2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
374
“DEVONU LUG‘OTIT TURK” VA XORAZM O‘ZBEK O‘G‘UZLARI
LEKSIKASINING QIYOSIY TAHLILI
Aralova Lobar Akbar qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti,
tayanch doktorant
akbarovalobar833@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.11110853
Annotatsiya.
Xorazm shevalari leksikasining negizini asl turkiy tillarga xos
bo‘lgan qatlam tashkil qiladi.
Ma’lumki, qadimgi turkiy til manbasi bo‘lgan
“Devonu lug‘otit turk” asaridagi leksemalar o‘g‘uz shevalarida eng ko‘p saqlanib
qolgan. Shu bois, mazkur maqolada asar leksikasining Xorazm o‘g‘uz lahjasiga
munosabati tadqiq etildi. O‘g‘uzcha so‘zlarning ma’nosidagi o‘zgarishlar, ularning
etimologiyasi haqida fikr yuritildi.
Kalit so‘zlar:
o‘g‘uz, qadimgi turkiy til, sheva, fonetik o‘zgarish, semantik
o‘zgarishlar, til tarixi.
Annotation.
The basis of the lexicon of Khorezm dialects is the layer
charasterestic of the original Turkic languages. It is known that lexemes from the
work “Divan Lughat al-turk” which is the source of the ancient Turkic language,
have been preserved most in the dialects of the Oghuz group. Therefore, in this
article, the relationship of the lexicon of the work to the Khorezm Oghuz dialect was
studied. Changes in the meaning of Oghuz words and their etymology were
discussed.
Key words:
Oghuz, ancient Turkic language, dialect, phonetic change,
semantic changes, language history.
Muayyan jamiyat yoki davlat hayotidagi evrilish-o‘zgarishlar, eng avvalo,
tilning lug‘at zaxirasida aks etadi, ya’ni jamiyat va til, umuman xalq va til o‘rtasidagi
izomorfizm aynan lug‘atda o‘zining bevosita va konkret tajassumini topadi
[Маҳмудов, 2017:27].
Yillar davomida jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar uning leksik
qatlamiga ham ta’sir etmay qolmaydi. Natijada tillardagi ba’zi so‘zlar eski qatlam
so‘zlariga aylanishi, iste’moldan chiqishi yoki yangi leksema bilan almashinishi
mumkin. “Til doim harakatda, u doim o‘zgarib turadi. Tilning barcha qatlamlari
(fonetik, leksik, morfologik, sintaktik) yillar davomida kengayib, takomillashib
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
375
boradi. Jamiyat taraqqiyoti natijasida yangi tushunchalar yangi lisoniy birliklar
ko‘rinishida qo‘shilishi mumkin. Yoki yillar davomida foydalanilgan birliklar vaqt
o‘tib eskirishi, iste’moldan chiqishi mumkin. Bu tabiiy ko‘rsatkich, tilga xos
xususiyat sifatida baholanadi” [Юсупова, 2021:55]. Bunday semantik
o‘zgarishlarni tadqiq qilish til tarixi va uning rivoji to‘g‘risida muhim xulosalar
berish imkonini beradi. H.Dadaboyev aytganidek, “turkiy (o‘zbek) tilining
shakllanish va rivojlanish dinamikasini o‘zida ro‘y-rost aks ettirgan ko‘hna
yodgorliklar til xususiyatlari, ularda in’ikosini topgan turfa fonetik-fonologik,
morfem-morfologik, leksik-semantik va sintaktik jarayonlarni anglamay, ularning
mohiyatini tushunmay turib, hozirgi o‘zbek adabiy tilining statik holati to‘g‘risida
biror jo‘yali mulohaza yuritish amri mahol” [Дадабоев, 2019:267].
“Devonu lug‘otit turk” asarida izohlangan aksariyat so‘zlar hozirgi kunda
o‘zbek tilining lahja va shevalarida asl holida yoki ayrim fonetik o‘zgarishlar bilan
qo‘llanmoqda. Jumladan, Xorazm shevalari leksikasida hozirgi adabiy tilimizda
uchramaydigan, lekin qadimgi yozma yodgorliklar tiliga xos bo‘lgan ayrim so‘zlar
ishlatiladi:
arïǧ
(toza);
a:siǧ
(foyda);
aru
(chiroyli);
qat –
qavat (xona, bo‘lma).
Shuningdek,
məƞzəmək, gizləmək, yaqtu
kabi ko‘pgina so‘zlar klassik
adabiy tilimizda uchraydi. Ba’zi bir misollarni keltiramiz:
Yaqtu
– yorug‘:
Iki yoqtu guhar olamga bergan,
Muhabbat ganjini odamg‘a bergan
(“Muhabbatnoma”).
Asïǧ
– foyda:
Ki men dur tishlaring hajridin o‘ldim, ne asig‘ gar charx,
Nujum ashkini yog‘dirsa boshimga o‘ylakim jola.
Arïǧ
– pok:
Ko‘ngli ko‘z qonidin arïǧ gar bo‘lur ermish yuzi,
Oshiqe kim ko‘zu ko‘ngli har g‘arazdin pok emish.
(Alisher Navoiy.
“Kulliyot”, Toshkent, Il’in tipografiyasi, 1899-yil, 65 va 123-betlar) [Абдуллаев,
1961:139].
“Devonu lug‘otit turk” asari leksikasining Xorazm o‘g‘uz lahjasiga
munosabatini o‘rganar ekanmiz, tilning leksik sathida davrlar o‘tishi bilan turli xil
o‘zgarishlar sodir bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, “Devonu lug‘otit turk”
asarida
quv
so‘zining
quǧu
fonetik variantini uchratamiz. B.Abdushukurovning
ko‘rsatishicha, bu termin dastlab O‘rxun-Enasoy yodgorliklarida uchragan:
er quǧu
qušqa soquštï
– er oqqush bilan to‘qnash keldi [ДТС, 464]. XIV asrga doir turkiy
manbalarda
qu, qavu
[ХШ,28б3],
ququ
[ХШ,73а20] shakllari ko‘zga tashlanadi:
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
376
Havā üzrä berür šunqarǧa qunï
[Мн,290б5]. Jamoliddin Turkiyning “Kitob ul-
bulg‘at” risolasida
quv
shakli qayd etilgan [Абдушукуров, 2018:34]. Hozirda
Xorazm o‘g‘uz shevasida
quv
[ЎХШЛ, 1971:165] o‘zining tub ma’nosida
qo‘llanilib kelinmoqda. Bu termin klassik adabiy tilimizda ham xuddi shu ma’noda
uchraydi:
Havo uzra berur shunqorg‘a quvni,
To‘lin oydek qilur bir qatra suvni (“Muhabbatnoma”) [Абдуллаев,
1961:139].
Ekinzorlarga zarar keltiruvchi, to‘g‘ri qanotlilar turkumiga mansub hasharot
– chigirtka leksemasi “Devonu lug‘otit turk”da
čӭgürkä
tarzida kelgan va Mahmud
Koshg‘ariy ushbu so‘zni o‘g‘uzcha ekanligini aytib o‘tgan. “Turklar bu so‘zni uning
uchmasdan oldingi holiga qo‘llaydilar. Ko‘p bolalar va askarlar shunga o‘xshatiladi:
čӭgürkä tak su
– chigirtkadek ko‘p askar [ДЛТ, I, 317]. Bu so‘z Xorazm
o‘g‘uzchasida
chɵvurtkə
tarzida talaffuz qilinadi [Абдуллаев, 1961:117].
“
Susǧaq
– suv va suv kabi narsalarni botirib oladigan asbob. Qarluq,
qipchoq va butun ko‘chmanchilar tilida shunday” [ДЛТ, I, 437]. Hozirgi kunda
Urganch, Xiva, Xonqa hududlarida
susaq
, Hazoraspda esa
su:saq
kabi fonetik
variantlari iste’molda faol ishlatiladi. Ushbu leksema
“cho‘mich”
ma’nosini
bildiradi:
kəmpir itni susaq vilən qarsəttirib urïptï
(Xiva) [ЎХШЛ, 1971:242].
O‘zbek adabiy tilida “suruv – poda; “mol podasi” ma’nosida qo‘llaniladi.
Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma’noni anglatgan bu ot asli
sürüg
tarzida [ДС,
518] talaffuz qilingan; keyinroq so‘z oxiridagi
g
undoshi
k
undoshiga, undan keyin
k
undoshi
v
undoshiga almashgan; o‘zbek tilida
ü
unlilarining yumshoqlik belgisi
yo‘qolgan:
sürüg
>
sürük > sürüv > suruv
[ЎТЭЛ, 309]. “Devon”da “
sürük
– har
qanday hayvon to‘dasi”ga nisabatan ishlatilgan [ДЛТ, I, 370]. Navoiyning asarlarida
suruk
so‘zi odamlar to‘dasiga ham qo‘llanadi. Navoiy o‘z asarlarini yana ham
yaxshi yoza olishiga vaqti yo‘qligini yozganda shu so‘zni qo‘llagan:
Bir suruk, albatta, qo‘yib ketmayin,
Toki burun ikki suruk yetmayin
.
(Bir to‘da odamlar ketmasdan oldin, albatta, ikkinchi to‘da yetib kelar, vaqt
shuncha tang edi) [ДЛТ, I, 370].
Hozirgi kunda ushbu so‘zning Qashqadaryo qarluq tarmog‘ida “
sürüg
–
guruh, to‘da”, Xorazm janubiy o‘g‘uz shevasida
“sürik / süri”
ko‘rinishlari mavjud
(ЎХШЛ, 1971:244). Xorazm hududida ikki ma’noda qo‘llaniladi: 1. To‘da, to‘p:
ɵyimizə buyun bir suri me:malla gəldi
; 2. Qo‘y podasi:
kəmpir gechchisini
birchopanni surisinə qoship qoyganəkən
[Абдуллаев, 1961:84]. Ko‘rinib turibdiki,
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
377
hozirgi kunda ushbu so‘zning har ikki ma’nosi tilimizda keng iste’foda etib
kelinmoqda.
Mahmud Koshg‘ariy lug‘atidagi ma’lum bir so‘zning o‘zak ma’nosi hozirgi
sheva so‘zlari tarkibida saqlanib qolganligini ham ko‘rishimiz mumkin. Masalan,
“
küpig / kӧbik
– chopon qavish”, “
ol ton kübidi:
u iyim tikdi (matodan ikki qatlam
qilib, orasiga paxta qo‘yib (tikdi)” [ДЛТ, I, 387]. O‘zbek qarluq shevalarida va
Xorazm o‘g‘uzchasida “
guppi
– qisqa paxtalik chopon” ma’nosini bildiradi
[ЎХШЛ, 1971:71].
“
Sariǧ
– sariq, hamma narsaning sariqligi [ДЛТ, III, 355]. Ma’lumki, o‘zbek
adabiy tilida sariq, qipchoq va o‘g‘uz shevalarida
sari
deb ishlatiladigan bu so‘z
Buxoro qarluq tarmoqlarida
sarig‘
ko‘rinishida eski turkchaga yaqin qo‘llaniladi.
Biror buyumning o‘tkirligini ifodalash uchun qadimgi turkiy tilda
“yitig”
atamasi qo‘llangan.
Jitig
– o‘tkir, qayralgan.
Jitig bičäk
– o‘tkir pichoq: qilich va
qilichga o‘xshash o‘tkir narsalarning hammasiga ham bu so‘z qo‘llanadi [ДЛТ, III,
25]. Xorazm o‘g‘uz shevasida “
yitti
– g‘oyat, juda” ma’nosida ishlatiladi. [ЎХШЛ,
1971:71]. G‘.Boboyorovning ta’kidlashicha, Buxoro o‘g‘uzlarining Qorako‘l
shevasida “
ittik
-o‘tkir”, Qashqadaryo viloyatining Shahrizabz tumanidagi
Ammog‘on qishlog‘ining qarluq shevasida “
ittik
– o‘tkir (tig‘ va qalampir haqida)”,
Qirg‘izistondagi O‘sh o‘zbek qarluqchasida bu so‘z “o‘tkir, keskir” ma’nosida
ishlatiladi [ЎХШЛ, 1971:133; Жўраев 1969, 134] [8]. Qashqadaryo viloyati
qipchoq lahjasida “
itik
– o‘tkir tig‘li, keskir (pichoq)” ko‘rinishida saqlanib qolgan
[Нафасов, 2011: 126].
“
Qag‘un
- qovun” [ДЛТ, I, 388]. Janubiy Qozog‘istondagi Turkiston-
Chimkent shaharlari oralig‘ining qarluq – o‘g‘uz aralash Iqon qishlog‘i o‘zbek
shevasida
“qag‘:un”
qovun ko‘rinishidadir (ЎХШЛ, 1971:158).
“
Temän:
temän yignä
:
katta nina” [ДЛТ, I, 381]. Bugungi kunda bu so‘z
qirg‘izcha va turkmancha “
temen
”, qozoqchada “
teben
” ko‘rinishida saqlanib
qolgan [Eratala, 2019:1774]. Bu so‘z o‘zbek tilining ko‘proq qipchoq va qisman
qarluq shevalarida
“tebänä”
(“tӧvänä”, “tӧgänä”, “tebän-iynä”), o‘zbek
o‘g‘uzchasida esa
“tämän”
kabi ko‘rinishlarga ega [ЎХШЛ, 1971:255;
Абдуллаев, 1961:86].
Narsa-buyumlarning yo‘qolishiga nisbatan qadimgi turkiy tilda
“jitük”
atamasi qo‘llanilgan. “Devon”da shunday izohlangan:
jitüklig anasï qojun ačar
–
narsasini yo‘qotgan (odam) onasining qo‘ynini ham ochar, qaraydi. Ya’ni narsa
yo‘qotgan kishi bunga haqli, bunda uzli, demakdir [ДЛТ, III, 25]. Hozirgi kunda
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
378
Xiva aholisi nutqida
yitirmək
, Buxoro hududida
yitmoq, yitirmoq
kabi so‘zlar
xuddi shu ma’noda ishlatiladi [ЎХШЛ, 1971:133].
“
Yandaq tikän
– yantoq tikan” [ДЛТ, III, 248]. O‘zbek adabiy tili va
shevalarida “yantaq, yantaq-tikan” so‘zlari shu ma’noda ko‘rinsa-da, ayrim
qishloqlarda “yantaq shäkäri” so‘zi uchrab, “Devon”dagi
“yantaq chekäri”
ga
uyg‘un keladi. O‘zbek Xorazm o‘g‘uzchasida esa bu so‘z “Devon”dagi kabi
o‘zining “yandaq” ko‘rinishini saqlab qolgan [Абдуллаев, 1961:51].
Demak, eski turkiy tilda qo‘llangan ba’zi so‘zlar sheva vakillari nutqida
ma’lum jihatdan ma’no o‘zgarishlariga uchragan. Bunda ayrim so‘zlar ma’nosi
o‘zgarmagan holda faqat fonetik o‘zgarishga uchragan, ba’zilarining ma’nosi
kengaygan yoki toraygan. Bu, albatta, til taraqqiyotida tilning leksik sathida sodir
bo‘ladigan hodisalardan biridir.
Xulosa qilib aytganda, so‘z ma’no qurilishidagi o‘zgarishlarni tadqiq etish
o‘zbek xalq shevalarida qo‘llanishda bo‘lgan leksemalarning ma’no taraqqiyotini
yoritishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, qiyosiy
tahlillar natijasida ba’zi so‘zlarning ma’no taraqqiyotida yuz bergan o‘zgarishlar va
ularning sabablari, ba’zilarining esa etimologiyasi aniq namoyon bo‘ladi.
Shartli qisqartmalar:
ДЛТ – Маҳмуд Қошғарий, Девону луғотит-турк/Таржимон ва нашрга
тайёрловчи С.М. Муталлибов. Т. I-III. – Тошкент: ФАН, 1960-1963.
ДТС – Древнетиюркский словарь. –Л.: Наука, 1969.
Жамолиддин Туркий – Файзуллаева Ш.А. Исследование языка памятника
ХIV в. “Китабу булғат ал-муштақ фи луғат ат –турк ва-л қифчақ” Джамалад –
Дина ат-Турки: Дисс.канд. филол.наук. – Ташкент, 1969.
Мн – Хорезми. Муҳаббат-наме//Фазылов Э.Страузбекский язык.
Хорезмийские памятники ХIV века. I-II. –Ташкент: ФАН, 1966-1971.
Тафсир – Бороков А.К. Лексика среднеазиатского тефсира ХII-ХIII ВВ.-
М.: Изд-во восточной лит-ры, 1963.
ЎТЭЛ – Ўзбек тилининг этимологик луғати. – Тошкент: Университет,
2000.
ЎХШЛ – Ўзбек халқ шевалари луғати. – Тошкент: ФАН, 1971.
ХШ – Кутб. Хосров и Ширин // Фазылов Э. Староузбекский язык.
Хорезмийские памятники ХIV века. Т. I-II. Ташкент: ФАН, 1966-1971.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
379
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Eratala Sevda Ӧzen. “Terzilik Terimleri Baǧlaminda Divan-ü Lûgat-it-
Türk’te Alet Adlari”, Akademik Tarih va Düşünce Dergisi 6 (3). 2019.
2. Абдуллаев Ф. Ўзбек тилининг Хоразм шевалари. –Тошкент:
Ўзакадемнашр, 1961.
3. Дадабоев Ҳ. Кўҳна обидалар сўз бойлигини атрофлича тадқиқ етиш –
ўзбек тилшунослигининг долзарб масаласи // “Ўзбек тили тараққиёти ва
халқаро ҳамкорлик масалалари” мавзусидаги халқаро илмий-амалий анжуман
материаллари. –Тошкент, 2019.
4. Жўраев Б. Юқори Қашқадарё ўзбек шевалари. –Тошкент: Фан, 1969.
5. Маҳмудов Н. Тил тилсими тадқиқи. –Тошкент: Mumtoz so‘z, 2017.
6. Нафасов Т. Қашқадарё ўзбек халқ сўзлари луғати. –Тошкент:
Муҳаррир, 2011.
7. Юсупова Ш. Диний матнларнинг лингвопрагматик тадқиқи.
Филол.фан.бўйича фалсафа д-ри (PhD)…дисс. –Фарғона, 2021.
8. https://goldenscripts.navoiyuni.uz/index.php/goldenscripts/article/view/9
