2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
444
MUOMALA ETIKETIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMIJGA
TA’SIRI
Yusufova Dilrabo Yusuf qizi
,
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11111119
Annotatsiya.
Mazkur maqolada pedagogning muloqot jarayonida axloqiy-
me’yoriy talablarga rioya etishiga xizmat qiluvchi muomala etiketiga toʻxtalingan.
Lugʻatlarda keltirilgan izohlarga e’tibor qaratilgan. Mutaxassis va olimlarning
tavsiyalari keltirilib, muallifning dars jarayonlaridagi kuzatishlaridan kelib chiqqan
holda shaxsiy fikrlari bilan toʻldirilgan.
Kalit soʻzlar:
muloqot, muomala, etiket, imij, pedagog, assimetrik, ta’lim
oluvchi.
Abstract.
This article focuses on the behavior etiquette that serves the
pedagogue to comply with ethical and normative requirements in the process of
communication. Emphasis is placed on comments in dictionaries. The
recommendations of experts and scientists are given, and the author's personal
opinions based on his observations of the lesson processes are given.
Key words:
communication, behavior, etiquette, image, pedagogue,
asymmetric, learner.
Har birimiz har kuni, hech bo‘lmasa, bitta yangi narsa o‘rganamiz. Bu o‘zi
yashayotgan olamni yaxshi bilish va o‘zgalar olamidan xabardor bo‘lish imkonini
beradi. O‘rganish yashashning asosidir. Odamlar faqat shu tarzda atrof bilan
muloqot oʻrnatadi. Insonlar bir-biri bilan aloqa qilmasdan, o‘zaro tajriba
almashmasdan, bir-biriga ta’sir ko‘rsatmasdan yashashi mumkin emas.
Axloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri
–
muomala etiketi
.
Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog‘lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati
tushib boradi. Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga
qo‘yishni, an’anaviy axloqiy-me’yoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. Shuning
barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko‘zga ko‘rsatishi bilan
ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon
bo‘lishi so‘z, nutq vositasida ro‘y beradi. So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish
madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois, muomala odobi
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
445
o‘zini, eng avvalo, shirinsuxanlilik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe’llilik singari
axloqiy me’yorlarida namoyon qiladi. O‘zbekistonda maʼnaviy-ma’rifiy islohotlar
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi, deb eʼlon qilingan bugungi kunda muloqot
madaniyati masalalari har qachongidan ham dolzarblik kasb etadi.
Notiqlik sanʼati sirlarini o‘rganish va o‘z fikrini bayon qilishda muomala
etiketlariga amal qilish, mantiqan barcha sohada xizmat qiluvchi har bir mutaxassis
uchun, umuman har qanday madaniyatli kishi uchun hayotiy zaruriyatdir. Zero,
kasblar orasida pedagoglar muloqot etiketiga amal qilishi va uni namoyon etishida
eng oldingi oʻrinlarda turishi maqsadga muvofiq.
Muloqot jarayonida muomala etiketlariga rioya qilish muhim omillardan biri
hisoblanadi. Biz bugun so‘z yuritmoqchi bo‘lgan mavzuga ham aniqlik kiritish
uchun, avvalo,
muomala
va
etiket
so‘zlarining mohiyatini tushunib olishimiz zarur.
Muomala
so‘ziga oʻzbek tilining izohli lug‘atida 3 ta izoh keltirilgan. Lugʻatga
asosan
[a. o‘zaro munosabat, aloqa
] 1. Kishilar bilan munosabat, so‘zlashuv,
shunday munosabat yo‘sini:
Yaxshi muomala. Dag‘al muomala. 2.
Ish, xizmat bilan
bog‘liq bo‘lgan aloqa.
3.
iqt. Mehnat mahsulotlarini oldi-sotdi vositasida
ayirboshlash (tovar xo‘jaligi uchun xos) [6:274 ]
. Demak, mazkur izohlarga e’tibor
qaratib shunday xulosaga kelish mumkinki, muomala ikki tomonlamali muloqot
jarayoni va unda ma’lum bir chegaralar mavjud emas.
Etiket
so‘zi esa
[fr. etiquette — odob-axloq; marosim tartibi]
biror jamiyatda,
ijtimoiy guruh va sh.k. da qabul qilingan o‘zaro muomala, odob-axloq; marosim
tartibi, qoidalari
.
Saroy ahliga xos etiket. Diplomatik etiket” [7:74], deb ta’riflanadi.
Fikrimizcha, etiket soʻzi qaysi soʻzdan keyin yoki oldin ishlatilsa ham oʻsha soʻzga
chegara qoʻyib beradi. Ya’ni “muomala” cheksiz muloqot jarayoni boʻlishi mumkin,
lekin “muomala etiketi” bu qolipga solingan, madaniyat asosiga qurilgan muloqotni
nazarda tutadi.
Etiket kundalik hayotda, ishda, o‘qishda, ko‘chada, mehmondorchilkda turli
rasmiy tadbirlarda o‘zini tutishni o‘rgatadi. U kishi mavqeyini, imijini ko‘taradi va
barqaror ushlab turishga yordam beradi. Umuman,
etiket yaxshi turmush tarzini
ta’minlaydi, chunki o‘zaro muloqot o‘rnatmay turib, hech kim mavjud bo‘la
olmaydi. Muloqot esa etiket asosini tashkil etadi
[2:7]
.
Muloqot qilishda etiketlarga amal qilish esa suhbatning sermazmun
kechishini ta’minlaydi. Buning uchun esa, avvalo, etiket qoidalarini mukammal
bilish va unga amal qilish zarurdir.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
446
Ayniqsa, pedagog kasbida muomala etiketiga rioya qilish ta’lim oluvchilar
orasida aloqa o‘rnatish, hurmat ma’nosini ifodalash, muloqot uchun ijobiy
emotsional vaziyat yaratish va ularga ta’sir qilish kabi bir qator kommunikativ
funksiyalarga egaligi bilan ham xarakterlanadi.
Pedagog va ta’lim oluvchi bir-biri bilan assimetrik muloqot munosabatlari
shaklida suhbat olib boradi. Assimetrik munosabatli muloqot
bu
-
muloqotning biror
komponenti ustunligida shakllangan muloqot shakli. Uning asosiy belgisi
komponentlarning biri ikkinchisidan muayyan xususiyatlariga ko‘ra ustunligidir.
Ya’ni suhbatning so‘zlovchi yoki tinglovchi bosimida amalga oshishidir [4].
Rus olimi professor Q.D.Ushinskiy ta’kidlashicha, o‘qituvchi qalbining
bolalarga nisbatan mehrini bildiruvchi axloqiy hislatlaridan biri, muallimning
tarbiyaviy kuchini va qobiliyatini ko‘rsatadigan ma’naviy oyinasi ijtimoiy qimmatga
ega bo‘lib, barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda namoyon bo‘ladi.
Pedagogik faoliyatning yana bir muhim tarkibiy qismi o‘qituvchining xarakteri va
his-tuyg‘ularida, uning o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish usulida namoyon
bo‘luvchi pedagogik-psixologik takt (odob, axloq) xususiyatlarini qo‘llashdir
[5:43].
Сhex olimi Y.A.Komenskiy ham o‘qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning
shaxsida quyidagi fazilatlar namoyon bo‘lishi maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi:
vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o‘z ishini sevuvchi, o‘quvchilarga mehr bilan
muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg‘otuvchi, o‘quvchilarni o‘z ortidan
ergashtiruvchi va diniy e’tiqodini shakllantiruvchi pedagog eng yaxshisidir [5:41].
Darhaqiqat, rus olimi Q.D.Ushinskiy va chex olimi Y.A.Komenskiy ham oʻz
fikrlarini pedagogning soʻz qoʻllash mahoratiga e’tibor berishga undagan.
Fikrimizcha, ayniqsa, muomala etiketi(muloqot odobi) mana shu vazifalarni
bajarayotgan paytda pedagogga eng yaxshi hamroh bo‘la olishiga ishonchimiz
komil.
Dastlab, o‘qituvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi muomala etiketini
salomlashish odobi
bilan boshlasak. O‘zbek muloqot xulqida, asosan,
salomlashishning qisqa ko‘rinishlari ko‘proq qo‘llaniladi. “Assalomu alaykum”,
“Salomaleykum”, “Salom” tarzida salomlashish shular jumlasidandir. Bulardan
“Assalomu alaykum” deya salom berish har tomonlama eng toʻgʻri salomlashish
hisoblanadi. Aslida “Assalomu alaykum” ham salomlashishning qisqa ko‘rinishidir.
Bu so‘z o‘zbek tiliga arab tilidan kirgan bo‘lib, uning eng mukammali “Assalomu
alaykum va rahmatullohu va barakotuhu” shaklida aytilib, “Sizlarning ustingizga
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
447
tinchlik-salomatlik, Allohning marhamati va barokatlari yog‘ilsin” degan ma`noni
anglatadi [3:2].
Kuzatishlarimiz davomida, ayrim oʻqituvchilar auditoriyaga kirganidan soʻng
ta’lim oluvchilarning birinchi salom berishlarini kutib turishlariga guvoh
boʻlganmiz. Aslida etiketga koʻra, kamchilik koʻpchilikka salom berishi lozim.
Mana shunday etiket qoidalariga rioya etmaslik pedagogik imijga putur yetishiga
sabab boʻladi yoki aksi birinchi salom berib, auditoriyaga kirgan oʻqituvchini
hamma sergaklik va xushkayfiyat bilan kutib oladi.
Keyingi bosqichimizda
tinglash etiketlari
haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak.
Ma’lumki, nutq insonni tabiatdagi boshqa jonzotlardan farqlab, ulug‘lab turadigan
ijtimoiy hodisadir. Faqat insonlargagina xos bo‘lgan bu muhim xususiyat esa
bevosita tinglash bilan bog‘liqdir. Kaykovusning “Qobusnoma” asarida
ta’kidlanishicha, inson eshitish qobiliyati mavjudligi uchungina gapira oladi [1].
Yuqorida pedagog va ta’lim oluvchi assimetrik munosabatli muloqot
doirasida munosabatga kirishishini aytib oʻtgan edik. Bunda pedagog ta’lim
oluvchidan kasbiy tomondan ustun hisoblanadi. Dars jarayonlarida yangi mavzu
bayoni bo‘layotganda ta’lim oluvchi pedagogni diqqat bilan eshitsa, ikki tomon ham
o‘z vazifasini to‘g‘ri bajaradi. Agar savollar bo‘lsa, qo‘lini ko‘targan holda murojaat
qilishi, pedagog esa “marhamat” deb savolini berishga ruxsat bermaguncha o‘quvchi
o‘z savolini berishga shoshilmasligi lozim. Yangi dars bayoni tugagach o‘qituvchi
“tushunmaganlar bo‘lsa, marhamat” yoki “savollar bo‘lsa, eshitaman”, degan
jumlasidan keyin ta’lim oluvchi ham savollarini berishi mumkin. Bunda pedagog
ham eshitish etiketlariga rioya qilishi darkor. “Shu oddiy narsani ham
tushunmadingmi?” yoki “buni yuqorida aytib o‘tdim” deya ta’lim oluvchining
gapini bo‘lmasligi, oxirigacha eshitishi va vaziyatga qarab javob berishi
pedagogning imijiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Chunki, ta’lim oluvchilar turli xil
psixologiyaga ega, hammasi ham birdek darsni tezkorlik bilan qabul qila olmaydi.
Boz ustiga ta’lim oluvchining eshitmadim yoki tushunmadim, deyishi bir tomondan
pedagogning ham kamchiligi hisoblanadi.
Biroq, muloqotda odob-axloq qoidalari va pedagogik aloqa madaniyati
qoidalari to‘g‘risidagi nazariy ma’lumotlarni amaliyotda qo‘llash muayyan
qiyinchiliklarga olib keladi. Har xil mayda tushunmovchiliklar va janjallar, kundalik
mojarolar, to‘satdan sodir bo‘ladigan kelishmovchilik o‘qituvchidan to‘g‘ri va
samarali munosabat talab qiladi. Shunday sharoitda pedagoglarga muomala etiketini
bilishlik va unga psixologik tomondan yondashish yaqindan yordam beradi.
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
448
Umuman olganda, muomala etiketi bu kishilarning nasihat qilmasdan va odob
o‘rgatmasdan bir-biriga taʼsiri, tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash vositasi ekanligi
diqqatga sazovordir. Shu sababli yoshlarimizda muomala etiketini shakllantirish
hozirgi kunda jamiyatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Bunda, ayniqsa, pedagogning taʼsiri juda ham katta. Zero, axloqiy komillikka
erishish muomala etiketini egallashdan boshlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Kaykovus. Qobusnoma. Toshkent, 1986.
2. Muvaffaqiyat kaliti etiket. Yosh kuch sovgʻasi. 7-b.
3. Odilxon qori Yunusxon oʻgʻli. Salomlashish odobi. 2-b.
4. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiev Y. Nutq madaniyati va uslubiyati
asoslari. –T, O‘qituvchi, 1992.
5. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – Toshkent, Iqtisod-moliya, 2011. 43-b.
6. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. – Toshkent, Gʻofur Gʻulom, 2023. 274-b.
7. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. – Toshkent, Gʻofur Gʻulom, 2023. 74-b.
