2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
355
HAYDAR XORAZMIYNING “GULSHAN UL-ASROR” MASNAVIYSIDA
O‘ZLASHMA QO‘SHIMCHALAR YORDAMIDA YASALGAN
LEKSEMALAR
IFODASI
Tashmatova Nilufar Choriyevna,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
“Masofaviy ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11110804
Annotatsiya.
Ushbu maqolada XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Xorazmda
yashab ijod etgan mumtoz adabiyotimiz yetuk namoyondalaridan Haydar
Xorazmiyning “Gulshan ul-asror” masnaviysida ifodalangan o‘zlashma qatlamga
oid affikslar tasnif va tahlil etilgan. Har bir til so‘z yasash, uni yangi ma’nolarda
qo‘llash kabi ichki imkoniyatlaridan tashqari, tashqi omillar ta’sirida, ya’ni boshqa
tillardan lisoniy birliklarni qabul qilish orqali ham rivojlanib, boyib boradi.
Masnaviy leksikasida ham o‘zlashma affikslar orqali hosil qilingan yasama
leksemalar kam miqdorda bo‘lsada ifodalangan.
kalit so‘zlar:
turkiy so‘z, so‘z yasash usullari, o‘zlashma so‘z,
o‘zlashma
affiks, leksema,
masnaviy, prefiks.
Annotation.
In this article, the classification and analysis of affixes related to
the process of conversion in the "Gulshan ul-Asror" epic poem by Haydar
Khwarazmi, one of the prominent representatives of our outstanding literature who
lived and created at the end of the 14th and the beginning of the 15th centuries in
Khwarazm, have been presented. Each language word, besides internal possibilities
such as word formation and its use in new meanings, also develops and expands
under the influence of external factors, that is, by accepting linguistic elements from
other languages, through lexical unity. Although the number of derived lexemes
created through conversion using affixes in the epic lexicon is relatively small, it is
emphasized that they exist.
Keywords:
turkish word, methods of word formation, derivative word,
derivational affix, lexeme, poetic, prefix.
Tilshunoslikda muayyan tilga xos so‘z yasash usullari bilan so‘z yasovchi
vositalar yordamida yangi so‘zlar hosil qilish til leksikasining boyishidagi eng
yetakchi yo‘llardan biri sifatida talqin qilinadi. Ichki resurslar asosida so‘z
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
356
yasashasosantilning o‘ziga xos so‘z yasash usullariga tayangan holda so‘z yasovchi
vositalar ko‘magida amalga oshadi
1
.
Har bir til so‘z yasashuni yangi ma’nolarda qo‘llash kabi ichki
imkoniyatlaridan tashqaritashqi omillar ta’siridaya’ni boshqa tillardan lisoniy
birliklarni qabul qilish orqali ham rivojlanibboyib boradi. Albattabu jarayon
muayyan til qonuniyatlari asosida amalga oshadi.Jahonda hech bir til yo‘qkiuning
lug‘ati faqat o‘z so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lsin. Boshqa tillardan olingan so‘zlar
yo o‘sha tilda o‘z shaklini qanday bo‘lsashundayligicha saqlaydi yoki uning leksik
tizimitabiatigrammatik qurilishiso‘z yasalishi va imlo qoidalariga uyg‘unlashadi
2
.
O‘zbek adabiy tili tarkibidagi so‘zlar tarixiy shakllanishi jihatidan faqat turkiy
tillarga xos bo‘lmaybalki fors-tojikarabmo‘g‘ulrus tillaridanshuningdekuyg‘ur tili
orqali xitoy tilidan kirib kelgan leksemalardan iborat. O‘zbek adabiy tilining
taraqqiyot bosqichiga nazar solsakmazkur so‘zlar turli davrlarda xilma-xil ijtimoiy
sabablar bois o‘zlashganligiga guvoh bo‘lamiz. Masalanfors-tojikcha istilohlar
o‘zbek va tojik xalqlarining qadimdan yonma-yon yashabbir-biri bilan ijtimoiy va
madaniy munosabatda bo‘lib kelganligi natijasidaarab leksemalari esaasosankitobiy
til va fors-tojik tilishuningdekqisman og‘zaki nutq orqali kirib kelgan.
Bundan tashqarifors-tojik tilidan kirgan ba-be-na-ham-dam- kor- -goh-
xoh-parast-ona-purush-gir-soz- band-pazir-vor kabi prefiks va affikslar arabcha va
fors-tojikcha so‘zlardan yangi leksemalar hosil qilgan. Biroq bunday o‘zlashmalar
juda kamchilikniya’ni 59 tani tashkil etadi
1) be-no- prefiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar o‘zakdan anglashilgan
ma’noga ega emaslikni ifodalovchi sifatlarni hosil qiladi bejoh-“martabasiz”<joh-
“martaba”bechoravor-“chorasiz holat savdoda singan” <chora-“imkon”besabr
nosabr-“sabrsiz”<sabr-“chidam”
beusul-“usulsiz”
<usul-“usul
yo‘nalish”bema’rifat-“ma’rifatsizilmsiz” <ma’rifat-“ilm savod”benazir-“naziri
yo‘qtengi
yo‘q”<nazir-“o‘xshash”behijob-“pardasiz”<hijob-“parda”beqaror-
“qarorsiz”<qaror-“xulosa hukm” besafo-“sofemas”<safo-“yorug‘- lik ravshanlik
pok
sof”
bevosita-“vositasiz”<vosit-“o‘rta
o‘rtadagi”bemalol-“malolsiz
xijolatsiz”<malol-“og‘rinishnorozi- lik” beranj-“ranjimasdan ranjsiz”<ranj-
“mashaqqatqiynalish”
beqiyos-“behad
behisob
cheksiz”<qiyos-
“solishtirisho‘xshatishandozao‘lchov”
bexabar-“xabarsiz
ma’lumotga
yega
yemas”<xabar-“axborotma’lumot”besipoh-“askarsiz qo‘shinsiz”<sipoh-“qo‘shin
1
Йўлдошев И. Ўзбек китобатчилик терминологияси.-Т. Фан2004.-Б.99.
2
Турсунов У.Ўринбоев Б.Алиев А. Ўзбек адабий тили тарихи.-Т. Ўқитувчи1995.-Б.34.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
357
askar” nomurod-“nochor noiloj<murod-“tilak istak maqsad”noumed-“umidsiz”
<umed-“orzu istak”bedast-“qo‘lsiz”<dast-“qo‘l”;
2) -gohxoh- affiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar takyagoh-
“suyanchiqko‘mak beruvchi” <takya-“ suyanchiqyostiq”uzrxoh-“uzr so‘rashafv
so‘rash”<uzr-“kechirim bahona sabab”dastgoh-“uskuna ish quroli” <dast-
“qo‘l”taxtgoh-“taxt qurilgan joy podsho yashaydigan shaharpodsho saroyi”<taxt-
“podshohning marosimlarda o‘tiradigan maxsus o‘rindig‘i”dardxoh-“dard uyi
qayg‘u
maskani”
<dard-“kasallik
og‘riqkulfat”borgoh-
“podshoh
saroyiqasrpodshoh qabulxonasi”<bor-“ijozat ruxsat izn”;
3) ham- prifiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar hamqadam-“doim birga
yuruvchi”<qadam-“oyoq
bosimi”hamsoya-“qo‘shnisoyadosh”
<soya-
“soyako‘lanka”hamnafas-“birga”<nafas-“nafas havo”hamdast-“qo‘ldosh orqadosh
birga
ishlovchi”<dast-“qo‘l”
hamdam-“birga”<dam-“vaqt”hamsabaq-“birga
o‘quvchi
birga
o‘qigan”<cabaq-“hamtabaq-“tovoqdosh
bir
idishda
ovqatlanish”<tabaq-“tovoq
ovqat
solinadigan
idish”hamnishast-“
birga
o‘ltiruvchihamsuhbat”<nishast-“o‘tirish cho‘kish” ham- xirqa -“xirqadosh”<xirqa-
“shayx
va
darveshlarning
maxsus
ust
kiyimijanda”hamog‘ush-
“quchoqlashgan”<og‘ush-“quchoq”;
4) -ona affiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar shohona-“shohonashohlar
kabi”<shoh-“shohhukmdor”harifona-“sherikchilikulfatchilik”<harif-“sherik birga
ishlovchi ulfat” turkona-“turkiychaturklarnikidek”<turk-“turkiylar” ;
5) dam- prifiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar damsozim-“har vaqt birga
bo‘luvchiulfatdo‘st suhbatdosh”<soz-“vaqt”
6) -parast affiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar farog‘atparast-“farog‘atga
intiluvchi”<farog‘at-“yaxshi yashash rohat”
7) -purush affiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar javharpurush-“javhar
sotuvchi”<javhar-“qimmatbaho tosh”
8) -gir affiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar iqlimgir-“barcha iqlimni zabt
etgan (jahongir)”<iqlim-“mintaqa”
9) -soz affiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar korsoz (7B-9 Sikkau xutba
otidin sarfarozFathu zafar himmatina korsoz.)-“zamonasoz” <kor-“yumush ish”
10) -pazir affiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar xizmatpazir-“xizmatga
shay”<xizmat-“xizmat yumush”dilpazir-“ ko‘ngilga yoquvchiyoqimli” <dil-
“ko‘ngil”
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
358
11) -band affiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar naqshband-
“naqshlijozibali”<naqsh-“naqsh”chashmband-“chachvon
chimmat”<chashm-
“ko‘z”;
12)-kor affiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar parhezkor-
“parhezli”<parhez-“parhez”rostkor-“rost so‘zlovchi”<rost-“to‘g‘ri”;
13) -vor affiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar murdavor-“murdaga
o‘xshasho‘likka o‘xshash”<murda- “o‘lik”umidvor-“umid qilmoq”<umid-“orzu
umid”mardvor-“mardlarcha”<mard-“jasur botir”;
14) -kash affiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar talabkash-“talab qilish talab
qiluvchi”<talab-“so‘rash istash xohish mayl”
15) -dor affiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar mevador-“sermeva mevasi
ko‘p”<meva-“daraxtning
hosili”nigohdor-“boqishli”<
nigoh-“boqish
qarash”zaxmdor-“yarador”<zaxm-“yara jarohat”;
16) -gor affiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar talabgor-“istovchi
so‘rovchi”<talab-“so‘rash istash xohish”;
17) -nok affiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar dardnok-“dardli xasta”<dard-
“kasallik xastalik og‘riq”;
18)-mand affiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar xiradmand- “aqlli
dono”<xirad-“aql fikr zehn”sudmand-“foydali naf’li”<sud-“foyda naf’”;
Asar leksikasini o‘rganish mobaynida shu narsa ayon bo‘ldikimasnaviy tilida
o‘zlashma lisoniy birliklardan yangi so‘zlar hosil qilishda sifat yasovchi be- va no-
prefikslari faol ishtirok etgan. Bu esa o‘z navbatida ushbu qo‘shimchalarning XIV-
XV asrlarda sermahsul affikslardan bo‘lganligini ko‘rsatadi. Demakleksik sathning
shakllanishi va boyib borish jarayonini kuzatishdao‘zga tillarning turkiy
tillarjumladano‘zbek tili rivojida tutgan o‘rnini aniqlashdatildan tashqari –
ekstralingvistik omillarni to‘g‘ri belgilashda ko‘hna yodnomalar til xususiyatlarini
atroflicha tadqiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Haydar Xorazmiy. “Gulshan ul-asror” (Mahzan ul-asror) qo‘lyozmasi.
O‘zRFA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi. № 37.
2.
Алиев А., Содиқов Қ. Ўзбек адабий тили тарихидан.-Т.: Ўзбекистон,
1994, 1994.
3. Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатламлари.-
Т.:Фан, 1985.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
359
4. Жамолхонов Ҳ. Ҳозирги ўзбек адабий тили.2-қисм.-Т.:Тошкент давлат
педагогика университети,2004.
5. Йўлдошев И. Ўзбек китобатчилик терминологияси.-Т.: Фан, 2004.
6. Муталлибов С. Морфология ва лексика тарихидан қисқача очерк. -Т.:
Фан, 1959.
7. Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага
келиши ва тикланиши.-Т.: Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2006.
8. Турсунов У., Ўринбоев Б., Алиев А. Ўзбек адабий тили тарихи.-Т.:
Ўқитувчи, 1995.
