Authors

  • Iroda Ibraximova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31653

Keywords:

identity language identity sociolingustics psycholinguistics psychological approach.

Abstract

This article discusses why the psychological approach is essential in studying the link between language and identity. Scientists’ opinions and reasoning highlight this importance, leading to the examination of how psychoanalysis can be used in linguistic identity research.

background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

99

UDK:81’27

TIL VA IDENTIKLIK MUNOSABATI TADQIQIDA PSIXOLOGIK

YONDASHUVNING AHAMIYATI XUSUSIDA

Ibraximova Iroda Bobir qizi

iroda0705@gmail.com

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11108684

Annotatsiya.

Ushbu maqolada til va indentiklik o‘rtasidagi munosabat bilan

bog‘liq tadqiqotlarda psixologik yondashuvning ahamiyati xususidagi olimlarning
fikr va mulohazalari bayon etilgan bo‘lib, u natijada lisoniy identiklik bilan bog‘liq
tadqiqotlarda psixoanalizdan foydalanishning e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan
jihatlarini o‘rganadi.

Kalit so‘zlar:

identiklik, lisoniy identiklik, sotsiolingvistika, psixolingvistika,

psixologik yondashuv.

Abstract.

This article discusses why the psychological approach is essential in

studying the link between language and identity. Scientists’ opinions and reasoning
highlight this importance, leading to the examination of how psychoanalysis can be
used in linguistic identity research.

Key words:

identity, language identity, sociolingustics, psycholinguistics,

psychological approach.

Garchi til va identiklik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va aloqalar so‘nggi yillarda

faol ravishda o‘rganila boshlagan bo‘lsa-da, sohada o‘z yechimini kutayotgan
masalalar, muammolar va javob topilmagan savollar bisyor. Turfa nazariyalar ishlab
chiqildi, ko‘plab amaliy tadqiqotlar olib borildi, lisoniy identiklik tadqiqotlarini
tashkil etish bo‘yicha tavsiya va ishlanmalar chop etildi. Biroq qo‘lga kiritilgan
natijalar, lisoniy identiklik tadqiqotlari sohasini yaxshi shakllangan deya baholash
uchun hali yetarli emas. Soha mutaxassislari lisoniy identiklik tadqiqidagi ilmiy
bo‘shliqlar haqida bot-bot fikr-mulohaza va tahlillarini keng jamoatchilik bilan
bo‘lishib kelayotgan bo‘lsa-da, ularni to‘ldirish uchun katta hajmdagi mehnat,
izlanish, ma’lumot va natijalarga ehtiyoj bor.

Lisoniy

identiklik

tadqiqotlari

tahlilida

psixologik

yondashuvning

yetishmasligi, tadqiqot ishtirokchilari soni kamligi, kuzatuvlar yetarlicha uzoq
muddatli davom etmagani, intervyular doim ham ona tilida, yoki qatnashchi


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

100

tanloviga ko‘ra istalgan tilda olinmagani, identiklikning o‘zi bir nechta bo‘lishi va
doimiy o‘zgarishda ekanligi, ishlarning asosiy qismi ingliz tili bilan bog‘liq bo‘lib,
boshqa tillarda so‘zlashuvchilar lisoniy identikligi nisbatan kam tadqiq etilgani kabi
masalalar shunday kamchiliklardan ba’zilari bo‘lib, ushbu maqolada shu va boshqa
muammolar xususidagi olimlarning ilmiy mushohadalari tahlil qilinadi va ehtimoliy
yechimlar ko‘rib chiqiladi.

Til va identiklik tadqiqlarida psixologik yondashuvning ahamiyati, va mavjud

ishlarda ushbu aspektning yetarlicha yoritilmaganligi xususidagi tanqidiy tahlillar
bir qator olimlar, xususan, Block, Norton, Layder, Bendle, va Grangerlar tomonidan
ta’kidlangan. Jumladan, David Block til va identiklik tadqiqotlarida 3 masalani
muhim sanaydi: 1. Til va identiklik bilan bog‘liq ishlarning ko‘pchilik qismi asosan
ijtimoiy yondashuv asosida olib borilayotgan bir sharoitda psixologik
yondashuvning potensial foydalari; 2. Til va identiklik tadqiqotlarida mustaqil
tanlov (individual agency) va ijtimoiy strukturalar orasidagi aloqadorlikni
oydinlashtirish; hamda 3. Hayotning moddiy sharoitlaridan identiklik siyosatini
ustun qo‘yuvchi (irq, etnik kelib chiqish, jins, jinsiylik, millat va til kabi identiklik
ko‘rinishlari bilan bog‘liq) tadqiqotlarda ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalanish va ijtimoiy
sinf nuqtayi nazarini qo‘shishning potensial foydalari [Block, 2013:11].

Block til va identiklik bilan bog‘liq tadqiqotlarda tadqiqotchilar asosan

identiklikning ijtimoiy jihatlariga va uning kundalik ijtimoiy faoliyatdagi o‘zaro
ta’sirlar orqali qanday paydo bo‘lishiga e’tibor qaratishlari, identiklik qanday
tuzilganligini tushunish uchun odamlardan odatda o‘z hayotlari haqida gapirib
berishlarini so‘rash bilan cheklanganligini yozib, unga Layderning quyidagi
fikrlarini asos qilib keltirgan: ‘O‘zlikni (self) faqat tashqi ijtimoiy kuchlar ta’sirida
shakllangan tashqi tuzilishgagina ega bo‘lgan oddiy ijtimoiy tuzilma deb o‘ylash
xato bo‘ladi’. Bunday xato yondashuvning oldini olish uchun Layder insonning
shaxs sifatida rivojlanishi bo‘lmish ‘hayot kariyerasi’ni, boshqacha aytganda
‘psixobiografiyasi’ni o‘rganish kerak, deb hisoblaydi [Layder, 1997:39].

Layder identiklikka ko‘proq psixologik yondashish kerakligini ta’kidlagani

bilan, u psixologik nazariyasining aniq tabiatini tushuntirmagan. U ishida Schefning
uyat va hijolatlik emotsiyalari xususidagi ishiga tayanadi va Laingning ‘ontologik
xavfsizlik/xavfsiz emaslik’ qarashlariga murojaat qiladi. Shunday qilib, identiklik
tadqiqotlarida psixobiografik yondashuv masalasi qo‘shimcha izoh va
tushuntirishlarga muhtojligicha qolmoqda.

Bendle ham identiklikka ko‘proq psixologik yondashish kerakligi tarafdori

bo‘lib, identiklikni muhim tuzilma sifatida qarashning ko‘payishini identiklik


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

101

inqirozi bilan bog‘liq holatlar orta boshlagani bilan izohlaydi. Olim soha
mutaxassislari ego psixologiyasi va identiklikning psixoanalitik nazariyalarini
chuqurroq tadqiq etishlari kerak, deb hisoblaydi. Tahlilning ‘yuzaki’ modellarida
nisbatan ‘chuqur’ modellariga o‘tish ehtiyoji borligini ta’kidlaydi [Bendle, 2002:1].
Wetherell diskurs tahliliga psixoanalitik yondashuvni kiritish borasidagi harakatlari
sabab Bendle hamfikrlaridan biriga aylandi va bu yonashuv amaliyotini o‘zining
intervyular hamda tabiiy suhbat jarayonlarini tahlil etish orqali ko‘rsatib berishga
harakat qildi [Wetherell, 2007].

Grangerning psixologik yondashuvni yoqlashi ikkinchi til o‘zlashtirilishidagi

‘sukut davri’ (silent period) fenomeniga ahamiyat qaratgani bilan bog‘liqdir. Uning
fikricha, sukut davri an’anaviy ravishda yo til o‘rganuvchisi berilayotgan
informatsiyani tushunmayotgani, yoki alal oqibat uni gapirishga qodir qiluvchi
yetarlicha lingvistik kompetansiyani shakllantirish uchun ma’lumotlarni miyada
qayta ishlayotgani belgisi sifatida ko‘rilgan. Granger ushbu davr haqidagi 3-talqinni
taklif qiladi. Unga ko‘ra: ‘Bu sukunat insonlardagi ichki ruhiy qiyinchiliklarning bir
qismi bo‘lib, ikkinchi til o‘rganuvchilari o‘zlarining birinchi tillarini
‘yo‘qotayotganlari’ni his qila boshlagan, idrok etayotgan va ikkinchi tilning noaniq
ertasi haqidagi xavotirlarini yengish ustida ishlayotgan jarayonlarda yuz beradi.’
[Granger, 2004:56]

Contemporary Applied Linguistics. Volume 1

k

itobi uchun yozgan ‘Identity in

Applied Linguistics: The Need for Conceptual Exploration’ bobida Block psixologik
yondashuv tarafdorlari fikrini, xususan Bendle talqinini tahlil etgach,
psixoanalitikadan foydalanishning salbiy jihatlari va ahamiyat qaratish kerak
bo‘lgan xususiyatlarini sanab o‘tadi. Unga ko‘ra, birinchidan, psixologiya diaxron
va sinxron jihatdan juda katta va o‘ta murakkab sohadir. Sohada Freuddan
hozirgacha bir asrdan oshiqroq vaqt mobaynida muhim tarixiy o‘zgarishlar ro‘y
berdi. Natijada qarashlari bir-biridan farq qiluvchi ko‘plab maktablar shakllandi.
Shuning uchun amaliy tilshunoslik mutaxassislari psixoanaliz bo‘yicha bilim va
tajribaga ega mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlamasa, tadqiqot uchun eng
maqbul qarash, usul va yondashuvni tanlashda xatoga yo‘l qo‘yishlari mumkin.

Ikkinchidan, psixoanaliz bilan bog‘liq tadqiqotlarda o‘ta ehtiyotkor bo‘lish

kerak bo‘lgan yana bir masala bo‘lib, u ‘xarakter’ diagnozi etikasi va ‘diagnoz
sifatidagi tadqiqotning ehtimoliy voyeristik (ya’ni boshqalarning hayoti
muammolarini kuzib rohatlanish) zo‘ravonlik’ etikasi muammolaridir. Chunki
intervyularda bo‘lishilgan hayotiy hikoyalarning psixoanalitik talqini intervyu
qatnashchilari tomonidan xushlanmasligi mumkin. Sababi bunday tahlilda intervyu


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

102

qatnashchilarining shaxsiy munosabatlariga e’tibor qaratiladi va tahlilchini taxminiy
(va kuchli) hukm pozitsiyasiga qo‘yadi.

Uchinchidan, amaliy tilshunoslik identiklikka poststruktural yondashuv bilan

qararkan, identiklik o‘zaro aloqa jarayonida vujudga keluvchi tushuncha sifatida
ko‘riladi. Identiklikning davomiy semiotik xulq-atvorda namoyon bo‘luvchi ushbu
talqini, yaqqol ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, psixologiya sohasiga osongina o‘tib
qolmaydi. Shuning uchun masalaga ikki taraflama yondashuvni umumlashtirmoqchi
bo‘lgan tadqiqotchilar jarayonga ehtiyotgorlik va diqqat bilan yondashmoqlari kerak
bo’ladi [Block, 2009:227].

Xulosa qilib aytganda, lisoniy identiklikni o‘rganishda psixologik yondashuv

til va identiklikning ko‘p qirrali tabiatini tushunish uchun keng qamrovli asosni
taklif etadi. Shaxs lisoniy identikligini keng qamrovli tahlil qilish uchun identiklikka
ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar barobarida psixologik omillarni ham mutaxassis
nigohi bilan, ilmiy tadqiq metodlari vositasida tahlil qilish, natijalarni
umumlashtirib, kompleks xulosalar chiqarish lisoniy identiklik bilan bog‘liq
tadqiqotlarni yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bendle, M. The crisis of identity in high modernity. British Journal of

Sociology, 53, 2002. - P.1.

2.

Block, David. Issues in language and identity research in applied linguistics.

Elia. 13, 2013. - P.11.

3.

Block, D. Identity in applied linguistics: The need for conceptual

exploration. Contemporary Applied Linguistics. Volume 1, 2009. – P.227.

4.

Granger, C. A. Silence in second language acquisition: A psychoanalytic

reading. Clevedon, UK: Multilingual Matters, 2004. – P. 56.

5.

Layder, D. Modern social theory. London: UCL Press, 1997. – P. 39.

6.

Wetherell, M. A step too far: Discursive psychology, linguistic ethnography

and questions of identity. Journal of Sociolinguistics, 11, 2007.


References

Bendle, M. The crisis of identity in high modernity. British Journal of Sociology, 53, 2002. - P.1.

Block, David. Issues in language and identity research in applied linguistics. Elia. 13, 2013. - P.11.

Block, D. Identity in applied linguistics: The need for conceptual exploration. Contemporary Applied Linguistics. Volume 1, 2009. – P.227.

Granger, C. A. Silence in second language acquisition: A psychoanalytic reading. Clevedon, UK: Multilingual Matters, 2004. – P. 56.

Layder, D. Modern social theory. London: UCL Press, 1997. – P. 39.

Wetherell, M. A step too far: Discursive psychology, linguistic ethnography and questions of identity. Journal of Sociolinguistics, 11, 2007.