2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
313
MAHMUD IBN ALI AS-SAROYINING “NAHJUL FARODIS” ASARINING
O‘RGANILISHI
Abduvaliyeva Dilnoza Akramovna
F.f.f.d. (PhD), dots.
Jizzax davlat pedagogika universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11110665
Annotatsiya.
Har qanday til hodisasini tarixiy jihatdan o‘rganishning yagona
ilmiy yo‘li birlamchi manbalarga asoslanish va yozma yodgorliklar tilini qiyoslash
asosida ikki oradagi yaqinlik, farq va yangiliklarni aniqlashdir. Shunday noyob
asarlardan biri XIV asr turkiy nasri namunalaridan biri Mahmud ibn Ali as-
Saroyining “Nahjul farodis” (“Jannatlarning ochiq yo‘li”) (1357-1358) asaridir.
Mazkur maqolada eski o‘zbek adabiy tilining nodir namunasi bo‘lgan “Nahjul
Farodis” asari, uning yaratilishi, asarning bizgacha yetib kelgan qo‘lyozma nusxalari
va qo‘lyozma nusxalar ustida olib borilgan tadqiqotlar xususida batafsil ma’lumot
berilgan.
Kalit so‘zlar:
O‘zbek tili tarixi, eski o‘zbek adabiy tili, turkiy tillar, Oltin
O‘rda, Mahmud ibn Ali as-Saroyi, “Nahjul farodis”, Xorazm, Istanbul nusxasi,
Qozon nusxasi, Sankt-Peterburg nusxasi, turkologiya.
Abstract.
The only scientific way to study any language phenomenon
historically is to identify similarities, differences and innovations between the two
based on primary sources and comparing the language of written monuments. One
of such unique works is “Nahjul Farodis” (“The Open Way of Paradise”) (1357-
1358) by Mahmud ibn Ali al-Sarayi, one of the samples of Turkish prose of the 14th
century. This article provides detailed information about the work “Nakhul Farodis”,
a rare example of the old Uzbek literary language, its creation, the manuscript copies
of the work that have reached us and the research conducted on the manuscript
copies.
Keywords:
History of the Uzbek language, Old Uzbek literary language,
Turkic languages, Oltin O‘rda, Mahmud ibn Ali al-Saroy, "Nahjul Faradis",
Khorezm, Istanbul copy, Kazan copy, St. Petersburg copy, Turkology.
Har bir xalqning, millatning milliy qadriyati, dunyoqarashi tarixiy obidalar,
madaniy yodgorliklar, jumladan, adabiy-tarixiy manbalarda o‘z ifodasini topgan.
Shu bois bugunga qadar keng jamoatchilikka notanish bo‘lgan durdona asarlarning
qo‘lyozma nusxalarini tadqiq etish, ularning ilmiy, ma’rifiy, axloqiy-ma’naviy
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
314
qiymatini belgilash, badiiy jihatlarini yoritish, til xususiyatlarini o‘rganish filologik
sohaning asosiy masalalaridan hisoblanadi. Tarixiy-badiiy manbalar tilini tadqiq
etish mumtoz asarlarning mazmun-mohiyatini, ilmiy-amaliy qiymatini belgilashda
ahamiyatlidir. Shu bilan bir qatorda asar yaratilgan davr tilining fonetik, leksik,
grammatik tizimiga xos taraqqiyot jarayonini kuzatish imkonini yaratadi.
Turkiy xalqlar va turkiy tillar tarixida XIII – XIV asrlar o‘ziga xos va
murakkab davrni tashkil etadi. Bu hol ayni davr yozuv yodgorliklarida ham aks
etgan [14;7]. Markaziy Osiyo va Oltin O‘rda hududida XIII – XIV asrlarda
yaratilgan adabiy asarlar til jihatidan ham birmuncha murakkab bo‘lib, bir-biridan
farq qiladi. Chunki bu asarlar tilining asosini, bir tomondan, oldingi davrlar turkiy
adabiy til an’analari tashkil etsa, ikkinchi tomondan, mazkur asarlarda shu hududda
yashagan turkiy xalqlarning til xususiyatlari ancha keng o‘rin olgan.
Ma’lumki, turkiy xalqlar boy madaniyat va san’at yaratgan hamda dunyo
madaniyati xazinasiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan xalqlardan biridir
[21;3].
Turkiy xalqlarning boy adabiy merosiga tegishli ayrim durdonalar
hanuzgacha nafis qo‘lyozma holida turli davlatlarning kutubxonalarida saqlanib
kelmoqda [14;3]. Mana shunday nodir asarlardan biri Mahmud ibn Ali as-
Saroyining “Nahjul farodis” (“Jannatlarning ochiq yo‘li”) asaridir.
Mazkur asar hijriy 759- (milodiy 1357-1358) yilda yaratilgan, yozilgan joyi
aniq emas. Hozirda asarning bir necha qo‘lyozma nusxasi fanga ma’lum. Mazkur
noyob qo‘lyozmalar ayni paytda Qozon (2 ta nusxa), Sankt-Peterburg (2 ta nusxa)
hamda Istanbul (1 ta nusxa) shaharlarida saqlanadi. Qozondagi nusxalardan biri
6026 inventar raqami bilan Qozon davlat kutubxonasida saqlanadi. Ushbu
qo‘lyozmaning kotibi ham, ko‘chirilgan vaqti ham noma’lum. E.N.Najipning
taxmin qilishishicha, bu nusxa XVII asrda ko‘chirilgan [14;12]. Ikkinchi nusxa
Qozon davlat pedagogika institutining Tatar adabiyoti kabinetida saqlanadi. Mazkur
nusxa hijriy 1185- (milodiy 1771-1772) yilda Fayzullo Jafar o‘g‘li tomonidan uning
o‘qituvchisi Salimjon mullo Do‘stmuhammad o‘g‘li uchun ko‘chirilgan [14;60-61].
Sankt-Peterburgda saqlanuvchi har ikki nusxa ham Sharqshunoslik institutida 316,
B2590 inventar raqami bilan saqlanadi.
“Nahjul farodis”ning Sankt-Peterburg hamda Qozonda saqlanayotgan
nusxalari turli nuqsonlardan holi emas. E.N.Najipning fikriga ko‘ra, bu nusxalar asar
muallifini aniqlashga yordam beradi. Mazkur qo‘lyozmalardan matnshunoslik
sohasida foydalanish mumkin [9;61-61].
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
315
Asarning Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasida 879-inventar raqami bilan
saqlanayotgan nusxasi hijriy 761- (milodiy 1360) yilda Muhammad bin Muhammad
bin Xusrav al Xorazmiy tomonidan ko‘chirilgan. Mazkur nusxa asarning mavjud
qo‘lyozma nusxalari ichida eng qadimgi varianti va eng mukammali sanaladi. Ushbu
nusxa so‘zlarga diakretik belgilar (harakatlar) qo‘yilgani bilan ayniqsa xarakterlidir
[14;12].
Istanbul nusxasi haqida Ahmad Zaki Validiyning maqolasida ma’lumot
berilgan [13;331-345]. Keyinchalik bu nusxaning faksimelisi Y.Eckman tomonidan
nashr qilindi [10;1-458]. Qo‘lyozmaning qog‘ozi, orfografiyasi, diakretik
belgilarining xarakteri va boshqa xususiyatlariga asoslanib, Zaki Validiy ushbu
nusxa Xorazmda ko‘chirilgan, degan xulosaga kelgan. Uning ta’kidlashicha, nusxa
ko‘chiruvchining nomi (... al Xorazmiy) ham bu fikrni tasdiqlaydi [14;12].
Ma’lum bo‘lishicha, yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari asarning yana bir
necha qo‘lyozma nusxasi mavjud bo‘lgan. Bulardan biri Yalta Sharq muzeyining
1928-yildagi Qrimga ekspeditsiya vaqtida topilgan nusxadir. Bu nusxani muzeyning
ilmiy xodimi Yaqub Kamol o‘rgangan [16;62]. Uning ma’lumotiga ko‘ra, bu nusxa
hijriy 792- (milodiy 1390-) yilda Qosim bin Muhammad degan shaxs tomonidan
ko‘chirilgan bo‘lib, asarning eng qadimgi nusxalaridan biri bo‘lgan [16;8].
Keyinchalik bu nusxa yo‘qolgan [9;58].
“Nahjul farodis” asari xususida ilk marta 1885-yilda tatar olimi Shahobiddin
Marjoniy ma’lumot bergan [17;15-16]. Asarning ba’zi til xususiyatlari E.Fozilov
tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, unda yodnomada qo‘llangan ba’zi so‘zlar izohlangan
[22]. Adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan B.Yafarov tomonidan o‘rganilgan [23].
“Nahjul farodis”ning yozilgan joyi aniq emas. Asarning qadimgi qo‘lyozma
nusxalaridan biri hisoblangan Istanbul nusxasining Xorazmda ko‘chirilgani, asarda
qayd qilingan shaxslarning O‘rta Osiyolik ekani kabi faktlarni hisobga olib, Zaki
Validiy asar Xorazmda yozilgan degan xulosaga kelgan. M.F.Ko‘prulzoda Zaki
Validiyning fikriga qo‘shilgani holda, asar muallifi Mahmud aslida Kardar
shahridan bo‘lib, keyinchalik Saroy shahrida yashab ijod etgan bo‘lishi mumkin,
degan fikrni aytadi. Asar muallifi kardarlik bo‘lishi mumkin, degan fikr Yakub
Kamol tomonidan ham aytilgan [16;11]. Shuningdek, mazkur asar xususida
A.Ubaydullo, A.Rahim [1], F.Ko‘pruli [2], H.Tavfiq, H.Ehson va H.Ali[4],
A.N.Samoylovich [18], Q.Burslan [8], Ali F. Qoramono‘g‘li [2] kabilarning ilmiy
tadqiqot ishlari mavjud. Akademik E.Fozilov asardagi ayrim so‘zlarning ma’nosini
izohlaydi [22]. Professorlar N.Rahmonov va H.Boltaboyevlar tomonidan nashrga
tayyorlangan “O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari”ning 1-jildida ham asardan
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
316
parchalar keltirilgan [19;272-284]. Matnshunos olim O.Jo‘raboyevning “Matnning
matnosti sirlari” nomli monografiyasida “Nahjul farodis” asari mundarijasi va matni
haqida muhim ma’lumotlar berilgan [15;12-27].
Asar tadqiqiga bag‘ishlangan ishlar orasiga Yanosh Eckmanning ilmiy
izlanishlari alohida o‘rin tutadi. Olim asarning Istanbul Yangijome’ kutubxonasida
saqlanayotgan diakretik belgili unikal qo‘lyozmasini faksimel holda nashrga
tayyorladi [6]. Ammo asar transliteratsiyasini nashrga tayyorlash ishini nihoyasiga
yetkazolmay vafot etgan [6]. Buni S.Tezgan va H.Zulfiqor davom ettirib, yakuniga
yetkazadilar [11]. Shu tariqa “Nahjul farodis” asari to‘lig‘icha dunyo yuzini ko‘radi
va asar yuzasidan olib boriluvchi tadqiqotlarning deyarli hammasi shu faksimel va
matn yuzasidan amalga oshgan va bu jarayon hanuz davom etmoqda [7].
“Nahjul farodis” asari diniy-axloqiy, ilmiy-badiiy asar bolib, jami to‘rt
bobdan tashkil topgan, har bir bob esa o‘n fasldan iborat. Avvalgi bob Payg‘ambar
Muhammad sallollohu alayhi vasallamning fazilatlari bayoniga bag‘ishlangan,
ikkinchi bobda halifalar, ahli bayt hamda to‘rt imom fazilatlari bayon etilgan,
keyingi bob Alloh taologa manzur bo‘lgan amallarning bayoni xususida, so‘nggi
to‘rtinchi bob esa Haq taolodan yiroqlashtiruvchi yovuz amallar bayonini o‘z ichiga
olgan.
Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlash joizki, XIV asr yodgorligi sanalmish
Mahmud ibn Ali as-Saroyining “Nahjul farodis” asari mazmunini yosh avlodlarga
aslidagidek yetkazish, asar so‘z boyligini turkiy tilning mumtoz nasr namunasi
sifatida tadqiq etish, asardagi eski o‘zbek tiliga xos leksik-semantik, tarixiy-
etimologik jihatlarni o‘rganish, shuningdek, asar tilining o‘ziga xosligini asoslash,
mazmun-mohiyati, ilmiy-amaliy qiymatini belgilash, muallifning so‘z qo‘llash
mahoratini yoritishda, ayniqsa, muhim bo‘lib, bugungi kun o‘zbek tilshunosligi
oldida turgan asosiy vazifalardandir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Азиз Убайдулло, Али Раҳим. Татар адабиёти тарихи. – Қозон. 1924
2.
Ali Fehmi Kamanoglu. Nehcul-feradis’in dil hususiyetleri, I. Turk dili ve
edebiyati dergesi XVI, – Istanbul, 1968;
3.
Fuad Koprulu. Turk Edebiyati Tarihi. – Istanbul. 1926
4.
Hifzi Tevfik, Hamamizade Ihzan, Hasan Ali, Turk edebiyati namuneleri,
cilt I. Istanbul, 1926.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
317
5.
Janos Eekmann. Bolmasa kalimesine dair – Turk dili arastirmalari yilligi,
Belleten. – Ankara, 1954
6.
Janos Eekmann. Nehjul-feradis I. Tipkibasim. – Ankara, 1956
7.
Kenjayev Z.O. Didactic features of the novel “Nahjul-farodis”. Erpa
International Journal of Research and Development (IJRD) Volume: 5, 2020
8.
Kivamettin Burslan. Nehcul-feradis’ten derlenenturkce sozler. Turkiyat
mecmuasi IV, 1934. – Istanbul, 1934.
9.
Наджип Э.Н. О памятники XIV века «Нахдж ал Фарадис» и его языке.
– «Советская тюркология», 1971, №6, с.60-61.
10.
Nehjul fradis. I. Tipkibasim. Ӧnsözun jazan Jănas Eckmann. Ankara,
1956. B. 458.
11.
Nehjul-feradis I metin, II tipkibasim.Turk dil kurumi yayinlari: 518.
– Ankara, 1995.
12.
Nehcul-feradis’in dil hususiyetleri, II. Turk dili ve edebiyati dergesi XVII,
– Istanbul, 1969; Nehcul-feradis’in dil hususiyetleri, III. Metn. Turk dili ve edebiyati
dergesi XIX, – Istanbul, 1971
13.
Validi A.Z.Hvarazemda yazilmiş eski Turkḉe eserler. – “Turkiyet
mecmuasi”. Cild II, 1926, ss. 331-345
14.
XII –XIV асрлар туркий адабий ёдгорликлар тили. Муаллифлар
жамоаси. Масъул муҳаррир: Фозилов Э.И. – Т., Фан, 1986. 12-бет.
15.
Жўрабоев О. Матннинг матности сирлари. (Мумтоз битиклар ва
Абдулла Қаҳҳор асарлари таҳлили асосида) Монография. “TAMADDUN”
Тошкент, 2017.
16.
Кемаль Якуб. Тюрко-татарская рукопись XIV века «Нехжу-ль-
ферадис». Крымское государсвенной издательство, - 1930, - С.62.
17.
Маржоний Ш. Китоби мустафодил-ахбор фий аҳволи Қозон ва
Булғор. – I. – Қозон, 1885. 15-16-бетлар.
18.
Самойлович А.Н. Cuci ulusi veya altin Ordu Edebi Dili/Belletin, seri 1,
по 12, 1935
19.
Ўзбек мумтоз адабиёти намуналари. 1-жилд. (Энг қадимги даврдан
XIV асргача.) – Тошкент: Фан, 2003. 272-284-бетлар.
20.
Фазылов Э. И. 1) Староузбекский язык. Хорезмейские памятники XIV
века. АДД. Ташкент, 1967; 2) Староузбекский язык. Хорезмейские памятники
XIV века. Том I-II. Ташкент. 1966; 1971; Яфаров Б.А. Литература камско-
волжских булгар X-XIV вв. И рукопись “Нахдж ал-фарадис”. Канд.дисс.
Казань, 1949
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
318
21.
Фозилов Э. XIV аср Хоразм ёдномалари. – Т., Фан, 1973. 3-бет.
22.
Фозылов Э. Эски ўзбек тили. XIV аср Хоразм ёдномалари. 2 томлик.
– Тошкент: Фан, 1966-1971.
23.
Яфаров Б.А. Литература камско-волжских булгар X-XIV вв. И
рукопись “Нахдж ал-фарадис”. Канд.дисс. Казань, 1949
24.
Xo‘janiyazova Sh.S. “Xamsat ul-mutahayyirin” asarida qo‘llangan tub
turkiy leksemalar paradigmasi / “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzusidagi xalqaro-
ilmiy-nazariy anjuman materiallari. – Toshkent, 2020.
