar almashish
jarayonini tezlashtiradi, sifatni yaxshilaydi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi, vaqtni tejaydi,
xato va kamchiliklar bo’lsa bartaraf etishni yengillashtiradi.
4. Boshqaruv tizimlarida; axborotlar almashishini tezlashtiradi, tizim bo’g’inlari
o’rtasida muloqotni tashkillashtirishda asosiy vazivani bajaradi, davlat, korxona va
tashkilotlarda fuqarolar
bilan
muloqotda
avtomatlashtirilgan
tizimlar
faoliyatida
foydalanishni yo’lga qo’yadi. Bu esa fuqarolar bilan vujudga kelishi mumkin bo’lgan turli xil:
navbatlar bilan bog’liq bo’lgan, to’lovlar bilan bo’g’liq bo’lgan, xujjatlar bilan bog’liq bo’lgan
muammolar yechimiga olib keladi.
5. Iqtisodiy soha xodimlarining malaka toifalarini oshirish, boshqa kasblarga o’qitish,
turli darajadagi: respublika miqyosidagi, xalqaro darajadagi seminarlarda, anjumanlarda
online ishtirok etishini ta’minlaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi kishilarning Iqtisodiy хatti-harakatini, ya’ni ularning mоddiy va
nоmоddiy nе’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirbоshlash va istе’mоl qilish bilan bоg’liq
harakatlarini o’rganadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning erishilgan darajasi asоsida mоddiy nе’mat
va хizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirbоshlash va istе’mоl qilish bo’yicha kishilar
o’rtasida vujudga kеluvchi ishlab chiqarish munоsabatlarining yig’indisi hisoblanadi. Iqtisodiyot
fani boshqa fanlarda keskin tarzda ajralib turadi. Bular iqtisodiy tadqiqotlari hisoblanadi.
Mikrоiqtisоdiyot
– iqtisоdiyotning alоhida sub’еktlari хatti-harakati, narх va bоzоrlarni
har tоmоnlama o’rganuvchi iqtisоdiyot nazariyasi bo’limi.
Makrоiqtisоdiyot
– iqtisоdiyotni bir butunligicha yoki katta guruhlarga
birlashtirilgan elеmеntlarini o’rganuvchi iqtisоdiyot nazariyasi bo’limi.
Shu tadqiqotlardan kelib chiqib turli inson faoliyatini yaxshilash va farovonlashtirish yuzaga
kelgan, iqtisodiy qonun va iqtisodiy kategoriya ham vujudga kelgan.
Iqtisоdiy qоnun
– iqtisоdiy hayotning turli tоmоnlari, iqtisоdiy hоdisa va jarayonlar
o’rtasidagi dоimiy, takrоrlanib turadigan, barqarоr sabab-оqibat alоqalarini, ularning o’zarо
bоg’liqligini ifоdalaydi.
553
Iqtisоdiy katеgоriya
– dоimо takrоrlanib turadigan, iqtisоdiy jarayonlar va rеal
hоdisalarning ayrim tоmоnlarini ifоda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, iqtisodiyot yo’nalishidagi o’quvchilar axborot
texnologiyalari bilan bo’g’liq bo’lgan nazariy va amaliy bilim va ko’nikmalarni mukammal
o’zlashtirishi kelajak ish faoliyatinita’minlovchi asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.
Bo’lajak mutaxasisga Jamiyatda o’z o’rnini topishda ko’makchi bo’lib, ish faoliyatida
vujudga keladigan muammolarni bartaraf etishda asosiy qurol bo’lib xizmat qiladi. Buning
uchun talabalardan axborot texnologiyasi vositalari va dasturiy ta’minoti haqidagi bilim va
ko’nikmalarni mukammal o’zlashtirishi talab qilinadi.
Iqtisodiyot nazariyasida miqdoriy va sifat tahlili birgalikda qoʻllaniladi. Miqdoriy
taxlil yuz berganda iqtisodiy — matematik modellashtirish ham ishtirok etadi. Bunda
iqtisodiy oʻzgarishlar miqdoran taxlil etiladi, ular oʻrtasidagi aloqa bogʻlanishlar ham miqdoran
oʻlchanadi, ularning naqadar oʻzgarishi baholanib, prognozlar ishlab chiqiladi. Bu usul yordamida
iqtisodiy modellar yaratiladi. Iqtisodiyot nazariyasida gipoteza va paradigmalar qoʻllanadi.
Ilmiy paradigma bu Iqtisodiyot nazariyasida qabul qilingan tahlil usullariga tayangan
holda hal etiladigan muammoni qanday yechimi boʻlishini belgilashdir. Bu kabi yechimlarni
amalga oshirish natijasida iqtisodiyot nazaryasi vujudga keladi.
REFERENCES
1.
G’.M.Porsaev Korxona menejmentida axborot texnologiyalari. Uslubiy qo’llanma.
Samarqand, 2010.
2.
Информационные ресурсы и технологии в экономике: Учебное пособие / Под
ред. Романова А.Н.. - М.: Вузовский учебник, 2018.
3.
Tojiboyeva D.
Iqtisodiyot nazariyasi 2005. - tsul - library
,
TSUL
. Available at:
https://library-tsul.uz/iqtisodiyot-nazariyasi-tojiboyeva-d-2005/ (Accessed: December
23, 2022).
4.
Pindyck, R.S. and Rubinfeld, D.L. (2018)
Microeconomics
. Harlow, Essex, England:
Pearson.
