Authors

  • Lobar Qambarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31658

Keywords:

dual stream model the Wernicke-Lichtheim-Geshwind model Hickok-Poeppel dual-stream model ventral stream dorsal stream.

Abstract

It was analyzed dual stream model of speech perception and comprehension on basic foreign researches. Process of speech associate with brain activity and learning of mechanism brain’s work is one of the main branch of neurolinguistics.

background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

123

UDK:811.512.133`42

NUTQ JARAYONINING IKKI TOMONLAMA OQIM MODELI TADQIQI

Qambarova Lobar Athamboy qizi

qambarova.lobar@bk.ru

ToshDO‘TAU 2-kurs tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11108872

Annotatsiya.

Ushbu maqolada nutqni idrok etish va ifodalashning ikki

tomonlama modeli tadqiqi xorijiy manbalarni o‘rganish asosida tahlil qilingan. Nutq
jarayonining miya faoliyati bilan bevosita bog‘liqligi va bu jarayonda miyaning
ishlash mexanizmlarini o‘rganish neyrolingvistik tadqiqotlarning muhim
obyektlaridan biridir.

Kalit so‘zlar.

ikki tomonlama oqim modeli, Vernike-Lixtgeym-Geshvind

modeli, Hikkok-Poeppel modeli, ventral oqim, dorsal oqim.

Annotation.

It was analyzed dual stream model of speech perception and

comprehension on basic foreign researches. Process of speech associate with brain
activity and learning of mechanism brain’s work is one of the main branch of
neurolinguistics.

Key words:

dual stream model, the Wernicke-Lichtheim-Geshwind model,

Hickok-Poeppel dual-stream model, ventral stream, dorsal stream.


Nutq jarayoning ikki tomonlama oqim (dual-stream) modeli nutqni

tushunishda kodlashning ikki ehtimoliy manbasi mavjudligini taklif qiladi: motor
tizim va leksik-konseptual tizim. G.Hikkok, D.Poeppel, P.Rausheker, K.Skot,
Y.

Rossetti, L.Pisella, F.Shvartz, O.Faseyitan, J.Kim, J. Fridriksson, G.Yourganov,

L.Bonilha, G.Spitsyna, E.Varren, E.Turkheimer, J.Vise kabi tadqiqotchilar
hammualliklifda ikki tomonlama oqimga oid ilmiy izlanishlar olib borishgan
[

Hickok, 2004:67].

G.Hikkok va D.Poeppellar tomonidan Vernike-Lixtgeym modeli asosida

Hikkok-Poeppel ikki tomonlama oqim modeli taklif qilingan [

Hickok, 2022:3].

Ushbu modelga ko‘ra nutq jarayoni ikki oqimdan iborat. Birinchi oqim ventral

oqim bo‘lib, tushunish jarayoni sodir bo‘ladi. Miyaning temporal va frontal qismlari
bo‘ylab harakatni o‘z ichiga olgan bu oqimda akustik signallar fonemalarga, undan
leksik birliklarga o‘zgaradi va so‘nggida gap ma’nosi tushuniladi. Nutqni takrorlash
kabi tushunish talab qilinmaydigan holatlarda dorsal oqim nazariyasi taqdim


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

124

qilinadi. Dorsal oqim motor tizim bilan bog‘langan frontal qismning yuqori
hududlari orqali temporal qismdan o‘tadi.

Dastlabki eshitish qismidagi akustik ma’lumot chakka burmasining orqa

yuqori qismida fonologik ifoda bilan birlashadi. Shundan so‘ng nutqiy ma’lumot
tinglovchining vazifasiga ko‘ra ikki oqim bo‘ylab harakat qiladi. Tushunish talab
qilingan vazifada temporal burmaning oldingi va frontal burmaning pastki qismida
ko‘chish jarayoni kechadi hamda bu ventral oqim hisoblanadi. Takrorlash vazifasi
talab qilinganda temporal burmaning orqa qismidan frontal burmaning pastki
qismiga tomon oqim yuzaga keladi [Brennan, 2022:63].

Nutq jarayonining dastlabki modellaridan biri Vernike-Lixtgeym-Geshvind

modelidir

[

Hickok, 2022:2].


Bu modelda nutqni ifodalash, tushunish va takrorlashda ishtirok etuvchi

tizimlar e’tiborga olinadi. Vernike ikkita til markazini taklif qiladi: motor markaz
(M) va eshitish markazi (A). Bu ikki qism o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish mavjud bo‘lib,
ularning o‘zi ham konseptual bilimlar tizimi (C) bilan bog‘langan. Modelda uchta
qismning o‘zaro bog‘lanishi simli tarzda ifodalangan. Nutqning idrok etilishida
dastlab temporal burmaning yuqori chap hududida joylashgan so‘zlarning eshituv
xotira qismi faollashadi, keyingi bosqichda konseptual tizim faollashib nutq
tushunarli bo‘ladi. Vernike fikriga ko‘ra, me’yoriy nutq barcha qismlar mavjud
bo‘lishini talab qiladi. Afaziya sindromlarida yuqorida tilga olingan markazlarning
yoki ularni o‘zaro bog‘lovchi tolalarning shikastlanishi natijasida yuzaga keladi.
Motor markazning shikastlanishi nutqning ravon bo‘lmasligiga sabab bo‘ladi,
chunki talaffuz uchun motor xotira yo‘qoladi. Biroq eshitish markazi bilan
konseptual bilimlar markazi o‘rtasidagi aloqa saqlanganligi uchun bemor nutqni
yaxshi tushunadi. Eshitish markazining shikastlanishi natijasida esa so‘zlarni

Vernike-Lixtgeym modeli

C

A

M


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

125

eshitish natijasida faollashuvchi xotira qismi zararlanadi. Konseptual bilimlar
markazi bilan motor qism saqlanganganligi uchun nutq ravon bo‘ladi. Biroq eshitish
va motor qismlari o‘rtasidagi “to‘g‘ri aloqa” yo‘qolganligi sababli nutqiy xatolik
(parafaziya) lar kuzatiladi. 1874-yil Karl Vernike tomonidan qayd etilgan
qismlarning zararlanishi asosida afaziyaning uch muhim turi ajratilgan: motor
(Broka) afaziya, sensor (Vernike) afaziya va o‘tkazuvchan afaziya. Keyinchalik
Lixtgeym ushbu modelni kengaytirib, til tizimini konseptual tizim bilan bog‘lovchi
tolalarning shikastlanishi sababli transkortikal afaziya yuzaga kelishini qo‘shimcha
qiladi. Geshvind modelni qayta ko‘rib chiqadi va zamonaviy klinik-anotomik
to‘g‘irlash ishlari bilan modelni takomillashtiradi, pastroq darajadagi eshitish va
motor qismlarini yuqori darajadagi nutq markazlaridan chegaralaydi.

G.Hikkok yuqoridagi klassik modelda tilning iyerarxik tuzilishi hisobga

olinmaganligini qayd etadi.

Modelda faqat so‘z bosqichini qamrab olganligini, afaziya esa fonologik, leksik
va sintaktik birliklarga ta’sir ko‘rsatishi aytiladi. G.Hikkok fikriga ko‘ra til modeli

soddalashtiriladigan bo‘lsa, unga muvofiq ravishda neyrologik model ham
soddalashtirilishi kerak. Neyrologik jihatdan klassik modelda anatomik farazlar aks
etmaganligi ko‘rinadi. Zamonaviy dalillarga ko‘ra Broka markazining shikastlanishi
faqatgina Broka afaziyasiga sabab bo‘lmaydi. Tadqiqotlar Broka afaziyasi ham
Broka, ham Vernike sohalarining shikastlanishi bilan yuzaga kelishini ko‘rsatgan.
Klassik model butunlay inkor etilmagan holda faqat til nuqtai nazaridan emas,
ko‘rish, eshitish va somatosensor tizimlar ham e’tiborga olingan Hikkok-Poeppel
ikki tomonlama oqim modeli (Hickok-Poeppel dual srteam model) taklif qilinadi.


Bu modelda miya nimanidir sezish jarayonida o‘zaro bog‘liq, biroq ayni paytda
farqlanuvchi ikki muhim vazifaga duch kelishi hisobga olinadi. Masalan, yerda

NUTQNI
IFODALASH

T

USHUNISH

C

A

M

C

A

M

TAKRORLASH

C

A

M


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

126

yotgan ilon yoki daraxt shoxi; ovoz sherning o‘kirishi yoki zebraning ovozi ekanligi
qanday farqlanadi. Birinchidan, shoxlar, ilonlar, sherlar, zebralar haqidagi mavhum
bilimlar sezish va konseptual xotira tizimlarida kodlanadi, keyin bu tizimlar
o‘rtasidagi moslik hisoblab chiqiladi. Boshqa tomondan esa xuddi shu
ma’lumotlardan obyektning o‘lchami, shakli, joylashuvi, uni ushlash va boshqarish
kabi harakatlarni muvofiqlashtirishda foydalaniladi. Sezish va motor tizimlari
orasidagi muvofiqikda faqat mavhum tushunchalarni kodlashgina emas, obyektga
muayyan makonda, muayyan joyda ma’lum bir maqsad bilan qanday ta’sir
ko‘rsatish ham talab qilinadi. Ko‘rish (Milner va Gudeyl, 1995, 2008) va eshitish
(Raushekker, 1998; Raushekker va Skot, 2009) tizimlarida ham yuqoridagi kabi ikki
muhim vazifa farqlanishi aniqlangan bo‘lib, ventral oqim miyaning temporal
qismidagi “nima” oqimi, dorsal oqim esa frontal qismidagi “qanday” oqim. Garchi
bu oqimlar orasida ko‘p bahslar bo‘lsa-da, dorsal va ventral qismlarning
shikastlanishi natijasida sindromlar “qanday” va “nima” oqimlari o‘rtasida o‘zaro
farqlanishini rad qilib bo‘lmaydi.

Yuqoridagi holatlar inobatga olinsa, mantiqiy jihatdan Karl Vernike

tomonidan ikki oqim haqidagi dastlabki qarash taqdim etilganligi anglashiladi:
eshitish-konseptual oqimda (A-C) nutq tushunilsa, eshitish-motor (A-M) oqim
nutqni ifodalanadi.

Hikkok-Poeppel modeli nutq jarayoning neyral asosidagi ikki masalani

rivojlantirishga qaratilgan. Miya yarimsharlarining bir-biridan uzilishi yoki
ishlamay qolishi bir tomonlama shikastlanish hisoblanib, fonologik bosqichdagi
kamchilikka sabab bo‘ladi. Vernike afaziyasiga chalingan bemorlarda nisbatan
kuchsiz fonemik idrok etishdagi kamchilik aniqlangan. Bu nutqni idrok etish va
ifodalashda chap yarimsharlarning dominantlik qilishi haqidagi uzoq muddatli
qarashlarni savol ostiga oladi. Ikkinchi jihat bo‘g‘in va so‘zning farqlanishi
masalasi. Garchi ikki holatda ham fonemalar farqlanishi talab qilinsa ham, ular
alohida jarayonlar hisoblanadi. Bunday xulosaga Mikeli (1980) va Rogalskiylarning
tadqiqotlari sabab bo‘lgan. Unga ko‘ra bemor

-ba

va

-pa

bo‘g‘inlarini ajrata olmasa

ham,

bear (ayiq)

so‘zini rasmda so‘zga talaffuzi yaqin bo‘lgan

pear (nok)

so‘zidan

farqlay olgan.

Hikkok va Poeppellarning birinchi masalaga taklifi bir qator olimlarning (

Gazzaniga va Sperry,1967; Zaidel, 1985; Gudglas, 1993; Poeppel, 2001)
qarashlariga uyg‘un holda bo‘lib, eshitib tushunish kontekstida har ikki yarimshar
nutqni idrok etishga qodirdir. Nutqni tahlil qilishning dastlabki bosqichlari, birinchi
navbatda, ikki tomonlama tashkil etilgan, ikkala tizimning nutq signalini tahlil qilish


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

127

usullarida ham nozik tomonlar mavjud. Bu bir tomonlama yuqori temporal
bo‘lakning shikastlanishi so‘zni tushunishda fonemik darajadagi idrok etishga
sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligini bildiradi. Ushbu gipoteza, shuningdek, yuqori
temporal burmaning ikki tomonlama shikastlanishi, bir tomonlama zararda
kuzatilmaydigan kuchli fonologik darajadagi retseptiv nuqsonlarni keltirib
chiqarishi mumkinligini taxmin qiladi.

Bo‘g‘in va so‘zning farqlanishi alohida jarayonlar ekanligi masalasiga

Hikkok

quyidagicha

qaraydi.

Nutqning

idrok

etilishida

bo‘g‘inlarning

farqlanishidan ko‘ra so‘zlarning farqlanishi muhimdir. So‘z tushunilishida har
ikkala yarimsharning temporal qismlarida ikki tomonlama ventral oqim yuzaga
keladi. Bo‘g‘inlar farqlanishida esa chap yarimsharda dorsal oqim yuzaga keladi va
temporal burmaning yuqori qismidagi ventral oqimni qisman qoplaydi. Bu esa bir-
biridan bo‘g‘in va so‘zning farqlanishi ikki xil alohida holat ekanligi haqidagi
gipotezani taqdim qiladi.

Xulosa qilib aytganda, ikki tomonlama oqim modeli nutq jarayonini

modellashtirishga qaratilgan bo‘lib, miyaning nutq jarayonidagi holatining inobatga
olinganli modelning ahamiyatlilik darajasini oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Hickok G, Poeppel D. Dorsal and ventral streams: A framework for

understanding aspects of the functional anatomy of language. Cognition. 2004;
92:67–99. [PubMed: 15037127];

2.

Hickok G, Poeppel D. The dual stream model of speech and language

proceesing. Handbook of Clinical Neurology. Vol.185 (3

rd

series). Apahsia.

3.

Language and the brain. Jonathan R.Brennan. – Oxford, 2022– Oxford,

2022. – P.13.




References

Hickok G, Poeppel D. Dorsal and ventral streams: A framework for understanding aspects of the functional anatomy of language. Cognition. 2004; 92:67–99. [PubMed: 15037127];

Hickok G, Poeppel D. The dual stream model of speech and language proceesing. Handbook of Clinical Neurology. Vol.185 (3rd series). Apahsia.

Language and the brain. Jonathan R.Brennan. – Oxford, 2022– Oxford, 2022. – P.13.