2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
319
QA= UMUMTURKIY ASOSI ETIMOLOGIYASIGA DOIR
MULOHAZALAR
Kamola Rixsiyeva
Alisher Navoiy nomidagi
ToshDO‘TAU katta o‘qituvchisi, PhD
https://doi.org/10.5281/zenodo.11110694
Annotatsiya.
Oʻzbek tili leksik tarkibi va grammatik vositalari shu tilning
boyligi hisoblanadi. Oʻzbek tilining lugʻaviy tarkibi juda uzoq davrlardan beri leksik
semantik hamda shakliy tuzilishiga koʻra ma’lum oʻzgarishlarga uchrab bugungi
holatga kelgan. Oʻzbek tili leksikasining tarixiy shakllanishini bilish uchun soʻzlarni
tarixiy etimologik jihatdan oʻrganib, ularni etimologik qatlamlarga ajratish zarur.
Ushbu maqolada
qa=
umumturkiy asosidan yasalgan leksemalar etimologiyasi tahlil
etildi.
Kalit so‘zlar:
umumturkiy asos, genezis, tub so‘z, o‘z qatlam, ma’no
o‘zgarishlari, etimologiya.
Annotation.
The lexical composition and grammatical means of the Uzbek
language are the richness of this language. Since very long periods, the vocabulary
of the Uzbek language has undergone certain changes due to its lexical semantic and
formative structure. In order to know the historical formation of the lexicon of the
Uzbek language, it is necessary to study the words historically etymologically and
divide them into etymological layers. This article analyzes the etymology of lexemes
made from the basis of qa= all-turkic.
Keywords:
universal basis, genesis, root word, own layer, changes in
meaning, etymology.
Turkologiyada leksemalar struktur-grammatik va ma’no oʻzgarishlari
jihatidan tahlil qilingan. Qirgʻiz tilshunosi B.M.Yunusaliyev oʻzakni morfologik
qismlarga boʻlinmaydigan va buyum haqidagi aniq tushunchani yoki harakat-holatni
ifodalash uchun xizmat kiluvchi tovushlar kompleksi sifatida tavsiflagan
[Юнусалиев, 1959]. Olim turkiy soʻzlar oʻzaklari bir tovush yoki tovushlar
jamligidan iborat boʻlishi, turkiy soʻz-oʻzaklarining fonetik tarkibi necha tovushdan
iborat boʻlishi uchun chegara yo‘qligini yozadi. U oʻz monografiyasida ularning bir
tovushdan tortib yetti tovushgacha boʻlgan turini tahlil qiladi.
Oʻzbek tili leksik tarkibi va grammatik vositalari shu tilning boyligi
hisoblanadi va bularning barchasi birdaniga paydo boʻlgan emas. Oʻzbek tilining
lugʻaviy tarkibi juda uzoq davrlardan beri leksik semantik hamda shakliy tuzilishiga
koʻra ma’lum oʻzgarishlarga uchrab bugungi holatga kelgan.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
320
Bizga ma’lumki, har qanday tilning lugʻat tarkibi faqat oʻz qatlam soʻzlaridan
iborat boʻlmaydi. Unga boshqa tillardagi soʻz va vositalar ham oʻtishi mumkin.
Qadimgi turkiy til davri leksikasi turkiy soʻzlar va qadimgi sankskrit, soʻgʻd,
xitoycha oʻzlashmalardan tashkil topgan boʻlsa, keyinchalik eski oʻzbek tili lugʻat
tarkibiga fors-tojik, arab, rus tillaridan soʻzlar oʻtib oʻzlashdi va oʻzbek tilining
lugʻat tarkibi boyidi.
Oʻzbek tili leksikasining tarixiy shakllanishini bilish uchun soʻzlarni tarixiy
etimologik jihatdan oʻrganib, ularni etimologik qatlamlarga ajratish zarur.
Oʻzbek tili Oʻrta Osiyodagi qadimiy xalqlarning turkiy tillar tizimidagi
tillardan biri boʻlib, uning lugʻat tarkibi ham qadimiydir.
Oʻzbek tili leksikologiyasining tarixiy etimologik shakllanishini tahlil qilishda
dastlab oʻzbek tilining qardosh tillar bilan aloqasi, soʻngra qardosh boʻlmagan tillar
bilan aloqasi aniqlanadi. Shu tartibda tillarning oʻzaro ta’siri ham koʻrib oʻtiladi.
Turkiy tillar boyligining shunday qatlami ham borki, u shu turkiy xalqlar bir
jamoa boʻlib yashaganligi va shu jamoa birlashuvida, oʻzaro munosabatida sabab
ekanligi, qanday doirada aloqada boʻlganlarini bildiruvchi detallarni koʻrsatib beradi
[Миртожиев, 2017].
Turkiy tub soʻzlar turkiy tillarga xos alohida xususiyatlarni, uning taraqqiyot
yoʻlini aks ettiradi, turkiy xalqlarning turmush tarzi, yashash sharoitlari, urf-odatlari
va madaniyati haqida ma’lumot beradi. Shuning uchun ham oʻz qatlamga oid
birliklarni ajratish, ularni oʻrganish, etimologiyasini, semantik taraqqiyotini tadqiq
qilish muhim ahamiyatga ega.
Agglyutinativ til guruhiga kiruvchi turkiy tillarda oʻzak mustaqil qoʻllana
oladi hamda yasama soʻz tarkibida oʻz shaklini saqlaydi, deyarli birlamchi semantik
xususiyatini yoʻqotmaydi.
Turkiy tub soʻzlar, deyarli, hamma vaqt K+V+K (
koʻk, bor, kel, tur, qol, tosh,
qop
) fonetik tarkibga va kamdan-kam K+V+K+K fonetik strukturasiga ega (bu
fonetik strukturada keladigan taqlid soʻzlar oʻz qatlamga xos:
milt-milt, yilt-yilt, ort,
yirt
). K+V va V+K fonetik tarkibga ega boʻlgan oʻzak morfemalar ham diaxronik
jihatdan K +V +K fonetik tarkibga ega ekanligi aniqlangan. K+V+K tarkibli soʻzlar
ayrim hollarda tub soʻz sanalmay, yasama soʻz hisoblanadi. Bularning hammasi ham
ma’lum qonuniyatga asoslanadi.
N.A.Baskakov ta’biricha, turkiy tillardagi oʻzak morfema K+V+K fonetik
tarkibiga ega boʻladi. Chunki, bu grammatik struktura turkiy tillarga xos taqlidiy-
tasviriy va undov soʻzlardan verbalizasiyaga koʻra yuzaga keladi. Odatda, turkiy
xalqlar taqlid-tasvir va undovlarni, aytilganiday, K+V+K holidagi uch tovush bilan
tasavvur etadi. Oʻzak morfema bilan bogʻliq soʻz hosil qilinar ekan, shu uch tovush
oʻz ifodasini topadi. Taqlidiy-tasviriy va undov soʻzlar verbalizasiyasi, odatda,
koʻproq kuzatiladi. Shu taqlid-tasvir va undovlar harakat va holatga asoslanadi. Bu
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
321
harakat-holat bildiruvchi soʻzlar va undovlar ba’zan davomiy yoki takroriylikni
koʻrsatadi. Davomiylik yoki takroriylik verbal oʻzak ketidan a yoki i tovushini
orttirish orqali ifodalanadi. Bu tovushlar, ya’ni ergash morfemalar bilan kontakt
beriladi. Masalan: ...
qav+ > qaviq
kabi [Миртожиев, 2017].
Oʻzbek tili lugʻat tarkibidagi
qa=
asosi ham, xuddi yuqorida keltirilgan
modellarga mos tarzda, turkiy oʻzak hisoblanadi.
Qa=
asosidan yasalgan leksemalar
ham turkiy asoslardan turkiy qatlamga oid affikslar qoʻshish natijasida yuzaga
kelgan lugʻaviy birliklar hisoblanadi. Hozirda biz
qoplon, qopqon, qovurgʻa,
qovushmoq
kabi leksemalarda uning asosini
qop
sifatida ajratamiz. Lekin ba’zi
olimlar bu haqda boshqa qarashga ham ega. X.G.Nigmatov
qa=
asosli
qala
soʻzi
Mahmud Koshgʻariyning “Devon”ida mavjud ekanini qayd qiladi. Bunday asosli
soʻzlar boshqa manbalarda uchramasligini ta’kidlaydi [Нигматов, 1974:39].
qa=
“Devonu lugʻoti turk”da mustaqil holda qayd etilgan. Lugʻatda uch xil
ma’nodagi
qa=
asosi qayd etilgan:
qa
–I idish, qop. Lekin bu soʻz, asosan, suyuq narsalar idishiga qoʻllanadi.
Chunonchi, bu soʻz juft holda qaqacha tarzida qoʻllanadi, qop-qanor, qop-qopchiq
demakdir.
qa
–II yuqorilamoq, koʻtarilmoq
qa –
III
mahkam ushlamoq, tutmoq (DLT, III, 114).
“Devonu lugʻotit turk”da
qa=
asosli 25 ta soʻz qayd etilgan. Bu soʻzlardan
oltitasi harakat-holatni bildiradi:
qapsadi:
aning tegra kishi qapsadi. Uning atorofini odamlar qopladi (DLT, III,
149);
qamadi:
koʻz qamadi. Quyosh tigʻidan koʻzi qamashdi (DLT, III, 144).
qamadi:
anin tishi qamadi. Nordon yoki gʻoʻr meva eyishdan uning tishi qamashdi
(DLT, III, 144);
qapulgʻan:
Bu nen ol qapugʻda qapulgʻan. Bu narsa eshikda va boshqada doim
suqiladi (DLT, I, 237).
Narsa-buyum, mahsulot otlari:
qacha–
qop, xalta. Shundan olinib,
qaqacha
ham deyiladi. Ba’zan qisqartirib,
qacha tarzida ham talaffuz qiladilar (DLT, III, 127)
qova
– turkiy yuganlarda boʻladigan ot burniga tegib turadigan qayish. (DLT,
III, 127)
qovuq
– har bir ichi boʻsh narsa. Bu soʻzning qowuq shakli ham bor. (DLT,
III, 89)
qavuq
– siydik qopi. Bu soʻzning
qawuq
shakli ham bor. (DLT, III, 89)
qavuq
– tariq qipigʻi. (DLT, III, 89)
qap
–I mesh, sanach. (DLT, III, 80)
qap
–II gʻilof, jild. Har bir ustki oʻrovga ham qap deyiladi. (DLT, III, 80)
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
322
qap
–III ona qornida bola oʻralib turgan parda, xalta. Agar bola shu parda
bilan tugʻilsa, qutlugʻ deb fol qilinadi. Uni
qapligʻ oʻgʻul
deb ataladi. (DLT, III, 80)
qapugʻ
– eshik. Ol qapugʻ yapindi –u eshikni bir oʻzi berkitdi. (DLT, III, 45)
;
qabaqliq
– qovoq oʻsadigan joy, qovoqzor. (DLT, I, 231)
qogʻurmach
– qovurilgan bugʻdoy. (DLT, I, 227)
qopchuq
– qopchiq. Egarning ustiga kiygiziladigan yopuq. (DLT, I,221)
qapchaq
– suv (ariq) tarmoqlarining bir-biriga birlashadigan, toʻqnashadigan
joyi. (DLT, I, 219-bet)
;
qapgʻa
– qopqa, darvoza. (DLT, I, 200-bet)
qobiq
– “chopon qavish” deb qayd etilgan (DLT, I, 193-bet).
Qobiq
soʻzi
izohga koʻra harakat nomi shaklida berilgan. Harakat nomi shakli aslida fe’l
turkumiga mansub boʻladi. Ammo soʻzning shakliga asoslanib (-
ik
–ot yasovchi
qoʻshimcha) uni “qaviq”, ya’ni “qavilgan joy” ma’nosida ot turkumiga, oʻrin-joy
otiga mansub, deb hisobladik.
Ikkita soʻz belgi-xususiyat bildiradi:
qapa
– har bir baland narsa.
Qapay oʻgloʻg oʻq
– Pati baland oʻq. (DLT, III,
118)
qabigʻligʻ
–bokira qiz;
qabigʻligʻ qiz
– uyda oʻtirgan, kuyovga chiqmagan qiz
(DLT, I, 228).
Bittasi olmosh turkumiga mansub:
qamugʻ
– hamma. Bitta soʻz ravish
turkumiga mansub:
qap
– ol mening birla uya qap oldi. U men bilan bir qorindan
tugʻilgandek yaqin. (DLT, III, 80).
Turkiy tillar tarixiy taraqqiyotida
qa=
asosi ikki yoʻnalishdagi semantik
jarayonni ifoda etadi: harakat yoʻnalishi va narsa-buyum, ashyo.
Ma’lum davrlarda
qa
= mustaqil soʻz sifatida baholangan.
Qa=
asosli leksemalar
haqida soʻz borganda uning harakat-holat bildiruvchi tarixiy asosidan
shakllanganini ta’kidlash joiz. Harakat ifodalovchi
qa=
oʻzak morfemasi hozirda
mustaqil qoʻllanmaydi.
Etimologik tahlillar bu oʻzak morfemalar semantikasida aloqadorlik
mavjudligini, ularning bir asosdan shakllanganini koʻrsatadi.
Qa=
oʻzak morfemasidagi semantik taraqqiyotni ifodalash uchun turkiy
tillardagi omonimlar shakllanishiga murojaat qilamiz. Ma’lumki, oʻzbek tilidagi
omonimlar uch xil usulda yuzaga keladi:
1. Tarixan har xil soʻzlarning bir xil grafik shaklda ifoda etilishi natijasida
omonimlar yuzaga keladi. Masalan, oʻt (olov), oʻt (oʻsimlik), oʻt (harakat), oʻt (tana
a’zosi) omonimlarining tarixiy shakllari unlilar ifodasiga koʻra farqlanadi.
2.Boshqa tillardan oʻtgan soʻzlarning oʻzbek tilidagi soʻzlar bilan bir xil shakl
hosil qilishi natijasida omonimlar hosil boʻladi:
bogʻ- bogʻ, tok-tok, tort-tort, soya-
soya.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
323
3. Koʻp ma’noli soʻz ma’nolari oʻrtasidagi bogʻlanishning yoʻqolishi natijasida
omonimlar shakllanadi:
dam (hordiq), dam (bosqon), dam (nafas); gap (til birligi),
gap (yigʻin)
[Xolmanova, 2013:54]
.
Masalan,
kun soʻzi, bir tomondan, quyoshni,
ikkinchi tomondan, sutkaning ma’lum qismi – kunduzi, uchinchi tomondan esa,
sutkaning oʻzini, toʻrtinchidan, tirikchilikni bildiradi. Shuningdek,
oy
soʻzi ham turli
ma’noga ega.
Omonimlar shakllanishining uchinchi usuli koʻp uchraydi. A.Rustamov
“Devonu lugʻot-it turkda” keltirilgan
qaq
omonim xususiyatli soʻzning ma’nolarini
tahlil qilib bergan. Asarda
qaq
ning
qaq I
–
danak, magʻiz;
qaq
II
–
et, har bir qotgan
narsa;
qaq III
–
asl, tomir ma’nolari qayd etilgan [Рустамов, 1976:146].
Harakat yoʻnalishidagi
qa=
oʻzak morfemasi va narsa-buyum, ashyo
ma’nosidagi
qa=
oʻzak morfemasi uchinchi usul bilan, ya’ni soʻz tarkibidagi
semantik taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan. Shuningdek, u hozirgi oʻzbek tili
nuqtai nazaridan omonim asos sanaladi:
qa
=(harakat) –
qa=
(narsa-buyum).
Turkiy tillarda omonimiyani yuzaga keltiruvchi hodisa – qadimgi turkiy til
soʻzlariga xos turkum sinkretizmi oʻz ifodasini topgan. E.V.Sevortyan tomonidan
“fe’l-ot asoslar” deb nomlangan bu hodisa turkiy tillarning boshlangʻich taraqqiyot
bosqichlarida bir boʻgʻinli leksik asosning ayni bir lugʻaviy ma’noga ega boʻlgani
holda ism sifatida ham, fe’l sifatida ham ishlatilishini ifoda etadi. E.V.Sevortyan oʻz
qarashlarida “fe’l-ot omonimligi”, “fe’l-ot omoformalar” terminlarini qoʻllagan.
Shu bilan bir qatorda, bu hodisani “leksik-morfologik sinkretizm” deb qarash
toʻgʻriroq ekanligini e’tirof etgan [Севортян, 1974:32-40]. Hozirgi oʻzbek tilidagi
yoz, tut, shish, toʻy
kabi soʻzlarda turkum sinkretizmi xususiyatlari namoyon boʻladi.
Qa=
asosi semantikasida
ham turkum sinkretizmi hodisasi kuzatiladi. Fe’l asosdan
ot asosning shakllanganini koʻrish mumkin.
Qa=
asosli birliklar qadimgi turkiy tildan boshlab hozirgi davrga qadar
iste’molda boʻlib kelmoqda. Bu soʻz va uning ishtirokidagi lingvistik birliklar
qadimgi turkiy tildan hozirgi davrgacha boʻlgan semantik tarkibini, semalarini
qiyosiy planda oʻrganish soʻz strukturasi va semantikasidagi oʻzgarishlarni tahlil
qilishga imkon yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Dadaboyev H., Xolmanova Z. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy
grammatikasi. – Toshkent, 2015.
2.
Xolmanova Z. Hozirgi o`zbek tili. –
Toshkent: Sano-standart, 2013.
3.
Миртожиев М. Туркий туб сўзлар тадқиқи. – Тошкент: Фан, 2017.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
324
4.
Нигматов Х.Г. О глагольных корнях типа огс и сг по материалам
словаря Махмуда Кашгарского // Советская тюркология//1974. – №3.
5.
Рустамов А. Махмуд Кашгарский о словах с звуковой оболочкой
qaq
//Turcologica// К семидесятилетию академика А. Н. Кононова издательство
«Наука» Ленинградское отделение. –Л., 1976.
6.
Севортян Э. В. Этимологический словарь тюркских языков
(Общетюркские и межтюркские основы на гласные). М.:Наука.1974.
7.
Ҳозирги замон ўзбек тили. Лексикология. Фонетика. Графика.
Орфография.
Морфология.
Фахри
Камол
таҳрири
остида.
–
Тошкент:Ўзбекистон ССР Фанлар академияси, 1967.
8.
Юнусалиев Б. М.Киргизская лексикология. Часть 1. – Фрунзе, 1959
.
