2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
87
O‘ZBEK TILIDAGI BROKA AFAZIYASIDA FE’LLAR BILAN BOG‘LIQ
QIYINCHILIKLARNING NAMOYON BO‘LISHI
Azimova Iroda Alisherovna
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi mudiri
Dotsent, filol.f.n.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11108521
Annotatsiya
. Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi broka afaziyasida fe’llarning
ifodalanishi spontan nutq, rasmdagi narsa va harakatning nomini aytish, zamon
shakllarini ifodalash kabi tajriba natijalari umumlashtirib tahlil qilinadi. Tajribalarda
broka afaziyasiga chalingan jami 11 kishi ishtirok etgan. Tahlillar natijasida o‘zbek
tilidagi broka afaziyasida ot va fe’l dissotsiatsiyasi yo‘qligi, buning asosida o‘zbek
tilining agglyutinativ til sifatida grammatik ma’noning qo‘shimchalar orqali
ifodalash xususiyati yotishi aytiladi. Biroq fe’llarning otlarga nisbatan murakkab
ekanligini ko‘makchi fe’llarning, fe’l funksional shakllarining, fe’ldagi ayrim
zamon shakllarining izdan chiqqanida namoyon bo‘lgan.
Kalit so‘zlar
:
broka afaziyasi, ot, fe’l, sifatdosh, ravishdosh, ko ‘makchi fe’l,
tajriba, neyrolingvistika.
Abstract.
The article analyzed impaired verb production in Uzbek Broca’s
aphasia through the results of three different experiments: spontaneous speech
analysis, object and action naming, production of tense and aspect. In total, 11 brain-
damaged individuals’ language performance analyzed. Even though results showed
absence of noun-verb dissociation in Uzbek Broca’s aphasia, difficulty of verb
processing is reflected in deficit in use of copula, actionality constructions, and
participles. We concluded that this difficulty is mostly related to argument structure
and predicativity of verbs.
Keywords:
Broca’s aphasia, noun, verb, participle, adverbial participle,
modal verb, experiment, neurolinguistics.
Afaziyaga chalingan kishilar otlarga nisbatan fe’llarni aytish, tushunishda,
shuningdek, fe’llarga oid ma’lum grammatik kategoriyalar ifodasida ko‘proq
qiyinchilikka duch kelishi kuzatiladi. O‘tgan asrning 70-yillaridan buyon ot va fe’l
dissotsiatsiyasi qator tadqiqotlarning mavzusi bo‘lib keldi.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
88
Xolms, Marshall va Nyukomb (1971) disleksik bemor fe'llarga qaraganda otlarni
sezilarli darajada yaxshi o‘qiy olganini kuzatganlar va bu ot va fe’l masalasiga diqqat
tortgan birinchi tadqiqot bo‘lgan. Undan keyin bir qator tadqiqotlar boshqa
lingvokognitiv amallarda ham ot va fe’l dissotsiatsiyasini qayd etdi: diktant yozish
[Rapp, Caramazza, 2002], rasmni og‘zaki nomlash [Zingeser, Berndt, 1988], rasmni
yozma nomlash [Caramazza, Hillis, 1991] so‘zlarni rasmga moslashtirish [Hillis,
Caramazza, 1995] spontan nutq [Bastiaanse, Jonkers, 1998].
Miyadagi jarohatlar tadqiq qilinganda fe’llar va otlar inson ongida funksional
jihatdan mustaqil va alohida holda akslanadi degan xulosaga olib keldi. Shu asosda
bir qancha tadqiqotlar fe’llar va otlar uchun aniq nerv substratlarini topishga harakat
qilgan. Biroq bu gipotezani neyrotasvir texnikasi bilan isbotlashga urinishlar
muvaffaqiyat qozonmagan. Izlanishlar ot va fe'llarni solishtirganda miyada
faollashgan sohalar va faollik darajasi o‘rtasidagi farqni ko‘rsatgan bo'lsa ham, ot va
fe’llar uchun alohida neyronlar tarmog‘i ishlaydi degan gipotezani isbotlay olmadi.
Ba’zi tadqiqotlar fe'llar uchun miya po‘stlog‘i tepa qismining chap pastki
burmachasi otlarga qaraganda ko‘proq faollashganini kuzatgan [Tyler, Russell,
Fadili, Moss, 2004], boshqalari chap miya yarimshari po‘stlog‘idagi peshona
qismining pastki burmachasi va tepa qismi o‘rta burmachasi otlarga qaraganda
ko‘proq faollashganligini aniqlagan [Perani, Cappa, , Schnur, Tettamanti, Collina,
Rosa, Fazio, 1999]. Shu bilan birga, fe’llar va otlar uchun alohida sohalarni aniqlay
olmagan bir qator tadqiqotlar mavjud [Tyler, RRussell, Fadili, Moss, 2001; Li, Jin,
Tan, 2004]. Crepaldi, Berlingeri, Paulesu, & Luzzatti [2011] grammatik sinfning
ta’siri bo'yicha neyrokognitiv ma’lumotlarni ko‘rib chiqib, ot va fe’lni qayta ishlash
asosidagi neyron tarmoqlar ko‘p jihatdan bir-biriga mos keladi degan xulosaga
kelgan.
Nisbatan yangi tadqiqot hisoblangan R.Alyahya, A. Xalay, P.Konroy,
M.Lambonlar ot va fe'lning aytilishi va tushunilishini tadqiq qilganlar [Alyahya,
Halai, Conroy, Lambon Ralph, 2018]. Bu tadqiqotda 48ta afaziyaga chalingan
bemor ishtirok etgan. Tajriba uchun tanlab olingan so‘zlarning bari psixolingvistik
omillar nuqtayi nazaridan nazorat qilingan. Xususan, qo‘llanish chastotasi, tasavvur
qilinish darajasi, o‘zlashtiriladigan yosh, so‘z uzunligi va tasvirning vizual
murakkabligi kabi jihatlarning ta’siri hisobga olingan. Tadqiqot afaziyaga chalingan
kishilarning til bo‘yicha turli vazifalarni bajarishdagi natijalari hamda bu jarayonda
ularning miyasida faollashgan sohalarni tahlil qilish orqali amalga oshirilgan.
Tadqiqot xulosasida neyrolingvistikada shu vaqtgacha kuzatilgan ot va fe'l
dissosiasiyasi psixolingvistik belgilarga yetarlicha diqqat qaratilmagani uchun
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
89
namoyon bo‘lganligi, aslida esa turkumlarning qayta ishlanishida shu vaqtgacha
da'vo qilib kelingan jiddiy kognitiv farq yo‘qligi ta'kidlangan. Ammo baribir fe’llar
bilan bog‘liq amallarda miyaning nisbatan ko‘proq qismlari faollashishi aniqlangan.
R.
Li va S.Kiran afaziyaga chalingan bilingvlarning (ingliz-mandarin tillari) ot va
fe’lni ayta olishi alohida so‘z va diskurs misolida tadqiq qilganlar. Unda birinchi
tilga nisbatan ikkinchi tilda so‘z turkumining ta’siri kuchliroq ekanligi aniqlangan,
otlarning fe’llarga nisbatan yaxshiroq aytilishi qayd etilgan, shuningdek,
afaziyaning darajasi kuchli darajasida bu farq yana ham sezilarli bo‘lgan [Lee,
Kiran, 2024].
Tadqiqotlardan ko‘rish mumkinki, ot va fe’l dissotsiatsiyasi neyrolingvistika
va afaziologiyaning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. O‘zbek tilidagi broka
afaziyasi misolida ushbu masalaga e’tibor qaratilganda umumiy holatda ot va fe’l
dissotsiatsiyasi aniqlanmagan. Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi Broka afaziyasida
fe’llar bilan bog‘liq qiyinchiliklar nimadan iboratligiga to‘xtalamiz va ularni
izohlashga harakat qilamiz.
Metod
. Mazkur maqola o‘zbek tilidagi broka afaziyasidagi spontan nutq
tahlili, ot va fe’lni rasmga qarab aytish, fe’l zamonlarini aytish bo‘yicha qilingan
tadqiqotlarning natijalarini umumlashtirib tahlil qiladi [Азимова, 2020, Азимова,
2021, Azimova 2023a, Azimova 2023b]. Aytib o‘tilgan tajribalarda jami 11ta
afaziyaga chalingan kishi ishtirok etgan. Ularning uchtasi tajribalarning hammasida
qatnashgan. Nazorat guruhida sog‘lom ishtirokchilar 7-10tani tashkil etadi.
Natijalar
. O‘zbek tilidagi broka afaziyasida spontan nutqda, ot va fe’lni
alohida so‘z sifatida aytishda ot va fe’llar o‘rtasida juda kichik farq mavjud. Bu farq
statistik jihatdan ahamiyatli miqdorda bo‘lmaganligi uchun o‘zbek tilidagi broka
afaziyasida ot va fe’l dissotsiatsiyasi yo‘q deb xulosa qilishga asos bo‘ladi. Biroq
spontan nutq tadqiqida fe’llar bilan bog‘liq qiyinchiliklar ko‘makchi fe’llar,
bog‘lama va ayrim funksional shakllarning qo‘llanishida namoyon bo‘ladi.
Xususan, afaziyaga chalingan ishtirokchilarning ikkitasida ko‘makchi fe’lli so‘z
qo‘shilmasi, holat ravishdoshi va sifatdosh umuman qo‘llanmagan. Bog‘lama esa
sog‘lom ishtirokchilarnikiga nisbatan ikki baravar kam qo‘llangan.
1-jadval. Spontan nutqqa oid morfologik ko‘rsatkichlar [Azimova, 2023a].
Afaziyaga chalinganlar
Sog‘lom ishtirokchilar
NK
MO
NR
ZR
O‘rtacha
qiymat
Ko‘rsatkichlar
intervali
O‘rtacha
qiymat
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
90
Otlar
57
68
53
60
59.5
36-80
53.2
Ot-
leksemalar
42
48
45
42
44.25
29-61
44.2
fe’llar
39
32
57
67
48.75
25-59
46.5
fe’l-
leksemalar
17
26
30
37
27.5
19-44
37.9
Bog‘lama
2
1
2
4
2.25
3-9
5.2
Yordamchi
fe’llar
0
0
7
5
3
1-13
6.7
Tuslangan
fe’llar
37
27
47
37
37
17-38
26.7
fe’lning
funksional
shakllari
2
7
9
17
8.75
10-25
16.7
O‘tgan
zamon
11
17
37
20
14
10-27
16.6
Hozirgi
va
kelasi zamon
26
10
8
17
18
8-23
16.3
Harakat
ketma
ketligini
ifodalagan
ravishdosh
4
0
1
9
2
0-10
5.9
Holat
ravishdoshi
0
0
5
1
0
1-9
2.7
Sifatdosh
0
0
3
6
0
0-4
2.1
Harakat nomi 1
3
0
3
2,5
0-6
2.8
Ot va fe’llarni rasmga qarab aytish tajribasida ot va fe’llarning o‘rtasida
deyarli farq bo‘lmagan: otlar bo‘yicha to‘g‘ri javoblar 32, fe’llar bo‘yicha esa 30ni
tashkil qilgan. Asosiy qiyinchilik bir argumentli, tasavvur qilinish darajasi past
bo‘lgan fe’llarda kuzatilgan.
Afaziyaga chalingan ishtirokchilar esa ot turkumi bo‘yicha 25-38 oralig‘ida
to‘g‘ri javob berganlar, o‘rtacha qiymat 31,5; fe'l turkumi bo‘yicha 23-34 oralig‘ida
to‘g‘ri javob berganlar, o‘rtacha qiymat 29,5 [Азимова ,2020].
Fe’l zamon shakllarining aytilishida o‘tgan zamon davom shakli hamda uzoq
o‘tgan zamon shakli izdan chiqqanligiga guvoh bo‘ldik. Ikkita tajribada bu ikkala
shakl bo‘yicha to‘g‘ri javob deyarli 0ga teng.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
91
2-jadval. Broka afaziyasiga chalingan kishilarning zamonning tugallangan va davom
shaklini aytish bo‘yicha tajriba natijasi [Azimova, 2023b].
№
Afaziya
ga
chalingan
ishtirokchil
ar
1
HozD
2
O‘tT
3
KelT
4
O‘tD
Total
%
1.
NK
10/10
7/10
6/10
0/10
23/40
57
2.
FF
8/10
5/10
6/10
0/10
19/40
45
3.
MO
9/10
7/10
4/10
0/10
20/40
50
4.
MJ
8/10
7/10
7/10
1/10
23/40
58
5.
ZR
10/10
10/10
10/10
6/10
36/40
90
6.
NR
10/10
10/10
2/10
0/10
22/40
55
Jami
55/60
46/60
35/60
7/60
143/24
0
60
%
92
77
58
11
60
Izoh: HozD- fe’lning hozirgi zamon davom shakli, O‘tT- fe’lning o‘tgan zamon tugallangan
shakli, KelT- fe’lning kelasi zamon tugallangan shakli, O‘tD- fe’lning o‘tgan zamon davom shakli.
3-jadval. Broka afaziyasiga chalingan kishilarning fe’l zamonlarini aytish bo‘yicha
tajribadagi natijalari [Azimova, 2021].
№
Afaziyaga
chalingan
ishtirokchilar
Hozirgi
zamon
davom
Yaqin
o‘tgan
Uzoq
o‘tgan
Kelasi
zamon
Hara-
%
1.
HM
7
9
0
5
5
52
2.
NR
10
10
0
7
10
74
3.
ZR
10
9
0
10
10
78
4.
RM
9
4
3
4
8
56
Жами
36/40
32/40
3/40
26/40
33/40
65
%
90
80
7.5
65
82.5
Muhokama
. O‘zbek tilidagi broka afaziyasida spontan nutq, ot va fe’llarning
rasmga qarab aytilishi, zamon shakllarini aytish hamda fe’lni tushunish bo‘yicha
tadqiqotlarning natijalarini umumlashtirsak, avvalo, o‘zbek tilidagi broka
afaziyasida ot va fe’l dissotsiatsiyasi kuzatilmaydi. Bu ham spontan nutq, ham
rasmga qarab ot va fe’llarni aytish bo‘yicha tajribada o‘z isbotini topdi [Azimova
2020, Azimova 2023a]. Fe’llar bilan bog‘liq qiyinchilik agrammatik
ishtirokchilarimiz (NK, MO) spontan nutqida sifatdosh, ravishdosh va ko‘makchi
fe’lli so‘z qo‘shilmasining izdan chiqqanligida hamda barcha broka afaziyasiga
chalingan ishtirokchilarimizda bog‘lamaning izdan chiqqanligida namoyon bo‘lgan.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
92
Shuningdek, fe’llardagi zamon shakllarining ifodalanishida -gan qo‘shimchasi bilan
yuzaga keladigan uzoq o‘tgan zamon hamda o‘tgan zamon davom shaklida
kuzatilgan. Ushbu natijalarni umumlashtirganimizda sifatdosh,
Anomik hamda broka afaziyasida fe’l va sifatlarning predikativlikni ifodalashi
tadqiq qilinganda, anomik afaziyaga chalinganlarda predikativ sifatlar broka
afaziyasiga chalinganlarga nisbatan yaxshiroq saqlangani, shuningdek, fe’llar
miqdori ham anomik afaziyaga chalinganlarda ko‘proq bo‘lgani aniqlangan(Sung,
Lee, Yoo, Yoon, Kim, Shin, Yoo, DeDe, 2019). Bundan fe’l va sifatning izdan
chiqishida umumiy sabab predikativlikni ifodalash izdan chiqishi degan taxminga
borish mumkin. Biroq A.Meltzer-Asscher va C. Thompson (2014) o‘z tadqiqotlarida
buning aksi ekanligini asoslaydilar. Ular agrammatik afaziyaga chalingan
kishilarning spontan nutqini tahlil qilib, unda aniqlovchi bo‘lib keluvchi sifatning
izdan chiqqanligini aniqlaganlar. Ular shu bilan birga fe’l hamda sifatning argument
strukturasining ta’sirini ham tahlil qilib, shuni aniqlashganki, argument
strukturasining murakkab bo‘lishi fe’llarning ham, sifatning ham nutqda kam
qo‘llanishiga sabab bo‘ladi. Xulosa qilinishicha, muammoning ildizi predikativlik
ifodasining izdan chiqqanida emas, balki atributiv sifatlarning otdan oldin kelishi
asosiy mazmunni tashuvchi so‘z bilan birga belgi bildirayotgan so‘zni bir vaqtda
faollashtirishda hamda sifat va fe’llarda argument strukturasi murakkabligida.
Argument strukturasi murakkabligi nima uchun afaziyaga chalingan kishilar uchun
qiyinchilik tug‘diradi? Ma’lumki, argumentlar bu so‘z bilan assotsiatsiyalanadigan
harakat subyekt va obyektlari demakdir. Bu esa ko‘proq bog‘lanish, ko‘proq
informatsiyani faollashtirishni talab qiladi.
O‘zbek tilidagi broka afaziyasiga chalingan kishilar bilan o‘tkazilgan
tajribalarda
aynan
agrammatik
afaziya
simptomlarini
namoyon
qilgan
ishtirokchilarimizning spontan nutqida fe’l umumiy holatda izdan chiqmaganligi,
faqat sifatdosh, ravishdosh va ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari bilan muammo
borligi ko‘rindi. Sifatdosh va ravishdoshning izdan chiqishini yuqorida tilga olingan
tadqiqotlarga tayanib atributiv aniqlovchining izdan chiqqani bilan bog‘lash
mumkin. Chunki o‘zbek tilida ravishdosh ham kesim vazifasidagi fe’ldan oldin
keladi. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida esa ko‘makchi fe’llarni qo‘llash
mexanizmi murakkabligi ularning izdan chiqishiga sabab bo‘lgan. Xususan,
ko‘makchi fe’lda ma’no ko‘chadi va bosh fe’l ravishdosh shaklida o‘zgarishsiz turar
ekan, grammatik kategoriyalarning barchasi aynan ko‘makchi fe’lda aks etadi.
Zamon shakllarining ifodalanishida esa boshqa tildagi natijalardan farqli o‘laroq,
o‘tgan zamonning -di shakli izdan chiqmagan. Uzoq o‘tgan zamon shakli -gan
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
93
hamda o‘tgan zamon davom shakli -ayotgan afaziyaga chalinganlar uchun shu
darajada qiyinlik qilganki, birorta ham to‘g‘ri javob bo‘lmagan. Bizning
nazarimizda bu aynan -gan shaklining -di shaklidan farqli ravishda semantik
jihatdan murakkabligi bilan bog‘liq.
O‘tgan zamonning -gan shakli haqida uning -di shaklidan farqi sifatida
harakatning o‘ziga emas, harakat bajaruvchisiga urg‘u berilishi, harakatning
bajaruvchisini u bajargan harakat bilan xarakterlashi, sifatlashi qayd etiladi
[Сулаймонов, Ҳожиев, Жўраева, 1962, 26; Ғуломов, 1954, 9]. Bizningcha,
harakat orqali subyekt belgisini ifodalash funksiyasi kognitiv jihatdan murakkab
vazifa bo‘lganligi uchun ushbu zamon shakllarining afaziyaga chalingan
ishtirokchilar tomonidan aytilishiga to‘siq bo‘lgan.
Xulosa.
Insonning tilni qo‘llash mexanizmi murakkab, ko‘p qirrali va ko‘p
darajalidir. Sog‘lom insonlar nutqi tahlil qilinganda mazkur mexanizm tafsilotlari
aksariyat holatlarda sezilmaydi. Broka afaziyasiga chalingan kishilarning til
ko‘rsatkichlari tahlili bizga qo‘llanishi odatiy tuyulgan birliklar ortida yotgan
kognitiv amallar tafsilotlarini oydinlashtirib, ularning qanchalik murakkab ekanligi
bo‘yicha tasavvurlarimizni aniqlashtirdi. O‘zbek tilining morfologik jihatdan
boyligi va, ayniqsa, fe’l morfologiyasining serqirraligi o‘zbek tilida fe’lning
lingvokognitiv mexanizmi mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi. Shunday bo‘lsa-da
fe’lning argument strukturasi murakkabligi, undagi ma’no ko‘chish imkoniyatlari,
zamon va harakat tarzini ifodalashi kabi xususiyatlari uni murakkab lisoniy birlik
sifatida afaziyada mazkur turkum so‘zlarning to‘laqonli ifodalanmasligiga sabab
bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Alyahya, R. S.W., Halai, A. D., Conroy, Р., Ralph, M. A. L. [2018] Noun
and verb processing in aphasia: Behavioural profiles and neural correlates.
NeuroImage: Clinical
18 [2018], 215–230.
2.
Azimova, I. (2023a). “O‘zbek tilidagi Broka afaziyasiga xos spontan nutqda
ot va fe’llarning qo‘llanishi”.
O‘zbekiston: til va madaniyat
.
Lingvistika.
2023-3: 41-
60.
3.
Azimova, I.
(2023b).
“Fe’l zamoni va harakat tarzi uyg‘unligining o‘zbek
tilidagi Broka afaziyasida til birliklari ifodasiga ta’siri”.
O‘zbekiston: til va
madaniyat
.
Lingvistika.
2023-3: 40-52.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
94
4.
Bastiaanse, R., & Jonkers, R. [1998]. Verb retrieval in action naming and
spontaneous speech in agrammatic and anomic aphasia. Aphasiology, 12, 951–969.
5.
Caramazza, A., & Hillis, A. [1991]. Lexical organization of nouns and verbs
in the brain. Nature, 349, 788–790.
6.
Davis, M. H., Meunier, F., & Marslen-Wilson, W. D. [2004]. Neural
responses to morphological, syntactic, and semantic properties of single words: An
fMRI study. Brain and Language, 89, 439–449.
7.
Hillis, A., & Caramazza, A. [1995]. Representation of grammatical
knowledge in the brain. Journal of Cognitive Neuroscience, 7, 369–407.
8.
Holmes, J. M., Marshall, J. C., & Newcombe, F. [1971]. Syntactic class as a
determinant of word-retrieval in normal and dyslexic subjects. Nature, 234, 418.
9.
Li, P., Jin, Z., & Tan, L. H. [2004]. Neural representations of nouns and verbs
in Chinese: An fMRI study. Neuroimage, 21, 1533–1541.
10.
Li, R., & Kiran, S. [2024]. Noun and Verb Impairment in Single-Word
Naming and Discourse Production in Mandarin-English Bilingual Adults with
Aphasia. Aphasiology, 38[2],
337–365.
https://doi.org/10.1080/02687038.2023.2189994
11.
Meltzer-Asscher, A., & Thompson, C. K. [2014]. The forgotten
grammatical category: Adjective use in agrammatic aphasia. Journal of
neurolinguistics, 30, 48-68.
12.
Perani, D., Cappa, S. F., Schnur, T., Tettamanti, M., Collina, S., Rosa,
M. M., & Fazio, F. [1999]. The neural correlates of verb and noun processing: A
PET study. Brain, 122, 2337–2344.
13.
Rapp, B., & Caramazza, A. [2002]. Selective difficulties with spoken
nouns and written verbs: A single case study. Journal of Neurolinguistics, 15, 373–
402.
14.
Sung J, Lee S, Yoo S, Yoon H, Kim S, Shin S, Yoo M and DeDe G
[2019]. Usage of Predicates [adjectives vs. verbs] in Persons with Anomic and
Broca’s Aphasia. Front. Hum. Neurosci. Conference Abstract: Academy of Aphasia
57th Annual Meeting. doi: 10.3389/conf.fnhum.2019.01.00058
15.
Tyler, L. K., Bright, P., Fletcher, P., & Stamatakis, E. A. [2004]. Neural
processing of nouns and verbs: the role of inflectional morphology.
Neuropsychologia, 42[4], 512–523.
16.
Tyler, L. K., Russell, R., Fadili, J., & Moss, H. E. [2001]. The neural
representation of nouns and verbs: PET studies. Brain, 124, 1619–1634.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
95
17.
Walenski, M., Sostarics, T., Mesulam, M.M., Thompson, C.K. [2024]
The production of adjectives in narratives by individuals with primary progressive
aphasia. Journal of Neurolinguistics. Volume 69,2024,101179, ISSN 0911-6044,
https://doi.org/10.1016/j.jneuroling.2023.101179.[https://www.sciencedirect.com/s
cience/article/pii/S0911604423000568]
18.
Zingeser, L. B., & Berndt, R. S. [1988]. Grammatical class and context
effects in a case of pure anomia: Implications for models of language processing.
Cognitive Neuropsychology, 5, 473–516.
19.
Aзимова И. Ўзбек тилидаги аграмматик афазияда от ва
феълларнинг
ифодаланиши.
Сўз
санъати.
2020.
#1.
31-36.
http://dx.doi.org/10.26739/2181-9297-2020-1-4
20.
Aзимова, И. Ўзбек тилидаги аграмматик афазияда ўтган замон
шаклларининг ифодаланиши. ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ АХБОРОТ
АГЕНТЛИГИ – ЎзА ИЛМ-ФАН БЎЛИМИ (ЭЛЕКТРОН ЖУРНАЛ). 2021. #2.
Б.145-155.
21.
Ғуломов А.Ғ. Феъл. Ҳозирги замон ўзбек тили курсидан
материаллар. Тошкент, 1954. 88 б.
22.
Сулаймонов А.Ҳ., Ҳожиев А.Ҳ., Жўраева Ж.М. Феъл замонлари.
Тошкент, 1962. 168 б.
