Authors

  • Farxod Yuldashev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31709

Keywords:

method international educational standards innovative method interactive methods working in groups innovative technology creativity.

Abstract

The article deals with the problems and solutions of teaching Uzbek language as a foreign language factors of improving quality of education.

background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

449

O‘ZBEK TILINI XORIJIY TIL SIFATIDA O‘QITISHNING

MUAMMO VA YECHIMLARI

Yuldashev Farxod Karimbayevich

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Umumiy tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11111135

Annotatsiya.

Maqolada o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning muammo

va yechimlari va ta’lim sifatini oshirishdagi omillar xususida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

metod, xalqaro ta’lim standartlari, innovatsion metod, interaktiv

usullar, guruhlarda ishlash, innovatsion texnologiya, ijodkorlik.

Annotation.

The article deals with the problems and solutions of teaching

Uzbek language as a foreign language factors of improving quality of education.

Keywords:

method, international educational standards, innovative method,

interactive methods, working in groups, innovative technology, creativity.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son

Farmonida xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuvchi dasturlar yaratish, davlat
tilining xalqaro miqyosidagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik
aloqalarini rivojlantirish va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili kurslarini
zarur ilmiy, o‘quv-uslubiy, badiy adabiyotlar bilan ta’minlash, o‘zbek tilini
o‘rgatishga doir ilmiy tadqiqotlar miqdorini oshirish kabi bir qancha vazifalar
belgilangan edi. [Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini
takomillashtirish

chora-tadbirlari

to‘g‘risida.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining farmoni, 20.10.2020-yildagi PF-6084-son.]

Hozirgi kunda xorijiy davlatlarda o‘zbek tilini o‘ganishga bo‘lgan qiziqish

borgan sayin ortib bormoqda. Janubiy Koreya, AQSH, Germaniya, Chexiya,
Yaponiya, Turkiya kabi davlat fuqarolari katta qiziqish bilan o‘zbek tilini
o‘rganishayotganlari tajribalarda ko‘rish mumkin. Bu jarayonni yanada
rivojlantirish, xalqaro miqiyosida o‘zbek tili nufuzini oshirish va uni o‘rganishga
bo‘lgan qiziqishlarni rivojlantirishda, bu jarayonni samarali tashkil etishga bo‘lgan
tadqiqotlar ko‘lamini oshirish zarur bo‘ladi. [Xalqaro onlayn ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. 2021-yil 29-may.]

Bugungi kunda o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘rgatishda ularni avval mavjud

bo‘lganidek pedagogikaning ancha eskirib qolgan dasturlariga asoslanib o‘qitish
emas, balki jahonning yetakchi davlatlari tajribalariga tayangan holda o‘qitish,


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

450

ta’lim jarayonida rivojlangan, samarali usullar, yangicha dasturlar, innovatsion
metodlardan foydalangan holda o‘zbek tilini xorijda o‘zbek tili sifatida o‘qitish
sifatini yaxshilash va uning samarasi o‘laroq mamlakatimizni rivojlantirishda o‘z
hissasini qo‘sha oladigan, malakali kadrlarni, kasbining yetuk mutaxassislarini
yetishtirish ta’lim dasturining asosiy mazmuniga aylandi.

O‘zbek tilini o‘qitishda interfaol ta’lim modelidan foydalanib tashkillashtirishi

quyidagi xulosalarning asosli ekanini tasdiqlaydi:

1.

Agar o‘qituvchi talabalarga ma’lum mavzu materiallarini o‘zlashtirishga o‘z

shaxsiy tajribalari asosida yondashishga imkon berilsa, talab etiluvchi bilim,
ko‘nikma va malakalar kerakli darajada o‘zlashtiriladi;

2.

Agar o‘qituvchi talabalarning ta’lim olish vositalarini faol qo‘llab-quvvatlay

olsa, ular juda yaxshi ta’lim oladilar.

3.

Agar o‘quvchi, birinchidan, talabalarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan

holda bilimlarni o‘zlashtirishining samarali vositalarini tanlay olsa, ikkinchidan,
ularning fikri garchi o‘zining qarashlariga to‘g‘ri kelmasa-da, ularni inobatga olsa,
talabalar o‘quv predmetlarni juda yaxshi o‘zlashtiradilar.

O‘zbek tilini xorijliklarga o‘qitish jarayonida interfaol jarayonning mavjud

bo‘lishi o‘qituvchining “hukmronligi”ni inkor etibgina qolmay, talaba uchun o‘z
bilimlari darajasini baholash, yutuq va kamchiliklarni aniqlashga ham imkon beradi.
Interfaol jarayonning yana bir afzalligi-bu:

talabalarda shaxsiy fikr-mulohazalarni bildirish;

o‘z qarashlarini himoya qilish;

o‘zgalarning fikrlarini tinglay olish, ularni umumlashtirish, bildirilayotgan

fikrlar orasidan asosiy, muhim va haqiqatga yaqinlarini ajratish hamda xulosalash
qobiliyatini ham rivojlantirish;

interfaol metodlardan ta’lim jarayonida to‘g‘ri va samarali foydalanish

ko‘nikma va malakalarini oshirishdir. [To‘xliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T.,
2010:184]

Buning natijasi o‘laroq, ta’lim-tarbiya jarayoniga mohirona, san’atkorona

yondashib, ehtiyojiga moslab tashkillashtirish komil insonni tarbiyalab voyaga
yetkazishning muhim shartlaridan biridir.

Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir xorijlik

o‘quvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishiga asoslanadi. Bunday
usullardan foydalangan holda bilim olish o‘quvchi uchun qiziqarli mashg’ulotga
aylanadi. O‘zbek tilini xorijda o‘zbek tili sifatida o‘qitishda asosiy e’tibor


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

451

kommunikatsiyalarni rivojlantirish, muloqot qilish, aloqa jarayonida tilni
o‘zlashtirishga qaratish kerak.

Bunda xorijlik o‘quvchilarda o‘zbek tiliga qiziqish qobiliyatini uyg’otish,

nutqni, fikrlashni, rag’batlantiradigan vaziyatni yaratish va talaba istagan mavzu
bo‘yicha gapirish, munozarada ishtirok etishi, tafsilotlarni aniqlashga yordam
beradi. O‘zbek tilining xorijda o‘zbek tili sifatida o‘qitishda rolli o‘yinlardan
foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Rolli o‘yinlar talabalarda nutqni
rag‘batlantirishda faollik oshadi, chunki talabalar o‘zlarini shu vaziyatda bo‘lganda
biron bir narsani aytishi, so‘rashi, mavzu haqida bilim olishi bilan birga suhbatdosh
bilan nimanidir baham ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi. Xorijlik talabalarga o‘zbek
tilini o‘qitishda multimedia, slayd-shou, audio-video materiallardan foydalanish va
talabalarni mikroguruhlarga bo‘lib ishlash, hamda guruhlarda eshittirilgan audio-
materialni muhokama qilish ham til o‘rganuvchilarda o‘zbek tiliga bo‘lgan
qiziqishini yanada oshiradi. Darslarda o‘qitishning har xil usullarini qo‘llash
talabalarda fanga bo‘lgan qiziqish ortadi va ularning faolligi ortadi va natijada
o‘zlashtirish darajasi oshadi. [Muxitdinova X. Xorijliklarga o‘zbek tilini o‘rgatish
dasturi. Ilmiy-amaliy anjumani mteriallari. Toshkent, 2018]

Yana shuni ta`kidlash joizki, ayni paytda yaratilayotgan darsliklarda o`z davri

uchun muhim bo`lgan yana bir qancha qulayliklar mavjudki, ular ham til
o`rganuvchida til o`rganish ko`nikmasini faollashtiradi. Yangi yaratilayotgan
darsliklardagi bu kabi o`zgarishlar, takomillashuvlar ta`lim oluvchilarni darsdan
bezib qolmaslikka, dars jarayoniga qiziqishi va o`zbek tiliga hurmat e`tiborini
shakllantirishga hizmat qiladi.

Albatta, bugungi kunda O`zbek tilini chet tili sifatida o`qitish ko`zda tutilgan

yangi darsliklar til o`qitishning xalqaro standartlari asosida yaratilmoqda.

Bunda:

Nutqiy kompetensiyalar:

Aktiv – gapirish, yozish;
Passiv – o`qib tushunish, tinglab tushuish.

Leksik kompetensiyalar:

Grammatika;
Leksika – A1, A2, B1, B2 ko`rinishidagi sinflar kesimida taqsimlangan.
Til ta`limi juda murakkab jarayondir. Shu ma`noda til o`qituvchilari turli

tomondan turlicha yondashib maksimal darajadagi natijaga erishishni, qanday qilib
bo`lmasin milliy tilimizni jahonga yoyishda muayyan darajada hissa qo`shishni
o`ziga maqsad qilib qo`ymog`i lozim.


background image

2024-YIL,

28-MART

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY

YO‘NALISHLARI

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

452

Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, o‘zbek tilini xorijda o‘zbek tili sifatida

o‘qitish jarayonida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish
o‘qituvchining ko‘p qirrali va rang-barang faoliyatini kompyuter zimmasiga yuklash
emas, balki o‘quv jarayonini jadallashtirish, bilim olish amaliyotini faollashtirish,
talabalarda o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish va xalqaro ta’lim
tajribasini o‘rganish va shu yo‘l bilan ta’lim samaradorligini oshirishdan iborat.

Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchi-talabalarda

ilmiy izlanishga qiziqishni uyg‘otadi, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi.

O‘zbek tilini xorijda o‘zbek tili sifatida o‘qitishni samarali tashkil etishda

o'ziga xos yondashuvlar, metodlar va usullardan foydalanish zarur.

Foydalangan adabiyotlar:

1.

Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini

takomillashtirish

chora-tadbirlari

to‘g‘risida.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining farmoni, 20.10.2020-yildagi PF-6084-son.

2.

Ashurova D., Yuldashev Z. “Ta’lim tizimida innovatsion axborot

texnologiyalarini qo‘llash – zamon talablari”. Xalq ta’limi. – Toshkent: 2006.-№1.
– B.16-17

3.

Madaminov S.Q. “Chet tillarni o‘qitishda innovatsion metodlarning o‘rni

va ularning uslubiy tahlili”. Samarqand: 2018.

4.

Muslimova N.A., Usmonboyeva M.H., Turaev A.B. “Innovatsion ta’lim

texnologiyalari”. “Sano standart” nashriyoti, g – Toshkent: 2015. – 180-bet.

5.

Raximov O.D., Turg‘unov O.M. “Zamonaviy ta’lim texnologiyalari”. –

Toshkent: 2012. 20-bet.

6.

www.ares.uz

.

References

Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 20.10.2020-yildagi PF-6084-son.

Ashurova D., Yuldashev Z. “Ta’lim tizimida innovatsion axborot texnologiyalarini qo‘llash – zamon talablari”. Xalq ta’limi. – Toshkent: 2006.-№1. – B.16-17

Madaminov S.Q. “Chet tillarni o‘qitishda innovatsion metodlarning o‘rni va ularning uslubiy tahlili”. Samarqand: 2018.

Muslimova N.A., Usmonboyeva M.H., Turaev A.B. “Innovatsion ta’lim texnologiyalari”. “Sano standart” nashriyoti, g – Toshkent: 2015. – 180-bet.

Raximov O.D., Turg‘unov O.M. “Zamonaviy ta’lim texnologiyalari”. – Toshkent: 2012. 20-bet.

www.ares.uz.