2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
453
KOREYS TILI VA UNING OLTOYSHUNOSLIKDA O
‘
RGANILISHI
Ashirbayeva Diloram Ravshanovna
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti v.b.
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
hengbok21@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.11111154
Annotatsiya.
Mazkur maqola koreys tilining tarixiy ildizlariga, uning
oltoyshunoslikda o‘rganilishiga bag‘ishlangan bo‘lib, jahon tilshunoslari va koreys
tilshunoslari tomonidan keltirilgan nazariy qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Kalit so‘zlar:
koreys tili, Xunminchonim, Hangil, Ural-Oltoy, Tungus-
Manchjur.
Аннатоция.
Данная статья посвящена историческим корням корейского
языка, его изучению в алтаистике, а также высказаны теоретические взгляды,
представленные мировыми и корейскими лингвистами.
Ключевые слова:
корейский язык, Хунминчоным, Хангыль, Урало-
Алтайский, Тунгусо-Манчжурский.
Annotation.
This article is devoted to the historical roots of the Korean
language, its study in Altaic studies, and also expresses theoretical views presented
by world and Korean linguists.
Key words:
Korean language, Xunminchonim, Hangil, Ural-Altai, Tungus-
Manchu.
Til jamiyatda paydo bo‘lganidan boshlab hamisha ijtimoiy harakterga ega
bo‘lib, kishilarning ijtimoiy mehnat jarayonida yuzaga kelgan o‘zaro aloqa bog‘lash,
fikr almashishga xizmat qiluvchi vositadir. Shu bilan bir qatorda u ham millatning
ma’naviy qiyofasini ham o‘zligini ifoda etuvchi muhim ramzlardan biri, insoniyat
tafakkurining bebaxo ko‘zgusi hamdir. Har bir tilning dunyoga kelish sabablari,
shakllanish hamda taraqqiy etish tarixi bo‘lgani kabi, koreys tilining ham o‘ziga xos
kelib chiqish tarixi va dialektikasi bor. Koreys tili boshqa tillarga nisbatan ancha
keyingi davrlarda o‘rganila boshlandi. Koreys tilining tarixiy negizlarini
o‘rganishga xususan keyingi omillar sabab bo‘lgan. Ma’lumki, Koreya ko‘p asrlar
davomida Xitoyning mustamlakasi bo‘lgan. Bu koreys tilining tarixiy negizlarini
o‘rganishga bo‘lgan birinchi sabab bo‘lsa, ikkinchi muammo esa, XV asrgacha,
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
454
ya’ni, to qirol Sedjon alifboni ixtiro qilgunga qadar, koreyslarning o‘z shaxsiy
yozuvlari bo‘lmaganligidadir. [Алпатов, 1992:119-125]
Koreya Xitoyning 1,5 ming yildan ortiq mustamlakasi bo‘lgani bois ba’zi
tadqiqotchilar, xususan, Edkins koreys tilini xitoy tilining bir ko‘rinishi deya
ta’kidlagan. Ammo bunday fikrlash haqiqatga bir muncha to‘g‘ri kelmaydi. Koreys
tili leksikasining 75% xitoy tilidan kirib kelgan so‘zlar tashkil qilsada, bu koreys tili
o‘zining mavqeini yo‘qotgan degani emas. Bu yerda ikki variantni ko‘rishimiz
mumkin: 1) koreys tili asosini sof koreys so‘zlari tashkil qiladi; 2) koreys tili
o‘zining gap tuzilishi va grammatikasida o‘ziga xoslikni saqlab qolgan bo‘lib, unda
sof koreys so‘zlari va o‘zlashgan so‘zlar qo‘llanilishi mumkin. [Джарылгасинова,
1962] Biron tilning so‘z tarkibi hali u tilning to‘liq tarkibini belgilab bermaydi.
O‘zlashgan so‘zlar mazkur tilda qurilish ashyosi singari namoyon bo‘ladi. Koreyslar
bir etnik guruhga mansub bo‘lib, bir tilda ya’ni, koreys tilida so‘zlashadilar. Ular
mo‘g‘ul qabilalarining davomchilari hisoblananib, Koreya yarim oroliga bronza
asrining neolit davrida ko‘chib borishgan va shu tariqa o‘troqlashishgan. Koreys tili
Koreya Respublikasining davlat tili hisoblanib, Janubiy Koreyada “
한국말
” –
[Hangukmal], Shimoliy Koreyada esa “
조선말
” – [Cho‘sonmal]-deb yuritiladi.
Koreya aholisi 49 mln.dan ziyod bo‘lib, ulardan taxminan 530 ming nafari MDH
davlatlarida istiqomat qiladi. Bu ko‘rsatkich esa chet elda istiqomat qiladigan
koreyslarning 7,6% tashkil etadi.
Koreys tili eng qadimgi tillardan biridir. Lingvistik va etnografik tadqiqotlar
natijasi shuni ko‘rsatdiki, koreys tili Ural-oltoy tillari oilasiga mansubdir. Bu oilaga
turk, mo‘g‘ul, tibet, venger, o‘zbek, fin va boshqa tillar kiradi. Koreys yozma tili
(alifbosi) Xangil (
한글
) 1443-yilda koreys olimlari guruhi tomonidan ixtiro qilingan.
Bu guruhga Choson sulolasining to‘rtinchi qiroli - buyuk Sedjong rahbarlik qilgan.
[
고삭주
,2004:406] U ziyoli qirol bo‘lib, zamondoshlari uni “Sharqiy mamlakatning
Yao va Shuni” deb atashgan. Bu hukmdor davrida mamlakatning ko‘plab siyosiy,
iqtisodiy, ilmiy va madaniy sohalari rivojlanishining yuqori cho‘qqisiga erishdi.
Alohida e’tibor ta’limga berilar edi. Xangil (birinchi nomi Xunmin Chonim - Xalqni
o‘qitish uchun to‘g‘ri tovushlar) paydo bo‘lguncha
venyan
- xitoy tilining adabiy
yozma turlaridan bo‘lgan Xanmun (
한문
) rasmiy yozma davlat tili vazifasini o‘tagan.
Xitoy ierogliflarining katta miqdorini bilishni talab qilgani uchun bu tildan
jamiyatning faqatgina oliy va o‘rta qatlamlari foydalanar edi. Bundan tashqari xitoy
ierogliflarining koreyscha o‘qilishi xitoychaga muvofiq bo‘lmagan, ularni
ishlatishda tartibsizlik mavjud bo‘lgan: yagona talaffuz me’yorlari mavjud
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
455
bo‘lmaganligi sabab xitoy ierogliflari tartibsiz qo‘llangan va ularning talqini turlicha
bo‘lgan. Koreys tilining o‘zi esa xalq og‘zaki tili maqomiga ega bo‘lib, muloqotning
asosiy vazifasini bajargan. Ammo, bu tilda sodda va oson yozma shakl bo‘lmagan.
O‘rta qatlam vakillari idu (koreys tili so‘zlari va grammatik konstruksiyalarini
yozish uchun tanlangan ierogliflar tizimi) yozuvidan foydalanganlar. Ammo
yozuvning bu turi koreys tilini yozuvda to‘liq ifoda eta olmagan, bundan tashqari u
murakkab ham edi. Aholining turli guruhlari yozuvning ikki turidan foydalanganligi
sabab vujudga kelgan noqulaylik va qirolning xitoy ierogliflarining o‘qilishi va
talqinini tartibga solishga intilishi uni yozuvning yangi va unikal shaklini ishlab
chiqishiga turtki bo‘ldi. Xunmin Chonim yoki Xangil aynan shu vazifani bajardi.
1446-yilda e’lon qilingan qirol buyrug‘ining Xunmin Chonimga kirish so‘zida
buyuk qirol Sedjonning so‘zlari yozilgan: “Mamlakatimizda nutq tovushlari
xitoydan farqli ravishda yozma belgilari bilan kerakli darajada ifodalanmaydi.
Shuning uchun omi insonlar ichida o‘z fikrlarini yozma ravishda ifoda
etmaydiganlar ko‘p. Aynan shu masala bo‘yicha qayg‘urib men 28 ta belgi yaratdim.
Insonlar ularni oson egallashlarini va har kuni qulay ravishda foydalanishlarini
istardim”. [
김상대
, 2001:284] Chon Indji yozgan Xunmin Chonimga so‘zboshida
quyidagilar ta’kidlangan: “Xorij mamlakatlarining tillarida ham tovushlar bor,
ammo ular uchun yozuv belgilari mavjud emas. Xitoy yozuvlarini o‘zlashtirib,
ulardan foydalanishga o‘rgandilar. Ammo bu yumaloq joyga to‘rtburchakning
moslashtirish kabidir”. [Джарылгасинова, 1979:182] Idu belgilari ma’lum tartibga
ega emas, ular koreys nutqining mingdan bir ma’nosini ham bera olmaydi. Bu ikki
hujjatda qirolni Xangilni yaratishga intilishini sabablari aks ettirilgan. [
Kim Chun
Sig, 207:175]
Koreys tili qadimgi tillardan hisoblanib, lingvistik va etnografik tadqiqotlar
natijasida mazkur til ural-oltoy tillari guruhiga mansub ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Oltoy va ural tillarining o‘ziga xos yaqinliklari haqidagi taxmin (ural-oltoy tillari
guruhi haqidagi gipoteza XVIII asrdan beri mavjud ) nostratik nazariya asosida
yuzaga keldi. Koreys tilining kelib chiqishi tarixiga nazar tashlasak, XIX-asrning
ikkinchi yarmidan boshlab bu tilning yapon tili bilan birgalikda oltoy tillari oilasi
bilan o‘zaro aloqalari haqidagi g‘oya ilgari surila boshlangan. Koreys hamda g‘arb
olimlarining sermashaqqat mahnatlari koreys tili va oltoy tillarining o‘zaro
aloqadorlik g‘oyalariga ulkan hissa qo‘shdi. Koreys tili va oltoy tillarining
aglyutinativ xususiyatga ega ekanligi esa mazkur g‘oyaning mazmun mohiyatini
yanada chuqurlashishiga zamin yaratdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Koreys va
yapon tillarining umumiy kelib chiqishi haqidagi nazariya garbda XIX-XX asrda
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
456
yuzaga kelib, uning asoschisi N.Ya.Bichurin va P.Kafarov shu haqda toxtalib
o‘tishgan. [14]
Koreys va yapon tillarining tadqiq etilishi jarayonida mazkur
tillarning leksika, grammatikasida umumiy jihatlar ko‘p ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Koreys tili tarixini o‘rganuvchi taniqli koreys tadqiqotchisi Li Gi Mun har ikki
tildagi o‘zaro o‘xshash 200 dan ziyod so‘z va 15 dan ortiq qo‘shimchalar borligini
isbotlab berdi.
Ammo, koreys tilining oltoy tillari oilasi bilan bog‘liqlik taraflari haqida so‘z
yuritilganda, bu o‘z navbatida finn olimi G.Y.Ramstedt nomi bila bog‘liq. O‘tgan
asrning 20-yillarida yapon tilining oltoy oilasi bilan bog‘liqlik masalasi
ko‘tarilganda, ilk bor koreys tili ham mazkur masalaga jalb etilgan. Nisbatan
keyinroq, ya’ni 30-yillar oxiriga kelib esa G.Y.Ramstedtning koreys tilining oltoy
tillari oilasiga mansub ekanligi haqidagi mashhur maqolasi matbuot yuzini
ko‘rdi.[4]
U 1919-1939 yillar mobaynida Yaponiyada o‘zining tadqiqot ishlarini olib
borgan. U yerda koreyalik talabalar bilan muloqotda bo‘lib, koreys tiliga mehr
qo‘ygan va uni o‘rgana boshlagan. Koreys tilini o‘rganishda yuqori natijalarni
qo‘lga kiritgan. Uning tadqiqotlari natijasida Koreys tilini etimologiyasini o‘rganish
(1949) nomli kitobi chop etilib, ulkan muvaffaqiyat qozonadi. Mazkur kitobda
asosan koreys tili va oltoy tillarining leksikasini qiyoslash orqali erishgan natijalari
o‘rin egallagan. [Джарылгасинова, 1962]
Ramstedtdan so‘ng amerikalik tilshunos olim N.N.Poppe koreys tilining
tuzilishida oltoy tillarining asoslari bor ekanligi g‘oyasini tom ma’noda me’ros qilib
olgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U o‘zining “Oltoy lingvistikasiga kirish” nomli
kitobida Ramstedtning fikrlariga to‘liq qo‘shiladi hamda koreys tilini boshqa tillarga
nisbatan tungus tillariga yaqinroq ekanligini va shu bilan birga oltoy tillari asosiga
ega ekanligi fikrini aniq bayon qilgan.
Aynan shu kitobida u o‘zining bir qancha
fikrlarini namoyon qilib, unda oltoy tillariga nisbatan koreys tilining egallashi
mumkin bo‘lgan 3 taxminiy variantni keltirgan:
[
남기심
,
2001]
1) koreys tili tungus-manchjur, turk, mo‘g‘ul yoki boshqa oltoy tillari bilan
o‘zaro aloqadorligi mavjud;
2) qadimgi koreys tili ham yagona oltoy tillari oilasi tizimi yuzaga
kelmasdanoq shakllangan;
3) koreys tili o‘ziga qadimgi oltoy asoslarini singdirgan.
Rossiyada esa 1897-yilda Koreya bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilgandan
so‘ng, xususan Sankt-Peterburgda koreys tilini o‘rganish bo‘yicha katta maktab
faoliyat ko‘rsatishni boshlagan. Mazkur tilshunoslik maktabi namoyondalaridan biri
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
457
B.Ya.Vladimortsov o‘z faoliyati davomida shunday ma’lumotlar to‘plaganki, unda
turk, mo‘g‘ul, tungus-manchjur va koreys tillarining kelib chiqishi, o‘zaro
aloqadorligi haqida bayon qilingan va bu ko‘plab baxs-munozaralarga sabab
bo‘lgan. 1927-yilga kelib esa, Ye.D.Polivanovninig “Koreys va oltoy tillarining
o‘zaro aloqadorligiga doir” nomli maqolasi chop etilgan. Unda koreys tili va oltoy
tillarining umumiy xarakteristikasi, xususan yuqorida keltirilgan til guruhlarining
ham tipologik qirralari va shu bilan birgalikda koreys tili va oltoy tillarining o‘zaro
mutanosibliklari haqida so‘z borgan. U mazkur maqolasida koreys tilini tungus-
manchjur, mo‘g‘ul, turkiy-tatar tillari bilan o‘zaro yaqinlik aloqalarini ochib bergan.
[
권재일
,
2004
]Polivanov keltirgan leksik materiallar nisbatan kam bo‘lsada, ammo
faktlarning ilmiy tadqiq etilishi natijasida koreys tilining oltoy tillari oilasida
egallashi kerak bo‘lgan munosib o‘rinni belgilab bergan. Xususan, koreys tili
leksikasining asosida morfema tarkiblarining qisqarish etaplarini ko‘rsatib berdi. Bu
hol esa, hozirgi zamon mo‘g‘ul tillari evolyutsiyasida ham namoyon bo’lmoqda.
A.A.Xolodovich tomonidan tuzilgan ilk lug’at hozirgi kungacha tilshunoslarning
asosiy quroli bo’lib kelmoqda. «Очерк грамматики корейского языка» kitobi
koreys tilining morfologiyasi, fonetikasi hamda sintaktikasisini o’rganishda muhim
qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda. Endi g‘arb oltoyshunosligiga nazar tashlaydigan
bo‘lsak, u u 40-50 yillarga kelib G.Y.Ramstedt va N.N.Poppelarning xizmati bilan
ancha yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan edi. G.Y.Ramstedt va N.N.Poppe
tomonidan amalga oshirilgan ishlardan biri bu turk-mo‘g‘ul hamda koreys tillaridagi
fonetik mutanosibliklarni isbotlab berganliklaridadir. Har bir narsaning qarama-
qarshi tarafi bo‘lgani kabi oltoyshunoslarning ham qarshi tarafdorlari bo‘lib, ular
antioltoyshunoslar deb nomlangan. Bu esa o‘z navbatida G.Derfer va uning bir
necha izdoshlari bilan nomi bilan bog‘liq. G.Derfer, A.Vovin, S.Georg,
Yu.Yanxunen kabi bir qator tadqiqotchilar oltoy tillarining o‘zaro aloqadorligini
asossiz deb hisoblaydilar. Bunday xulosaga kelishlariga sabab esa, oltoy tillaridagi
so‘zlarning o‘zaro qiyoslanishidir. Turkiy, mo‘g‘ul, koreys va h.z. xalqlarning uzoq
davrdan beri qardosh yashab kelishi, o‘zaro muloqot va munosabatda bo‘lishi,
tabiiyki, biron tildan boshqasiga yangidan yangi so‘zlarning kirib kelishiga zamin
yaratgan. Bu esa o‘z navbatida o‘zlashgan so‘zlarning yuzaga kelishiga sabab
bo‘lgan. Demakki, mazkur xalqlar o‘zaro muloqot jarayonida qardosh xalqlarning
leksikasiga duch kelishgan.
Antioltoychilarning fikricha, til guruhlarining o‘zaro
mutanosibliklari masalalari ko‘rib chiqilayotganda, an‘anaviy komparativistika
me‘yorlaridan chetlashgan holda, ya’ni tilni asosiy, yadroviy va pereferik
leksikalarga bo‘linishini shart deb bilganlar. Bu jarayon tabiiyki oltoyshunoslarning
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
458
tadqiqot ishlariga anchagina qiyinchiliklar tug‘dirgan.
Oltoy tillarini o‘rganishda
so‘zdagi muvofiq fonemalarning fonologik tarkibini o‘rganishdek aspekt e‘tibordan
chetda qolgan. Tadqiqotlar natijasida to‘plangan ko‘plab ma’lumotlar avval
ta’kidlab otilmagan dalillarni, ya’ni so‘zning fonetik muvofiqligini, shuningdek
arxaizmlarga qarab oltoy tillarining klassifikatsiyasini tuzishdek imkoniyatni yaratib
berdi. Unga ko‘ra mo‘g‘ul, manchjur, turkiy, koreys, yapon tillarining fonologik
tuzilishidagi o‘ziga xosliklar, arxaik so‘zlarning qo‘llanilishi bugungi kunga kelib,
shu so‘zdagi mavjud unli va undoshlarning qay tarzda saqlanib qolinganligi yoki
bo‘lmasa o‘zgarishga uchraganligini ko‘rish mumkin.
Koreyada ham koreys tilining oltoy tillari bilan muvofiqligini o‘rganish
muhim masalalardan hisoblangan. Ushbu jarayon Koreya Yaponiyaning
mustamlakachaligidan ozod bo‘lganidan keyin (15 avgust, 1945 yil), aniqrog‘i XX
asrning 60 - yillaridan boshlangan. Mashhur koreys tilshunoslaridan biri Li Gi Mun
o‘zining “Koreys tilining rivojlanish tarixidan” nomli kitobida koreys tili qadimgi
Koreya hududlarida istiqomat qilgan qabilalar tili Puyo va Xan tillarini o‘zida
mujassamlashtirganini alohida ta’kidlab o‘tgan. Qadimgi koreys tilini tom ma’noda
ikkiga ajratish mumkin: shimoliy puyo hamda janubiy xan. Birinchi guruh tilida
Manchjuriya, Shimoliy Koreya hududlarida istiqomat qilgan qabilalar so‘zlashgan
bo‘lsa, xan tilida Janubiy Koreyada istiqomat qilgan qabilalar so‘zlashgan. Ular
keyinchalik uch xonlik davlati, ya’ni, Chinxan, Maxan, Pyonxan davlatlariga asos
solishgan. Tilshunoslikda qiyosiy tahlil yoki qiyosiy tadqiqotlar bugungi kunda
fanda (masalan solishtirish, qiyoslash) deyiladi. [Холодович, 1986:
8-20] O‘zbek
va koreys tillari tarixan bir xil tillar oilasiga mansubdir. Ushbu masalaga
bag‘ishlangan asarlar Aalto, Ko Song Mu, Poppe, Ramsted, Rosny va boshqalarning
ishlarida o‘z aksini topgan. So‘nggi yillarda o‘zbek va koreys tillarini qiyosiy
o‘rganish sohasida maxsus ishlar ham mavjud. [Kim Jong Suk, 2005:570]
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, koreys tili tarixi uzoq tarixiy jarayonni
bosib o‘tgan. Uning rivojlanishida xitoy tilining o‘rni ham beqiyos. Bugungi kunda
koreys yozuv tizimi Hangilning rasman qabul qilinishiga qadar koreys xalqi Idu,
Xanmun kabi yozuv turlaridan foydalangan. Yozuvning Kugyol, Hyanchal kabi
ko’rinishlari ham mavjud bo‘lib, har bir yozuv tizimi ma’lum bir vazifani (adabiyot
na’munalarini yaratish yoki davlat tilida ish yuritish kabi) bajargan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Алпатов В. М. Лингвистическое наследие Н. Поппе // ВЯ. 1992, №3.
Джарылгасинова
Р.Ш.
Когурёсцы.
(Историко-этнографическое
2024-YIL,
28-MART
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY
YO‘NALISHLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
459
исследование). Автореф. дисс. … к. и. н. – М., 1962.
2.
Джарылгасинова Р. Ш. Этногенез и этническая история корейцев
(«Стела Квангэтхо-вана») – М.,Наука, 1979 .
3.
Трофименко О.А. Позиция корейского языка в классификации
отдельных групп алтайских языков. // ВЯ. 1992, №3.
4.
Холодович А.А. Материалы по грамматике корейского языка XV века.
–М., 1986.
5.
Чжун Сук-Бэ, Ю. В. Ванин, Пак Чон Хе, М. Н. Хан. Лекции по истории
Кореи. – М.: Экслибриспресс, 1997.
6.
고석주
.
현대한국조사의연구
I. -
서울
:
한국문화사
, 2004.
7.
김상대
.
국어문법의대안적접근
. -
서울
:
국학자료원
, 2001.
8.
남기심
.
표준국어문법론
. 2001. (Nam Gi Shim, “Adabiy til nazariy
gramatikasi” ).
9.
권재일
,
한국어
통사론
. 2004. (Kvon Che Il, “Koreys tili sintaksisi”)
10.
정기철
.
문장의
기초
. 2004. (Chon Gi Chhol, “Gap asosi”).
11.
Kim Jong Suk, Pak Dong Ho. Koreys tili grammatikasi. 1 qism. –Seul,
2005.
12.
Kim Chun Sig. Koreys tili grammatikasi. –Toshkent: KOICA, 2007.
13.
https://pandia.ru/text/80/081/35286.php
Доисторический
период
корейского языка. Систематический обзор корейского языка. Генеалогия и
родственные связи корейского языка.
