ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1373
AKADEMIK AZIZXON QAYUMOVNING IJODIY MEROSI
Bekmurodova Taxmina Tangir qizi
Termiz davlat universiteti o'zbek adabiyotshunosligi
yo'nalishi 1-bosqich magistranti
e-mail:
taxminatangirovna@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.11103216
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Akademik, navoiyshunos Azizxon Qayumovning
biografiyasi , ijodiy va ilmiy merosi, ijodiy faoliyati yoritib berilgan.
Kalit so'zlar:
Akademik, Azizxon Qayumov, ilmiy tadqiqot , ijodiy faoliyat ,biografiyasi.
ACADEMICIAN AZIZKHAN KAYUMOV'S CREATIVE HERITAGE
Abstract.
In this article, the biography, creative and scientific heritage of Academician,
Navoiist Azizkhan Qayumov's creative activity is highlighted.
Key words:
Academician Azizkhan Qayumov, scientific research, creative activity,
biography.
ТВОРЧЕСКОЕ НАСЛЕДИЕ АКАДЕМИКА АЗИЗХАНА КАЮМОВА
Аннотация.
В данной статье освещены биография, творческое и научное наследие
академика, навоиста Азизхана Kаюмова.
Ключевые слова::
Академик Азизхан Kаюмов, научные исследования, творческая
деятельность, биография.
Qoʻqonlik mashhur oʻqituvchi Poʻlatjon Qayumiy xonadonida 1926 yilning 19 yanvar kuni
dunyoga kelgan Azizxon oilada uchinchi farzand, ikkinchi oʻgʻil edi. Bu maʼrifatparvar oiladan
keyinchalik ikki mashhur adabiyotshunos yetishib chiqishi bejiz boʻlmagan. A. Qayumov
Qoʻqondagi 3-oʻrta maktabda mohir muallimlar qoʻlida tahsil koʻrish bilan birga, bolalikdan
sheʼrga havasi tufayli Oʻzbekiston xalq shoiri Charxiy domlaga ham shogird boʻlgandi. II Jahon
urushi yillarida Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi OʻzMU)ning sharq tillari fakultetiga
oʻqishga kiradi . Bu yerda ham Bertels, Arends kabi mashhur sharqshunoslardan taʼlim oladi.
Akademik V. Yu. Zohidov yosh Azizxondagi iqtidorni koʻrgach, u hali talaba ekaniga qaramay,
OʻzR FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga ishga taklif qiladi va shu yerda u ish
faoliyatini ilmiy xodim, ilmiy kotib boʻlib davom ettiradi. Keyinchalik Aziz Poʻlatovich fan,
taʼlim va madaniyat sohasidagi turli yuqori lavozimlarda ishlagan yillarida doimo oʻzbek fani,
madaniyati va maʼrifati yoʻnalishida halol va samarali ishlarni amalga oshirib bordi. OʻzR FA H.
Sulaymon nomli Qoʻlyozmalar institutidagi koʻp yillik (1979–1998) rahbarligi davomida esa
adabiy manbashunoslik va matnshunoslik sohasida oʻziga xos ilmiy maktab va muhit yarata
oldi. Hozirda Respublikamizning turli ilmiy tadqiqot muassasalari va oliy taʼlim dargohlarida
mehnat qilib, fan va maorif rivojiga hissa qoʻshgan va qoʻshib kelayotgan koʻplab olimlar chin
maʼnoda domlaning shogirdlaridir. Ustoz Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida
yetakchi ilmiy xodim sifatida yoshlarga murabbiylik qilib va ilmiy jabhada oʻrnak boʻlib
kelgandir.
1954 yilda nomzodlik, 1962 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan Azizxon
Qayumov 1995 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib
saylandi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1374
Ustoz Azizxon Qayumov qamrovi keng olim edi. U adabiy merosimizning koʻp asrlik
sahifalari bilan yosh avlodni bahramand qilishdek ezgu maqsadni koʻp yillardan beri amalga
oshirgan. Azizxon Qayumovning ijodiy merosi juda katta salmoqli o’rinni egallaydi. Jumladan:
1.Qayumov, A.Maxmur: O’zbek adabiyoti tarixidan materiallar
Ushbu kitobda o’zbek adabiyoti tarixidan materiallar berilgan, bunda shoir Maxmurning
ijodiy merosi haqidaa ma’lumotlar berilgan
2.Qayumov A. G’oziy / A.Qayumov; Muharir. P.Shamsiyev
Ushbu kitobda G’oziyning ijodini o’rganish haqida ma’lumotlar berilgan
3. Qayumov, A. Beruniy va adabiyot
Taniqli adabiyotshunos Aziz Qayumovning Beruniy va adabiyot risolasida buyuk olim va
mutafakkir Abu Rayhon Beruniyning adabiyotga va san’atga oid fikrlari, kuzatishlari, qarashlari
bayon qilingan.
4. Qayumov, A. Saddi Iskandariy: Alisher Navoiy haqida.
Filologiya fanlari doktori, professor A. P. Qayumov ushbu risolada Alisher Navoiyning
dostonnavislikdagi mahoratini hamda falsafiy fikrlarini ilmiy tahlil qilib bergan.
5. Qayumov, A. Alisher Navoiy: Ajoyib kishilar hayoti
Ushbu kitobda Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida lavhalar berilgan. Kitob keng
kitobxon ommasiga mo‘ljallangan.
6. Qayumov, A. Farxod va Shirin sirlari: Ezgulik va sevgini ulug‘lovchi motivlar .
Ushbu kitobda Aziz Qayumovning Farxod va Shirin sirlari haqidagi ma’lumotlar berilgan.
7. Qayumov, A. Ishq vodiysi chechaklari
Ushbu kitobda ulug‘ shoir Alisher Navoiyning “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” asarlari
o‘ziga xos ommabop tilda tadqiq etiladi.
8. Qayumov, A. Abu Rayhon Beruniy. Abu Ali ibn Sino.
Filologiya fanlari doktori Aziz Qayumov ushbu kitobini O‘rta Osiyolik ulug‘ olimlar Abu
Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodiga bag‘ishlagan.
9. Qayumov, A. Nazm va tafakkur quyoshi: Jomiy vafotining 500 yilligiga
1992 yilda ulug‘ shoir va mutafakkir, Alisher Navoiyning ustozi va do‘sti Abdurahmon
Jomiy vafotiga 500 yil to‘ldi. Mazkur risolada Jomiyning hayot yo‘li, uning Navoiy bilan
hamkorligi va do‘stligi badiiy bo‘yoqlarda bayon etilgan.
10. Qayumov, A. Amir Temur qissalari.
Ushbu risolada Amir Temurga oid ba’zi qo‘lyozma va toshbosma qissasalar to‘g‘risida
so‘z boradi.
11. Qayumov, A. Ahmad Farg‘oniy: broshyura .
Buyuk bobokalonimiz Ahmad al - Farg‘oniy astronomiya, falsafa kabi aniq fanlar bo‘yicha
o‘z davrida olamshumul ishlarni amalga oshirganlar. Mazkur kitobda bobomizning hayoti va ilm
- fan sohasida amalga oshirgan ishlari haqida hikoya etadi.
Azizxon Qayumov domlaning milliy adabiyotshunosligimiz tadqiqiga munosib hissa
qo’shgan. Uning uzoq yillik izlanishlari uning 10 jild (12 kitob )dan iboratdir.
Umuman aytganda, akademik A. Qayumovning nashr etilgan jami kitob, risola va
maqolalarining adadi 500 dan ortiq. Ustoz olim ilmiy kadrlar tayyorlash sohasida ham samarali
ishlagan. Bir necha yil Qoʻlyozmalar instituti qoshidagi ixtisoslashgan kengashga raislik qilib,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1375
juda koʻplab munosib tadqiqot va olimlarning kashf etilishiga sabab boʻldi. Oʻzi ham oʻndan ziyod
nomzodlik va doktorlik ishlariga rahbarlik qilgan.
Shuningdek, Azizxon domla isteʼdodli shoir ham edi. Uning “Aziziy” taxallusi bilan
yozilgan koʻplab sheʼrlari, jumladan Navoiy gʻazallariga qilingan oʻnlab muxammaslari eʼtirofga
sazovordir.
Biz Azizxon Qayumovning “Beruniy va adabiyot “kitobida astranomiya , matematika ,
geografiya , geodeziya , minerologiya sohalariga ulkan hissa qo’shgan Beruniyni adabiyotchi
sifatida tanishimiz mumkin bo’ladi. Ushbu kitobda Beruniy o’zining asarlarini badiiy parchalar
bilan bezab , ularni jonli va qiziqarli bo’lishiga katta ahamiyat berganligini ko’rishimiz mumkin.
Hamda bu kitobda bugungi pedagoglarimizning asosiy masalasiga aylanib borayotgan
o’quvchilarning diqqatini jalb etish masalasi bizdan necha asrlar oldingi kishilarni ham diqqatini
tortgan.
Bu masala borasida Beruniy: “Bizning maqsadimiz o’quvchini toliqtirib qo’ymaslik , ha
deb bir narsani o’qiy berish zerikarli va toqatni toq qiladi.Agar o’quvchi bir masaladan boshqa bir
masalaga o’tib tursa , u xuddi turli tuman bog’-rog’larda sayr qilgandek bo’ladi”deb ta’kidlagan .
Yana bu kitobda Beruniy asarlarida adabiyot nazariyasi , nasr va nazmning kelib chiqishiga oid
qimmatli ma’lumotlar keltirilgan . Masalan , Beruniyning “ Geodeziya “ kitobining kirish qismida
u insonning so’zlash qobilyati , dunyoviy va diniy masalalar bo’yicha bahs qilish odati nutq uchun
“tarozu”bo’lishini aytib o’tgan . Biz yana ining bu asari orqali mantiq ilmining kelib chiqishi ,
hamda nasr va nazm esa shu limning uzviy qismlari ekanligini yozadi . Biz bu kitob orqali
so’zlashish qobilyati , nutq madaniyatini o’rganishimiz mumkin . “Nutqning chin mohiyati uning
mazmunidir” deb yozadi Beruniy. Azizxon Qayumovning bu kitobi orqali biz Beruniyning
adabiyotga oid qarashlarining guvohi bo’lishimiz mumkin .
2021-yil 25-yanvar kuni O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti O‘zbek adabiyotini o‘qitish
metodikasi kafedrasi tomonidan “Akademik Azizxon Qayumovning ilmiy-ijodiy merosi”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanada so‘zga chiqqan adabiyotshunos olimlar akademik Aziz Qayumovning o‘zbek
mumtoz adabiyotini o‘rganish, matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo‘nalishlarini tadqiq
etishga qo‘shgan hissasini yoritish ilmiy -ijodiy va pedagogik faoliyati, eng qadimgi davr yozma
yodgorliklari, Alisher Navoiy ijodini o‘rganishning nazariy va uslubiy asoslari, Qo‘qon adabiy
muhiti ijodkorlari hamda Aziziyning badiiy mahorati masalalarini o‘rganish xususida mulohaza
bildirishdi.
REFERENCES
1.
Qayumov ,A. Beruniy va adabiyot /A. Qayumov - Toshkent : G’ofur G’ulom nomidagi
1.
Adabiyot va san’at nashriyoti , 1974. -141 b.
2.
Rahmatullayeva, I. Yor o‘ling bir-biringizga, ki erur yorlig ish!: [Qo‘qonlik akademik
Azizxon Qayumov haqida] / I. Rahmatullayeva // Jannat makon. – 2008.
3.
Qayumov, A. Asarlar . Qo’qon adabiy muhiti.7-jild , 1-kitob .-Toshkent , “Mumtoz so’z
“,2010.
4.
Tojiboyev, P. Komillikka intilish baxti: [Atoqli adabiyotshunos olim, fan arbobi,
Qo‘qonlik Azizxon Qayumov hayoti va ijodi haqida] / P. Tojiboyev // Turkiston. – 2014
