Authors

  • Baxtiyor Abdushukurov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31688

Keywords:

turkiy tillar run bitiklari leksik qatlam Kul tigin arxaik unsurlar yozma manbalar ichki omil ekstralingvistik omil eski turkiy til eski o‘zbek adabiy tili.

Abstract

Ushbu maqolada Kul tigin bitigtoshida qo‘llangan ayrim leksik birliklar semantikasiga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, yodnomada ifodalangan so‘zlar qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o‘zbek adabiy tili manbalari hamda hozirgi o‘zbek adabiy tili bilan qiyosiy o‘rganilgan. Natijada bu atamalarning davrlar o‘tishi bilan rivojlanishi, o‘zgarishi va zamonaviy adabiy tilga ko‘chishi, faol qo‘llangan leksema turli omillar bois arxaiklashib qolishi, u o‘rnini boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarga bo‘shatib berishi singari masalalarga oydinlik kiritilgan.

background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

295

KUL TIGIN BITIGTIGIDA QO‘LLANGAN BA’ZI SO‘ZLARNING

MA’NO KO‘LAMI

Baxtiyor Abdushukurov

,

filologiya fanlari doktori, professor

https://doi.org/10.5281/zenodo.11110561

Аннотация.

Ushbu maqolada Kul tigin bitigtoshida qo‘llangan ayrim leksik

birliklar semantikasiga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, yodnomada ifodalangan
so‘zlar qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o‘zbek adabiy tili manbalari hamda
hozirgi o‘zbek adabiy tili bilan qiyosiy o‘rganilgan. Natijada bu atamalarning
davrlar o‘tishi bilan rivojlanishi, o‘zgarishi va zamonaviy adabiy tilga ko‘chishi, faol
qo‘llangan leksema turli omillar bois arxaiklashib qolishi, u o‘rnini boshqa tillardan
o‘zlashgan so‘zlarga bo‘shatib berishi singari masalalarga oydinlik kiritilgan.

Kalit soʻzlar:

turkiy tillar, run bitiklari, leksik qatlam, Kul tigin, arxaik

unsurlar, yozma manbalar, ichki omil, ekstralingvistik omil, eski turkiy til, eski
o‘zbek adabiy tili

.

Turkiy tillar leksik qatlamini tadqiq etishda run bitiklari eng qadimiy

obidalardan hisoblanadi. Ammo ayrim turkologlar bu yodgorliklarning turkiy tillar
uchun “bobo til” sifatida qaralishini ma’qullamaydilar va hozirgi turkiy tillardagi
arxaik elementlarning bitiktoshlarda uchramasligini asos sifatida keltiradilar. Bu
yodnomalar tilining umumturkiy til emas, balki shu tilning kichik bo‘lagi ekanligini
o‘rinli ta’kidlaydilar. Darhaqiqat, yozma manbalar davr tili xususiyatlarini imkon
qadar to‘liq aks ettiradi, ammo yodgorliklar tili davr tilining ayni o‘zi emas. Bunda
muallifning so‘z qo‘llash mahorati, fikrini to‘liq aks ettira olish qobiliyati, nutqiy
imkoniyati ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. O‘rxun-Yenasoy yozma yodgorliklari turkiy
tillarning qadimiy xususiyatlarini mukammal aks ettira olmasa-da, turkiy tillarning
tarixiy taraqqiyot bosqichiga oid muhim manba sifatida ahamiyatlidir.

Qadimgi turkiy tilning run yozuvida bitilgan namunalaridan biri

Kul tigin

bitigidir.

Bu bitiktosh ikkinchi turk xoqonligi asoschisi Eltarish xoqonning kichik

o‘g‘li Kul tigin sharafiga qo‘yilgan. U 731-yilda 47 yoshida vafot etgan. Yodgorlik
uning akasi Bilga xoqon tomonidan 732-yilda o‘rnatilgan. Matn muallifi esa Bilga
xoqonning o‘g‘li Yo‘llug‘ tegin. Bitiktosh Mo‘g‘ulistonning Kosho-Saydam
vodiysida Oʻrxun daryosining qirg‘og‘ida topilgan. Hozir ham o‘rnatilgan joyida
turibdi. Yodgorlikdagi asosiy matn turkiy tilda. Ters yuzida xitoycha matn ham bor.
Turkiysi o‘rxun-yenisey xatida yozilgan.


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

296

Yozma manbalar tilini o‘rganish leksikologiyaning nazariy qoidalarini

asoslashga yordam beradi, mazkur tilda so‘zlashuvchi xalqning boshqa xalqlar bilan
o‘zaro aloqa, munosabatlarini belgilash va baholashda muhim vositalardan biri
sanaladi. Leksika tilning boshqa sohalariga nisbatan turli ichki va tashqi ta’sirlarni
o‘zida mujassam etgani bois, xalqning madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
hayotidagi o‘zgarish va o‘sishni aniqlashga ko‘maklashadi. [Бафоев Б., 1983]

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonida “xudo, tangri”ni bildirib

kelgan

idi

(

quluŋ men idim sen

; DTS,203) so‘zi ilk bor Kul tigin yodgorligida

“sohib, ega”, “hokim” ma’nolarida voqelangan: …

yär sub idisiz bolmazun täyin

yer-suv egasiz bo‘lmasun deb (KTb,19);

Ötükän yïšda yeg idi yoq ermiš

– O‘tikan

vodiysida yaxshi xo‘jayin yo‘q ekan (KTb,4). Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu
lug‘otit turk” asarida

teonimning

izi

varianti

“tangri” ma’nosida ishlatilgan

(DTS,203). Nosiruddin Rabg‘uziy mazkur fonetik shaklni «ega», «xudo»
semalarida qayd etgan: Q

amuğ uqalā iδiläri allïnda muqarrar va ma’lum turur…

(QR,218r15);

Jabrāul iδi yarlïğï birlä yelgä erklik bolğan farištagä aydï…

(QR,30v4).

Bugungi kunda

idi→izi→ezi→egä

shaklida “sohib” ma’nosida qo‘llanib

kelmoqda. “Tangri” ma’nosi esa

Idiyev, Idimechev

singari ruscha familiyalar,

Idiqul

,

Ezidyor, Eziddin

,

Egam, Egamoy, Egamqul, Egamberdi, Egamnazar, Egamshukur

(O‘I,161,508,509),

yaratgan egam, qodir egam, parvardigor egam, yolg‘iz egam

kabi antroponim va birikmalar tarkibida uchraydi. So‘zning dastlabki I

di

shakli

Bilga hoqon bitigtoshida

ïduqut

(BXb,25)

qo‘shma so‘zi tarkibida unvonga

nisbatan qo‘llanib, XII-XIV asrlarga mansub uyg‘ur yuridik hujjatlarida I

di

qurt

(DTS,203) tarzida kishi ismini ifodalagan bo‘lsa-da, eski o‘zbek tilida istifoda
etilmaydi.

Qadimgi turkiy tilda, xususan, Kul tigin bitigtoshida

täŋri

so‘zi ikki ma’noda

ishlatilgan: “ulug‘ tangri, xudo”; “falak, osmon”:

Täŋri-täg täŋridä bolmïš türük

bilgä qaǧan

– Tangri(osmon)day, tangridan bo‘lmish turk bilga (dono) xoqon

(KTb,1). Bu so‘zning “xudo, iloh” ma’nosi turli dinlarda turlicha tushunilgan. Ko‘k
tangri diniy tushunchasidagi Kök täŋri “ko‘kdagi tangri”ni bildirgan. Moniylik
dinida esa quyidagi tasavvurlar amal qilgan:

Kün Täŋri – Quyosh tangri, Ay Täŋri–

Oy tangri, Yašïn Täŋri - Yashin tangri, Yel Täŋri – Yel tangri. Turk buddistlar
tushunchasida Täŋri täŋrisi – Oliy tangri Buddadir. Musulmon turklarda Täŋri –
Haq taolo(Alloh)dir

. [Содиқов Қ.,2006] Bundan tashqari, “Oltun (tusli) yorug‘”

yodgorligi va Yenisey bitigtoshlarida leksemaning “hukmdor, janob”, “diniy”
semalari kuzatiladi:

Bu sabïğ ešitip, men ötrü olarqa inča tep tedim aya edgülärim


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

297

täŋrilärim

– bu so‘zni eshitib, ularga shunday dedim: “Ey mening yaxshilarim,

hukmdorlarim!;”

Täŋri elikkä elčisi ertim –

men diniy qabilalar uyushmasining

elchisi erdim (DTS,544). “Devon” da quyidagi qaydlarni o‘qiymiz:

Tün kün tapun täŋrigä boynamağïl
Qorqup aŋar eymänü oynamağïl.

Kecha-kunduz ulug‘ tangriga ibodat qil, yo‘ldan ozib adashma. Xudodan

qo‘rq, undan uyal, undan qo‘rqib, o‘ynashdan saqlan. Xudo halok qilg‘ur kofirlar
osmonni

täŋri

deydilar, shuningdek, ular ko‘zlariga katta ko‘ringan har narsani,

chunonchi, katta tog‘, haybatli yog‘ochni ham

täŋri

deb ataydilar. Shuning uchun

ham ular shunga o‘xshash narsalarga sajda qiladilar. Ular

bilag‘on odamni

täŋrigän

deb atashlari ham shundandir

.

Demak, Mahmud Koshg‘ariy qayd etilgan leksemaga

“xudo”, “osmon”, “katta va haybatli narsa” ma’nolarini yuklagan.

S.Mutallibovning yozishicha,

Mahmud Koshg‘ariyning

täŋri

haqidagi

izohini ikki xil tushunish mumkin:

Birinchidan, bu izoh XI asrda yashagan xalqlar tiliga emas, balki ancha

qadimiy, ya’ni yer, ko‘k, quyosh, o‘tlarga topinuvchi shomonlik davridagi xalqlar
e’tiqodiga doir ma’lumot hisoblanadi. Chunki Koshg‘ariy ko‘k so‘zi “osmon”
ma’nosini ifodalashini ta’kidlagan, biroq uni tangri sifatida e’tiqod qiladilar deb
uqtirmagan.

Ikkinchidan, uni XI asrda islomni qabul qilmaganlar shunday e’tiqod qilar

edilar degan mazmunda tushunish mumkin. Bu variant yana ham yaqinroqdir,
chunki Urxun yodgorliklarida ham shu tariqa e’tiqodni ko‘ramiz. Ularda olamning
yaratilishi, diniy e’tiqodlarga oid ma’lumotlar kam bo‘lib, tangriga qulluq qilish,
o‘lim, ta’ziyalar haqida so‘z boradi. Lekin unda yer, ko‘k, tangri deb izohlangan.
Mahmud Koshg‘ariyning

bu xil izohlari, bir tomondan, diniy e’tiqod tarixi haqida

tadqiqot olib boruvchilar uchun muhim hujjat bo‘lsa, ikkinchidan, alloma o‘z asarida
uzoq tarixiy voqealarni ham hisobga olganini ko‘rsatuvchi dalildir (MK,III,387-
388).

Tengri

“Boburnoma”da “Alloh” so‘zining sinonimi sifatida shaxsning

sidqidildan e’tirofi berilgan o‘rinlarda qo‘llangan:

Tengri menga boshdin jon berdi

.

[Холманова З., 2021]

Manbalarda bu so‘zning kelib chiqishi xususida turlicha

qarashlar mavjud: 1) täŋiz “dengiz” ; 2) taŋ - “tong” va misr tilidagi ra –“quyosh”,
ya’ni “tongdagi quyosh”; 3) teŋ - “teng”, ya’ni “barchaga teng qarovchi”.

Qağan

so‘zi

Kul tigin bitigtoshida

“hukmdor, davlat boshlig‘i” ma’nosida,

shuningdek, kishi ismlari tarkibida qayd etilgan:

Täŋri yarlïqaduqïn üčün özüm

qutïm bar üčün qaǧan olurtum

– Tangri yorlaqagani uchun, baxtim borligi uchun


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

298

xoqon bo‘ldim (KTb,9);

Bilgä qaǧan, Baz qaǧan, Bumïn qaǧan

. Ayni paytda,

yodnomada kalima

qaǧanlïǧ

(xoqonli),

qaǧansïra

(hukmdorini yo‘qotmoq) kabi

leksemalarning yasalishida o‘zak sifatida ishtirok etgan. Atama Turfon matnlarida

qaǧan qan

(oliy hukmdor) juft so‘zining yuzaga kelishiga asos vazifasini o‘tagan

bo‘lsa, “O‘g‘uznoma” dostonida o‘zining dastlabki shakli va ma’nosida kelgan
(DTS,405). Eski turkiy tilning dastlabki manbalarida

xaǧan

(MK,III,172),

xan

(DTS,636) fonetik variantlari uchraydi:

xan süsin qurdï

– shoh askarini to‘pladi,

tartibga soldi (MK,II,14). Demak, ma’lum bo‘ladiki,

q

undoshining

x

tovushiga

o‘tishi hodisasi XI asrda yuz bergan.

Xan

istilohi To‘nyuquq bitigtoshida

qan

shaklida «hukmdor», “Oltun yoruq”

asarida «yo‘lboshchi, boshliq» ma’nolarini anglatgan:

Täŋri anča temiš erinč, qan

bertim, qannïŋ qodup ičikdiŋä

– Tangri shunday dedi: men senga xon berdim, sen

esa o‘z xoningni tashlab, o‘zgaga bo‘ysunding;

Ötrü täŋri qanï Xormuzta täŋri

täŋrisi Burxanqa ïnča tep ötüg ötünti

– Shundan keyin ma’budalar yo‘lboshchisi

tangri Xurmuzta tangrilar tangrisi Burxandan iltimos qildi (DTS,417).
O‘rganilayotgan atama «Qutadg‘u bilig» hamda «Devon»da o‘zining asl ma’nosida
ishlatilgan:

Bu Tawğač Qara Buğra xanlar xanï

(DTS,636);

Xandan basut

(yordam)

tilärlär

(MK,I,427). Bu so‘z Alisher Navoiy asarlarida ham ayni semada

qo‘llangan:

Māil qïldï burun Xitā xanï bay’ qïlmaq berib bahā anï

(III,412).

Mahmud Koshg‘ariy

xan

so‘zini quyidagicha izohlaydi

: Afrosiyobning bolalari

ham xon deb yuritiladi. Afrosiyob xoqondir. Bu nom bilan atalish voqeasi haqida
uzun hikoya bor

(MK,III,172). L.Budagov lug‘atida

qan

mo‘g‘ulcha

qaan

so‘zining

qisqargan shakli sifatida qayd etiladi (SSTTN,I,527). Ayrim turkologlar atama

qağan

leksemasining qisqarishi natijasida yuzaga kelgan

degan fikrni ilgari suradi.

[Бартольд В.В., 1963] Shuningdek, mazkur leksema xitoy tilidagi ke «buyuk,
ulug‘» +kuan «hukmdor» terminidan olinganligi haqida ham ko‘z qarash mavjud. [

Дадабоев Ҳ., 2007]

Kul tiginda

bodun

termini ham “oddiy xalq”, “etnik jihatdan tarixiy birlik,

muayyan xalq” ma’nolarini bergan: Türük bäklär bodun bunï äsidiŋ – turk beklari,
xalqi, buni eshiting (KTb,10);

Toqquz oǧuz bodun käntü bodunïm ärti

- To‘qqiz

o‘g‘uz xalqi o‘z xalqim edi (KTb,44). Turfon matnlarida “aholi”, “odamlar”
semalarida aks etgan. Ushbu atama “Oltun yoruq” yodgorligida

bodun buqun,

bodun qara

juft so‘zlari tarkibida kelib “aholi”, “el, xalq” ma’nolarini ifodalagan

(DTS,108). “Devonu lug‘otit turk” asarida

bodun

etnonimi “xalq” ma’nosida

ishlatilgan (MK,I,170). Uning

bozun

varianti “el-yurt, olam”, “jamoa” (MK,III,88),


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

299

chigillar tilida “xalq, omma” (MK,I,379; 433) ma’nolarini,

z

harfini

y

undoshiga

almashtiradiganlar tilida

boyun

fonetik shakli “jamoa” semasini bildirgan:

Körklüg tonuǧ özüŋä,
Tatlïǧ ašïǧ azïnqa.
Tutǧïl qonuq aǧïrlïǧ,
Yazsun yavïŋ bozunqa

– Chiroyli to‘ningni o‘zing kiy, shirin taomlaringni

boshqalarga tut, mehmondo‘st bo‘l, toki shuhrating olam (el-yurt)ga (MK,I,80). XIII
asr oxiri – XIV asr birinchi yarmida yashagan Nosiruddin Rabg‘uziy

bozun

so‘zidan

“qavm” (QR,58v21), “xalq” (QR,32r17), “odamlar” (QR,58r19) kabi ma’nolarni
ochib berishda foydalangan. Mazkur atama keyingi davr manbalarida qayd etilmasa-
da,

bodun

bugungi kunda

Budunov, Budunova, Bodunov, Bodunova

singari

ruscha familiyalar asosida saqlanib qolgan.

Bodun-bozun-boyun

ning

kelib chiqishi

xususida shuni aytish mumkinki, etnonim To‘nyuquq va Mo‘yun chur
yodnomalarida “qabila, urug‘” ma’nosini anglatgan

bod

so‘zidan yasalgan

(DTS,107).

Kul tigin yodnomasida shahar

balïq

deb yuritilgan:

kü äsidip

balïqdaqï

taǧmïqmïs taǧdaqï inmis –

ovozani eshitib, shahardagi toqqa chiqibdi, tog‘dagi

pastga tushibdi (KTb,12). Shuningdek, kalima bitigtoshda joy nomi tarkibida ham
kelgan:

Äŋ ilik Toǧu balïqda süŋüšdimiz

eng avval To‘g‘u baliqda jang qildik

(KTb,44). Termin Eltarish xoqonning maslahatchisi, sarkarda To‘nyuquq nomiga
qo‘yilgan bitigtoshda, Moniy manbalari, Turfon matnlari hamda X asrga oid “Oltun
yoruq” (DTS,80) asarida ayni shakl va mazmunda aks etgan:

üč ottuz balïq sïdï

yigirma uch shahar mag‘lub bo‘ldi (KTb,19). Mahmud Koshg‘ariy ushbu so‘zning
izohi borasida shunday yozadi:

balïq – johiliya davridagi turklar va uyg‘urlar tilida

shahar. Uyg‘urlarning eng katta shaharlariga

Beš balïq

deyilishi shundandir. Beš

balïq- besh shahar demakdir. Uyg‘urlar boshqa bir shaharlariga

Yaŋï balïq

–yangi

shahar deydilar

(MK,I,360). “O‘g‘uznoma” dostonida

baluq

fonetik varianti

qo‘llangan (DTS,81). Turfonda topilgan obidalarda bu so‘zning

känd

(DTS,290)

sinonimi kuzatiladi. Shu ma’noda aytish mumkinki, qadimgi turkiy tilda

känd

leksemasi

balïq

kalimasi bilan

oldiniga ma’nodosh sifatida qo‘llangan bo‘lsa,

keyinchalik, to‘g‘rirog‘i, XII-XIII asrlarga kelib uning o‘rnini butunlay egallagan.

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonida “xon qarorgohi, saroy”

(DTS,370) ma’nosidagi

ordu

atamasi birichi bor Kul tigin bitig- toshida qayd

etilgan:

oǧuz yaǧï orduǧ basdï

– o‘g‘uz dushman o‘rdani bosdi. Ko‘k turk xatida

yaxlit kitob holida saqlangan “Irq bitig”ida ham zikr etilgan ma’no istifoda qilingan
(DTS,370). Mahmud Koshg‘ariy lug‘atida bu so‘zning “xon qarorgohi, saroy”


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

300

(MK,I,145), “shahar” semalari borligi ko‘rsatib o‘tilgan:

beg bir erig ordulandï

bek bir yerni o‘ziga shahar (MK,I,291). Shu bilan birga, “Devon”da uning toponim
va antroponim sifatida qo‘llanishi ham tilga olingan. Ya’ni:

ordu

- Balasog‘un

yaqinidagi bir shahar;

ordu

bašï

- shohlar xizmatidagilarning ismi (MK,I,145). Eski

o‘zbek tilida mazkur kalima qarorgoh, qo‘shin, askar turadigan lagerga nisbatan
qo‘llangan (ANATIL,III,611). “Boburnoma” asarida “xon qarorgohi, saroy”,
“qo‘shin tushgan joy, lager”, “shahar”, “joy nomi”, “kishi ismi” kabi semalarda
kelgan (BN,73,79,98,106,335). Professor Qosimjon Sodiqovning e’tiroficha,

ordu

so‘zi bugun kunda ayrim otlarda uchrab turadi. Jumladan, hozirda Pokistonning
davlat tili bo‘lgan

urdu tili

eski o‘zbek tilidagi

ordu

kalimasidandir. Bu atama

boburiylar zamonida “o‘rda tili, saroy tili” degan ma’noni anglatib, keyinchalik
butun bir xalqning yozma adabiy tiliga aylangan. Mirzo G‘olib ana shu tilda ijod
qilgan. Yoki Toshkent shahrining qoq o‘rtasida

O‘rda

degan joy bor. Qachonlardir

bu yerda xon o‘rdasi joylashgan edi,

O‘rda

oti o‘shandan qolgan.

“Azob chekmoq, qiynalmoq” ma’nosidagi

ämgä-

fe’lidan yasalgan

ämgäk

so‘zi

Kul tigin bitigida mehnat, qiyinchilikka nisbatan ishlatil- gan:

On oq bodun

ämgäk körti

– O‘n o‘q xalqi qiyinchilik ko‘rdi (KTb,19). Turfon vodiysida topilgan

manbalar matni, X asr yodgorligi sanalgan “Oltun yoruq”da ayni shakl va ma’noda
ko‘zga tashlanadi (DTS,172). Mahmud Koshg‘ariy lug‘atida bu atama

emgäk

fonetik shaklida berilgan:

emgäk ekindä qalmas

-

mehnat bo‘sh ketmaydi

(MK,I,134). Shu bilan birga, bu kalima “Devon”da “yurak burug‘i, ich ketish”
ma’nosidagi

emgäk tolǧaǧ

(MK,II,333) juft so‘zining shakllanishiga asos

bo‘lgan. “Qisasi Rabg‘uziy” va

“Mahbub- ul-qulub” asarlarida ham ayni semada

uchraydi:

Emgӓkdin alarǧa ārām yoq

(ANATIL,III,563). Atama keyingi davr

manbalarida qayd etilmasa-da, hozirda Janubiy Xorazm, Qipchoq, Xonqa, Mang‘it
shevalarida

ǝmgǝk/emgǝk (

mehnat, qiyinchilik) tarzida uchraydi:

ǝmgǝk chǝkmǝk

(O‘XSHL,29). Kul tigin bitigida tahlilga tortilgan so‘zning

is

sinonimi ham istifoda

etilgan:

Bunča isig küčüg bärtükgärü

saqïnmatï –

shuncha mehnatini, kuchini sarf

etganini andisha qilmay (KTb,10).

Turfon matnlarida “yo‘qsil, bechora odam” (DTS,147) ma’nosida ishlatilgan

čïğay

Kul tigin bitigtoshida

čïğany

shaklida ikki semani ifodalash uchun xizmat

qilgan: “kambag‘al, qashshoq”:

yoq čïğany bodunuǧ qop qoburtdïm

yo‘q,

qashshoq xalqni yaxshilab oyoqqa turg‘azdim

(KTb,10);

čïğanyïǧ bay qïltï –

kambag‘alni boy qildi (KTb,16). Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida

čïğay

“yo‘qsil, bechora odam”, “kambag‘allik” ma’nolarida kelgan:

Qamuğ ezgü

esiz čïğay baylïqïm bayatdïn körür men

- ko‘rgan hamma yaxshilik va


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

301

yomonliklarimni, faqirlik va boyligimni tangridan deb bilaman (DTS,147).

“Devonu

lug‘otit turk”da

čïğan

va

čïğay

fonetik shakllari istifoda etilgan: turklar kambag‘alni

čïğay

desalar, arg‘ular

čïğan

deydilar (MK,I,67);

Köŋül kimiŋ bolsa qalï

,

Qïlsa

küčün bolmas anï toq bay

– ko‘ngli och, yo‘qsul bo‘lgan kishini kuch bilan to‘q,

boy qilish mumkin emas (MK,III,257).

Čïğay

ning XIV asr va eski o‘zbek tilida

iste’molda bo‘lganini Rabg‘uziy (QR,128v21) va Alisher Navoiy asarlaridan bilib
olish mumkin:

Tindurur bayu

čïğaynnï hākimi ravšan zamir,

Yarutur ābād ilä vayrānanï mehri munir

(ANATIL,III,472).

Törü

leksemasi Kul tigin yodnomasida “rasm-rusum”, “tartib-qoida”,

“hokimiyat” semalarini ifodalagan: …

türük bodunïn älin törüsin tuta bärmis

- turk

xalqining davlatini, rasm-rusumini tutib turgan [lar] (KTb,1); ...

ačum apam

törüsinčä yaratmïs

– ota-bobolarim qonun-qoidalari bo‘yicha tashkil qilibdi

(KTb,13); ...

qaǧan älin törüsin anča qazǧantï

- xoqon davlatini, hokimiyatini shu

xilda qozondi (KTb,31). Bilga hoqon bitigtoshi, Turfon matnlari va «Oltun yoruq»
yodgorligida “urf-odat”, “tartib-qoida”, “to‘y bazmi” ma’nolarida kelgan:

Türgäs

qağanïŋ qïzïn ärtäŋü uluğ törün oğlïma alïp bärtim

– Turgash xoqonning qizini katta

toʻy qilib ogʻlima olib berdim (DTS,581). Yusuf Xos Hojib “qonun-qoida”
ma’nosini atamaning

törä

varianti hamda

törä

toqa

,

törü

toqa

so‘zlariga yuklagan

(DTS,580). “Devonu lug‘otit turk”da

törü

“rasm, odat”, “insof, adolat” semalarini

anglatgan:

äl qalïp

törü qalmas –

mamlakat tashlanadi-yu, odat tashlanmaydi

(MK,III,240);

Küč aldïn kirsä,

törü tüŋlüktän čïqar –

zulm eshikdan kirsa, insof,

adolat tuynukdan chiqadi (MK,II, 25). Rabg‘uziy qissasi tilida esa

törä

fonetik

shakli «urf-odat», «qonun-qoida» semalarini bildirgan:

Bu qonuq tutmaq töräsini

xalqqa qoδğan İbrāhim

(QR,37v14

); Aydi: elčini öldürmäk pādšāhlar töräsi ermäs

(QR,230r20). Bu leksemaning “Xazoyinul - maoniy” devonida kuzatilishi uning eski
o‘zbek tilida ham istifoda etilganini ko‘rsatadi:

Törä birlä baš urub tut xanǧa,
Sarqutïn ber meni besāmānǧa

(ANATIL,III,270). Hozirda mazkur so‘z

ko‘chma ma’noda

to‘ra

(ras

miyatchi),

to‘ralarcha

(rasmiyatparastlarga xos ravish-

da),

to‘rachilik

(ishga rasmiyatchilik bilan qarash) kabi atamalar tarkibida saqlanib

qolgan (O‘TIL,IV,258).

Kul tigin bitigtoshida o‘zak, tomir, asl

kök

deb yuritilgan:

Idi oqsïz kök türük

anča olurur ärmis

– xo‘jayinsiz (hech kimga tobe bo‘lmay), tonobsiz (cheklan-

magan yerga ega bo‘lib), asl turk shu tarzda yashar ekan (KTb,3). Yusuf Xos
Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida kalimaning “o‘zak, ildiz”, “asos” semalari


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

302

mavjudligini ko‘ramiz:

bular erdi din ham šariʼat köki

(DTS,312). Kezi kelganda

aytish kerakki, mazkur dostonda

kök yïldïz

juft so‘zi “o‘zak, ildiz” ma’nosida.

[Рустамий А., 2022]

qo‘llangan o‘rinlar ham ko‘zga tashlanadi. Mahmud

Koshg‘ariyning yozishicha,

kök

o‘g‘uz va qipchoqlar tilida ko‘chma ma’noda kelib

chiqish, nasl nasabni ifodalagan:

köküŋ kim

– asling kim, qaysi qabiladansan,

demakdir (MK, II,328). Akademik Alibek Rustamov to‘g‘ri uqtirib o‘tganidek,

kök

türük

birikmasidagi

kök

ni “havo rang” deb tushunish keng tarqalgan, lekin “erkin”

deb tushunish ham bor. Haqiqatda esa bu yerdagi

kök

“o‘zak, tomir” ma’nosidagi

so‘z bo‘lib,

kök türük

dan murod turkiy xalqlarning o‘zagini tashkil qiluvchi

o‘zgarmagan turklardirBugungi kunda

o‘rganilayotgan so‘z

Ko‘kan, Ko‘kanoy,

Ko‘ki

singari kishi ismlarining asos qismini tashkil etadi (O‘I,192).

Darhaqiqat, run yozuv yodgorliklarida qo‘llangan leksik birliklarni tahlil qilish

ko‘hna so‘zlarning qo‘llanish doirasi, ma’no qo‘lamini aniqlash, qadimiy atamalarni
tiklash barobarida bugungi globallashuv davrida chetdan kirib kelayotgan
o‘zlashmalarning o‘zbekcha muqobillarini topishda katta o‘rin tutadi. Qolaversa,
ko‘k turk yozuvi obidalari turkiy tillar tarixiy leksikologiyasini yaratishda, bu tillar
uchun qadimda mushtarak bo‘lgan xususiyatlarni belgilashda, ularning keyingi
taraqqiyot bosqichlarini yoritishda, uni chuqur ilmiy tahlil qilishda qimmatli
manbadir.

Shartli qisqartmalar

DTS

– Древнетюркский словарь. –Л.: Наука, 1969.

ANATIL

– Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Т. I-IV.

Э.Фозилов таҳрири остида. -Т.: Фан, 1983-85.

G

– Сайфи Сарайи. Гулистан бит –турки // Фазылов Э. Староузбекский язык.

Хорезмийские памятники ХIVвека. I-II. –Т.: Фан, 1966-1971.

KTb

– Алийбег Рустамий. Сайланма/2-жилд/Туркий тил махзани/ - Тошкент: Zilol

buloq, 2022.

MK

– Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк / Таржимон ва нашрга тайёрловчи

С.М. Муталлибов. I-III. –Т.: Фан, 1960-1963.

O‘I

– Бегматов Э. Ўзбек исмлари. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси,

2007.

O‘TIL

– Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I-V. -Т.: Ўзбекистон миллий

энциклопедияси, 2006-2008.

O‘XSHL

– Ўзбек халқ шевалари луғати. – Тошкент: ФАН, 1971.

QR

– Nasirud-din bin burhayud-din din Rabquz. Kisasul-Enbiya. II. Dizin.

Aysu Ata. – Ankara, 1997.

SSTTN

– Будагов Л. З. Сравнителный словар туреско-татарских наречий. Т. И-ИИ.

–Санкпетербург, 1869-1872.


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

303

Tafsir

– Бороков А.К. Лексика среднеазиатского тефсира ХII-ХIII ВВ.-

М.: Изд-во восточной лит-ры, 1963.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Бафоев Б. Навоий асарлари лексикаси. –Т.: ФАН, 1983. –Б. 3.

2.

Бартольд В.В. Сочинения. Т.II. Ч. I. –М., 1963. –С. 604; Баскаков А.Н.

Тюркимы-социальная терминология в «Слове о полку Игореве». Тurkologica.
К 70 летию акад. А.Н. Кононова. –М., 1976. –С. 226.

3.

Дадабоев Ҳ., Ҳамидов З., Холманова З. Ўзбек адабий тили лексикаси

тарихи. –Т.: Фан, 2007. –Б. 34. Қаранг: Менгес К. Восточные элементы в
«Слове о полку Игореве». –Л., 1979. –С. 110-111; Баскаков А.Н. Тюркизмы-
социальная терминология в «Слове о полку Игореве». Тurkologica. К 70 летию
акад. А.Н. Кононова. –М., 1976. –С. 225; Немет Ю. К вопросу об аварах. –В кн.
«Turcologica». –Л., 1976. –С. 299.

4.

Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага

келиши ва тикланиши. –Т.: Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2006. –
Б. 181. Қаранг: Ахатова М. Ўзбек тили тасаввуфий лексикасининг систем
тадқиқи. филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)... дисс. автореф.
–Toшкент, 2021; Юсупова Ш. Диний матнларнинг лингвопрагматик тадқиқи.
филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)...дисс. –Фарғона, 2021.

5.

Рустамий А. Сайланма/2-жилд/ Туркий тил махзани/ - Тошкент:Zilol

buloq, 2022. –Б.144.

6.

Холманова З. “Бобурнома” – тил қомуси. –Тошкент: Akademnashr,

2021. – Б. 178.


References

Бафоев Б. Навоий асарлари лексикаси. –Т.: ФАН, 1983. –Б. 3.

Бартольд В.В. Сочинения. Т.II. Ч. I. –М., 1963. –С. 604; Баскаков А.Н. Тюркимы-социальная терминология в «Слове о полку Игореве». Тurkologica. К 70 летию акад. А.Н. Кононова. –М., 1976. –С. 226.

Дадабоев Ҳ., Ҳамидов З., Холманова З. Ўзбек адабий тили лексикаси тарихи. –Т.: Фан, 2007. –Б. 34. Қаранг: Менгес К. Восточные элементы в «Слове о полку Игореве». –Л., 1979. –С. 110-111; Баскаков А.Н. Тюркизмы-социальная терминология в «Слове о полку Игореве». Тurkologica. К 70 летию акад. А.Н. Кононова. –М., 1976. –С. 225; Немет Ю. К вопросу об аварах. –В кн. «Turcologica». –Л., 1976. –С. 299.

Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. –Т.: Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2006. –Б. 181. Қаранг: Ахатова М. Ўзбек тили тасаввуфий лексикасининг систем тадқиқи. филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)... дисс. автореф. –Toшкент, 2021; Юсупова Ш. Диний матнларнинг лингвопрагматик тадқиқи. филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)...дисс. –Фарғона, 2021.

Рустамий А. Сайланма/2-жилд/ Туркий тил махзани/ - Тошкент:Zilol buloq, 2022. –Б.144.

Холманова З. “Бобурнома” – тил қомуси. –Тошкент: Akademnashr, 2021. – Б. 178.