Authors

  • To‘lg‘anoy Mamatqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31694

Keywords:

song terminology work weight poem etymology analysis poem.

Abstract

The article describes how the term song, one of the genres of singing art, was used in literary, historical sources in the work of Alisher Navoi in Turkish, Persian and Arabic forms. On the examples, we also see that Alisher Navoi skillfully used not only the term song, but also related terms in the ways of affixation and composition.

background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

330

ALISHER NAVOIY IJODIDA QO‘SHIQ

TERMININING SINONIMLARI

To‘lg‘anoy Mamatqulova,

O‘zDSMI “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi.

E-mail: mohimmamatqulova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11110737

Annotatsiya

. Maqolada qo‘shiqchlik san’ati janrlaridan biri bо‘lgan qо‘shiq

terminining Alisher Navoiy asarlarida turkiy, forsiy va arabiy shakllarini adabiy,
tarixiy manbalarda qanday ishlatilganligi yoritib berilgan. Shuningdek, Alisher
Navoiy birgina

qo‘shiq

termini emas, unga ma’nodosh bo‘lgan terminlarni

affiksatsiya va kompozitsiya usullarida yasab, mahorat bilan foydalanganini
misollar mobaynida guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Kalit sо‘zlar:

qо‘shiq, terminologiya, asar, vazn, she’r, etimologiya, tahlil,

qasida.

Annotation

. The article describes how the term song, one of the genres of

singing art, was used in literary, historical sources in the work of Alisher Navoi in
Turkish, Persian and Arabic forms. On the examples, we also see that Alisher Navoi
skillfully used not only the term song, but also related terms in the ways of affixation
and composition.

Key words:

song, terminology, work, weight, poem, etymology, analysis,

poem.


Amir Temur va temuriylar davrini mubolag‘asiz, nafaqat, o‘zbek xalqining,

balki butkul yaqin va o‘rta sharq elatlarining musiqa san’atlari uchun jadal ravnaq
topgan, kamolot cho‘qqisiga erishgan, chinakam uyg‘onish davri bo‘lgan deyish
mumkin. Bu davrning qo‘shiqchilik san’ati haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish
uchun Xondamirning “Makorim ul-axloq”, Boburning “Boburnoma” hamda Alisher
Navoiyning so‘z durlari sochilgan barcha turdagi asarlariga murojaat qilishimiz
o‘rinli bo‘ladi. Ularda Hirot aktyorlari, raqqoslar, sozanda, xonanda hamda
qo‘g‘irchoqbozlar, haqida bir talay misralar uchraydi. Ya’ni o‘sha davrda

ayolg‘u,

alxon, go‘yandalig‘, dasotin, surud, talolo, o‘lang, qo‘shuq, lahn, yirla, tarona

kabi atamalar xalq qo‘shiqchilik san’atining turlarini ko‘rsatuvchi atamalar sifatida
iste’molda bo‘lgan. Xususan, “Temur tuzuklari”da ham “o‘n birinchi toifa, har toifa
hunarmandlardan o‘z davlatxonamga keltirib, ularga o‘rdada o‘rin berdim, ular safar
va tayyorgarliklarda lashkar hojatlarini hozir va muhayyo qildilar” [1, 77-b]
deyilganda turli san’at egalari ham nazarda tutilgan.


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

331

Temuriylar va boburiylar hukmronligi davrida honanda va sozandalar o‘sha

davrning har bitta tantanalarining doimiy qatnashchilariga aylanib, xalq tomoshalari,
ommaviy bayramlar ularsiz o‘tmas edi. Bu esa, o‘z navbatida, musiqaning boshqa
san’atlar qatoridan muhim o‘rin egallashini ta’minladi.

O‘rta asrlar an’anasi shahar aholisining kasb-koriga ko‘ra aholida jamoa

(mahalla) bo‘lib yashashni taqozo etgan. Xalq ichida tanilgan san’atkorlar hokimlar
farmoniga ko‘ra yoki o‘ziga qulaylik yaratish maqsadida kasbdoshlari bilan jamoa
bo‘lib yashashni afzal ko‘rar edilar. Shunga binoan “xonandalar mavzesi”,
“sozandalar mahallasi”, “bastakorlar ko‘chasi” joriy etilgan. Bu kasb sohiblarining
alohida obro‘ va nufuzga sazovor bo‘lganlari atrofida, maxsus ijod, ijro va ilmiy
mavqega ega ijodiy maktablar shakllangan. [2,36-b]. Ayniqsa, XV asrda
qo‘shiqchilik yo‘nalishida qo‘llanilgan hech bir so‘z yo‘qki, Navoiy asarlarida
uchramasa. Musiqa ustozini hammadan ustun qo‘yib, “ustozlar ustozi” deb
ulug‘langan Alisher Navoiy san’at sohasiga befarq emasligini asarlarida “navo”
taxallusi bilan ijod qilganidan bilsak bo‘ladi. Navoiy asarlarida tilga olingan
qo‘shiqchilik sohasiga oid terminlarni quyidagicha tasniflashimiz mumkin.

Alisher Navoiy asarlarida

qo‘shiq terminining sinonimlari

ga

ayolg‘u,

alxon, go‘yandalig‘, dasotin, surud, talolo, o‘lang, qo‘shuq, lahn, yirla, tarona

kabi

aynan qo‘shiqning o‘z ma’nosini bildiruvchi terminlarni misol keltirishimiz
mumkin.

Ayolg‘u

(arab.) o‘lan, ashula, kuy, qo‘shiq ma’nolarida uchraydi:

Holimg‘a hajr bazmi aro tortsam surud,
Bor navha maddi telba ko‘ngling ayolg‘usi [3,597-b].

Bu o‘rinda qo‘shiqchilikka oid termin bir emas, ikki marotaba qo‘llanmoqda.

Biri

ayolg‘u

bo‘lsa, ikkinchi termin

surud

. Yuqoridagi terminlar har ikkisi ham

aynan qo‘shiq ma’nosida qo‘llaniladi. Hazrati Alisher Navoiyning qalami naqadar
o‘tkir ekanligiga shundan guvoh bo‘lamizki, yozuvchi bir ma’noli ikki terminni,
aniqroq qilib aytganda, ikki tilli terminni (arab va fors) ushbu misralarda juda katta
mahorat bilan qo‘llagani tahsinga sazovor.

Surud

(fors.) qo‘shiq, ashula:

Men dog‘i bu maynikim suzubmen,
Turkona surud anga tuzubmen. [4,97-b].

Quyidagi termin Alisher Navoiy asarlarida qo‘shiq ma’nosida qo‘llanilsa,

“Farhangi zaboni tojiki” lug‘atida “insonning honishi, ashula” deyilgan. Bundan
tashqari lug‘atda surud terminining

surudan, saroidan, suroidan

degan sinonimlari

ham keltirilgan. [5,1566-b]


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

332

Alxon

(arab.) kuy, ohang, navo, qo‘shiq

…andalib xush navosi nubuvvat bayoni bila va risolat

nag‘mai

alxoni

bila

surud

ko‘rguzur [6,4-b] ushbu o‘rinda nag‘ma, alxon va surud so‘zlari

qo‘shiqchilikka oid sinonim terminlar sifatida qo‘llanilmoqda. Yuqoridagi misoldan
Alisher Navoiyning so‘z boyligi benihoya keng va mo‘l ekanligini terminlarni bilib
olsak bo‘ladi.

…ba’zi mahalda rangin

alxon

va

tarannum

bila andoq ado qilur erdikim,

aksar majlis xuzzorig‘a nasridin xabar va nazmidin asar voqe bo‘lib, riqqatlar dast
berur erdi [6,534-b]. misolimizda esa,

alxon

termini tarannnum terminiga sinonim

so‘zlar bo‘lib kelmoqda.

Quyidagi alxon termini nafaqat Alisher Navoiyda qo‘llanilgan bundan

tashqari Abdurahmon Jomiy va Sa’diy Sheroziy asarlarida ham aks etgan.

Go‘yandalig‘

(fors+o‘zb.) “qo‘shiqchilik, qissago‘ylik”.

Ul dag‘i barchasig‘a… ne’matlar tortib sozandalig‘ va go‘yandalig‘

buyurubdur [7,535-b]. Go‘yanda termini forsiy termin hisoblanib, unga (+lik) ot
yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishidan o‘zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida so‘z
hosil bo‘lgan.

O‘lang

(turkiy) ashula, o‘lan:

Shamar suvlar bo‘lub oina ohang,

O‘lang

aylab ayon ul ko‘zguda zang [8,50-b].

O‘lang termini turkiy termin, hozirgi davrga kelib o‘lan(g) varianti ko‘p

qo‘llaniladi. O‘zbek xalqining urf-odatlari, an’analarini yaqqol ko‘rsatib beruvchi
termin hisoblanadi. Xalq ijodi janri asosan, childirma jo‘rligida yoki jo‘rsiz ijro
etiladi. Hazrati Alisher Navoiyda esa aynan qo‘shiq ma’nosida qo‘llaniladi.

Qo‘shuq

(turkiy) qo‘shiq

Anglamayin so‘zda tuyuq bahrini,
Qaysi tuyuq, balki qo‘shuq bahrini [9,46-b].
…so‘z mayidan oldimda chuqur daryo paydo bo‘lsa-yu, qo‘limda qayiqsimon
ajoyib jom bilan har lahzada shu jomni to‘ldirib olib, gulrang bodadan sipqorib
tursam, turkiy ohangga qo‘limni o‘ynatib, “hay tulugim, hay tulum!” deb kuylasam;
birov menga hamovozlik qilolmas ekan, loaqal qo‘shiq aytib, quvvatlab tursa [9,50-
b]. Demak, Alisher Navoiy dastlab, qo‘shiq terminini “Hayrat ul abror” asarining
XV bobida qo‘llaganligi ma’lum bo‘ldi. Mutafakkirimizdan oldin esa qo‘shiq
termini qo‘shiqchilik an’analaridan keyin, ilk bor X-XI asrlarda Mahmud
Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘ati turk” asarida “

қошуғ

” (she’r, qasida, qo‘shiq)

ma’nosida qo‘llangan. Ma’lumki, bugungi kunda forscha va arabcha bo‘lgan


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

333

ayolg‘u, dasotin, talolo

kabi so‘zlar iste’moldan batamom chiqib ketgan. Qo‘shiq

esa asli turkiy so‘z bo‘lganligi uchun ham saqlanib qolgan bo‘lsa, ajab emas. Bu
termin bizdan boshqa turkiy xalqlarda ham quyidagicha qo‘llanmoqda:
turkmanlarda “

aýdym

”, qozoqlarda “

өлең

”, qirg‘izlarda “

ыр

”, tatarlarda “

җыр

kabi. Qo‘shiq termini qirg‘iz va tatarlar millatlarida ham turkiy termin sifatida
saqlanib qolgan, chunki Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘ati turk” asarida
aynan mana shu

ыр

va

жыр

terminlari uchraydi.

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy”

asarida

dasotin

so‘zini qo‘llaydi.

“Farhangi zaboni tojiki”da

daston

forscha

nag‘ma, lahn, navo, maqom

ma’nosini

bildiruvchi termin deb aytib o‘tilgan. Alisher Navoiy asarlari tilining 4 tomlik izohli
lug‘atida esa ushbu terminni

daston

shakli uchramaydi. Lekin dasotin va daston

termini ma’no jihatdan bir xil.

Dasotin

(fors.) dostonlar; qo‘shiq, nag‘ma:

Navo ichra ming lahnsozing qani
Dasotini

xotirnavozing qani [ 8, 243-b]

Alisher Navoiy asarlari tilining 4 tomlik izohli lug‘atida

yirla

(t.) – ashula,

qo‘shiq aytmoq, kuylamoq ma’nosida o‘qiymiz. Q. Sodiqov o‘zining Ilk va o‘rta
asrlar turkiy matnlarning nomlari kitobida Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘atit
turk” asarida

йыр-ыр

shaklida qo‘llanadi:

ол йыр кошди

- u she’r yozdi (ya’ni

ashula to‘qidi) [10,22-b] Alisher Navoiy esa Farhod va Shirinda ushbu terminni
quyidagicha qo‘llaydi va izohlaydi:
Ketur, soqiy, chekib

yirlar

uchun un,

Manga to‘ydin ulush evur jomi gulgun [11,143-b].

Bundan tashqari Navoiy qo‘shiq terminini quydagi ma’nolarini ham izohlab

o‘tadi:

Talolo

(fors.) kuy, ohang, qo‘shiq; qiyqiriq, hayqiriq:

Arig‘ning ikki yonidin alolo,
Nishot ahli tuzub firno talolo. [11,124-b].

Lahn

(arab.) ashula; navo, ohang:

Chekti oncha lahn aro dilkash navo
Kim simoin vaxshu tayr aylab havo [12, 196-b].

Tarona

(fors.) ashula, kuy, ohang:

Va tog‘ jonibidin jo‘yi Navro‘ziy o‘tarkim, sadosi g‘ulg‘ulasidin

labtashnalar qulog‘ig‘a mujdai obi hayot taronasi yetar [13,170].

2. Qo‘shiqchi so‘zini anglatuvchi tushunchalar

ga ayolg‘uvchi, go‘yanda,

yirlag‘uvchi, lahnpardoz, mutrib, navogo‘, navozanda, navosoz, nag‘magar,


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

334

nag‘manavozliq, nag‘mapardoz, nag‘masoz, saroyanda, tarannumgar, xonanda,
xunyogar, xunyogarlig‘, san’atgariy, san’atsoz, san’atfosh, soz kabilar misol bo‘la
oladi. Alisher Navoiyning musiqaga, qo‘shiqchi va sozandalarga bo‘lgan ehtiromi
juda yuksak bo‘lgan allomaning o‘zi

ud

va

qonun

kabi cholg‘u asboblarini shu

davrda hammadan yaxshi chalishishini Xondamir “Xulosatul axbor” asarida
ta’kidlab o‘tadi. “Mahbub ul qulub” asarining “Mutrib va mug‘anniylar zikrida”
qismida “Mutribi tarab afzo va mug‘anniyi g‘amzido – ikkalasiga xolu dard ahli jon
qilurlar fido” ya’ni “shodlik keltiruvchi xonanda, g‘amni tarqatuvchi sozandaga
dardu hol axli (dard – oshiqlik, hol – ishq tufayli behud bo‘lish) uchun jon fido
qiladi”[ 38-b] deb musiqaning odamlar ruhiga kuchli ta’siri to‘g‘risida ham qimmatli
fikrlar bayon qilgan.

Xulosa qilib aytganda, Temur va temuriylar davrida qo‘shiqchilikning barcha

turlari taraqqiy topgan, yaxshi tanilgan, keng yoyilgan. Iste’molda bo‘lgan
terminlarning aksari arabcha, ayrimlari forscha va oz qismi turkiy bo‘lgan, terminlar
affiksatsiya (ayolg‘uchi) va kompozitsiya (lahnpardoz) usulida yasalgan, arab va
fors tilidan o‘zlashgan bu terminlar iste’moldan batamom chiqib ketgan, saqlanib
qolganlari ham terminlik xususiyatini yo‘qotgan (talolo, dasotin, nag‘ma, nag‘am
kabi). Keltirilgan dalillardan ko‘rinib turibdiki, o‘zbek qo‘shiqchilik
terminologiyasining XIV – XV asrlardagi holatini o‘rganishda Alisher Navoiy
asarlari muhim manba bo‘lib xizmat qilgan va turkiy, forsiy va arabiy tillar uchun
tuganmas meros bo‘lib qolgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Temur A. Temur tuzuklari. – T.: Ijod-press, 2019.

2.

To‘xtasin G‘ofurbekov Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va

san’at. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 1996.

3.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.3,6. Xazoyin ul-maoniy. – T.:

Fan, 1998.

4.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.7. Layli va Majnun. – T.: Fan,

1991.

5.

Farhangi zaboni tojiki. – M.: 1969.

6.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.14. Muhokamatul-lug‘atayn.

– T.: Fan, 1998.

7.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.15. Holati Pahlavon

Muhammad. – T.: Fan, 1999.


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

335

8.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.11. Saddi Iskandariy. – T.:

Fan, 1993.

9.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.7. Hayrat ul-abror. – T.: Fan,

1991.

10.

Q. Sodiqov. Ilk va o‘rta asrlar turkiy matnlarning nomlari Sharq. 2001.

11.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.8. Farhod va Shirin. – T.:

Fan, 1991.

12.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.12. Lison ut-tayr. – T.: Fan,

1996.

13.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.13.Vaqfiya. – T.: Fan, 1992.

14.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.14. Mahbub ul-qulub. – T.:

Fan, 1998.

15.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.13. Majolis un-nafois. – T.:

Fan, 1997.

16.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.10. Sab’ai sayyor. – T.: Fan,

1992.

17.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.17. Holoti Sayyid Hasan

Ardasher. – T.: Fan, 2001.

18.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.17. Tarixi anbiyo va

hukamo. – T.: Fan, 2001.

19.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.19. Holoti Pahlavon

Muhammad. – T.: Fan, 2001.

20.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.17. Mezon ul-avzon. – T.:

Fan, 2001.

21.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.15. Xamsat ul-

mutahayyirin. – T.: Fan, 1999.

22.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.17. Nasoyim ul-muhabbat.

– T.: Fan, 2001.

23.

Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati. 4 tomlik. – T.: Fan, 1983. I –

IV tom.

References

Temur A. Temur tuzuklari. – T.: Ijod-press, 2019.

To‘xtasin G‘ofurbekov Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san’at. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 1996.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.3,6. Xazoyin ul-maoniy. – T.: Fan, 1998.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.7. Layli va Majnun. – T.: Fan, 1991.

Farhangi zaboni tojiki. – M.: 1969.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.14. Muhokamatul-lug‘atayn. – T.: Fan, 1998.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.15. Holati Pahlavon Muhammad. – T.: Fan, 1999.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.11. Saddi Iskandariy. – T.: Fan, 1993.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.7. Hayrat ul-abror. – T.: Fan, 1991.

Q. Sodiqov. Ilk va o‘rta asrlar turkiy matnlarning nomlari Sharq. 2001.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.8. Farhod va Shirin. – T.: Fan, 1991.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.12. Lison ut-tayr. – T.: Fan, 1996.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.13.Vaqfiya. – T.: Fan, 1992.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.14. Mahbub ul-qulub. – T.: Fan, 1998.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.13. Majolis un-nafois. – T.: Fan, 1997.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.10. Sab’ai sayyor. – T.: Fan, 1992.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.17. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. – T.: Fan, 2001.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.17. Tarixi anbiyo va hukamo. – T.: Fan, 2001.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.19. Holoti Pahlavon Muhammad. – T.: Fan, 2001.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.17. Mezon ul-avzon. – T.: Fan, 2001.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.15. Xamsat ul-mutahayyirin. – T.: Fan, 1999.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami.: T.17. Nasoyim ul-muhabbat. – T.: Fan, 2001.

Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati. 4 tomlik. – T.: Fan, 1983. I – IV tom.