2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
191
KOMPYUTER LINGVISTIKASIDA FONETIK TAHLIL JARAYONI
Sunаtov Jo‘rаbek Turg‘unbek o‘g‘li
Iqtisodiyot vа pedаgogikа universiteti,
“Kompyuter tizimlаri” kаfedrаsi o‘qituvchisi
Rustamov Ramziddin Toshpo‘latovich
SamDChTI Sharq tillar fakulteti “O‘zbek tili
va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi
Dustmurodova Mushtariy Rustam qizi
Iqtisodiyot vа pedаgogikа universiteti, Xorijiy
til va adabiyot (ingliz tili) yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11109079
Annotatsiya.
Ushbu maqolada kompyuter lingvistikasida amalga oshirilgan
tahlil jarayonlari haqida aytilgan. Unda kompyuter lingvistikasidagi so‘zlarning
fonetik tahlili yoritilgan. Ya’ni soʻzlarni fonetik, fonologik tahlil qilish va tahlil
qilishni qanday amalga oshirish haqida ma’lumot keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
kompyuter lingvistikasi, tahlil, lingvistik ta’minot, fonetika,
semantika, grammatika, so‘z, fonema, tovush, morfologiya, sintaktika.
Annotation:
This article deals with analysis processes in computational
linguistics. It covers the phonetic analysis of words in computer linguistics. That is,
information is given on phonetic and phonological analysis of words and how to do
it.
Keywords:
computer linguistics, analysis, linguistic support, phonetics,
semantics, grammar, word, phoneme, sound, morphology, syntax.
Hozirgi XXI asrda kompyuter texnologiyalari juda tez sur’atlarda rivojlanib
bormoqda. Bunga sabab ilm-fanning oshib borishi va kompyuterga bo‘lgan
talabning ortib borishidir. Kompyuter texnologiyalari rivojlangan bir vaqtda
Kompyuter lingvistikasi yo‘nalishi ham paydo bo’ldi. Kompyuter lingvistikasi bu
yangi yo‘nalish hisoblanadi. Kompyuter lingvistikasini har tomonlama
o‘rganilmoqda, uni tadqiq va tahlil etilmoqda.
Bugungi shiddatkor zamonda ham til o‘rganish zamon bilan hamnafas
bo’lishning muhim jihati sifatida e’tirof etilmoqda. Prezidentimizning 2012-yil 10-
dekabrdagi “Chet tillarni o‘qitishni takomillashtirishning chora-tadbirlari
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
192
to‘g‘risida”gi 2014-yil 6-fevraldagi “Yoshlarga doir davlat siyosati to‘g‘risida”gi
qarorlari mamlakatimizda chet tillarni o‘rganishning yangi davrini boshlab berdi.
O‘zbek tilidagi matnlarni kompyuterda qayta ishlashning (tahrirlashning)
samaradorligini yanada oshirish uchun quyidagi jarayonlarni amalga oshirish zarur:
-Matnlarni avtomatik (fonetik, semantik, grammatik) tahrir qilish;
-Internetda bajariladigan qidiruv tizimi orqali matnlarni saralashga yordam
berishi uchun ularni mavzular doirasida tasniflash, guruhlash;
-Matn ustida texnik ishlarni (orfografik, stilistik, grammatik) amalga oshirish;
-Tahrir qiluvchi dasturlarning lingvistik modullarini yaratish orqali ularning
algoritmini tuzish;
-Lingvistik modullar va tuzilgan algoritmlar lingvistik ta’minotining asosi
sifatida xizmat qilishiga erishish;
-Lingvistik ta’minot orqali o‘zbekcha matnlarni avtomatik tahrir qiluvchi
dasturni yaratish;
-Tahrirlovchi dasturni amaliyotda qo‘llash va qo‘llanish sohasini kengaytirish.
Bugungi kunda o‘zbek tilining fonologik tizimi va uning turli elementlarini,
xususan, tilning transkripsiya belgilarini kompyuterli modellashtirish masalasi
o‘zbek kompyuter lingvistikasining ilmiy tadqiqot doirasidagi eng markaziy
o‘rinlardan birini egallaydi. Tabiiy tilning transkripsiya belgilarini modellashtirish
ushbu tildagi so‘z, gap, nutq kabi turli lisoniy obyektlarning fonetik tahlilini
avtomatik tarzda amalga oshirishga imkon yaratadi. Masalan, dunyo miqyosida olib
borilgan tadqiqotlarga ko‘ra so‘zning fonetik tahlilini modellashtirishda quyidagi
qoidalarga amal qilinadi:
1.So‘zni yozish.
2.So‘zdagi harflar va tovushlar sonini aniqlash.
3. Allofonlarni aniqlash, fonemalarga tavsif berish va orfografik tasvirini
keltirish.
4.So‘zni bo‘g‘inlarga ajratish va bo‘g‘in turini aniqlash.
5.Urg‘uli bo‘g‘inni aniqlash.
6.So‘zning aksentual andozasini keltirish.
Misol tariqasida leksikamizga rus tilidan o‘zlashtirilgan “fonar” so‘zining
fonetik tahlilini keltiramiz.
1.So‘zning yozilishi:
фонарь.
2.So‘zdagi harflar va tovushlar soni: 6ta harf, 5ta tovush.
3.Fonemalarga tavsif berish va orfografik tasvirini keltirish:
ф
– [
ф
];
о
– [
а
];
н
– [
н
];
а
– [
а
];
рь
– [
р’
].
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
193
Bu so‘zda “o” xuddi “a” kabi talaffuz qilinadi, “ь” esa “р” tovushni yumshoq
talaffuz qilishga xizmat qiladi.
4.So‘zni bo‘g‘inlarga ajratish va bo‘g‘in turini aniqlash:
фо-нарь.
5.Urg‘uni aniqlash:
фо-нАрь.
6.So‘zning fonetik transkripsiyasi:
[фанáр’].
Tabiiy tilning transkripsion modelini yaratish orqali bu tilni mashinaviy
o‘qitishga oid multimedia kontentlarini, qolaversa, transkribatsiya dasturlarini
yaratish imkoniyati tug‘iladi. Shu nuqtayi nazardan, o‘zbek fonetikasi elementlarini
kompyuterli modellashtirish uchun eng avvalo bizga bu tildagi tovushlarning
transkripsion modellarini yaratishga ehtiyoj seziladi.
Tafakkurning reprezentatsiyasi til hisoblanadi. Ong amalda til formasida
mavjud. Til bilan tafakkur murakkab, qarama-qarshiliklarga boy bo‘lgan dialektik
birlikni tashkil etadi. Til fonetika, grammatika qonunlari asosida tashkil topgan
material hodisa bo‘lsa, tafakkur obyektiv borliqning inson miyasida aks etishining
oliy formasi sifatida ideal hodisadir. Til qonunlari bilan tafakkur qonunlarining
tuzilishi va rivojlanishi bir xil emas [Azamat Rahimov, 2011:160].
Avtomatik lug‘at — mashinaning maxsus formatida saqlanuvchi, matnga
kompyuter yordamida ishlov beruvchi lug‘at hisoblanadi. Hozirgi kunda mukammal
avtomatik lug‘at ingliz tilining izohli lug’ati va Ojegovaning lug‘ati hisoblanadi.
Aniq lingvistik ma’lumotlarni lug‘atlardan olish mumkin. Mukammal ishlangan
lug‘atlarda fonetik, morfologik, sintaktik, semantik va hokazo ma’lumotlar aks etib,
til sathlarining barchasini o‘zida mujassamlashtiradi.
O‘zbek tili materiallari bo‘yicha kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqot olib
borgan olimlar sifatida H.Arziqulov, S.Rizayev, S.Muhamedov, A.Po‘latov,
S.Muhamedova, N.Jo‘rayevalarni ko‘rsatish mumkin. Olimlar asosan statistik tahlil,
algoritmlash, o‘zbek tilining aksiomatik nazariyasi, fe’llarning kompyuter analizi va
sintezi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha izlanishlarni amalga oshirganlar. O‘zbek
tilshunosligidagi kompyuter lingvistikasining boshqa yo‘nalishlari esa o‘z
tadqiqotchilarini kutmoqda. Shunga ko‘ra bugungi kunda o‘zbek tilshunosligining
kompyuter bilan bog‘liq holda hal etilishi lozim bo‘lgan quyidagi vazifalarni
ta’kidlab ko‘rsatish mumkin:
1.O‘zbek tilining kompyuter uslubini yaratish.
2.Axborot matnlaridagi qoliplilik, qisqalik standartlarini ishlab chiqish.
3.Kompyuter izohli va tarjima lug‘atlarini yaratish.
4.O‘zbek tili va adabiyoti darsliklarining elektron versiyalarini ishlab chiqish.
5.Kompyuterda inglizcha-o‘zbekcha tarjima dasturlarini ishlab chiqish.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
194
6.Kompyuterdagi matnlarni avtomatik tahrirlash dasturlarini yaratish.
7.O‘zbek tili grammatikasining kompyuter modelini yaratish.
8.“Inglizcha-o‘zbekcha tarjimon” kompyuter dasturini ishlab chiqish.
9.O‘zbek tilidagi matnlarni tahrirlash dasturlarini yaratish.
10.O‘zbek tilidagi “Windows” operatsion tizimini yaratish.
11.Inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha kompyuter lug‘atlarini ishlab
chiqish.
Kompyuter lingvistikasida so‘zlarni fonetik tahlil qilish, ularni fonetik,
fonologik tomonlama o‘rganish juda muhim. Buning natijasida so‘zlarni, ovozlarni
kompyuter qanday tanib olishi va tushunishi o‘rganiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Saodat Muhamedova “Kompyuter lingvistikasi” o’quv qo’llanma, Toshkent
– 2007-yil. – B. 54
2. Azamat Rahimov “Kompyuter lingvistikasi asoslari”. “Akademnashr”
nashriyoti, 2011-yil. – B. 160
3. Po‘latov A.K., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi o’quv qo’llanma –
Toshkent – 2007-yil – B. 52
4. Norov A.M., Murodov Sh.A. “O’zbek fonetikasini kompyuterli
modellashtirish tamoyillari” maqola.
5. Raxmonov, X., & Sunatov, J. R. (2022). O ‘ZBEK TILI KOMPYUTER
LINGVISTIKASI
YO‘NALISHIDA
OLIB
BORILGAN
ILMIY
TADQIQOTLAR. COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS,
PROSPECTS, 1(1).
6.
Sunаtov,
J.
R.
(2023,
December).
TА’LIMDА
RАQАMLI
TEXNOLOGIYАLАRNING O‘RNI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND
PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the
continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01).
7.
Abjalova M.A. Tahrir va tahlil dasturlarining lingvistik modullari. [Matn] :
monografiya / M.A. Abjalova. – Toshkent: Nodirabegim, 2020. – 176 b. ISBN 978-
9943-6939-0-6
8. Abjalova M. Matnni grafematik tahrirlash modulining lingvistik normalari//
Ilm sarchashmalari. – Urganch, 2018. – №3. – B. 151-156. ISSN 2010-6246.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
195
9. Abjalova M. The linguistic norms of the grapheme editing module
//International Journal of Science and Research (IJSR), India. ISSN: 2319-7064.
Volume 8 Issue 2, 2019. – P. 1005-1007. (№ 40; Research Gate: 0.28)
