Authors

  • Shirinoy Muhsinjonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31701

Keywords:

Mahmud Koshgari

Abstract

This article analyzes the fruit names used in Mahmud Koshgari's "Devonu Lugotit-Turk" and their linguistic research. In addition, the etymology of the lexemes representing the names of fruits is discussed, and the opinions about their appearance in other works are also included in the content of the article.

background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

360

MAHMUD KOSHG‘ARIYNING “DEVONU LUG‘OTIT-TURK”

ASARIDA MEVA NOMLARININING IFODALANISHI

Muhsinjonova Shirinoy Asliddin qizi,

Muhsinjonovashirinoy27@gmail.com

Alisher Navoiy nomidagi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11110832

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk”

asarida qo‘llangan meva nomlari hamda ularning lingvistik tadqiqi tahlilga tortilgan.
Bundan tashqari, meva nomlarini ifodalovchi leksemalarning etimologiyasi
xususida ham so‘z yuritilib, ularning boshqa asarlarda qay ko‘rinish kasb etganligi
borasidagi fikrlar ham maqola mazmunidan o‘rin olgan.

Kalit so‘zlar:

Mahmud Koshg‘ariy, “Devonu lug‘otit-turk”, meva nomlari,

lingvistik tahlil, etimologiya, qiyosiy tahlil

.

Abstract

. This article analyzes the fruit names used in Mahmud Koshgari's

"Devonu Lugotit-Turk" and their linguistic research. In addition, the etymology of
the lexemes representing the names of fruits is discussed, and the opinions about
their appearance in other works are also included in the content of the article.

Keywords

:

Mahmud Koshgari, "Devonu Lugotit-Turk", fruit names, linguistic

analysis, etymology, comparative analysis.

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarini ilmiy nuqtayi

nazardan tadqiq qilish orqali tilga tarixiy yondashuv asosida so‘zlarning mazmuniy,
madaniy hamda vazifaviy jihatlarini ochib berish mumkin. Asar turkiy so‘zlarning
yirik bazasi hisoblanib, har bir leksik ifoda eski turkiy tilda mavjud atamalarning
o‘sha davr nuqtayi nazaridan yoritilishida yordam beradi. Ushbu asarni o‘rgangan
olimlardan biri S. Rustamora aytganidek: “

Devonu lug‘otit-turk”da turklarning

hayot kechirishi uchun zarur ashyolarning nomlari, urug‘, qabilalarning nomlari,
faxriy unvonlar, turli lavozimlarning nomlari, oziq-ovqat, yovvoyi va uy hayvonlari,
parrandalar va yovvoyi qushlarning nomlari, jug‘rofiy atamalar, shaharlar, turli
kasalliklar nomlari, anatomik atamalar, metallar va minerallarning nomlari, harbiy
atamalar va ma’muriy vazifalarga oid atamalar bor. Turli tarixiy va afsonaviy
qahramonlarning nomlari, bolalarning o‘yin va ermaklari va boshqalarga xos
atamalarga boyligi bilan hozir zamon kishisiga XI asrda yashagan turklarning


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

361

hayot tarzi haqida ma’lumot beruvchi yagona manba hisoblanadi [Rustamora,
1996:124]

”.

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida oziq-ovqat

mahsulotlariga doir leksemalar ishtirok etgan bo‘lib, xususan, meva mahsulotlariga
oid nomlar miqdoran salmoqli.

Yemiṧ

leksemasi hozirgi o‘zbek tilidagi

meva

so‘zining eski turkiy tildagi ma’nodoshi hisoblanadi. Bundan tashqari,

yemiṧ

[Koshg‘ariy, 2017:327]

so‘zi umumiylikdan xususiylik tomon yondashilgan holda

“daraxt mevasi”, ya’ni “ho‘l meva” ma’nosini ham kasb etgan.

“Devon” orqali eski turkiy tilda qo‘llangan xilma-xil meva nomlari bilan

tanishishimiz mumkin. Jumladan, hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanuvchi

jiyda

mevasi

eski turkiy tilda

yigdǟ

yoki

yigtǟ

tarzida ifodalangan. Koshg‘ariy bu haqida asarning

grammatika qismida ma’lumot beradi: “

Jiydani turklar yigdǟ desalar, o‘g‘uzlar

yigtǟ deydilar

”.

Erṻk

ham “Devon”da o‘z aksini topgan leksema hisoblanib, unga quyidagicha

ta’rif berilgan:

shaftoli, o‘rik, olxo‘ri mevalarining umumiy nomi, ular biror sifati

bilan bir-biridan farq qiladi”. Ko‘rinib turibdiki,

erṻk

termini uch meva nomini

anglatgan, ya’ni: shaftoli; o‘rik; olxo‘ri.

Ushbu so‘z bugungi kunga qadar biroz shakli o‘zgargan holda yetib kelgan,

ya’ni:

erṻk>o‘rik

. Ammo mazmunda ham biroz o‘zgarish mavjud, ya’ni eski turkiy

tilda

eruk

leksemasi uch meva nomining umumiy ko‘rinishini anglatgan (shaftoli,

o‘rik, olxo‘ri) bo‘lsa, hozirgi kunga kelib mazmunda torayish yuzaga kelgan, ya’ni
faqat

o‘rik

leksemasini ifodalashda davom etmoqda. Shuni ham qayd etish lozimki,

lug‘atshunos

erṻk

termini yordamida uch meva nomining umumiy jihatini aytib

o‘tgan bo‘lsa, ularga ma’lum sifatlovchilar berish orqali fitonimlardagi mazmunni
farqlashga erishgan, xususan:

tṻlṻg

erṻk [Koshg‘ariy, 2017:41]

– shaftoli;

sarḯɤ

erṻk [Koshg‘ariy, 2017:41]

– o‘rik;

qara erṻk [Koshg‘ariy, 2017:41]

– olxo‘ri.

“Devon”da shaftoli mevasining turfa navlari ham birma-bir qayd etib o‘tiladi,

ya’ni uning nashvati, olmurut navi

armut [Koshg‘ariy, 2017:79]

leksemasi

yordamida aks ettiriladi. Ushbu fitonim etimologiyasiga to‘xtaladigan bo‘lsak,
uning o‘rta qipchoq qabilalariga oid ekanligining guvohi bo‘lish mumkin. Fors tilida
ham bu leksema mavjud bo‘lib, u

armud

yoki

amrud

kabi ko‘rinishlarga ega ekanligi

manbalarga qayd etiladi. Ba’zi ilmiy adabiyotlarga tayangan holda qayd etishimiz
mumkinki, ushbu fitonimning ko‘plik shakli eski turkiy tilda

armut

shaklida

qo‘llangan. Tushum kelishigidagi formasi esa

armudu

hisoblanadi.

Amṧuy [Koshg‘ariy, 2017:59]

yoki

limkǟn [Koshg‘ariy, 2017:176]

terminlari

olxo‘rining sariq turiga nisbatan qo‘llangan.

Ṻzṻm(16; b43)

leksemasi “Devonu


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

362

lug‘otit-turk” asarida ham xuddi shu ko‘rinishda ishlatilgan. Uzum daraxti esa

ṻzṻm

yḯɤaḉḯ [Koshg‘ariy, 2017:326]

birikmasi tarzida namoyon bo‘lgan. Ushbu so‘z

etimologiyasini tadqiq qiladigan bo‘lsak, uning kelib chiqishi qadimgi turkiy tilga
borib taqaladi hamda uning bu davrdagi ko‘rinishi

yurum

ekanligining guvohi

bo‘lish mumkin. Uyg‘ur tilida ham aynan

uzum

ko‘rinishi qo‘llaniladi. “Devon”da

uzumning g‘o‘rasiga nisbatan esa

talqa [Koshg‘ariy, 2017:176]

fitonimi ishlatilgan.

Mevaning qora navi esa

maṧḯḉ ṻzṻm [Koshg‘ariy, 2017:145]

deb nomlangan.

Yava

yoki

yawa

fitonimi nutqda keng iste’molda bo‘lgan tursus mevasining

nomiga nisbatan qo‘llanilgan. Behi mevasi asarda

awḯya [Koshg‘ariy, 2017:58]

fitonimi yordamida anglashilgan, turkiy xalqlar orasidagi ba’zi shevalarda ham
aynan shu so‘z amalda ekanligi qayd etiladi. Behining nordon turi Koshg‘ariy
tomonidan

awya

leksemasi bilan yuritilgan hamda muallif bu leksemani quyidagi

jumla yordamida dalillagan:

aḉḯɤ awya tḯṧḯɤ qamattḯ -

nordon behi va boshqa narsalar

tishini qamashtirdi”.

Mahmud Koshg‘ariyning ta’kidlashicha,

olma

leksemasi eski turkiy tilda ikki

xil ko‘rinish kasb etgan, bu holat qaysi turkiy xalqlar nutqida qo‘llanilishiga
asoslangan, ya’ni o‘g‘uz tilida ushbu leksema

alma

deb yuritilsa, turk tilida

almḯla[Koshg‘ariy, 2017:26])

tarzida ifodalangan. Demak, bugungi kunda

nutqimizda faol qo‘llanilayotgan

olma

leksemasi o‘g‘uz tilida qo‘llangan bo‘lib,

ba’zi o‘zgarishlar asosida bizga qadar yetib kelgan:

alma>olma

. Rabg‘uziyning

“Qissasi Rabg‘uziy” asarida ham ushbu meva nomi

olma

ko‘rinishiga ega bo‘lgan:

Barcha yemishlar uch turlidir: birlari olma, nokdek usti yeyilar urug‘i yeyilmas

”.

Alisher Navoiy asarlarida ham

olma

shakli faol qo‘llanilgan:

Olmani sundi nigorim, «ol» dedi,
«Olma birla bu ko‘ngulni ol» dedi.
So‘rdum ersa olmasining rangini
«Ne so‘rarsen, olma rangi ol» dedi.

Bundan tashqari, “Devon”da olma turlariga oid nomlar ham qo‘llanilishi

bilan ahamiyatlidir, xususan, uning qirmizak, qirmizga o‘xshagan nordon navi

qḯmḯz

almḯla[Koshg‘ariy, 2017:147]

funduq yong‘og‘i kattaligicha keladigan, shirin

hamda oq, qizil tusga ega olma asarda

senkǟḉ[Koshg‘ariy, 2017:181]

termini bilan

yuritilgan. Koshg‘ariy tomonidan olma fitonimi ishtirok etgan maqol ham aks etgan:

Atasḯ aḉḯɤ almḯla yesǟ, oɤlḯἠḯn tḯṧḯ qamar

– otasi achchiq olma yesa, o‘g‘lining tishi

qamashar

.

Hozirgi

yong‘oq

leksemasi

eski

turkiy

tilda

yaɤaq[Koshg‘ariy,

2017:452]

tarzida qo‘llanilgan bo‘lib, ushbu fitonim ham “Devon” so‘z boyligidan


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

363

bevosita o‘rin olgan hamda muallif tomonidan bu so‘z ishtirokidagi gap ham
keltirilgan:

yaɤaq anḯἠ tḯlḯn aɤnattḯ

– yong‘oq yeyish uning tilini chaqa qildi, hatto

so‘zlashi qiyin bo‘ldi, tutildi. Yong‘oq daraxti esa

yaɤaq yḯɤaḉḯ [Koshg‘ariy,

2017:326]

birikmasi bilan anglashilgan. Boburning “Boburnoma” asarida bu

fitonim

yong‘oq

ko‘rinishida qayd ettilgan: “

Tog‘lari tamom Kofiristondur (hozirda

Nuriston). Tog‘larida noju (qarag‘ay) va chilg‘o‘za (kedr) va balut (dub) va
yong‘oq yog‘ochlari bisyor bo‘lur, o‘simliklari serob

...”.

Armut

fitonimi “Devon”da “nok” ma’nosini ifodalagani ta’kidlangan:

yḯɤaḉ

armutladḯ

– nashvati nok daraxti meva tugdi. Qiziqarli jihati shundaki, asarda

“shaftoli” mevasi ma’nosi ham aynan shu fitonim bilan nomlangan. Tut daraxtiga
nisbatan asarda

ṻẑmǟ [Koshg‘ariy, 2017:65]

leksemasi qo‘llangan. Hozirgi o‘zbek

tilida lakuna holatiga ega, ya’ni tushunchasi mavjud bo‘lgan nomlar ham lug‘atda
mavjud. Bu tushuncha

yimṧǟn [Koshg‘ariy, 2017:336]

deb nomlanib, uning izohi

quyidagichadir: qipchoq o‘lkalarida pishib yetiladigan sahro mevasining nomi.
Hozirgi o‘zbek tilida bu fitonimning aynan ifodasi mavjud emas. Chilonjiyda mevasi
“Devon”da

ḉḯpḯqan[Koshg‘ariy, 2017:179]

deb yuritilgan.

Qarluq tiliga mansub umumiy ma’noda “quritilgan meva”, xususiy ma’noda

esa “o‘rik, uzum va shu kabi mevalarning quritilgani”ga nisbatan

ḉaxṧaq

[Koshg‘ariy, 2017:186]

fitonimi ishlatilgan. Bundan tashqari, ayni ma’noni

ifodalash uchun

qaq[Koshg‘ariy, 2017:128]

fitonimidan foydalanilgan.

“Devon”dan o‘rin olgan meva nomlari(jadval asosida).

Aḉḯɤ awya tḯṧḯɤ qamattḯ

Nordon behi va boshqa narsalar
tishini qamashtirdi

Alma

Olma(o‘g‘uzlar tilida)

Almḯla

Olma(turklar tilida)

Amṧuy /limkǟn

Olxo‘rining sariq turi

Armut

I.

Shaftolining nashvati, olmurut navi.

II.

Nok.

Atasḯ aḉḯɤ almḯla yesǟ, oɤlḯἠḯn tḯṧḯ
qamar

Otasi achchiq olma yesa, o‘g‘lining
tishi qamashar

Awḯya

Behi

Awya

Behining nordon turi

Ḉḯpḯqan

Chilonjiyda

Erṻk

I.

Shaftoli.

II.

O‘rik.

III.

Olxo‘ri.


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

364

Maṧḯḉ ṻzṻm

Uzumning bir xil qora navi

Qaq

o‘rik, uzum va shu kabi mevalarning
quritilgani

Qara erṻk

Olxo‘ri

Qḯmḯz almḯla

Olmaning qimizak, qimizga
o‘xshagan nordon navi

Sarḯɤ erṻk

O‘rik

Senkǟḉ

Funduq yong‘og‘i kattaligicha
keladigan, shirin va oq tusga ega
bo‘lgan olma

Talqa

Uzumning g‘o‘rasi

Tṻlṻg erṻk

Shaftoli

Ṻẑmǟ

Tut daraxti

Ṻzṻm

Uzum

Ṻzṻm yḯɤaḉḯ

Uzum daraxti

Yaɤaq

Yong‘oq

Yaɤaq anḯἠ tḯlḯn aɤnattḯ

Yong‘oq yeyish uning tilini chaqa
qildi

Yaɤaq yḯɤaḉḯ

Yong‘oq daraxti

Yava/yawa

Tursus mevasi nomi

Yemiṧ

Meva

Yemiṧ

I.

Daraxt mevasi.

II.

Ho‘l meva.

Yigdǟ

Jiyda(turklar tilida)

Yigtǟ

Jiyda(o‘g‘uzlar tilida)

Yimṧǟn

qipchoq o‘lkalarida pishib
yetiladigan sahro mevasining nomi

Yḯɤaḉ armutladḯ

Nashvati nok daraxti meva tugdi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Болтабоев Ҳ., Дадабоев Ҳ. Девону луғотит турк, I,II,III жилдлар. –

Тошкент: 2006-2008.

2.

Будагов Л. Сравнительный словарь турецко – татарских наречий. I,

.СПБ, 1969, II. СПБ.

3.

Воҳидов Эркин. Сўз латофати. – Тошкент: Ўзбекистон, 2018.


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

365

4.

Гумилев. Л.Н. Қадимги турклар. – Тошкент: Фан, 2007.

5.

Дадабаев Ҳ., Насыров И., Ҳусанов Н. Проблемы лексики

староузбекского языка. – Ташкент: Фан, 1990.

6.

Дадабоев Ҳ. “Девону луғотит-турк”нинг тил хусусиятлари. –

Тошкент: ТДШИ, 2017. - Б. 133.

7.

Содиқов Қ. Девону луғотит турк. – Тошкент, 2017.






References

Болтабоев Ҳ., Дадабоев Ҳ. Девону луғотит турк, I,II,III жилдлар. – Тошкент: 2006-2008.

Будагов Л. Сравнительный словарь турецко – татарских наречий. I, .СПБ, 1969, II. СПБ.

Воҳидов Эркин. Сўз латофати. – Тошкент: Ўзбекистон, 2018.

Гумилев. Л.Н. Қадимги турклар. – Тошкент: Фан, 2007.

Дадабаев Ҳ., Насыров И., Ҳусанов Н. Проблемы лексики староузбекского языка. – Ташкент: Фан, 1990.

Дадабоев Ҳ. “Девону луғотит-турк”нинг тил хусусиятлари. – Тошкент: ТДШИ, 2017. - Б. 133.

Содиқов Қ. Девону луғотит турк. – Тошкент, 2017.