2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
349
“DEVONU LUG
‘
OTIT TURK”DAGI LEKSEMALARNING
SEMANTIK MAYDON ASOSIDA TAHLILI
Azizova Nilufar Rajavaliyevna
ToshDO‘TAU tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11110790
Annotatsiya.
Maqolada semantik maydon asosidagi tahlilning tizimli
yondashuv sifatidagi ahamiyati ta’kidlangan. “Devonu lug‘otit turk”dagi
leksemalarni tizimli ravishda semantik maydon asosida tadqiq etish soha leksikasi
taraqqiyoti haqida muhim ma’lumot berishi, xalqning nomlash xususiyatlari,
leksemalarda ifodalangan milliy-madaniy qadriyatlar, urf-odat, an’analarni aniqlash
imkonini berishi qayd etilgan. Lug‘atdagi leksemalarning mikromaydon asosidagi
tahlili keltirilgan. Shu asosda lug‘at leksikasining qomusiy xarakteri ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
tizimli tahlil, semantik maydon, mikromaydon, leksema, milliy-
madaniy qadriyatlar, non, sut, don mahsulotlari mikromaydoni, ideografik lug‘at.
Abstract.
The article emphasizes the importance of analyzing the semantic
field as a systematic approach. It is noted that the study of the lexemes of “Devonu
Lugotit Türk” on the basis of a systematic semantic field provides important
information about the development of the vocabulary of the field, allows us to
determine the peculiarities of the naming of the people, national and cultural values,
customs and traditions expressed in the lexemes. A microfield analysis of the
dictionary's lexemes is presented. On this basis, the encyclopedic nature of the
vocabulary is revealed.
Key words:
system analysis, semantic field, microfield, lexeme, national
cultural values, bread, milk, microfield of grain products, ideographic dictionary
.
Kirish.
Tilni mazmuniy maydon asosida o‘rganish Sharq tilshunosligida juda
qadimdan mavjud bo‘lib, ideografik lug‘atlar va qomusiy asarlar orqali shakllangan.
Alifbo tartibida emas, balki mavzuiy guruhlar asosida tuzilgan lug‘atlar ideografik
lug‘at sanaladi.
Leksemalarning semantik maydon asosidagi tahlili tizimli tahlilning bir
ko‘rinishidir. Semalar sememalarning semantik maydonda joylashish mavqeyiga
qarab arxisema, integral sema, differensial sema va potensial sema kabi tiplarga
bo‘linadi va ular ierarxik tartibdagi o‘rpiga qarab turlicha vazifa bajaradi.
O‘zbek tilshunosligida mazmuniy maydon aspektida bajarilgan tadqiqotlar,
asosan, hozirgi o‘zbek adabiy tili nuqtai nazaridan amalga oshirilgan. Lekin tarixiy
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
350
manbalar so‘z boyligini mazuniy va semantik maydon jihatidan o‘rganish nafaqat
o‘zbek tilshunosligi, shuningdek, turkiyshunoslikning dolzarb masalalaridan biri
ekanligi sir emas. “Devonu lug‘otit turk”da qayd etilgan ijtimoiy munosabatlarni
ifodalovchi leksemalarni ilk bor mazmuniy maydon aspektida tahlil etish kelajakda
shu turdagi tadqiqotlarning keng miqyosda amalga oshirilishiga muhim hissa
qo‘shadi.
Asosiy qism.
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari qomusiy
hisoblanib, olimlar tomonidan turli ilmiy yo‘nalishlarda tadqiq etilgan bo‘lsa-da,
izlanishlarning aksariyati ilmiy maqola va risolalar hisoblanadi. Olib borilgan
statistik ma’lumotga ko‘ra, asar haqida 2011 yilga qadar turkologiyada bajarilgan
izlanishlar soni 1779ta bo‘lib, shulardan 309 tasini o‘zbek tilida yozilgan maqolalar
tashkil etadi [Xudoyberdiyev, 2011:7].
Tadqiqotlarda “Devonu lug‘otit turk”ning leksik xususiyatlari turkiy tillarning
keng semantik imkoniyatlarini yoritishda muhimligi qayd etilgan [Dadaboyev,
1981;2017]. “Devonu lug‘otit turk” leksikasi turli yaxlit tizimni tashkil qilib, undagi
leksemalar bir qator mikromaydonga birlashadi. Quyida ayrim mikromaydon
leksemalari haqida to‘xtalamiz.
“Urf-odat” semali leksemalar mikromaydoni:
ögräyük
“urf-odat”,
törü
“rasm, odat”,
qonuq
“mehmon”,
qonuqluq
“ma’lum bir sathdan joy olmoq”,
bïčïš
“mehmonlarga taqdim qilinuvchi shoyi gazlama”,
keliš-barïš
“borish-kelish”,
didim
“nikoh kechasi kelinga kiydiriladigan qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan bosh
kiyimi, toj”,
didäk
“kelin ko‘chganda, yurganda begonalardan yashirinish uchun
yopinadigan narsa”,
türkün
“qavm, qabila, ota-onaning uyi”,
yazïğčï
“qudalar orasidagi xat-xabar tashib yuruvchi sovchilar”.
“Tibbiyot” mikromaydoni quyidagi leksemalarni oz ichiga oladi:
Davolash bilan shug‘ullanuvchi shaxs nomlari:
emči, otačї, sağun
“tabib”
ot
“
dori”,
sağun
“sog‘lomlik, mukammallik, poklik”,
enüčlämaq, em-säm
“davo” ,
emlamoq;
Dori nomlari:
o‘t,
egit
“yaradan, shuningdek, ko‘z tegishidan saqlash uchun
bolalarning yuziga surtiladigan bir dori”,
egir- igir//iyir
“qorin og‘rig‘ini davolash
uchun qo‘llanadigan o‘simlik”,
ažrïq
“bir xil o‘simlik”, arabchasi
“sïl”, ïsrïq
“isiriq”;
ötrüm
“surgi dori”,
arqačuq
“og‘izning ichiga dori quyish uchun
qo‘llanadigan ichi kovak bir asbob” (DLT, I, 162),
aηduz
“
yerdan qazib olinadigan
o‘simlik ildizi”,
urağun
“kasallarga qo‘llaniladigan hindcha bir dori” (DLT, I, 156),
čurnï
“
turk tabiblari tomonidan yasaladigan surgi dori”,
qoš
“davolovchi
xususiyatiga ega bo‘lgan tosh
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
351
aǯmuq
“oq achchiqtosh” (DLT, I, 125),
urumday
“zaharning zararini yo‘qotish
uchun ishlatiladigan tosh” (DLT, I, 174),
tafğač yudacï
“bargi savsan gulining
barglariga o‘xshash, dori sifatida ishlatiladigan bir daraxt” (DLT, I, 423),
yaqïğ
“shish va shunga o‘xshash yaralar ustiga qo‘yiladigan dori” (DLT, III, 20).
“Qarindoshlik” mikromaydoni:
oguš
“qarindosh”,
yalïηuq
“inson, odam”,
avurta
“enaga”,
aba
“ona”,
öz kiši
“yaqin kishi”,
ton “
birinchi tug‘ilgan to‘ng‘ich
bolaga nisbatan, xoh o‘g‘il yoki qiz bo‘lsin, qo‘llanadigan atama”,
ïčqïm
“hoqoniy turklarda katta aka (DLT, I, 95),
ača, ekä
“katta qiz (opa)”,
öksüz
“yetim; nima qilarini bilmaydigan, chorasiz insonlarga nisbatan
”
,
egätlik qarabaš
“nikoh kechasi kelin va kuyovga xizmat qilishga buyurilgan
xizmatchi”,
egät
“
nikoh kechasi kelin yonida xizmat qiluvchi xotin, yanga vazifasini
bajargan inson
”
, qïz
“
qimmatbaho narsa”, “cho‘ri”, “bo‘yi yetgan qiz”, “baxil
odam”,
baldïz
“xotinning singlisi”,
yurǯ
“xoninning o‘g‘il ukasi”,
ini
“erning kichik
ukasi”,
iči
“erning yoshi katta ukasi”,
baldïr oğul// baldïr qïz
“o‘gay o‘g‘il/qiz”,
qaηsïq ata
“o‘gay ota”,
qaηsïq oğul
“o‘gay o‘g‘il” (DLT, III, 393), yäznä “katta qiz
qarindoshning eri” (DLT, III, 42),
ekäč
“yaqinligi bilan odamlarga xuddi o‘z
singlisidek tuyuluvchi yosh qiz” (DLT, I, 86),
ulïč
“bolalarni sevish, erkalash uchun
ishlatiladigan murojaat shakli”,
ulïčïm
“o‘g‘ilcham, qarog‘im”,
atač oğul “
xuddi
kattalardek o‘zini ulug‘sifat ko‘rsatuvchi bolaga nisbatan ishlatiladigan birikma”
(DLT,I,86),
atač
“otaginam”,
anač
“ona qiz, ya'ni o‘zining ziyrakligi bilan
hammaning onasidek hisoblanuvchi yosh qiz”,
ataqï
“otaginam, otajonim”
ma’nosidagi mehribonlikni bildiruvchi murojaat shakli (DLT, I, 155).
analadï “
ona’
ma’nosidagi murojaat shakli (DLT, I, 302),
ekälädi
“o‘zidan katta opa yoki akaga
nisbatan qo‘llanadigan so‘z (DLT, I, 302),
ökälädi
“
nimaningdir kattasi deb
atamoq” (DLT, I, 302).
“Devonu lug‘otit turk” tizim ichidagi tizimdir. Lug‘atdagi leksemalar tizimi
yaxlit bir semantik maydonni tashkil etadi. Mazkur semantik maydon o‘z ichida bir
qator mikromaydonlarni birlashtiradi. Masalan, “Devonu lug‘otit turk”da keltirilgan
“oziq-ovqat” mikromaydoni o‘z ichida quyidagicha guruhlanadi:
1) non mahsulotlari mikromaydoni:
ebäk
“non” (bolalar tilida),
ebmäk
“yag‘mo, tuxsi va ba'zi o‘g‘uz va qipchoqlarda non”,
etmäk // ätmäk
“xamirdan
tayyorlanib, tandir, o‘choqda pishiriladigan yegulik”,
quyma
“yog‘li non” [5, 188],
qara etmäk
“pishgan go‘sht ustiga un, yog‘, shakar solinib, bir-biriga aralashtirib
tayyorlanadigan non”,
qaqurğan
“xamirga moy qo‘shib tandirda va o‘choqda
pishiriladigan non” [DLT, 473],
büškäl
“lochira, yupqa non”,
büskäč “
yupqa non
nomi” [DLT, 422],
ïcbïrï
“kulda pishirilib, yoqqa to‘g‘rab, ustiga shakar sepib
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
352
yeyiladigan non” [DLT, 159],
kavšak
“qo‘rda pishirilgan non” [5, 416],
qatma
“yog‘da pishiriladigan qat-qat non yoki qatlama” [DLT, 408],
kömäč
“o‘choqda
cho‘qqa ko‘mib pishiriladigan non”,
yuğa
“qat-qat non” [DLT, 34],
samduy
“issiq,
sovuqlikda o‘rtacha bo‘lgan, tabiatga yoqadigan taom nomi” [DLT, 258].
2) taom nomlari mikromaydoni:
tutmač
“Iskandar Zulqarnaynga bog‘liq
holda ta’riflangan ovqat”,
yazuq et
“ko‘klamda yeyiladigan go‘sht”,
öz
“yog‘”,
özlüg
aš “
yog‘lik osh, yog‘lik taom” (DLT, I, 80),
yir
“yog‘”(DLT, I, 313),
sağyağ
“yog‘”,
qoğurmač
“qovrilib tayyorlanadigan ovqat nomi”, qovrilgan bug‘doy (DLT, 1,
454),
arï yağï “
asal”,
uwa
“guruchni qaynatib, so‘ng sovuq suv solinib, keyin suvini to‘kib, shakar
solinadigan, sovuqlik uchun yeyiladigan taom (DLT, I, 116),
tub
“bug‘doyni suvda
qaynatib, arpa xamiri bilan aralashtirib, bir idishga solinib, namatga o‘rab, issiq bir
joyga qo‘yib tayyorlanadigan ovqat” (DLT, I, 308),
buxsï
“bug‘doy qaynatilib, unga
bodom mag‘zi qo‘shilib xumchaga solinadi, ustiga arpa suvi quyiladi va shu holda
qo‘yib achitiladigan taom”,
suqtu “
jigar, go‘sht va turli dorivorlar bilan to‘ldirilib,
ichaklarga solinib, keyin qaynatib yeyiladigan go‘shtli ovqat” (DLT, I, 394),
türmäk
“tuxum va go‘shtdan tayyorlanadigan ovqat” (DLT, I, 441),
awzurï
“bug‘doy va
arpa uni bilan aralashtirib qilinadigan ovqat” (DLT, I, 162),
küršäk
“tariq,
qo‘noqlarning mag‘zini ayirib, suv yoki sutga qaynatib, so‘ng ustiga yog‘ quyib
yeyiladigan ovqat nomi” (DLT, I, 443),
bulğama
“yog‘i ham yo‘q, mazasi ham yo‘q
yovg‘on osh”,
yürgämäč
“qorin va ingichka ichak ichiga solinib, qizdirilib yoki
qaynatilib yeyiladigan ovqat” (DLT, III,64),
qïyma ügrä
“bir xil xamirli ovqat nomi,
uni chumchuqlar tili kabi yupqa va qing‘ir qilib kesiladi” (DLT, III,188). Yog‘
“charvi” (DLT, III, 175). Bu so‘z asli “moy ajrat-” ma'nosidagi ya- fe’liga –q
qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasalgan (ESTY,IV, 59).
3) ichimlik nomlari mikromaydoni:
mandu
“Turklarda
uchraydigan
sirkaning nomi” (DLT, I, 397),
begni
“
Arpa, bug‘doy va tariqdan tayyorlangan
ichimlik
”
(DLT, I, 408),
bor
“bo‘za”. Sanoch-meshlarga solib, achitib ichiladigan
yilqi suti
qïmïz
deb atalgan. Bu so‘z asli “mavjlanmoq, to‘lqinlanmoq” ma'nosidagi
qum-
fe'liga
–(u)z
qo‘shimchasini qo‘shish orqali hosil bo‘lgan (O‘TEL, I, 547).
O‘zbek tilining izohli lug‘atida qimizga quyidagicha ta'rif berilgan: biya sutidan
maxsus idishlarda bijg‘itish yo‘li bilan tayyorlanadigan, yengil kayf beruvchi,
shifobaxsh ichimlik (O‘TIL, V, 292).
4) sut mahsulotlari nomini bildiruvchi mikromaydon:
užïtma
“suzma” (DLT,
I, 161),
yuğurt
“qatiq, yogurt” (DLT, I, 191),
ibrük
“qatiq bilan sutni aralashtirib
hosil qilingan suyuqlik” (DLT, I, 126),
ikdük “
sut va qatiqdan ishlangan, suzmaga
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
353
o‘xshash, yeyiladigan ovqat” (DLT, I, 130),
tağna
“
suzma bilan aralashtirib,
tutmoch oshiga qo‘shiladigan bir turli sassiq kavrak ildizi” (DLT, I, 408).
5) don mahsulotlari nomi mikromaydoni:
tarïğ
“tariq”,
ükür
“tariq”, ašlïq
“bug‘doy”,
ögür
, yağ ögüri “kunjut”,
suruš
“
doni qotmasdan burun olib, qovrilib
yeyiladigan bug‘doy nomi”,
arpağan
“boshog‘i bo‘lsa ham, doni bo‘lmaydigan
bug‘doy” [DLT, 157],
burčaq
“loviya” [DLT, 433],
tarmaz “
bodring” [DLT, 426],
yağmur
“sholg‘om”,
yağaq
“yong‘oq” [DLT, 36],
yigdä
“jiyda” [DLT, 37],
awya
“behi” [DLT, 137],
amšuy
“bir xil sariq olxo‘ri” [DLT, 138],
seηläč
“findiq
yong‘og‘i kattaligidagi bir turli shirin olma” [DLT, ]
yïmïrtğa
“gulkaram, bodring”
[DLT, 439].
6) meva va sabzavot nomlari mikromaydoni:
surmusaq/samursaq
“sarimsoq
piyoz”,
armut
“murut”,
soğun// soğan
“piyoz”, yemiš “mevalar, asosan, daraxt
mevasi, ya’ni ho‘l meva”.
Xulosa.
“Devonu lug‘otit turk” leksikasini semantik maydon asosida
tizimlashtirish soha leksemalarini aniqlashda, xalqning nomlash xususiyatlarini
tahlil qilishda, milliy-madaniy qadriyatlarning tilda aks etish darajasini yoritishda
ahamiyatlidir.
“Devonu lug‘otit turk”da aks etgan eski turkiy tilga xos ijtimoiy hayotni
anglatuvchi leksemalar insonlar ongida o‘sha davrda yashagan qadimgi turkiy
xalqlarning yashash tarzi, urf-odat va an'analari haqida ma'lum bir tasavvur
uyg‘otadi.
Dunyoning turli qismlarida yashovchi xalqlarning ijtimoiy hayoti, yashash
tarzi, urf-odati o‘sha xalqlarning joylashish o‘rni, geografik omillari nafaqat uning
tiliga, balki dunyoqarashi va xarakter xususiyatiga ham bog‘liq. Masalan, qaysidir
mintaqada yashovchi xalq doimiy urushlarni, bosqinchiliklarni ko‘rib doimiy
ravishda himoyalangan bo‘lsa, o‘sha xalq uchun betaraflik va yakkalanish oliy
qadriyat hisoblanadi. Ya'ni doimiy urushlarni ko‘rgan xalqning genida,
dunyoqarashida odamlardan qo‘rquv, ishonmaslik va shubhalanish natijasida inson
xarakterida yakkalanish xususiyati namoyon bo‘ladi. Keyinchalik bu xususiyat
guruh shaxsiyatiga aylanadi. Boshqa bir mintaqada yashovchi xalqda to‘qnashuvlar
kam bo‘lgan, ovqat va ichimlik mo‘l, yurti tinch, shu sababli ham, uning xalqi
mehmоndo‘st bo‘ladi. U xalqda tabiiy ehtiyojlardan tashqari san'at va madaniyat
yuksak darajada rivojlangan bo‘ladi. Madaniyat esa asta-sekin xalq ko‘rinishiga
kelib, kengayib, qadriyatga aylanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
354
1.Дадабаев Ҳ. Военная лексика в староузбекском языке. Дисс. ...канд.
филол. наук. – Ташкент, 1981.
2.Дадабаев Ҳ. “Девону луғотит турк”нинг тил хусусиятлари.– Тошкент:
ТДШИ, 2017.
3.DLT – Deвону луғотит турк I. –Tошкент, 1960.
ESTY –Севортян Э.В. Этимологический словарь тюркских языков. −М.:
Наука, 1974−1989.
4.Худойбердиев Ж. Маҳмуд Кошғарий ҳаёти ва “Девону луғотит турк”
бўйича яратилган асарлар кўрсаткичи. –Тошкент:Академнашр, 2011. −160 б.
5.O‘TEL –Ўзбек тилининг этимологик луғати. –Тошкент, 2000.
6. O‘TIL –Ўзбек тилининг изоҳли луғати. –Тошкент, 2006–2008.
