Authors

  • Dilobar Odilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31697

Keywords:

linguistic tools simile metaphor aphorism proverb etymology literary skill artistry.

Abstract

This article talks about the linguistic tools used in Yusuf Xos Hojib's work “Kutadgu bilig” and emphasizes the role of similes, similes, aphorisms, proverbs in the work in ensuring the artistry of the work. In addition, attention is paid to the analysis of unique examples of homonyms, synonyms, antonyms and paraphrases in the work.

background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

343

YUSUF XOS HOJIBNING “QUTADGʻU BILIG” ASARIDAGI

BADIIYLIKNI TA’MINLOVCHI LINGVISTIK VOSITALAR

Odilova Dilobar Shavkatjon qizi,

dilobarodilova@gmail.com

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11110777

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asarida

qoʻllangan lingvistik vositalar xususida soʻz yuritilgan. Asarda keltirilgan
oʻxshatish, koʻchim, aforizm, maqol-matallarning asar badiiyligini ta’minlashdagi
oʻrni alohida ta’kidlangan. Bundan tashqari, asardagi omonim, sinonim, antonim
soʻzlar hamda parafrazalarning betakror namunalari tahliliga e’tibor qaratilgan.

Kalit soʻzlar:

lingvistik vositalar, oʻxshatish, koʻchim, aforizm, maqol-matal,

etimologiya, adib mahorati, badiiylik.


Abstract.

This article talks about the linguistic tools used in Yusuf Xos Hojib's

work “Kutadgu bilig” and emphasizes the role of similes, similes, aphorisms,
proverbs in the work in ensuring the artistry of the work. In addition, attention is
paid to the analysis of unique examples of homonyms, synonyms, antonyms and
paraphrases in the work.

Key words

:

linguistic tools, simile, metaphor, aphorism, proverb, etymology,

literary skill, artistry.


Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asari badiiy uslubining oʻziga xosligi,

obrazlar xilma-xilligi, bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. Muallif asar
badiiyligini ta’minlashda turli xildagi lingvistik vositalardan mohirona foydalangan.
Buning isbotini asarni nasriy tarjima qilgan olim Boqijon Toʻxliyevning quyidagi
fikrlaridan ham bilsak boʻladi: “Qutadgʻu bilig” sahifalarini varaqlar ekansiz, goh
moziyning koʻz ilgʻamas sarhadlariga, goh Yusuf Xos Hojib davri ziddiyatlariga,
goh turkiylarning qadim bahodir oʻgloni Alp Er Toʻnga, ulugʻ Firdavsiyning
“Shohnoma” si qahramonlari davriga borib qolgandek boʻlasiz. Asarda shoir fikri
goʻzal obrazlar, hayotiy oʻxshatish va loʻnda istioralar, ta’sirchan tamsil hamda
moʻjaz ramzlar bilan ziynatlangan. Yusuf Xos Hojib soʻz qudratini, ona tilining
ichki imkoniyatlarini nozik his etadi” [Toʻxliyev, 1990:11].

Oʻxshatish, metafora va metonimiya hodisalari asarning badiiy ifodasini

oshirishga, fikrni aniq ifodalashga, adibning soʻz qoʻllashdagi mahoratini yoritishga


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

344

xizmat qilgan. Ayniqsa, zoonimlar asosidagi oʻxshatish va koʻchimlar kitobxon
e’tiborini tortadi. Boʻri, ayiq, ot, arslon, qoplon, chayon, baliq, qoʻy, ilon, it, lochin,
ukki, zagʻizgʻon, quzgʻun, oqqush kabi hayvon va qushlarni misol sifatida
keltirishimiz mumkin. Asardagi zoonim asosidagi metaforalar shirinsuxanlik,
erkalash tasvirini yaratish vositasi sifatida ham talqin qilingan. Turkiy xalqlar
lingvomadaniyatida “qoʻzichogʻim”, “toychogʻim”, “boʻtalogʻim” kabi hissiyot va
ta’sirchanlikka boy boʻlgan metaforalar qoʻllanilib kelingan. Asarning turli
oʻrinlarida “qoʻzi”, “qoʻzichogʻim” kabi erkalashni ifodalovchi baytlarga duch
kelamiz. Xalqimiz qadim-qadimdan chorvachilik bilan shugʻullanganligi sababli
turli xil hayvonlar bilan munosabatda boʻlib kelgan hamda kundalik hayotda hayvon
nomlari orqali yaqin insonlarini erkalatishgan. Bunday murojaatlarni qadimgi
mumtoz adabiyot namunalarida ham uchratishimiz mumkin.

Yayiq ermӓs ersӓ bu davlat özi
Na edgu neη erdi bu qut ey qözi
Bu davlat oʻzi bevafo-beqaror boʻlmasa edi,
Baxt-davlat qanday yaxshi narsa boʻlar edi,

ey qoʻzi

[Qutadg‘u

bilig

,

1971:437].

Asarda muallif tasavvurini, dunyoqarashini, oʻziga xos uslubini namoyon

qiluvchi vositalardan biri oʻxshatish san’ati hisoblanadi. Yusuf Xos Hojib
oʻxshatishlar orqali tilimizning jozibasini, soʻz boyligini, ta’sirchanligini oʻzida
mujassam etgan betakror satrlar yaratgan. Jumladan, quyidagi baytda muallif
keksalikning belgisi boʻlgan soch oqarishini qush rangiga mengzaydi.

Sočim boʻldi šunqor tusidek oqiš,

Soqol yozgi maysa – qurir boyaqiš.

[Qutadg‘u bilig

,

1971:703].

Ma’lumki, shunqor yirtqich qushlar sirasiga kiradi. Koʻchma ma’noda mard,

jasoratli, botir shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi. Ammo, yuqoridagi baytda yozuvchi
uning boshqa bir qirrasi, rang belgisiga koʻra qiyoslashni amalga oshiradi. Bu
oʻxshatish esa biz uchun yangilik sifatida kashf qilinadi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Sochni shunqor tusiga oʻxshatishda “oqlik” semasi asos boʻlgan.

Sewiglini sewmäz keδik teg qaçar
qaçığılıqa yapçur aδaqın quçar.
Davlat kiyik kabi, u kishidan qochadi,
Agar u kelib qolsa, mahkam tut, tizginlab ol.

[Qutadg‘u bilig

,

1971:119].

Kiyik chaqqonligi va serharakatliligi bilan boshqa hayvonlardan ajralib turadi.

Bu baytda shoir insonga davlat, boylik, omad har doim ham birdek
berilavermasligini nazarda tutgan. Qoʻlga davlat kelganda uni mahkam tutishlik,


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

345

undan toʻgʻri maqsadda foydalanish kerakligi uqtiriladi. Davlatning kiyikka
oʻxshatilishida “chaqqonlik”, “serharakatlilik” semalari asos boʻlgan.

Bundan tashqari, Yusuf Xos Hojib asar badiiyligini oshirishda omonim,

sinonim va antonim soʻzlardan ham keng foydalangan. Omonim soʻzlar tahlili turkiy
tillarga xos omonimiya hodisasi xususiyatlarini yoritish, tajnis san’ati, soʻz oʻyini
namunalarini oʻrganishda ahamiyatga molik jihatlardan biri hisoblanadi. Asardagi
omonimiya hodisasi asar badiiyatini mukammallashtirishda, adib tafakkurining
oʻziga xos yoʻnalishini belgilashda muhim ahamiyat kasb etgan. Doston matnida
qoʻllangan

at

soʻzi “ism, nom; unvon; hayvon nomi; harakat; ma’nolarida

omonimlik hosil qilgan.

Anasinda tuysa atansa ati, musafir bolub mundi odlak ati –

Onasidan tugʻilib, unga ot qoʻyilgach, u musofir boʻlib davron (falak) otini minadi.

Baytning birinchi misrasidagi at soʻzi “ism va nom” ni anglatsa, ikkinchi misradagi
at soʻzi

“hayvon”

ma’nosida kelgan [Xolmurodova, 2019:99].

“Qutadgʻu bilig” dagi antonimlar muallif fikrini yanada aniqroq,

tushunarliroq chiqishini ta’minlagan. Shu bilan birga, ziddiyatli holatlarda, asar
qahramonlari nutqidagi qarama-qarshi fikrlarni ifodalash usullarini tahlil qilishda
muhim ahamiyatga egadir. Yusuf Xos Hojib asarda bir baytda ikki-uch antonim
soʻzlar juftligini qoʻllagan va obrazli ta’sirchanlikka erishgan. Turkolog olim
H.Dadaboyev ham bu haqida shunday deydi: “Yusuf Xos Hojib asarda badiiy
nutqning ifodaliligi, emotsionalligi, ta’sirchanligini oshirishda antonimlardan
mohirona foydalangan. Bir-birini inkor etuvchi, semantik paradigmaning turli
qutblarda joylashgan tushunchalar antonimlar yordamida qarama-qarshi qoʻyiladi.
Natijada, matnning badiiy-estetik qiymati kuchayadi”. [Dadaboyev, 2013:92]

Halol hamda haromni aniq farqlaydigan boʻlsa,
Yaroqli, yaroqsizni ajrata bilsa.

[Qutadg‘u bilig

,

1971:439].

Yuqoridagi baytda

halol va harom

hamda

yaroqli va yaroqsiz

soʻzlari antonim

juftlikni hosil qilgan. Ushbu bayt “Xazinabon qanday boʻlishi kerakligi” bobidan
olingan boʻlib, xazinachi oʻz faoliyati davomida qanday sifatlarga ega boʻlishi kerak
ekanligi zid ma’noli soʻzlar orqali oʻrinli ifodalangan.

Asardagi sinonimlar ma’noni kuchaytirish, oʻrinsiz takrorni oldini olish

hamda ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qilgan. Muallif bir ma’noni turli soʻzlar
orqali ifodalab, semantik boʻyoqdorlikni yuzaga keltirgan.

Xushfe’l, muloyim, mehribon, koʻngil kishini
Koʻrmoq istasang, kel, buni koʻr, taskin top.
Yuz koʻrki chiroyli, xulqi xush boʻlishi kerak,


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

346

Xushroʻy, kelishgan, tili va dili toʻgʻri boʻlishi kerak.

[Qutadg‘u

bilig

,

1971:453].

“Qutadgʻu bilig” asarida adib koʻplab barqaror birikmalardan ham foydalanib,

turkiy tilning qanchalar boy til ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Asar ustida izlanish
olib borgan M. Xolmurodovaning tahliliga koʻra “Qutadgʻu bilig” dagi aforizmlar
muayyan tajribaga asoslanishi, ijtimoiy turmush tarzidagi voqelikka aloqador
boʻlishi bilan maqollarga oʻxshaydi, ammo ijodkorning individual yondashuvi bilan
ulardan farq qiladi [Xolmurodova, 2019].

Yaxshi qiliq oq sut bilan kirsa,
Oʻlim kelib tugatmaguncha oʻz tarzini oʻzgartirmaydi.
Qorinda vujud boʻlgan qiliq, odam
Qora yer qatida ketadi, ey tetik.

[Qutadg‘u bilig

,

1971:204].

Baytda ifodalangan gʻoya bugungi kundagi “Sut bilan kirgan jon bilan

chiqar”, “Bukrini goʻr tuzatadi” maqoliga toʻgʻri keladi. Bu aforizm psixologik,
genetik asosga ega boʻlib, inson tabiati, ruhiyatining murakkabligi bilan belgilanadi.
Inson olami ichki dunyosi sonsiz kechinmalar, tuygʻular jamlanmasi sifatida bir
qator belgilarga ega boʻlib, ular nasldan naslga oʻtadi. Shu bois inson tabiati,
ruhiyatini, fe’l-atvorini tabiiy, tugʻma, oʻzgarmas belgilar hamda ijtimoiy muhit
ta’sirida shakllanadigan xususiyatlar tashkil etadi. Mazkur aforizmda inson
tabiatining oʻzgarmas, tugʻma belgilari, genetik qirralari nazarda tutilgan. Sut
leksemasi “tugʻilish”, va jon bilan chiqish “oʻlim” tushunchalari bilan bogʻliq holda
oʻzaro mantiqiy oppozitsiyani hosil qilib, ta’sirchanlikka xizmat qiladi.
[Xolmurodova, 2019:90].

Bundan tashqari adib asarda xitob undovlari hamda xitob yuklamalaridan

mohirona foydalangan. Bu esa oʻz navbatida asar tilining xalq tiliga
uygʻunlashganligi hamda xalqona uslub yaratganligi bilan tahsinga sazovordir.
“Qutadgʻu biligʻ asarida xitob uchun qoʻllanilgan quyidagi morfologik birliklarni
koʻramiz:

1) ot, otlashgan soʻzlar, buyruq maylidagi fe’llarning oxiriga urgʻu (ø), / -a/

yuklamasi, /-i/ va /-m/ qoʻshimchalarini keltirish;

2) ot, otlashgan soʻzlardan oldin ey, ayo, yo undovlari, keyin esa urgʻu (o), / -

a/ yuklamasi, /-i/ va /-m/ qoʻshimchalarini keltirish;

Koʻrsatkichsiz, urgʻu bilan berilgan xitoblar matnda keng uchraydi:

Yanut berdi Ögdülmiş aydï elig
Tiläk keldi tuttï tegürdi elig.


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

347

Ma’nosi:

Oʻgdulmish javob berib aytdi: Ey elig, tilak kelib hammaga qoʻlini

uzatdi (hamma oʻz orzusiga erishdi.)

Uçuz tutma erdemni ögren oğul,
Bu erdem yorïqï ürüŋ quş teg ol.

Ma’nosi:

Ey oʻg‘il, fazilatni qadrsiz deb oʻylama, uni oʻrgan.

[Qutadg‘u

bilig

,

1971:377].

Bu fazilatning yoʻrigʻi, xulqi oqqush kabidir.

Egalik qoʻshimchalari

ifodalangan narsaning qaysi shaxsga qarashli ekanini bildiruvchi, ismlarni egalik
munosabatida bir-biriga bogʻlovchi qoʻshimchalardir. Yusuf Xos Hojibning
“Qutadgʻu bilig” asarida -m egalik qoʻshimchasining xitob undovi sifatida
qoʻllanilganini koʻramiz.
[Boltaboyev, 2020:114].

Bu barça asïğ sanï boldï begim,
Asïğ qïlğçïğ edgü tutğu begim.

Ma’nosi:

Bularning barchasi foyda singaridir, ey begim.

Foyda beruvchini yaxshi tutish kerak, ey begim.

[Qutadg‘u bilig

,

1971:636].

Xulosa qilib aytganda, asarning badiiy qiymatini ta’minlashda lingvistik

birliklarning oʻziga xos oʻrni bor. Asardagi koʻchim, aforizm, maqol-matal,
oʻxshatish, xitob undovlari kabi birliklar muallif tomonidan oʻziga xos yoʻnalishda
ifodalangan. Bundan tashqari, asarda omonim, sinonim, antonim soʻzlar hamda
parafrazalarning betakror namunalariga duch kelamiz. Bu esa shoirning individual
mahoratidan darak beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdurahmonov Gʻ. (2011). Toʻxliyev B., Rustamov A., Dadaboyev H.

Qutadgʻu bilig. I, II, III, IV, V jildlar. –Toshkent: Jahon print, 2011. – 859 b.

2.

Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий

грамматикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1973. – 320 б.

3.

Абдурауф Фитрат. Энг эски турк адабиёти намуналари. – Тошкент,

Мумтоз сўз, 2008. – 248 б.

4.

Арзиев Р. Лексико-стилистические особенности языка поэмы

“Кутадғу билик” Юсуфа Хас Хаджиба. Дисс. канд. филол. наук. –Алма-Ата,
1991. – 146 б.


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

348

5.

Boltaboyev S. “Qutadgʻu bilig” da xitob yuklama va undovlari asosida

oʻzbek tilidagi ba’zi soʻzlarning etimologiyasi. Turkologiya xalqaro ilmiy jurnal. –
Toshkent, 2020. – B. 114-121.

6.

Дадабоев Ҳ. Эски ўзбeк тилида ўхшатишларнинг ифодаланиши //

Лингвист IV. – Тошкент: Академнашр, 2013. – Б. 92- 100.

7.

Tasleem Sh. “Qutadgʻu bilig” dostonining leksik-semantik oʻziga

xosliklari. – Toshkent, 2020. – B. 56.

8.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. V жилд. – Тошкент: Ўзбекистон

миллий энциклопедияси, 2007. – Б.14.

9.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I жилд. – Тошкент: Ўзбекистон

миллий энциклопедияси, 2007. – Б.114.

10.

Холмуродова М “Қутадғу билиг” лексикаси. Филол. фан. фалc. док.

(Phd). дисc. – Тошкент, 2019. – Б. 100.

11.

Худойберганова

Д. Ўзбек тилидаги бадиий матнларнинг

антропоцентрик талқини. Филол.фан.док.дисс…автореф. – Тошкент, 2015. –
46 б.

12.

Шамсиддинова Ҳ. Ўзбек тилида сўзларнинг функционал-семантик

синонимлари. Филол. фан. док. дисс... автореф. – Тошкент, 1999. – 44 б.

13.

www.natlib.uz.

14.

www.ziyonet.uz.

15.

www.researchgate.net.

References

Abdurahmonov Gʻ. (2011). Toʻxliyev B., Rustamov A., Dadaboyev H. Qutadgʻu bilig. I, II, III, IV, V jildlar. –Toshkent: Jahon print, 2011. – 859 b.

Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1973. – 320 б.

Абдурауф Фитрат. Энг эски турк адабиёти намуналари. – Тошкент, Мумтоз сўз, 2008. – 248 б.

Арзиев Р. Лексико-стилистические особенности языка поэмы “Кутадғу билик” Юсуфа Хас Хаджиба. Дисс. канд. филол. наук. –Алма-Ата, 1991. – 146 б.

Boltaboyev S. “Qutadgʻu bilig” da xitob yuklama va undovlari asosida oʻzbek tilidagi ba’zi soʻzlarning etimologiyasi. Turkologiya xalqaro ilmiy jurnal. – Toshkent, 2020. – B. 114-121.

Дадабоев Ҳ. Эски ўзбeк тилида ўхшатишларнинг ифодаланиши // Лингвист IV. – Тошкент: Академнашр, 2013. – Б. 92- 100.

Tasleem Sh. “Qutadgʻu bilig” dostonining leksik-semantik oʻziga xosliklari. – Toshkent, 2020. – B. 56.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. V жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2007. – Б.14.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2007. – Б.114.

Холмуродова М “Қутадғу билиг” лексикаси. Филол. фан. фалc. док. (Phd). дисc. – Тошкент, 2019. – Б. 100.

Худойберганова Д. Ўзбек тилидаги бадиий матнларнинг антропоцентрик талқини. Филол.фан.док.дисс…автореф. – Тошкент, 2015. – 46 б.

Шамсиддинова Ҳ. Ўзбек тилида сўзларнинг функционал-семантик синонимлари. Филол. фан. док. дисс... автореф. – Тошкент, 1999. – 44 б.

www.natlib.uz.

www.ziyonet.uz.

www.researchgate.net.