Authors

  • Mahina Axrorova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31622

Keywords:

Abstract

The scholars of Jadid ethics pay special attention to the theoretical and practical analysis of such qualities as discipline, economy, understanding and intellect, which were not yet studied by many ears in those times, and present to the reader as short and succinct as possible. strives to do

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1339

JADID NAMOYANDALARI IJODIDA NAVOIY ASARLARDAGI OBRAZLARNING

QAYTA JONLANISHI

Axrorova Mahina Avazovna

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Pedagogika ta’limi fakulteti

o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11100362

Annotatsiya.

Jadid axloqshunosligining allomasi intizom, iqtisod, idrok va zako singari

o‘sha davrlarda hali ko‘p quloq o‘rganmagan fazilatlarni ham alohida e’tibor bilan
nazariy - amaliy tahlildan o‘tkazadi, o‘quvchiga iloji boricha qisqa va lo‘nda tarzda taqdim
etishga intiladi.

Key words:

«yomon xulqlar», axloqshunoslik, pedagogik yondashuv, aqliy tarbiya ,

axloqiy tarbiya, “sheri jangi”.

REVIVAL OF THE IMAGES FROM THE WORKS OF NAVE IN THE WORKS OF

JADID FIGURES

Abstract.

The scholars of Jadid ethics pay special attention to the theoretical and practical

analysis of such qualities as discipline, economy, understanding and intellect, which were not yet
studied by many ears in those times, and present to the reader as short and succinct as possible.
strives to do.

Key words:

"bad manners", ethics, pedagogical approach, intellectual education, moral

education, "lion battle".

ВОЗРОЖДЕНИЕ ОБРАЗОВ ИЗ ПРОИЗВЕДЕНИЙ НАВА В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ

ФИГУР ДЖАДИДА

Аннотация.

Ученый античной этики проводит теоретико-практический анализ,

уделяя особое внимание таким качествам, как дисциплинированность, экономность,
восприятие и интеллект, которые еще не были изучены многими ушами в те времена, и
дает читателю как можно более краткое и сжатое описание. . стремится представить.

Ключевые

слова:

«плохие

манеры»,

этика,

педагогический

подход,

интеллектуальное воспитание, нравственное воспитание, «львиная битва».

Abdulla Avloniy « Turkiy guliston...»da «yomon xulqlar»ga – illatlar tahliliga katta o‘rin

ajratadi. Millat taraqqiyotiga eng kuchli to‘siq bo‘ladigan illatlardan biri sifatida alloma jaholatni
keltiradi: «Jaholat insoniyatning eng zo‘r dushmani va yomon xulqlarning boshlig‘idir». Navoiy
esa jaholat tunini yoritmoq uchun ilm quyoshi zarur deydi: “Ilm sipehrining baland
axtarilg‘idakim, jahl tunini yorutmoq uchun “ayn”i quyoshdin va “lom”i oydin va “mim”i
kunduzdin nishona aytur”

1

. Avloniy g‘azab, shahvat, hasad, kizb, tama’ singari illatlarga ham

atroflicha ta’rif beradi.

Abdulla Avloniy bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib «Agar bir kishi yoshligida nafsi

buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq
yerdan turub yulduzlarga qo‘l uzatmak kabidur», - deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy

1

Алишер Навоий. МАТ, 20 жилдлик. 7-жилд. –Т.: “Фан”, 2017. 183-б.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1340

xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar g‘oyat
katta ahamiyatga ega.

Shunisi diqqatga sazovorki, Abdulla Avloniy axloqshunoslik tushunchalarining ham

falsafiy, ham badiiy jihatdan talqinini beradi. Chunonchi, u muayyan axloqshunoslik tushunchasi
yoki axloqiy me’yorning sodda, lo‘nda tarifini taqdim etar ekan, ba’zi hollarda Suqrot, Aflotun,
Arastu, Ibn Sino singari hakimlarning fikrlarini isbot tarzida keltirsa, goho ularni nazmiy tizmalar
bilan o’quvchiga yetkazishga harakat qiladi. Umuman olganda, Abdulla Avloniyning «Turkiy
guliston yohud axloq» risolasi XX asr Turkiston axloqiy tafakkurida eng salmoqli o‘rinni
egallaydigan, ham nazariy, ham amaliy axloq muammoalirini falsafiy va pedagogik yondashuv
orqali hal etishga bag‘ishlangan yirik asardir.

Turkiston jadidlari axloqshunosligida tom ma’nodagi milliy qahramonimiz Abdurauf

Fitratning «Oila yoki oila boshqarish tartiblari» (1914) kitobi ham alohida o‘rin tutadi. Avvalo,
shuni aytish kerakki, «Oila» o‘zgacha bir shiddatli uslub bilan yozilgan. Unda ham tanqidiy ruh,
ham da’vat ruhi kuchli Fitrat ona Turkistonni ozod ko‘rishni istaydi, buning uchun har bir
turkistonlik oila bilim, axloq va erk o‘chog’i bo‘lmog‘i lozimligini uqtiradi. Mutafakkir yoshlarga
yangi oilani mana shu tartibda qurishga da’vat etadi. Har jihatdan sog‘lom bo‘lgan oilada
ulg‘aygan farzandlargina millatni yuksakka ko‘tara olishini, uni qullikdan qutqarishini aytadi: «Bu
dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli sog‘lom jismu tan, aql va axloqdir. Lekin ana
shu qurol - aslahamiz sinib, zang bosib, chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda bizga
na saodat va na rohat bor...» – deydi alam bilan Fitrat.

Vatanparvarlik, millatparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, muallif kitobning birinchi

qismini, ma’lum ma’noda me’yoriy dasturilamal tarzida tartib beradi. Undan har bir yangi oila
qurmoqchi bo‘lgan turkistonlik kichik hajmdagi axloqiy - maishiy, gigiyenik - salomatlik qomusi
sifatida foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, asarda oilaning moddiy tomonlari, tashkil
topgandan boshlab, oilaning buzilishigacha bo’lgan holatlarning axloqiy asoslari to‘g‘risida ham
to‘xtalib o‘tadi.

Kitobning ikkinchi qismi farzand tarbiyasiga bag‘ishlangan. Fitrat ham Avloniy kabi

tarbiyani an’anaviy yo‘nalishda talqin etadi: jismoniy tarbiya, aqliy tarbiya va axloqiy tarbiya. Ana
shu uch tarbiya uyg‘unligida haqiqiy inson kamol topadi deb hisoblaydi. Kitobning bu qismida
Fitrat, ma’lum ma’noda, o‘ziga xos axloqiy tarbiya nazariyasini taqdim qiladi. U ixtiyor erkinligi
muammosini mayl tushunchasi orqali aytadi: baxt mayli, faoliyat mayli, aloqa mayli, boshqalarga
mehr-muhabbat mayli va h. k. Bularning hammasida insonni bosh ob’yektdek ham jamiyat a’zosi
sifatida, ham ijtimoiy mavjudot sifatida olib qaraydi. Shuningdek, u izzat-nafs, ayniqsa, iroda
masalasiga alohida to‘xtalib o’tadi. «Iroda va ixtiyor» sarlavhasi ostidagi kichik bobda Fitrat
farzandni irodali qilib tarbiyalashga da’vat etadi, iroda tarbiyasining to‘rt banddan iborat
qoida - bosqichlarini taklif etadi. Bolani irodali qilib tarbiyalashda ota - onaning zo‘ri emas, balki
bolaga beriladigan muayyan erkinlik muhim ekanini ta’kidlaydi. «Ota - onalarning
haq - huquqlari» bobida ham balog‘atga yetgan farzandning erkinlik darajasi haqida fikr yuritiladi.

Umuman olganda, Fitratning «Oila» kitobida amaliy axloq bilan axloq nazariyasi

muammolari uyg’unlashib ketgan. Fitrat uchun yuksak axloqiylik, erk va erksevarlik bilan
mustahkam bog’liq; Turkiston va turkistonlikni ozod ko’rish, ya’ni milliy mustaqillik mafkurasi
kitobning ruhiga singdirib yuborilgan. Navoiy axloqni o‘z davri bilan baholasa, Fitrat uni o‘zining


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1341

davri mos qilib kashf qiladi. Uni o‘qigan kishi na faqat axloqiy fazilatlar nimalardan iborat va
ularga qanday erishish kerakligini, balki, milliy ozodlik, shaxsiy erkinlik nima-yu, unga qanday
qilib erishish mumkinligini anglab oladi. Shu bois mutafakkir - jadid Abdurauf Fitratning «Oila»
asari Turkiston milliy uyg‘onishida benihoya katta rol o‘ynadi. Ayni paytda, u hozir ham o‘z
ahamiyatini yo‘qotmagan ajoyib axloqiy - ma’rifiy risola sifatida a’lohida e’tiborga molik.

Jadid adabiyoti shoir va yozuvchilari mumtoz adabiyotning ilg‘or g‘oyalaridan, badiiy

mahoratidan ko‘p narsani oldi va uni o‘zlashtirdi. Mumtoz adabiyotimizdagi odob-axloq
tushunchalaridan ma’lum bir obraz yaratib, uning “yaxshi” va “yomon” xislatlarini xalqqa
ko‘rsatib, o‘ z davriga munosib munosib yo‘sinda ko‘ rsatish bu davr adabiyoti ijodkorlari ijodida
yaqqol namoyon bo‘ldi. Jadid adabiyoti vakillari mumtoz adabiyotning an’analarini davom
ettirganlari haqida gapirilganda, Alisher Navoiy asarlarining ta’sirini aytmay iloj yo‘q. Sababi,
Navoiy haqiqiy adabiyot maktabi yaratgan ijodkor. O‘sha davrda ham, hatto, hozirgi kunga qadar
ham “Navoiydek ko‘p va xo‘p” hech kim qalam tebratgan emas. U badiiy janrlarning turli
usullarida ijod qilib, haqiqiy mahorat maktabi yarata oldi.

Alisher Navoiy yashab ijod qilgan davrda, asosan, aholi milliy til sifatida turkiy tildan

foydalangan bo‘lsa-da, rasmiy til sifatida arab tili, badiiy asarlar esa fors-tojik tilida bitilgan, Jadid
adabiyoti shoir va yozuvchilari ham xuddi shunday voqeaga yuz tutdilar. Ular davrda ham milliy
til o‘zbek tili bo‘lsa-da, rasmiy til sifatida rus tili turar edi. Navoiy an’analarini davom ettirib,
jadidlar oldida ham milliy tilning qadrini oshirish, milliy tilga nisbattan mehr va muhabbatini
oshirish, milliy til orqali milliy urf-odatlar, an’ana va milliy tarbiyani ko‘rsatish kabi yuksak
vazifalar turar edi.

Navoiy o‘z davrida “sheri jangi” bo‘lib maydonga chiqishi kerak edi. Mana shu jangdagi,

asosiy maqsad, turkiy tilning ham fors tilidan qolishmasligini isbotlash kerak edi. Mana shu
maqsadda, birinchilardan bo‘lib, turkiy tildagi “Xamsa”sini bitdi. Dastavval XII asrda vujudga
kelgan xamsa janri sakkiz asrga yaqin vaqt davomida yuzlab javob dostonlarga ega bo'ldi.

Jadid adabiyoti vakillari ham xuddi ana shunday milliy tilning jozibador qirrasini ochishga

uni ham boshqa tillar darajasiga ko‘ tarisha harakat qilishgan. Jadidlar qarashi “uyg‘onganlar,
qolganlarni uyg‘otishi kerak” edi.

Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g‘ayrat qiling,
Uxlaganlarni agar qodir esak uyg‘otamiz.
Alisher Navoiyga turkiy tilning butun boyligi, jozibasi, qudratini namoyish qilish vazifasi

tushgan bo‘lsa, jadid ma’rifatparvarlari uni go‘ zalligini va sofligini ta’minlashni maqsad qiladilar.
Umumiy maqsadlari esa sharqona tarbiya, sharqona qarashni o‘rgatishdir. O‘z asarlari orqali
o‘zbek tilidagi jozibali, shirali shevalarni, sharqona tarbiyaga xos izzat-hurmat va kamtarlikni
ommaga ma’lum qildilar. Abdulla Qodiriy ham o‘zbek adabiyotida “O‘tkan kunlar” romanini
yozib, o‘zbek tilining jozibadorligini, o‘zbek millatining o‘ziga xos odob-axloq, kamtarlik kabi
xususiyatini ko‘rsatdi. Asarni bir marta o‘qib chiqqan odam, asarda to‘la Otabek va Kumushning
muhabbati tasvirlangan deb o‘ ylaydi. Ammo, uni ikki-uch martadan ko‘proq o‘qisangiz,
tushunasizki, unda xalq millat dardi yotadi. Yozuvchi Tohir Malik ham shu haqida shunday
yozadi: “Kumushni o‘ldirib qo‘ydim”, deb yig‘lagan ekanlar. Nazarimda, yozuvchi Kumush ismli
go‘zal juvonning o‘limidan emas, boshqa narsadan kuyib yig‘laganlar”. Qodiriy xalq, millat dardi
va uning ertangi kunini o‘ylab yig‘laganlar.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1342

Yuz jafo qilsa manga bir qatla faryod aylamon,
Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram.
Qodiriy ham Navoiy kabi xalqqa qilingan bir jafoga yuz qatra faryod qilar edi. Otabek

obrazi tilidan ruslarning kuchi birlashganida, ekanligini aytib xalqimizni o‘sha davrda birlashishga
da’vat qilgan. U, hatto, o‘zbeklarning boshiga tushgan kunni eng og‘ir qora kunligini har bir asari
orqali tasvirlaydi. Navoiy yashab ijod qilgan davrdan farqi esa, jadidchilar erkin yoza olmas edi.
Ularning qalamidan chiqqan har bir so‘z qattiq tekshirilar edi. Agar, hukumatga yoqmasa, hech
qachon bosib chiqarilmas va yozuvchi, albatta, yo‘q qilinar edi. Shuning uchun jadid adabiyoti
vakillari har bir aytmoqchi bo‘lgan gaplarini “qog‘ozga o‘rab” aytishga majbur edilar. Ular qatldan
emas, asarlari ommaga yetib bormasligidan qo‘rqishar edi. Qodiriy mana shunday maydonga
“sheri janggi” bo‘lib chiqdi. U o‘zbek adabiyotida romanchilik maktabiga asos soldi. Bu haqida
prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shunday deydilar: “Buyuk adibimiz, o‘zbek romanchiligi
maktabining asoschisi Abdullar Qodiriy badiiy dahosi bilan yaratilgan yetuk asarlar milliy o‘
zligimizni anglashda bugun ham beqiyos ahamiyat kasb etmoqda”. “O‘tkan kunlar” romani qish
va qorong‘ulikning tasviri bilan boshlanadi. Buni tasviri bilan yozuvchi o‘zbeklar hayotida ham
qorong‘ulik qish o‘ sha davrda hukm surayotganini aytadi. Asarning so‘ngida, “ota-ona orzusiga”
berilgan O‘zbekoyimni qora kiyganini aytadi, ya’ni yolg‘on gaplarga ishongan xalqning qora
kiyganini tasvirlaydi. Xuddi, mana shunday tasvirlar orqali berishni biz Navoiyda ham ko‘rishimiz
mumkin. Aysh-ishratga berilgan shohni yer yutadi. Bu bilan ham Navoiy o‘sha davrda do‘ sti
maslakdoshi Husayn Boyqaro ham ichimlikka ro‘ ju qo‘ yganini, mana shu asar orqali, bu
ishlarning oqibati nima bo‘ lishini aytadi. Bundan tashqari, biz romanda, Otabekning nutqi orqali,
o‘zbeklarning odob-axloqini ko‘ ramiz. Otabek Hasanaliga ish buyurishdan oldin “tuzukmisiz
ota?” deb hol so‘raydi.

“-Ba’zi ishlarni buyursam…
-buyuringiz, o‘g‘lim.
-rahmat, ota bo‘lmasa bizga choy qaynatib bersangiz-chi.
-xo‘b, begim…”
Shu qisqa savol-javob orqali biz Otabekning tarbiyasini ko‘rimiz mumkin. Bu jihatda,

Navoiy qahramoni Farhod ham podshohning yolg‘iz o‘g‘li bo‘lsa ham bir necha hunarlarni
o‘rganib, hatto, tog‘ ishidek, qiyin ishga borganida, yoki Farhodni qiyin holatda bo‘lsa-da, Husrav
bilan qilgan savol-javobidagi odobida ko‘rishimiz mumkin.

Dedi: “Qaydinsen ey Majnuni gumroh?”
Dedi Majnun: “Vatandin qayda Ogah?!”

Dedi: “Nedur sanga olamda pesha?”
Dedi: “Ishq ichra Majnunliq hamisha.”
Alisher Navoiy ilm, ma’rifat haqida barcha asarlarida fikr bildirganlar. U aql, ilm insonning

eng go‘zal fazilatlaridan biri, har bir kishining muhim burchi bu-ilm olish, deb hisblaydilar.
Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab chin ko‘ngildan o‘qish,
o‘rganish kerak, “Yoshligingda yig‘gil bilimni, qarigach sarf qilg‘il ani”-deb doim uqtiradilar.
Qodiriy ham o‘z she`riy asarlarida ilm o‘rganish va o‘rgatish zarurligini aytadi. “Ahvolimiz”
she’rida quyidagi misralar mavjud:


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1343

O‘g‘limizg‘a na adab, na fan, na yaxshi so‘ylamak,
Na xudoni buyrug‘i bo‘ lgan ulum o‘rgotamiz.
Uning qarashicha, har bir ota ilmni, avval, o‘zi o‘rganmog‘i va keyin farzandiga o‘

rgatmog‘i lozim. Ilm o‘rganish “Ollohning buyrug‘i”,-deb aytadi. Navoiy o‘z davrida xalq uchun
masjid va madrasalar qurgan, o‘ sha davr yoshlarini tahsil olishi uchun sharoit yaratib bergan.
Qodiriy esa, barcha xalqni chaqirib, birga maktablar qurishga, ilm olishga da’vat qilgan.

Ayashmay kumush-oltunni hamma boyonlar aslo,
Solib dorilfununlar ham makotiblar hazor o‘lsun.

O‘qushsun millat avlodi bizni doim duo aylab,
Qilib tahsil ulumlarni fununa yaxshi yor o‘lsun.

Ochaylik jami’atlar, ko‘p yig‘aylik ham inoyatlar,
Ki toki yatim va bechora bekasg‘a mador o‘lsun.
“Millatimga bir qaror” she’rida berilgan ushbu parchadan korinib turibdiki, Qodiriy xalq

farzandlari ham ilm olishini, ular ham dorilfununda o‘qishini istaydi. Buning uchun hamma
birdamlikda harakat qilishi kerakligini aytadi. Chunki, tarbiya va ilmni bir-biridan ajratib
bo‘lmaydi.

Alisher Navoiyga o‘zbek tiling asoschisi, uni eng yuksak cho‘qqiga chiqargan ijjodkor

sifatida qarashadi, Abdulla Qodiriy ham do‘stlari Fitrat, Cho‘lpon va Hamza bilan birga yangi
o‘zbek adabiy tiliga asos soldi. Ammo, shu bilan birga, adib asarlarida mumtoz o‘zbek adabiyoti
tiliga xos xususiyatlar oz emas. Bu hol Abdulla Qodiriy asarlari misolida yangi o‘zbek adabiy
tilining shakllanish jarayonini kuzatish imkonini beradi. Navoiy o‘z mablag‘idan robotlar,
maktablar, qurgan bo‘lsa, Qodiriy o‘z safdoshlari bilan o‘z hisobidan maktablar ochib, darsliklar
yaratib, o‘qish-o‘qitish tizimini yangilab, teatrni yo‘lga qo‘yadi. Teatrning yo‘lga qo‘yishi zamon
talabi edi. O‘sha davrda asosiy omma o‘qishni bilmagan, ularga sahna asarlari qo‘yib, o‘qish inson
uchun qanchalik muhim ekanligini hayotiy misollar asosida ko‘ rsatib berishgan. O‘qimagan shaxs
nafaqat o‘ziga, balki, butun bir millatga naf keltirmasligini asoslab ko‘rsatishgan. Navoiy ham,
Qodiriy ham xalqparvar, vatan va millat taqdiri, ertangi kunini o‘ylaydigan shoir, yozuvchi edilar.
Ikki xil davrda ijod qilgan ijodkorlarning har ikkisi ham millatning, yurtning ertangi kunini
o‘ylaydi, uni mustaqil ko‘rishni orzu qiladi. Bunday orzu adabiyot vakillarining barcha davrlarida
bo‘lgan. Navoiy o‘zining dostonlari, ruboiylari, hikmatlari va g‘azallarida orzu qiladigan shoh
obrazini bergan.

To hirs-u havas xirmani barbod o‘lmas,
To nafs-u havo qasri baraftod o‘lmas.
To zulm-u sitam jonig‘a bedod o‘lmas,
El shod o‘lmas, mamlakat obod o‘lmas.
Jadidlar ham yurt ozodligi, xalqning ko‘zini ochishni lirik, epik va sahna asarlari orqali

harakat qilishgan. Jadid adabiyoti namoyandalari, xususan, Abdulla Qodiriy mumtoz adabiyotni
o‘zlashtirgan va yangi (jadid “yangi”degan ma’noni anglatadi)ni tushunushga qodir inson edi. U
Navoiy an’analarini davom ettirib, o‘zbek adabiyotiga yangi burilish qildi.

Xulosa


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1344

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, Alisher Navoiy XV asrning buyuk isde’dod egasi, o‘ zi

yashab ijod etgandan davrdan bugungi kungacha adabiyotga kuchli ta’sir ko‘ rsatib kelmoqda.
Hamma mashhur shoirlar, shubhasiz, jadid adabiyoti namoyandalari ham Alisher Navoiyning
ijodiy daryosidan suv ichdilar. Mana shu daryo suvlaridan ilhomlanib, o‘z chashmalarini
yaratdilar. Bunda ular, Navoiyga ergashdilar, ko‘r-ko‘rona taqliq yoki ko‘ chirmachilik emas,
uning haqiqiy shogirdlari bo‘ lib, an’analarini davom etdilar.

Bizlarga boy adabiy-ilmiy meros qoldirgan ajdodlarimizdan biri - Alisher Navoiy o‘z

xulqi, axloqi, ilmi va bilimi bilan jamiyat hayotidagi turli ijtimoiy nohaqlik hamda
adolatsizliklarga qarshi kurashdi, o‘z asarlarida ifodaladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, shoirning
shaxsiy namuna bo‘lganligi o‘z navbatida uning asarlaridagi gumanizm va ezgulik g‘oyalarining
o‘ziga hos talqinini yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Hazrat Navoiy asarlarida tasavvuf falsafasidagi
axloq, xulq-odob qoidalari, insonparvarlik va odamiylik, nafsni tiyish, adolat va ma’rifat, tabiat va
insonni sevish, ularni e’zozlash, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi g‘oyalardan unumli foydalandi. Bu
g‘oyalar mutafakkirning g‘azal va ruboiylari, dostonlari, nasriy asarlariga singib ketgan.

ХХ asr boshlarida amaliy axloq muammolari jadid matbuotida keng o‘rin oladi.

«Taraqqiy», «Sadoi Turkiston», «Ulug‘ Turkiston», «Turon», «Xurshid» singari gazetalarda e’lon
qilingan hajviy - jurnalistik asarlarda o‘sha davr boyonlarining qoloqligi, chor mamuriyatining
to‘rachiligi, paranjining yangi zamonga mos kelmayotgani, talabalarga 5 so‘m o‘rniga, besh
yuzlab so‘mni restoranlarda sochayotgan axloqsiz sarmoyadorlar qattiq tanqid ostiga olinadi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidhonov, Hamza, Ubaydullaxo‘ja
Asadullaxo‘jaev, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon kabi jadid
adabiyotining buyuk namoyandalari o‘z badiiy asarlarda axloq muammolarini dadil ko‘tarib
chiqdilar va ana shu nashrlarda o‘z publisistikasi bilan ham faol ishtirok etdilar. Jadid matbuoti
butun kuchini Vatan ozodligini, Vatanni jondan sevadigan, ilg‘or, tushungan, har tomonlama
kamol topgan erkin Turkiston fuqarosini tarbiyalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan edi. Ammo
ming afsuski, dastlabki fevral inqilobi bergan hurriyat, ozodlik uzoqqa cho‘zilmadi.
Bolsheviklarning 1917-yilning 25-oktabrida amalga oshirgan davlat to‘ntarishi tez orada uning
yutuqlarini yo‘qqa chiqardi, Lenin boshchiligida ishlab chiqilgan yangi mustamlakachilik rejasi
asosida barcha taraqqiyparvar kuchlar qatag‘on qilindi. Falsafiy fanlar, shu jumladan,
axloqshunoslik ham taraqqiyotdan to‘xtadi. Ular mafkuraga bo‘ysundirilib, sohtalashtirildi; erkin
fikr tag - tugi bilan qo‘porib tashlandi. Shu sababli jadidchilik o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini to‘la
ado etolmadi. Lekin, shunga qaramasdan Turkistondagi bu ma’rifatchilik harakati qisqa muddat
ichida bo‘lsa ham mazlum xalqlarni ma’lum ma’noda uyg‘ota oldi.

REFERENCES

1.

Алишер Навоий. МАТ, 20 жилдлик. 3-жилд. –Т.: “Фан”, 2017. 550-б.

2.

Алишер Навоий. МАТ, 20 жилдлик. 7-жилд. –Т.: “Фан”, 2017. 118-б

3.

Алишер Навоий. МАТ, 20 жилдлик. 5-жилд. –Т.: “Фан”, 2017. 493-б.

4.

Алишер Навоий. МАТ, 20 жилдлик. 5-жилд. –Т.: “Фан”, 2018. 599-б.

5.

Shodiyev Fakhriddin Teshaevich. Alisher navoi's interpretation of global ideas on human
perfection. Doi: 10.5958/2249-7137.2021.02536.2.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1345

6.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 11-tom. Xamsa. Saddi Iskandariy.T.:“Fan”,
2012.

7.

Raxmonova Dinara Qosim qizi Alisher Navoiy ijodida ta’lim-tarbiya masalalari.
UZSCIENCE INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH
Volume 1, Issue 1 April-2023

8.

Xurramov Mansur Musurmon o‘g‘li Abdulla Avloniy asarlarida pedagogik odob-axloq. 3

rd

Global Gongress on Contemporary Science and Advance

References

Алишер Навоий. МАТ, 20 жилдлик. 3-жилд. –Т.: “Фан”, 2017. 550-б.

Алишер Навоий. МАТ, 20 жилдлик. 7-жилд. –Т.: “Фан”, 2017. 118-б

Алишер Навоий. МАТ, 20 жилдлик. 5-жилд. –Т.: “Фан”, 2017. 493-б.

Алишер Навоий. МАТ, 20 жилдлик. 5-жилд. –Т.: “Фан”, 2018. 599-б.

Shodiyev Fakhriddin Teshaevich. Alisher navoi's interpretation of global ideas on human perfection. Doi: 10.5958/2249-7137.2021.02536.2.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 11-tom. Xamsa. Saddi Iskandariy.T.:“Fan”, 2012.

Raxmonova Dinara Qosim qizi Alisher Navoiy ijodida ta’lim-tarbiya masalalari. UZSCIENCE INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH Volume 1, Issue 1 April-2023

Xurramov Mansur Musurmon o‘g‘li Abdulla Avloniy asarlarida pedagogik odob-axloq. 3rd Global Gongress on Contemporary Science and Advance