2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
325
L.BUDAGOVNING “СРАВНИТЕЛЬНЫЙ СЛОВАРЬ ТУРЕЦКО-
ТАТАРСКИХ НАРЕЧИЙ” LUG‘ATIDA CHIG‘ATOYCHA NARSA-
BUYUM NOMLARI
Mahliyoxon Tuxtasinova Shavkatjon qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti o‘qituvchisi
mahliyo.shavkatjonovna@gmail.com
ORCID ID: 0000-0002-6849-0603
https://doi.org/10.5281/zenodo.11110706
Annotatsiya.
Maqolada Lazar Zaharovich Budagovning “Сравнительный
словарь турецко-татарских наречий” lug‘atidan o‘rin olgan chig‘atoychaga doir
maishiy leksemalardan namunalar keltirilgan. Leksemalarning etimologiyasi tarixiy
manbalarda, xususan, tarixiy lug‘atlarda qayd etilgan ma’nolariga qiyoslangan holda
tahlil qilingan. Shuningdek, leksemalar ma’nosi yanada tushunarli bo‘lishi uchun
Alisher Navoiy asarlaridan leksemalarga aloqador parchalar keltirilgan.
Kalit so
‘
zlar:
chig‘atoycha, lug‘at, bork, büräk, bürkamäk, irnäk.
Abstract.
The article presents examples of household lexemes in Djagatai
from the dictionary "Sravnitelnyy slovar turetsko-tatarskikh narechiy" by Lazar
Zaharovich Budagov. The etymology of lexemes is analyzed in comparison with
their meanings recorded in historical sources, in particular, in historical dictionaries.
Also, in order to make the meaning of lexemes more understandable, excerpts related
to lexemes from the works of Alisher Navoi are presented.
Keywords:
Djagatai lexemes, dictionary, bork, büräk, bürkamäk, irnäk.
L.Z.Budagovning asosiy ilmiy asarlari ro‘yxatida ikki jilddan iborat
“Сравнительный словарь турецко-татарских наречий, со включением
употребительнейших слов арабских и персидских и с переводом на русский
язык” alohida o‘rin tutadi. XIX asrning ulkan turkiy lug‘atlaridan biri bo‘lgan ushbu
asarni tuzish uchun boy tilga oid va ekstrolingvistik materiallar muallif tomonidan
bir qancha manbalardan misqollab yig‘ib chiqilgan. Lug‘atga ko‘plab sharqiy
xalqlar tilidagi faol so‘zlar kiritilgan. Shu bois ularni qiyoslash jarayonida
xalqlarning yozma yodgorliklari, turkiy tillardagi so‘zlashuv va tarjima lug‘atlari
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
326
hamda adabiy merosiga oid asarlar matnlaridan foydalanilgan [Tuxtasinova,
2023:402].
Tarixdan ma’lumki, qadimgi davrlarda ustki kiyim, asosan, daraxt
yaproqlaridan, oyoq kiyim esa yog‘och materiallardan tayyorlanib, kiyilgan. M.
Asomiddinovaning keltirishicha, kishining tanasi va boshini to‘la yoki qisman
berkitib turuvchi ust-boshdir. U yumshoq, badanga qattiq botmaydigan, teri yoki
o‘simlikning ishlangan yoki ishlanmagan materialidan tayyorlanadi. Uning shakli
kishining tana tuzilishiga muvofiq bo‘ladi. O‘z vazifasiga ko‘ra, kiyim-odamning
tanasini atrof muhitning ko‘ngilsiz ta’siridan himoya qilish zaruriyati natijasida
kelib chiqqan. Uning boshqa narsalardan prinsipial farqi shakl va materialidan emas,
balki doimo biror ijtimoiy faoliyat bilan bog‘liq holda qo‘llanish xarakteridadir
[Асомиддинова, 1981:9].
Lug‘atda mavjud chig‘atoy tiliga oid leksemalar mavzu guruhlariga ajratilgan
holda tadqiq etilgan [Tuxtasinova, 2022: 65-88]. Kiyim asosan mato va teridan
tayyorlanib, inson badani va tana a’zolarini yopish, tashqi muhit ta’siridan saqlashga
xizmat qiladi. Inson kundalik hayotida har xil narsa-buyumga ehtiyoji katta.
Tilshunoslikda maishiy leksika sohasiga oid bir qancha tadqiqot ishlar olib borilgan
[11-15]. L. Budagovning “Сравнительный словарь турецко-татарских наречий”
lug‘atida ham ayni guruhga oid bir qancha chig‘atoycha leksemalar qayd etilgan:
غامت ْرِا
(
قمْتري ،قمترِا
)
irtmäγ
(
irtmäq
,
yirtmäq
- fe’llaridan) – “eski ko‘ylak
(kiyilaverib eskirib ketgan kiyim, ko‘ylak)”, قامْت ْرَا
ärtmäq
– “to‘rva, hurjun”,
ٌواق ْرآ
ärqav
– “arqoq - matoning moki yordamida ko‘ndalang to‘qiladigan ipi”,
ْىاد ُوب
büdäy
– “o‘zbeklar zodagonlari kiyimi”,
ك َروُب ، ك ْر ُوب
كماگروب ,
bork
,
büräk
,
bürkamäk
– “shapka, xamirli yegulik (perashki)”,
(
زيب
)
َزوُب
ْر
büzär
(biz) – “bigiz”, چنوغزوب
büzγunč
– “qizil rang olish uchun ishlatiladigan siyoh yong‘og‘ining turi”, هَلَكَت = هلگد
täkalä
, هلگد-
dägalä
– “ustki kalta kiyim turi (nimchaga o‘xshash), unga
tillado‘zlik asosida tilla ip bilan tikilgan”, هَنَكَت
täkanä
– “ayollarning boshidagi
ro‘moli”, كاغْلت
tälγak
– ko‘ylak turi”, وق
ْپُد
düpqu
– “1) tikuvchilar oyog‘ini qo‘yib
oladigan taxta bo‘lagi; 2) lochinlarni burgalardan xalos etish uchun davolovchi
bo‘yoq”, هاگد
degelä
– “ba’zan tillo bilan bezatiladigan kalta ustki ko‘ylak”, كچل
leček
– “ayollarning yelkaga tushiriladigan bosh yopinchig‘i”.
L.Budagov lug‘atida “bosh kiyim” ma’noli leksemalar qatori “xamirli yegulik
(perashki)”ni ifoda etuvchi كماگروب ,ك َروُب ، ك ْر ُوب
bork
,
büräk
,
bürkamäk
(BD, I, 277)
leksemasi qayd etilgan. E. V. Sevortyan lug‘atida 1) yungli shapka, qalpoq, bosh
kiyim; 2) bosh uchun yopinchiq, ro‘mol; 3) burqa (ESTYA, II, 221) kabi semalari
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
327
keltirilgan, “xamirli yegulik” ma’nosi haqida fikr yuritilmagan. Yuqorida qayd
etilgan ma’nolar (bosh va tana uchun) “yopqich” semasi atrofida birlashishi ko‘zga
tashlanadi.
Ushbu umumiy ma’nodan kelib chiqib,
бɵ:рик ~ бɵ:рүк ~ бɵрик ~ бүрик
hamda
бɵрк ~ бүрк
otlashgan fe’l affiksi
-(α)қ
yordamida
бɵрү- ~ бүрү-
fe’lidan
yasalgan. M.Koshg‘ariyda
bürün
-
“yopinmoq”, “o‘ranmoq”, eski turkiy
manbalarda
büri-, bürü-
“qoplamoq”, “o‘ramoq”, “yopmoq” ma’nosida keladi.
Masalan, “Yusuf ve Zeliha”da (XIII asr)
yüzünü büri dive üzre otur
“yuzingni yop
va tuyaga o‘tir”
tarzida ayni ma’noda qo‘llangan.
L. Budagov كوروب ، ك
ْر ُوب
börk, börk
leksemasini
كم ْروب
(ӧ), كمرُب ، كميروب,
(tur.) قموروب– “yopmoq”, “qoplamoq”, “egallab olmoq” (ESTYA, II, 223) fe’li bilan
bog‘liqligini qayd etadi.
Bo‘rk
“bosh kiyimning bir turi”, “qalpoq” –
Bosh omon bo‘lsa, bo‘rk topiladi
(Maqol). Bu ot qadimgi turkiy tildagi “qopla-”, “yop-” ma’nosini anglatgan
bӧrü
-
fe’lidan (Devon, II, 164)
–q
qo‘shimchasi bilan yasalgan (ESTYA, II, 222);
keyinchalik ikkinchi bo‘g‘indagi tor unli talaffuz qilinmay qo‘ygan (PDP, 373;
Devon, I, 333); o‘zbek tilida
ӧ
unlisining yumshoqlik belgisi yo‘qolgan:
bӧrü- + k
= bӧrük > bӧrk > bork
(O‘TEL, 77.). Bosh kiyimlarining oltoy xalqlari tarixida
o‘ziga xos o‘rni bo‘lgan. Bosh kiyimlar ko‘chmanchi aholi o‘rtasida quyoshdan,
sovuqdan, qordan, yomg‘irdan va shamoldan himoyalash vositasi sifatida
qo‘llanilgan. Ular janglarda qalqon vazifasini o‘tagan [Усмонова, 2008:197].
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida
bo‘rk
“oshlangan qorako‘l teridan silindr
shaklida tikilgan bosh kiyim, telpak” ma’nosini ifodalaydi: Boshsiz bo‘rk bo‘lmas,
Toysiz – turk (maqol). Bu leksema oilaviy yoki ichki janjal, nizolarni tashqariga
chiqarmaslik kerakligini ifodalovchi iboralar tarkibida ham qo‘llangan:
Bosh
yorilsa, bo‘rk ostida (yoki ichida); Bo‘rk ol desa, bosh (yoki kalla) olmoq.
Bundan tashqari O‘TIL(I, 417)da “buyurilgandan ortiq jazolash, haddan
oshirish” ma’nosini o‘zida aks ettiruvchi ibora ham mavjud:
“Bo‘rk ol desa, bosh
olib keladigan dovyurak yigit eding-ku! Nima bo‘ldi?” (Uyg‘un, Asarlar)
.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu leksema “bosh kiyim”
ma’nosida turli davrlarda qo‘llangan, hozirgi kunda arxaiklashgan leksemalardan
hisoblanadi.
Maishiy leksemalar tarkibiga kiruvchi narsa-buyum nomlari ham lug‘atda
keng o‘rin egallagan: ْكان ْريِا
irnäk
– “qirra, cheti”,
ْسوكوُت
toküš
– “suyuqlikni
tozalash uchun ishlatiladigan filtr”, نانوت
tünän
– “shox-shabbalardan mash’ala”,
وغارْگْنوت
tüŋräγu
– “qo‘ng‘iroqcha”,
ْم ْر ِچ
čirm
– “uchqun (olov uchquni)”,
ْسَچ=جاچ
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
328
čäs=čäj
– “arpa yoki sulining maydalangandan keyin qoladigan mayda somoni;
maydalangan arpa yoki sulining uyumi”, غوُچ
čüγ
– “cho‘g‘, yonayotgan ko‘mir”,
كبوك ، كوبوك ، كبوك ، كوپوك
kübük, küpük
– “ko‘pik” kabi.
Lug‘atda chig‘atoycha ْكان ْريِا
irnäk
leksemasi “qirra, cheti” ma’nosiga egaligi
qayd etilgan. “Narsa chetining tugash qismi”, “narsaning uchli tugash qismi”
ma’nolarini (O‘TEL, 551) ifodalovchi qirra leksemasi o‘rnida qadimgi turkiy tilda
ْكان ْريِا
irnäk
leksemasi ishlatilgan. “Biror narsaning qirrasi” ma’nosi (RSL, I,
1468,1469)
ерне-
fe’liga
-к
affiksini qo‘shish orqali yasalgan
ернек
leksemasi
vositasida ifodalangan V. Sevortyan leksemaning
ирне-
-chegaralamoq”, “o‘rab
chiqmoq” fe’lidan kelib chiqganligini ta’kidlar ekan,
ерӊек ~ ернек
– metaforik
ma’noda qo‘llanilgan
ерин
“lab”, “lablar” so‘ziga taqlid-kichraytirish affiksi
-ғақ/-
қақ
yoki
-(а)қ/-(е)к
larni qo‘shish orqali yasalgan, shu o‘rinda
ерин
shaklining o‘zi
ham “idishning labi, cheti” ma’nosini anglatishi mumkinligini e’tirof etishni joiz deb
biladi (ESTYA, I, 301). Eski o‘zbek adabiy tilida leksemaning metaforik ma’noda
qo‘llanishini Alisher Navoiy ijodida ko‘rish mumkin. “Xazoyin ul-maoniy” da
ern
– “lab”ni ifodalagan:
Jánnї ul nav’ki tan árzu etkäy bїhad,
Ruhbaxš erningä jánimnїŋ erür hasrati köp (ANATIL, III, 567)
“Lison ut-tayr”dagi baytda
lab
hamda
ern
leksemalarining sinonimik qatorni
voqelantirgani yaqqol namoyon bo‘ladi:
Nuši labdїn kám olurda harzakiš,
Ul čayondїn ernigä sančildї nїš (ANATIL, III, 567)
ْكان ْريِا
irnäk
leksemasini L. Budagov “qirra, cheti” (I, 191) ma’nolarini
ifodalovchi chig‘atoycha birlik sifatida qayd etadi.
Qirra
leksemasining etimologik
tahlilida bu so‘z asli “chet”, “zih” ma’nosini anglatgan
qir
so‘zidan kuchaytirish
(“eng”) ma’nosini ifodalovchi
–ä
qo‘shimchasi bilan hosil qilingani; qo‘shimcha
qo‘shilganidan keyin
r
undoshi qatlangani aytiladi:
qir + ä > qirrä
(O‘TEL, 551).
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida “qirra” leksemasi “chet, zih, qir” ma’nosi bilan
birga “narsalarning ensiz yoki o‘tkir qirg‘og‘i”ni ham ifoda etadi. Leksema
metaforik jihatdan “narsalarning mohiyatini belgilovchi xususiyat, tomon”ini
yuzaga chiqarishda qo‘llanadi:
kechagina oddiy ko‘ringan narsalar bugun negadir
boshqa fazilati, boshqacha bir qirrasi bilan namoyon bo‘lar edi
(N. Fozilov,
Diydor).
Davrlar o‘tishi bilan leksemaning ma’no kengayishi yuzaga kelganini
“geometrik jismni o‘rovchi ikki tekislikning kesishuv chizig‘i; qovurg‘a” ma’nosini
qirra anglatishi va matematik termin sifatida qo‘llanishi ham tasdiqlaydi:
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
329
piramidaning qirrasi
. “O‘tkir qirrali burun” hamda “burni shunday yigit”ga (O‘TIL,
300) nisbatan “qirra burun” birikmasi qo‘llanadi.
Demak, leksemalar qadimdan to hozirgi kunimizga qadar tilimizda sodir
bo‘lgan fonetik, leksik, grammatik, uslubiy kabi jarayonlarni aks ettirish asnosida
tilning rivojlanishi qay tarzda kechganligini ifodalaydi.
Adabiyotlar:
1.
Асомиддинова М. 1981. Кийим-кечак номлари. – Тошкент: Фан.
2.
Будагов, Л. 1869. Сравнительный словарь турецко-татарских наречий.
– Санкт-Петербург. I том.
3.
Фозилов, Э.И. 1983-1985. Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли
луғати. IV жилдлик. – Тошкент: Фан.
4.
Madvaliyev A. tahriri ostida. 2020. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent:
O‘zbekiston nashriyoti.
5.
Mahmud Koshg‘ariy. 1963. Devonu lug‘otit turk. Toshkent.
6.
Раҳматуллаев Ш. 2000. Ўзбек тилининг этимологик луғати (туркий
сўзлар). – Тошкент: Университет.
7.
Севортян Э. 1974. Этимологический словарь тюркских языков.
Общетюркские и межтюркские основы на гласные. – М: Наука.
8.
Tuxtasinova M. Bobur asarlarining L.Budagov lug‘atida aks etishi.
“Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligi va madaniyati
rivojida tutgan o‘rni” uluslararo ilmiy-nazariy konferansi materiallari to‘plami. –
Toshkent, 2023. –B. 401-405.
9.
Tuxtasinova M. L. Z. Budagov lug‘atida eski o‘zbek adabiy tili harbiy
istilohlarining izohlanishi // Golden Scripts. –Toshkent, 2022, vol 4. –B. 65-88.
10.
Усмонова Ш. Олтой тилларида бош кийим номлари // International
Journal of Central Asian Studies. Korea, 2008. № 12.
Qoʻshimcha adabiyotlar:
11.
Усмонова Ш. Олтой тилларидаги муштарак маиший лексика тадқиқи.
Филол. фан. док. ... дисс. автореф. – Тошкент 2011.
12.
Мусаев К. Лексика тюркских языков в сравнительном освещении
(Западнокыпчакская группа). – М: Наука, 1975.
13.
Асомиддинова М. Кийим-кечак номлари. – Тошкент: Фан, 1981.
14.
Шукуровa Г. “Девону луғотит турк”да кийим-кечак қисмлари номлари //
Тил ва адабиёт таълими. – Тошкент, 2004. № 3. – Б. 43-49.
15.
Шукуровa Г. “Девону луғотит турк”да устки кийимни ифодаловчи
лексемалар парадигмаси // Тилшуносликнинг долзарб масалалари. – Тошкент, 2008.
– Б. 16-20.
