2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
96
NEYROPSIXOLINGVISTIKA FAN SIFATIDA
Sh.H. Shahobiddinova
Andijon davlat universiteti prof., f.f.d.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11108638
Nutq insonning ruhiy, aqliy tavsifini eng yaqqol ifodalovchisidir. Ifoda orqali
tafsiflash va tashxislash fanning qator yo‘nalishlari uchun asos bo‘lib kelmoqda.
Xususan,
neyropsixologiya,
psixoterapiya,
neyrofiziologiya,
nevrologiya,
psixolingvistika...Inson nutqining yashash va tug‘ilish joyi miya ekanligi borasidagi
qarashlar ancha qadimgi bo‘lishiga qaramay [Fefilov, 2014], miyadagi nutq
o‘choqlari va nutqiy ifodalar bog‘liqligini o‘rganuvchi fan – neyropsixolingvistika
u qadar eski emas.
Inson miyasining turli kasalliklari nutqiy faoliyatga taʼsir o‘tkazishini
mutaxassis bo‘lmaganlar ham yaxshi biladi. Turli fan vakillari ham bu masalaga
alohida eʼtibor bilan qarashadi. Neyrolingvistika
(ot
Lingua
‘til’)ning fan sifatida shakllanishi XX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi, biroq
unga asos bo‘lgan qarashlar yuz yildan ko‘proq vaqt davomida shakllanib kelgan
[Wikipediya]. “ Ushbu atamaning tarkibiy qismlari unda ikkita fanning bevosita
bog‘lanishiga bevosita ishora qiladi. Neyro-(nevron) neyrolingvistikaning neyronal
bazasini tashkil etuvchi miya haqidagi bilimlardan foydalanishni bildiradi.
Atamaning boshqa qismi, aynan lingvistika, bu fanga til hamda nutq haqida bilimlar
kiritilishini ko‘rsatadi” [Wikipediya]. Tilning tizim – sistema sifatida tan olinishi bu
tizimda muayyan buzilishlar, tizimdan chetga chiqishlar borligini ham nazarda
tutadi. Neyrolingvistika ana shu chetlanishlar sabablarini ularni kelgusida bartaraf
etish niyatida o‘rganadi.
Avvalo miya jarohatlari hamda nutq buzilishlari o‘rtasidagi bog‘liqlikka
shifokorlar eʼtibor berganlar. Fransiyalik vrach
p
Karl Vernikelarning XIX asr o‘rtalarida olib borgan kuzatishlari
miyaning aynan qaysi qismlari nutq uchun javob berishi borasidagi savollarga javob
bo‘ldi. Miyaning Brok va Vernike markazlari hamda ularni bog‘lab turuvchi
yoysimon nerv tolalarining shikastlanishi nutqning turlicha motor hamda sensor
buzilishlariga olib kelishi aniqlandi [
Wikipediya
]
.
Nutqning psixologik tahliliga bag‘ishlangan tadqiqotlari bilan neyrolingvistika
fani uchun baza yaratgan tadqiqotchilar orasida
L.S.Vыgotskiy va A.R.Luriyani
ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu ikki olimning hamkorligi psixolingvistika va keyinroq
neyrolingvistika fanining tug‘ilishiga nazariy asos bo‘lgan. Ayniqsa A.R.Luriya bu
borada samarali ijod qilib "Travmaticheskaya afaziya" (rus tilida 1947 y., ingliz
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
97
tilida – 1970 y.), "Vosstanovleniye funksiy mozga posle voyennoy travmы" (rus
tilida 1948 y., ingliz tilida – 1963 y.), "Vыsshiye korkovыe funksii cheloveka" (rus
tilida – 1962 va 1969 yy., ingliz tilida – 1966 y.), "Osnovы neyropsixologii"
(1973 y.) va "Neyropsixologiya pamyati" (1974 y.) kabi asarlar yaratgan. [Luriya,
2009]
U birinchilardan bo‘lib neyrolingvistikaning obyekti va predmetini belgilab
berdi: Neyrolingvistika... psixologiya, nevrologiya va lingvistika chegarasida
turuvchi fanning yangi sohasidir. U nutqiy faoliyatning miya mexanizmlarini va
miyaning lokal shikastlanishlarida nutqiy faoliyatda yuzaga keluvchi o‘zgarishlarni
o‘rganadi [Luriya, 2009].
L.S.Vыgotskiy nutq va ong munosabatini bir butunlik sifatida ko‘radi, ularni
bir-biridan ajratish har birini zotiy xususiyatidan mahrum qiladi deb hisoblaydi.
Masalan, suv olovni o‘chiradi. Biroq bu mutlaqo uning tarkibiy qismlari – kislorod
va vodorod tabiatidan kelib chiqmaydi. Yaʼni tovush qobig‘i va ongni bir biridan
ajratish har ikkisining mohiyatini anglab yetishga halaqit beradi [
Vыgotskiy
, 1934]
Tilshunoslikda olib borilgan qator tadqiqotlar neyrolingvistika bazasini
yaratdi: lingvistika fanining xabarning shakllanishi va kengaygan jumladan uning
ichki mazmuniga bo‘lgan yo‘nalishni ochib berishga bo‘lgan salmoqli qadamlari
turli
mamlakatlar
atoqli
tilshunoslari
tomonidan
deyarli
bir
paytda
tashlangan(F.de Sossyur, Boduen de Kurtene, Blumfild va boshq.), biroq XX
asrning elliginchi-etmishinchi yillariga kelibgina ichki mazmun(yoki fikr)ning
kengaygan nutqqa o‘tish bosqichlarini butun boyligi bilan ochib bera olgan amerika
transformatsion lingvistikasi (N.Xomskiy va uning maktabi), generativ semantika
deb ataluvchi yo‘nalishda(Ch.Fillmor, Dj.Mak-Koli, Dj.Lakov), T.Biver, G.Klark
ishlari va boshqalarda, shuningdek bir qator sovet lingvistlari ishlarida(I.A.Melchuk,
A.K.Jolkovskiy, Yu.D.Apresyan, A.A.Leontyev i dr.) to‘liq shakllangan [Luriya,
2009].
Neyropsixolingvistika atamasining tadriji ancha qiziqarli. Neyrolingvistikani
psixolingvistikaning bir uzvi sifatida ko‘rish anʼanasi mavjud. Shuningdek, bu
ikkisining obyekti va predmetini farqlab ko‘rsatish ham keng tarqalgan:
Psixolingvistika til, tafakkur va ongning o‘zaro aloqasini nevrologiyadan tashqarida
o‘rganadi. Neyrolingvistika miyaning nutqiy funksiyasini butun bir sistema sifatida,
nutqning buzilish va yo‘qolish holatlari(afaziya)ni sistemaning buzilishi sifatida
o‘rganadi [spravochnik].
Ko‘rinadiki, fan nomini bildiruvchi atama borasida munozaralar mavjud.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
98
K.F.Sedov esa psixolingvistika inson muloqot kompetensiyasini o‘rganuvchi
fan ekanini taʼkidlaydi. Shuningdek, taʼlim va tarbiya jarayoni bolaning miya
tuzilishi bilan bog‘liq olib borilishiga yo‘nalgan neyropedagogikaning amaliy
ehtiyojlaridan kelib chiqib, inson ongi va hissiyotlarini uzviylikda ko‘rish zaruriyati
neyro- va psixolingvistikani bir butun fan yo‘nalishi sifatida ko‘rish zaruriyatini
keltirib chiqaradi. K.F.Sedov shularni hisobga olib, neyropsixolingvistika atamasini
taklif etadi [Sedov, 2007]
.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Fefilov
A.I.Fenomen yazыka v filosofii i lingvistike. Uchebnoye posobiye
– M.: Flinta, 2014 – 224 s.
2.
https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9D%D0%B5%D0%B9%D1%80%D0
%BE%D0%BB%D0%B8%D0%BD%D0%B3%D0%B2%D0%B8%D1%81%D1
%82%D0%B8%D0%BA%D0%B0#%D0%98%D1%81%D1%82%D0%BE%D1
%80%D0%B8%D1%8F_%D0%BD%D0%B5%D0%B9%D1%80%D0%BE%D0
%BB%D0%B8%D0%BD%D0%B3%D0%B2%D0%B8%D1%81%D1%82%D0%
B8%D0%BA%D0%B8
3.
Vizel T. G. Prikladnaya neyrolingvistika. – M.: Moskovskiy institut
psixoanaliza, Kogito-Sentr, 2020. – 339 s.
4.
https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9D%D0%B5%D0%B9%D1%80%D0
%BE%D0%BB%D0%B8%D0%BD%D0%B3%D0%B2%D0%B8%D1%81%D1
%82%D0%B8%D0%BA%D0%B0#%D0%98%D1%81%D1%82%D0%BE%D1
%80%D0%B8%D1%8F_%D0%BD%D0%B5%D0%B9%D1%80%D0%BE%D0
%BB%D0%B8%D0%BD%D0%B3%D0%B2%D0%B8%D1%81%D1%82%D0%
B8%D0%BA%D0%B8
5.
Luriya A.R.Osnovnыe
problemы
neyrolingvistiki
Izd. 3.
URSS.
2009. 256 s.
ISBN 978-5-397-00734-4.//
https://urss.ru/cgi-bin/db.pl
6.
O‘sha yerda
7.
Vыgotskiy
L.S.
Mыshleniye i rech
. . – M.-L., 1934. — 362 s. – S.43
8.
Luriya A.R.Osnovnыe
problemы
neyrolingvistiki
Izd. 3.
URSS.
2009. 256 s.
ISBN 978-5-397-00734-4.//
https://urss.ru/cgi-bin/db.pl
9.
V chem otlichiye neyrolingvistiki ot psixolingvistiki?//
https://spravochnick.ru/vopros/2758/
10.
Sedov K.F. Neyropsixolingvistika. – M.: Labirint, 2007. – 224 s. –
S.4.
