ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
21
O’ZBEKISTONDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI
Teshaboyeva Sarvinoz Ismoil qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universiteti
1-kurs Sotsiologiya yo‘nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11113042
Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati; yoshlarga
berilayotgan imkoniyatlar; Prezidentimizning yoshlarga oid farmon va farmoyishlari, qarorlari;
haqida so’z boriladi.
Kalit so’zlar: Yoshlarga oid davlat siyosati, yangi O’zbekiston amaldagi Konsititutsiyasi.
STATE POLICY ON YOUTH IN UZBEKISTAN
Abstract. In this article, the state policy on youth in Uzbekistan; opportunities given to
young people; The President's decrees, orders and decisions regarding youth are discussed.
Key words: State policy on young, the new current Consititution of Uzbekistan.
ГОСУДАРСТВЕННАЯ ПОЛИТИКА В ОТНОШЕНИИ МОЛОДЕЖИ В
УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация. В данной статье рассматривается государственная политика в
отношении молодежи в Узбекистане; возможности, предоставляемые молодым людям;
Указы и распоряжения, постановления Президента относительно молодежи; речь идет.
Ключевые слова: государственная политика в отношении молодежи, новая
действующая Конституция Узбекистана.
KIRISH.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda, 2023 yil 1 yanvar holatiga
ko‘ra, O‘zbekistonda 14-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 9 million 654 ming 351 kishini tashkil
etib, jami aholining 26,8 % ga [1] teng kelmoqda. Ya’ni, mamlakatimiz boshqa sohalar qatori
nufus jihatidan ham katta davlatga aylanmoqda. Yurtimiz aholisi 2040 yilga borib 50 millionga
yetishi, jamiyatning yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil qilishi kutilmoqda. Shunday ekan
mamlakatimizda
kelajagimiz bunyodkori bo’lgan yoshlarga bo’lgan davlatimizning
g’amxo’rliklari ham teng miqiyosda ortib bormoqda. Haqiqatdan ham, yoshlarimiz ertamiz
egalari, ularga e’tibor qaratishimiz orqaligina o’z kelajagimizni ishonchli hamda farovon qilib
yarata olamiz. Shuni aytib o’tish joizki, mamlakatimizda yoshlar davlat siyosati darajasiga
ko'tarilib, ularni har tomonlama yetuk istiqbolli, yurt taqdirini o'z zimmasiga olishga qodir avlod
sifatida voyaga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.
“Tarbiya biz uchun yo hayot –
yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” [2], - deydi Abdulla avloniy.
Darhaqiqat, faqatgina to’g’ri berila olgan ta’lim-tarbiyagina yaxshi maqsadlar uchun hizmat qiladi.
Ular bizni yo halokat tomon yo saodat tomon yetaklaydi. “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan
yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda,
dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan
ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un
bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning
avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab
tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan” deya,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
22
muhtarama prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev [3] mamlakatimizni yanada rivojlantirish uchun,
avvalambor, butun e’tiborini yoshlarga va ularning ta’lim-tarbiya olishlariga qaratdi. Zero bugungi
kunda yoshlarimizning yo’lida g’ov bo’layotgan salbiy oqibatlarga qarshi kurashishning eng
samarali yo’li bu bilim va ma’rifatdir. Chunki jahon faqatgina o’zining kimligini, tarixini, nasl-
nasabini bilgan yoshlarnigina tan oladi hamda ularni yuksaklarga ko’taradi. Mamlakatimizda
yoshlarning kamol topishi uchun ko’plab imkoniyatlar yaratildi hamda islohotlar joriy etildi.
Jumladan, so’nggi yillarda yoshlar o’rtasida “Yosh kitobxon” kitobxonlik musobaqalari,
kampyuter savodxonligi, kasb-hunar egallashga bo’lgan yangicha yondashuv, yoshlarni qo‘llab-
quvvatlashning yangi tizimi, bolalarni bog‘chalarga qamrab olish darajasini oshirish, maktablarda
o’qitish metodlarining zamonaviy usullari yaratilganligi, ta’lim fidoiylari bolgan ustozlarning
malaka darajalarini oshirishga qaratilgan islohotlar, iqtidorli o’quvchilar uchun fan to’garaklari va
iqtisodlashgan maktablarning ko’payishi, prezident maktablarining joriy etilishi hamda nodavlat
ta’lim muassasalarining ortib borishi, abitutrentlarga yaratilgan imkoniyatlar, ta'lim tizimini
korrupsiyasiz sohaga aylantirishga qaratilgan islohotlar, davlat grandlarining ortib borishi, xorijda
malaka oshirish imkoniyatlari yuqoridagi fikrlarning yaqqol amaldagi aksidir.
NATIJALAR.
Yuqorida keltirilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yurtimiz
sharafini ko’klarga ko’tarayotgan yoshlarimizning ortib borishi ko’zni quvontiradi. Ularning fan
olimpiadalarida xalqaro maydonlarda yuqori o’rinlarni egallashi, sport sohasining barcha
sohalarida yurtimiz bayrog’ini butun jahonga tanitishi, shunday imkoniyatlarga tayanib o’z
sohasining yetuk mutaxassisi, zamonaviy kadrlar bo’ib yetishayotgani, albatta, butun
O’zbekistonning yutug’idir. Davlatimizning turli sohalarida o’zini ko’rsata oladigan shunday
yoshlarimizni rag’batlantirish maqsadida “Prezident sovg’alari”, “Kelajak bunyodkori” medali va
boshqalar ta’sis etildi.
MUHOKAMA.
“Amaldagi Konstitutsiyamizda yoshlar huquqlari va yoshlar siyosati
haqida birorta ham so‘z yo‘qligi albatta adolatdan emas. Kelajak avlod haqida g‘amxo‘rlik
dunyoning bir qator davlatlarining konstitutsiyalari va xalqaro shartnomalarda asosiy huquqiy
norma sifatida mustahkamlangan. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimiz Konstitutsiyasiga
kelajak avlod haqida alohida bob kiritish zarur” [4]. Haqiqatdan ham yoshlarga shunday
imkoniyatlar yaratilgan ekan, bular qomusimizda ham o’z aksini topmog’i darkordir. O’tgan yili
qabul qilingan Yangi amaldagi Konsititutsiyamizning XIV bobi “Oila va yoshlar” deb nomlandi
[5] va yoshlarga oid siyosat qonunimizda belgilab qo’yildi. “Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning
jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi”(6).“Davlat va jamiyat bolalarda
hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning
boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat
tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. [7] “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga
[8] ham kiritilgan maqsadlardagi “Yoshlarga oid davlat siyosati”ning ahamiyati naqadar
mamlakatimizni yuksalib borishi uchun kerakli omil ekanligidan dalolatdir.
XULOSA:
Xulosa o’rnida yozar ekanman, har qanday davlatning ertangi hayoti yoshlarga
bog’liqdir. Ularni har tomonlama barkamol, vatanparvarlik hissi bilan tarbiyalash bu
mamlakatning kelajagi porloqligidan dalolatdir. Albatta bunday imkoniyatlarni teran anglab,
ulardan oqilona foydalanib mamlakatimizni butun dunyoga tanitish biz yoshlarga bog’liqdir.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
23
Zero toshdan gul undirish mumkin bo’lgan serquyosh o’lkamizning ko’rki nafosatiga
yanada ko’rk bag’ishlash bugungi kunda har birimizning muqaddas burchimizdir.
REFERENCES
1.
https://stat.uz/ 04/11/2021
2.
Abdulla Avloniy Turkiy guliston yoxud axloq”
3.
Shavkat Mirziyoyev/15-iyun/Toshkent/"Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash,
muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi"
4.
“Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” Shavkat Mirziyoyev
5.
O’zbekistonning Respublikasi amaldagi Konsititutsiyasi XIV-bob
6.
O'zbekiston Respublikasi amaldagi konsititutsiyasi 79-modda.
7.
O'zbekiston Respublikasi amaldagi konsititutsiyasi 78-modda.
8.
“O‘zbekiston — 2030”/lex.uz
